Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi

CC BY f
4-22
62
127
Поделиться
Улугов, А. (2023). Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi. Узбекистан: язык и культура, 2(2), 4–22. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol2-iss2-y2023-pp4-22
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyoti yirik namoyanda-laridan biri Xayriddin Sultonov hikoya va qissalarida hayot hodisalari qay tarzda badiiy aks ettirilishi to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Adib asarlarida hayot voqeligi, tarixiy haqiqat, insonning murakkab ichki kechinmalari ta’sirchan tarzda badiiy aks ettirilishi, voqelikka yuksak insonpar-varlik nuqtayi nazaridan qaralishi to‘g‘risida fikr bildiriladi. Yozuvchining “Dunyoning siri”, “G‘ulomgardish”, “Qog‘oz gullar” kabi hikoyalari hamda “Saodat sohili”, “Yozning yolg‘iz yodgori”, “Ko‘ngil ozodadur...” qissalarida kishilarning kundalik hayoti, tashvishi, intilishlari, o‘zaro munosabatlari haqqoniy yoritilishiga e’tibor qaratiladi. Yozuvchi qissa, hikoyalarida insonning ruhiy kechinmalari ishonarli ochib berilishi diqqat markaziga qo‘yiladi. Yozuvchining qissa, hikoyalarida qalamga olingan voqealar hayotdagi hodisalarga o‘xshaydi. Ulardagi qahramonlar xuddi hayotdagi odamlar kabi ko‘rinadi. Bu qahramonlarning o‘y-kechinmalari, dard-tashvishlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Maqolada adib ijodiga xos shu kabi xususiyatlar qayd etiladi.


background image

ISSN 2181-922X

4

24

Xayriddin Sulton asarlarida

hayot hodisalarining aks ettirilishi

Abdulla Ulug‘ov

1

Abstrakt

Mazur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyoti yirik namoyanda-

laridan biri Xayriddin Sultonov hikoya va qissalarida hayot hodisalari

qay tarzda badiiy aks ettirilishi to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Adib asar-

larida hayot voqeligi, tarixiy haqiqat, insonning murakkab ichki kechin-

malari ta’sirchan tarzda badiiy aks ettirilishi, voqelikka yuksak insonpar-

varlik nuqtayi nazaridan qaralishi to‘g‘risida fikr bildiriladi.

Yozuvchining “Dunyoning siri”, “G‘ulomgardish”, “Qog‘oz gullar”

kabi hikoyalari hamda “Saodat sohili”, “Yozning yolg‘iz yodgori”, “Ko‘ngil

ozodadur...” qissalarida kishilarning kundalik hayoti, tashvishi, intilishlari,

o‘zaro munosabatlari haqqoniy yoritilishiga e’tibor qaratiladi. Yozuvchi

qissa, hikoyalarida insonning ruhiy kechinmalari ishonarli ochib berili-

shi diqqat markaziga qo‘yiladi. Yozuvchining qissa, hikoyalarida qalamga

olingan voqealar hayotdagi hodisalarga o‘xshaydi. Ulardagi qahramonlar

xuddi hayotdagi odamlar kabi ko‘rinadi. Bu qahramonlarning o‘y-kechin-

malari, dard-tashvishlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Maqolada adib

ijodiga xos shu kabi xususiyatlar qayd etiladi.

Kalit so‘zlar:

Xayriddin Sultonov, Bobur, qissa, tarixiy mavzu,

zamonaviy hayot, tarixiy shaxs obrazi, realistik tasvir, lirik ifoda, syujet,
xarakter, ichki kechinma, ta’sirchan yechim.

Kirish

Xayriddin Sultonov asarlari zamonaviy o‘zbek adabiyotida

alohida o‘rin tutadi. Adibning “Boburiynoma”, “Boburning tushlari”,

“Umr esa o‘tmoqda”, “Onamning yurti”, “Bir oqshom ertagi” kabi

kitoblaridagi hikoya, qissa, esselari o‘quvchilar e’tiborini qozongan.

Adabiyotshunos Umarali Normatov yozuvchi Xayriddin Sultonov

ijodi haqida mulohaza yuritar ekan: “Dunyoning siri”, “G‘ulom-

gardish”, “Qog‘oz gullar”, “Saodat sohili”, “Yozning yolg‘iz yodgori”,

1

Ulug'ov Abdulla O'zbekovich

– filologiya fanlari nomzodi, professor, Alisher Navoiy

nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail:

aulugov@navoiy-uni.uz

;

ulugovabdulla05121960@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-7013-400X

Iqtibos uchun:

Ulug'ov, A. 2023. “Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalari-

ning aks ettirilishi".

O

‘zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik

2(2):

4-24.

4

Uzbekistan: Language and Culture 2023/2(2)


background image

“Ko‘ngil ozodadur...” kabi qissa, hikoyalari; “Andisha”, “Shoirona,

darveshona bir ma’no”, “Boburning tushlari” singari badialari

o‘tgan asr oxirgi choragi milliy adabiyotimiz taraqqiyotida munosib

o‘rin egallaydi. Bu asarlar shaxs jumbog‘i, inson ruhiyatidagi sirli-

sehrli xususiyat, holatlarni alohida bir nazokat bilan teran anglash

hamda nafosat tuyg‘usiga yo‘g‘rilgan holda ifoda etish san’ati

bilan milliy nasrimizda o‘ziga xos hodisaga aylandi” deydi [2006,

20-yanvar].

Xayriddin Sultonov 1956-yilda Toshkent viloyati Qibray

tumanidagi Tuzel qishlog‘ida tug‘ilgan. Parkent qishlog‘idagi o‘rta

maktabda o‘qigan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakul-

tetida tahsil olgan. “Guliston”, “Yoshlik” jurnallarida, G‘afur G‘ulom

nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlagan. Ayni paytda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi.

Asosiy qism

Adibning ilk hikoyalari talabalik yillarida matbuotda bosi-

lib chiqqan. “Toshkent oqshomi” gazetasida e’lon qilingan “Mirka-

rim chol” hikoyasini yozuvchi o‘zining matbuotda e’lon qilingan

birinchi asari hisoblaydi.

Yozuvchining qissa, hikoyalarida qalamga olingan voqealar

hayotdagi hodisalarga o‘xshaydi. Ulardagi qahramonlar xuddi

hayotdagi odamlar kabi ko‘rinadi. Bu qahramonlarning o‘y-kechin-

malari, dard-tashvishlari hech kimni befarq qoldirmaydi.

Xayriddin Sultonov asarlarida hayotdagi oddiy hodisalar qa-

lamga olinadi. Kishilarning kundalik hayoti, tashvishi, intilishlari,

o‘zaro munosabatlari haqida hikoya qilinadi. Yozuvchi qissa, hikoya-

lari uchun, asosan, oddiy odamlarni qahramon qilib oladi. Ularning

ruhiy kechinmalarini ishonarli va ta’sirchan gavdalantiradi. “Chol-

lar palatasi” hikoyasida kuz manzarasini yozuvchi bunday tasvir-

laydi: “Yonbosh qishloqqa kuz erta tushdi. Kechagi yashilligidan

ayrilgan za’faron barglar mungli shivirlab, so‘ngsiz hasratini ifoda

qilmoqchiday qo‘nimsiz tentiraydi. Achchiq izg‘irin allaqayerdan

qor sharpasini haydab keldi, g‘ofil kimsalarni qilichini ko‘tarib qish

kelayotganidan ogoh etgan kabi birdan qora sovuq tushdi. Odamlar

o‘tin-ko‘mir, issiq kiyim ilinjida yugurib qolishdi, allanechuk yuvosh

tortgan nozik-nihol kishilarning tashvishi kuchaydi: seryog‘in, nam-

chil havo ko‘p dardlarni yangilab yubordi” [Sultonov, 1983, 38].

Yozuvchi qahramonlari harakat-holatini ularni qurshab tur-

gan tabiatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda tasvirlaydi. “Nomus”

hikoyasidagi mana bunday o‘rinlar e’tiborni tortadi: “Kun peshin-

5

Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi


background image

dan oqqan, quyoshning zabti pasaygan edi. Tuya o‘rkachiga o‘xshash

suyri adirlar etagiga to‘shalgan soyalar tobora uzaya boshladi.

Chol hamon surgalib yurar, sochilgan o‘tlarni sabr-toqat bilan bir

joyga yig‘ar, bog‘lar va o‘zini, xuddi shu ishlarni qilmasa, qolgan besh

kunlik umrida muhim bir narsa yetishmaydigandek his qilar edi.

Qosh qorayib, horg‘in quyosh ufqning bag‘rini dog‘lagancha bepa-

yon zamin-u bo‘ysunmas odamlarga mayus termulgancha ko‘yi

botib borarkan, tishlari mahkam qisilgan, o‘zi singari qadimiy da-

lasida hanuz kuymanib yurgan jonsarak bir cholga qarab bosh

chayqadi” [Sultonov, 1980, 27].

Xayriddin Sultonov hikoyalarida qisqa vaqt oralig‘ida ro‘y

bergan voqea-hodisalarni shu tarzda jonli gavdalantiradi. Qissala-

rida esa hikoyalaridagiga nisbatan kengroq voqealarni, bir necha

qahramon o‘rtasidagi munosabatlar murakkabligini ishonarli

ko‘rsatadi.

Yozuvchining shu paytgacha o‘nlab ajoyib hikoyalari va

“Saodat sohili”, “Yozning yolg‘iz yodgori”, “Ko‘ngil ozodadur...” qis-

salari e’lon qilindi. Ushbu qissalar ham qahramonlar xarakterini,

ruhiy kechinmalarini nozik tasvir etib ko‘rsatishi bilan diqqatini

tortadi.

Insoniyat tarixida Bobur singari qismati murakkab ulug‘

shaxslar juda ko‘p emas. Bobur ulug‘ shoh va nozik didli shoirdir.

U saltanat barpo etgan. Fan, madaniyat, san’at rivoji uchun ulkan

hissa qo‘shgan. Bobur o‘z hayot yo‘li, tanigan-bilgan odamlari-

ning fe’l-atvori to‘g‘risida haqiqatni yozib qoldirgan ulkan adibdir.

Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Umarshayx Mirzo, Alisher Navoiy

singari tarixiy shaxslar to‘g‘risidagi eng to‘g‘ri tavsiflar “Boburnoma”

-

da bayon qilingan. Bobur o‘z xatolari to‘g‘risida ham, boshqalarning

ayb-u nuqsonlari xususida ham fikrini aniq aytgan. “Boburnoma”

temuriylar davri to‘g‘risida asl haqiqatni ko‘rsatuvchi eng noyob

manba sanaladi. Zahiriddin Muhammad Boburning qo‘li bilan bitil-

gan ushbu noyob asar o‘ziga xos qomus bo‘lib, unda nafaqat tarix-

iy voqealar, balki turli o‘lkalarning jo‘g‘rofiy o‘rni, iqlimi, o‘simlik va

hayvonot dunyosi, odamlarining turmush tarzi, fe’l-atvori to‘g‘risida

ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

Bobur o‘n ikki yoshida podshoh bo‘lgan. “Samarqandni ik-

kinchi marta qo‘lga kiritganimda Navoiy tirik edi. Undan menga

bir maktub ham kelgan edi” deb yozadi “Boburnoma”da. Boburning

o‘sha davrda arab yozuviga o‘zgartirish kiritishga jur’at etishi beqi-

yos jasorat edi. Ulug‘ shoh va nozikta’b shoir Boburni shu boisdan

Javoharla’l Neru “dilbar shaxs... Uyg‘onish davrining tipik hukmdori,

6

Abdulla ULUG‘OV


background image

mard va tadbirkor hukmdori” deb ta’riflagan. Eduard Xolden esa:

“Bobur fe’l-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir”

degan.

Bu ta’riflar Boburning buyuk shaxs bo‘lganini bildiradi.

Bobur to‘g‘risida xorijlik qalamkashlarning ham talaygina asarlari

mavjud. O‘zbek adabiyotida ham Bobur hayot yo‘li hikoya qilingan

bir qator asarlar yozilgan. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”

romani ular orasida alohida ajralib turadi. Ushbu roman “Bobur”

deb nomlanadi. “Yulduzli tunlar”da Boburning hayot yo‘li keng

yoritilgan. Unda tarixiy shaxslar obrazi bilan bir qatorda, to‘qima

qahramonlar obrazi ham ishonarli gavdalantirilgan.

Xayriddin Sultonov ijodida ham uning Boburga bag‘ishlangan

asarlari alohida o‘rin tutadi. Bu xususda adabiyotshunos Umarali

Normatov shunday deydi: “Yozuvchining chorak asrlik ijodi namu-

nalarining teng yarmini Bobur shaxsiyati, hayoti, ijodiga bag‘ish-

langan qissa, hikoya, badia, suhbat, ocherklar tashkil etadi. “Yo‘lbars-

ning tug‘ilishi” nomli ilk kinohikoyasini mustasno etganda, “Oy

botgan pallada”, “Saodat sohili”, “Panoh”, “Tavba”, “Boburning tush-

lari”, “Nuqta” kabi Bobur mavzuidagi asarlari o‘z vaqtida matbuot-

da e’lon etilgan, ular adabiy jamoatchilik orasida qiziqish uyg‘otgan,

ayrimlar” tevaragida qizg‘in bahs-munozaralar ham bo‘lib o‘tgan.

“Saodat sohili” qissasi esa, mana, o‘n besh yildirki, maktab adabiyoti

dasturi, darsligidan muhim o‘rin olib keladi” [2006, 20-yanvar].

Xayriddin Sultonov Boburning hayoti va ijodiga qiziqish

paydo bo‘lishi haqida bunday deydi: “O‘n to‘rt yoshlarimda ilk

bor bu nuroniy siymoning tasviri chekilgan suvratni ko‘rdim. Olis

qishloq maktabi, qahraton qishning dilgir kunlari, adabiyot xonasi

devoriga osilgan muhtasham portret va undan muloyim tabassum

ila boqib turgan, shohona sallasiga ukpar jig‘a qadalgan ulug‘si-

fat insonning bori-borlig‘i murg‘ak tasavvurimga shu qadar teran

o‘rnashdik, dars paytida ham, tanaffus chog‘lari ham uning mardona

chehrasidan ko‘z uzolmas edim. Bu nurli qiyofa mujassam shijoat,

mujassam iztirob bo‘lib tuyular, suvrat ostidagi “

Tole‘ yo‘qi jonimg‘a

balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi, O‘z yerni qo‘yib Hind

sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi

” degan sod-

da, hazin misralar bir o‘qishdayoq yod bo‘lib ketgan, shu satrlarni

ko‘cha-ko‘yda ham, dala-dashtda ham takrorlab yurar edim. Ularning

ma’yus ma’nosi, shikasta ohangi dilimga qattiq ta’sir qilar, o‘z-o‘zidan

yig‘lagim, uzoq bir joylarga bosh olib ketgim kelar edi. Shu yo‘sin-

da Bobur Mirzoning mardlik va muruvvatda, zakovat va matonatda

tengsiz shaxsiyatiga maftun bo‘lib qoldim. Men uni otamday, onam-

7

Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi


background image

day, farzandimday yaxshi ko‘rib qoldim” [Sultonov 1997, 5].

Bobur shaxsiga shu tarzda maftun bo‘lib qolgan Xayriddin

Sultonov dastlab u haqda “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” nomli kinohi-

koya, undan keyin esa “Oy botgan pallada” hikoyasini yozdi. Bu

asarlarning asosiy qahramoni sifatida Boburni ko‘rsatdi. Xayriddin

Sultonovning Boburning shoh va shoir sifatidagi murakkab siymo-

sini gavdalantirish yo‘lidagi dadil intilishi “Saodat sohili” qissasida,

ayniqsa, yorqin ko‘rindi. 1981-yilda “Yoshlik” jurnalining dastlab

-

ki sonida bosilib chiqqan ushbu qissa "Usta Binoqul, qani turing,

shom tushmay, huv dovonga yetib olaylik! O‘sha dovonga yetaylik, u

yog‘i-yo Razzoq!” deb boshlanadi [Sultonov 1983, 159].

“Saodat sohili” – Xayriddin Sultonovning birinchi yirik asari.

Bu qissa jozibador badiiy tilda yozilgan, qahramonlar holati, ichki

kechinmasini ta’sirchan gavdalantirgani bois darhol o‘quvchilar

e’tiborini tortdi. Ushbu qissa tili tarixiy mavzudagi eng yaxshi asar-

larga xos jihatlar yorqin aks etgan. Unda tarixiy muhit, voqealar ke-

chayotgan manzil-makonlar manzarasi jozibador tasvirlangan. Qah-

ramonlarning dialog, monologlarida ham tarix nafasi yaqqol seziladi.

Qissa Hindistonga, Bobur huzuriga borish maqsadida yo‘lga chiqqan

Hofiz Ko‘ykiy va usta Binoqulning boshidan kechirganlari tasviri bi

-

lan boshlanadi. Binoqul Bobur bilan birga Hindistonga kelgan otasini

daraklab, Hofiz Ko‘ykiy bilan birga yo‘lga chiqadi. Ammo yo‘lda ular

ketayotgan karvonni qaroqchilar talaydi. Qochayotib Binoqul oyog‘i

toyganidan tog‘ unguridagi chuqurlikka yiqilib tushadi. Umurtqasi

qattiq shikastlanganidan yo‘l yurolmay halok bo‘ladi. U o‘limidan

oldin Hofiz Ko‘ykiyga: “Armonim ichimda qoldi, taqsir. Padarimning

daragini bilsam edi. Bobur shohni bir ko‘rsam... Taqsir, mana shu ki-

tobni men unga ixlos bilan tortiq etmoqchi edim. O‘zim kitobat qilib

edim. Bilmaysiz, taqsir, o‘zim ham bilmayman, lekin nechundir xudo

mening mehrimni ul zotga tushirgan. So‘nggi tilagim ham, vasiyatim

ham shu: bu kitobni Bobur hazratlariga eltib, duoi salomimni yetkaz

gaysiz” deydi [Sultonov 1983, 163].

Qissada Hofiz Ko‘ykiyning Hind diyoriga borib, Bobur shoh

bilan uchrashib, shogirdi usta Binoqulning vasiyatini amalga oshir

gani ta’sirchan hikoya qilinadi. Hofiz Ko‘ykiy ilm o‘rganishga umri

-

ni bag‘ishlagan, bu yo‘lda cheksiz mashaqqatlar tortgan mutafak-

kir zotlarning mujassam siymosi sifatida taassurot uyg‘otadi. Hofiz

Ko‘ykiy qissada dunyoning qariyb yarmini kezgan jahongashta

odam, hayotning qadrini, tiriklikning nechog‘li ulug‘ ne’mat ekanini

teran anglagan, so‘qqabosh, vorasta – ozod, erkin odam deb ta’rif-

lanadi. Boshidan kechirganlari-yu kechinmalari haqiqatan uning

8

Abdulla ULUG‘OV


background image

shunday zot bo‘lganligi haqida tasavvur uyg‘otadi.

Xayriddin Sultonov Hofiz Ko‘ykiy xarakterini dastlab

Binoqulning ustozi to‘g‘risidagi mulohazalari orqali ta’riflanadi. Bu

ta’rif quyidagicha: "Ustozi so‘qqabosh, vorasta ko‘ngil odam bo‘lib,

umri muttasil safarlarda o‘tardi. U ba’zan ikki-uch yillab benom-u

nishon ketar, safardan qaytgach, masjid xonaqosiga tutash hujrasida

mutolaadan bosh ko‘tarmay, allanarsalar yozgani yozgan edi. Bino-

qul bu bitiklarning nimaligini bilmas, so‘ragani botinolmas, ammo

ustozining yosh bo‘lsa-da, ulug‘ odam ekanini sezardi: masjid esh-

igiga Toshkand, Samarqand va boshqa shahr-u kentlardan otliqlar,

hashamatli soyabon aravalar tez-tez kelib turar – zarbof to‘n kiyib,

salobiy salla o‘ragan turli-tuman basavlat kishilar Hofiz Ko‘ykiyni zi

-

yorat qilib chiqar edilar”.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, Hofiz Ko‘ykiy – donishmand zot.

Shuning uchun uni turli shahar, qishloqlardan amaldorlar-u oddiy

fuqarolar ziyorat qilgani kelishadi. Usta Binoqul singari kishilar bo-

tinib, bir gap so‘rolmaydi. Usta Binoqul ustoziga o‘zi bilan birga Hind

o‘lkasiga safarga birga olib ketishni uning oyog‘iga bosh urib so‘ray-

di. Oddiy, bechora kishilar ham har kimning oyog‘iga bosh uraver-

maydi. Oyog‘iga bosh urish ehtirom, hurmat, iltijoni bildiradi.

Hofiz Ko‘ykiy odamlarning ana shunday hurmat, ehtiromi

-

ga sazovor siymo ekanligi syujet voqealari davomida asta-sekin

ochib beriladi. U Agra shahri bozori yaqinidagi karvonsaroyda

Baxshiturkka duch kelganida, uning devona emas, Haqqa yetgan

komil zot ekanini payqaydi. Hamma bir devona deb beparvo qaray-

digan Baxshiturkning “poyintar-soyintar so‘zlari zamiridagi oddiy,

ammo shafqatsiz haqiqatdan benihoya hayratga tushadi. Uning hi-

sob-kitoblarini xayolan tekshirib ko‘rar ekan, bu qadar aniqligidan

g‘oyat taajjublanadi”.

Shu voqealar bayonidan keyin Hofiz Ko‘ykiyning mashhur

allomalardan ekani Bobur saroyidagi voqealarda ko‘rsatiladi. Bu

voqealar qissada jonli tasvirlanadi. O‘quvchi ko‘z o‘ngida shohning

muhtasham saroyi, taxti, atrofida turgan amaldor-u a’yonlari xud

-

di ko‘rinib turdanday bo‘ladi: “Bobur Ko‘histon va hind javohirlari,

asl afg‘on yoqutlari bilan ziynatlangan taxtdan turib, o‘z mavqela-

riga ko‘ra chizilishib joy olgan arkoni davlatga bir-bir razm soldi.

Yo‘g‘on gavdali, siyrak mo‘y Abdulvohid Firog‘iyga ko‘zi tushgach: –

Mavlono Firog‘iy, – deydi ohista, bu zot kim bo‘lsa ekan? Sizning hech

eshitganingiz bormi?

Abdulvohid Firog‘iy damqisma kasaliga mubtalo edi,

o‘rnidan qo‘zg‘alib, hansiragancha so‘z boshladi:

9

Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi


background image

– Olampanoh, sizni yo‘qlaguvchi bu zot Movarounnahrning

mashhur allomalaridan bo‘lur. “Ko‘ykiy” taxallus qilibtur, deb eshit-

ganim bor. Toshkandda ekanimda bir kitobatini mutolaa qilib

erdim. “Risola fi fann at-tafsir va-l usul va-l furu’ va-l mantiq

va-l kalom” deb nom bermishlar ekan, shoyon tahsinga sazovor edi.

Yana bir nima tasniflari ham bor, alalxusus, ilmi tarixda benazirdur”

[Sultonov 1983, 167].

Hofiz Ko‘ykiyning uzoq yo‘l bosib, mashaqqatlar kechirib,

Hind tuprog‘ida shoh saroyida Bobur bilan uchrashganidan so‘ng

syujet voqealarida Bobur bevosita ishtirok eta boshlaydi. Qissada

Boburning holati uning vatanni sog‘inib yashashini ta’kidlash bilan

boshlanadi. Butun asar davomida Boburning vatan sog‘inchi bilan

yashab o‘tganligi uning ichki kechinmalari tasviri orqali gavdalan-

tiriladi.

“Saodat sohili” qissasida Boburning qalbidagi og‘riqli kechin-

malar ta’sirchan gavdalantiriladi. Bobur she’riyatni sevgani, ilm-fan

qadrini chuqur his qilgani uning ichki kechinmalarida ko‘rsatiladi.

Vatani to‘g‘risidagi har bir xabar Bobur xayolida o‘tmishni jonlantir-

gani, yurt sog‘inchi, u bilan hamroh bo‘lgan, to‘qnashgan kishilar siy-

mosini eslatgani qissada bu tarzda ta’kidlanadi: “Abdulvohid Firog‘iy

yana allanarsalarni gapirar, ammo Bobur endi eshitmas – teran

xayolga cho‘mgan edi. “Farkat” degan so‘z unga sovuq yomg‘ir sav-

alab turgan izg‘irinli tunlarni, kuzak osmonida favqulodda chaqna-

gan chaqmoqlarni eslatdi, umrining rutubatli, hazin onlarini yodiga

soldi. O‘sha voqealarga qancha bo‘ldi ekan? Yo rabbiy, yigirma yetti

yil! Qarchig‘aydek bir yigit umri! O‘shanda yonida hamroh-u hamkor

bo‘lganlardan kimlar bor? U turli-tuman nomlarni eslashga urinar-

kan, ularning bari barmoq orasidan shuvillab to‘kilgan qum singa-

ri xotirasi qatlaridan bir-bir sirg‘alib tushayotganini sezdi. No‘yon

ko‘kaldosh, G‘ulda Qosimbek, Xoldor, Mirshoh Qavchin, Qo‘chbek...

evoh, qayda ular? Qayerdalar? Barchasi endi «rahmatli»! Ba’zilar-

ni shiddatli janglarda boshidan ayrildi, ba’zilari g‘anim nayrangiga

duchor bo‘ldi, ayrimlarining umri qisqa ekan, ayrimlari esa... xiyo-

nat qildi... Oqibat, o‘sha kunlardan bu kun achchiq, mahzun xotiralar

yodgor, xolos. Bobur alamli o‘ylardan egilgan boshini ohista ko‘tar-

di. Abdulvohid Firog‘iy jimgina qo‘l qovushtirib turardi” [Sultonov,

1983, 168].

Xayriddin Sultonov Boburning kechinmalarini tasvirlash-

da obrazli ifoda, tashbehlar qo‘llaydi. Bu bilan uning shoirona qal-

bini aniq ifodalaydi. Ayni o‘rinda ishlatilgan “ularning bari barmoq

orasidan shuvillab to‘kilgan qum singari xotirasi qatlaridan bir-bir

10

Abdulla ULUG‘OV


background image

sirg‘alib tushayotganini sezdi” degan jumla Boburning xayolga botib

turgan holatini aniq gavdalantiradi.

Hofiz Ko‘ykiy Boburga hayotda juda ko‘p narsalarni ko‘rgan,

kechirgan, mushohada qilgan odamlarga xos muomala qiladi. Hofiz

Ko‘ykiy dastlabki uchrashuv chog‘idayoq Boburga: “Ona vatanin-

gizdan, ko‘z ochib ko‘rgan viloyatlaringizdan sizlarga ko‘pdan ko‘p

duoi salomlar keltirdim. Ota yurtimizning tabarruk yodi muborak

xotirlaridan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak...” deb aytadi. U bu tarzda

gap boshlash bilan Boburning kayfiyatini, vataniga, vatandoshlariga

munosabatini bilmoqchi bo‘ladi.

Bobur ham alloma Hofiz Ko‘ykiyning ko‘nglidagi o‘yini

sezganday ovozi titrab: “Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk

unutgay? Unutgan kishining ko‘zlariga tiriklayin tuproq to‘lmasmi?”

deb javob beradi.

Vatanidan ayrilgan, dushmanlari tomonidan o‘z diyoridan

quvib chiqarilgan Boburning o‘rnida bir kishi bo‘lganida u alam-

zadaga aylanardi va vatanini bu qadar sog‘inib eslamasdi. Hofiz

Ko‘ykiy shuni aniqlash maqsadida ham “Ota yurtimiz”ning tabar-

ruk yodi muborak xotiralaridan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak” deb

savol beradi. Boburning vatanini sog‘inib yashashini bilganidan

keyin mamnun bo‘lgach: “Haq so‘zni aytdingiz, olampanoh. Komil

inson kindik qoni to‘kilmish yurtni hargiz unuta olmas. Xotiringiz

jam bo‘lsin, olampanoh, ul diyorlarda muborak nomingizni hanuz

yod eturlar. Inchunun, sizga atalmish bir omonatni topshirmoq men-

ga qismatlig‘ qarz edi. – U qo‘ynidan nafis saxtiyon muqovali kitobni

olib, Boburga avaylab uzatdi”.

Alisher Navoiyning Binoqul tomonidan ixlos va mehr bi-

lan kitob qilingan “Nasoyim ul-muhabbat” asarini qo‘lga olar ekan,

“Muhabbat nasimi kelgan yurtga jon sadaqa bo‘lsin” deydi. Kitob

nomidagi “nasim” degan bir so‘zdan bunday ma’no anglashi ham

Bobur- ning qalbida vatan sog‘inchi g‘oyat yuksak bo‘lganidan dalo-

lat beradi.

Xayriddin Sultonov Bobur xarakterini uning vatanni sog‘ini-

shi, qo‘msashi orqali ochadi. Shoir va shoh Boburning qalbini

uning ota-bobolari yurtini eslab azoblanishi asosida gavdalantiradi.

Hofiz Ko‘ykiy Boburga Hindistonga, uning huzuriga kelish

-

dan maqsadi tarixga doir bir asar yodli istagi ekanini ma’lum qila-

di. Bobur “umrim mobaynida qalbaki tangalardan ko‘ra qalbaki

allomalarni ko‘proq uchratdim. Alarning haq va ma’rifat nomidan

so‘ylagan yolg‘onlari meni muttasil g‘azabga soldi” deb uni sinaydi.

Hofiz Ko‘ykiy shohning bunday mulohazalaridan gangib kalovlana

-

11

Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi


background image

di. So‘ng jur’at bilan: “Shakkok qulingizni ma’zur tuting, olampanoh,

biroq, taassufki, sizni ham ko‘p donishparvar zot, ilm-ma’rifatning

chin homiysi, deb ta’riflab edilar” deydi.

Bobur va Hofiz Ko‘ykiyning ayni muloqotlari bayon etilgan

sahifalarda har ikkala qahramon xarakteri qirralari ko‘rsatilgan.

Ayni suhbatda Hofiz Ko‘ykiyning ilm-ma’rifatga chinakam ixlos bilan

intilishi, bu yo‘lda har qanday qiyinchilik, mashaqqatga tayyor turi-

shi ko‘rsatiladi. Boburning esa har qanday kishini donishmandlarga

xos sinovdan o‘tkazishi, har bir masalada obdon o‘ylab ish tutishiga

e’tibor qaratiladi. Bobur Hofiz Ko‘ykiy bilan dastlabki uchrashuv

-

dayoq qanday zot ekanligini payqagan bo‘lsa-da, lekin sinab ko‘radi.

“Bizning huzurimizga ne-ne muhtaram zotlar ganj-u davlat tilab, rut-

ba-yu unvon tilab qadam ranjida qildilar. Lekin shu vaqtgacha kitob

izlab, ma’rifat istab kelgan bir kimsani ko‘rganimiz yo‘q edi. Shukur

tangrigakim, alhol inoyat aylab, zoriqib ko‘z tutgan kishimizning

diydoriga yetishtirdi. Har qandog‘ noyob kitobimiz bo‘lsa, sizdan

aylansin” deb xursandligini bildiradi.

Qissada Hofiz Ko‘ykiyning butun vujudi bilan ilmga beril

-

gani, xarakteri, fe’l-atvoriga shu intilish singib ketgani xususida qis-

sada bunday yoziladi: “Hofiz Ko‘ykiy Boburning rag‘bati tufayli zo‘r

havas va ishtiyoq bilan ishga kirishdi. Olimning boshidan kechir-

mish uqubatlari shoh kutubxonasining ostonasidan ichkari hatlashi

bilanoq butkul unut bo‘ldi. U ko‘hna qo‘lyozmalarning sarg‘aygan sa-

hifalarini ko‘z nuri va yurak qoni bilan munavvar etib, tarixning unu-

tilgan, chalkash so‘qmoqlari orasidan Haqiqat vodiysi sari eltuvchi

chag‘ir toshli yagona yo‘lni izlashga tushdi” [Sultonov 1983, 188].

Ushbu asar “Saodat sohili” deb nomlangan. Ushbu so‘z birik-

masi orqali qissa qahramonlarining xarakteri ko‘rsatiladi. Vatan

madhi, yurt sog‘inchi shoh hamda shoir Boburni va olim, sayyoh

Hofiz Ko‘ykiyni o‘zaro hamfikr, hamdardga aylantirgani ta’kidlanadi.

Turli kelishmovchilik, jang-u jadallarni boshidan kechirgan Bobur

vatan sog‘inchi bilan yurgan kezlarida Hofiz Ko‘ykiydan: “Ollohning

har bandasi goh hud, goh behud tushlar ko‘rur. Tushda kishiga ko‘p

biliksiz narsalar ayon bo‘lg‘usidir. Shunday emasmi, mavlono? Ammo

mening... Ne vaqtlarkim, men muttasil bir tush ko‘rib, mazmunini

anglamoqdin ojizman. Tunlar ba’zan yakkash bir yo‘sin manzara

namoyon bo‘lur, o‘sha Farkatda ko‘rganim – toshqin soy hududsiz

bir dengiz kabi ayqirib yotadi. Suv betini muz bosgan. Qo‘limda aso,

muz uzra shitob ila qaygadir yelib boraman. Har qadam qo‘yganimda

oyog‘im ostida muz qirs-qirs ushalar, muz har qisirlaganda yuragim

qalqib-qalqib ketar... Na dengizning poyoni bor, vahm ichra qora ter-

12

Abdulla ULUG‘OV


background image

ga botib tentib yuraman. Sahar chog‘i hushim boshimdan uchib, ne

vaqt hayron-u parishon o‘ltiraman. So‘ng arkoni davlat, munajjim-

lardan ta’bir so‘rayman. “Olampanoh, muborak nazaringiz tushgan

ul kanora, inshoolloh, saodat sohili bo‘lur” deydilar. Saodat sohili!

Qayda u? Qay baxtiyor kimsa unga yetibdir? Ko‘p allomalardan, ula-

moyi kiromlardan so‘roqladim: “Qayda u?” Ko‘ngil tingudek bir javob

topmadim. Goh aytdilarki, u chog‘ir dengizining qirg‘og‘ida, goh de-

dilarki, ma’rifat daryosining kanorasida... Goh esa uqtirdilarki, savob

ummonining sarhadlarida” deb so‘raydi. Dilida dardi bor, lekin uning

nima ekanligini bilolmagan kishigina shunday holatga tushadi.

Bobur ham o‘z iztirobi sababi, dili g‘ashligi boisini bilolmay azobla-

nadi. Qissada uning ana shu holati aniq ifodalangan. Boburning

vatan sog‘inchini uning tushi bilan bog‘lash, uni “saodat sohili” deb

nomlash yozuvchining o‘ziga xos badiiy topilmasiga aylangan. Hofiz

Ko‘ykiyning Boburga “siz tushlaringizda intilgan manzil-saodat so-

hili vatanda” deyishi ham qissaning eng ta’sirchan o‘rniga aylangan.

Hofiz Ko‘ykiydan bu javobni eshitganda Bobur qanday holatga tush

-

gani, atrof qanday ko‘rinish olgan asarda quyidagi tarzda jozibali tas-

virlangan: “Bobur birdan yalt etib qaradi. Shohning sarxush ko‘zlari-

da nogoh o‘kinch ko‘lankasi paydo bo‘lganini ko‘rib, Hofiz Ko‘ykiy

g‘ayrishuuriy tarzda uning dilidagi bitmas jarohatga tig‘ tortganini

payqadi-yu, xijolat chekib, yerga tikildi. Ufq quyoshni o‘z bag‘ri-

ga dafn etdi. Bulutlarning ko‘ksi qonga to‘ldi. Olisdagi tog‘lar unsiz

faryod chekdi. Yorug‘ olamda bu faryodni muazzam toqi ravoqda

o‘z xayollariga g‘arq bo‘lib o‘tirgan ikki kishidan bo‘lak biror kimsa

eshitmadi” [Sultonov, 1983, 188].

Ushbu qissada Bobur xarakterining eng muhim jihati – uning

doimo vatani sog‘inchi bilan iztirob chekib yashagani, o‘z umrini,

ko‘rgan-kechirganlarini taftish qilib yurgani, ilm-ma’rifatga mehr

qo‘ygan kishilarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani ta’sirchan tasvirlangan.

Xayriddin Sultonovning “Saodat sohili” qissasi tarixiy mavzu-

da bo‘lsa, “Yozning yolg‘iz yodgori”, “Ko‘ngil ozodadur...” qissalari

uchun zamonaviy hayot mavzu qilib olingan. “Yozning yolg‘iz yod-

gori" qissasi “Adash Karvon” deb ham yuritiladi. Chunki bu qissaning

bosh qahramoni – Adash Karvon. “Ko‘ngil ozodadur...” qissasining

bosh qahramoni esa G‘ulom. Adash Karvon – keksa chol. G‘ulom esa

universitetni endigina tamomlab, ish boshlagan, ijarada yashab yur-

gan yosh yigit. Adash Karvon zamonning turli talotumlarini boshidan

kechirib, azob-uqubatlar ko‘rgan kishi. G‘ulom bo‘lsa hayot murak-

kabliklariga endi duch kelmoqda. G‘ulom adabiyot tarixidan dis-

sertatsiya ishi yozish bilan mashg‘ul. Uning butun fikr-u xayoli

13

Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi


background image

ilmiy ishi mavzusi bilan band. G‘ulom Gulxaniy hayoti va ijodini o‘rga-

nishni maqsad qilgan. Shuning uchun u o‘tgan zamonlarda yashagan

shoir Gulxaniyning “Zarbulmasal” qahramonlari bilan sirlashadi va

o‘zini yengil his qiladi. Yon-veridagi ayrim kishilarning nafs ilinjida

yurishi, bir-birini aldashini ko‘rib hayron qoladi.

Adash Karvon va G‘ulom halol yashashga intilishi, harom-ha-

rishdan hazar qilishi, har bir ishga vijdonan yondashishi, hech kimni

ranjitmasligi, qo‘lidan kelgancha birovga yordam berishi, kechirim-

liligi jihatidan bir-biriga o‘xshaydi. Adash Karvon ham, G‘ulom ham

hech qachon birovni aldamaydi, nafsi qutqusiga uchib maishat-

parastlik qilmaydi. Yozuvchi “Yozning yolg‘iz yodgori”da ham,

“Ko‘ngil ozodadur...” qissasida ham boshqalarga zulm qilishni o‘ziga

kasb qilib olgan kimsalardan ozor chekkan kishilarni asosiy qah-

ramon sifatida ko‘rsatgan. Umuman, halol, vijdonli odamlarni bosh

qahramon sifatida ko‘rsatish Xayriddin Sultonov qissalariga xos

yetakchi xususiyat sanaladi. Chunki “Saodat sohili” qissasi bosh qah-

ramoni Hofiz Ko‘ykiy ham, Bobur ham halol, vijdonli kishilar. Ular

o‘zlarining har bir xatti-harakati haqida o‘ylaydi, mushohada yurita-

di, xatolari uchun iztirob chekadi.

“Yozning yolg‘iz yodgori”, “Ko‘ngil ozodadur...” qissalari bosh

qahramonlari Adash Karvon ham, G‘ulom ham o‘z boshiga tushgan

turli voqealar sababini boshqalardan emas, o‘zidan izlaydi. Ular

nima ish qildim, qanday xatoga yo‘l qo‘ydim, deb iztirob chekadi.

“Saodat sohili” qissasida Boburning ham shunday hollari tasvirlana-

di. Xayriddin Sultonov Adash Karvon, G‘ulom, Bobur, Hofiz Ko‘ykiy

harakterida ezgu insoniy xislatlar ustuvor ekanini ularning ichki ke-

chinmalari orqali ochib beradi.

“Ezgulik” deganda kishilarga yaxshilik qilish orqali yaxshi

nom qoldirish nazarda tutiladi. “Yozning yolg‘iz yodgori” qissasi

qahramoni Adash Karvon bu haqda shunday o‘ylaydi: “Asli yodgor-

lik deganimiz nima? Bir yurakning ikkinchi bir yurakda qoldirguvchi

aziz, ardoqli armoni emasmi? Har kimsa tirikligida qilgan savob ish-

lari bilan o‘ziga o‘zi xotira qo‘yib ketadi. Qachondir, qaydadir imorat-

ga qo‘yilgan bir dona g‘isht, qaysidir bog‘da o‘tqazilgan bir tup nihol,

ko‘ngli yarim g‘aribga aytilgan bir og‘iz shirin so‘z, beminnat topil-

gan bir burda non – odamzot o‘zi uchun o‘zi bunyod etajak yolg‘iz va

asl yodgorlik mana shu” [Sultonov 1993, 272-178].

Adash Karvon – taqvodor kishi. Bolaligida diniy kitoblarni

o‘qib, xudojo‘y buvisining ta’sirida o‘sgan. Adash Karvon – boy-ba-

davlat savdogar emas. Uning tuyalari qator tizilgan karvoni yo‘q.

Adash Karvon umrida tuya ham yetaklamagan. Uning bobosi Sohib

14

Abdulla ULUG‘OV


background image

Karvon dongdor savdogar o‘tgan. O‘sha kishining o‘ttizta nortuyasi,

yilqi-yu ho‘kizining hisobi bo‘lmagan. Ammo Sohib Karvon o‘g‘li

Mirza Karvonga boyligini meros qoldirmagan. Mirza Karvonga ota-

si dongdor savdogar boy Sohib Karvonning hisobi yo‘q boyligidan

faqat “Karvon” degan laqabi-yu ikki tokcha kitobi nasib qiladi, xolos”.

Sohib Karvonning xotini Ulug‘ buvi bu haqda o‘g‘li Mirza Karvonga:

“Otang savlatidan ot hurkadigan odam edi. “Sohib Karvon” deganda

yetti yashardan yetmish yashargacha qo‘l qovushtirardi. Mol-dunyo

vafo qilmas ekan, shundoq odam bir kechada egnidagi to‘nigacha

qimorga boy berib keldi, uch oydan keyin qo‘shnisinikiga bir kaft

un so‘rab chiqib, quruq qaytdim. O‘tniki o‘tga ketdi, suvniki suvga...

Manglayingga farzand bitibdi, ming-ming shukur qil, bolang haq

yo‘liga kirsin, alhamdulillo kam bo‘lmas, bu dunyoda kishiga faqat

ilm vafo qiladi” deydi [Sultonov 1993, 114].

“Yozning yolg‘iz yodgori” qissasida yetmish ikki yillik

umrida turli voqealarni boshidan kechirgan Adash Karvon hayot

yo‘li hikoya qilinadi. Bu voqealar Adash Karvonning xayoli, tasavvuri

hamda Nasibbek, Gulnor, Sattorning alam, iztirobga to‘la muhabbat

mojarolari bilan bog‘liq holda tasvirlanadi. Qissa syujet voqealari

markazida Adash Karvonning hayot yo‘li, uning qayg‘uga to‘la ke-

chinmalari turadi.

“Ko‘ngil ozodadur...” qissasi qahramoni G‘ulomning ham

qalbi yaxshilik tuyg‘usiga to‘la. U bu jihatdan Adash Karvonga juda

o‘xshaydi. G‘ulom xayolan Gulxaniy bilan, “Zarbulmasal” asaridagi

qushlar bilan suhbatlashadi. Bu muloqot maqol va matallarga, kinoya,

piching, o‘tkir kesatiqlarga boy. Qissani o‘qish davomida “Zarbulma-

sal” singari mumtoz adabiy asarlarida bugungi kun odamlari hayo-

ti haqidagi anchagina haqiqatlar aytilganiga ishonch hosil bo‘ladi.

Xayriddin Sultonov “Ko‘ngil ozodadur...” qissasi matniga “Zarbul-

masal”dagi maqol, rivoyat, hikoyatlarni mahorat bilan singdirgan.

Gulxaniy asaridagi maqol, matallar mazmuni hozir ham o‘zgarma-

gani G‘ulomning kechinmalari, boshidan kechirganlari orqali ko‘rsa-

tiladi. G‘ulom Gulxaniy zamoni, u yaratgan “Zarbulmasal” asarida tas-

virlangan voqealar ichiga singib ketganday ko‘rinadi. Shuning uchun

uning “Deydilarki, ilon-chayonlarni o‘rganayotgan odam, oxir-oqibat

shu gazandalarga ham mehr qo‘yib qolar ekan. Shundanmikan yoki

yosh umrimni bag‘ishlab o‘ltirganim uchunmi, qay bir zamonlarda

yashab o‘tgan Muhammad Sharif Gulxaniy degan rindnafas bir odam

ham endi menga otamdek aziz bo‘lib qolgan, uzun, sovuq kechalarda

uch xonali bo‘m-bo‘sh ijara uyda yolg‘izlik nimadir – bilmas edim.

Oy oxirlarida, shuncha paytdan buyon “og‘ziga so‘k solib olgan” tele-

15

Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi


background image

fon tuyqusdan tilga kirib, uy bekasi Dinora opa malol keltirmaygi-

na ijara haqini eslatganida, g‘oyibga tikilgancha, po‘pisa qilib qo‘yar

edim: “Xo‘sh, mavlono Gulxaniy, beka ijara istar, oqchadan chiqarsin-

lar! Kecha-yu kunduz shunda hozir-u nozir bo‘lsangiz, yo halimxo-

na bunda-yu zikrxona undami?! Mavlono Gulxaniy ranjib javob qi-

lar edilarki: “Biz qo‘y ko‘rmasak ham, qiy ko‘rgan erduk. Qul bilan

quymoq yesang, qustirmay qo‘ymas, cho‘ri bilan chalpak yesang,

qaytarmay qo‘ymas”. So‘ng tumtayib, indamay kelardilar, mening

esa, u kishi G‘ulom ismimga mutoyiba qilganiga darhol fahmim yeta

qolmas, anglab yetgach, bisyor zavqim qo‘zib kulib yuborar edim.

Umuman, mening G‘ulomligimu uning Muhammad Sharifligi aksari

-

yat lutf-u zarofatlarimizning qizg‘in va tuganmas payroviga aylan-

gan edi. “Nechukkim aytmishlar, – der edilar u kishi soxta qovoq

uyub, qum yig‘ilib tosh bo‘lmas, qul yig‘ilib bosh bo‘lmas”. “Haqqos

rost, taqsir, – der edim men, – g‘ulomligim chin bo‘lmasa, sizning

etagingizdan tutarmidim? Yaxshilar bila yurdung-yetding murod-

ga, yamon bila yurdung-qolding uyotg‘a. Bu so‘zlar o‘zingiz aytgan

so‘zlar, tonmassiz, taqsir? Mana, kitobingizning yigirma uchinchi sa-

hifasida zikr etilibdir” degan so‘zlarni kitobxon maroqlanib o‘qiydi.

“Mavlono Gulxaniy zikr etmish har bir maqol ortidan bir

taqdir darichasi yaqqol ko‘rinib turadi” deydi G‘ulom va “Zarbul-

masal”dagi maqol, rivoyatlarni o‘zi ko‘rgan bilgan voqealarga qiyos-

laydi. Gulxaniy qahramonlarni tanigan, o‘zi bilan birga ishlayotgan

odamlarga qiyoslaydi. G‘ulom Gulxaniyni xuddi ko‘rib turgandek,

u bilan suhbatlashadi. U Gulxaniy qiyofasini quyidagicha tasavvur

qilishni aytadi: “Muhammad Sharif to‘rda, boshini quyi egib o‘ltiradi,

mudom tabassum. Kinoya va mutoyiba jilva qilguvchi ozg‘in. Zahil

yuzlarida qayg‘u ko‘lankasi” [Sultonov 1993, 5].

“Ko‘ngil ozodadur...” Gulxaniy she’rining misrasidan olingan

parcha. G‘ulomning xayolida Gulxaniy: “Ko‘ngil ozodadur, ko‘ngul

ozodadur, dunyoga arzi ehtiyoj etmaz” deyayotganday bo‘ladi. Boy-

lik, pul-molga qiziqmasligi jihatidan G‘ulom Gulxaniyga o‘xshaydi.

Shuning uchun u Gulxaniy bilan xayolan gaplashadi. Hech kimga

aytolmaydigan ichki dardlarini xayolan “Zarbulmasal” muallifiga

aytadi. “Men unga dilimni o‘rtab shubhalarni so‘yladim. Olamning

noraso ishlarini gapirdim. Ne-ne ajdodlarim aqli yetmagan savollar-

ga undan javob so‘radim: odam nedur, nechun dunyoga kelur? Kel-

magidan murod nadur, ketmagidan faryod nadur? Nechun haq mu-

dom ta’qibdadur? Razolat hanuz g‘olib kelur? Ne bois to hamon suv

keltirgan xordir? Bani bashar tokaygacha sabiy qolur?” deb so‘radim

deydi G‘ulom. G‘ulomning bu mulohazalari “Yozning yolg‘iz yodgori”

16

Abdulla ULUG‘OV


background image

qissasi qahramoni Adam Karvonning hayot va o‘lim, inson umrining

mazmuni, insondan qoladigan yodgor to‘g‘risidagi o‘ylariga o‘xshab

ketadi. Adash Karvonning qabristonga borgan holati quyidagicha

tasvirlanadi: “Qabriston sukunati yutaman deydi. Yalang‘och qay-

rag‘ochlar ma’yus oh tortadi, aqalli birorta bo‘lsin yashil yaproq

izlab izg‘igan shamol qontalash barglarni sargardon tentiratadi, ku-

zakning bu nursiz kunida yanada befayz ko‘ringan g‘arib sag‘analar

uzra telba saxovat bilan xazon sochadi... Mozorning so‘nik manzarasi

Adash Karvon dilida o‘lim haq ekaniga hamisha iymon keltiruvchi,

kun-uzun kun omonatini yeldek kelib, seldek olishini iltijo qiluvchi

bir kimsa dilida uyg‘otgan poyonsiz g‘ashlik va qo‘rquvni eng mu-

taassir suralar ham quvib chiqara olmadi. Bag‘riga ne-ne zotlarni

jimgina yutib, to‘ymas ko‘zlarini jimgina yumgan bu qo‘hna makon,

devor ortidagi tiriklik talvasasiga butkul beparvo, sovuq, g‘olibona

bir salobat to‘kib turar edi. Adash Karvon bu yerga ilk bir qachon kel-

ganini o‘ylab ketdi. Eh-he! Eslab bo‘larmidi buni! Daryodagi tomchi

-

ni hisoblab bo‘ladimi? Osmondagi yulduzni sanab bo‘ladimi?! Adash

Karvon yetmish ikki yillik umri mobaynida bu makonga ozmuncha

kelganmi? Ozmuncha odamni tuproqqa qo‘yganmi? Har safar olo-

mon safida, paymonasi to‘lgan marhumni joyrostoniga topshirgani

kelarkan, shu olomon uning o‘zini ham mozorga so‘nggi marta elta-

digan kun yaqinlashayotganini dil-dilidan anglar edi. Bu yerga otasi

o‘lganda keldi, onasi o‘lganda keldi, qarindosh-urug‘lari o‘lganda kel-

di va har gal yuragining bir parchasini sovuq tuproqqa ko‘mib, jim-

gina uyiga qaytdi. Oxiri bir parcha-bir parchadan uzila-uzila, tuproq-

qa ko‘mila-ko‘mila yuragi adoyi tamom bo‘ldi, o‘rnida qolgan narsa

toshga aylandi”[Sultonov 1993, 112-113].

Adash Karvon ham, G‘ulom ham tevarak-atrofidagi hodisalar-

ga beparvo, befarq emas. Shuning uchun ular har bir narsa to‘g‘risida

o‘ylaydi, mushohada yuritadi. Ular xarakteridagi ana shu o‘ziga xos-

lik boshqalar e’tibor qilmagan haqiqatlarni anglashiga sababchi, vo-

sita bo‘ladi. Adash Karvon qabristondagi qabrtoshlarini ko‘rib, xotini

Oynisa, o‘g‘li Nasibbekning umr yo‘li haqida o‘ylar ekan, o‘g‘li ham,

kampiri ham halol yashab, iymoni salomat, diyonati pok bo‘lganini

iymon keltiradi. Ulardan Adash Karvon cheksiz iztirob bilan birga,

o‘rtanib eslagan chog‘i yurak-bag‘rini yorug‘ bir shukuhga to‘ldi-

ruvchi sog‘inch yodgor bo‘lib qolganini anglab yetadi. Bu sog‘inch

yodgorligi hashamatli marmartoshlardan ham baland, muhtasham

ekani haqida o‘nlab qoladi. Har bir odam o‘zi uchun o‘zi yodgorlik

barpo etib yashashi haqida mushohada yuritadi.

“Ko‘ngil ozodadur...” qissasi qahramoni G‘ulom Shodiyor

17

Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi


background image

bilan ijarada hamxona bo‘lib yashashdi. G‘ulom va Shodiyor

bir-birining tamoman teskarisi. G‘ulom xuddi “Saodat sohili”da-

gi Hofiz ko‘ykiy, “Yozning yolg‘iz yodgori”dagi Adash Karvon

singari halol, iymon-e’tiqodli yigit. Shodiyor esa maishatga beril-

gan. U huquqshunoslik institutida o‘qiydi. Ammo darsga bormaydi.

O‘ziga o‘xshagan boyvachcha og‘aynilari bilan maishat, kayf-u safo

qilib kunlarini o‘tkazadi. “Aytishicha, u yuridik institutda o‘qish-

ga qiziqmaydi. Bu yerga o‘qishga otasi majburlab kiritib qo‘ygan.

Shodiyorning o‘ziga qolsa, u futbolchi, yo artist bo‘lmoqchi ekan.

“Menga kalla ishlatmaydigan o‘qish bo‘lsa” deydi u. Shodiyor dunyo-

da ikkita narsani: rok musiqasi va mashina haydashni yaxshi ko‘radi.

Otasi u maktabni tugatganida “Jiguli” mashinasi olib bergan. Shodi-

yor harom-harish ishlarga qo‘l urishdan aslo tortinmaydi. U imti-

honlarni topishirish uchun ham pul beradi va bu ishini oddiy, tabiiy

hodisa deb biladi. “Nima harom-harish? Hamma qatori, ko‘pchilik

nima bo‘lsa, biz ham shu. Umr bir marta beriladi, o‘ynab-kulgan qola-

di, boshqasi – bir tiyin” deydi Shodiyor [Sultonov 1993, 45]. Chun

-

ki maishatni hamma narsadan ustun deb biladigan, harom-harish

yo‘llar bilan pul topishga ruju qo‘yganlar davrasida ulg‘aygan. Shodi-

yor nasha chekadi. Uning otasi, tog‘asi ham Shodiyorga o‘xshay-

di. G‘ulom oq ko‘ngil, rahmdil, birovlarga yaxshilik qilishni burchi

deb bilgani uchun Shodiyorni yomon yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ladi.

Ammo G‘ulom pul, maishat quturtirgan Shodiyorni tarbiya qilolmay-

di. Nasha chekib, o‘zini boshqarolmay qolgan Shodiyor aldangan bir

qizni qutqarmoqchi bo‘lgan G‘ulomni pichoqlab o‘ldiradi.

“Yozning yolg‘iz yodgori” qissasida ham o‘z istak-xohishi-

ni o‘ylagan Sattorning qotillikka qo‘l urishi, u alam, hasad olovida

yonganidan Adash Karvonning yolg‘iz o‘g‘li Nasibbekni otgani ba-

yon etiladi. “Ko‘ngil ozodadur...” qissasida Shodiyorning qilmishidan

keyingi holati bayon etilmaydi. “Yozning yolg‘iz yodgori” qissasida

Sattorning iztiroblari ochib beriladi. Sattor turmadan Gulnorga “Il-

timos, qarg‘ab-la’natlab bo‘lsa-da, meni ahyon-ahyonda yod etib

tursang. Zora, men shunda diyodoringni yana tushlarimda ko‘ra ol-

sam” deb xatlar yozadi. Lekin bu xatlarini yubormaydi. “Qaysi yuz

bilan yuboraman, Gulnor?! Axir, endi senga loaqal xat yozishga ham

haqqim yo‘q-ku!” deb iztirob chekadi. Yozgan xatlarini yirtib tash-

laydi. Ammo Sattorni xotiralari doim azoblaydi. Qissada Sattorning

iztiroblari quyidagicha tasvirlanadi: “Shu lahzaning o‘zida juda ko‘p

narsani birdaniga tushundi – o‘tgan umrni qaytarib bo‘lmasligini,

qachonlardir jaholat tufaylimi, hasad tufaylimi, muhabbat tufaylimi,

sodir etilgan mash’um xatoni ham tuzatib bo‘lmasligini, qanchalar

18

Abdulla ULUG‘OV


background image

og‘ir, mashaqqatli bo‘lmasin, endi boshqacha yashashi kerakligini,

bundan bo‘lak iloji yo‘qligini...” [Sultonov 1993, 181].

Sattor xatolarini anglamasdan avvalroq Adash Karvon ham,

uning xotini Oynisa ham o‘g‘lining qotili–Sattorning gunohini ke-

chadi. Adash Karvonning xotini Oynisa vafot etayotgan chog‘ida eri-

ga: “Rahmonberdining o‘g‘lini kechirdim, siz ham kechiring” deb

vasiyat qiladi. Adash Karvon o‘g‘lining qotili Sattorni allaqachon

kechirgan bo‘ladi. Hatto sudda ham unga hech qanday da’vo-janjal

yo‘q ekanini ochiq-oydin aytgan bo‘ladi. Qissada Adash Karvonning

Sattorga bu munosabat quyidagicha tasvirlanadi: “Lekin shunday

degani bilan, tirik jon, shu kungacha ko‘ngilda unga cheksiz-che-

garasiz adovat pinhon ekan. Taajjubki, faqat shu bugun, boya qabris-

tonda, sovuq sag‘analarga tikilib o‘tirganda ana shu kek va qudrat

alangaga go‘yo allakim suv sepgandek, jazillab achishgan jarohatla-

riga muzday malham qo‘ygandek bo‘ldi. Ha, nek bo‘lgan bo‘lsa - bari

o‘tdi! Endi qanday bo‘lmasin, Sattorni ko‘rmog‘i, kampirning so‘nggi

tilagini ado etmog‘i kerak. Toki bir bandam bechora umr bo‘yi o‘rta-

nib o‘tmasin! Buni shu paytgacha jur’ati yetmasdanmi, ko‘ngilning

isyonini bosolmaymi, aytmagan ekan, endi aytishi ham qarz, ham

farz. Mayli. Axir rasululloh aytmishlarkim: “Ertaga qiyomat degan

kun ham daraxt ekingizlar” [Sultonov 1993, 179-184].

Adash Karvon taqvodor, xudojo'y kishi bo‘lgani bois boshi-

ga neki mushkul tushsa, taqdirning hukmi, unga ko‘nish, ko‘nikish,

itoat qilish kerak, deb yashaydi. Shuning uchun u begunoh o‘g‘lining

qotilini kechirishni istaydi. Adash Karvon Sattorni “sho‘rpeshona”

deb biladi. Ammo Adash Karvon ham qismati chigalliklarini o‘ylab,

ojiz qolgan paytlarda, savollariga javob topolmay qolib: “E poki par

-

vardigoro! Nega meni buncha sho‘rpeshona yaratding? Axir, men

sobir edim-ku! Axir umr bo‘yi buyrug‘ingga bo‘yin egib o‘tdim-ku!

Tan-u jonimni bor-u yo‘g‘imni yo‘lingga bag‘ishladim-ku! Balo-yu

ofatlarga duch kelgan paytlarimda ham, qorong‘u yo‘llarda qoqilgan

paytlarimda ham nomingni dilimdan qo‘ymadim, hech qachon shik-

va-shikoyat qilmadim, boshimga neki ko‘rgilik tushsa, sening irodang

deb bildim, hamisha o‘zingga shukrona aytdim. Lekin endi sendan

so‘rayman, muborak dargohingga bosh urib yolborib so‘rayman, ayt,

anglat menga: manglayi qora bu bandangning gunohi ne edi? Nega

men ham odamlarga o‘xshab bir ro‘shnolik kun ko‘rmadim? Nega

menga faqat sitamni ravo ko‘rding? Yozug‘im ne edi, vallohu olam?!”

deb ich-ichidan eziladi [Sultonov, 1993, 184].

Adash Karvonning bu savollarida hech kimga hasad, g‘azab,

nafrat yo‘q. Uning ko‘nglidan kechayotgan Xudoga qilayotgan mu-

19

Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi


background image

rojaatlari, iltijolarida o‘z hayotidagi murakkabliklar, qismatidagi

chalkashlar sababini bilishi istagini turadi. Bunday xohish, istak har

bir kishining ko‘nglida turadi. Xayoriddin Sultonov Adash karvon

xarakterida o‘z hayot yo‘lini taftini qilib, avval anglamagan haqiqat-

larini bilib olayotgan odam obrazini ko‘rsatgan. Qabristondagi

sag‘analar, unda do‘ppayib turgan qabrlar, ulardagi turli marmartosh

qabrtoshlari Adam Karvonning o‘z hayoti haqida avval xayoliga kel-

magan juda ko‘p sir-sinoatlar haqida o‘ylashi, mushohada yuritishi-

ga sabab bo‘ladi.

“Ko‘ngil ozodadur...” qissasida esa Gulxaniyning xayoliy siy-

mosi, u yaratgan “Zarbulmasal”dagi qiyomat, rivoyat, masal, maqol-

lar G‘ulomning o‘zi yashab turgan muhit haqida o‘ylashi, mushohada

yuritishi uchun vosita vazifasini bajaradi. G‘ulomning xarakterini

yozuvchi uning Gulxaniy bilan xayoliy savol-javob hamda Shodiyor,

rahbar ishxonasidagi boshlig‘i-rahbar, dissertatsiya ishi ilmiy rah-

bari, ijaradagi xonadoshi Shodiyorga munosabati orqali ochib bera-

di.

Xayriddin Sultonovning “Saodat sohili”, “Yozning yolg‘iz

yodgori”, “Ko‘ngil ozodadur...” qissalarida halollik ulug‘lanadi. Bu

qissalarning bosh qahramonlari – iymon-e’tiqodli, vijdonli pok

kishilar. Hofiz Ko‘ykiy, Adash Karvon, G‘ulom doimo halol mehnat

bilan kun kechiradi, birovlarning haqiga zarracha xiyonat qilmaydi.

Ular hech kimni aldamaydi, boshqalarga ozor yetkazmaydi.

Xayriddin Sultonov Hofiz Kuykiy, Adash Karvon, G‘ulomning ko‘ngil

kechinmalarini, ularning nohaqlikdan iztirob chekishi, adolat

toptalgan paytda beparvo emasligini ishonarli ko‘rsatadi. O‘quvchi

ushbu qissalarning bosh qahramonlari xarakterida yaxshi kishilarning

fe’l-atvori, kechinmalari mujassam ekanini darhol payqaydi. Yozuvchi

asarlariga xos ushbu xususiyat to‘g‘risida adabiyotshunos Ibrohim

G‘afurov shunday deydi: “Xayriddin Sultonov oddiy odamlarning

yuraklaridagi ma’naviy boyliklarini, insonni insoniylik darajasida

mo‘tabar qilib turadigan xislatlarni ochishga alohida diqqat qiladi.

Odamning yuragida ma’naviyat gavhari bor. Xayriddin Sultonov o‘z

asarlarida shu gavharga ziyo tushganlar yoki yana ham, aniqrog‘i,

inson dili nur taratadigan damlarni tasvirlashni o‘z oldiga maqsad

qilib qo‘yadi” [Sultonov 1988, 272].

Xayriddin Sultonov qahramonlari qalbi nurlangan lahzalar-

ni ta’sirchan lavhalarda tasvirlaydi. Qahramonlari xarakteridagi

muhim jihatlarni ularning ezgulikka intilishi, raqiblari, dushmanlari

holatini tushunishi, ularga achinishi orqali gavdalantiradi. Hofiz

Ko‘ykiy u bilan safarga chiqqan Binoqulning yo‘lda halok bo‘lganini

20

Abdulla ULUG‘OV


background image

eslab eziladi. Adash Karvon o‘g‘lining qotili Sattorni sho‘rpeshona

hisoblaydi, sudda ham unga hech qanday da’vo-janjali yo‘qligini

ochiq-oydin aytadi. “Ko‘ngil ozodadur...” qissasi qahramoni G‘ulom

ham maishatparast Shodiyorni to‘g‘ri solishga harakat qiladi. “Bir

qarasang, ko‘ngli ochiq, tanti yigitga o‘xshaydi, bir qarasang, dordan

qochgan kazzobning o‘zi” deydi u haqda.

Xayriddin Sultonov qissalari asosiy qahramonlari xarakte-

rida halollik asosiy xislat sifatida bo‘rtib turadi. Ammo ularning

halolligi kimlar bilandir keskin to‘qnashuvlarda, murosasiz

olishuvlarda emas, balki ularning ichki iztiroblari ko‘rinadi. Yozuvchi

qahramonlari muammolarga duch kelganida aybni boshqalardan

emas, avvalo, o‘zlaridan izlashadi. Bu ularning qalbidagi ziddiyatli

kechinmalar tahlili orqali ko‘rsatiladi. Xayriddin Sultonov asarlari-

dagi qahramonlar qalb kechinmalari tahlili o‘quvchi e’tiborini

jalb etadi. Yozuvchi qahramonlari ruhiyatini ko‘rsatishni asosiy

maqsadi deb biladi. Xayriddin Sultonov “Meni inson ruhiyatining

cheksiz g‘alayonlari qiziqtiradi” deydi [Sultonov 2005, 5, 3].

“Saodat sohili” qissasida yozuvchi Zahiriddin Muhammad

Boburning ruhiyatidagi cheksiz g‘alayonlari ta’sirchan tasvirlaydi.

Bobur ulkan saltanat hukmdori bo‘lishiga qaramay, doim ko‘ngli

bezovta yashaganligini ishonarli ko‘rsatadi. Shoh va shoir Bobur

ham xuddi Adash Karvon singari o‘tgan umrini, u bilan duch kelgan,

og‘ir jang-u jadallarda yonida turgan odamlarni bir-bir xayolidan

o‘tkazadi. O‘zini ulkan dengizga tushib qolib, sohil tomon talpina-

yotgan holda sezadi. “Menga najot beradigan saodat sohili qayerda”

deb iztirob chekadi. Xayriddin Sultonov qissalarida qahramonlari-

ning iztirob chekayotgan holatini ko‘rsatadi. Adash karvon

taqdirning chigalliklari, qismatining chalkashliklari haqida o‘ylaydi.

G‘ulom esa halol, vijdonli kishilar qiynalib yashashi, Shodiyor singari

puldor, maishatparastlar halol, iymon-e’tiqodli kishilarni tahqirlashi,

harom-xarishdan, boshqalarni toptashdan rohatlanadigan to‘g‘ri

yo‘lga boshlashning qiyinligi haqida mushohada yuritib qiynaladi.

Xulosa

Xayriddin Sultonov hikoya va qissalarida qahramonlar-

ning qalb kechinmalari tahlili asosiy o‘rin tutadi. Yozuvchining

qahramonlar xarakterini namoyish etadigan ruhiy tahlillarida

Abdulla Qodiriy romanlariga xos ohangdoshlik seziladi. Xayriddin

Sultonovning Abdulla Qodiriy asarlarining bu jihatidan ta’sirlangani

uning: “Ruhiy tahlil bobida Qodiriy o‘ziga xos maktab va an’ana

yaratgan san’atkor ekanligi ko‘pdan e’tirof etilgani haqiqat. Uning

21

Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi


background image

tahlili negizida insonga hamdardlik, shavqat, joziba tuyg‘ulari

mujassam. Uslubdagi bu jozibadorlik bois Qodiriy tasviri hamisha

qavat-qavat ma’no kasb etadi, kitobxonni turfa xil o‘ylarga toldiradi”

degan so‘zlarida ham bilsa bo‘ladi [Sultonov 1993, 263].

Xayriddin Sultonov qissalarida tuyg‘ulari go‘zal, o‘z o‘tmishi,

kechmishi, tevarak-atrofidagi hodisalar haqida mushohada

yuritadigan ta’sirchan qahramonlar xarakteri ko‘rsatiladi.

Adabiyotlar

ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи. 1999. Университетлар ва педагогика

институтлари бакалавр ихтисослигини олувчилар учун

дарслик. Н.Каримов, С.Мамажонов, Б.Назаров ва бошқа

-

лар. 2019. Тошкент: Ўқитувчи.

Султонов Х. 2019. Ҳақиқат жамоли. Адабий ва публицистик

мақолалар. Тошкент: MASHHUR-PRESS.

Султонов Х. Уч юз олтмиш тўрт кун. 2019. Тошкент: “O’zbekiston”

НМИУ.

Султонов Х. 1988. Умр эса ўтаверади: Ҳикоялар. Тошкент: Ёш гвардия.

Султонов Х. 1983. Саодат соҳили. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Султонов Х. 2021. Навоий – 30. Тошкент: MASHHUR-PRESS.

Султонов Х. 1980. Қуёш барчага баробар. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Султонов Х. 1993. Бобурнинг тушлари: Қиссалар. Ҳикоялар, Эсселар.

Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Султонов Х. 1997. Бобурийнома: Маърифий роман. Тошкент: Шарқ.

Султонов Х. 1983. Бир оқшом эртаги. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

“Ўзбекистон адабиёти ва санъати” газетаси, 2006 йил 20 январь.

“Ёшлик” журнали, 2005 йил 5-сон. – B. 3.

Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его

генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://

inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An Interna

-

tional Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.

Rasulova, U. (2020). Novelties in poetics of tales. ISJ Theoretical & Applied

Science, 01 (81), 220-224.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge. Asian Journal of Multidimen-

sional Research, 10(10), 1270-1274.

Rasulova, U. (2020, December). THE EXPRESSION OF DIVINE LOVE IN

CURRENT STORIES. In Конференции.

Ulug‘ov, A. (2021). HAMZAS DRAMAS.

Theoretical & Applied Science

, (8),

201-209.

Ulug‘ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF HIS

-

TORY. In

Конференции

.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL

-

ARLY LITERARY CRITIC.

Conferencea

, 83-94.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of Research

in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

22

Abdulla ULUG‘OV


background image

In the works of Khayriddin Sultan

reflection of life events

Abdulla Ulug‘ov

1

Abstract

In this article, Khayriddin Sultanov, one of the major figures

of modern Uzbek literature, discusses how life events are artistically

reflected in his stories and short stories. In the writer’s works, the reali

-

ty of life, the historical truth, the complex inner experiences of a person

are impressively reflected artistically, and the reality is viewed from the

perspective of high humanity.

In the writer’s stories such as “Dunyoning siri”, “Ghulomgar-

dish”, “Qog‘oz gullar” and the short stories “Saodat sohili”, “Yozning yolg‘iz

yodgori”, “Ko‘ngil Ozodadur... ”, people’s daily life, worries, attention is paid

to the truthful coverage of their aspirations and relationships. The author’s

short stories focus on convincingly revealing the spiritual experiences of

a person. The events recorded in the writer’s short stories are similar to

events in life. The characters in them look like real people. The thoughts

and worries of these heroes will not leave anyone indifferent. The article

mentions such features of the writer’s work.

Key words:

Khairiddin Sultanov, Babur, story, historical theme,

modern life, image of a historical person, realistic image, lyrical expression,

plot, character, inner experience, impressive solution.

References

XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. 1999. Universitetlar va pedagogika

institutlari bakalavr ixtisosini oluvchilar uchun darslik.

N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov va boshqalar. 2019.

Toshkent: O‘qituvchi.

Sultonov X. 2019. Haqiqat jamoli. Adabiy va publitsistik maqolalar.

Toshkent: MASHHUR-PRESS.

Sultonov X. 2019. Uch yuz oltmish to‘rt kun. Toshkent: “O’zbekiston” NMIU.

Sultonov X. 1988. Umr esa o‘taveradi: Hikoyalar. Toshkent: Yosh gvardiya.

Sultonov X. 1983. Saodat sohili. Toshkent: Adabiyot va san’at.

Sultonov X. 2021. Navoiy – 30. Toshkent: MASHHUR-PRESS.

1

Ulug'ov Abdulla –

Candidate of philological sciences, professor, Tashkent State

University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navo'i.

E-mail:

aulugov@navoiy-uni.uz

;

ulugovabdulla05121960@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-7013-400X

For citation:

Ulug'ov, A. 2023. “In the works of Khayriddin Sultan reflection of life

events”.

U

zbekistan: Language and Culture. Literature

2(2):

4-24.

23

Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi


background image

Sultonov, X. 1980. Quyosh barchaga barobar. Toshkent: Adabiyot va san’at

nashriyoti.

Sultonov, X. 1993. Boburning tushlari: Qissalar. Hikoyalar, Esselar.

Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti.

Sultonov, X. 1997. Boburiynoma: Ma’rifiy roman. Toshkent: Sharq.

Sultonov X. 1983. Bir oqshom ertagi. Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2006-yil 20-yanvar. Toshkent.

“Yoshlik” jurnali, 2005-yil 5-son. – B. 3. Toshkent.

Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его

генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://

inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An Interna

-

tional Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.

Rasulova, U. (2020). Novelties in poetics of tales. ISJ Theoretical & Applied

Science, 01 (81), 220-224.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge. Asian Journal of Multidimen-

sional Research, 10(10), 1270-1274.

Rasulova, U. (2020, December). THE EXPRESSION OF DIVINE LOVE IN

CURRENT STORIES. In Конференции.

Ulug‘ov, A. (2021). HAMZAS DRAMAS.

Theoretical & Applied Science

, (8),

201-209.

Ulug‘ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF HIS

-

TORY. In

Конференции

.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL

-

ARLY LITERARY CRITIC.

Conferencea

, 83-94.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of Research

in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

24

Abdulla ULUG‘OV

Библиографические ссылки

ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи. 1999. Университетлар ва педагогика институтлари бакалавр ихтисослигини олувчилар учун дарслик. Н.Каримов, С.Мамажонов, Б.Назаров ва бошқалар. 2019. Тошкент: Ўқитувчи.

Султонов Х. 2019. Ҳақиқат жамоли. Адабий ва публицистик мақолалар. Тошкент: MASHHUR-PRESS.

Султонов Х. Уч юз олтмиш тўрт кун. 2019. Тошкент: “O’zbekiston” НМИУ.

Султонов Х. 1988. Умр эса ўтаверади: Ҳикоялар. Тошкент: Ёш гвардия.

Султонов Х. 1983. Саодат соҳили. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Султонов Х. 2021. Навоий – 30. Тошкент: MASHHUR-PRESS.

Султонов Х. 1980. Қуёш барчага баробар. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Султонов Х. 1993. Бобурнинг тушлари: Қиссалар. Ҳикоялар, Эсселар.

Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Султонов Х. 1997. Бобурийнома: Маърифий роман. Тошкент: Шарқ.

Султонов Х. 1983. Бир оқшом эртаги. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

“Ўзбекистон адабиёти ва санъати” газетаси, 2006 йил 20 январь. “Ёшлик” журнали, 2005 йил 5-сон. – B. 3.

Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An Interna-tional Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.

Rasulova, U. (2020). Novelties in poetics of tales. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (81), 220-224.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge. Asian Journal of Multidimen-sional Research, 10(10), 1270-1274.

Rasulova, U. (2020, December). THE EXPRESSION OF DIVINE LOVE IN CURRENT STORIES. In Конференции.

Ulug‘ov, A. (2021). HAMZAS DRAMAS. Theoretical & Applied Science, (8), 201-209.

Ulug‘ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF HIS-TORY. In Конференции.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL-ARLY LITERARY CRITIC. Conferencea, 83-94.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(12), 295-305.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов