Adabiy qahramon obrazi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
4-32
0
0
Поделиться
Улугов, А. (2024). Adabiy qahramon obrazi. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 4–32. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2024-pp4-32
Абдулла Улугов, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
Кандидат филологических наук, профессор
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

"Adabiy qahramon" deganda, birinchi navbatda, badiiy asarlardagi inson obrazi nazarda tutiladi. "Adabiy qahramon" esa hamisha adabiyotshunoslikda muhim muammolardan biri sanaladi. Badiiy asarlarda kishilar obrazi hayot voqealari jarayonida, xayol-tasawurdagi olam ichida ko'rsatiladi. Ular fe’l-atvori, xatti-harakatiga ko'ra bir-biridan ajralib turadi. She’riy, nasriy va drama turiga mansub asarlardagi kishilar obrazi o'ziga xos xususiyatlari bilan e’tiborni tortadi. Adabiy qahramon obrazi badiiy asarning tarkibiy qismini tashkil etuvchi, uning syujeti va kompozitsiyasini belgilovchi juda ko'p omillar bilan bevosita bog'lanib ketadi. Xususan, syujet tizimida voqealarni tahlil qilganda, hodisalar ro'y beradigan zamon va makon to'g'risida so'z yuritilganda, muaiiif maqsadi va asar g'oyasi xususida mulohaza bildirilganida, albatta, hikoya, qissa, roman, drama, komediya, tragediya, doston, afsonadagi adabiy qahramon obraziga e’tibor qaratiladi. Urg'ulanayotgan hayot hodisalari qanday yoritilgani adabiy qahramon obrazi qanaqa gavdalantirilganidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Adib, shoir, dramaturgning ijodkor sifatidagi mahorati ham, asarning badiiylik darajasiga ham unda adabiy qahramon obrazi qanday aks ettirilganiga qarab baho beriladi. Har bir asarning o'ziga xosligi, o'z-o'zidan ayonki, undagi adabiy qahramon obrazida ko'rinadi. Badiiy asar "sahna"sida bir emas, bir necha adabiy qahramon harakatlanadi. Ular voqealar jarayonidagi ishtiroki darajasi, syujet tizimidagi hodisalarda tutgan o'rniga ko'ra, shartli tarzda, "bosh qahramon", "asosiy qahramon" "ikkinchi darajali qahramon” tarzida ajratiladi. Asarda diqqat markaziga qo'yilgan muammo ularni bir-biri bilan o'zaro bog'lab turadi. Adabiy qahramonlarning har biri o'zining faoliyati bilan diqqat qaratilgan muammoning muayyan jihati, qaysidir qirrasini yoritadi. Ular asosiy adabiy qahramonning xarakteri xususiyatlari namoyon bo'lishiga o'z hissasini qo'shadi. Mazkur maqolada badiiy asarlarda inson obrazi qanday aks ettirilishi to'g'risida mulohaza yuritiladi.


background image

ISSN 2181-922X 4

32

ZAMONAVIY ADABIYOT MUAMMOLARI

Adabiy qahramon obrazi

Abdulla ULUG‘OV

1

Abstrakt

“Adabiy qahramon” deganda, birinchi navbatda, badiiy asarlardagi

inson obrazi nazarda tutiladi. “Adabiy qahramon” esa hamisha

adabiyotshunoslikda muhim muammolardan biri sanaladi. Badiiy

asarlarda kishilar obrazi hayot voqealari jarayonida, xayol-tasavvurdagi

olam ichida ko‘rsatiladi. Ular fe’l-atvori, xatti-harakatiga ko‘ra bir-biridan

ajralib turadi. She’riy, nasriy va drama turiga mansub asarlardagi kishilar

obrazi o‘ziga xos xususiyatlari bilan e’tiborni tortadi.

Adabiy qahramon obrazi badiiy asarning tarkibiy qismini tashkil

etuvchi, uning syujeti va kompozitsiyasini belgilovchi juda ko‘p omillar

bilan bevosita bog‘lanib ketadi. Xususan, syujet tizimida voqealarni

tahlil qilganda, hodisalar ro‘y beradigan zamon va makon to‘g‘risida

so‘z yuritilganda, muallif maqsadi va asar g‘oyasi xususida mulohaza

bildirilganida, albatta, hikoya, qissa, roman, drama, komediya, tragediya,

doston, afsonadagi adabiy qahramon obraziga e’tibor qaratiladi.

Urg‘ulanayotgan hayot hodisalari qanday yoritilgani adabiy qahramon

obrazi qanaqa gavdalantirilganidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Adib,

shoir, dramaturgning ijodkor sifatidagi mahorati ham, asarning badiiylik

darajasiga ham unda adabiy qahramon obrazi qanday aks ettirilganiga

qarab baho beriladi.

Har bir asarning o‘ziga xosligi, o‘z-o‘zidan ayonki, undagi adabiy

qahramon obrazida ko‘rinadi. Badiiy asar “sahna”sida bir emas, bir necha

adabiy qahramon harakatlanadi. Ular voqealar jarayonidagi ishtiroki

darajasi, syujet tizimidagi hodisalarda tutgan o‘rniga ko‘ra, shartli tarzda,

“bosh qahramon”, “asosiy qahramon”, “ikkinchi darajali qahramon” tarzida

ajratiladi. Asarda diqqat markaziga qo‘yilgan muammo ularni bir-biri bilan

o‘zaro bog‘lab turadi. Adabiy qahramonlarning har biri o‘zining faoliyati

bilan diqqat qaratilgan muammoning muayyan jihati, qaysidir qirrasini

yoritadi. Ular asosiy adabiy qahramonning xarakteri xususiyatlari namoyon

bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

1

Ulug’ov Abdulla O‘zbekovich

– filologiya fanlari nomzodi, professor, Alisher

Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail:

aulugov@navoiy-uni.uz; ulugovabdulla05121960@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-7013-400X

Iqtibos uchun:

Ulug’ov, A. 2024. “Adabiy qahramon obrazi”.

O‘zbekiston: til va

madaniyat

. 1 (2): 4-32.

4

Uzbekistan: Language and Culture 2024/1(2)


background image

Mazkur maqolada badiiy asarlarda inson obrazi qanday aks

ettirilishi to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

inson, bosh qahramon, asosiy qahramon, ikkinchi

darajali qahramon, personaj, xarakter, badiiy asar, ijtimoiy hayot, muallif

maqsadi, asar mavzusi, asar g‘oyasi.

Adabiy asarlardagi qahramonlarning barchasi ham, albatta,

kishiga birday ta’sir etmaydi. Voqealar markazida turgan, xarakter

darajasiga ko‘tarilgan, o‘z taqdir-qismatining chigalliklari, ziddiyatli

o‘y-kechinmalari bilan o‘ylantira oladigan adabiy qahramonlargina

diqqatni jalb etadi. Chunki ular kechmish-kechirmishlari, o‘y-

kechinmalari bilan kishilarning hayot murakkabliklari to‘g‘risidagi

tasavvurini kengaytiradi. Shuning uchun Rabindranat Thokur:

“Adabiyot yordamida biz boshqa odamlar bilan ma’naviy yaqin-

ligimizni his qilishimiz mumkin. Adabiyot hissiyotlarimizni ma’lum

yo‘lga solib turadi, yuragimizni boshqa odamning yuragiga hamnafas-

hamdard bo‘lib qattiqroq urishga undaydi, qalbimizni yangi hayotga

da’vat qiladi, uni tobora baquvvat qiladi” deydi [Tagor. 1965, 253].

Adabiyot avvalo adabiy qahramonlari tufayli shunday ta’sir kuchiga

erishadi. Biz adabiy qahramonlar sabab o‘zimiz, mavjud hayotimiz

to‘g‘risida o‘ylab ko‘ramiz, har birimizning quvonchimiz, qayg‘umiz

boshqalarga bevosita bog‘liqligini anglaymiz. Mashhur adib Jeyms

Joysning “Navqiron san’atkorning siyrati” romanida adabiy qahramon

bilan kitobxon o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinib, jumladan: “Eskirib

to‘zigan kitobni – “Graf Monte-Kristo”ning tarjimasini o‘qishga

beriladi. Bu qayg‘uli qasoskor obrazi uning tasavvurida bolaligida

xayol qilgan tushunarsiz va qo‘rqinchli narsalarga bog‘lanib ketardi.

Kechalari u mehmonxonadagi stol ustida qog‘ozga ko‘chiriladigan

suratlardan, qog‘oz gullar, rangli yupqa qog‘ozlar va shokolad

o‘raydigan yaltiroq qog‘oz tasmachalardan oroldagi vahimali g‘or

shaklini yasardi. Keyin bu inshootning soxta yaltiroqligidan yuragi

siqilib, buzib tashlardi va shundan ko‘z o‘ngida Marselning yorqin

manzarasi, quyosh nurlari to‘kilib turgan bog‘ tevaragidagi to‘siqlar

va Mersedes paydo bo‘lardi” [Joys. 2007, 3-98] deyiladi.

Adib, shoirning hayoti, tarjimayi holi yoki uning asari

to‘g‘risida gap ketganda u o‘z-o‘zidan shu ijodkor yaratgan adabiy

qahramonga borib bog‘lanadi. Chunki adabiy qahramon ijodkorning

shaxs sifatidagi olamini namoyon etib, uning inson dunyosini

qanchalik anglashini, asarining ahamiyatini aniq ko‘rsatib beradi.

Shuning uchun Abdulla Qodiriy to‘g‘risida so‘z yuritilganda beixtiyor

u yaratgan Otabek, Kumush, Anvar, Ra’no kabi adabiy qahramonlar

ta’riflanadi. Yoki Aleksandr Pushkinning tarjimai holini Yevgeniy

5

Adabiy qahramon obrazi


background image

Onegin, Tatyana, Rabindranat Thakur dunyosini Gora, Kamola

singari adabiy qahramonlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fyodor

Dostoyevskiy deganda xayolda atrofdagi kishilarning fe’l-atvori,

o‘zaro munosabatlari tufayli iztirob chekkan Mishkin, Raskolnikov,

Muxtor Avezov deganda qozoq elining dardi, tashvishi bilan

yashagan, gumanist shoir Abay siymosi jonlanadi.

Ertak, afsona, rivoyatlardagi qahramonlarning favqulodda

qobiliyati, xatti-harakatida odamlarning orzu-istaklari aks

etadi. Shuning uchun ham Abu Nasr Forobiy: “Inson afsonalar,

latifalar va xalq rivoyatlarini bilishdan ham quvonib, huzur oladi”

deydi. Haqiqatan, har bir odam o‘zicha orzu qiladi. Ertak, doston

qahramonlarining intilishida o‘zining orzulariga monand jihatlarni

ko‘rganida zavqlanadi. Qahramonlar ezgu niyatlariga erishganida

xursand bo‘ladi. Chunki har qanday odamning tabiatida, fe’l-atvori

qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ezgulikka xayrixohlik hissi ustun

turadi. Ertak, dostonlarda, asosan, ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi

kurash ko‘rsatiladi va ular, albatta, ezgulikning yovuzlik ustidan

g‘alaba qozonganini ta’kidlash bilan yakunlanadi. Shu boisdan ertak,

dostonlar hammani qiziqtiradi. Ularning g‘aroyib qahramonlari

hech kimni befarq qoldirmaydi.

“Xamsa” dostonlaridagi adabiy qahramonlar ham mavhum

qiyofalar emas. Ular ham boshqa odamlar singari muayyan makon

va zamonda yashab ulg‘ayadi, mushkul vaziyatlarga tushib, chorasiz

qolganida iztirob chekib azoblanadi. Firdavsiy, Nizomiy, Navoiyning

qahramonlari xuddi hayotdagi odam singari Rustam, Suhrob, Xusrav,

Dilorom, Layli, Qays, Farhod, Shirin, Bahrom, Iskandar deb aniq

bir ism-nom bilan ataladi. Arastu so‘z san’ati va tarix o‘rtasidagi

tafovut to‘g‘risida mulohaza bildirarkan: “Poeziya qahramonlarga

ism qo‘yish orqali umumiylikka intiladi” [Aristotel 1980, 152]

deydi. Haqiqatan, muayyan ismli qahramonning fe’l-atvori,

kechinmalarida bir kishining emas, ko‘pchilikka xos xususiyatlar

ko‘rinadi. Ular xuddi tirik kishilar kabi boshqalar bilan muloqot,

munosabatda bo‘lishib, shu jarayonda turli muammolarga duch

kelishadi. Ularni qiynagan iztirob va muammolar har bir davrning

mavjud turmush voqeligiga ko‘p jihatdan muvofiq keladi. Vaqt o‘tishi

bilan kishilarning libosi, turmush tarzi o‘zgarib boradi. Ularning

dunyoqarashida ham muayyan yangilanishlar yuz beradi. Ammo

bu bilan insonning asl tabiati butkul o‘zgarib ketmaydi. Barcha

davrlarda ham shaxsiy manfaat kishilarni harakatlantiruvchi asosiy

omil bo‘lib qolaveradi. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham, ko‘hna

yozma asarlarda ham, zamonaviy asarlarda ham inson tabiatining

6

Abdulla ULUG‘OV


background image

mana shu mangu o‘zgarmas tabiati xususida so‘z yuritiladi. Shuning

uchun turli davrlarga mansub asarlar hamisha barchani qiziqtiradi.

Chunki ming yil avval yashab o‘tganlar bilan bugungi odamlar fe’l-

atvori jihatidan ajdodlaridan tubdan farq qilmaydi. Hozirgi odamlar

ham xuddi olis ajdodlari singari orzu-havas qiladi, sevadi, to‘siqlarga

uchraydi, iztirob chekadi, hasad o‘tida yonadi, o‘ch olish payiga

tushadi, kimnidir do‘st bilib yanglishadi. Adabiyot paydo bo‘lganidan

buyon unda insonning mana shu sirli tilsim dunyosi ko‘rsatiladi.

Shu boisdan qaysi zamonda yaratilganidan qat’i nazar, adabiy

qahramonlar inson tabiati va murakkabliklari to‘g‘risida tasavvur

beradi va ular barcha zamonlarda kishilar uchun o‘ziga xos ko‘zgu

bo‘la oladi.

Kishining ichki olamini hech qanday oyna, ko‘zgu ko‘rsatib

berolmaydi. Odam esa toki o‘zi ko‘rmaguncha, his qilmaguncha

boshqalarning ta’rif-tavsifidan qanoatlanmaydi. Chunki bosh-

qalarning bahosida subyektiv munosabat ustun turadi. Inson

oyna-ko‘zguda o‘zining tashqi qiyofasini to‘liq ko‘rolmaganidek,

fe’l-atvorini ham boshqalarning istagi, taklifi yoki talabiga muvofiq

o‘zgartirolmaydi. Kishi fe’l-atvoridagi illat, nuqsonlarni o‘zi

anglab yetmaguncha, ulardan xalos bo‘lolmaydi. Boshqalarning

tanqidlari uni tuzatishdan ko‘ra ko‘proq asabiylashtiradi, ruhan

azoblaydi. Haqiqatni bilish, o‘zini anglash g‘oyat mashaqqatli

kechadi. Ayni hodisa g‘oyat murakkab, sirli jarayon ekanligi

bois har bir odam qiynaladi, ikkilanadi, yanglishib xato qiladi.

Adabiy qahramonlar har bir kishining qilgan ishlari, fe’l-atvori,

boshqalar bilan muomala-munosabati to‘g‘risida o‘zicha o‘ylab

ko‘rishi, mushohada yuritishi uchun vosita bo‘la oladi. Ular ayni

shu jihati bilan amaliy ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi, tomoshabin

Navoiy, Shekspir, Dostoyevskiy, Tolstoy kabi mutafakkirlarning,

Cho‘lpon, A.Qodiriy, A.Qahhor kabi adiblarning asarlari, ular

asosida yaratilgan spektakl, filmlardagi qahramonlarni jonli, tirik

odam sifatida tasavvur qiladi. Chunki ularning ruhiy holatlari

tasviri, Fitrat ta’kidlaganidek, “tirikchiligimizda bo‘lib turg‘an

ko‘p voqealarning qorong‘u puchmoqlarini oydinlatib ko‘rsatadir.

Yomonlig‘i tuzukkina sezilmagan ko‘p odatlarimizni butun foje’

natijalari bilan gavdalantirib, o‘zimizga ko‘rsatadir. Shuning uchun

hikoya hayotda muhim o‘rin tutadi... Ro‘monlarda esa asarning

qahramoni yo qahramonlari qaysi zamonda, qaysi muhitda, qaysi

jamiyatda yashagan bo‘lsalar, shularning urf-odat, qonun, tilak,

havas, orzu, kamchilik, axloq, e’tiqodlari ingichka ham keng suratda

tasvir etiladir” [Fitrat. 2006, 84-85].

7

Adabiy qahramon obrazi


background image

Borliqdagi barcha narsa-hodisalar, harakat, o‘zgarishlar o‘z-

o‘zicha emas, inson tufayli ma’no, mazmun kasb etadi. Inson va uning

hayotiga daxldor bo‘lmagan hodisalar hech qanday ahamiyat kasb

etmaydi. Adabiy asarlarda turli tabiat hodisalari inson dunyosini

ko‘rsatish uchun fon, vosita, maydon vazifasini o‘taydi. Adabiyotda

nafaqat tabiat hodisalari, balki xudolarning ham kishilarga

ko‘maklashishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Hindlarning “Ramayana” va

“Mahobxorat” eposida, Homerning “Iliyada” va “Odisseya” asarida

xudolar odam qiyofasida tasvirlanadi. Ular xuddi odamlar singari

hayot kechirishadi va jismoniy kuch, sog‘liq va go‘zallikni eng oliy

qadriyat deb qarashadi. Ma’budalarning harakat, istak, kayfiyatlarida

ham odamlarga xos xususiyat yaqqol seziladi. Masalan, yunon

adabiyotining eng qadimgi namunalaridan biri, Troya turkumidagi

“Kipriya” poemasida Troya urushi oddiy ginadan boshlangani

ma’lum qilinadi. Dengiz ma’budasi Fetidaning nikoh to‘yiga adovat

xudosi Eridani taklif qilishmaydi. U bundan qattiq ranjiydi va o‘ch

olish istagida alam bilan bazmgohda hozir bo‘lganlar o‘rtasiga oltin

olma tashlaydi. Gera, Afrotida va Afina “sohibjamolga” degan yozuv

bitilgan ushbu oltin olmani olmoqchi bo‘lishadi. Chunki ularning har

biri o‘zini “go‘zallar malikasi” sanaydi. Ular oltin olma tufayli bir-

biriga murosasiz dushmanga aylanadi. Ma’bud va ma’budalar bir-

biridan ranjib, Fetidaning to‘yida janjal boshlanadi va hammaning

ko‘nglini alam, adovat egallaydi va muhtasham shahar Troya vayron

bo‘ladi. Hind adabiyotining qadimiy yodgorliklari “Ramayana”,

“Mahobxorat” dostonlarida ham ma’bud va ma’budalarning bir-

biriga adovat qilishi va bundan odamlar jabr ko‘rishi naql qilinadi.

Qadimgi ertak, afsona, rivoyatlarda kishilar hayotiga daxldor barcha

hodisalarning o‘z xudosi borligi, bu xudolar xuddi insonlar kabi

arzimas, mayda-chuydalar sabab, bir-biri bilan nizolashib qolishi

to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ertak, rivoyatlar, antik adabiyotning

“Iliyada”, “Odisseya”, “Ramayana”, “Mahobxorat” kabi namunalari

insoniyat badiiy tafakkuridagi eng dastlabki obraz xudo bo‘lganligi,

odamlar ma’budlarni o‘zlariga o‘xshash qiyofada tasavvur qilga-

nidan dalolat beradi.

Kishilar xayol, tasavvurlaridagi olamgagina emas,

tabiat hodisalariga ham o‘z fe’l-atvorlariga xos xususiyatlarni

“singdirishadi”. Shu boisdan ular koinotning yaralishi, yerning

paydo bo‘lishini o‘zlarining o‘zaro munosabatlari asosida tasavvur

qilishib, yer va osmon, suv va olov, shamolning odamlar singari

harakat qilishi, yashashi haqida rivoyat, afsonalar to‘qishgan.

Ertak, dostonlarda xudolar, farishtalar, yer, osmon, suv, shamol,

8

Abdulla ULUG‘OV


background image

momaqaldiroqning odamlar singari so‘zlashi, harakat qilishi ham

inson azaldan adabiyotning asosiy adabiy qahramoni bo‘lganligi va

uning hayoti hamisha bosh mavzu bo‘lib kelganini bildiradi.

Adabiyotda inson timsoli adabiy qahramon sifatida hozirgi

ko‘rinishiga erishguncha juda uzoq zamonlar o‘tgan. Masalan,

Fyodor Dostoyevskiy asarlarida adabiy qahramon qiyofasi: “Chol

bukchayganicha xuddi yog‘och oyoqda yurgandek zaif oyoqlari

bilan bitta-bitta qadam tashlab, hassasi bilan trotuar toshlarini

asta-asta urib, konditer do‘koniga yaqinlashaverdi. Men umrimda

bunday g‘alati, beo‘xshov gavdani ko‘rgan emasman. Bundan ilgari

ham, Miller do‘konida u bilan uchrashib qolgan paytlarimda ham

unga rahmim kelib, yuragim ezilardi. Novcha bo‘yi, egilgan yelkasi,

sakson yoshli kishining murdasimon basharasi, chok-chokidan

so‘kilib ketgan eski paltosi, faqat gardanidagi oq emas, oq-sariq bir

tutam sochi qolgan taqir boshi, uning burab yurgizib yuborilgandek

harakat qilishi – bularning hammasi uni daf’atan ko‘rgan har qanaqa

kishini ham hayratga solardi, haqiqatan ham bu oshini oshab, yoshini

yashab bo‘lgan kimsasiz, g‘arib ko‘rinishidagi o‘z nazoratchilaridan

qochib ketgan jinniga o‘xshagan chol ko‘zga g‘alati ko‘rinadi. Uning

haddan ziyod oriqligi meni yana ham ajablantirar, badanida et

degan narsa yo‘q. Terisi borib ustixoniga yopishgandi. Atrofi ko‘m-

ko‘k ko‘karib ketgan, katta-katta, lekin nursiz ko‘zlari to‘g‘riga qarab

tikilganicha turaverardi” [Dostoyevskiy 1996, 4-5] deb ko‘rsatiladi.

Arab xalqining “Ming bir kecha”sidagi “Aloviddin va sehrli chiroq”

ertagi adabiy qahramoni esa: “Qadim zamonda Xitoy viloyatlaridan

birida yashagan kambag‘al bir tikuvchining Aloviddin ismli o‘g‘li bor

ekan. Bu bola sayoq va bebosh ekan. O‘n yoshga yetganida otasi hunar

o‘rgatmoqchi bo‘libdi. Lekin qashshoq bo‘lgani sababli, o‘g‘lini biror

ustaga shogirdlikka bera olmabdi. Shuning uchun Alovuddinga ham

o‘z hunarini o‘rgatishga ahd qilib, tikuvchilik do‘koniga olib ketibdi.

Aloviddin sayoq bola emasmi, kun-uzzu kun o‘ziga o‘xshash bebosh

ko‘cha bolalari bilan sandiroqlashdan qo‘li bo‘shamas, do‘konida bir

soat ham, hatto, bir daqiqa ham o‘tirolmas, otasi kiyim buyurtiruvchi

biron mijoznikiga ketdi deguncha, do‘konni tashlab, haligi sho‘x

bolalar bilan o‘ynagani ketar ekan” [Dostoyevskiy 1996, 4-5] deb

tanishtiradi.

Ertak, afsona, dostonlarda adabiy qahramonlarning bu

tarzda sodda, oddiy gavdalantirilishi o‘tmishda kishilarning borliq

hodisalari va inson olami to‘g‘risidagi juda o‘ziga xos tushuncha,

tasavvurga ega bo‘lishganidan dalolat beradi. Ularning “Bor ekan-

da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan” deb boshlanishi hamda

9

Adabiy qahramon obrazi


background image

ularda hayot haqiqatiga mutlaqo mos kelmaydigan voqealarning

naql qilinishi ham olis ajdodlarimiz hozirgi odamlardan ko‘ra

ancha ishonuvchan bo‘lganini bildiradi. Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy,

Fuzuliy dostonlari, Hofiz Sheroziy g‘azallarida, Shekspir, Gyote

tragediyalarida, Fyodor Dostoyevskiy, Lev Tolstoy romanlari, Anton

Chexov, Ivan Bunin, Abdulla Qahhor hikoyalaridagi qahramonlar

obrazi ertak, dostonlardagi qahramonlar obrazi bilan taqqoslansa,

badiiy tafakkur inson timsolini gavdalantirishda uzoq asrlar

mobaynida asta-sekinlik bilan o‘zgarib, takomillashib borgani ayon

bo‘ladi.

Folklor asarlarida, qadimgi eposlarda adabiy qahramonlar-

ning qiyofa, ko‘rinishi ayrim mubolag‘alar bilan tavsiflanib, ularning

kechmishlari oddiygina bayon etiladi. Inson obrazini gavdalanti-

rishda barcha xalqlar adabiyoti tarixida kuzatiladigan bu holat

to‘g‘risida Abdurauf Fitrat bunday deydi: “Eski yozg‘uvchilarimiz...

bir hikoya yozganda “ammor uyyoni axbor va noqiloni osor andoq

rivoyat qilurlarkim” deb hikoya qahramonlarining tug‘ilish kunidan

boshlab o‘limiga qadar bo‘lib o‘tgan voqealarni bir yo‘sunda, bir

turli qilib qatorlab tizar edilar. Bu turli yozilgan hikoyalar, dostonlar

bir turli, bir tusda, o‘zgarishsiz, harakatsiz yurub borg‘ani uchun

o‘quvchilarni bezdirar, miyaga og‘irlik qiladir”. Haqiqatan ham

ertak, dostonlardagi qahramonlar obrazi XIX-XX asr adabiyotidagi

adabiy qahramonlarga taqqoslansa, ularda inson olami, uning

ruhiy kechinmalari, kayfiyat, holatlari shunchaki bayon qilingani

ayon bo‘ladi. Albatta, barcha asarlarda ham qahramonlar qiyofasi,

ruhiy kechinmalari Fyodor Dostoyevskiy yoki Rabindranat Thokur

romanlari yoki Ivan Buninning hikoyalaridagidek turli tashbeh,

taqqoslashlar vositasida yorqin tasvirlanmaydi. Aksariyat asarlarda

qahramonlarning holati, kechmish-kechirmishlari xuddi ertak,

afsonalardagidek oddiygina qilib bayon etiladi. Jumladan, Abdulla

Qahhorning “Bemor” hikoyasida qahramonning ahvoli to‘g‘risida:

“Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Sotiboldi kasalni o‘qitdi-bo‘lmadi,

tabibga ko‘rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko‘zi tinib, boshi

aylanadigan bo‘lib qoldi. Baxshi o‘qidi. Allaqanday bir xotin kelib,

tolning xivchini bilan savaladi, tovuq so‘yib qonladi... Bularning

hammasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘on

cho‘ziladi, ingichka uziladi” [Qahhor. 1987, 289] deyilgan. Jimjimador,

nozik, nafis tasvirlardan xoli bunday bayon shakli ertaklarda ham

kuzatiladi. Jumladagi, “Malikayi Husnobod” ertagi: “Zamonlarning

zamonida, qadimda bir zolim podshoh bor ekan. Podshohning bir

qizi bo‘lgan ekan. Onasi bir kambag‘alning qizi ekan. Sohibjamolbibi

10

Abdulla ULUG‘OV


background image

haddan ziyoda chiroyli, oy desa og‘zi, kun desa ko‘zi bor, shaq-shaqam

jamoli o‘n to‘rt kechalik oyni xira qilar ekan. Suv ichsa tomog‘idan,

sabzi yesa biqinidan ko‘rinar ekan...” [Sharq xalqlari ertaklari 1994,

12] deb boshlanadi.

Ertak, rivoyat, dostonlarda adabiy qahramonlar timsolida

kishilar fe’l-atvorining muayyan jihati yoritilib, ular “oq” yoki “qora”

bo‘yoqlarda gavdalantiriladi. Ularda, asosan, podshohlar, vazirlar,

qozilar, boshqa amaldorlar asosiy qahramon sifatida ko‘rsatilgan

hamda ular shafqatsiz, zolim, makkor, mansab-martaba, maishatga

o‘ch kimsa sifatida tavsiflanadi. “Malikayi Husnobod” ertagida ham

boshdanoq podshohning zolimligi alohida ta’kidlanadi. Folklor

asarlari va qadimgi eposlarda hukmdorlar, amaldorlarning asosiy

qahramon qilib ko‘rsatilishi azaldan ularga jamiyatning yuqori

tabaqasi sifatida qarab kelinishi, ular hammaning diqqat markazida

bo‘lishi, ko‘pchilik ularni o‘zidan ustun deb bilib, havas qilishi

bilan bog‘liqdir. O‘tmishda ham kishilar yuqori tabaqa vakillariga

yaqinlashishga intilgan, har jihatdan ularga taassub qilgan. Azaldan

podshohlar, vazirlar hayoti boshqalar uchun g‘aroyib qiziqarli

ko‘ringan. Shuning uchun ular ko‘pgina asarlarda asosiy qahramon

sifatida ko‘rsatilgan. Qizig‘i shundaki, bu asarlarda asosiy e’tibor

hukmdorlar, amaldorlar hayotidagi quvonch, shodliklarni emas,

ziddiyat, fojialarni yoritishga qaratilgan. Chunki insonning asl

qiyofasi, u shoh bo‘ladimi yoki gado, mushkul vaziyatlarda yaqqol

namoyon bo‘ladi. Odamlar qadimdan turmushdagi ko‘pgina

muammolar uchun hukmdorlar, amaldorlar aybdor. Turmushdagi

jamiki norasolik, adolatsizlik amaldorlar va hukmdorlarning

zimmasiga mas’uliyatni his qilmasligi, boshqalarning emas, o‘zining

manfaati, maishatini o‘ylashidan kelib chiqadi, deb o‘ylashgan. Shu

tufayli ertak, dostonlarda yuqori tabaqa namoyandalarining shon-

shuhrat, mansab-martaba, boylikka o‘chligini ko‘rsatish asosiy

maqsadga aylangan. Aslida ham takabburlik, shuhratparastlik,

mansabparastlik kabilar hukmdorlar, amaldorlar fe’l-atvorida

muhim o‘rin tutadi. Ularning turmush tarzini ushbu xususiyatlarda

ayro holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hukmdorlar, amaldorlar fe’l-

atvorida ayni xususiyatlar ustunligi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Qadimgi eposlar va “Shohnoma”da ham Shekspir tragediyalari va

“Xamsa” dostonlarida ham hukmdorlarning shu insoniy ojizligi

ta’kidlanadi. Oybekning “Navoiy”, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek

xazinasi” va “Ko‘hna dunyo” romanlarida ayni shu muammo

yoritiladi. Ertak, dostonlarda turli qahramonlarning kechmish-

kechirmishlarini naql etish asosida ijobiy xulosa chiqarish asosiy

11

Adabiy qahramon obrazi


background image

o‘rin tutadi. “Bemor” singari asarlarda esa ziddiyatli voqealar ichida

turgan qahramonning holat, kechinmalarini ko‘rsatishga ko‘proq

e’tibor qilinadi. Jumladan, ushbu hikoyada qahramonlar holati

quyidagi tarzda ko‘rsatiladi: “To‘rt yashar qizchasi qo‘liga ro‘molcha

olib, opasining yuzini karaxt, nimjon, xira pashshalardan qo‘riydi;

ba’zan qo‘lida ro‘molcha, mukka tushib uxlab qoladi. Hamma yoq

jim. Faqat pashsha g‘ing‘illaydi, bemor inqillaydi; har zamon yaqin-

yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi: “Hey do‘st shaydullo, banomi

Olloh, sadaqa raddi balo, baqovli rasuli xudo...”. Bir kechasi bemor

juda azob tortdi. U har ingraganda Sotiboldi chakkasiga burov

solingan kishiday talvasaga tushar edi. Qo‘shnisi – bir kampirni

chaqirdi. Kampir bemorning to‘zigan sochlarini tuzatdi, u yoq-bu

yog‘ini siladi, so‘ngra... o‘tirib yig‘ladi.

– Begunoh go‘dakning saharda qilgan duosi ijobat bo‘ladi,

uyg‘oting qizingizni! – dedi.

Bola anchagacha uyqu g‘ashligi bilan yig‘ladi, keyin otasining

g‘azabidan, opasining ahvolidan qo‘rqib, kampir o‘rgatgancha duo

qildi:

– Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin...” [Qahhor 1987, 290].

Hikoyaning ayni o‘rinlari kishiga “Xo‘rlangan va haqoratlanganlar”,

“Anna Karenina” singari mumtoz asarlar singari ta’sir ko‘rsatadi.

Chunki o‘zbek adibi ushbu hikoyasida kambag‘alligi tufayli nochor

qolgan kishilarning ayanchli ahvolini o‘ziga xos uslubda juda aniq

gavdalantirgan. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri”, “Anor”, “Dahshat”

hikoyalarida ham qahramonlar qismati orqali hayotda hamma

ham e’tibor qilavermaydigan oddiy voqealar qiziqarli, sermazmun,

hissiyotlarga boy qilib tasvirlanadi. Adib Qobil bobo, Turobjon, Unsin

kabi qahramonlar timsolida ming-minglab kishilarning ayanchli

ahvolini ko‘rsatadi. Bu ajoyib asarlarni har gal mutolaa qilganda

ularning yangi qirralari ochiladi. Ular chuqur insonparvarlik ruhiga

yo‘g‘rilgan. Ushbu hikoyalarda muallifning o‘ziga xos uslubi yorqin

namoyon bo‘lgan. O‘quvchi “O‘g‘ri”, “Anor”, “Bemor”, “Dahshat” kabi

asarlar qahramonlari holatini his qilish orqali hayot ziddiyatlarini

anglaydi. Adabiyotning ahamiyati ham shunda ko‘rinadi. U turli

adabiy qahramonlari orqali kishilarni tasavvur qilish, xayol surish,

mushohada yuritib, o‘z-o‘zi bilan munozara qilishga undaydi hamda

shu asosda o‘zligini anglashga intilish hissini uyg‘otadi.

Albatta, “Xo‘rlangan va haqoratlanganlar”, “Anna Karenina”

kabi ko‘p tarmoqli syujetga asoslangan asarlardagi batafsil

tasvirlar “Bemor”, “Anor” kabi hikoyalarga qaraganda adabiy

qahramonlarning tashqi qiyofasi, xarakteri xususiyatlari, ular turgan

12

Abdulla ULUG‘OV


background image

zamon va makon manzarasi to‘g‘risida kengroq tasavvur beradi.

Ertak, dostonlardagi “Podshoh zolim, vazir dono, malika makkor,

cho‘pon dovyurak ekan” degan tavsiflar ularga qiyoslaganda bir

qadar jo‘n ko‘rinadi. Chunki zolimlik, donolik, makkorlik yoki

dovyuraklik kabi xususiyatlar oq, qora, qizil, sariq rang kabi ko‘zga

yaqqol tashlanib turmaydi. Ular kishilarning harakat, faoliyatida,

boshqalar bilan muomala-munosabatida namoyon bo‘ladi. “Gul”

deganda ham birov qizil gulni, kimdir sariq, kimdir oq gulni

xayoliga keltiradi. Yoki “piyola” so‘zini talaffuz qilgan odam uning

o‘nlarcha xilidan qay birini nazardan tutganini hech kim aniq

bilmaydi hamda u nazarda tutgan piyola boshqalar tasavvuridagi

piyola bilan aynan bir xil bo‘lmaydi. Chunki piyolaning chinni piyola,

sopol piyola, paxta gulli piyola kabi bir qancha turlari va shakllari

mavjud. Ertak, dostonlarda ham adabiy qahramonlarning “boy”,

“kambag‘al”, “zolim”, “baxil”, “saxiy” kabi sifatlar bilan jo‘n, umumiy

tavsiflanishi zamonlar o‘tishi bilan kishilarning inson to‘g‘risidagi

tasavvur, tushunchasini qanoatlantirmay qolgan. Balzak, Mopassan,

Flober, Turgenev, Dostoyevskiy, Tolstoy, Thakur kabi adiblarning

asarlarida adabiy qahramonlar tashqi qiyofasi, harakat, holatlari,

o‘y-kechinmalarining teran tasvirlanib, batafsil tahlil qilinishi badiiy

tafakkurning o‘sishi, inson dunyosini tushunishning teranlashishi

natijasida yuzaga kelgan. Kutilmaganda, to‘satdan sodir bo‘ladigan,

kishilarning istak-ifodasiga bog‘liq bo‘lmagan voqealar, uchrashuv,

to‘qnashuvlar tasodif sanaladi. Tasodiflar har bir kishining hayotida

muhim rol o‘ynaydi. Ular odamlarning bir maromda kechayotgan

hayotida keskin burilishlar hosil qilib, chigal muammolarga duch

qiladi va o‘zining fe’l-a’moli, qilgan ishlari, hayot murakkabliklari

xususida o‘ylab ko‘rishi, mushohada yuritishiga sabab bo‘ladi.

Adabiy asarlarlarda inson hayoti bilan bog‘liq ana shu muhim, sirli

hodisa qahramonlar olamiga “ko‘chiriladi”. Shuning uchun aksariyat

folklor asarlari “bir kuni...” deb boshlanadi. Chunki har qanday

voqea, jumladan, tasodif ham ma’lum bir zamonda, muayyan

makonda ro‘y beradi.

Taqdir kutilmaganda, g‘alati tarzda odamlarni bir-biriga

uchrashtirishi adabiy qahramonlarga ham “ko‘chiriladi”. Ya’ni adabiy

qahramonlar tasodifan bir-biriga duch keladi yoki tasodifan arzimas

bir voqea sabab yaqin kishilar bir-biridan uzoqlashib, ularning

munosabatlari tamoman o‘zgarib, g‘aroyib kechmishlar boshlanadi.

Odamlar hayotda taqdirning bu sirli “o‘yin”ini dabdurustdan bo‘lgani

uchun ko‘pincha sezmaydi, paytida payqamaydi. Ammo adabiy

qahramonlar taqdirida tasodiflar muhim o‘rin tutadi. Tasodiflar

13

Adabiy qahramon obrazi


background image

tufayli ular hayotida turli burilishlar yuz beradi. “Alpomish” kabi

xalq og‘zaki ijodi namunalari, “Farhod va Shirin” singari mumtoz

adabiyot asarlari bunga misol bo‘ladi. Zamonaviy adabiyotda ham

inson obrazi xuddi shu tarzda gavdalantiriladi. Chunki so‘z san’atida

qahramonlar obrazida inson va uning hayoti odatdagidan bosh-

qacha, ta’sirchan ko‘rsatiladi. Jumladan, tasodiflar qahramonlar

hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etib, yaxlit syujet “zanjir”ini hosil

qiladi. Unda turli paytda, turli joyda kechgan voqealar o‘zaro tutashib

ketadi. Adabiy qahramonlarning kechmish-kechirmishlarida inson

hayotining turli jumboq, sir-sinoatlari ko‘rsatiladi. “Tushuntirib

berish qiyin-ku, lekin gohida voqealar bir-biriga to‘g‘ri kelib qoladi,

– deydi mashhur adib Chingiz Aytmatov, – voqea ro‘y bergan joy

ham, vaqt ham, va eng muhimi, kimsalarning xatti-harakatlari ham

to‘qnashib, bularning bari taqdirni hech kutilmagan burilishlarga

burib yuboradi”.

Borliqdagi hech bir narsa boshqasiga aynan o‘xshamaydi.

Odamlar ham xuddi shunday. Ular bo‘y-basti, rang-ro‘yi, qiyofa-

ko‘rinishi, fe’l-atvori jihatidan bir-biridan alohida ajralib turadi. Bu

farq ularning xatti-harakatida ham yaqqol seziladi. Kimdir doim faol

bo‘ladi, doimo boshqalarning diqqatini jalb etadi. Aksariyat kishilar

esa oddiy, kamtarona yashab o‘tadi. Adabiy qahramonlar obrazini

yaratishda ham hayotning ana shu qonuniyatidan kelib chiqiladi.

Personajlarning ayrimlari yondosh, ba’zilari epizodik, bittasi yoki

ikkitasi esa asosiy qahramon sifatida ko‘rsatiladi. Xalq og‘zaki ijodida

ham, yozma adabiyotda ham xuddi shu kuzatiladi. Dostonlarda ham,

roman, qissa, hikoya, drama, tragediyada ham yondosh, epizodik va

asosiy qahramon bo‘ladi. Butun diqqat-e’tibor asosiy qahramonga

qaratiladi. Uning kechinmalari, xatti-harakatlari yondosh va

epizodik qahramonlarga qaraganda kengroq ko‘rsatiladi. Chingiz

Aytmatovning aksariyat asarlari, jumladan, “Asrni qaritgan kun”,

“Qiyomat”, “Oxir zamon nishonalari” romanlari asosida turli afsona

va rivoyatlar turadi va adib ularni hozirgi davrning eng dolzarb

ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy muammolari bilan bog‘laydi.

Ulug‘ adibning “Qulayotgan tog‘lar” romanida ham dushmanlarning

fitnasi tufayli bir-biriga yetisholmagan sevishganlar to‘g‘risidagi

g‘aroyib afsonaga keng o‘rin beriladi va “Bu dostonning bosh

qahramoni, albatta, o‘sha Mangu qayliq” deyiladi.

Shu boisdan tasodiflar insoniyatning orzu-xayollari aks etgan

ertak, dostonlarda ham, hayot hodisalari haqqoniy ko‘rsatilgan

realistik asarlarda ham adabiy qahramonlarning xarakteri

xususiyatlarini gavdalantirishda boshlang‘ich nuqta, o‘ziga xos

14

Abdulla ULUG‘OV


background image

vosita vazifasini bajaradi. “Hikoyalarda “lekin birdaniga” so‘zi tez-

tez uchrab turadi, – deydi rus adibi A.P.Chexov. – Mualliflar shunday

deyishga haqli, chunki turmushda tasodifiy hodisalar juda ko‘p”

[Chexov. 1957, 3]. Adabiyotshunos M.Baxtin ham tasodiflar adabiy

syujet yo‘nalishini belgilash va adabiy qahramonlar xarakteri

xususiyatlarini ochishda muhim ahamiyat kasb etishini, bu

folklordan yozma adabiyotga ko‘chib o‘tganligini antik davr adabiyoti

namoyandalari – Petroniyning “Satirikon”, Apuleyning “Oltin eshak”

romanlari asosida tahlil qilib ko‘rsatadi [Baxtin 1986, 148-182].

Hayotda ham kishilarning xarakteri to‘satdan yuz beradigan

hodisalarda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bunday paytda har qanday

kishi nima qilishini bilmay, dovdirab qoladi. Adabiy qahramonlar

timsolida insonning murakkab dunyosini gavdalantirishda

hayotning ana shu g‘aroyib sir-jumbog‘i muhim maydon vazifasini

bajaradi. Shuning uchun har bir asarda adabiy qahramon dunyosini

ochish ayni nuqtadan boshlanadi. O‘ziga xos ushbu start chizig‘i

ertak, rivoyat, dostonlarda “bir kuni”, “kutilmaganda”, “to‘satdan”

deyiladi. Folklor asarlarida undan avval, albatta, qahramonning

nomi, kasb-kori, ijtimoiy ahvoli, yoshi ma’lum qilinib, voqea kechgan

makon va zamon to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar beriladi. Masalan,

“Alpomish” dostoni: “Burun o‘tgan zamonda, o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot

elida Dobonbiy degan o‘tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o‘g‘il

farzand paydo bo‘ldi. Alpinbiydan tag‘in ikki o‘g‘il paydo bo‘ldi:

kattakonining otini Boybo‘ri qo‘ydi, kichkinasining otini Boysari

qo‘ydi. Boybo‘ri bilan Boysari – ikkovi katta bo‘ldi. Boysari boy edi,

Boybo‘ri esa shoy (shoh) edi, bul ikkovi ham farzandsiz bo‘ldi” deb

boshlanadi.

Qadimgi yunon tragediyalarida esa sahnaga dastlab xor

chiqqan. Xordagilar qahramon qismatini fojeasini ifoda etadigan

ohangda qo‘shiq kuylagan. Bu mungli yoki jo‘shqin, shiddatli

qo‘shiq ohangi tomoshabinlarni sahnada namoyish etiladigan fojiali

voqealarga ruhan tayyorlagan. Chunki Esxil (mil.avv. 325-456-yillar),

Sofokl (mil.avv. 496-409-yillar) kabi dramaturglarning “Zanjirband

Prometey”, “Shoh Edip” kabi tragediyalardagi qahramonlar qismati

benihoya fojiali. Prometey va shoh Edip jahon adabiyotidagi qismati

eng fojeali adabiy qahramondir. Afsonalar asosida yaratilgan

ushbu qahramonlar qismatida inson hayoti g‘oyat ta’sirchan

gavdalantirilgan. Prometey arshi a’lo mehrobidan odamlarga olovni

o‘g‘irlab keltirib, kishilarga dehqonchilik qilish, yovvoyi hayvonlarni

qo‘lga o‘rgatish, vaqtni o‘lchash, imorat-koshonalar qurish kabilarni

o‘rgatgani uchun xudolar qahriga uchraydi. Shuning uchun u

15

Adabiy qahramon obrazi


background image

Yerdagi eng baland toqqa eltib, qoyaga zanjirband qilinadi. Har kuni

burgutlar kelib, uning ko‘kragini yorib, jigarini yeb ketadi. Shunda

ham Prometey ma’budlarga itoat etmaydi. Odamlarni omilkor,

qudratli qilib qo‘ygan Prometey, oxir-oqibatda, tog‘ qoyasi bilan

birga, Yerning qa’riga kirib ketadi. Shoh Edip esa o‘n besh yil Fivaga

hukmdorlik qilib, ikki o‘g‘il, ikki qiz ko‘radi. Ammo kutilmaganda

mamlakatga dahshatli tabiiy ofat yopirilib, ekin-tikin qurib,

hayvonlar qiriladi. Buning sababini surishtirishsa, shoh Edip asosiy

gunohkor ekanligi ayon bo‘ladi. Lekin u o‘sha paytgacha o‘z otasini

o‘ldirib, onasiga uylanib, tuzatib bo‘lmas gunohga botganini bilmaydi.

To‘satdan ro‘y bergan tasodif shoh Edipning kimligini ma’lum qiladi.

“Ali bobo va qirq qaroqchi” ertagida ham tog‘dan o‘tin yig‘ib,

bozorga eltib sotib, tirikchiligini arang o‘tkazib yurgan Ali bobo

kunlardan bir kuni to‘satdan qaroqchilar xazina yashirib qo‘ygan

joyni bilib qolgani to‘g‘risida naql qilinadi [Arab xalq ertaklari.

1990, 57]. “O‘tkan kunlar” romani qahramoni Otabek Marg‘ilonga

kelganining ikkinchi kunida poyafzal bozoriga tutash hovli

tashqarisidan oqib o‘tgan ariqdan tahoratga suv olmoqchi bo‘lganida

“shu vaqt tasodifan nima yumush bilandir mehmonxonadan chiqib

keluvchi farishtaga ko‘zi tushadi”. Abdulla Qodiriy bu tasodifiy

uchrashuvni: “Kumush ham ariq yoqasiga kelib to‘xtagan chingilin

yigitga beixtiyor qarab qoldi. Ixtiyoriy emas, g‘ayriixtiyoriy ikkisi

ham bir-birisidan bir muncha vaqt ko‘z ololmadilar. Oxirda Kumush

nimadandir cho‘chigandek bo‘ldi, yengilgina bir harakat bilan o‘zini

ichkari yo‘lak tomonga burdi. Bu burilishdan uning orqa-o‘ngini tutib

yotgan qirq kokillari to‘lqinlandilar. Kumush ichkariga qarab chopar

ekan, yo‘l ustidan ariq bo‘yida qotib turgan yigitga yana bir qarab

qo‘ydi va bu qarashda unga yengilgina bir tabassum ham hadya qildi...

Kumush ichkariga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, lekin Otabek yana bir

necha daqiqa yerga mixlangandek qotib turdi... Oxirda ko‘zini katta

ochib, o‘tgan daqiqada uchrashgani xayoliy go‘zalni istab xayollandi.

Biroq haqiqat boshqacha edi. Tahorat olmoq uchun ariq bo‘yiga

o‘tirdi, ammo ko‘zi xayol yashiringan yo‘lakda edi. Tahoratlanib

bo‘ldi, yana ko‘zini o‘sha tarafdan uzolmadi. Artinib olgandan keyin

yana oyoq ustida to‘xtab qoldi. Yashiringan go‘zal ikkinchi qayta

ko‘rinmadi, ehtimolki, Otabekni ipsiz bog‘lab, o‘zi qaysi burchakdan

bo‘lsa ham asirini tomosha qilar edi. Ko‘p kutdi, asr namozini qazo

qilib, kuch bilan qutidor uyidan chiqdi va shu daqiqadan boshlab,

unda muhabbat mojarosi tug‘ilgan edi” [Qodiriy. 1974, 11-98] deb

tasvirlanadi. Asr namozini ado etish niyatida tahoratlanib, namozini

o‘qiyolmay qazo qilgani Otabekning favqulodda holatga tushib,

16

Abdulla ULUG‘OV


background image

o‘zini unutib qo‘yganini bildiradi. Inson tabiatining bu sirli hodisasi

adabiyot asarlariga azaldan asosiy mavzu bo‘lib keladi. Bu qadimiy

mavzu benihoya cheksiz, hayotning barcha muammolari bevosita

u bilan bog‘lanadi. Muhabbat mojarolari aralashmasa, har qanday

jiddiy muammo tussiz, ta’sirsiz bo‘lib qoladi. Inson qalbining bu sirli-

sehrli jumbog‘i – muhabbat to‘g‘risida hamisha gapiriladi. Lekin u

hech kimni g‘ashlantirmaydi. Aksincha hammani hamisha qiziqtiradi.

Shuning uchun Artur Shopengauer: “Har qanday dramatik asarning:

xoh tragik (fojiaviy), xoh komik (kulguli), xoh romantik, xoh mumtoz

asar bo‘lsin, qahramonlari hindistonlikmi, ovro‘polikmi, bundan

qat’i nazar, asosiy mazmuni – qahramonning sevgilisiga intilishidir.

Lirik she’riyatning yarmidan ko‘pining syujeti shundan iborat...

Asarlar bir mavzuda yo ko‘p qirrali bo‘ladimi, barchasida sevgi

ehtiroslari tasvirlanadi” deydi.

Tasodifiy uchrashuvlar odamlarni bir-biri bilan bog‘lagani

singari ular adabiy qahramonlarni ham g‘ayriixtiyoriy tarzda

yaqinlashtiradi. Ular bu uchrashuvga befarq bo‘lisholmaydi, uni

unutisholmaydi. Qahramonlar ko‘nglida dastlabki uchrashuvdayoq

bir-biriga nisbatan intilish, yaqinlashish, xayrixohlik yoki ichki

adovat, g‘ashlanish, hasad, jirkanish kabi hislar paydo bo‘ladi.

“O‘tkan kunlar” romani qahramonlari Otabek va Kumushning

tasodifiy uchrashuvi ular qalbida ichki intilishni tug‘diradi. Bir og‘iz

gaplashmagan, so‘zlashmagan, mutlaqo tanimagan, bilmagan qizga

Otabek mixlangandek qarab qoladi, uni yana qayta ko‘rish umidida

asr namozini unutib qo‘yadi. Qiz ko‘rinmagach, o‘zini kuch bilan

majburlab, qutidorning hovlisidan chiqadi. Lekin u halovatidan

ayriladi. Tasodifiy uchrashuv tufayli Otabekning hayotida yangi

davr boshlanadi. Kumush ham ariq yoqasiga kelib to‘xtagan

yigitga beixtiyor qarab qoladi. Nimadandir cho‘chigandek yengil

harakat bilan o‘zini ichkariga olayotib, orqasiga qaraydi-da, yigitga

tabassum hadya qiladi. Vaholanki, Kumush bu “chingilin yigit”ni

mutlaqo tanimaydi. U haqda eshitmagan ham, uni bilmaydi ham.

Chunki “chingilin yigit” Otabek – toshkentlik. U Marg‘ilonda avval

bo‘lmagan Abdulla Qodiriy romanining eng qiziqarli sahifalari

Otabek va Kumushning ilk uchrashuvi tasviridan boshlanadi.

Syujetning boshqa o‘rinlarida ham ushbu uchrashuv eslatilib,

Otabek va Kumushning ruhiy holati, kayfiyati ko‘rsatiladi. Adib bu

ikki adabiy qahramoni timsolida inson tabiatining sirli jumbog‘iga

e’tibor qaratib, bu g‘aroyib olamning maftunkor manzaralarini

mahorat bilan chizib ko‘rsatadi. Otabek va Kumush timsolida inson

olamining alomat, g‘aroyib jumbog‘i ta’sirchan gavdalantirilgani bois

17

Adabiy qahramon obrazi


background image

“O‘tkan kunlar” romani, u asosida yaratilgan film, spektakllar, qancha

yillar o‘tsa-da, kishilarni maftun etib keladi. Aslida ham insonning

qalbida muhabbat hissi to‘satdan, kutilmaganda tug‘iladi. Mohiyati

saralash, tanlashdan iborat bu sirli jarayonda yigit va qizning qiyofa-

ko‘rinishi bir-biriga barcha omillardan ko‘ra ko‘proq ahamiyat kasb

etadi. Abdulla Qodiriy qahramonlari obrazini yaratishda inson

ruhiyatining ana shu jihatiga e’tibor qaratib, Otabek va Kumushning

portretini bir necha o‘rinda chizib ko‘rsatadi. Adib Kumush va Otabek

bir-birini gap-so‘zi, kiyim-libosi yoki biror bir ko‘mak, yordam

ko‘rsatgani uchun emas, balki, yuz-ko‘zi, qomatining chiroyliligi

bilan maftun etgani romanning ko‘p o‘rinlarida ta’kidlaydi. Inson

tabiatining bu jihati xususida Xose Ortega-i-Gasset: “Nigohi xushro‘y

raftorga tushgani hamono hissiyoti jo‘shqin yigit dastlab mahliyo

bo‘ladi. Mahliyolik g‘alayoni natijasida ilk bezovtalik – unga ixtiyorsiz

talpinish sodir bo‘ladi. Bu shunchalik g‘ayriixtiyoriy va g‘ayrishuuriy

munosabatki, hatto, din ham uni gunoh deb e’tirof etishga jur’at

qilmagan” deydi [Gasset. 2008, 138].

Kishilar bir-birida dastlab qanday taassurot qoldirsa, u

ko‘pincha o‘zgarishsiz qoladi. Adabiyotda inson obrazini gav-

dalantirishda ham aksariyat hollarda shu haqiqatdan kelib

chiqiladi. Shuning uchun ko‘pgina asarlarda adabiy qahramonlar ilk

uchrashganda bir-birida qanday munosabat uyg‘otsa, shu taassurot

ularning keyingi aloqasini belgilab beradi. Bu adabiy asarda zamon

va makonga badiiy tus berilib, uning ixchamlashtirilishi, vaqt, masofa

kabilarning maqsadga muvofiq tarzda siqishtirilishidan ham kelib

chiqadi. Qadimiy ertak, dostonlarda ham, milliy adabiyot mumtoz

asarlarida ham shu narsa yaqqol seziladi. “O‘tkan kunlar” romani

qahramonlari Otabek va Homid ilk duch kelgan paytdayoq bir-birini

yoqtirmaydi. Otabek: “Oladigan xotiningiz sizga muvofiq bo‘lishi

barobarida, er ham xotinga muvofiq bo‘lsin” desa, Homid “Xotiniga

muvofiq bo‘lish va bo‘lmaslikning uncha keragi yo‘q. Xotinlarga “er”

degan ismning o‘zi kifoya...” [Qodiriy 1974, 11] deb e’tiroz bildiradi.

Ular orasidagi qarama-qarshilik shu tarzda boshlanadi.

Kutilmagan uchrashuvlar kishilar hayotida hal qiluvchi

omilga aylanishi Abdulla Qahhorning “Sarob” romanida ham

ko‘rsatiladi. “O‘tkan kunlar” asari syujetining ayrim o‘rinlarida

ertak, dostonlarga xos tasodiflar sezilsa, Abdulla Qahhor romanidagi

tasodiflar hayot haqiqatiga aynan mos keladi. Ya’ni “Sarob”da

qahramonlarning bir-biri bilan tanishuvi, o‘zaro munosabatlari aniq,

ishonarli hayotiy voqealar asosida ko‘rsatilib, ularning ichki olami,

ruhiy kechinmalarini ma’lum qilish orqali mantiqiy asoslanadi.

18

Abdulla ULUG‘OV


background image

“Sarob”ning bosh qahramonlari Rahimjon Saidiy va Munisxonning

ilk uchrashuvi ham Otabek bilan Kumushning bir-biriga duch

kelishi singari tasodifan ro‘y beradi. Bu kutilmagan to‘qnashuv

Saidiy bilan Munisxonni beixtiyor bir-biriga yaqinlashtiradi. “Sarob”

romanida qahramonlarning bir-biriga dastlabki duch kelishi: “Qiz

eshik oldiga yuragi betlamayroq keldi, uning qabzasidan ushlab

asta tortishi naryoqdan birovning qattiq itargan paytiga to‘g‘ri

keldi: eshik oyog‘ining uchiga tegib qopchigandan so‘ng chetlanib,

ichkaridan chiqqan yigitga yo‘l berdi. Yigit darrov butun vujudi

bilan taassuf bildirib, afv so‘radi. Kiyimidan yigit ko‘proq studentga

o‘xshar edi. U eshik yonida parishon turgan qizga yana bir qaradi-

da, salmoqli qadam tashlab, zalning to‘riga tomon yurdi. Qiz qiya

qolgan eshikni sekin zichladi-da, yigitning ketidan qarab qoldi; keyin

o‘ng‘aysizlana-o‘ng‘aysizlana uning orqasidan ketdi... Qiz Saidiydan

o‘z ishiga doir ko‘p ma’lumotlar umidvor, ammo so‘ramasdi. Saidiy

esa undan nima umidvor ekanini o‘zi ham bilmas, ammo uning umid

qilgan narsasinigina emas, butun olamni berib, hech narsa talab

qilmaydigan bir holatda edi... Vujudi mo‘jiza, har bir so‘zi, harakati

hayotga chaqirib turgan shu qizga hamdard bo‘lish uchun u har

narsaga tayyor edi... Qizning lab tishlab, bosh chayqashi uning ko‘z

oldidan, mayin tovushi qulog‘idan ketmas edi. Uning boshidagi fikrlar

aralash-quralash bo‘lib ketdi; bularning ichidan birortasini ajratib

olsa, o‘sha ham xayolga aylanib ketar edi: “Shu qizning boshiga bir

falokat tushsa-da, qutqaradigan kishi yagona men bo‘lsam”, der edi”

[Qahhor. 1987, 34-335] deb tasvirlanadi.

Inson tabiatining bu sirli jumbog‘i har bir asarda o‘ziga xos

tarzda talqin etiladi. “Sarob” romanida ham xuddi Abdulla Qodiriy

asaridagi singari kishilarni hamisha qiziqtiradigan shu hodisaga

e’tibor qaratiladi. Lekin Abdulla Qahhor inson tabiatidagi bu

tilsimni “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlaridan farqli

tarzda yangi zamon, yangicha munosabatlar fonida ko‘rsatadi.

Abdulla Qodiriy qahramonlari timsolida xonlar zamonidagi odamlar

tasvirlansa, “Sarob”da XX asr 20-30-yillaridagi ijtimoiy o‘zgarishlar,

shu davr kishilari o‘rtasidagi munosabatlari xususida so‘z yuritiladi.

“O‘tkan kunlar”da Otabek va Kumush, “Mehrobdan chayon”da

Anvar va Ra’no muhabbati barcha voqealarni o‘zaro bog‘lab tursa,

“Sarob” romanida Saidiy va Munisxon o‘rtasidagi munosabatlar

syujet zanjirini tutashtiruvchi zarur halqa sanaladi. Abdulla Qahhor

ham xuddi “O‘tkan kunlar” muallifi singari kishida muhabbat hissi

kutilmaganda paydo bo‘lishini ta’kidlaydi va bu holatni Saidiy

va Munisxonning ruhiy kechinmalari asosida ko‘rsatadi. Artur

19

Adabiy qahramon obrazi


background image

Shopengauer sevgi hissiyoti sirlari xususida so‘z yuritar ekan: “Sevib

qolish uchun ko‘p vaqt kerak emas, fikr yuritib, tanlab o‘tirish ham

shart emas, faqat birinchi ko‘rishdayoq nigohida o‘zaro munosiblik,

hamdardlik paydo bo‘lishi zarur... Sevgi yovuz iblis kabi hamma

narsani ostin-ustun qiladi, chalkashtiradi, qulatadi... Sevgi eng

muhim ishlar va hodisalarga salbiy ta’sir qiladi, har soatda eng

jiddiy mashg‘ulotlardan uzib qo‘yadi” [Shopengauer. 2008, 191]

deydi. Adabiyotdagi aksariyat asarlarni, jumladan, “O‘tkan kunlar”,

“Mehrobdan chayon” va “Sarob” romanlarini kishilarga boshqa

barcha narsalardan ko‘ra kuchli ta’sir qiladigan, ularni turli holatlarga

soladigan muhabbat mavzusi o‘zaro birlashtirib turadi. Ularda

sevgi zavqi inson ruhining yashirin jumbog‘i, anglab bo‘lmas tilsimi

ekanligi ko‘rsatiladi. “O‘tkan kunlar” ham, “Sarob” romanida ham

adabiy qahramonlar xarakteri to‘satdan sodir bo‘ladigan voqealar

jarayonida namoyon bo‘ladi. Kutilmaganda yuz bergan uchrashuv

ularning bir me’yorda sokin kechayotgan hayot tarzini o‘zgartirib

yuboradi. Ular bunday paytda qarama-qarshi o‘y-kechinmalar

girdobiga tushib qolishadi, ikkilanishadi, favqulodda shijoat, jasorat

ham ko‘rsatishadi. Chunki ular tushib qolgan vaziyat shuni taqozo

qiladi. Bu keskin, kutilmagan harakatlarda ularning yashirin ichki

olami ochiladi.

Tasodifiylar qahramonlar xarakterining yangi qirralarini

ochib berishi “O‘tkan kunlar” romanida ham yorqin ko‘rinadi. Asar

qahramoni Kumush urf-odatlar iskanjasida, to‘rt devor ichida

yashaydi va u buni tabiiy hol deb biladi. Lekin eri va otasi tuhmat

tufayli zindonga tushganida tasodifan Otabekka yuborilgan maktubni

topib olgach, daf’atan dadil harakat qilib, ularni o‘limdan saqlab

qoladi. Asarning ayni o‘rnida adib ertak, dostonlarga xos yo‘l tutadi.

Kumush Otabekning eski kamzuli cho‘ntagidan maktub topib oladi.

Maktubda Otabek va qutidorning oqlanishiga asos bo‘la oladigan

mulohazalar bayon qilingan edi. O‘quvchi eskigina paranjiga o‘ranib,

hayajon va entikish bilan qo‘rboshi mahkamasiga kirib kelgan

Kumushning favqulodda shijoatidan beixtiyor mamnun bo‘lib ketadi.

Romanda qayd etilganidek, adabiy qahramonni “najot farishtasi”

sifatida namoyon qiladigan ushbu badiiy shartlilik kitobxonga malol

kelmaydi. Abdulla Qodiriy tarixiy mavzudagi har ikkala romanida

badiiy shartlilikdan samarali foydalanadi. U qahramonlar o‘rtasidagi

to‘qnashuv eng keskinlashgan vaziyatlarda syujet yo‘nalishida badiiy

shartlilik asosida zarur burilishlar hosil qilib, uning keyingi rivojini

ta’minlashga erishadi. Shu boisdan muallifning real voqelikni

bunday aylanib o‘tishi jiddiy e’tiroz uyg‘otmaydi. Aslida ham hech bir

20

Abdulla ULUG‘OV


background image

adabiy asarda real voqelik o‘z holicha gavdalantirilmaydi. Aksariyat

asarlarda hayot voqeligidan chekinish orqali syujet yo‘nalishida

yangi tarmoqlar hosil qilinadi. Badiiy shartlilik asosida yaratiladigan

bunday burilishlar ko‘proq qahramonlar xarakterining yangi

qirralarini ko‘rsatish maqsadida qilinadi. Rabindranat Thokurning

“Halokat” romani qahramoni Kamola ham xuddi “O‘tkan kunlar”

qahramoni Kumush singari urf-odatlarga qat’iy amal qiladi. To‘y kuni

tasodifan daryoda ro‘y bergan to‘fon tufayli uning taqdiri tamoman

chalkashib ketadi. Kamola uni daryo qirg‘og‘ida hushsiz topib olgan

Romeshni eri deb bilib, u bilan yashay boshlaydi. Romeshning

qismati ham Kamolaniki singari chalkash. Kamola tasodifan

Romeshning sevgan qizi Xemnoliniga yozgan maktubni ko‘rib qoladi

va asl haqiqatni bilib, uydan chiqib ketadi. Chunki hindlarning

qadimiy urf-odatlariga ko‘ra, xotin kishining begona kimsa bilan

hamxona bo‘lishi sharmandalik hisoblanadi va bundan so‘ng erining

uyi eshiklari bu ayol uchun abadiy berkiladi. Shuning uchun Kamola

o‘zini o‘ldirishga ahd qiladi. Lekin yana tasodif uni omon saqlab

qoladi va eri bilan duch keltiradi. “O‘tkan kunlar” qahramoni Otabek

ham tasodif tufayli o‘zining dushmanlarini bilib, ularning mash’um

rejasidan voqif bo‘ladi. Otabekning oshiq bo‘lganligini Hasanali

ham tasodifan bilib qoladi. Lekin Rabindranat Thakur yoki Abdulla

Qodiriy romanlarida qahramonlar o‘rtasidagi munosabat detektiv

asarlardagi kabi taassurot tug‘dirmaydi. Sarguzasht-dedektiv

asarlarda kutilmaganda yuz beradigan uchrashuv, to‘qnashuvlar

voqealarning keskinlashishi, shiddatli tus olishini ta’minlaydi.

“O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlarida esa tasodiflar

qahramonlar xarakteri qirralarining yangi jihatlarini ko‘rsatishga

xizmat qiladi.

Kutilmaganda sodir bo‘lgan voqealar tufayli kishilarning bir

maromda kechayotgan turmush tarzi o‘zgaradi va ular o‘z hayoti,

kechmish-kechirmishlari haqida o‘ylashga, mushohada yuritishga

majbur bo‘ladi. Bunday paytda odam o‘zini o‘zi sud qilib, u ham savol

beruvchi, ham javob beruvchiga aylanadi va o‘zidan hech narsani

yashirolmasligidan qiynaladi. “Jinoyat va jazo”, “Telba” singari

asarlarda inson obrazini gavdalantirishda ana shu jarayon diqqat

markaziga qo‘yiladi. Fyodor Dostoyevskiyning ushbu asarlaridagi

qahramonlarning o‘z-o‘zi bilan kurashi ko‘rsatilgan o‘rinlar

kitobxonlarning o‘zi haqidagi, umuman, inson murakkab tilsim

ekanligi xususidagi, har bir kishining hayoti qarama-qarshiliklarga

to‘la bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurini teranlashtiradi. “O‘tkan kunlar”,

“Mehrobdan chayon”, “Kecha va kunduz”, “Sarob”, “Ulug‘bek xazinasi”,

21

Adabiy qahramon obrazi


background image

“Ko‘hna dunyo” singari o‘zbek adabiyoti namunalari ham ayni shu

jihati bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.

Adabiy qahramonlar timsolida insonning ichki dunyosini

ochish, uning ziddiyatli o‘y-mushohadalarini ko‘rsatishda kutil-

maganda ro‘y beradigan tasodiflar o‘ziga xos “ochqich” vazifasini

bajarishi hayot haqiqatiga har jihatdan to‘g‘ri keladi. Chunki to‘satdan

sodir bo‘ladigan voqealar kishilarni sergak torttirib, faol bo‘lishga

majbur qiladi. O‘sha paytda odam ma’lum fursat dovdiraganday

bo‘ladi-yu, so‘ng zudlik bilan muammoni hal qilish choralarini

izlashga tushib ketadi. Kutilmagan tasodifiy voqealar ro‘y berganda

hech kim qo‘l qovushtirib, hech narsa haqida o‘ylamasdan jimgina

o‘tirolmaydi. Chunki tasodiflar hamisha kishilarning odatdagidan

chuqurroq fikr yuritishi, harakat qilishi, intilishi uchun turtki

beradi. Adabiy qahramonlar obrazini gavdalantirishda ana shu

haqiqatdan kelib chiqiladi. Tasodiflar adabiy qahramonlar hayotida

burilishlar yasaydi. “O‘tkan kunlar” romanida sirli ariq bo‘yida

tasodifiy uchrashuv bo‘lmaganida Otabek bilan Kumush bir-biriga

duch kelmasdi. Roman syujetidagi barcha voqealar qahramonlar

o‘rtasidagi shu tasodif tufayli boshlanadi. “Alpomish” dostonida

ham Qaldirg‘och Barchin yuborgan maktubni sandiqdan tasodifan

topib olmaganida va akasiga ta’na-malomat so‘zlar aytib, yo‘lga

solmaganida, Alpomish qalmoqlar yurtiga bormas, Qorajonday

qadrdon do‘st topolmas, Ko‘kaldosh singari pahlavonlarni yengib,

Barchinga uylanib, bo‘linib ketgan elni birlashtirolmas edi. Alpomish

Barchinning: “Oltoychalik yo‘lga keldim, to‘qson alpda toy-talashda

qoldim, olti oyga muhlat oldim, mendan umidi bo‘lsa, Alpomish

kelsin, kelmasa, javobimni bersin”, deb yozgan xatini o‘qib ko‘rib:

“Oltoychalik yo‘l bo‘lsa, qalmoqning elida bo‘lsa, zo‘r yovning qo‘lida

bo‘lsa, bir xotin olamiz, deb sandirab o‘lamizmi”, deb xatni tizzasining

ostiga bosib o‘tirib oladi [Alpomish 1999, 122]. Qaldirg‘och:

Har kim o‘z elida bekmi, to‘rami,

Nar-modalar sendan kamroq bo‘lami,

Mardning yori toy-talashda qolami?

deb achchiq-achchiq so‘zlar aytganidan keyin u o‘zini o‘nglab, yo‘lga

tushadi.

“Xamsa” dostonlari qahramonlari taqdirida ham tasodiflar

muhim o‘rinda tutadi. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dos-

tonida ham bu aniq ko‘rinadi. Hoqon shahzoda Farhodni saltanat

xazinasiga olib kiradi. Farhod son-sanoqsiz boyliklar orasida billur-

dan yasalgan g‘aroyib sandiqni ko‘rib qoladi. U sandiq sirini bilishga

qiziqib, qulfni ochishlarini buyuradi. Hoqon: “Bu sandiqning kaliti

22

Abdulla ULUG‘OV


background image

yo‘q” desa ham Farhod:

Har ishki qilmish odamizod,

Tafakkur birla bilmish odamizod

[Navoiy 2006, 88].

deb qattiq turib oladi. Sandiqni ochishsa, undan quyosh yanglig‘

ko‘zgu chiqadi. Ko‘zgu orqasiga kim unga boqsa, o‘zining kelajakdagi

hayotini ko‘rishi yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Farhod ko‘zguga qarab,

o‘z qismatini bilib oladi... Agar hoqon o‘g‘li Farhodni xursand

qilish uchun xazinaga olib kirmaganida, u sirli sandiqni ko‘rmas

edi. Farhodning otasi voqealarning bu tarzda kechishini bilganida,

tabiiyki, aslo o‘g‘liga xazinani ko‘rsatmas edi. Tasodif hoqonni ojiz

qoldirib, Farhodni tahlikaga to‘la taqdir yo‘liga boshlaydi.

“Iliyada” va “Odisseya”, “Ramayana” va “Mahobxorat”,

“Alpomish” va “Manas”, “Zanjirband Prometey” va “Shoh Edip”, “Shoh-

noma” va “Xamsa”lar, “Ilohiy komediya” va “Faust” singari o‘tkir

dramatik syujetli asarlar adabiyotda azaldan insonning ta’sirchan

obrazini yaratishga intilish kuchli bo‘lganidan, buning uchun

tasodiflar muhim asos qilib olinganidan dalolat beradi. Aslida ham

kishilar borliqdagi barcha narsalardan ko‘ra bir-birlaridan ko‘proq

ta’sirlanishadi va ularni ko‘pincha tasodiflar o‘zaro yaqinlashtiradi.

Shu boisdan inson obrazi san’atning barcha turlaridan ko‘ra

adabiyotda mukammal aks etadi. U o‘zining ko‘p qirraliligi:

muayyan zamon va makonda harakat jarayonida ko‘rsatilishi,

qiyofa-ko‘rinishining turli taqqoslar asosida tasvirlanishi, muloqot,

munosabatlarning ma’lum qilinishi bilan doimo diqqatni jalb qiladi.

Inson obrazi ta’sirchan aks ettirilgan aksariyat asarlarda

syujet tizimidagi tugun kutilmagan tasodiflarni ma’lum qilish bilan

boshlanadi va aynan ular “sahna”ga turli qahramonlarni olib chiqadi

hamda asosiy qahramonlarning o‘ziga xos xarakteri xususiyatlari

ochilishiga imkoniyat yaratadi. Tasodiflarning bu kabi ahamiyatli

jihatlari folklor asarlarida ham, turli janrdagi zamonaviy asarlarda

ham yaqqol seziladi. Tasodiflarning adabiy qahramonlar timsolida

insonning tashqi va ichki dunyosini namoyish qilishdagi eng muhim

jihati ularning turli ziddiyat, to‘qnashuvlarni boshlab berishida

namoyon bo‘ladi. Hayotda ham kishilarning boshqalar va o‘z-o‘zi

bilan munozarasi o‘z-o‘zidan emas, kutilmagan turli tasodiflar

tufayli ro‘y beradi. Kutilmaganda sodir bo‘lgan momaqaldiroq,

chaqmoq, dovul kabi tabiat hodisalarini kuzatish ham kishilarda

turli mushohadalar tug‘diradi va xayol-tasavvurda turli shakl-

shamoyillar hosil qiladi.

Adabiy qahramonlarning turli vaziyatdagi qiyofa-

ko‘rinishi, o‘y-mushohadalari, urinish, intilishlari kitobxonlar,

23

Adabiy qahramon obrazi


background image

tomoshabinlarning inson olami to‘g‘risidagi, hayot chigalliklari

haqidagi tasavvurini teranlashtirib, ularning o‘z-o‘zini va bir-birini

bilib olishi, anglashi uchun o‘ziga xos vositaga aylanadi. Garchi har bir

badiiy asar o‘z davriga, o‘z xalqiga, muayyan muhitga daxldor sanalsa-

da, ulardagi turfa xil adabiy qahramonlar hamisha boshqalar qalbi

va ongu tafakkuriga ta’sir etadi. Bunga makon va zamon to‘sqinlik

qilolmaydi. Chunki “Iliada”, “Odisseya”, “Ramayana”, “Mahobxorat”,

“Alpomish”dagi qahramonlarning yoki Shoh Edipning kechmish-

kechirmishlari, iztiroblari, o‘y-kechinmalari bugungi axborot asri

odamlarini ham befarq qoldirmayotgani yoki Fyodor Dostoyevskiy

kabi adiblar asarlariga qiziqish tobora ortib borayotgani, ayni asarlar

asosida film, spektakllar, tasviriy san’at asarlari yaratilayotgani

shundan dalolat beradi. Chunki insoniyat hayoti hamisha muhabbat

va nafrat, havas va hasad, quvonch va qayg‘u bilan kechadi. Adabiy

qahramonlar timsolida inson obrazini gavdalantirish orqali

hayotning mana shu mangu jumbog‘i ko‘rsatiladi.

Adabiy qahramonlar ijodkor uchun hayot to‘g‘risidagi mu-

shohadalarini bildirish vositasi sanaladi. U turli dunyoqarashga ega

qahramonlar yaratish orqali o‘zining Odam va olam to‘g‘risidagi

o‘y-kechinmalarini, ijtimoiy o‘zgarishlarga munosabatini bildiradi.

Buning uchun u turli hayot hodisalarini qalamga olib, har xil

odamlarni ko‘rsatadi. “Xamsa” dostonlari, Shekspir tragediyalaridagi

har bir qahramonda hayotdagi turfa xil kishilarning qiyofasi, xarakteri

aks etadi. Yoki Abdulla Qodiriy romanlari, Abdulla Qahhor hikoyalari,

Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna dunyo”sidagi

qahramonlarning o‘zaro munosabatlarida ham hayotning turfa

xil ziddiyatlarga to‘la manzarasi gavdalantiriladi. Odam tevarak-

atrofidagi turli voqealardan, boshqalarning boshiga tushgan baxtli-

baxtsiz hodisalardan beixtiyor ta’sirlanadi. Adabiy qahramonlar ham

o‘zining kechmish-kechirmishlari, o‘y-mushohadalari, o‘zaro bahs-

munozaralari bilan kishining ong-tafakkuri, hissiyotlariga ta’sir

o‘tkazadi. Har bir ijodkor aynan shuni maqsad qiladi. U qahramonlari

hayotini tasvirlash orqali boshqalarga ta’sir ko‘rsatishga, ularda o‘z

turmushi to‘g‘risida fikr uyg‘otishga intiladi. Shu boisdan Abdurauf

Fitrat: “Adabiyot – fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqunlarni so‘zlar, gaplar

yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqunlarni

yaratmoqdir” [Fitrat. 2006, 13] deydi.

Asarlarda adabiy qahramonlarning kechmish-kechirmishlari,

o‘zaro munosabatlari misolida kishilarning fe’l-atvori, insoniy

fazilatlari va takabburlik, ta’magirlik, maishatparastlik singari

odamni halokatga eltuvchi illatlar xususida so‘z yuritiladi. “Hamlet”,

24

Abdulla ULUG‘OV


background image

“Jinoyat va jazo”, “Anna Karenina” singari asarlar bunga misol bo‘la

oladi. Bu asarlarda har bir kishi o‘zining qilmishlari uchun, albatta,

javob berishiga to‘g‘ri kelishi, hech bir qabihlik fosh bo‘lmasdan

qolmasligi ta’kidlanadi.

Inson obrazi adabiyotda azaldan romantizm va realizm

ijodiy uslubida yaratib kelinadi. Boshqa barcha ijodiy uslub,

yo‘nalishlarning zaminida adabiyotdagi ana shu ikki an’anaviy

ijodiy uslub turadi. Inson obrazini gavdalantirishda Sharq mumtoz

adabiyotida romantizm, G‘arb klassik adabiyotida esa realizm

uslubi ustunlik qiladi. Chunki Sharqda adabiyot azaldan o‘zida

falsafa, din va tasavvuf, axloq kabilarni mujassam etgan. Shuning

uchun Firdavsiy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy singari mutafakkirlar

Rustam, Farhod kabi romantik qahramonlar obrazini yaratib, ularda

xalqning orzu-armonlari, ezgulikka intilishini ifodalagan. Navoiy

“Xamsa”sidagi aksariyat qahramonlar obrazi romantik bo‘yoqlarda

gavdalantirilgan. Ularda ulug‘ shoirning asl inson – komil inson

to‘g‘risidagi tasavvuri ifodalangan. “Xo‘rlangan va haqoratlanganlar”,

“Jinoyat va jazo”, “Telba” (F.Dostoyevskiy) kabi asarlar qahramonlari

qiyofasida esa insonning asl holati – hayotdagi qiyofasi aks ettirilib,

har bir odam tilsim, jumboq ekanligi ko‘rsatilgan.

Asarlarda inson timsoli – adabiy qahramonlar uch xil

ko‘rinishda: asosiy, yondosh va epizodik qahramon sifatida

gavdalantiriladi. Asosiy qahramon qalamga olinayotgan voqealar

markazida turadi. Epik va drama turidagi asarlarda syujetning

barcha tarmoqlari asosiy qahramon faoliyati orqali o‘zaro

tutashadi. “Alpomish”da Alpomish, “Shohnoma”da Rustam, “Farhod

va Shirin”da Farhod, “Saddi Iskandariy”da Iskandar, “O‘tkan

kunlar”da Otabek, “O‘g‘ri”da Qobil bobo asosiy qahramon sanaladi.

Asosiy qahramon xarakteri yondosh va epizodik qahramonlarga

qaraganda kengroq yoritiladi. Yondosh va epizodik qahramonlar

asosiy qahramon obrazini yorqin ko‘rsatishda zarur vosita, muhim

omil vazifasini bajaradi. “O‘tkan kunlar” romanida Otabek asosiy

qahramon, Yusufbek hoji, O‘zbek oyim, Homid, Hasanali kabilar

yondosh qahramon, To‘ybeka, Ali, To‘la aka esa epizodik qahramon-

dir. Asarda ular o‘zaro birlashib, inson olami murakkabliklari

to‘g‘risida tasavvur beradi. Hayotda ham kishilar qiyofasi, xatti-

harakatlari, ijtimoiy ahvoli, aql-tafakkur darajasi jihatidan bir-

biridan farq qiladi. Kishilarning ramzi – adabiy qahramonlar ham

shunday. Qahramonlarni asardagi ahamiyati, syujetdagi o‘rniga ko‘ra

quyidagicha tasniflash mumkin: ularning ayrimi syujet markazida

turib, diqqatni jalb qiladi; ba’zilari bu jihatdan, ikkinchi darajali o‘rin

25

Adabiy qahramon obrazi


background image

tutadi; yana bir xillari voqealar “sahna”sida goh-gohida paydo bo‘lib

qoladi; ayrimlari esa bor-yo‘g‘i bir ko‘rinib ketadi, xolos. Muayyan

syujetga asoslangan asarlarda qahramonlar aynan shu tarzda

namoyon bo‘ladi.

Adabiy qahramonlarning turli muammolar to‘g‘risidagi

mushohadalari, ularning o‘zaro bahs-munozaralari kishilarning

fikrlash qobiliyatini kengaytirib, dunyoqarashini boyitadi. Ularning

turli to‘siqlarga duch kelib, har xil ko‘rguliklarni boshidan kechirishi

xotiraga muhrlanib, unutilmas saboqqa aylanadi. Odam biror

muammoga duch kelganida beixtiyor yo‘l izlay boshlaydi. Xotirasida

shu masalaga daxldor eshitgan, o‘qigan, ko‘rgan voqealari jonlanadi.

Tabiiyki, hayotda bo‘lgani singari xayolda namoyon bo‘lgan voqealar

markazida ham odamlar turadi. Tasavvur oynasida ko‘ringan

hodisalarda ham kishilar ishtirok etadi. Adabiy qahramonlar

ham xuddi turmushning o‘zidagidek muhabbat, nafrat, xiyonat,

hasad kabi muammolarga duch keladi. Shuning uchun ular xayol-

tasavvurda bamisoli hayotdagi odamlar kabi ko‘rinadi. Xayol-

tasavvur qilish odamzodning tabiatiga singib, xuddi nafas olishdek

vujudining zaruriy ehtiyojiga aylanib ketgan. Inson savollar ketma-

ketligi asosida mushohada yuritadi. Uning tafakkur jarayoni uzluksiz

savollar “zanjir”idan iborat. Shu boisdan kishilar hissiyotlaridagi

o‘zgarishlarga xayol-tasavvurda namoyon bo‘ladigan voqealar va

ulardagi odamlar, binobarin, adabiy qahramonlar ham muayyan

darajada ta’sir ko‘rsatadi. Kitob mutolaa qilishdan maroqlanadigan

ma’rifatli kishilar bilan kitob o‘qishga hafsalasiz odamlarning xatti-

harakati, fe’l-atvori o‘rtasida jiddiy tafovut mavjudligi shundan

dalolat beradi.

Badiiy asarlardagi adabiy qahramonlar obrazi to‘g‘risida

quyidagicha xulosalar chiqarish mumkin:

1. Adabiy qahramon badiiy adabiyotdagi inson timsolidir.

Adabiy qahramonda inson obrazi gavdalantirilib, uning muayyan

makon va zamondagi xatti-harakati, qiyofasi, muloqoti ko‘rsatiladi.

Inson obrazini adabiy qahramon sifatida gavdalantirishda

uzoq asrlik yo‘l bosib o‘tilgan. Insoniyatning badiiy tafakkuri dastlab

kishilar hayotini, ularning kechmish-kechirmishlarini hikoya qilish,

naql etishdan boshlangan. Zamonlar o‘tishi bilan afsona, rivoyat, er-

tak, dostonlarda kishilarning hayotdagi o‘xshash va ulardan farqli

turli obrazlari paydo bo‘lgan.

2. Folklor va yozma adabiyot namunalari, romantizm va

realizm yo‘nalishidagi turli asarlar shuni ko‘rsatadiki, insonning

adabiy qahramon sifatidagi timsolini yaratishda, kishilar hayotini

26

Abdulla ULUG‘OV


background image

27

Adabiy qahramon obrazi

aks ettirishda oddiy bayon etish (ertak, doston)dan plastik tasvirlash

(F.Dostoyevskiy, O.Balzak, Stendal, R.Thakur va boshqa adiblar

asarlari)ga tadrijiy tarzda erishilgan. Barcha xalqlar adabiyoti tarixi

shundan dalolat beradi.

3. Xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot mumtoz namunala-

ridagi adabiy qahramonlar obrazida kishilarning orzu-umidlari,

ezgulikka intilishi ifodalangan. “Shohnoma”, “Alpomish”, “Xamsa”

dostonlari shunday asarlar sirasiga kiradi. Xalq dahosi yaratgan va

ulug‘ ijodkorlarning qalb haroratiga yo‘g‘rilgan adabiy qahramonlar

kishilarning ezgulikka ishonchini kuchaytirgan.

4. Adabiy qahramonlar xatti-harakatida kishilarga xos

xususiyatlar o‘ziga xos tarzda ko‘rsatiladi. Kishilarning hayot

tarzi, tarjimai holi adabiy qahramonlarga aynan ko‘chirilmaydi.

Ularning kechmish-kechirmishlari zamon va makon jihatidan

ixchamlashtirilib, umumlashtiriladi.

5. Inson obrazini ko‘rsatishda janrlar bir-biridan farq qila-

di. Bu ularning hayot voqeligini qamrashidan kelib chiqadi. Kichik

she’riy asar (g‘azal, ruboiy kabi) lirik qahramon kechinmalarida

insonning ma’lum bir paytdagi kayfiyati, ruhiy holati ko‘rsatiladi.

Hikoyada muayyan voqea orqali kishilar xarakteriga xos muhim bir

jihatga etibor qaratiladi. Roman, qissa, doston, drama, komediya,

tragediyada bir-biri bilan bog‘langan turli voqealar orqali

qahramonlar fe’l-atvorining turli jihatlari ochib beriladi.

6. Adabiy qahramonlar asardagi o‘rni, syujetdagi ishtirokiga

ko‘ra, bir-biridan ajralib turadi. She’riy asarda shoir asosiy

qahramon sanaladi va u adabiyotshunoslikda “lirik qahramon”

deb yuritiladi. Afsona, rivoyat, ertak, doston, roman, qissa, hikoya

kabi voqeaband asarlarda qahramonlar voqealardagi ishtiroki,

syujetdagi o‘rniga ko‘ra, bir-biridan ajralib turadi va asosiy,

yondosh va epizodik qahramonlarga bo‘linadi. Asosiy qahramon

“bosh qahramon” deb ham yuritiladi va u syujet markazida turadi.

Barcha voqealar uning atrofida kechadi. Har bir asarda bitta yoki

ikkita asosiy qahramon bo‘ladi. Yondosh qahramonlar voqealardagi

ishtiroki jihatidan asosiy qahramondan quyida turadi. Yondosh

qahramonlar har bir asardan bir nechta bo‘lgani holda, fe’l-atvori,

dunyoqarashi jihatidan bir-biridan jiddiy farq qiladi. Yondosh

qahramonlar asosiy qahramon xarakterini ochishga xizmat qiladi.

Shuning uchun ko‘pincha ular fe’l-atvorining bir jihati yoritiladi.

Epizodik qahramonlar “sahna”da bir-ikki marta ko‘rinadi. Ular

syujetda, asosan, tutashtiruvchi “halqa” vazifasini bajaradi. “O‘tkan

kunlar” romanida Otabek asosiy, Hasanali, O‘zbek oyim, Yusufbek


background image

28

Abdulla ULUG‘OV

hoji, Homid kabilar yondosh, To‘ybeka, qovoq devona, Ali epizodik

qahramon sanaladi.

1.

Adabiy qahramonlar obrazini yaratishda tasodifiy voqealar

muhim o‘rin tutadi. Syujetda “birdan”, “kutilmaganda”, “tasodifan”,

“shu payt” deya burilishlar hosil qilinadi va voqealar jarayoniga yangi

qahramonlar olib kiriladi. Aksariyat asarlarda dastlab ularning ismi

aytilib, qiyofasi tasvirlanadi. Keyin ular voqealar oqimiga qo‘shilib,

syujet yo‘nalishi tarmoqlanib kengayadi.

2.

Folklor asarlari va ma’rifiy didaktik xarakterdagi asarlarda

qahramonlar faoliyati bayon etiladi. Ular xarakteri mantiqiga ko‘ra

emas, muallif maqsadiga muvofiq harakat qiladi. Bu o‘sha asarda

muayyan g‘oyaning ilgari surilishidan kelib chiqadi. Har bir qahra-

mon o‘zida ma’lum bir g‘oyani mujassamlashtiradi. Bu, ayniqsa,

asosiy qahramon obrazida aniq namoyon bo‘ladi.

3.

Adabiyotning san’at turi sifatidagi xususiyati va uning

ijtimoiy tabiati adabiy qahramonlarda ko‘rinadi. Asarlarda

qahramonlar qiyofasi, ular harakat qilayotgan zamon va makonning

nafis (plastik) tasvirlanishi adabiyotning san’at turi ekanligi,

qahramonlar muloqoti, xatti-harakati, o‘zaro aloqalari orqali

muayyan hodisalarga munosabatining ifodalanishi esa so‘z san’ati

ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini bildiradi.

4.

Inson dunyosining gavdalantirilishi badiiy asarlarning

ta’sirchanligini ta’minlaydigan eng muhim omil sanaladi. Inson

dunyosi esa adabiy qahramonlar obrazida aks ettiriladi. Adabiy

qahramonlar o‘z xatti-harakati, faoliyati orqali kishilar o‘rtasidagi

ma’lum munosabatlarni, hayotdagi ma’lum bir voqelikni

gavdalantiradi.

5.

Badiiy asarlarda qahramonlarning ilk uchrashuviga

ko‘p

e’tibor

qaratiladi.

Ularning

birinchi

marta

duch

kelgan lahzalarini tez-tez eslashi ta’kidlanadi. O‘z kechmishlarini

eslaydigan, tevarak-atrofdagi hodisalarni o‘tmishdagi voqealar

bilan bog‘lab, tahlil qiladigan qahramonlar diqqatni ko‘proq jalb

etadi. Ayni qahramonlar boshqa personajlarga qaraganda ancha

ta’sirchan bo‘ladi. Adabiy qahramonlarning beixtiyor o‘tmishini

eslashi va unda shu paytdagi holatiga daxldor jihatlarni ko‘ra

bilishi hayot haqiqatiga to‘la mos keladi. Chunki xotira kishida

kutilmaganda, daf’atan uyg‘onadi. Odam yillar, oylar, kunlar, soatlarni

emas, lahzalarni eslab qoladi. Lahzalardan iborat xotira “ko‘zgu”sida

mavjud voqelikka aloqador “nuqta”lar ko‘rinadi va ular hissiyot-

larga ta’sir etib, harakatga undaydi, yangicha fikr uyg‘otadi.

6.

Badiiy asarlarda qahramonlarning ruhiy holatini ko‘rsatishga


background image

29

Adabiy qahramon obrazi

keng o‘rin beriladi. Chunki inson obrazini gavdalan-tirishda bu

muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, sevishganlarning holatini

tasvirlashda ularning hissiyotlarini ifodalashga alohida e’tibor

qaratilib, oshiqlarning ruhiyati, kayfiyati, ko‘rinishi, o‘y-xayollarida

jiddiy o‘zgarish bo‘lgani ta’kidlanadi. Haqiqatan ham, kishilar

hissiyotlari ta’sirida turli holatlarga tushadi. Inson tabiatiga xos bu

xususiyat, ayniqsa, bir-birini yoqtirib qolgan yoki o‘rtasida adovat,

nafrat paydo bo‘lgan kishilarning qiyofasi, holatida aniq seziladi.

7.

Ayrim adabiy qahramonlar muayyan prototipga asoslansa-

da, ammo ular hech qachon prototipning ayni nusxasi sanalmaydi.

Chunki har qanday adabiy qahramon ijodkorning muayyan

konsepsiyasini ifodalaydi. Muallif har bir personajga oshkora yoki

yashirin tarzda muayyan munosabatda bo‘ladi. Muallifning adabiy

qahramonga munosabatida asarning janri ham alohida o‘rin tutadi.

Hayot hodisalari haqqoniy aks ettirilgan asarlar bilan hajviy asarlar

taqqoslansa, bu aniq bilinadi. Hajviy asarlarda muallif qahramonlari

qiyofasi, xatti-harakatini ko‘proq kinoya, piching, zaharxanda kulgi

bilan ko‘rsatadi.

8.

Adabiy qahramon obrazida muayyan davr kishilarning

ijtimoiy hayoti, dunyoqarashi, orzu-intilishlari aks etadi. Chunki

adabiy qahramonlar uchun ma’lum bir zamon va makondagi kishilar

turmushi asos qilib olinadi. Ularning tashqi qiyofasi, o‘zaro aloqa,

munosabatlarini ko‘rsatish orqali muayyan hudud kishilarining

o‘tmishi, bugungi hayoti to‘g‘risida fikr bildiriladi.

Adabiyotlar

Абу Наср Форобий. 1993.

Фозил одамлар шаҳри.

224. Тошкент, Абдулла

Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти.

Али бобо ва қирқ қароқчи:

Араб халқ эртаклари.

1990. 336. Тошкент,

Чўлпон.

Алпомиш. 1999.

Ўзбек қаҳрамонлик эпоси.

832. Тошкент, Фан.

Аристотель. 1980.

Поэтика

(Поэзия санъати ҳақида). 152. Адабиёт ва

санъат нашриёти. Тошкент.

Бахтин М.М. 1986.

Литературно-критические статьи.

543. Масква:

Художественная литература.

Гассет Х.О. 2008.

Севги сеҳри.

Жаҳон адабиёти. 2-сон. Тошкент.

Достоевский Ф.М. 1996.

Хўрланган ва ҳақоратланганлар.

400. Роман.

Тошкент, Бадиий адабиёт нашриёти.

Жойс Ж. 2007.

Навқирон санъаткорнинг сийрати.

Жаҳон адабиёти.

3-сон.

Navoiy A. 2006. Farhod va Shirin. 536. Тошкент, G’afur G’ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

Тагор Р. 1965. Асарлар. Саккиз томлик. 8-том. 360. Тошкент, Бадиий

адабиёт нашриёти.


background image

30

Abdulla ULUG‘OV

Фитрат А. 2006. Танланган асарлар. Ж.IV. Дарслик, ўқув қўлланмалари,

илмий мақола ва тадқиқотлар. 336. Тошкент, Маънавият.

Чехов А.П. 1957. Танланган асарлар. Уч томлик. 1-том. 692. Тошкент:

Бадиий адабиёт нашриёти.

Шарқ халқлари эртаклари. 1994. 208. Тошкент, Шарқ.

Шопенгауэр Э. 2008. Севги илоҳиёти. Жаҳон адабиёти. 5-сон.

Қаҳҳор А. 1987. Асарлар. Беш жилдлик. 1-жилд. Сароб: Роман.

Ҳикоялар. 336. Тошкент, Адабиёт ва санъат нашриёти.

Қодирий А. 1974. Ўтган кунлар. Тарихий роман. 400. Тошкент,

Адабиёт ва санъат нашриёти.

Abdulla, U. O. STORIES OF KHAYRIDDIN SULTANOV.

Ulug‘ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF

HISTORY. In

Конференции

.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A

SCHOLARLY LITERARY CRITIC.

Conferencea

, 83-94.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of Research

in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge.

Asian Journal of

Multidimensional Research

,

10

(10), 1270-1274.

Jabborov, N., & Hojieva, S. (2024). Cholpon and World Literary Aesthetic

Thinking. SPAST Reports, 1(1).

The image of a literary hero

Abdulla ULUGOV

1

Abstract

“Literary hero” means, first of all, a human image in works of art.

“Literary hero” is always considered one of the important problems in

literary studies. In works of art, the image of people is shown in the process

of life events, in the world of imagination. They differ from each other

according to their character and behavior. The image of people in poetic,

prose and dramatic works attracts attention with their unique features.

The image of a literary hero is directly connected with many fac-

tors that make up the composition of an artistic work and determine its

plot and composition. In particular, when analyzing the events in the plot

system, when talking about the time and place where the events take place,

when commenting on the purpose of the author and the idea of the work,

of course, attention is paid to the image of the literary hero in the story,

1

Ulugov, Abdulla –

Candidate of philological sciences, professor, Tashkent

State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi.

E-mail:

aulugov@navoiy-uni.uz

;

ulugovabdulla05121960@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-7013-400X

For citation:

Ulukhov, A. 2024. “

The image of a literary hero

”.

U

zbekistan:

Language and Culture. 1 (

2):

4-32.


background image

31

Adabiy qahramon obrazi

short story, novel, drama, comedy, tragedy, epic, legend.

How the highlighted life events are covered is determined by how

the image of the literary hero is embodied. The skill of a writer, poet, dra-

matist as a creator, as well as the level of artistry of a work is evaluated

depending on how the image of a literary hero is reflected in it.

The uniqueness of each work is evident in the image of the literary

hero in it. Not one, but several literary characters move on the “stage” of a

work of art. Depending on the level of their participation in the process of

events, their place in the events of the plot system, they are conventionally

divided into “main character”, “main character”, “secondary character”. The

problem focused in the work connects them with each other. Each of the

literary heroes illuminates a specific aspect of the problem, a certain edge

of the focused problem with his activity. They contribute to the manifesta-

tion of the character traits of the main literary character.

This article discusses how the image of a person is reflected in

works of art.

Key words:

person, main character, secondary character, character,

artistic work, social life, author’s purpose, theme of the work, idea of the

work.

References

Abu Nasr Forobiy. 1993. Fozil odamlar shahri. Abdulla Qodiriy nomidagi

xalq me’rosi nashriyoti. 224. Toshkent.

Ali bobo va qirq qaroqchi: Arab xalq ertaklari. 1990. 336. Toshkent,

Cho‘lpon.

Alpomish. 1999. O‘zbek qahramonlik eposi. 832. Toshkent, Fan.

Aristotel. 1980. Poetika (Poeziya san’ati haqida). 152. Adabiyot va san’at

nashriyoti. Toshkent.

Baxtin M.M. 1986. Literaturno-kriticheskie stati. 543. Maskva, Xudojest-

vennaya literatura.

Gasset X.O. 2008. Sevgi sehri. Jahon adabiyoti. 2-son. Toshkent.

Dostoevskiy F.M. 1996. Xo‘rlangan va haqoratlanganlar. 400. Roman.

Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti.

Joys J. 2007. Navqiron san’atkorning siyrati. Jahon adabiyoti. 3-son.

Navoiy A. 2006. Farhod va Shirin. 536. Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

Tagor R. 1965. Asarlar. Sakkiz tomlik. 8-tom. 360. Toshkent, Badiiy adabiyot

nashriyoti.

Fitrat A. 2006. Tanlangan asarlar. J.IV. Darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy

maqola va tadqiqotlar. 336. Toshkent: Ma’naviyat.

Chexov A.P. 1957. Tanlangan asarlar. Uch tomlik. 1-tom. 692. Toshkent,

Badiiy adabiyot nashriyoti.

Sharq xalqlari ertaklari. 1994. 208. Toshkent: Sharq.

Shopengauer E. 2008. Sevgi ilohiyoti. Jahon adabiyoti. 5-son.

Qahhor A. 1987. Asarlar. Besh jildlik. 1-jild. Sarob: Roman. Hikoyalar. 336.

Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti.


background image

32

Oybarchin ABDULHAKIMOVA

Qodiriy A. 1974. O‘tkan kunlar. Tarixiy roman. 400. Toshkent, Adabiyot va

san’at nashriyoti.

Abdulla, U. O. STORIES OF KHAYRIDDIN SULTANOV.

Ulug‘ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF

HISTORY. In

Конференции

.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A

SCHOLARLY LITERARY CRITIC.

Conferencea

, 83-94.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of Research

in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge.

Asian Journal of

Multidimensional Research

,

10

(10), 1270-1274.

Jabborov, N., & Hojieva, S. (2024). Cholpon and World Literary Aesthetic

Thinking. SPAST Reports, 1(1).

Библиографические ссылки

Абу Наср Форобий. 1993. Фозил одамлар шаҳри. 224. Тошкент, Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти.

Али бобо ва қирқ қароқчи: Арабхалқэртаклари. 1990. 336. Тошкент, Чўлпон.

Алпомиш. 1999. Ўзбек қаҳрамонлик эпоси. 832. Тошкент, Фан.

Аристотель. 1980. Поэтика (Поэзия санъати ҳақида). 152. Адабиёт ва санъат нашриёти. Тошкент.

Бахтин М.М. 1986. Литературно-критические статъи. 543. Масква: Художественная литература.

Гассет Х.О. 2008. Севги сеҳри. Жаҳон адабиёти. 2-сон. Тошкент.

Достоевский Ф.М. 1996. Хўрланган ва ҳақоратланганлар. 400. Роман. Тошкент, Бадиий адабиёт нашриёти.

Жойс Ж. 2007. Навқирон санъаткорнинг сийрати. Жаҳон адабиёти. 3-сон.

Navoiy A. 2006. Farhod va Shirin. 536. Тошкент, G'afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

Tarop P. 1965. Асарлар. Саккиз томлик. 8-том. 360. Тошкент, Бадиий адабиёт нашриёти.

Фитрат A. 2006. Танланган асарлар. Ж.1У. Дарслик.ўқув қўлланмалари, илмий мақола ва тадқиқотлар. 336. Тошкент, Маънавият.

Чехов А.П. 1957. Танланган асарлар. Уч томлик. 1-том. 692. Тошкент: Бадиий адабиёт нашриёти.

Шарқ халқлари эртаклари. 1994. 208. Тошкент, Шарқ.

Шопенгауэр Э. 2008. Севги илоҳиёти. Жаҳон адабиёти. 5-сон.

Қахҳор А. 1987. Асарлар. Беш жилдлик. 1-жилд. Сароб: Роман. Ҳикоялар. 336. Тошкент, Адабиёт ва санъат нашриёти.

Қодирий А. 1974. Ўтган кунлар. Тарихий роман. 400. Тошкент, Адабиёт ва санъат нашриёти.

Abdulla, U. 0. STORIES OF KHAYRIDDIN SULTANOV.

Ulug'ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF HISTORY. In Конференции.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOLARLY LITERARY CRITIC. Conferenced, 83-94.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(12), 295-305.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1270-1274.

Jabborov, N., & Hojieva, S. (2024). Cholpon and World Literary Aesthetic Thinking. SPAST Reports, 1(1).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов