“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

CC BY f
63-84
28
53
Поделиться
Муродова, Г. (2023). “Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari. Узбекистан: язык и культура, 2(2), 63–84. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol2-iss2-y2023-pp63-84
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada “Majolis un-nafois”da nomi qayd etilgan temuriy devon sohiblari haqida ma’lumot berilgan. Jumladan, Shoh G‘arib Mirzo, Xalil Sulton, Saydi Ahmad Mirzo, Sulton Mas’ud Mirzolar o‘z davrining go‘zal va boshqa davrlarga o‘rnak bo‘ladigan adabiy muhit yaratganlari, ilm-fan homiysi bo‘lganlari, ijodkor sifatida mumtoz adabiyotning turli xil janrlari va vaznlarida ijod qila olganlari fikrimizning tasdig‘i sifatida keltirilgan.
Bundan tashqari, o‘z davri ijodkori uchun mas’uliyatli vazifalardan biri bo‘lgan devon tartib bergan ijodkorlarning she’riyati mavzu ko‘lami,
devonning fanga aniqlanganidan tashkil topgan janrlar va bizga noma’lum bo‘lgan devonlarni topish zaruriyati to‘g‘risida atroflicha fikr yuritilgan.


background image

Uzbekistan: Language and Culture 2023/2(2)

63

ISSN 2181-922X

63

84

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida

zikr etilgan devon sohiblari

Gavharoy Murodova

1

Abstrakt

Ushbu maqolada “Majolis un-nafois”da nomi qayd etilgan temuriy

devon sohiblari haqida ma’lumot berilgan. Jumladan, Shoh G‘arib Mirzo,

Xalil Sulton, Saydi Ahmad Mirzo, Sulton Mas’ud Mirzolar o‘z davrining go‘zal

va boshqa davrlarga o‘rnak bo‘ladigan adabiy muhit yaratganlari, ilm-fan

homiysi bo‘lganlari, ijodkor sifatida mumtoz adabiyotning turli xil janrlari

va vaznlarida ijod qila olganlari fikrimizning tasdig‘i sifatida keltirilgan.

Bundan tashqari, o‘z davri ijodkori uchun mas’uliyatli vazifalardan biri

bo‘lgan devon tartib bergan ijodkorlarning she’riyati mavzu ko‘lami,

devonning fanga aniqlanganidan tashkil topgan janrlar va bizga noma’lum

bo‘lgan devonlarni topish zaruriyati to‘g‘risida atroflicha fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

“Xamsa”, “Majolis un-nafois”, “Farhod va Shirin”,

“Layli va Majnun”, “Boburnoma”, devon, g‘azal, matla’ qofiya, murdaf qofiya,

muqayyad qofiya, mutlaq qofiya, mujarrad qofiya, vazn, raviy, taqte’.

Kirish

Tarixdan ma’lumki, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida

temuriylar davri muhim o‘rin tutadi. Manbalarda keltirilishicha,

Amir Temur vafotidan so‘ng shahzodalar o‘rtasida taxt uchun

kurashish, u asos etgan ulkan davlatni parchalab, bo‘lib olish uchun

kurashlar va ziddiyatlar kuchaygan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi

ma’rifatparvar insonlar sifatida ilm-fan, adabiyot, san’at ahliga

homiylik qilish bilan birga o‘zlari ham yaxshigina ijodkor sifatida

qalam tebratishdi. Shu boisdanmi ko‘plab musulmon Sharqining

ziyoli qatlami temuriylar hukmronlik qilgan mamlakatga intilganlar.

Shuning uchun XV asrning 50-yillaridan keyingi Movarounnahr va

Xuroson adabiy muhiti adabiyotini ulkan o‘zgarishlar davri bo‘ldi

deb ayta olamiz. Bu davr turkiy adabiyotning o‘z qaddini tiklashi,

1

Murodova Gavharoy Sayfiddin qizi

– magistrant, Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail:

murodovagavharoy@navoiy-uni.uz; gavharishoda3@gmail.com

ORCID ID:

0009-0003-1330-4855

Iqtibos uchun:

Murodova, G.S. 2023. “Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida

zikr etilgan devon sohiblari".

O‘zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik

2(2): 63-84.


background image

64

Gavharoy MURODOVA

g‘oya va mazmun jihatdan yanada mukammallashib, taraqqiyotning

Renessansga ko‘tarilish davri bo‘ldi. Bu davrda mingdan ortiq shoir

va adiblar ijod maydoniga o‘zini namoyon qildi. “O‘sha davrlarda

fors tili poeziya tili bo‘lib, rasmiy yozishmalar fors va arab tilida

olib borilgan. Turkiy tildan esa, asosan, oddiy xalq so‘zlashuvda

foydalangan. Turkiy xalqlarning ko‘p ming yillik davlatchilik

tajribasi va boy ma’naviy-adabiy merosi mo‘g‘ul bosqini oqibatida

yo‘q qilinganligi tufayli temuriylar davrida turkiy xalqlarning shonli

tarixi, tili va qadriyatlarini tiklash juda qiyin kechgan” [Sirojiddinov

2011, 3]. Ana shunday qiyin sharoitda turkiy tili va adabiyoti rivoji

uchun kurashgan va o‘zlari shu tilda ijod qilish bilan ko‘plab yosh

ijodkorlarga namuna bo‘lgan Sulton Husayn Boyqaro va Alisher

Navoiylarning xizmatlari katta bo‘ldi. Bu ona tilida ijod qiluvchilar

sonining ortib, ko‘plab kishilarning turkiy tilda ijod qilish sari

yo‘naltirdi, desak xato bo‘lmaydi. Ayniqsa, “Alisher Navoiyning

“Muhokamat ul-lug‘atayn” asarining yaratilishi bu boradagi turli

qarashlarga uzil-kesil nuqta qo‘ydi. Alisher Navoiy asarida adabiy

muhit haqida, turkiy adabiyotning rivojlanishiga salbiy ta’sir

ko‘rsatuvchi omillarni quyidagicha izohlaydi:

Birinchi sabab – turkiygo‘y ijodkorlarning turkiy va ona

tilining nozikligini, murakkabligini bildiruvchi bir necha ma’noli

so‘zlar va ifodalarning juda ko‘pligidan, ularni tushunish va

she’riyatda mahorat bilan ishlatish mehnatidan cho‘chib, osonlik

sari mayl qilishlaridir.

Ikkinchisi – idrokli so‘z san’atkorlari bu yo‘ldagi behuda

urinishlarni ko‘rgach, zamonadagi hukmron an’ana doirasida

qolishni o‘zlariga munosib deb bilganliklaridir.

Uchinchisi – yosh ijodkorlarda shunday odat bo‘ladiki, o‘ziga

ma’qul asarlarni tajribali shoirlarga, adiblarga ko‘rsatib, ularning

e’tirofiga, maqtovlariga sazovor bo‘lishni istaydilar.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, Alisher Navoiyning “Majolis

un-nafois”gacha dunyoga kelgan tazkiralar fors-tojik tilida bo‘lib,

XV asrda yetishib chiqqan va turkiy tilda ijod qiluvchi Amiriy,

Yaqiniy, Sakkokiy, Lutfiy, Jomiy kabi yuzlab adabiyot namoyandalari

to‘g‘risida tazkiralar yaratish ehtiyoji yuzaga kelgan edi.

Asosiy qism

Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlari, “Majolis un-nafois”

asari XV asr adabiy muhiti, shuningdek, turkiy tilda ijod qilgan

temuriylar to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumot beruvchi, shuningdek,

ular ijodini kashf etgan manba hisoblanadi. Tazkirada nomi


background image

65

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

keltirilgan hukmdor va shahzodalar nomi zikr qilinar ekan, yettinchi

majlisda jami to‘rtta shahzoda ijodkor sifatida devon tartib bergan

bo‘lib, ular Shoh G‘arib Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Saydi Ahmad

Mirzo va Sulton Mas’ud Mirzo.

Temuriy ijodkorlardan hisoblanuvchi Husayn Boyqaroning

ikkinchi farzandi, onasi Xadichabegim bo‘lgan Shoh G‘arib davri-

ning mahoratli ijodkori ham edi. Turkiy va fors-tojik tillariga

yuksak ehtirom bilan qaragan temuriy shahzoda G‘aribiy taxallusi

bilan she’rlar yozgan. Navoiyning ushbu shahzodaga alohida

hurmati mavjudligini quyidagi asarlarda nomi zikr etilganligidan

ham bilishimiz mumkin:

- “Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisi;

- “Farhod va Shirin”;

- “Sab’ai sayyor”ning Xadichabegimga bag‘ishlangan qismi.

Ma’lumki, “Majolis un-nafois”da shoirning o‘z davri

ijodkorlari, adabiyotga ixlos qo‘ygan hukmdorlar, homiylar va

shoirlari haqida ma’lumot beriladi. Bu haqida Navoiyning o‘zi

asarning kirish qismida aytganidek,

“Husayn Boyqaro tavalludidan

boshlab asar yozilgan paytgacha yashagan shaxslarni kiritganligi”

dir.

Asarning yettinchi majlisida Navoiyning G‘aribiy ijodiga bo‘lgan

iliq fikrlarini o‘qiymiz. Uning “Nozik fahmli va zehnli” ekanligini

aytish barobarida nazm bilan birgalikda nasrda ham naziri yo‘q

bo‘lganligini aytib o‘tadilar. Bundan kelib chiqadiki, G‘aribiy

nazm bilan birgalikda nasrda ham ijod qilgan, bu Navoiyning ham

e’tiborini tortgan ekan. Navoiy, G‘aribiyning zullisonayn shoir

ekanligini aytib, fors va turkiy tillardagi ijodidan matla’lar keltiradi.

Yana o‘z davri shoirlarining hammasi ham amalga oshirolmagan

ish - devon tartib berganligini ta’kidlaydi. Ushbu ma’lumotlar orqali

Navoiyning G‘aribiyga faqatgina shahzoda bo‘lganligi uchungina

emas, balki ijodi e’tiborini tortib, shoirlar davrasida alohida

o‘ringa ega ekanligini bilishimiz mumkin. Chunki har tomonlama

mehr qo‘yganligini ushbu asarning yettinchi majlisida eng ko‘p

keltirilgan ta’rif G‘aribiyga ekanligidan ham anglaymiz. Fikrimizga

isbot sifatida ta’rif so‘nggida berilgan quyidagi jumlalarni keltiramiz:

“Yaxshi matla’lari bu muxtasarga sig‘mas, magar yana bir kitob

bitilgay”

. Ushbu ma’lumotdan bilib olishimiz mumkinki, Navoiy

ushbu ta’riflari bilan cheklanib qolmasdan, balki uning uchun alohida

asar yozishni ham niyat qilgan. Faqat u asar yozilgan-yozilmaganligi

yoki bizgacha yetib kelmaganligi noma’lum.

Yettinchi majlisda ijodi namunasi sifatida dastlab turkiy

matla’ keltiradi:


background image

66

Gavharoy MURODOVA

Qaysi bir gulchehra ul gulbargi xandonimcha bor,

Qaysi bir shamshod qad sarvi xiromonimcha bor

[ Majolis un-nafois, 416].

G‘azal oshiqona ruhda yozilgan bo‘lib, bevosita yor madhiga

bag‘ishlangan. Shoir yorini ta’riflarkan, uni ismini keltirmay, qiyos

etgan nomini keltirish asosida go‘zal badiiy san’atlarni yuzaga

keltirgan. Misol uchun birinchi misrada yori atrofidagilar gulchehra

deb atalgan bo‘lsa, uning o‘zi esa undan ham go‘zal- gulbargdir. Yor

shunchalik tik qomat ekanligiga urg‘u berish uchun uni tik o‘sadigan

shamshoddan ham ustun qo‘yib, shamshod kabi tik qomatli insonlar

borki, mening sarvi xiromonimcha bo‘lsa,- deydi. Bu go‘zal ta’riflar

o‘z navbatida istiora san’atini hosil bo‘lishiga sababchi bo‘lgan.

Gulchehra, gulbarg, shamshod, sarv so‘zlari esa tanosub san’atini

yuzaga keltirgan. Bayt ohangdorligini kuchaytirgan qofiyadosh

so‘zlar xandonimcha va xiromonimcha bo‘lib, undagi raviy tovush

n

harfidir. Bunda qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra murdaf, tuzilishiga

ko‘ra esa mutlaq qofiya qo‘llanilgan. Vazni esa ramali musammani

maqsurda bitilgan (foilotun-foilotun-foilotun, foilon). –V– –/ –V– – /

– V – –/ – V ~ .

Bundan tashqari, yaxshi voqe’ bo‘lganligini aytib, ta’rif bergan

baytidan quyidagi matla’ keltiriladi:

Tarki mehr aylab agarchi bo‘ldi jonon o‘zgacha,

To tirikman, qilmag‘umdur ahdi paymon o‘zgacha

[Yuqoridagi

manba].

Ma’shuqa lirik qahramondan mehrini qizg‘onishni boshladi.

Tabiiyki, buni sezgan oshiq jononining o‘zgarib borayotganligidan

tashvishga tushadi va bu holatdan qattiq iztirobga tushgach, o‘ziga

o‘zi qasd qiladi, ya’ni tirik ekan, u bee’tibor bilan ahdi paymon

qilmaydi. Faqat bunda qofiyaning raviy bilan tugallanganligi uchun

tuzilishiga ko‘ra muqayyad turi ishtirok etgan. O‘zak tarkibiga ko‘ra

esa yuqoridagidek murdaf qofiya. Vazni oxirgi rukni cho‘ziq hijo

bilan tugallanganligi jihatidan dastlabki baytdan farq qilib, ramali

musammani mahzuf hosil qilingan (foilotun-foilotun-foilotun-

foilun.) – V – –/ – V – – / – V – – / – V –.

Ijodini maroq bilan kuzatadigan Navoiy G‘aribiyning

xayol va g‘arib ado topibdurkim, deya quyidagi matla’sini keltiradi:


background image

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

67

Porso yorimg‘a may ichmak shior o‘lmish yana,

Baski tortarman sabu, egnim figor o‘lmish yana

[Majolis un-

nafois].

Yuzaki qaraganda g‘azal matni majoziy ishq tarannumidek

ko‘rinsa-da, aslida, unda tasavvufiy ruh ustuvor. O‘lmish yana

degan so‘zni radif sifatida keltirgan ijodkor undan oldin qofiyadosh

so‘zlar sifatida shior-figor so‘zlaridan foydalanadi. Bunda qofiyani

shakllantirgan tirgak tovush

r

bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra muqayyad,

o‘zak tarkibga ko‘ra murdaf qofiya hosil qilingan. Vazni ramali

musammani mahzuf, foilotun-foilotun-foilotun-foilun afoyilida, – V

– –/ – V – – / – V – – / – V – taqte’sida yozilgan.

Navoiy turkiy she’rlaridan baytlar berar ekan, uning forsiy

she’rlariga ham muxlis ekanligini aytib bu tildagi ikki g‘azalidan

parcha keltiradi:

Bozam baloi jon g‘ami on mohpora shud,

Ey voy, on marizki dardash du bora shud

[Majolis un-nafois].

Mazmuni: O‘sha oy yuzlining g‘ami yana jonimg‘a balo bo‘ldi.

E voh, u kasallikning dardi ikki barobar oshdi. Yorga bo‘lgan ishq

kuylangan bu matla’da qofiya sifatida tanlangan so‘zlar mohpora, du

bora. Ushbu so‘zlarda raviy r bo‘lib, bunda qofiyaning o‘zak tarkibiga

ko‘ra, mujarrad, tuzilishiga ko‘ra esa mutlaq qofiya hosil qilingan.

Vazni muzoriyi musammani axrabi makfufi mahzuf, (maf’uvlu-

foilotu-mafoiylu-foilun) – – V/ – V – V/ V – – V/ – V –

Tazkira muallifi yuqoridagi baytlardan ham quyidagi matla’ni

hammasidan ham oshiqona, muxlisona va muassirona (ta’sirli)

chiqqanligini ta’kidlaydi:

Do‘ston, gar gah guzar so‘i mazori man kuned,

Joi takbiram duoi joni yori man kuned

[Majolis un-nafois].

Mazmuni: Do‘stlar, ba’zida mozorim tomon kelib turing,

u yerda menga fotiha o‘qish o‘rniga yorimning duosini qiling.

Haqiqatan, ham chin ma’noda oshiqona bitilgan bu g‘azalda

do‘stlarga murojaat qilish orqali nido san’ati yuzaga kelgan bo‘lsa,

mazor, takbir, duo so‘zlari orqali tanosub hosil bo‘lgan. Qofiyadosh

so‘zlar sifatida esa mazori, yori tanlangan. Uni nazariy jihatdan

tahlilga tortsak, r raviy va bu orqali qofiyaning tuzilishiga ko‘ra

muqayyad, o‘zak tarkibga ko‘ra murdaf qofiya yaratilgan. Vazni esa


background image

68

Gavharoy MURODOVA

ramali musammani maqsur, (foilotun -foilotun- foilotun - foilun) – V

– –/ – V – –/ – V – –/ – V –.

“Majolis un-nafois”ning forsiy tarjimoni Faxriy Hiraviy

“Ravzat us-salotin”da Navoiydan farqli ravishda G

aribiyning bir

turkiy g‘azalini to‘liq holatda keltiradi:

Bir qaro ko‘z bag‘ri toshning xoksorimen yana,

Kirsa maydon ichra raxshining g‘uborimen yana.

Yig‘ladim chandonki, seli har sori bo‘ldi ayon,

Gulruhim hajrida abri navbahormen yana.

Oshiq o‘ldim, zuhd ahlidin uzdik-la ko‘ngul,

Men kim-u ul xayl kim, ishq ahli sorimen yana

Noldek qad birla sensiz nola qilmoqdur ishim,

Noladin bazmi g‘amingda chang torimen yana.

Ey G‘aribiy, oqsa, bag‘rim qoni ko‘zdin ne ajab,

Bir qaro ko‘z bag‘ri toshning xoksorimen yana.

Ushbu oshiqona ruhda bitilgan g‘azal Navoiy asarida

keltirilmagan bo‘lsa ham, ammo forsiy tarjimada va “Shoh G‘arib

Mirzo G‘aribiy” nomi bilan 2001-yilda “Sharq” nashriyot MIUda

Shafiqa Yorqin tomonidan tayyorlangan devonda keltirilgan. Ammo

shuni ta’kidlashimiz kerakki, yuqoridagi ikki manbada bu g‘azal

matnida tafovutlik kuzatildi. Ya’ni Faxriy Hiraviy turkiy g‘azal deb

keltirgan she’r 5 baytli ko‘rinishda kelgan, biroq G‘aribiy devonida

bu g‘azal yetti bayt. Aniqroq qilib aytsak, forsiy tarjimada uchinchi va

beshinchi baytlar keltirilmagan. Tushib qolgan baytlar quyidagicha:

Do‘stlar, gar muztaribmen bismil etgan qush kibi,

Tong emaskim ish tig‘ining figorimen, yana

(3-misra).

Hajr za’fida kelur hardam xayoling so‘rg‘ali,

Baski aylar lutf, oning sharmsormen, yana

(5-misra).

[Shoh G‘arib Mirzo G‘aribiy. 61-62].

Bundan tashqari, g‘azal matnidagi ba’zi jumlalarda ham

so‘zlar tafovuti kuzatilib, bu ijodkor tomonidan qayta sayqallangan

yoki forsiy tarjima matnida tarjimon tomonidan o‘zgarishlar qilingan


background image

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

69

bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda biz tadqiqotimizda G

aribiyning quyidagi

matla’si Jomiy g‘azaliga javobi tarzida yozilganligini aniqladik:

Gar kushodi kori mo budi zi zulfi yori mo,

Inchunin oshuftavu darham nabudi kori mo

[Hiraviy 228].

Shuningdek, “Xamsa”ning “Farhod va Shirin” dostonida yana

bir qancha tavsifi beriladi. Jumladan, kichik yoshdan she’r yozishda

ulug‘ yoshli shoirlardan kuchliroq ekanligi-yu, kalomidagi malohat,

fasohat, zotidagi bilimdonlig-u zehnidagi o‘tkirligi haqida bunday

yozadi:

G‘arib o‘lg‘ay nihoyatdin ziyoda,

Bu yanglig‘ gulkim o‘lg‘ay shohzoda.

Qayu shahzoda ul koni malohat,

Takallum vaqti daryoyi fasohat.

Fasohat bobida shahg‘a qarib ul,

Bori shahlar fasihi Shohg‘arib ul.

Zihi nutqung takallum vaqti jonbaxsh,

Masiho yanglig‘ anfosing ravonbaxsh.

Ne ma’ni bo‘lsa diqqatdin nihoning,

Hal aylab oni tab’i xurdadoning.

Kichik yoshda qilib tab’ing shumora,

Xirad ririni tifli shirxora.

Sening zotingg‘adur bu so‘z furug‘i,

Kichik yoshdin ulug‘larning ulug‘i.

Erurda kavkabi baxting yangi oy,

Erursen badr yanglig‘ olamoroy.

Qachonkim badrlig‘ torsa hiloling,

Quyoshdin bo‘lg‘ay ortuqrog‘ kamoling

[Farhod va Shirin. 388].

“Sab’ai sayyor” dostonida ham aynan Shoh G‘arib ismi


background image

70

Gavharoy MURODOVA

ketmagan bo‘lsa-da, lekin asarning Xadichabegimga bag‘ishlangan

qismida ushbu malikaning “ikki sa’d axtar farzandi”, “biri fazlda

jahon nodiri-yu, biri lutf ila jahon joni” degan iboralardan G‘aribiy

va akasi Muzaffar Husayn Mirzolar ko‘zda tutilganini bilib olishimiz

mumkin:

Ey, hariming sipihri izzu jalol,

Andin o‘tgoli yo‘q, malakka majol.

Oyu kun yo‘q, agarchi monanding,

Ikki sa’d axtar, ikki farzanding.

Fazl aro nodiri jahon birisi,

Lutf birla jahonga jon birisi.

To jahon bo‘lg‘ay, ul ikkov bo‘lsin,

Qo‘llariga jahon garov bo‘lsin.

Tong emas bo‘lsalar Masihodam,

Kim alarning onosidur Maryam.

Ikki yoningda otashin gavhar,

Dur iki, yonida samin gavhar

[Sab’ai sayyor, 64].

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Shoh G‘arib erta vafot

etgani Navoiyga chuqur ta’sir qiladi va bu shahzodaga mehri,

ijodini hurmat qilgani holda har bir bandi o‘n ikki misra besh

bandlik marsiya yozadi. Buni mumtoz adabiyotimizda Navoiy o‘z

hissasini qo‘shgan tarkibband janrining namunalaridan deb ayta

olamiz. Professor D.Yusupova o‘z tadqiqotlarida bu janrdagi she’rga

to‘xtalib, o‘z mulohazalarini atroflicha bergan.

Ma’lumki, “Boburnoma”da deyarli hamma temuriylarga

ta’rif berilgan. Bobur barchaga real baho berishga harakat qiladi.

Jumladan, G‘aribiy haqida Navoiy to‘xtalmagan jihat – G‘aribiyning

bukri bo‘lganligini keltirgan. Xususan, Husayn Boyqaroning avlodiga

to‘xtalganda

“Yana Shoh G‘arib Mirzo edi, bukri edi. Agarchi hay’ati

yomon edi, tab’i xo‘b edi. Agarchi badani notavon edi, kalomi marg‘ub

edi. “G‘aribiy taxallus qilur edi, devon ham tartib qilib edi, turkiy va

forsiy she’r aytur edi”

deb forscha g‘azalidan matla’ keltiradi:

Dar guzar didam pariro‘ye shudam devonaash,


background image

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

71

Chist nomi, o‘, kujo boshad nadonam xonaash

[Boburnoma.

149].

Navoiy ta’rifi bilan qiyoslaganda Boburda shoirning

shaxsiyatiga e’tibor berish kuchliroqdek tuyuladi. Onasiga unchalik

ham xayrixohlik bildirmagan bo‘lsa-da, ijodi haqidagi ta’riflari

esa Navoiyniki bilan deyarli bir xil. Faqat Navoiy Shoh G‘aribning

taxallusi haqida so‘z yuritmaydi, asosan, uning ijodidan namunalar

keltiradi. Tarixiy fakt sifatida Bobur G‘aribiyning Husayn Boyqaro-

ning ishongan farzandlaridan ekanligi va o‘zi biror joyga ketsa,

Hirotni Shoh G‘aribga topshirishini, ammo oila qurmasdan erta vafot

etganligini aytadi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Shoh G‘arib

nafaqat mas’uliyatli shahzoda bo‘lib nom qozongan, balki o‘z ijodi

bilan xalq, o‘z davrining yetuk ijodkorlari e’tiborini tortgan.

Navbatdagi devon sohibi sifatida nomi qayd qilingan

yettinchi majlisdagi temuriy-ijodkor Xalil Sulton Mirzodir. U

Temur nabirasi bo‘lib, Mironshohning farzandidir. Yoshligidan

Saroymulkxonim qo‘lida tarbiyalangan. Yoshligidan juda xush-

tabiatli va ko‘rkam bo‘lib o‘sgan shahzodaning qiyofasi ko‘plab

manbalarda ta’riflangan. Jumladan, Ibn Arabshoh uni quyidagicha

ta’riflaydi: “Xalil Sulton Yusufdek chiroyli, Muhammaddek xushxulqli,

Ibrohimdek sadoqatli bo‘lib, turli-tuman latofatlarga ega kishi edi…

Har bir ko‘ruvchiga undagi fazilatlar – ziynatlar chiroyli ko‘rundi…

Unga ergashuvchi har bir kishi uning ne’matiga muyassar bo‘ldi”

[Ibn Arabshoh, 7-8]. Bobosi uchun ma’qul kelmagan qizga uylangani

uchun bir muddat Temurning xafachiligiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa-

da, ammo undagi qat’iyat, bahodirlik, va qolaversa, sevimli nabiraligi

uchun bu araz unutiladi. Yo‘qsa, Amir Temur Xitoyga yurishi paytida

uni qo‘shinning o‘ng qanotiga qo‘mondonlik qilmagan bo‘lardi.

Harbiy salohiyati yuksakligi bilan birga she’riyatda ham o‘z o‘rniga

ega bo‘lib, hatto ijod bilan shug‘ullanuvchilarga ham taxallus

tanlashga yordam bergan. Masalan, she’riyatda ustozlik qilgan Xoja

Ismat ismli shoirga Nasiriy taxallusini tanlashni tavsiya etgan. Xoja

Ismat Buxoriy, asosan, Buxoroda yashab ijod etgan shoir bo‘lib Xalil

Sulton saroyida xizmat qilgan. Xalil Sulton vafotidan bir qancha

muddatdan so‘ng uzlatga chekingan shoirni Ulug‘bek saroyga yana

taklif qiladi. O‘zining tasavvuf va so‘fiyona ruhda yozilgan she’rlari

bilan, qolaversa, “Ibrohim Adham” nomli masnaviy kitobi bilan

xalq orasida mashhur bo‘lgan shoir bu taklifni rad etadi, ammo

Ulug‘bekka atab ham bir qancha qasidalar bitadi. Tazkiraning


background image

72

Gavharoy MURODOVA

avvalgi majlisida Navoiy uning Movarounnahr buzurgzodalaridan

ekanligini aytish barobarida zohir ilmi takvir qilganligi, shu jumla-

dan, xushta’blig‘idin yozgan she’rlari jamlangan devoni mashhurligi,

bunday martabalarga Xalil Sulton zamonida erishganligini aytadi va

fors tilida bitilgan matla’sidan namuna keltiradi. Xalil Sulton o‘ziga

xos adabiy muhit yaratish bilan birga ijodkor sifatida o‘z davrida

barchaning ham qurbi yetmagan ish – devon tartib bergan shoir

hamdir. Bu devon ta’rifida esa Ismat Buxoriy hukmdoriga atab 64

baytli qasida bitadi. Ushbu qasidaning Ismat Buxoriyning devonidan

o‘rin olganligini ko‘rishimiz mumkin. Uning matla’si quyidagicha:

In bahri begaronki, jahonest barash,

G‘avvosi aqli kull nabarad pay ba gavharash

[9. Majolis un-nafois, 12].

Mazmuni: Bu bepoyon dengiz jahonlarni o‘z ichiga olgandir.

Ilohiy aql g‘avvosi undan gavharni payqay olmaydi.

Tadqiqotimiz davomida qasida maqta’si esa quyidagicha

ekanligini aniqladik:

Tobanda bod zoti tu bar avji saltanat,

Davlatu muayyanu Nosiru iqbol yovarash.

Mazmuni: Saltanat avjida zoting porlab tursin, davlatingga

aniqlik, yordam, iqbol madadkor bo‘lsin.

Xalil Sulton devoni o‘z davrida mashhur bo‘lganligini

yuqoridagi qasida isbotlasa-da, ammo Navoiyning o‘zi ham bu

devonni ko‘rishga muyassar bo‘lmaganligini (tilab topilmaganligini)

aytadi. Temuriy hukmdorning o‘ziga esa quyidagi ta’riflarni beradi:

“hazrat us-salotinning voqeasidin so‘ngra (ya’ni Amir Temur vafoti

ko‘zda tutilmoqda. G.M) Samarqand taxtida saltanat qildi. Zurafo

va shuaro majlisida jam’ bo‘lurlar erdi”. Ushbu ta’riflar shundan

dalolat bermoqdaki, Xalil Sulton ham ko‘plab temuriy-ijodkorlar

kabi she’riyat, ijod ahliga homiylik qilish birga shaxsan o‘zi she’riyat

kechalarini ham uyushtirgan, shu qatorda, o‘zi ham tashkillangan

bunday kechalarda ishtirok etgan. Chunki shoirlar va ilm ahliga

homiylik qilish hukmdorlar odati bo‘lib, ular siyosatda betaraf

bo‘lib, bir poshohdan qanchalik muruvvat ko‘rilsa, uning vafotidan

so‘ng unga hatto muxolif bo‘lsa ham, keyingi davr podsholaridan

ham shunday muruvvat ko‘rgan. Ismat Buxoriyga ham shunday

ta’rifni berishimiz mumkin. Hayoti davomida Xalil Sulton, Shohrux


background image

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

73

Mirzo, Ulug‘bek Mirzo kabi temuriy hukmdorlarga xizmat qilganligi

fikrimizni dalillaydi. “Majolis un-nafois”da Xalil Sulton ijodidan deya

quyidagi turkiy matla’ keltiriladi:

Ey turki pari paykarimiz, tarki jafo qil,

Komi dilimiz, la’li ravonbaxsh qil.

G‘azal yuqorida aytganimizdek, sof turkona tilda yozilgan

bo‘lib, "qil" so‘zi radifga olingan. Matla’da ham turk parisi (yori)ga

murojaat aks etib, shoir mashuqiga jafo qilishni bas qilish iltimos

qilinadi. Aksincha, bu ishni qo‘yib, uning qalbini xursand qilsa…

Bu iltimos o‘tinchida yozilgan baytda turk pari paykarga murojaat

orqali nido san’ati hosil bo‘lgan bo‘lsa, "dil, la’l (lab)" orqali tanosub

yuzaga kelgan. Qofiyadosh so‘zlar uchun shoir "tarki, la’li" so‘zlarini

tanlagan bo‘lib, bu tuzilish jihatdan och (to‘liq bo‘lmagan qofiya

hisoblanadi). O‘z navbatida qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra mujarrad

qofiya yuzaga kelgan. Vazni ham aruzning hazaji musammani axrabi

makfufi mahzufda, (maf’uvlu – mafoiylu – mafoiylu – fauvlun)

afoyilida yozilgan – – V/ V – – V/ V – – V/ V – –.

Shuningdek, bu temuriy ijodini o‘rganish jarayonida Faxriy

Hiraviy “Ravzat us-salotin” tazkirasida Xalil Sulton ijodi namunasi

sifatida berilgan quyidagi g‘azalni uchratdik:

Yo Vohib ul-atoyo! Yo Mu’toyi ul-murod!

Mo toqati firoq nadorem azin ziyod.

Idbor shud mujoviru xush guft marhabo,

Iqbol shud musofiru xush guft xayr bod.

Bode, ki az diyori muhibon rasid ba man,

Jonam fidoyi nekxati on bodo bod.

G‘amgin-u shodmon chu azin digar biguzarad,

G‘amgin mashav zi mehnati az baxt niz shod.

Dog‘i jahon zi sayrash Kovus kay biraft,

Shodon, zi baxti tiyra, kujo bud Kayqubod.

Dar shashdari firoq Xalil ar muqayyadi,

Ro‘ze turo sipehri muloib behad kushod.


background image

74

Gavharoy MURODOVA

Hukmi xudoy dod ba dasti hasan maro,

Kufr ast peshi haq, zi hukmi xudoy dod.

Mazmuni: Yo muruvvat baxsh etuvchi, yo murod tarqatuvchi!

Bundan ortiq ayriliqqa toqatimiz yo‘q. Baxtsizlik qo‘shni bo‘ldi va

marhabo deb yaxshi aytdi. Iqbol musofir bo‘ldi va alvido deb yaxshi

aytdi. Do‘stlar diyoridan menga shamol yetishdi, jonim ul shamol

keltirgan xushbo‘y hidga fido bo‘lsin. G‘amginlik ham, shodonlik

ham o‘tar-ketar. Mashaqqatdan g‘amgin, baxtdan shod bo‘lmagil.

Jahonning dardlari Kovus yurishlaridan shod bo‘lib qayga bordi-

yu, baxti qaroligidan Kayqubod qayerda qoldi. Firoq shashdarida

(nard o‘yinida mot bo‘lish xonasi – S.G‘) Xalil bog‘lanib qoldi. Bir kun

falak o‘yingohida hadsiz kushodlik yuz berar, Xudoy hukmi bu, meni

bechoralik dastiga berdi. Haq nazdida kufr bu, Xudoy hukmidan

dod! [G‘aniyeva 70].

O‘z taxallusi keltirilganligiga ko‘ra, g‘azal muallifi oydin-

lashadigan bu g‘azalda shoir ba’zi ijodkorlar ijodida uchraydigan

holat – taxallusini begona baytda qo‘llagan. Ushbu janr talabiga ko‘ra

birinchi bayt a-a, keyingi baytlar b-a, c-a, d-a… tarzida qofiyalangan.

Qofiyadosh so‘zlar sifatida esa "murod, ziyod, bod, shod, Kayqubod,

kushod, dod" so‘zlari tanlangan. Bu o‘z navbatida qofiyaning o‘zak

tarkibiga ko‘ra murdafni, tuzilishiga ko‘ra raviy d harfi bo‘lganligi

sababli muqayyad qofiyani hosil qilgan. Vazni esa muzoriyi

musammani axrabi makfufi maqsurda, (maf’uvlu-foilotu-mafoiylu-

foilun) yozilgan. – – V/ – V – V/ V – – V/ – V – .

Temuriy ijodkor g‘azaldan tashqari janrlarda ham ijod qila

olgan. Jumladan, Sulton Ahmad Bag‘dodiy o‘zboshimchalik va

mag‘rurlikka berilib, Amir Temurga quyidagi qit’ani yuboradi:

Garden chiro nihim jafoyi zamona ro,

Minnat chiro kashim ba har kori muxtasar.

Daryovu kuhro beguzorimu beguzarim.

Simurg‘vor zeri pirohanim xangbar.

Yo bar murod bar sari gardun nihim poy,

Yo mardvor dar sari himmat kunim sar

[Hiraviy, 43].

Mazmuni: zamona jafolariga nega bo‘yin egar ekanmiz?

Arzimas ish uchun nega zahmat chekar ekanmiz. Daryo na tog‘dan

kechib oshib o‘tamiz. Simurg‘ kabi qanotlarimiz ostiga xo‘l-u quruqni

olamiz, yo maqsad yo‘lida dunyo boshiga oyoq qo‘yamiz, yoki

mardlarcha himmatga bosh qo‘yamiz.


background image

75

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

Bu qit’a mazmunini anglagan Temur: “Koshki o‘zim she’r

yoza olganimda edi, bu qit’aga javob bitardim. Qaniydi farzandlarim,

nabiralarimdan birortasi bu qit’aga javob yozsa”, - degan mazmundagi

topshirig‘idan so‘ng Xalil Sulton quyidagi javobiya ruhida yozilgan

qit’ani bitadi:

Gardan bineh jafoyi zamonavu sar maneh,

Kori buzurgro natavon dosht muxtasar,

Simurg‘vor az chi kuni qasdi ko‘hi Qof.

Chun sa’va kurd boshu furu rez bolu par.

Berun kun az dimog‘ xayoli maholro,

To sari sarat naravad sad hazor sar.

Mazmuni: dunyo jafolariga bo‘yin eg. Katta ishni arzimas deb

bo‘lmaydi. Simurg‘ kabi nega Ko‘hi Qof qasdini qilasan. Sen sa’vadek

qanotlaringni yig‘ib ol. Behuda xayolingni boshingdan chiqar, toki

sening xotiring uchun yuz ming bosh ketmasin.

Yuqoridagi javob-qit’ani o‘qigan Sulton Ahmad qo‘rquvga

tushadi va Bag‘dodni tashlab Rumga qochadi. Umuman olganda,

tomonlar o‘rtasida bunday she’riy tarzda qistirma gaplar qilish

ko‘p uchrab, bu har ikki tarafning aql-zakovatidan, munosib javob

berib yoki o‘rinli javob qaytara olishidan anglashilgan. Bu esa

o‘z navbatida ko‘plab urushlarning oldi olinishiga, tomonlarning

kelishuviga sababchi bo‘lgan. Shuning uchun mahoratli va qalami

o‘tkir shoirning hukmdor yonida bo‘lishi yoki hukmdorning o‘zi she’r

yoza olishi alohida muhim belgi, obro‘lardan sanalgan [Davlatshoh

Samarqandiy, 230].

Bundan tashqari, manbalarda quyidagi ikki baytni Xalil

Sulton o‘limidan avval yozganligi aytiladi:

Guftam zi johili nakashad kamoni mo,

Marg omadu kashid va xato shud gumoni mo.

Dar ranju g‘ussa hayoti ko‘tohi mo guzasht,

To chist naqshi zindagiyi jovidoni mo.

Mazmuni: Nodonlik kamonimiz tortilmadi degan edim. O‘lim

keldi va gumonimiz xato bo‘ldi. Qisqa hayotimiz ranj-u g‘ussalar

chekdi. Endi abadiy umrimizning naqshi qanaqa bo‘lar ekan?

Bu baytda qofiyadosh so‘zlar sifatida kamoni, gumoni, jovidoni

so‘zlari tanlangan bo‘lib, u qofiyaning tuzilishiga ko‘ra mutlaqni,

o‘zak tarkibiga ko‘ra esa murdaf qofiyaning shakllanishiga asos


background image

76

Gavharoy MURODOVA

bo‘lgan. Vazniga to‘xtalsak, 1, 2, 4-misralar muzoriyi musammani

axrabi makfufi mahzufda, 3-misra esa muzoriyi musammani axrabi

makfufi maqsurda, maf’uvlu - foilotu - mafoiylu - foilun (1, 2, 4),

maf’uvlu - foilotu - mafoiylu - foilon (3-misra) afoyilida, – – V/ – V

– V/ V – – V/ – V – ( 1,2,4-misralar), – – V/ – V – V/ V – – V/ – V ~

(3-misra) taqte’sida yozilgan.

Ko‘rinib turganidek, Xalil Sulton ijodi serko‘lam va mavzusi

har xil bo‘lib, bu uning mohir shoir, kuchli aql-zakovatli inson

sifatida munosib temuriy shajarasini davom ettirgan kuchli,

salohiyatli shaxs ekanligidan dalolat beradi.

Devon sohibi sifatida nomi qayd qilingan navbatdagi

temuriy shahzoda Saydi Ahmad Mirzodir. U Amir Temur farzandi

Mironshohning o‘g‘li bo‘lib, onasi Tug‘luqsulton. Temuriylar davom-

chisi bo‘lishi bilan birga o‘zining salimta’b shoir ekanligi bilan tarixda

o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shahzoda “Taashshuqnoma” asari orqali

mumtoz adabiyotinizda alohida o‘rin tutadi. Bu asar Xorazmiyning

“Muhabbatnoma”, Xo‘jandiyning “Latofatnoma” asarlariga javob

sifatida yozilgan masnaviy asar bo‘lib, muallifning she’riy salohiyati

qay darajada ekanligidan dalolat beradi. Ammo yettinchi majlisda

Navoiy bu asarga nisbatan “…masnaviy tavrida “Latofatnoma”

aningdur”, degan ta’rifi ba’zi olimlar nazdida “Latofatnoma”

va “Taashshuqnoma” asarlarining ikki xil asar degan xulosaga

kelishiga sababchi bo‘lgan.

Masalan, To‘lqin Hayit o‘zining “Temuriy ijodkorlar”

nomli risolasida: “… Navoiy o‘z asarida Saydi Ahmad Mirzoning

“Latofatnoma” asari mavjudligini, ammo bu doston shu kungacha

topilgan emas”, - degan fikrni beradi. Yoki “Ravzat us-salotin”ning

o‘zbek tiliga qilingan tarjima ham shu tarzdagi fikrlar qayd qilinadi.

Lekin biz aslida bu fikrlardan farqli ravishda shoir uchun asarning

bunday nomlaganligi aniq bir maqsadda bo‘lmay, bu yerda atoqli nom

sifatida emas, balki Sayid Ahmad masnaviysiga berilgan ta’rif sifatida

qabul qildik. Chunki bir davrda yashab turib “Latofatnoma” asaridan

xabardor bo‘lgan ijodkor “Tashshuqnoma”dan xabardor bo‘lmay

qolmasligi mumkin emas edi. Bundan tashqari, tazkirada keltirilgan

bu nom boshqa hech manbada temuriy ijodkorning bunday nomdagi

asari uchramaganligi ham shunday fikrga kelishimizga sabab bo‘ldi.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, u davrda bunday atalishi uchun

aniq bir talab bo‘lmagan, ya’ni “Latofatnoma” va “Taashshuqnoma”

deb aynan nomga ajratish muhim emas edi. Yozuvchining maqsadi

asarning noma janriga mansub ekanligini ta’kidlash bo‘lgan. Misol

uchun, “Saddi Iskanadariy” asari ba’zan “Iskandarnoma” deb ham


background image

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

77

yuritilgan. Zero rasmiy nomdagi bunday asar Ganjaviy qalamiga

mansub bo‘lsa ham. Yoki keyingi asrlarda Ogahiy nom bergan

“Zubdat ut-tavorix” asari bo‘lsa, Navoiy o‘z davrida “Tarixi muluki

ajam” va “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlariga nisbatan bu asar zub-

dat ut-tavorixdir deb nomlagan kabi. “Taashshuqnoma”ni 1987-yilda

Aziz Qayumov, Suyima G‘aniyevalar boshqa e‘lon qilishgan.

Saydi Ahmad o‘z asarlarida turkiy va forsiy adabiyot yutuqlari,

o‘zbek tilining keng imkoniyatlari, jumladan, turkiy she’riyatga

xos bo‘lgan tajnis san’atini qo‘llashda ham mohir bo‘lgan. Sababi

“Taashshuqnoma”ning ikkinchi nomasi to‘liq ushbu san’at asosida

yozilgan. So‘nggi qism sanalgan “So‘zning xulosasi”da dunyoning

o‘tkinchiligi, umrning bevafoligi haqida so‘z yuritiladi. Umuman

olganda, asarda tasviriy ifodalardan unumli foydalanib, unda oshiq

qancha intilsa ham, visol baribir muyassar bo‘lmaydi, yorini izlab,

hech topa olmaydi, shuning uchun unga g‘oyibona murojaat qilib,

endi yoding bilan qanoatlanaman, bu ishga hech kim qarshilik qila

olmaydi mazmunidagi baytlar fikrimizni tasdiqlaydi. Bu holatlar

qaysidir ma’noda tasavvufiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilganligidan dalolat

beradi.

Navoiy esa uning zehnini ta’riflar ekan, “salimtab’ va pok zehn

kishi ekanligini, mashhur nazmlari mavjud bo‘lib, ham masnaviy,

ham g‘azal janrlarida turkiy va forsiy tillarida yozilgan devoni

borligini aytish barobarida turkiy va forsiy matla’laridan namuna

beradi:

Sayd etti firoqing meni murg‘i saharidek,

Qil odamilik, qilma nihon yuzni paridek [Majolis un-nafois].

Yor ma’shuqasi firoqida shunchalik azob chekkanki, uning

firoqi saharda qilinadigan qushdek (murg‘) ov qilindim. Bu yo‘lda

muallif yorining odamgarchilik qilishini xohlaydi, parilardek yuzini

pinhon tutmaslikni iltimos qiladi. Birgina baytning ohangdorligi

shunchalik go‘zalki, shoir buning uchun bir qancha badiiy san’atlar-

dan unumli foydalanadi. Masalan, sahar qushidek, paridek so‘zlari

o‘xshatish qo‘shimchasi orqali tashbeh san’ati, odamilik qilish,

yuzini nihon qilmaslik so‘zlaridagi qil-qilma tazodni, yoriga o‘tinch

tarzidagi murojaat kalomi jom san’atini hosil qilgan. Shuningdek,

turkona ruhni oshishiga ko‘maklashgan omil qofiyadoshlik bo‘lib,

ular saharidek, paridek so‘zlaridir. Bunda raviy r tovushi bo‘lib, u

qofiyaning tuzilishiga ko‘ra mutlaqni, o‘zak tarkibiga ko‘ra mujarrad

qofiyani shakllantirgan. Vazni esa aruzning hazaji musammani


background image

78

Gavharoy MURODOVA

axrabi makfufi maqsurida, maf’uvlu – mafoiylu – mafoiylu – mafoiyl

afoyilida, – – V/ V– – V/ V – – V/ V– ~ taqte’sida yozilgan. Forsiy

matla’si esa quyidagicha:

Maham gar pesh az in pinhon bimonad,

Ajab, gar bedilonro jon bimonad [Majolis un-nafois].

Mazmuni: Agarda mening oy yuzli dilbarim o‘zini pinhon

(yashirin) qoldiradigan bo‘lsa, oshiqlarining omon qolishi ajab-

lanarlidir.

Shoir bu baytida ham to‘liq bo‘lmagan, och qofiyadan

foydalangan va bu so‘zlar "pinhon, jondir". Raviy esa “n” bo‘lib, bu

qofiyaning tuzilishiga ko‘ra muqayyadni, o‘zak tarkibiga ko‘ra esa

murdaf qofiyani shakllantirishga xizmat qilgan. Vazni mutaqoribi

musammani solim, fauvlun - fauvlun - fauvlun - fauvlun afoyili, V – –/

V – – / V – –/ V – – taqte’sida yozilgan.

Shoirning devoni esa bugungi ilm ahliga noma’lum bo‘lib,

uni izlab, adabiyotimizga tatbiq etish, fanimiz oldidagi dolzarb

masalalardandir.

Tazkirada devon tartib berilgan deya ta’rif berilmasa-da,

ammo boshqa manbalarda devon yozgan ijodkor sifatida qayd

qilingan temuriy shahzoda Sulton Mas’ud Mirzodir. Ushbu shaxs Abu

Said Mirzoning o‘g‘li Sulton Mahmud Mirzo va Xonzoda begimning

zurriyotidir. Otasi davrida Hisorda hukmronlik qilgan. Temuriylar

o‘rtasidagi bir qancha ziddiyatlardan so‘ng Sulton Mahmud Mirzo-

ning ishongan amirlaridan bo‘lgani, bundan tashqari, shahzodaning

yoshlikdan katta qilgan otabegiligiga qaramay, Amir Xusravshoh

shahzodaning ko‘zlariga mil torttiradi. O‘sha vaqtda Sulton Mas’ud

Mirzo o‘z ijodidan quyidagi ruboiyni o‘qiydi:

Nuriki, ayyori didai ravshan bud,

Chashmi badayyom z-chashm bar bud,

Faryodki, faryod bajoyi narasid,

Afsuski, afsus namedorad sud.

Mazmuni: Ayyor ko‘zlaring nuri ravshan bo‘lgan, badayyom

ko‘z ko‘zdan yuqori edi, faryodki, faryod o‘z joyiga yetmadi, afsuski,

afsusdan endi foyda yo‘q. Ushbu to‘rt misrali she’r a-a-b-a tarzida

qofiyalangan bo‘lib, uni shakllantiruvchi so‘zlar "bud, bud, sud"dir.

Bunda qofiyani hosil qilishga asos bo‘lgan tirgak tovush–raviy

“d” harfi bo‘lib, unda tuzilishiga ko‘ra muqayyad, o‘zak tarkibiga


background image

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

79

ko‘ra mujarrad qofiya hosil bo‘lgan. Vazniga to‘xtaladigan bo‘lsak,

birinchi misra hazaji axrabi makfufi solimi abtar, maf’uvlu, mafoiylu,

mafoiylun, fa’, – – V/ V – –V/ V – – – / – taqte’sida; ikkinchi misra

hazaji axrabi makfufi solimi abtar, maf’uvlu, mafoiylu, mafoiylun,

fa’, – – V/ V – –V/ V – – – / – taqte’sida; uchinchi misra hazaji axrabi

makfufi ajabb, maf’uvlu, mafoiylu, mafoiylu, faal, – – V/ V – – V/ V – –

V / V – taqte’sida; to‘rtinchi misra ham hazaji axrabi makfufi solimi

abtar, maf’uvlu, mafoiylu, mafoiylun, fa’, – – V/ V – – V/ V – – – / –

taqte’sida yozilgan.

“Boburnoma”da ijodkor Xusravshohning bu qilgan ishini

qattiq qoralab: “… besh kun o‘tar dunyo uchun bir o‘zi usturg‘on

valine’matzodasini ko‘r qildi”,- degan fikrlarni beradi.

Bu voqealardan keyin temuriylarning nufuzi va obro‘si

uchun kurashadigan Husayn Boyqaro uni Hirotga chaqiradi

hamda qizi Begim Sultonni unga nigohlab beradi.

Navoiy bu shahzodaning zehni to‘g‘risida yozar ekan,

tabiatidagi “vafo va diljo‘yluq” shoiri, “saxovat va darveshtabiatlik”

atvori ekanligini ulug‘laydi. Shuningdek, nazm bobida zeb va ziynat

ila yozish hayotidagi maqsadiligini aytish barobarida turkiycha

matla’sidan namuna keltiradi:

Yor borib jong‘a qo‘ydi dog‘i furqat, ey rafiq,

Ko‘ngluma kor etmasunmu dardi g‘urbat, ey rafiq?

Nido san’atini yuzaga keltirishga xizmat qilgan "ey rafiq"

so‘zi radif bo‘lib kelgan va radifda bu san’atdan foydalanish bosh-

dan-oyoq ustuvorlik qilganligidan dalolat beradi. Do‘stiga holatini

bayon qilish tarzida unga murojaat qilgan shoirning yori ma’shuqini

ayriliqda qoldiribdi (1-misra); bu ayriliq dardi qalbimga qanday

qilib ta’sir qilmasligi mumkin? (2-misra).

Shoir qofiya uchun "furqat-g‘urbat" so‘zlarini tanlagan

bo‘lib, bu uning tuzilishiga ko‘ra muqayyad qofiyani, o‘zak tarkibiga

ko‘ra mujarrad qofiyani hosil qilganligidan dalolat beradi. Turkiy

she’riyatda juda ham ko‘p qo‘llanilgan vazn ushbu she’rning ham

shakllanishiga asos bo‘lgan ramali musammani mahzuf vazni,

foilotun-foilotun-foilotun-foilun afoyili, – V– – / – V – –/ –V – –/–V–

taqte’sidadir.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Sulton Mas’ud

Mirzo o‘z g‘azallarida “Orifiy” va “Shohiy” taxalluslarini qo‘llagan.

Navoiyning bu temuriy ijodkor ijodidan keltirgan baytidan tashqari

“Majolis un-nafois”ning fors tilidagi tarjimonlaridan biri Faxriy


background image

80

Gavharoy MURODOVA

Hiraviy “Ravzat us-salotin” asarida qo‘shimcha ravishda quyidagi

baytni ham Sulton Mas’udga nisbat beradi:

To nishtari g‘am chashm ro ziru zabar kard,

Az tole’i mas’ud falak qat’i nazar kard [Hiraviy 56].

Mazmuni: g‘am nishtari ko‘zni ostin-ustun qildi, tole’yi

mas’ud bo‘lgan shaxsdan dunyo nazarini burdi. Qofiyalanishidan (a-

a) oydinlashadiki, bu bayt matla’ bo‘lib, uni shakllantirishga xizmat

qilgan so‘zlar "zabar-nazar"dir. Bunda raviy "r" bo‘lib, qofiyaning

tuzilishiga ko‘ra muqayyad, o‘zak tarkibiga ko‘ra esa raviydan oldin

qisqa unli kelganligi uchun mujarrad qofiya hosil qilingan. Vazni esa

hazaji musammani axrabi makfufi maqsurda, maf’uvlu - mafoiylu -

mafoiylu mafoiyl afoyilida, – – V/ V – – V/ V – – V/ V – ~ taqte’sida

yozilgan.

Xulosa

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Navoiy o‘z tazkira-

sining yettinchi majlisda nomini keltirgan ijodkorlarning ilm-

fan homiysi, adolatli hukmdor bo‘lish bilan birga o‘zlarining ta’bi

nazmga moyilligini aytish o‘rnida ular tomonidan bitilgan turli

janrlardagi she’rlardan namunalar keltiradi. U namunalarning ko‘pi

turkiy tilda yozilgan bo‘lib, bu omil temuriylarning turkiy-o‘zbek

tiliga yetarli darajada e’tibor qaratib, uning nufuzini oshirishga

bevosita va bilvosita katta hissa qo‘shganlaridan dalolat beradi.

Shuningdek, ijodkor sifatida turli janrlarda ijod qila olish qobiliyati,

qolaversa, hatto devon tartib berishdek mas’uliyatli vazifani ado eta

olganlari ularning alohida iqtidorlari namunasidir.

Adabiyotlar

Арабшоҳ, Ибн. 1992. Амир Темур тарихи (У.Уватов таржимаси).

Тошкент.

Bobur. 1989. Boburnoma. Toshkent: Fan.

Навоий, Алишер. 1997. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик.

10-том. Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1997. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 13-

том. Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1997. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 8-том.

Тошкент: Фан.

Сирожиддинов, Шуҳрат. 2011. Алишер Навоий: манбаларнинг қиёсий-

типологик, текстологик таҳлили. Тошкент: Академнашр.

Ғаниева, Суйима. 2001. Алишер Навоий ва ижодкор темурий

шаҳзодалар. Тошкент: Фан.


background image

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

81

Мирзо, Шоҳ Ғариб. 2001. Шоҳ Ғариб Мирзо Ғарибий девони. (Ш. Ёрқин

ва б.қ.лар табдили). Тошкент: Шарқ НМИУ.

Ҳиравий, Фахрий. 2014. Равзат ус-салотин (С.Ғаниева ва б.қ.лар

таржимаси) Тошкент: Мумтоз сўз.

Сирожиддинов, Ш. (2011).

Алишер Навоий: манбаларнинг к̨иёсий-

типологик, текстологик тах̨лили

. Akademnashr.

Sirojiddinov, S. (2015). Mir Alisher Navoi and his Persian-language

poetry.

European Journal of Literature and Linguistics

, (2), 24-

27.

Jalolovna, H. O. (2023). A STUDY OF TWO ARABIC SOURCES OF CLASSICAL

RHYME.

Jalolovna, H. O. (2022). THE STUDY OF MOVEMENTS OF RHYME.

Hamroyeva, O. (2021). Аbu Zakariyyo (Аl-Xatib) at-Tabriziyning “Аlkafif il-

aruz va al-qavofiy»(Аruz va qofiyaga oid kifoya) asarida aruz

va qofiya tadqiqi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 4(4).

Jalolovna, H. O. (2022). IMPROVEMENT OF THE SCIENCE OF RHYME IN

TREATISES OF THE TIMURID PERIOD. American Journal of

Interdisciplinary Research and Development, 10, 342-348.

Jalolovna, H. O. (2022). THE STUDY OF MOVEMENTS OF RHYME.

Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его

генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://

inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713

Жабборов, Н. (2021). Интерпретация «мани» и описание «ахли маони»

в творчестве Алишера Навои. in Library, 21(4), 5-16.

Jabborov, N. (2023). ALISHER NAVOIY IJODINING ISLOMIY-MA’RIFIY

ASOSLARI. Academic research in educational sciences,

4(Conference Proceedings 1), 19-30.

Hamroyeva, O. (2021). Аbu Zakariyyo (Аl-Xatib) at-Tabriziyning “Аlkafif il-

aruz va al-qavofiy»(Аruz va qofiyaga oid kifoya) asarida aruz

va qofiya tadqiqi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 4(4).

Jalolovna, H. O. CORRELATION BETWEEN THE SCIENCE OF RHYME AND

THE SCIENCE OF BADE’. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA

STATE UNIVERSITY, 181.

Jalolovna, H. O. CLASSIFICATION OF FINE ARTS IN» HADOYIQ US-SIKHR.

SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY, 47.

Dehqonov, A. (2020). Saloti Mas’ udiy-Muhayyir tarjimasida.

Uzbekistan:

Language and Culture

,

2

(2).

Dehqonov, A. (2020). Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy

faoliyati.

Oltin bitiglar–Golden Scripts

,

2

(2).

Дехканов, А. К. (2020). СОЗДАНИЕ ПОРТРЕТА ПРАВИТЕЛЕЙ-

ТИМУРИДОВ–СОВРЕМЕННИКОВ БАБУРА В «БАБУР-

НАМЕ».

ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЕ НАСЛЕДИЕ ЗАХИРИДДИНА

МУХАММАДА

, 152.

Dehqonov, A. (2020). Saloti Mas’ udiy-Muhayyir tarjimasida.

Uzbekistan:

Language and Culture

,

2

(2).

ДЕХҚОНОВ, А. Қ. (2020). ON PRINCE BADIUZZAMON IN THE POEM

“ASTONISHMENT OF NICE PEOPLE”.

Иностранные языки в

Узбекистане

, (3), 227-236.


background image

82

Gavharoy MURODOVA

Normurotovich, A. S. (2023). A DESCRIPTION OF THE SOURCES OF THE

LITERARY HERITAGE OF AKHMAD TABIBY. Open Access

Repository, 4(2), 305-311.

Devan owners mentioned in the seventh

meeting of “Majalis un-nafais”

Gavharoy Murodova

1

Abstract

This article provides information about the owners of the

Timurid poetrys whose names are mentioned in “Majalis un-nafais”.

Including, Shah Garib Mirza, Khalil Sultan, Sayyid Ahmad Mirza, Sultan

Mas’ud Mirza, who created a beautiful literary atmosphere of their time

and set an example for others, patrons of science those who are able to

create in various genres and weights of classical literature as creators are

the confirmation of our opinion. In addition, studying the subject of poetry

of artists is one of the responsible tasks facing our science. Study of devan

of artists known to science and applying the unknown to science is also

essential factor of literature.

Key words:

“Khamsa”, “Majalis un-nafais”, “Farhad and Shirin”,

“Layli and Majnun”, “Boburnoma”, divan, ghazal, matla’, murdaf rhyme,

muqayyad rhyme, mutlaq rhyme, mujarrad rhyme, vazn, afoyil, taqte’.

References

Arabshoh, Ibn. 1992. Amir Temur tarixi (U.Uvatov tarjimasi). Toshkent.

Bobur. 1989. Boburnoma. Toshkent: Fan.

Navoiy, Alisher. 1997. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. 10-tom.

Toshkent: Fan.

Navoiy, Alisher. 1997. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. 13-tom.

Toshkent: Fan.

Navoiy, Alisher. 1997. Mukammal asarlar to‘plami. 20 tomlik. 8-tom.

Toshkent: Fan.

G‘anieva, Suyima. 2001. Alisher Navoiy va ijodkor temuriy shahzodalar.

Toshkent: Fan.

1

Murodova Gavharoy

– graduate student of Alisher Navoi Tashkent State Universi-

ty of Uzbek language and literature.

E-mail

: gavharishoda3@gmail.com

ORCID ID

: 0009-0003-1330-4855

For citation

: Murodova, G. 2023.

“Devan owners mentioned in the seventh meeting

of “Majalis un-nafais”. Uzbekistan: Language and Culture. Literature

2(2): 63-84.


background image

“Majolis un-nafois”ning yettinchi majlisida zikr etilgan devon sohiblari

83

Mirzo, Shoh G‘arib. 2001. Shoh G‘arib Mirzo G‘aribiy devoni. (Sh. Yorqin va

b.q.lar tabdili). Toshkent: Sharq NMIU.

Hiraviy, Faxriy. 2014. Ravzat us-salotin (S.G‘aniyeva va b.q.lar tarjimasi)

Toshkent: Mumtoz so‘z.

Сирожиддинов, Ш. (2011).

Алишер Навоий: манбаларнинг к̨иёсий-

типологик, текстологик тах̨лили

. Akademnashr.

Sirojiddinov, S. (2015). Mir Alisher Navoi and his Persian-language

poetry.

European Journal of Literature and Linguistics

, (2), 24-

27.

Jalolovna, H. O. (2023). A STUDY OF TWO ARABIC SOURCES OF CLASSICAL

RHYME.

Jalolovna, H. O. (2022). THE STUDY OF MOVEMENTS OF RHYME.

Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его

генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://

inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713

Жабборов, Н. (2021). Интерпретация «мани» и описание «ахли маони»

в творчестве Алишера Навои. in Library, 21(4), 5-16.

Jabborov, N. (2023). ALISHER NAVOIY IJODINING ISLOMIY-MA’RIFIY

ASOSLARI. Academic research in educational sciences,

4(Conference Proceedings 1), 19-30.

Hamroyeva, O. (2021). Аbu Zakariyyo (Аl-Xatib) at-Tabriziyning “Аlkafif il-

aruz va al-qavofiy»(Аruz va qofiyaga oid kifoya) asarida aruz

va qofiya tadqiqi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 4(4).

Jalolovna, H. O. (2022). IMPROVEMENT OF THE SCIENCE OF RHYME IN

TREATISES OF THE TIMURID PERIOD. American Journal of

Interdisciplinary Research and Development, 10, 342-348.

Jalolovna, H. O. (2022). THE STUDY OF MOVEMENTS OF RHYME.

Hamroyeva, O. (2021). Аbu Zakariyyo (Аl-Xatib) at-Tabriziyning “Аlkafif il-

aruz va al-qavofiy»(Аruz va qofiyaga oid kifoya) asarida aruz

va qofiya tadqiqi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 4(4).

Jalolovna, H. O. CORRELATION BETWEEN THE SCIENCE OF RHYME AND

THE SCIENCE OF BADE’. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA

STATE UNIVERSITY, 181.

Jalolovna, H. O. CLASSIFICATION OF FINE ARTS IN» HADOYIQ US-SIKHR.

SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY, 47.

Dehqonov, A. (2020). Saloti Mas’ udiy-Muhayyir tarjimasida.

Uzbekistan:

Language and Culture

,

2

(2).

Dehqonov, A. (2020). Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy

faoliyati.

Oltin bitiglar–Golden Scripts

,

2

(2).

Дехканов, А. К. (2020). СОЗДАНИЕ ПОРТРЕТА ПРАВИТЕЛЕЙ-

ТИМУРИДОВ–СОВРЕМЕННИКОВ БАБУРА В «БАБУР-

НАМЕ».

ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЕ НАСЛЕДИЕ ЗАХИРИДДИНА

МУХАММАДА

, 152.

Dehqonov, A. (2020). Saloti Mas’udiy-Muhayyir tarjimasida.

Uzbekistan:


background image

84

Gavharoy MURODOVA

Language and Culture

,

2

(2).

ДЕХҚОНОВ, А. Қ. (2020). ON PRINCE BADIUZZAMON IN THE POEM

“ASTONISHMENT OF NICE PEOPLE”.

Иностранные языки в

Узбекистане

, (3), 227-236.

Normurotovich, A. S. (2023). A DESCRIPTION OF THE SOURCES OF THE

LITERARY HERITAGE OF AKHMAD TABIBY. Open Access

Repository, 4(2), 305-311.

Библиографические ссылки

Арабшоҳ, Ибн. 1992. Амир Темур тарихи (У.Уватов таржимаси). Тошкент.

Bobur. 1989. Boburnoma. Toshkent: Fan.

Навоий, Алишер. 1997. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 10-том. Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1997. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 13-том. Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1997. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 8-том. Тошкент: Фан. Сирожиддинов, Шуҳрат. 2011. Алишер Навоий: манбаларнинг қиёсий-типологик, текстологик таҳлили. Тошкент: Академнашр.

Ғаниева, Суйима. 2001. Алишер Навоий ва ижодкор темурий шаҳзодалар. Тошкент: Фан. Мирзо, Шоҳ Ғариб. 2001. Шоҳ Ғариб Мирзо Ғарибий девони. (Ш. Ёрқин ва б.қ.лар табдили). Тошкент: Шарқ НМИУ. Ҳиравий, Фахрий. 2014. Равзат ус-салотин (С.Ғаниева ва б.қ.лар таржимаси) Тошкент: Мумтоз сўз. Сирожиддинов, Ш. (2011). Алишер Навоий: манбаларнинг к̨иёсий-типологик, текстологик тах̨лили. Akademnashr.

Sirojiddinov, S. (2015). Mir Alisher Navoi and his Persian-language poetry. European Journal of Literature and Linguistics, (2), 24-27.

Jalolovna, H. O. (2023). A STUDY OF TWO ARABIC SOURCES OF CLASSICAL RHYME.

Jalolovna, H. O. (2022). THE STUDY OF MOVEMENTS OF RHYME.

Hamroyeva, O. (2021). Аbu Zakariyyo (Аl-Xatib) at-Tabriziyning “Аlkafif il-aruz va al-qavofiy»(Аruz va qofiyaga oid kifoya) asarida aruz va qofiya tadqiqi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 4(4).

Jalolovna, H. O. (2022). IMPROVEMENT OF THE SCIENCE OF RHYME IN TREATISES OF THE TIMURID PERIOD. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 10, 342-348.

Jalolovna, H. O. (2022). THE STUDY OF MOVEMENTS OF RHYME.

Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713

Жабборов, Н. (2021). Интерпретация «мани» и описание «ахли маони» в творчестве Алишера Навои. in Library, 21(4), 5-16.

Jabborov, N. (2023). ALISHER NAVOIY IJODINING ISLOMIY-MA’RIFIY ASOSLARI. Academic research in educational sciences, 4(Conference Proceedings 1), 19-30.

Hamroyeva, O. (2021). Аbu Zakariyyo (Аl-Xatib) at-Tabriziyning “Аlkafif il-aruz va al-qavofiy»(Аruz va qofiyaga oid kifoya) asarida aruz va qofiya tadqiqi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 4(4).

Jalolovna, H. O. CORRELATION BETWEEN THE SCIENCE OF RHYME AND THE SCIENCE OF BADE’. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY, 181.

Jalolovna, H. O. CLASSIFICATION OF FINE ARTS IN» HADOYIQ US-SIKHR. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY, 47.

Dehqonov, A. (2020). Saloti Mas’ udiy-Muhayyir tarjimasida. Uzbekistan: Language and Culture, 2(2).

Dehqonov, A. (2020). Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy faoliyati. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 2(2).

Дехканов, А. К. (2020). СОЗДАНИЕ ПОРТРЕТА ПРАВИТЕЛЕЙ-ТИМУРИДОВ–СОВРЕМЕННИКОВ БАБУРА В «БАБУР-НАМЕ». ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЕ НАСЛЕДИЕ ЗАХИРИДДИНА МУХАММАДА, 152.

Dehqonov, A. (2020). Saloti Mas’ udiy-Muhayyir tarjimasida. Uzbekistan: Language and Culture, 2(2).

ДЕХҚОНОВ, А. Қ. (2020). ON PRINCE BADIUZZAMON IN THE POEM “ASTONISHMENT OF NICE PEOPLE”. Иностранные языки в Узбекистане, (3), 227-236.Normurotovich, A. S. (2023). A DESCRIPTION OF THE SOURCES OF THE LITERARY HERITAGE OF AKHMAD TABIBY. Open Access Repository, 4(2), 305-311.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов