Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
4-20
0
0
Поделиться
Адизова, И. (2024). Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 4–20. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024-pp4-20
Икболой Адизова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
Доктор филологических наук, профессор
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqola XV-XVI asr Sharq tazkiralarida ayol shoiralar hayoti va ijodining tadqiqiga bag'ishlangan. Navoiyning "Majolis un-nafois", "Nasoyim ul-muhabbat", "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin" kabi qator asarlarida islom dunyosi va o'z davri ayollariga bo'lgan ehtiromli munosabati yaqqol namoyon bo'lgan. Ammo Sharq musulmon dunyosida, XV asrga qadar ayol-shoiralar faoliyati maxsus kitob tarzida yoritilmagan. Ular haqidagi ma’lumotlar zamima tazkiralar, ayrim asarlar orqali bizga etib kelgan. Ammo XVI asr II yarmidan boshlab ayol ijodkorlarga bag'ishlangan maxsus tazkira asarlar ham dunyoga kela boshladi. Bunday maxsus tazkiraning ilk namunasi "Javohir ul-ajoyib"dir. U Navoiyning "Majolis un-nafois" tazkirasini forsiy tilga o'girgan tarjimon, bir nechta tazkiralar muallifi Faxri Hiraviy tomonidan 1554-1555 yillarda yaratilgan. Asar Debocha va Asosiy qismdan iborat. Unda 31 ta ayol shoiralar haqida ma’lumot beriladi. Maqolada "Javohir ul-ajoyib" tazkirasi asosida, XV-XVI asr Sharq shoiralari ijodi va faoliyati tadqiq etilib, muhim ilmiy xulosalarga kelingan. Bundan tashqari, 286 ta shoira faoliyatini qamragan "Tazkirat ul-xavotin", 140 ta ayol ijodkorlar haqida ma’lumot beruvchi "Tazkirat un-niso" asarlari borasida ham fikr-mulohazalar bildirilgan.


background image

ISSN 2181-922X 4

20

MUMTOZ ADABIYOT TARIXI

Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini

Iqboloy Adizova

1

Abstrakt

Mazkur maqola XV-XVI asr Sharq tazkiralarida ayol shoiralar

hayoti va ijodining tadqiqiga bag‘ishlangan. Navoiyning “Majolis un-

nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin” kabi

qator asarlarida islom dunyosi va o‘z davri ayollariga bo‘lgan ehtiromli

munosabati yaqqol namoyon bo‘lgan. Ammo Sharq musulmon dunyosida,

XV asrga qadar ayol-shoiralar faoliyati maxsus kitob tarzida yoritilmagan.

Ular haqidagi ma’lumotlar zamima tazkiralar, ayrim asarlar orqali

bizga etib kelgan. Ammo XVI asr II yarmidan boshlab ayol ijodkorlarga

bag‘ishlangan maxsus tazkira asarlar ham dunyoga kela boshladi. Bunday

maxsus tazkiraning ilk namunasi “Javohir ul-ajoyib”dir. U Navoiyning

“Majolis un-nafois” tazkirasini forsiy tilga o‘girgan tarjimon, bir nechta

tazkiralar muallifi Faxri Hiraviy tomonidan 1554-1555 yillarda yaratilgan.

Asar Debocha va Asosiy qismdan iborat. Unda 31 ta ayol shoiralar haqida

ma’lumot beriladi. Maqolada ”Javohir ul-ajoyib” tazkirasi asosida, XV-XVI

asr Sharq shoiralari ijodi va faoliyati tadqiq etilib, muhim ilmiy xulosalarga

kelingan. Bundan tashqari, 286 ta shoira faoliyatini qamragan “Tazkirat

ul-xavotin”, 140 ta ayol ijodkorlar haqida ma’lumot beruvchi “Tazkirat un-

niso” asarlari borasida ham fikr-mulohazalar bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

tazkira, orifa, shoira, adabiy jarayon, debocha,

hamd, na’t, adabiy muhit, devon, nazira, zullisonayn.

XV-XVI asr madaniy markazi hisoblangan Hirot adabiy

muhitida ilm-u fan bemisl darajada rivojlangan. Fanlarning

o‘ndan ortiq turlari eng yuksak taraqqiyot pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Fuqarolar fazl-u hikmat, ilm-u ma’rifat, haqoyiq-u daqoyiq, ash’or-u

advorni egallashni odamiylik burchi deb bilgan. Ilm o‘rganish, ijod

bilan shug‘ullanish Hirot ahlining kundalik ehtiyojiga aylangan. Bu

boradagi ma’lumotlar ko‘plab tarixiy, tazkira, memuar asarlar orqali

yetib kelgan. Jumladan, Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”

asarida ham Husayn Boyqaro va Hirot madaniy muhiti borasida

1

Adizova Iqboloy Istamovna

– filologiya fanlari doktori, professor, Alisher Navoiy

nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mali:

ataullo98@mail.ru; iqboloya9@gmail.com

ORSID ID:

0000 – 0002 – 3685 9955

Iqtibos uchun:

Adizova, I. 2024. “Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini”.

O’zbekiston: til va madaniyat.

2 (2): 4-20,

4

Uzbekistan: Language and Culture 2024/2(2)


background image

batafsil, havas bilan ma’lumot bergan: “Sulton Husayn mirzoning

zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis

Hiri shahri mamlu edi. Har kishiningkim bir ishga mashg‘ullug‘i

bor edi, himmati va g‘arazi ul edikim, ul ishni kamolg‘a tegurgay...”

[Bobur, 2002, 195].

Hirotdagi yuksak ma’rifiy jarayon Navoiyning asarlarida

ham o‘z ifodasini topgan. Ularda turli yo‘nalishdagi rang-barang

ma’lumotlar bilan bir qatorda Sharq ayollarining ijodkorlik salohiyati,

ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni kabi masalalar ham yoritilganining

guvohi bo‘lamiz.

Jumladan, “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat”,

“Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin” kabi qator asarlarida

Navoiyning islom dunyosi va o‘z davri ayollariga bo‘lgan ehtiromli

munosabati yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan, “Farhod va Shirin”

asarida Mehinbonu saroyidagi ilm-u irfonni mukammal egallagan

oqila qizlar tasviri faqat muallif tasavvuri mahsuli emas. Balki Hirot

madaniy muhitining yuksak maqomi davr ayollari tafakkur kamo-

loti uchun ham xizmat qilgan. Mavjud vaziyatni Navoiy asarida o‘z

ideali bilan uyg‘unlashtirib ifodalagan:

Kelib har qaysi bir fazl ichra mohir,

Mahorat shevasi har birda zohir.

Biri ash’or bahri ichra g‘avvos,

Biri advor davri ichra raqqos.

Biri mantiq rusumida raqamkash,

Biri hay’at ruqumig‘a qalamkash.

Birining shevasi ilmi haqoyiq,

Balog‘atda biri aytib daqoyiq.

Biri tarixda, so‘z aylab fasona,

Biri hikmat fani ichra yagona.

Hisob ichra birining zehni borib

Muammoda birisi ot chiqorib.

Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan

Yuz ul fanliq aro har qaysi yakfan.

Dilorom-u Diloro-yu Diloso,

Gulandom-u Sumanbo‘-yu Sumanso.

Parichehru Parizod-u Parivash,

Paripaykar zihi o‘n ismi dilkash..

. [Navoiy, 1991, 272].

Shariat talablariga ko‘ra, davr tazkiralarida ayollar haqida

ma’lumot berishdan saqlanilgan. Ammo, ayrim ishoralar borki,

ulardan foydalanib, adabiy muhitda davr ijodkor ayollari maqomini

belgilash imkoniga ega bo‘lamiz. Jumladan, Navoiy “Majolis un-

5

Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini


background image

nafois” tazkirasida 4 ta – Mehriy, Bediliy, Ofoqbegim Jaloyir va

Bibichai Munajjima ijodini qisqagina, odob doirasida baholaydi.

Ko‘rinadiki, XV asrga qadar shoiralar faoliyati maxsus kitob

tarzida ta’lif etilmagan. Ular haqidagi ma’lumotlar zamima tazkira-

lar

1

orqali bizga yetib kelgan. Ammo XVI asr II yarmidan boshlab

ayol ijodkorlarga bag‘ishlangan maxsus tazkira asarlar ham dunyoga

kela boshladi.

Adabiyotshunoslikka oid ko‘plab tadqiqotlarda olimlarimiz

“Sham’i anjuman”, “Mashohir un-niso”, “Ro‘zi ravshan”, “Tazkirai

Husayniy”, “Tazkirat un-niso”, “Nishtari ishq”, “Matla’ ul-ulum”,

“Tazkirat ush-shuaro”, “Mir’ot ul-xayol”, “Natoij ul-afkor”,

“Pardanishinoni suxango‘y” va “Javohir ul-ajoyib” kabi tazkiralarni

ayol shoiralar haqida ma’lumot beruvchi asarlar sirasiga kiritishadi.

Ammo ularning barchasi ham shoiralar faoliyatini maxsus yori-

tishga qaratilmagan. Bunday maxsus tazkiraning ilk namunasi

“Javohir ul-ajoyib”dir.

U Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasini forsiy tilga

o‘girgan tarjimon, bir nechta tazkiralar muallifi Faxri Hiraviy

tomonidan 1554-1555 yillarda yaratilgan. Asar Debocha va Asosiy

qismdan iborat. Unda 31 ta ayol-shoiralar haqida ma’lumot beriladi.

“Javohir ul-ajoyib” “Debocha” bilan boshlanadi. Uning

tarkibi hamd, na’t va tazkiraning yozilish sababidan tashkil

topgan.

Hamd-da muallif Olloh o‘z qudrati-la osmonni yulduzlar

bilan bezagani kabi, she’riyat durlari ma’nolar olami sohiblarining

ko‘ngillarini ziynatlashi borasida so‘zlaydi.

Keyin na’t qismi keltiriladi. Muallif, -

“Rasuli amin, Qurayshiy

laqab,

Mahi Yasrib-u

2

oftobi Arab”, -

deya payg‘ambarimiz s.a.v.ni

olam osmonida nur sochib, yorituvchi oy va quyoshga mengzaydi.

Ularning musulmonlar ma’naviyatining yuksak timsoli sifatida

ta’riflaydi. E’tibor bersak, Hiraviy o‘quvchiga fikrini aniq etkazishda

borliq, tabiat ashyolaridan mahorat bilan foydalanadi. Bu xususiyat,

ayniqsa, asarning hamd va na’t qismida yaqqol namoyon bo‘lgan.

Debochaning 3-tarkibiy qismi Safaviy hukmdorlaridan

bo‘lgan Shoh Tahmasp Husayniyga bag‘ishlovdan iborat. Unda

muallif an’anaviy, mubolag‘ador tasvir usulidan foydalanadi. Shoh

Tahmaspni “olam sultonlari sultoni, muazzam xoqon, Turk, Arab

va Ajam mamlakatlarining hukmdori”, deya alqaydi. Fikrining avj

1 Qarang: Faxri Hiraviy. Javohir ul-ajoyib. Toshkent: Mumtoz so’z, 2014, 3-bet. –

“Dastlabki tazkira asarlari adabiyot va yondosh sohalarga oid asarlar tarkibida,

uning ma’lum bir qismi o’laroq, zamima tazkiralar tarzida yozilgan”. Zamima so'zi

“ilova” lug’aviy ma’nosiga ham ega.

2 Yasrib-Madina shahrining qadimgi nomi

6

Iqboloy ADIZOVA


background image

nuqtasi sifatida bir to‘rtlik keltiradi:

Shohi osmonqadr – Tahmasp shoh,

Kamin xokbo‘soni u mehr-u moh.

Safi hojiboni darash begumon

Hama shahriyorand-u sulton-u xon [Faxri Hiraviy, 2014, 137].

(Mazmuni: Osmon qadrli shoh – Tahmasp shohning, ostonasi

tuprog‘ini o‘puvchilar quyosh va oydir. Shubhasiz, eshigi qorovuli

safidagilarning hammasi shoh-u sulton-u xondirlar).

Debochaning 4-qismi tazkiraning yozilish sababiga

bag‘ishlangan: “Bir kuni ul jahonviqor va tamkinning firdavsoyin

majlisidan qaytdim va uy burchagida majmua kitob – “Tuhfat ul-

ajib”ni oldimga qo‘yib, hurmatli kishilar ash’ori bo‘ylab borardim,

nogoh nazarim hazrat Xoja Hofiz g‘azaliga Mehriyning tatabbu’

qilgan g‘azaliga tushdi” [Faxri Hiraviy, 2014, 141]. Bu g‘azal,

“Yod bod onki, sari ko‘yi tu’am manzil bud,

Diydaro ravshani az xoki darat hosil bud...”

matlasi bilan

boshlangan, “Bud” radifli g‘azalga, shoiraning tatabbusi edi.

Muallifning ta’kidlashicha, bu tatabbu’ shunchalik mahorat bilan

yozilganki, hatto, yuksak badiiyati tufayli ba’zilar uni Xoja Hofizning

o‘z g‘azali deb o‘ylashar ekan.

Muallif Mehriyning ana shu g‘azalidan ta’sirlanib,

“...onhazratning sharafli xotirining xursandligi sifatida zohir

bo‘lgan ayollar toifasini yig‘sam, bag‘oyat ajoyibdur” [Faxri Hiraviy,

2014, 143], degan fikrga keladi.

So‘ngra Hiraviy tazkiraning tartiblanishi va nomlanish

jarayoni haqida so‘zlaydi: “...uning (tazkiraning – I. A.) tartibiga ko‘p

sa’y ko‘rsatdim. Ularning koni javohirlari hayratga sabab bo‘lgani

bois ushbu kichik ish tugaganidan keyin “Javohir ul-ajoyib” deb nom

qo‘ydim” [Faxri Hiraviy, 2014, 143].

Faxri Hiraviy tazkiraning Asosiy qismida 31 shoira hayoti

va ijodini yoritadi. Unda musulmon Sharqida she’r yozgan ayollar

haqidagi o‘zi bilgan barcha ma’lumotlarni jamlaydi. Birinchi she’r

yozgan ayol sifatida, tarixiy asarlarda shavkatli va zabardast podshoh

sifatida tilga olingan Bahrom Go‘rning husn-u jamol va fahm-u

farosatda nodirai davron bo‘lgan mahbubasi Dilorom tilga olinadi.

Manbalarda she’riyatning ibtidosi ba’zan Odam Ato, ba’zan

Rudakiy, ba’zan Bahrom Go‘r nomi bilan bog‘lanadi. Muallif shu

ma’lumotlardan kelib chiqib, ayollar tomonidan yaratilgan ilk

she’r namunasini Bahrom Go‘rga mutanosib javob qaytara olgan

Dilorom tomonidan yozilganini ta’kidlaydi. Keyin islom olamining

7

Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini


background image

bilimdonlaridan Oysha

1

onamizning ikki misra she’rini, so‘ngra

Fotimat uz-Zahro otalari Muhammad (s.a.v.) vafot etganda yozgan

marsiyasidan ikki misrani keltiradi. Keyingi she’r esa Qur’oni

Karimda keltirilgan “Yusuf” qissasi qahramoni Zulayho tomonidan

yaratilgani e’tirof etiladi. She’riyat asosida falsafa va hikmat

mujassamlashadi. Zulayho yaratgan she’rda ana shunday hayot

hikmati ifodasini ko‘ramiz:

At-taqo sayron li abidi mulukan,

Val-havo sayrul muluki abidan

(Mazmuni: Taqvo qulni podshohga, Kibr-u havo podshohni

qulga aylantirdi).

Muallif tomonidan ilk she’r yozgan ayollardan keyin,

bevosita, tarix va madaniyat maydonida shoira sifatida nom

qozongan ayollar davriy tartibda baholanadi.

Faxri Hiraviy keltirgan shoiralarni bir necha xususiyatla-

ridan kelib chiqib, tasniflashimiz mumkin:

1. Devon tuzgan shoiralar: Mahsatiy, Podshoh Xotun, Jahon

Xotun, Bibi Ismatiy, Shoh Malak Sayyidbegim.

2. She’rlariga zamon shoirlari naziralar bog‘lagan shoiralar:

Mo‘g‘ul Xotun, Nihoniy Sheroziy, Nisoiy.

3. “Majolis un-nafois”da eslangan shoiralar: Mehriy, Bediliy,

Munajjima.

4. Turkiy tildagi she’rlari yetib kelgan shoiralar: Bibi Yazdiy,

Mo‘g‘ul Xotun.

5. Forsiy tilda yoki zullisonayn she’r aytganlar: Asarda 26

ta forsiyzabon va zullisonayn shoira haqida ma’lumot berilgan.

Ammo zamon shoirlari uchun zullisonaynlik davr taqozosi bo‘lgan.

Chunki ulug‘ allomalar bu adabiyotni “bir xalqning ikki tildagi

adabiyoti”, deb baholashgan. Shu sababli, biz ularni turkiyzabon va

forsiyzabonlarga ajratib o‘rganishimiz juda ham to‘g‘ri emas, deb

hisoblaymiz.

6. Arab tilida she’r aytganlar: Hazrati Oysha, Xayr un-niso

Fotimat uz-Zahro va Hazrati Zulayho.

Tazkiradagi ro‘yxat ilk she’r yozgan ayollardan keyin, XI-XII

asr I yarmida Ganja shahrida yashab ijod etgan Ozarbayjon shoirasi

Mahsatiy tavsifi bilan boshlanadi. Muallif u haqda qisqa ma’lumot

beradi va uning qalamiga mansub, mashhur bo‘lgan quyidagi birgina

ruboiyni namuna sifatida keltiradi:

Shoho, falak aspi saodat zin kard,

V-az jumlai xusravon tu ro tahsin kard.

1

Oysha (613-678) – Muhammad (s.a.v.)ning rafiqalari, 1-xalifa Abu Bakrning qizi.

8

Iqboloy ADIZOVA


background image

To dar harakat samandi zarrin na’lat,

Bar gil nanihad poy, zamin simin kard.

(Mazmuni: Ey shoh, falak saodat otini egarladi. Va olam

podshohlaridan sengagina tahsin aytdi. Oltin taqali tulporing

yurganida, tuproqqa qadam bosmasin deb, yerni kumush ayladi).

Ayol ijodkorlarga bag‘ishlangan deyarli barcha tazkiralarda

Mahsatiy haqida ma’lumotlar kiritilgan. U 1097-98-yillarda Ganja

shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan shoira sifatida mashhur bo‘lgan.

Ganja hukmdorlari Muhammad Sulton va Sanjar Sultonlar saroyi-

dagi mushoira kechalarida ishtirok etgan. Katta ehtiromga sazovor

bo‘lgan. XIII-XIV asrlarda ko‘chirilgan asarlari etib kelgan. Turli

manbalar va Abdulla Javhar Zargar Tabriziy tomonidan yaratilgan

“Amir Ahmad va Mahsatiy” dostonida

saqlangan [Alimbekov 2022,

136]. Uning hayoti va ijodi borasida bizgacha ko‘plab, bir-biridan

farqli rivoyatlar yetib kelgan. Ularning ko‘pi yuqoridagi dostonda

mavjudligi e’tirof etilgan. Ammo Hiraviy asarida bu rivoyatlarni

inkor etib, ularning asosga ega emasligini ta’kidlaydi: “Mahsatiy va

Amir Ahmad haqida naql qilganlari g‘ayri voqeadir” [Faxri Hiraviy,

2014, 145].

Mahsatiy asarlari, asosan, oshiqona yo‘nalishda. Taxallusini

turlicha izohlashadi. Jumladan, Mah – oy, sati – xonim, ya’ni “Oy

xonim”, “Go‘zal xonim” ma’nosida talqin etiladi. Uning, ayniqsa,

ruboiy janri taraqqiyotidagi xizmati beqiyos. 257 ta ruboiysi,

30 dan ortiq she’rlari ma’lum. Shoira Nizomiy Ganjaviy va Umar

Xayyomni o‘ziga ustoz deb bilgan. Ulardan ta’sirlanib asarlar yozgan.

She’riyatidagi falsafiylik va irfoniylik xususiyatlari ustozlar ijodiy

maktabi saboqlarining natijasidir. Hatto, uning qabri ham ustozi

Nizomiy bilan bir joyda ekanligi haqida ma’lumotlar bor. Shoiraning

she’rlari ilk bor shoir Sahob Tohiriy tomonidan turli manbalardan

to‘planib nashr etilgan. 1963-yilda chop etilgan nemis sharqshunosi

Frits Meyerning “Go‘zal Mahsatiy” kitobida shoira tarjimayi holi va

asarlari tadqiq etilgan.

Ozarbayjon madaniyati tarixida Mahsatiyning o‘rni beqiyos.

Teatrlarda uning obrazi bir necha bor yaratilgan. Jumladan,

Erto‘g‘rul Jovid va Nigor Rafibeyli hamkorligida 1964-yilda

“Mahsatiy” operasi yaratilib, teatrlar sahnasida bir necha

bor qo‘yilgan. 1982-yilda Ganja shahrida Mahsatiy xotirasini

abadiylashtirib haykal o‘rnatilgan. 2013-yilda Parijda tavalludining

900 yilligi munosabati bilan Ozarbayjonning YUNESKOdagi doimiy

vakolatxonasi tomonidan tadbir tashkil etildi. Ozarbayjonda

Mahsatiy Ganjaviy madaniy markazi ochildi. 18 may - Xalqaro

9

Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini


background image

muzeylar kunida ko‘rgazma tashkil etildi. 2019 yilda Ozarbayjon

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra shoira asarlari

“Respublika madaniy merosi” ro‘yxatiga kiritildi. Shu yili ND

152581- yulduz uning nomi bilan atala boshlandi.

Mahsatiy Ganjaviy asarlari o‘zidan keyingi davr shoir-u

shoiralariga katta ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, Jahon Xotun

(XIV asr), Ubayd Zokoniy (XIV asr)lar shular jumlasidandir.

Tazkirada Jahon Xotun haqida ham ma’lumot beriladi. U

Sheroz shohi Mas’udxonning qizi. Xoja Hofizning shogirdi. Muallif

asarda uning Hofiz bilan uchrashgani, ustozi bilan mushoira g‘azallar

bitganini eslaydi. Shunday asarlaridan, baytlaridan namunalar

keltiradi.

Jahon Xotun Mahsatiyga ham ergashib, ruboiyning nodir

namunalarini yaratgan. Devon tuzgan. Uning boshqa lirik janrlar

bilan bir qatorda 357 ta ruboiysi ma’lum. Devonida 14.000 bayt

she’ri jamlangan. Tazkira muallifi uni alohida ehtirom bilan tilga

oladi: “Jahon Xotun – Sheroz shoiralarining mashhurlaridan edi va

husnu jamolda tengi yo‘q bo‘lgan. ...Hamisha nozik fikrli odamlar va

yaqin kishilar uning majlisida hozir edilar. Va shu toifaga e’tiborli

edi. Hamma uni nazokatli va go‘zal tabiati va idrok va yaxshi

qobiliyatini tan olardi” [Faxri Hiraviy, 2014, 148].

Shoiraning mushoira-majlislariga uzoq-yaqindan ijodkorlar

tashrif buyurishgan. Jumladan, tazkirada Jahon Xotunning

Ubayd Zokoniy bilan bo‘lgan mushoirasi eslanadi: “Uning (Ubayd

Zokoniyning – I.A.) hajviya va mutoyibalari mashhur bo‘ldi. Qazvin

viloyatidan Sherozga otlandi va Jahon Xotun majlisiga yuzlandi. U

yerda barcha xushta’b so‘zamollar va yaqin kishilar hozir bo‘ldilar.

U bilan Jahon Xotun orasida katta mushoira bo‘ldi va badihona

she’r o‘qidilar. Va bahs, so‘zamollik va nozikta’blik bemahalgacha

cho‘zildi. Aytishlaricha, o‘sha kuni Jahon Xotun g‘olib bo‘lgan” [Faxri

Hiraviy, 2014, 149].

Bu ma’lumotlar Jahon Xotunning o‘z davri adabiy jarayonida

tutgan o‘rni va iste’dodining darajasi bilan tanishtiradi.

Mazkur tazkirada “Majolis un-nafois”ga kiritilgan 4 ta

shoira haqida ma’lumot beriladi. Bu ma’lumotlar Navoiy fikrlarini

yanada to‘ldirishi bilan qimmatlidir. Jumladan, Faxri Hiraviy Mehriy

ijodini yoritishga tazkiraning yaratilish sababidagi ma’lumotlardan

tashqari, alohida fasl ham ajratadi. Unda uning hayoti, shaxsiyati,

muhiti va asarlari haqida to‘xtaladi. 6 ta ruboiy va bir necha baytlar

misol keltiradi. Ularning yozilish tarixiga to‘xtaladi: “Bibi Mehriy –

Shohruh Mirzo davrida Gavharshodbegim mulozamatida turgan

10

Iqboloy ADIZOVA


background image

va yaqin munosabati bo‘lgan. ... Husn va jamolda nodirayi davron

sanalgan. Ushbu kitobning yozilishiga sabab bo‘lgan g‘azalidan

tashqari ham yaxshi she’rlari bor” [Faxri Hiraviy, 2014, 151]. Muallif

tazkiraning shu o‘rnida uning bir matlasini keltiradi:

Bexi har xoreki, on az xoki man hosil shavad,

Zohid ar misvok sozad, mastu loyaqil shavad.

(Mazmuni: Mening tuprog‘imda paydo bo‘ladigan har bir

tikan ildizini, agar zohid tish kovlagich qilsa, mast va hushsiz bo‘ladi).

Mazkur baytning irfoniy mazmunidan Mehriy iste’dodining

darajasini sezish mumkin. Baytda shoira ko‘nglidagi ishq qudrati-

dan so‘zlamoqda. Undagi ishq har qanday insonni o‘ziga ergashtira

oladi. Oliy vasl ishtiyoqida mast-u mustag‘raq etadi.

Tazkiranavis Mehriy ijodi haqida gapirganda, ehtirom

va mehr bilan so‘zlaydi. Bu bejiz emas, chunki Mehriy XV asrda

yashagan, Hirot adabiy muhitida katta hurmatga sazovor taniqli

shoira bo‘lgan. Navoiy “Majolis un-nafois” asarining “Jamoati

maxodim va azizlar zikridakim, bu faqir alarning sharif zamonining

oxirida erdim va mulozimatlari sharafiga musharraf bo‘lmadim”,

deb nomlangan 1-majlisida Mavlono Sulaymoniy haqida ma’lumot

berayotib, Hofiz g‘azaliga bog‘langan tatabbu’ haqida so‘zlaydi va

buning mavlono qalamiga mansubligini bayon etadi. Ammo shu

o‘rinda bu tatabbu’ – g‘azalning Mehriyga ham nisbat berilishini

eslab o‘tadi: “Va mashhur mundoqdurkim, bu ab’yot Mavlono Hakim

Tabibning xotuni Mehriyningdur. Va bu faqir siqqa eldin eshittimkim,

Sulaymoniyningdur, vallohu a’lam” [Navoiy 1997, 26]. Ammo

Faxri Hiraviy ishonch bilan “Tuhfat ul-ajib” nomli majmua kitobga

kiritilgan tatabbuni o‘qigani haqida ma’lumot beradi. Navoiy esa

eshitganiga ko‘ra fikr bildirgan. Undan tashqari, Faxri tazkirasida 5

baytdan iborat mazkur g‘azal to‘liq keltiriladi. Maqta’ baytda g‘azal

an’anasiga ko‘ra, Mehriy taxallusi ham qo‘llangan:

Davlate bud tamoshoi ruxat Mehriyro,

Hayf va sad hayfki, on davlat musta’jil bud [

Hiraviy, 2014, 142].

(Mazmuni: Mehriy uchun yuzingning tamoshosi bir davlat

edi, hayf va yuz hayfki, u davlat shitob bilan ketdi).

Hiraviy, bizningcha, mazkur g‘azalni bejiz to‘liq keltirmagan.

Uning maqsadi adabiy jarayondagi g‘azal muallifligi bilan bog‘liq

bahs-munozaraga oydinlik kiritishdan iborat bo‘lgan. U o‘z niyatiga

yetadi va keltirilgan ishonchli dalillar vositasida fikrini isbotlaydi.

Ta’kidlaganimizdek, Navoiy “Majolis un-nafois”da Mehriyni

Mavlono hakim tabibning xotini, mazkur tazkira muallifi esa uni Xoja

11

Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini


background image

Abdulaziz hakimning xotini, deb eslaydi. Ayrim boshqa manbalarda

ham Xoja Abdulaziz hakim deb eslanadi. Bu esa Navoiy tazkirasida

Mavlono hakim tabib deb tilga olgan shaxsning ismi Abdulaziz

bo‘lgan degan xulosaga kelishimizga asos bo‘ladi.

Navoiy “Majolis un-nafois”ida eslangan yana bir shoira

– Bediliydir. Asarda uning quyidagi matlasi Navoiy tomonidan

namuna sifatida keltirilgan:

Ravam ba bog‘u zi nargisi du dida vom kunad

Ki, to nazorai on sarvi xushxirom kunam [Navoiy, 1997, 134].

“Majolis un-nafois” [Navoiy, 1997, 134]

n

oshirlari tomonidan

ta’kidlanishicha, Bediliy shoiralar haqida ma’lumot beruvchi Mogai

Rahmoniyning “Pardanishinoni suxango‘y” asarida Hirot adabiy

muhitida mashhur bo‘lgan shoira sifatida tilga olingan.

Navoiy tazkirasida Bediliyning oilasidan uch ijodkor – o‘g‘li

Shayxzodai Ansoriy, turmush o‘rtog‘i Shayx Abdullo va o‘zi haqida

ma’lumot bergan. O‘g‘lining ilmli, noyob iste’dodga ega, ayniqsa,

she’riyatning muammo janrini aytish va yechishda mahoratli

ekanligini ta’kidlagan. Shayx Abdullo ham majnunshiorroq bo‘lishiga

qaramay, yaxshi she’rlar yozgani borasida ma’lumot bergan.

Muallif mazkur, bir oiladan yetishib chiqqan uch shoir haqidagi

ma’lumotlarning barchasini ketma - ket 4-majlisning bir o‘rnida

keltiradi. Oiladagi erkag-u ayol ijodkor ekanligini havas bilan e’tirof

etadi: “...Desa bo‘lurkim, aning uyida zano-mardi xush tab’durlar”

[Alisher Navoiy, 1997, 135].

Muallif ularning uchalasining ham

ijodidan namunalar keltiradi.

Hiraviy ham tazkirasida Bediliyni alohida hurmat bilan

eslaydi: “Bediliy – Mavlono Shayx Abdullo Devonaning xotini. Va

Mavlono Abdullo Hirotning mashhur xushta’blilari jumlasidan

bo‘lgan. Bediliyning quyidagi matlasini Amir Alisher o‘zining

“Tazkirat ush-shuaro”

1

sida keltirgan” [Faxri Hiraviy, 2014, 161],

deya yuqoridagi matlaga murojaat etgan.

“Majolis”da uchragan yana bir shoira Bibichai Munajjimadir.

Navoiy asarda Xoja Alouddin haqida so‘zlayotib, “Xoja Afzaliddin

Muhammadqa qarobatdur va Bibichai Munajjimaning inisidur”,

deya eslab o‘tadi. (Hiraviy noshirlari singlisi deyishadi. Ammo

Navoiy aniq va ishonchli ma’lumot bergan).

Navoiyning bunday qisqa va to‘g‘ridan-to‘g‘ri eslashining

o‘ziyoq, Bibichai Munajjimaning o‘z davrida mashhur va taniqli

ekanligini anglatadi. Bu nomni biz shoirning “Nasoyim ul-muhabbat”

asari orqali ham yaxshi bilamiz. Uning “Erkaklar martabasiga

1

Navoiyning “Majolis un-nafois”ini nazarda tutgan.

12

Iqboloy ADIZOVA


background image

yetgan orif ayollar zikri” deb nomlangan so‘nggi qismida Bibichai

Munajjima 35 orifa ayollardan biri sifatida tavsiflangan: “Bibichai

Munajjima Kirmon mulkidindur. Mazkur bo‘lg‘on ilmda (tasavvuf

va avliyolik ilmida) o‘z zamonining saromadi erdi, ammo mayli

darveshlik sari erdi. Zamon podshohi iltifot va ta’zim ko‘p qilur erdi

va podshoh haramlari uzamoyi havotini bag‘oyat hurmat tutarlar

erdi. Oqibat barchaning ixtilotin tark qilib, xiyobon boshida o‘z

manzili javorida masjidi jome’ yasadi va mulk-u asbobin anga vaqf

qildi, andoqkim, holo ravnaqi bor va kasir xaloyiq anda namoz

qilurlar” [Alisher Navoiy, 2001, 498].

Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da Munajjimaga orifa ayol

sifatida keng to‘xtalgan. Shu sababli, “Majolis”da Alouddin Kirmoniy

faoliyatini yoritayotib, faqat uning opasi ekanligini ta’kidlaydi, xolos.

Faxri Hiraviyning “Javohir ul-ajoyib”i esa Navoiyning “Nasoyim”dagi

fikrlarini yanada rivojlantiradi. U haqdagi rivoyatlardan namunalar

keltiradi. O‘quvchini erining vafotiga bag‘ishlab yozgan marsiya –

g‘azali matlasi bilan tanishtiradi:

Kavkabi baxtamki, bud az vay munavvar osmon,

Bingar ey mohki, az firoqat dar zamin ast in zamon

[

Faxri Hiraviy, 2014, 160].

(Mazmuni: Baxtim yulduzi ediki, undan osmon munavvar

edi, Ey oy, nazar sol, firoqingdan bu zamon yerga tushdi).

Hiraviy uni Bija

1

, Munajjima bija deb tilga oladi. Amalga

oshirgan ishlari haqida ma’lumot beradi. Hirot adabiy muhitidagi

o‘rnini belgilaydi. Abdurahmon Jomiy bilan ustoz-u shogidlik

maqomida bo‘lganini eslaydi: “Munajjima Bija davrning nozikfahm

va orifa ayollaridan edi. Ayniqsa, yulduzlar ilmida uningdek yo‘q edi.

Dunyoviy ilmlarni ham bilar va ko‘p fazilatlarni kasb qilgan edi. Va

sulton va amirlarga manzur bo‘lgan edi” [Faxri Hiraviy, 2014, 160].

Demak, uning Munajjima deb taxallus qo‘llashi bejiz emas ekan.

Yulduzlar ilmining bilimdoni ekanligini anglaymiz. Bu esa Hirotda

ayollar faqat adabiyot va san’at bilan emas, balki ilm-fan bilan ham

shug‘ullanganini ko‘rsatadi. Navoiy ham, Faxri ham uning masjid,

hammom qurib, xalqqa xizmat qilganini ta’kidlashadi.

Muallif alohida ehtirom bilan ta’riflagan shoiralardan yana

biri Ofoqbegim Jaloyirdir: “Ofoqbegim xushta’blikda dunyoning

mashhuri edi. Amir Darveshali Kitobdorning xotini edi. (Darveshali)

uzoq yillar qubbatulislom – Balxda hokimlik qilgan va Amir

Alisherning ukasi edi” [Faxri Hiraviy, 2014, 157]. Ofoqbegimning

she’r aytishda mashhurligi va baland iste’dod sohibi ekanligini

1

Bija – bibicha, bibijon ma’nosida

13

Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini


background image

aytar ekan, muallif uning 4 ta g‘azalidan namuna va bir ruboiysini

keltiradi. Shoira she’rlarining ahli ta’b orasida mashhurligini

aytish bilan birga, asarlarining “yaxshi va rangin” [Faxri Hiraviy,

2014, 158] yozilganligini ham alohida e’tirof etadi.

Tazkirada bir nechta shoiralarning devon tuzganligi ham

e’tirof etiladi. Shundaylardan biri Shoh Malak Sayyidbegimdir.

Muallif uning shaxsiyati va iste’dodiga yuqori baho beradi: “Asli

nomi Malak. Tab’i nazm uslubida bag‘oyat muloyim va didi muvofiq

kelgan. Nomiga munosib Malak taxallusini qo‘yadi va ushbu

zamonda o‘z toifasining malagidir. Bu yerlarda

1

uni Begim shoir

deyishadi. Filvoqe’ devonini ko‘rdim, yaxshi edi” [Hiraviy, 2014,

168]. Tazkira muallifi uning “xud” radifli bir g‘azalini to‘liq keltiradi.

G‘azaldan shoiraning chuqur ma’nolarni mahorat bilan ifodalash

iste’dodiga ega ekanligi ko‘rinib turadi. Oshiqona yo‘nalishdagi

g‘azalda ishq dardi va so‘zon-u otashini nihoyatda ta’sirli bayon

etadi. Hatto maqta’da ishq olovi shunchalar o‘tkirki, halokidan so‘ng

qabrtoshini ham kuydirib yuborishini san’atkorona tasvirlaydi:

Az in so‘zeki, man doram z-ishqi buton hargiz,

Baxoham so‘xt oxir, ey Malak, lavhi mazori xud

[Hiraviy, 2014, 169].
Muallif yana bir shoira – Bibi Ismatiy haqida ma’lumot

berar ekan, u Hokimiy taxallusi bilan ham ijod qilganini aytadi.

Devon tuzgan shoira ekanligi, devonining xalq orasida mashhurligi

haqida so‘zlaydi. Taxalluslarining ma’nolarini izohlashga e’tibor

qaratadi. Ismatiy taxallusi unga ko‘proq munosib ekanligi borasidagi

mulohazasini aytib munosabat bildiradi: “Uning birodari necha

yillar hokim edi. Shu munosabat bilan Hokimiy taxallusi bor va

devoni xalq orasida mashhur... Ammo Ismatiy g‘oyat soliha va sojida

edi. Va o‘z fe’liga ko‘ra taxallus ixtiyor qilgan” [Faxri Hiraviy, 2014,

161]. Demak, ko‘rinadiki, Bibi Ismatiy o‘z asarlarida ikkita taxallus

qo‘llagan. Muallif keltirgan namuna bayt shoiraning teran fikrlovchi,

dunyoqarashi keng, qadrshunos ijodkor ekanligini namoyon etadi.

Inson qadri va ko‘nglini Ka’badan-da ustun qo‘ya oladi:

Az po shikastagon talabi Ka’ba mushkil ast,

On ka’baeki dast dihad, ka’bai dil ast.

(Mazmuni: Oyog‘i singanlardan Ka’baga borishni talab qilish

qiyin, qo‘li etadigan Ka’ba ko‘ngil ka’basidir).

Tazkirada bir nechta shunday shoiralar tilga olinganki,

ularning asarlariga davr adabiy muhitining yetakchi shoirlari

1 Astrobod nazarda tutilmoqda

14

Iqboloy ADIZOVA


background image

tatabbular bog‘lashgan. Bu, albatta, mazkur ijodkor-ayollarning

iste’dod darajasi haqida xulosa chiqarishimizga asos beradi.

Adabiy jarayonda ularning tan olinganini ko‘rsatadi. Shulardan biri

marhum Muhammad Shayboniyxonning xotini, Muhammad Rahim

Sultonning onasi, podshohning bosh xotiniga beriladigan “Mahdi-

ulyo” unvoni bilan alqangan Mo‘g‘ul xonim idroki va ijodiga Faxri

Hiraviy alohida ehtirom ko‘rsatadi: “Aql va farosatda o‘xshashi

yo‘qligini aytishning o‘zi uning ta’rifiga yetarli. Tabiati nazm

javharlari bilan ziynatlangan edi. Va undan gohida nazm zohir bo‘lar

edi” [Faxri Hiraviy, 2014, 156]. Muallif uning quyidagi bir turkiy

baytini misol tarzida keltiradi:

Demakim, dardingni izhor ayla dildor ollida,

Qaysi bir dardimni izhor aylamon yor ollida

[Faxri Hiraviy, 2014, 156].

Muallif shoiraning she’riyatini ko‘pam ta’riflamaydi. Ammo

adabiy jarayondagi Ubaydiy, Amir Rustam Ali, Muhammad Solih,

Mavlono Shavqiy Chechaktuiy, Valibek Sipohiy

1

kabi o‘nlab ijodkorlar

tomonidan uning g‘azallariga bog‘langan naziralarni keltiradiki, bu

shoira ijodining davr adabiyotida tan olinganini ko‘rsatadi. Muallif

shu o‘rinda Navoiyning ham mazkur “ollida” radifi bilan yozilgan

g‘azali bir baytini keltirib o‘tadi. Bu shoira asari malik ul-kalom

ustozning adabiy ta’sirida yozilgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga

kelishimizga asos beradi.

Nihoniy Sheroziy ham fahm-u farosatda yakto va iste’dodda

betakror shoira ekanligining guvohi bo‘lamiz.

Shab, sagi ko‘yat ba har joeki, pahlu menihad,

Ro‘z xurshidoni zamin mebo‘sadu ro‘ menihad

[Faxri Hiraviy, 2014, 162].

(Mazmuni: Kechasi ko‘chang iti qayerda yonboshlasa, kunduz

oftoblar er o‘pub yuz qo‘yadilar).

Bayt mazmunida chuqur irfoniy ma’no mujassamlashganini

kuzatamiz. Abdurahmon Jomiy uning quyidagi bir g‘azaliga tatabbu’

bog‘lagan:

Shudam devona to xob didam pariro‘ro,

Che boshad hol agar binad ba bedori kasi o‘ro

[Faxri Hiraviy, 2014, 164].

(Mazmuni: Tushimda pariyuzlini ko‘rdimu devona bo‘ldim,

Agar kimsa uyg‘oqlikda uni ko‘rsa nima hol yuz berardi?).

Mazkur g‘azalga muallif ta’kidlashicha, Jomiydan tashqari

1

“Majolis un-nafois”ning 5-majlisida so’z yuritilgan.

15

Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini


background image

ham ko‘plab, Mavlono Bisotiy, Mavlono Nargisiy, Mavlono Ohiy,

Mavlono Hayratiy, Mir Hodiy Mashhadiy, Mavlono Qosim Kohiy va,

hatto, tazkira muallifining o‘zi ham tatabbu’ yozganini ta’kidlaydi.

Mazkur shoirlardan Jomiy, Bisotiy, Nargisiy, Ohiylar Navoiyning

“Majolis un-nafois”ida ham tilga olingan e’tiborli shoirlar ekanligi

bizga ma’lum. Bu holat Nihoniyning adabiy muhitda shuhrat

topgan va hurmatga sazovor shoira ekanligidan dalolatdir.

Keyingi shoira Ismatbonu Nihoniydir. Uning ham fozila,

iste’dodli va yaxshi she’rlar yozganligi e’tirof etiladi: “She’rni ravon

va yaxshi yozardi. Ash’orining rangi bor va hamma fazilatlardan

bahramanddir” [Faxri Hiraviy, 2014, 159].

Ismatbonu, Alisher Navoiy bilan do‘stona munosabatda

bo‘lgan, ma’lum muddat Husayn Boyqaroning vaziri lavozimida

ishlagan Xoja Afzal Devonning singlisi ekanligi ta’kidlanadi. Uning

Kamol Xo‘jandiy g‘azaliga tatabbusidan namuna keltiradi. G‘azalning

chuqur majoziy va irfoniy ma’no ko‘lamidan kelib chiqib, shoira

mahoratini va Xo‘jandiy darajasidagi ijodkor ekanligini anglashimiz

mumkin. Uning tabiat tasviridan foydalanishidagi betakrorlik

shoira she’riyatidagi teranlikdan dalolatdir:

Hazor sarvki, dar haddi e’tidol baroyad,

Ba qomatat narasad gar hazor sol baroyad

[Faxri Hiraviy, 2014, 159].

(Mazmuni: Mingta sarv har qancha o‘ssa ham, ming yilda ham

sening qomatingga yetolmaydi).

Muallif ayrim shoiralarni nasabidan kelib chiqib nomlaydi.

Duxtari Qoziyi Samarqand, Duxtari Iffatiy Isfaroniy, Duxtari

G‘azzoliylar shular jumlasidandir. Shulardan biri Duxtari G‘azzoliy-

ning ikki baytini keltiradi. Ammo shu 2 baytdanoq, shoiraning

mumtoz an’analarga yangicha yondashuvchi, yangi obrazlarni

kashf etuvchi, o‘ziga xos ijodkor ekanligini anglaymiz. Muallifning

fikrlari ham bizning mulohazalarimizga uyg‘un: “Aytishlaricha,

go‘zal surat va siyrat bilan bezangan. Tab’i she’riyatda nihoyatda

shovqin-suron qo‘zg‘atuvchi edi” [Faxri Hiraviy, 2014, 170].

Haqiqatan ham, quyidagi baytda uning boshqalardan

farqlanuvchi, betakrorligi namoyon bo‘ladi:

Ko‘hkan behuda sho‘re dar jahon afganda ast,

Kanda sangi chand va pindoradki, ko‘he kanda ast

[Faxri Hiraviy, 2014, 170].

(Mazmuni: Ko‘hkan jahonda behuda g‘avg‘o qiladi, Bir necha

toshni yorib, tog‘ni qo‘pordim deb o‘ylaydi).

16

Iqboloy ADIZOVA


background image

Ikkinchi bayt ham yangichaligi bilan e’tiborga molik:

Dambadam hamchu sabo girdi saroyat gardam,

To berun oyiyu xoki kafi poyat gardam

[Hiraviy, 2014, 170].

(Mazmuni: Dambadam sabodek kechasi saroyingni aylanib

yursam, Koshki tashqariga chiqsang-u, oyog‘ing kaftining tufrog‘iga

aylansam).

Tazkiradan Hirotdagi oilaviy shoirlar borasida ham

ma’lumotga ega bo‘lamiz. “Majolis”da ham bunday tasvirlarga

duch kelamiz. Navoiy an’analarini davom ettirar ekan, muallif

tazkirada mazkur masalaga ham alohida e’tibor qaratadi. Jumladan,

Bediliy, Zaifiy, Bibi Otun kabi shoiralarning jufti halollari ham

shoir bo‘lganlarini kuzatamiz. Bu Hirot adabiy muhitining yana bir

muhim jihatini namoyon etadi. Hiriyda she’r yozmagan, adabiyotga

muxlis bo‘lmagan kishi qolmaganini, hatto, oilaviy ijodkorlik bilan

shug‘ullangan xonadonlarning ko‘pligini, butun xalq kitobxon

bo‘lganligini ko‘rsatadi. Kitobxonlik tafakkurga o‘rgatishini inobatga

olsak, xalqning kitobxon va fikrlovchanlik darajasiga ko‘tarilga-

nining va bugun biz ibrat olishimiz lozim bo‘lgan yuksak ma’naviyat

maqomining guvohi bo‘lamiz.

Bibi Otun Mavlono Baqoiyning xotini. Mavlono “Majolis un-

nafois”ning 6-majlisida yosh, devon tartib bergan va Xurosonga

Xorazmdan kelgan navqiron ijodkorlardan ekanligi, ular birgalikda

ijod qilishlari va ba’zan munozara she’rlar ham yozishgani aytiladi:

“...Har ikkalasi Abdullohxonning nadimi va mahrami edilar. Ko‘ngil

xursandligi uchun bir-birlari bilan mutoyiba qilardilar” [Faxri

Hiraviy, 2014, 172]. Tazkirada ikkala ijodkor qalamiga mansub va

mutoyiba shaklida aytilgan ikki ruboiy keltirilgan.

Mazkur tazkirada yana ko‘plab – Podshoh Xotun, Bibi

Hayot, Nasoiy, Bibi Yazdiy, Bibi Ismatiy, Nisoiy, Partaviy, Bibi Orzuyi

Samarqanday, Zaifiy, Hijobiy, Fotima Xotun Do‘stiy kabi shoiralar-

ning she’riyati hayotiga uyg‘un tarzda tadqiq etilgan. Bundan

ularning hasbi holi, asarlarining yaratilish tarixi, davr ayollarining

qismati va ularga munosabatlar borasida ma’lumotga ega bo‘lamiz.

Shoiralar ko‘nglidagi dard-u iztirob tug‘yonlarini, sharq ayollari

tafakkur ko‘lami va miqyosini aniqroq hamda chuqurrorq his etamiz.

Bizningcha, muallif maqsadli tarzda shoiralar asarlari mohiyatidan

kelib chiqib, ularning hayoti va ijodini uyg‘unlikda qamrab

oluvchi shunday uslubdan foydalangan. Bu ifoda shakli bizga davr

ayollarining ma’naviyati va kamolotidan saboq beradi.

Keyingi, ayol ijodkorlarga bag‘ishlangan maxsus tazkira-

lardan yana biri “Tazkirat ul-xavotin”dir. U Muhammad ibn

17

Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini


background image

Muhammadrafe’ Sheroziy tomonidan 1884-85-yillarda tuzilgan.

Unda VII asrdan to XIX asr kitob yaratilgunicha Arab, Rum, Hind

va Ajam mamlakatlarida yashab ijod etgan 286 ta shoira haqidagi

ma’lumotlar jamlangan. Kitob arab alifbosi tartibida tuzilgan.

Muallif asarga tarixiy ma’lumotlardan tashqari shoiralar haqidagi

rivoyat va hikoyatlarni ham kiritgan.

“Tazkirat un-niso” asarini olim, shoir va Afg‘oniston davlat

arbobi qozi Mullo Muhammadsiddiq Oxunzoda Hiraviy 1904-yilda

tartib bergan. Unda qadim davrdan to kitob tuzilgan zamongacha

yashab ijod etgan arab va fors-tojik shoiralaridan 140 tasi haqida

ma’lumot berilgan. Asarlaridan namunalar keltirilgan.

Ko‘rinadiki, Tazkira janri Sharq xalqlarining madaniy

dunyosini, ma’naviyatini o‘rganishda, uni dunyo afkor ommasiga

tanishtirishda qimmatli manbalardir. Mazkur janrni chuqur

tadqiq etish musulmon sharqi ayollarining ijtimoiy hayotdagi

o‘rnini belgilashda muhimdir. Tashqaridan qaraganda, musulmon

ayollarining erki cheklangandek ko‘ringan. Lekin aslida mamlakat

va millatning ichki hayotida ularning o‘rni nihoyatda katta bo‘lgan.

Buni biz o‘rgangan ayrim ijodkor ayollar faoliyati tadqiqidan

ham ko‘rishimiz mumkin. Sharq ayollari tafakkur qamrovi keng,

kitobxonlik darajasi yuksak va ijtimoiy taraqqiyotda faolligi bilan

ajralib turgan. Shunday ekan, musulmon sharqidagi faol, ijodkor

ayollar faoliyatini o‘rganish adabiyotshunoslik, tarix va ilm-fandagi

dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ular bilan yaqindan tanishish

zamonamiz ayollarini yanada faolroq, ijodkorroq, kitobxonroq

bo‘lishga yetaklaydi. Momolarimiz hayoti bizga ulkan saboqlar

beradi.

Adabiyotlar

Bobur Zahiriddin Muhammad (2002). Boburnoma. Toshkent: Fan

nashriyoti.

Navoiy Alisher (1991). Xamsa. Farhod va Shirin. MAT, 8-tom. Toshkent: Fan

nashriyoti. .

Navoiy Alisher (1997). Majolis un-nafois. MAT. 13-tom. Toshkent: Fan

nashriyoti.

Navoiy Alisher (2001). Nasoyim ul-muhabbat. MAT. 17-tom. Toshkent: Fan

nashriyoti.

Faxri Hiraviy (2014). Javohir ul-ajoyib. Toshkent: “Mumtoz so‘z” nashriyoti.

Alimbekov Adham (2022). Ey do‘st, muhabbatning umri tuzoqdir. Toshkent:

Sharq yulduzi. 2/22.

Gulzoda, S. (2023). BOBUR VA JADIDLAR IJODIDA VATANPARVARLIK

G

‘OYALARI

MUSHTARAKLIGI.

Роль

наследия

Захириддина Мухаммада Бабура в развитии восточной

18

Iqboloy ADIZOVA


background image

государственности и культуры, 1(1).

Хамроева, О. Ж. (2013). ОТРЫВКИ ИЗ» BOBURNOMA» В КОЛЛЕКЦИИ

АБДУРАУФ ФИТРАТ. Theoretical & Applied Science, (6), 105-

111.

Jalolovna, K. O. (2019). THE RHYMING STUDY AT “FUNUN UL-

BALAGA”. Journal of Critical Reviews, 7(3), 2020.

Нурбой, А. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир?.

Gulzoda, S. (2023). BOBUR VA JADIDLAR IJODIDA VATANPARVARLIK

G‘OYALARI

MUSHTARAKLIGI.

Роль

наследия

Захириддина Мухаммада Бабура в развитии восточной

государственности и культуры, 1(1).

Interpretation of works of poetess in Tazkiras

Iqboloy Adizova

1

Abstrakt

This article is dedicated to the study of the life and work of female

poets in the Eastern Tazkiras of the XV

th

and XVI

th

centuries. Navoi’s works

such as “Majolis un-nafais”, “Nasayim ul-muhabbat”, “Hayrat ul-abror”,

“Farhad and Shirin” clearly showed his respectful attitude towards the

women of the Islamic world and his time. But in the Eastern Muslim world,

the work of female poets was not covered in a special book until the XV

th

century. The information about them has reached us through the attached

tazkiras and some works. But from the second half of the XVI

th

century,

special paintings dedicated to female artists began to appear. The first

example of such a special tazkira is “Javahir ul-Ajayib”. It was created in

1554-1555 by Fakhri Hirawi, she translated Navoi’s tazkira of “Majolis un-

nafois” into Persian language, author of several tazkiras. The work consists

of Preface and Main part. It contains information about 31 female poets.

In the article, on the basis of the “Javahir ul-Ajayib” essay, the work and

activities of Eastern poets of the XVth-XVIth centuries are researched, and

important scientific conclusions are reached. In addition, opinions are

expressed about the works of “Tazkirat ul-khavatin” covering the activities

of 286 poetesses, “Tazkirat un-nisa” which provides information about

140 female artists.

Key words:

tazkira, arifa, poetess, literary process, preface, praise,

na’t, literary environment, diwan, nazira, zullisonayn.

1

Adizova Iqboloy Istamovna

– Doctor of philological sciences, professor, Tashkent

State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi.

E-mali:

ataullo98@mail.ru; iqboloya9@gmail.com

ORSID ID:

0000 – 0002 – 3685 9955

For citation:

Adizova, I. 2024. “Interpretation of works of poetess in Tazkiras”.

O’zbekiston: til va madaniyat.

2 (2): 4-20.

19

Tazkiralarda shoiralar ijodining talqini


background image

References

Bobur Zahiriddin Muhammad. 2002. Boburnoma. Toshkent: Fan nashriyoti.

533. Toshkent.

Navoiy Alisher. 1991. Xamsa. Farhod va Shirin. MAT, 8-tom. Fan nashriyoti.

Toshkent.

Navoiy Alisher. 1997. Majolis un-nafois. MAT. 13-tom. Fan nashriyoti.

Toshkent.

Navoiy Alisher. 2001. Nasoyim ul-muhabbat. MAT. 17-tom. Fan nashriyoti.

Toshkent.

Faxri Hiraviy. 2014. Javohir ul-ajoyib. “Mumtoz so‘z” nashriyoti. Toshkent.

Alimbekov Adham. 2022. Ey do‘st, muhabbatning umri tuzoqdir. Toshkent:

Sharq yulduzi. 2/22.

Gulzoda, S. (2023). BOBUR VA JADIDLAR IJODIDA VATANPARVARLIK

G

‘OYALARI

MUSHTARAKLIGI.

Роль

наследия

Захириддина Мухаммада Бабура в развитии восточной

государственности и культуры, 1(1).

Хамроева, О. Ж. (2013). ОТРЫВКИ ИЗ» BOBURNOMA» В КОЛЛЕКЦИИ

АБДУРАУФ ФИТРАТ. Theoretical & Applied Science, (6), 105-

111.

Jalolovna, K. O. (2019). THE RHYMING STUDY AT “FUNUN UL-

BALAGA”. Journal of Critical Reviews, 7(3), 2020.

Нурбой, А. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир?.

Gulzoda, S. (2023). BOBUR VA JADIDLAR IJODIDA VATANPARVARLIK

G

‘OYALARI

MUSHTARAKLIGI.

Роль

наследия

Захириддина Мухаммада Бабура в развитии восточной

государственности и культуры, 1(1).

20

Iqboloy ADIZOVA

Библиографические ссылки

Bobur Zahiriddin Muhammad (2002). Boburnoma. Toshkent: Fan nashriyoti.

Navoiy Alisher (1991).Xamsa. Farhod va Shirin. MAT, 8-tom. Toshkent: Fan nashriyoti..

Navoiy Alisher (1997). Majolis un-nafois. MAT. 13-tom. Toshkent: Fan nashriyoti.

Navoiy Alisher (2001). Nasoyim ul-muhabbat. MAT. 17-tom. Toshkent: Fan nashriyoti.

Faxri Hiraviy (2014). Javohir ul-ajoyib. Toshkent: "Mumtoz so'z" nashriyoti.

Alimbekov Adham (2022). Ey do'st, muhabbatning umri tuzoqdir. Toshkent: Sharq yulduzi. 2/22.

Gulzoda, S. (2023). BOBUR VA JADIDLAR IJOD1DA VATANPARVARL1K G 'OYALARI MUSHTARAKLIGI. Роль наследия Захириддина Мухаммада Бабура в развитии восточнойгосударственности и культурм, 1(1).

Хамроева, 0. Ж. (2013). OTPblBKH ИЗ» BOBURNOMA» В КОЛЛЕКЦИИ АБДУРАУФ ФИТРЛТ. Theoretical & Applied Science, (6), 105-111.

Jalolovna, K. 0. (2019). THE RHYMING STUDY AT "FUNUN UL-BALAGA”. Journal of Critical Reviews, 7(3), 2020.

Нурбой, A. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир?.

Gulzoda, S. (2023). BOBUR VA JADIDLAR IJODIDA VATANPARVARL1K G'OYALARI MUSHTARAKLIGI. Роль наследия Захириддина Мухаммада Бабура в развитии восточной государственности и культурм, 1(1).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов