G‘afur G‘ulom she’riyatining poetik jozibasi (Shoirning “Kuzatish” va “Sog‘inish” she’rlari tahlili misolida)

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
88-98
0
0
Поделиться
Матёкубова, Т. (2024). G‘afur G‘ulom she’riyatining poetik jozibasi (Shoirning “Kuzatish” va “Sog‘inish” she’rlari tahlili misolida). Узбекистан: язык и культура, 1(2), 88–98. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024-pp88-98
Тозагул Матёкубова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
Кафедра узбекского языка и литературы доцента, кандидата филологических наук.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada akademik G'afur G'ulom she'riyatining o'ziga xos xususiyatlari "Kuzatish” va "Sog'inish" she'rlari tahlili misolida o'rganilgan. Unda mazkur she'rlarda o'tmish, bugun va kelajak manzaralari shoir ichki olami bilan uyg'unlikda tasvirlangani yoritilgan. G'afur G'ulom insonga Yer shari darajasidagi hodisa sifatida qaramagan. Balki uni koinot evolyutsiyasining tabiiy hosilasi deb bilgan. G'afur G'ulom insoniyat tarixini Quyosh tizimi va unda millionlab yillar davomida sodir bo'lgan o'zgarishlar bilan bog'lab tasvirlagan. Maqolada G'afur G'ulom she’rlaridagi bunday tasvirlar shoirning ongosti tuyg'ulari bilan bog'lab tadqiq etilgan. Tadqiqotchi G'.G'ulom she’rlari subyektiv kechinma va nafis poetik ifoda uyg'unlashuvidan yuzaga kelgan, degan fikr-mulohazani ifoda etadi. Maqolada ilgari surilgan fikr-qarashlar muxtasar holda umumlashtirilgan.


background image

88

Uzbekistan: Language and Culture 2024/2(2)

ISSN 2181-922X 88

98

G‘afur G‘ulom she’riyatining poetik jozibasi

(Shoirning “Kuzatish” va “Sog‘inish” she’rlari tahlili

misolida)

Tozagul Matyoqubova

1

Abstrakt

Ushbu maqolada akademik G‘afur G‘ulom she’riyatining o‘ziga

xos xususiyatlari “Kuzatish” va “Sog‘inish” she’rlari tahlili misolida

o‘rganilgan. Unda mazkur she’rlarda o‘tmish, bugun va kelajak manzaralari

shoir ichki olami bilan uyg‘unlikda tasvirlangani yoritilgan.

G‘afur G‘ulom insonga Yer shari darajasidagi hodisa sifatida

qaramagan. Balki uni koinot

evolyutsiyasining

tabiiy hosilasi deb bilgan.

G‘afur G‘ulom insoniyat tarixini Quyosh tizimi va unda millionlab yillar

davomida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan bog‘lab tasvirlagan. Maqolada

G‘afur G‘ulom she’rlaridagi bunday tasvirlar shoirning ongosti tuyg‘ulari

bilan bog‘lab tadqiq etilgan.

Tadqiqotchi G‘.G‘ulom she’rlari subyektiv kechinma va nafis poetik

ifoda uyg‘unlashuvidan yuzaga kelgan, degan fikr-mulohazani ifoda etadi.

Maqolada ilgari surilgan fikr-qarashlar muxtasar holda umumlashtirilgan.

Kalit so‘zlar.

Badiiy mahorat, o‘ziga xoslik, lirik qahramon,

obraz, tuyg‘u-kechinma, ruhiy kechinma.

Kirish

Ma’lumki, lirikada voqelik lirik subyekt (

shoir

) his-tuyg‘ulari

obyekt (

lirik qahramon qalb prizmasi

) orqali ifodalanadi. Lirika

obyekt va subyektni bitta shaxsda uyg‘unlashtirishga qodir. U o‘z

muallifi ichki olami - ruhiy kechinmalari ko‘zgusi. Odatda, kechinma

voqelik ta’sirida yuzaga keladi. O‘sha oniy lahzaning insonga xos

nisbiy barqaror asosi (

javhari

) so‘z va emotsional ohang vositasida

aks etadi [Quronov, Mamajonov, Sheraliyeva. 2010, 252]. G‘.G‘ulom

donishmandona fikr-mushohadalari: inson – hayot; tiriklik – o‘lim;

ibtido - intiho juftliklari o‘rtasida mavjud ajralmas rishtalar hissiy

anglanishidan paydo bo‘ladi va she’riy matnga o‘ziga xos ruh

bag‘ishlaydi. Chunki shoirning mukarram hayot har bir oni, g‘animat

1

Matyoqubova Tozagul Rajapovna

– Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU,

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.

E-mail:

tozagul_matyakubova@mail.ru

ORCID ID:

0000-0002-3063-9871

Iqtibos uchun:

Matyaqubova, T. 2024. “G‘afur G‘ulom she’riyatining poetik

jozibasi”.

O‘zbekiston: til va madaniyat

(2)2: 88-98.


background image

89

G‘afur G‘ulom she’riyatining poetik jozibasi (Shoirning “Kuzatish” va “Sog‘inish”

she’rlari tahlili misolida)

umr (

zamon

) haqidagi sobit falsafasi muayyan shaxs bilan bog‘liq

aniq ifodaga ega.

B.Sarimsoqov ta’kidlaganidek: “XX asr o‘zbek she’riyatida

akademik shoir G‘afur G‘ulomdek faylasuf-shoirni topish qiyin...

G‘afur G‘ulom she’riyatda faylasuf bo‘lishi barobarida, falsafada shoir

ham ekaniga amin bo‘lamiz” [Sarimsoqov. 2003, 19].

Shoirning “Sen yetim emassan”, “Kuzatish”, “Xalq otlandi”,

“Sog‘inish” singari she’rlarida bizga uzoq va yaqin o‘tmish

manzaralari shoir ichki olami bilan uyg‘unlikda tasvir etilgan. Ularni

o‘qib-o‘rganish, chuqur tahlil qilish bugungi kunda ham muhim

ahamiyatga egadir.

Asosiy qism

G‘.G‘ulom “Kuzatish” she’rida uch avlod (Bobosi, G‘afur

G‘ulom va Jo‘raxon) taqdiri qiyosi asnosida shoir kechingan beg‘ubor

o‘ylar tasavvurimizda yuz yilliklarni qayta tiklaydi. Harakatning

o‘tmishdan kelajakka qarab yo‘naltirilishi ajdodlar va avlodlar

o‘rtasida robita taklash imkonini beradi. Kurashchilar safida

ekanidan behad baxtiyor, hatto qalbi iftixor tuyg‘usiga to‘liq shoir

o‘g‘li Jo‘raxon haqida so‘zlarkan:

Yigirma uchinchi yilning tongida

She’rim bilan egizak bo‘lib tug‘ilding.

Yillar o‘tib har ikkov o‘g‘il ongida

Ufqlar ochildi fazolarga teng [G‘afur G‘ulom 1984, 9].
deb yozadi. Ikki egizak farzand: she’r va o‘g‘il ekaniga diqqat

qilinsa, G‘.G‘ulom ijodga qanday mas’ullik bilan yondashgani ayon

bo‘ladi.

Ma’lumki, o‘g‘il farzand - intiq kutilgan orzu. U oila tayanchi,

otalar davomchisi, yurt posboni. Ota-ona umri farzandlar kamolida

barhayot. Binobarin, u yashalgan umr mazmuni uchun muayyan

mezon ham bo‘la oladi.

She’r o‘sdi, sen o‘sding soatma-soat,

Mana endi ulg‘ayib, harbiy yoshing bor.

Do‘stlar bilan bir safda o‘qishga albat

Men yozgan egizak marsh — yo‘ldoshing bor

[G‘afur G‘ulom

1984, 9].

She’r ichkin tuyg‘u va ruhiy qiynoqlar yetilgan onda -

sog‘intirib g‘uncha ochadi. Demak, uning farzandday ardoqli bo‘lishi

tabiiy. Ayni paytda, she’r hamda o‘g‘il - egizaklar zimmasidagi

vazifalar ko‘lami va zalvori ham bir xil. O‘g‘il va she’r soatma-soat


background image

90

Tozagul MATYOQUBOVA

o‘sib, ulg‘ayib boradi. Jo‘raxonning ortidan O‘sar polvon kelganiday,

“Kuzatish” ga ham talay egizak bitiklar esh bo‘la boradi. Egizaklar

nafaqat jisman yoki hajman o‘sib-ulg‘ayadi. Bu jarayon har ikkala

vujudning fazolarga talpinuvchi fikr-tuyg‘ular olamida ham izchil

kechadi.

Demak, shoir poetik nigohi fazoviy kengliklarga tikilgan.

Barcha orzu-umidlari shu “egizaklar” ga chambarchas bog‘langan.

G‘.G‘ulomning oila-xalq, el-yurt, farzand-ijod juftliklariga mehri

bir-biridan ajralmas – egizak. Shunday ekan, uning sadoqat, burch,

fashizmga nafrat va g‘alabaga ishonch haqidagi hayotiy pozitsiyasi

shu qo‘sh qanot yordamida fazoviy kengliklar qo‘ynida parvoz

qiladi. Jaholat itlari - fashizm quturgan bir paytda u mag‘rur turib

g‘alaba marshini chaladi. G‘.G‘ulomning urush yillari she’riyati

lirik qahramoni uchun o‘sha tarixiy kurashdagi o‘z hamsaflariga

hamdamlik, mardlik va botirlik ko‘rsatishdan xorijda hayot yo‘q.

Sho‘ro adabiyotshunosligida bunday hollar: “shoirning

partiyaviy sog‘lom pozitsiyasi” tarzida izohlandi. Bizningcha,

G‘.G‘ulom qattol dushmanga qarshi kurashda beayov, jabrdiydaga

hamdam bo‘lish, mardlik va botirlik ko‘rsatib g‘alabaga erishish

g‘oyalari talqinida folklor hamda mumtoz adabiyotimiz an’analari,

adolatli jangdan el-ulus oldiga yorug‘ yuz bilan qaytish haqidagi

milliy mentalitetga xos udumlardan uzoqlashmagan.

1942-yil 16-mayda yozilgan 19 band, 76 misradan

iborat “Sog‘inish” nomli she’ri G‘.G‘ulom lirikasining eng go‘zal

namunalaridan biridir. Har ikkala she’rni uzviy bog‘liq holda tahlil

qilish bu poetik hodisa sirini tushunishning maqbul yo‘llaridan

biridir. Chunki, shoir-ota (G‘.G‘ulom) ning beg‘ubor sog‘inchi yovga

qarshi kurashchilar safiga kuzatilgan otashin-olov farzand Jo‘raxon

bilan bog‘liq. G‘.G‘ulom bu manzumani shoirgina emas, tunu kun o‘z

jigarporasi tolei porloq bo‘lishini tilab, yurak hovuchlab yashayotgan

mehribon ota bo‘lib yozgan.

Zotan, sog‘inish insonning uzoq ayriliqdagi yaqin kishisini

ko‘rish istagi bilan bog‘liq entiktiruvchi his-tuyg‘u. Sog‘ingan

kishisini ko‘rishga orzumandlik va uni qo‘msash zamirida benihoya

kuchli xohish-istak yotadi.

Demak, she’r yuzaga kelishining o‘z real hayotiy asosi

mavjud. Ash’orning beqiyos qudratga ega bo‘lishi samimiy subyektiv

kechinma va nafis poetik ifoda uyg‘unlashuvidan yuzaga kelgan.

Fayzli xonadonda kimdir yetishmasligidan shoirning ko‘ngli

mudom xavotirda. Bu hol ayniqsa kechki payt, hamma dasturxon

atrofiga yig‘ilgan kezda aniq ko‘zga tashlanadi. Chunki kun bo‘yi


background image

G‘afur G‘ulom she’riyatining poetik jozibasi (Shoirning “Kuzatish”

va “Sog‘inish” she’rlari tahlili misolida)

91

halol mehnat qilib taqdir nasib qilgan ulushini terib kelgan G‘.G‘ulom

uni o‘z yaqinlariga ilinadi. Hamma dasturxon atrofiga to‘planadi.

Zotan, kechqurun oila boshlig‘i davrasida o‘tirib ovqtlanish

dunyoning ko‘pgina xalqlari, xususan, sharqliklarda necha ming

yillardan buyon qadrli udum sanaladi. O‘zbek xalqining sevimli va

lazzatli taomi bo‘lmish osh suzilganida tasavvurdagi Jo‘raxon ham

undan o‘z ulushini tanovul qilsa qaniydi. Afsuski oila to‘kis jamuljam

emas. Qattol urush tufayli farzandlardan biri olis-olislarda. “Biz osh

yemoqdamiz, biroq o‘g‘limning joni omon va qorni to‘qmikan”, degan

o‘y ko‘ngilning olis va yaqin burjlarida kezinadi. Shu bois uning

ko‘ngli bezovta:

Kechqurun osh suzsak bir nasiba kam,

Qo‘msayman birovni – allakimimni.

Doimo umidim bardam bo‘lsa ham,

Ba’zan vasvasalar bosar dilimni

[G‘afur G‘ulom 1984, 34].

G‘.G‘ulom qo‘msayotgan kishi Jo‘raxon. Biroq ota bu ismni

aniq aytmaydi. Balki “birovni - allakimimni” qo‘msayman, deydi.

Chunki shoir birinchidan, farzand - Tangri in’omi. Banda sabr-

bardoshini imtihon qilish yo‘lidagi sinov. Uni “meniki” deyish Xudoga

xush yoqmasligi mumkin, degan xavotirda. Shu bois, ayni lahzadagi

istak-fikrlarda Jo‘raxon taqdirini buyuk ilohiy aql egasiga topshirgan

matonatli ota mitti qalbi tub-tubidagi e’tiqodiy asoslar ham ko‘zga

tashlanadi.

Demak, G‘.G‘ulom o‘z davri ilm-fanida ilgari surilgani singari

insonga Yer shari darajasidagi hodisa sifatida qaramaydi. Balki uni

koinot evolyusiyasining tabiiy hosilasi deb biladi. Ya’ni insoniyat

tarixini Quyosh tizimi va unda kechgan jarayonlar bilan izohlashdan

ham qadimiyroq bo‘lgan diniy-ilohiy qarashlarga bog‘laydi.

Ikkinchidan, insonni kosmik qamrovda olib kuzatishga moyil,

ijtimoiy munosabatlarga jalb etilgan faol shaxs bo‘lmish G‘.G‘ulom

uning tarixini Quyosh tizimi va unda millionlab yillar davomida

sodir bo‘lgan o‘zgarishlardan butkul ajratmaydi. Demak, uning

ruhiyatiga diniy-ilohiy qarashlar va ilm-fan yutuqlari bir vaqtning

o‘zida kuchli ta’sir o‘tkazadi. Diniy-ilohiy inonchlarga e’tiqodiy

munosabat G‘.G‘ulom psixikasida intuitiv tarzda kechadi. Shuning

uchun uning asosiy diqqati hayot uchun muhim bo‘lgan harakat va

jarayonlarga qaratiladi. Ya’ni bu o‘rinda shoir ongosti holatlari uning

ong sferasiga chiqadi. Natijada, shoir ongi o‘zaro murakkab aloqador

turli unsurlardan hissiy-ratsional va ma’naviy-ruhiy axborotlar oladi.

Shoirning tasvir obyektiga munosabatini belgilovchi bilim

va kechinmalari benihoya boyiydi hamda teranlashadi. Chunki


background image

92

Tozagul MATYOQUBOVA

G‘.G‘ulom irodasi mustahkam inson o‘laroq, ulug‘ intilishlar yo‘lidagi

o‘z maqsadidan og‘ishmaydigan shaxs. His-tuyg‘ularini ko‘lamdor

ifodalashga qodir salohiyat sohibi edi.

Uchinchidan, bemalol aytish mumkinki, G‘.G‘ulom ayrim

adashish va aldanishlardan ham xoli bo‘lmagan shaxs edi. Ammo,

u insoniyat tajribasi tasdiqlagan bilimlarga tayanar, shu asosda o‘z

qarashlarini muttasil rivojlantirib borardi. Ma’naviy-hissiy tuyg‘u

va bilimlari esa uni hech qachon aldamagan. Shunday ekan, biz

shoirning voqelikni nechog‘lik to‘g‘ri anglashi bilangina cheklanmay,

G‘.G‘ulom ongining aksiologik jihati, ya’ni

obyekt – o‘z faoliyati –

inson

uchligiga bo‘lgan hissiy munosabatiga ham e’tibor qaratishimiz

lozim. Zotan, G‘.G‘ulom bitiklari uning subyektiv olamida qayta

ishlangan reallikdir.

“G‘.G‘ulomning yuksak she’riyati barcha zamonlarda kishilarni

hayajonga solib, qalb qandilini charaqlatib yondiradi, hamisha

ohanrabo kabi o‘ziga tortaveradi. Har bir avlod shoir she’riyatining

sir, jozibasini o‘zicha kashf etib, undan bahra oladi” [Ulug‘ov. 2013,

30].

She’rning quyidagi bayti ota o‘zining ne-ne zabardast

pahlavonlarini yurt himoyasiga kuzatgan ajdodlari va zamondoshlari

bilan taqdirdosh sezishini ko‘rsatadi:

Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek

Intizor ko‘zlarda xalqa-xalqa yosh.

Eng kichik zarradan Yupitergacha

O‘zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh

[G‘afur G‘ulom. 1984,

34].

She’rdagi og‘ishmay ilgarilayotgan “zo‘r karvon” ijtimoiy

voqelik izmida, u erksiz tuyaga ergashgan yoxud undan ajralgan

yetim bo‘taloq holidadir. Sog‘inish hissi haddan oshishi, ya’ni

intizorlikning beun yig‘iga esh kelishi bir kishigagina emas, balki

jondoshlar - umumga ham daxldor. Xalqa-xalqa yoshning kecha ham,

bugun ham to‘xtamasligi - anormal holat.

Demak, shoir “zo‘r karvon” shiddati bilan zinhor kelisha

olmaydi. Insoniyat bir zum tin olishi va erk haqida xushyorroq

o‘ylashi, amaliy xulosalar chiqarishini sog‘inadi. Ulug‘ murabbiy

(Tangri) madadiga muhtojlik uning yagona ilinjiga aylanadi.

Umidvor nigohini ertangi kunga tikkan shoir Sohibi ixtiyor (Olloh)

mustahkam irodasiga ishonadi. Maysada hikmat ko‘rolgan ko‘ngil

holini shunday oshkor etadi:


background image

G‘afur G‘ulom she’riyatining poetik jozibasi (Shoirning “Kuzatish” va “

Sog‘inish” she’rlari tahlili misolida)

93

Uzilgan bir kiprik abad yo‘qolmas,

Shunchalar mustahkam xonai xurshid,

Bugun sabza bo‘ldi qishdagi nafas,

Hozir qonda kezar ertangi umid [G‘afur G‘ulom 1984, 34].
Jo‘raxon mard va g‘ururli yigit. Bu kurash shu ostona (Vatan)

va ukalari (kelajak nasllar) uchun savash ekanini anglash uning

qon-qoni, jismi- joniga singigani uchun boshini mag‘rur tutib jangga

otlanadi. O‘zidagi merosiy g‘ururni farzandiga singdira olgani, ya’ni

tarbiya to‘kisligidan mamnun - ko‘ngil uyi shod va obod ota holati

shunday ifodasini topadi:

Unda yetuk edi meros mard g‘urur,

Ostonani o‘pib, qasamyod qildi.

Ukalarin erkalab o‘zimday mag‘rur,

Ya’ni obod uyimni u dilshod qildi [G‘afur G‘ulom 1984, 34].
Har qanday o‘tli muxoraba xavfu xatardan xoli emas.

Chunki, nainki atayin uzilgan, balki nogahoniy o‘q ham bir inson

umriga zomin bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bordiyu bu hol sodir

bo‘lsa, umr o‘z mazmunini yo‘qotadi. Shoir uchun farzand - olmos,

umr - xazina. Biri ikkinchisiz mavjud bo‘la olmaydigan bu detallar

lirik qahramon umidi nechog‘lik bardam bo‘lmasin, uning intuitiv

anglamlarida birqadar affektiv holatlar kuzatilishi va andak xavotir

ham sezilishidan guvohlik beradi:

Doimo umidim bardam bo‘lsa ham,

Ba’zan vasvasalar bosar dilimni.
Sog‘inch hissi haddi a’losiga yetgan, xayolot chashmasi

loyqalangan kezlarda shoir ko‘zidan uyqu, ko‘nglidan halovat

qochadi. Bunday damlarda u subhidamni Bedil mutolaasi bilan

qarshilaydi. Talmeh san’ati qo‘llangan ushbu baytga diqqat qilaylik:

Tong otar chog‘ida juda sog‘inib,

Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.

Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,

Pok-pokiza yurak bir qatra simob

[G‘afur G‘ulom 1984, 35].

Baytda yagona ildizga ega bo‘lgan “vujudi vojib” va “vujudi

mumkin” (ruhiy borliq va moddiy olam) ni bir-biridan ajratib

bo‘lmaydi, deb bilgan ulug‘ shoir va mutafakkir Mirzo Abdulqodir

Bedil (1644-1721) nomi bejizga eslatilmaydi. Nazarimizda, G‘.G‘ulom

inson va borliq jumboqlariga javob izlab donishmandona qalbi va

yuksak tafakkuri bilan bedilona talqinlarga yovuqlashgan. Shoir o‘zini

qiynagan talay muammolar haqidagi nazariy va hayotiy xulosalarini


background image

94

Tozagul MATYOQUBOVA

qisman Bedilning “Chor unsur”, “Irfon”, “Nuhot” asarlaridagi fikr-

qarashlar orqali tasdiqlashga intilgan. Shunday xulosalardan biri

olamda sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarni tabiiy hol deb bilish

edi. Ikkinchisi esa, har qanday o‘zgarishda yo‘q bo‘lishni emas, balki

boshqa bir narsa ibtidosini ko‘rishdir.

G‘.G‘ulom narsa-hodisalar paydo bo‘lishidan oldin “ruhlar

haqiqati”da makon topishi, ya’ni yashirin imkoniyat sifatida mavjud

bo‘lishiga ishonmaganida:

Uzilgan bir kiprik abad yo‘qolmas

, tarzida

fikrlamagan bo‘lardi. Ayni paytda, u narsada ruh mavjudligi haqidagi

fikrning o‘ziga xos timsolini ham ifoda etolmasdi. G‘.G‘ulom:

Unda

yetuk edi meros mard g‘urur

, deb yozarkan, Bedil falsafasiga xos

ruhning bir tanadan boshqasiga ko‘chib yurish hodisasi - “tanosux”

ni nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Demak, shoir unga in’om qilingan

sezgi va aql-zakovatdan ibtidolanuvchi ruhiy-hissiy hamda ruhiy-

aqliy quvvatlarga tayanadi.

Shoir o‘zining do‘stlik, karam, muruvvat, sahovat, rahm-

shafqat, adolat haqidagi aksariyat qarashlari jihatidan ham Bedil

axloqiy o‘gitlar olamiga yaqinlashgan. Shuning uchun ham xavotir

qo‘zg‘ovchi simptom ( loyqa xayolot) lar uning ruhiyatiga singib

ketmaydi. Shu ma’noda, oftob chiqishining mutafakkirona fikrlar

uchrashgan lahzada qalb yorishishi bilan bog‘liq ikkinchi ma’nosi

ham oydinlashadi. Xullas, Bedil dunyosiga oshno ota o‘z ko‘nglidagi

barcha noxush shubha-gumonlarni haydashga muvaffaq bo‘ladi.

Garchand, lirik qahramon qalbi butkul tinchlanmagan bo‘lsa-

da, yuragi kumush suvi - simob qatrasi yanglig‘ oq, tiniq va yarqiroq

tus olgach, ruhi anchagina xotirjamlashadi. Bu hol uning xatti-

harakatlarida dadillik sezila boshlaganida namoyon bo‘ladi:

O‘rog‘u gulqaychi, istak ko‘tarib,

Hovrimni bosishga boqqa jo‘nadim.
E’tibor berilsa, uning qo‘lida uch narsa: o‘roq, gulqaychi va

istak bor. Birinchisi bilan begona o‘tlarni qirqsa, ikkinchisi bilan

gullarni kesib shakl beradi. Uchinchisi bilan esa, tok novdalarini

bog‘laydi. Qarabsizki, bog‘ qiyofasi ham go‘zallasha boshlaydi. Buni

tasdiqlaganday, shoir hasharga chiqqan qo‘shni qiz - Jo‘raxonning

sevimli yoriga ham Nafisa ismini munosib ko‘radi. Chunki, bo‘lajak

kelinning ismi arg‘uvon qomatigagina emas, balki shu boqqa

ham yarashiqli bo‘lmog‘i lozim. Qiz qalbida teran sog‘inch hissi

hukmronligini uning ma’yus odimlashidan ilg‘ash mumkin.

Demak, Nafisa ham Jo‘raxonni sevadi va u haqdagi shirin

hayollar og‘ushida yashaydi. Buni payqagan quv ota qiz qalbidan

mahzunlikni quvmoq, sog‘ingan qalbiga hayot nashidasini


background image

ulashmoqni tilab gul payvandlaydi. Ikki gulni bir-biriga jisman ulash

bilan bog‘liq ramziy ma’no tashuvchi harakat ruhiy simptomlari

kuzatilsa, lirik qahramon qalbida sevishganlarni o‘zaro payvasta

qilish orzusi jo‘shayotgani ilg‘anadi.

Binobarin, shoir endilikda: o‘g‘il uylashu kelin tushirish,

ya’ni dabdabali to‘ylar qilishdek shirin hayotiy orzular quchog‘iga

sho‘ng‘igan. Shuning uchun ham u:

Bu bahordan hayot olardi bo‘sa,

deb yozadi. Shu kez uning ko‘zlarida bir tomchi yosh paydo bo‘ladi.

Uning sadafday, ya’ni marvarid yanglig‘ tovlanishiyoq quvonch

yoshlari ekanidan darak beradi. Zotan, “bog‘bon” payvand bo‘lgan

noyob gulni sevimli yori bo‘yniga durday taqayotgan o‘g‘li Jo‘raxon

va kelini Nafisa siymolarini tasavvurida tiklaydi va bu umiddan ichki

mamnuniyat sezib:

Vasvasamdan kuladi quyosh

, degan satrlarni

bitadi.

Ma’lumki, asalari saqichsimon yopishqoq yumshoq modda

ishlab chiqarib, undan o‘ziga in quradi. O‘simliklar nektaridan quyuq

va shirin suyuqlik - asal hosil qilib o‘zi uchun oziq sifatida iniga

g‘amlaydi. Asali ajratib olingach, bo‘sh qolgan o‘sha sariq rangli uyaga

mum deyiladi. Asalarilar asosan oila bo‘lib yashaydi. Ini yo‘q bo‘lsa,

muayyan muddatdan so‘ng to‘zg‘ib ketishadi. Shoir o‘z ma’naviy-

ruhiy holatini bunday hayotiy detallarga qiyoslarkan:

Asaldan ajragan mumday sarg‘arib,

Ini yo‘q aridek to‘zg‘iganim yo‘q.

deb yozadi. Natijada, o‘zining sinovlarda bukilmas inson, mustahkam

irodali shaxs va ertadan umidvor padar ekanidan kitobxonni ogoh

etishga erishadi. Binobarin, ko‘z o‘ngimizda ko‘ksi sog‘inch hissiga

limmo-lim ulkan qalb sohibi qiyofasi namoyon bo‘ladi.

Shoirning shaftoliga mehri baland. Bu ehtimol, uning Vatani

O‘rta Osiyo ekani, issiqsevar va yorug‘sevarligi, serhosilligi, sovuqda

tez shikastlanishi kabi inja sifatlari bilan bog‘liqdir. Qolaversa,

shaftoli benihoya go‘zal hamda shirin meva beradi. Shaftolini

yurtdoshlarimizning juda ko‘p fazilat-sifatlariga qiyoslash mumkin.

Shuning uchun ham G‘.G‘ulom o‘z fikrini hayotiy misollar yorda-

mida tasdiqlash va izohlashga ehtiyoj sezganida ba’zan shaftolini

tamsil qiladi. She’rdagi:

Yayov, ko‘ksim ochiq, boshda shaftolu,

Xuddi mo‘ylabingdek mayin tuki bor.

Har bitta shaftolu misoli kulgu,

Shafaqday nimpushti, sarin, beg‘ubor [G‘afur G‘ulom 1984,

35].

95

G‘afur G‘ulom she’riyatining poetik jozibasi (Shoirning “Kuzatish” va

“Sog‘inish” she’rlari tahlili misolida)


background image

singari parallel berilgan fikr-holatlar sinchiklab kuzatilsa,

shoir shaxsiy tajriba va hayotiy kuzatishlar ko‘lami naqadar

kengligiga to‘la ishonch hosil qilish mumkin. U detallarga ramziy

ma’nolar yuklaydi. Masalan, bog‘ (Vatan), meva (farzand), danak

(umid) kabi detallar ham o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ham tashbeh

sifatida shartli ko‘chma ma’nolar kasb etadi.

Ye o‘g‘lim, jonginang salomat bo‘lsin,

O‘z bog‘ing, o‘z mevang danagin saqla,

Shu meros bog‘ingni o‘z qo‘lingga ol,

Menga topshirilgan merosiy haq-la [G‘afur G‘ulom 1984, 36].
Kontekstda keluvchi bu kabi ramzlar qatidagi mustaqil

ma’nolar G‘.G‘ulomning hayot yo‘li, orzu-intilishlari, she’r yozilgan

paytdagi ruhiy holati kabi omillar haqida muayyan tasavvurlar

beradi.

Xulosa

Anglashiladiki, G‘.G‘ulomday donishmand shoir subyekti

xususida so‘z ketganda muammoga nafaqat real, balki ideal

tizimlarning turli ierarxik darajalari doirasida ham qarash lozim.

Chunki muayyan masala xususida o‘ylayotgan, so‘zlayotgan yoxud

hukm-xulosalar chiqarayotgan paytda G‘.G‘ulom sezgi, emotsional

tuyg‘u, tasavvur, tushuncha, idrok, gipoteza, mifologik, diniy-ilohiy

qarash, fan, san’at, falsafiy tafakkur yutuqlari, shuningdek, amaliy

munosabat sintezida shakllantirgan nazariy konsepsiyalariga

tayanib ish ko‘radi.

Umuman, G‘afur G‘ulomning “Kuzatish”, “Sog‘inish” singari

she’rlarida o‘tmish, bugun va kelajak yagona aktga evrilgan.

Boshqacharoq aytganda, shoir she’rlarida o‘tmish, bugun va kelajak

bir davrda hukm surgan. Ularda ruhiy jarayonlar voqelikdagi

hodisalar bilan shartlangan holda ifodalangan.

Ushbu lirik namunalarda she’r yaratilayotgan lahzalarga

xos predmetlilik, ya’ni shoirning fikr, kechinma-holatlari tasviri

mohirona aks etgan.

Adabiyotlar

Matyakubova T.R. 2015. Pp. 40-43. Poetic character and its specific fea

-

tures // Theoretical &Applied Science. Marseille.

Матёқубова Т. 2006. Ғафур Ғулом бадиияти. Т.: Фан ва технология.

Matyokubova, T. 2023. 02 (118), 521-524.

Poetic imagery of nature // The-

oretical & Applied Science,

USA, Philadelphia.

Назаров Б. Ғафур Ғулом олами. 2004. Т.: Фан.

Саримсоқов Б. 2003. Б.18-20. Шеъриятда - файласуф, фалсафада шоир.

96

Tozagul MATYOQUBOVA


background image

/ Ғафур Ғулом - шоир, ёзувчи ва олим. Фарғона.

Улуғов А. 2013. Юксак шеърият жозибаси/ Улуғов А. Қалб қандили.

Т.: Академнашр.

Ғафур Ғулом. 1984. Мукаммал асарлар тўплами. 12 томлик. Т.2. Т.: Фан.

Ғафур Ғулом. 1984. Мукаммал асарлар тўплами. 12 томлик. Т.3. Т.:

Фан.

Yokubova S.I. 2023. Issue 02. Volume 118. Pp. 490-492. The Issue of way in

Cholpon’s poetry. International Scientific Journal Theoretical

& Applied Science. USA, Philadelphia.

Yakubov, I. 2023. 02 (118), 517-520.Artistic interpretation of the drama

of moral and spiritual problems in the tragedy “Romeo and

Juliet”. ISJ Theoretical & Applied Science. USA, Philadelphia.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheralieva M. 2010. Adabiyotshunoslik lug‘ati.

T.: Akademnashr.

He poetic charm of Gafur Ghulam’s poetry

(On the example of the analysis of the poet’s

poems «Observation» and «Missing»)

Tozagul Matyakubova

1

Abstract

In this article, the specific features of the academician Ghafur

Ghulam’s poetry are studied on the example of the analysis of the poems

«Observation» and «Missing». It explains that in these poems, the scenes of

the past, present and future are described in harmony with the inner world

of the poet. G.Ghulam did not see a person as a phenomenon at the level

of the Earth. Perhaps he considered it a natural product of the evolution of

the universe. G.Ghulam described the history of humanity in connection

with the solar system and the changes that occurred in it over millions

of years. In the article, such images in G. Ghulam’s poems are studied in

connection with the poet’s personal feelings. The researcher expresses the

opinion that G.Ghulam’s poems are the result of a combination of subjective

experience and elegant poetic expression. The points of view advanced in

the article are briefly summarized.

Key words:

Artistic skill, originality, lyrical hero, image, emotional

experience, spiritual experience.

1

Matyakubova, Tozagul

- TashSUULL named after Alisher Navoi associate professor

of department of Uzbek language and literature, Candidate of philological sciences.

E-mail: t

ozagul_matyakubova@mail.ru

ORCID ID:

0000-0002-3063-9871

For citation:

Matyakubova, T. 2024. “

He poetic charm of Gafur Ghulam’s poetry

”.

U

zbekistan: Language and Culture.

2(2):

88-98.

97

G‘afur G‘ulom she’riyatining poetik jozibasi (Shoirning “Kuzatish” va

“Sog‘inish” she’rlari tahlili misolida)


background image

References

Matyakubova T.R. 2015. Pp. 40-43. Poetic character and its specific fea

-

tures // Theoretical &Applied Science. Marseille.

Matyoqubova T. 2006. G‘afur G‘ulom badiiyati. T.: Fan va texnologiya.

Matyokubova, T. 2023. 02 (118), 521-524.

Poetic imagery of nature //The-

oretical & Applied Science,

USA, Philadelphia.

Nazarov B. G‘afur G‘ulom olami. 2004. – Toshkent, Fan.

Sarimsoqov B. 2003. B.18-20. She’riyatda – faylasuf, falsafada shoir/G‘afur

G‘ulom - shoir, yozuvchi va olim. Farg‘ona.

Ulug‘ov A. 2013. Yuksak she’riyat jozibasi. /Ulug‘ov A. Qalb qandili. – Tosh-

kent, Akademnashr.

G‘afur G‘ulom. 1984. Mukammal asarlar to‘plami. 12 tomlik. T. 2. – Tosh-

kent, Fan.

G‘afur G‘ulom. 1984. Mukammal asarlar to‘plami. 12 tomlik. T. 3. – Tosh-

kent, Fan.

Yokubova S.I. 2023. Issue 02. Volume 118. Pp. 490-492. The Issue of way in

Cholpon’s poetry. International Scientific Journal Theoretical

& Applied Science. USA, Philadelphia.

Yakubov, I. 2023. 02 (118), 517-520.Artistic interpretation of the drama

of moral and spiritual problems in the tragedy “Romeo and

Juliet”. ISJ Theoretical & Applied Science. USA, Philadelphia.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheralieva M. 2010. Adabiyotshunoslik lug‘ati.

– Toshkent, Akademnashr.

98

Tozagul MATYOQUBOVA

Библиографические ссылки

Matyakubova T.R. 2015. Pp. 40-43. Poetic character and its specific features // Theoretical &Applied Science. Marseille.

Матёқубова T. 2006. Ғафур Ғулом бадиияти. T.: Фан ва технология.

Matyokubova, Т. 2023.02 (118), 521-524. Poetic imagery of nature // Theoretical & Applied Science, USA, Philadelphia.

Назаров Б. Ғафур Ғулом олами. 2004. Т.: Фан.

Саримсоқов Б. 2003. Б.18-20. Шеъриятда - файласуф, фалсафада шоир.

I Ғафур Ғулом - шоир, ёзувчи ва олим. Фарғона.

Улуғов А. 2013. Юксак шеърият жозибаси/ Улуғов А. Қалб қандили. Т: Академнашр.

Ғафур Ғулом. 1984. Мукаммал асарлар тўплами. 12 томлик. Т.2. Т: Фан.

Ғафур Ғулом. 1984. Мукаммал асарлар тўплами. 12 томлик. Т.З. Т.: Фан.

Yokubova S.I. 2023. Issue 02. Volume 118. Pp. 490-492. The Issue of way in Cholpon’s poetry. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science. USA, Philadelphia.

Yakubov, I. 2023. 02 (118), 517-520.Artistic interpretation of the drama of moral and spiritual problems in the tragedy "Romeo and Juliet”. ISJ Theoretical & Applied Science. USA, Philadelphia.

Quronov D., Mamajonov Z., Sheralieva M. 2010. Adabiyotshunoslik lug'ati. T: Akademnashr.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов