Navoiy qahramonlarining o‘limi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
4-14
15
15
Поделиться
Дехконов, А. . (2023). Navoiy qahramonlarining o‘limi. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 4–14. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2022-pp4-14
Акрамжон Дехконов, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

кандидат филологических наук, доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan joy olgan “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlari qahramonlarining o‘limi tafsilotlari tahlil qilinadi. Dostonlar qahramonlari – Farhod va Shirin, Layli bilan Majnunning o‘limlari sababi yoritib berilgan. Shuningdek, ko‘pchilik o‘quvchilarning “bu qahramonlar o‘zlarini o‘ldirgan”, degan tasavvurlarining noto‘g‘ri ekanligi, bu qahramonlarning o‘zlarini o‘ldirishlari Navoiyning axloqiy-e'tiqodiy, ma'naviy qarashlariga mutlaqo zid ekani isbotlangan. Bu qahramonlarning o‘limi mutlaqo tabiiy ravishda, o‘zlari tomonidan biror-bir sababni yuzaga chiqarmasdan yuz bergani dostonlardan olingan misollar yordamida ko‘rsatib berilgan. Insonning eng chorasiz qolgan vaqtlarida ham o‘z joniga qasd qilmay, taqdirga rozi bo‘lib, duoning odobiga rioya qilgan holda Yaratuvchiga iltijo qilishi lozimligi xususida so‘z yuritiladi.

Похожие статьи


background image

ISSN 2181-922X 4

14

MUMTOZ ADABIYOT TARIXI

Navoiy qahramonlarining o‘limi

Akramjon Dehqonov

1

Abstrakt

Maqolada Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan joy olgan “Farhod

va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlari qahramonlarining o‘limi
tafsilotlari tahlil qilinadi. Dostonlar qahramonlari – Farhod va Shirin,
Layli bilan Majnunning o‘limlari sababi yoritib berilgan. Shuningdek,
ko‘pchilik o‘quvchilarning “bu qahramonlar o‘zlarini o‘ldirgan”, degan
tasavvurlarining noto‘g‘ri ekanligi, bu qahramonlarning o‘zlarini
o‘ldirishlari Navoiyning axloqiy-e'tiqodiy, ma'naviy qarashlariga mutlaqo
zid ekani isbotlangan. Bu qahramonlarning o‘limi mutlaqo tabiiy ravishda,
o‘zlari tomonidan biror-bir sababni yuzaga chiqarmasdan yuz bergani
dostonlardan olingan misollar yordamida ko‘rsatib berilgan. Insonning eng
chorasiz qolgan vaqtlarida ham o‘z joniga qasd qilmay, taqdirga rozi bo‘lib,
duoning odobiga rioya qilgan holda Yaratuvchiga iltijo qilishi lozimligi
xususida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, hayot, o‘lim, inson, Farhod, Majnun,

Layli, Shirin, e’tiqod, ideal.

Kirish

Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” hamda “Layli va

Majnun” dostonlarining asosiy qahramonlari bo‘lgan Farhod,
Majnun, Shirin va Laylilarning o‘limi sabablari haqida o‘quvchilar-
dan so‘ralganda ko‘pincha “ular o‘zlarini o‘ldirganlar” mazmunidagi
javoblar beriladi. Hatto ba'zan shu sohaning mutaxassislaridan ham
shunga yaqin fikrlar eshitiladi.

Dostonlarda bayon qilingan asl voqelik qay tarzda ifo-

dalanganini tahlil qilishdan oldin masalaga Alisher Navoiyning
e'tiqodi, adabiy-estetik prinsiplari, qo‘yingki, sof insoniy tabiat

1

Dehqonov Akramjon Qodirovich

– filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Alisher

Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-pochta:

dehqonovakromjon@navoiy-uni.uz; dehqonov1967@mail.com

ORCID ID:

0000-0003-2428-7547

Iqtibos uchun:

Dehqonov, A. Q. 2022. “Navoiy qahramonlarining o‘limi”.

O‘zbekiston: til va madaniyat

1 (2): 4-14.

4

Uzbekistan: Language and Culture 2022/1(2)


background image

nuqtai nazaridan qarab ko‘raylik.

Alisher Navoiy ideallarining yuksak timsoli bo‘lgan, oda-

miylik, insoniylik, hayotsevarlikning tasavvur qilish ham qiyin
bo‘lgan yuksak cho‘qqisiga olib chiqilgan ushbu qahramonlar hayoti
oxir-oqibatda o‘z joniga qasd qilish bilan nihoyasiga yetishi butun
doston davomida ularga berilgan ta'rif-tavsiflarni yo‘qqa chiqarib
qo‘yar edi. Chunki sog‘lom e'tiqodli, sof insoniy tabiatliodam
Yaratuvchining o‘ziga bergan omonatiga xiyonat qilmaydi, ya’ni
o‘zining joniga qasd qilmaydi. Shuningdek, Navoiydek buyuk adib
“Badiiy kechinma tarkibida his va aqlning uyg‘unligi ijodkorni faqat
his-tuyg‘uga berilib, real hayot talablaridan uzoqlashib ketishga
yoki umuminsoniy axloq talablaridan uzoqlashib ketishga yoki
umuminsoniy axloq talablaridan chetga chiqishga yo‘l qo‘ymaydi”
[Sarimsoqov 2022, 83].

Bu yerda ko‘pchilikni chalg‘itgan nozik bir holat bor.

Yuqoridagi dostonlarning qahramonlari shunday qiyin va murakkab
holatda qoladiki, odatda e'tiqodiy yoki ma'naviy asosi bo‘sh bo‘lgan
badiiy asarlarning qahramonlari bunday holatda o‘zlarini o‘zlari
o‘ldirish yo‘lini tanlaydilar. Hatto jahon adabiyotidagi ko‘pgina
mashhur asarlarning ijobiy qahramonlari ham shunday yo‘l
tutganligini ko‘rishimiz mumkin.

Lekin G‘arb adabiyotshunosligining ayrim mezonlari bilan

Navoiy ijodiga yondashuv buyuk shoirga nisbatan adolatsizlik

bo‘ladi [Jabborov 2021,16].

Asosiy qism

Endi har bir dostondagi qahramonlarning o‘limiga sabab

bo‘lgan omillarni birma-bir ko‘rib chiqamiz.

Farhod obrazi. Xusrav hiyla bilan Farhodni asirga olgach, uni

so‘roqqa tutadi. Farhod Xusravning savollariga o‘tkir-o‘tkir javoblar
beradi. Uning javoblari oldida ojiz qolgan Xusrav uni “Podshohning
savollariga tap tortmay javob berdi” degan bahona bilan o‘limga
hukm qiladi. Bu nohaq hukmdan hamma, hatto Xusravning o‘z
a’yonlari ham norozi bo‘ladi. Shunda Xusravning vaziri Buzurg
Ummid o‘rtaga tushib, o‘lim hukmini ijro etmay turishni, hozircha
Farhodni bandda saqlash lozimligini aytadi. Xusrav rozi bo‘ladi.

Shu asnoda Farhodning do‘sti Shopur Farhodning Xusrav

qo‘lida bandi ekanligini, uning Xusrav bilan savol-javob qilganini,
Xusrav uni o‘limga buyurganini, keyin o‘lim hukmi bekor qilinganini,
shu jarayonda Farhodning Chin mamlakati shahzodasi ekani
ma'lum bo‘lganining xabarini Mehinbonuga yetkazadi. Bu xabardan

5

Navoiy qahramonlarining o‘limi


background image

Mehinbonu va Shirin behad shod bo‘lishadi. Shirin esa Farhodga
g‘oyatda ta’sirli bir maktub yozadi va bu maktubni Shopur Farhodga
yetkazadi. Xullas, Farhod bilan Shirin o‘rtasida xat orqali Shopur
vositachiligida aloqa tiklanadi. Xusrav bundan xabar topadi va
josuslar ishga tushibShopur asir olinadi. Shopurning yonidagi
Shirinning Farhodga yozgan maktubi ham Xusravga topshiriladi.
Xusrav bu maktubni o‘qigach, butun vujudiga o‘t tutashadi. Chunki
maktubning har bir harfida ShirinningFarhodga bo‘lgan otashin
muhabbati sezilib turardi. Shuningdek, maktubda Xusravning nomi
ham bir necha o‘rinda zikr qilinganva u goh “zolim”, goh “xunrez”
kabi so‘zlar bilan sifatlangan edi:

Bo‘lub ko‘p zikr maktub ichra Parvez,
Ani deb gohi “zolim”, gohi “xunrez”

[Navoiy 1991, 391].

Chorasiz qolgan Xusrav vaziri Buzurg Ummidni chaqirib,

ichidagi bor dardini aytadi va undan bu vaziyatdan qutulish uchun
maslahat so‘raydi. Ikkovlari uzoq maslahatlashadi. Oxiri Farhodnig
oldiga bir hiylagar kampirni jo‘natishga qaror qilishadi. Kampir
Farhodning oldiga borib, Mehinbonu bilan Xusrav yarashgani va
Shirinning Xusravga nikohlangani haqidagi yolg‘on xabarni yet-
kazishi lozim edi. Toki bu xabarni eshitib, Farhod Shirindan umidini
uzsin va o‘z yurtiga jo‘nab ketsin, deb reja tuzishadi.

Shunday kampirni topib olib kelib, unga maqsadni va

qiladigan ishini tushuntirishadi. Kampirga katta va'dalar berib,
Farhodning yoniga jo‘natishadi.

Kampir o‘zini dunyo ishlaridan butunlay etak yig‘ishtirgan

xudojo‘y bir ayol qiyofasiga solib, Farhod maqom tutgan tog‘ga
boradi. Farhod uning yoniga kelib salom beradi va nima uchun
kelganini so‘raydi. Hiylagar kampir o‘zining o‘n-o‘n besh yildan
buyon xilvatda Xudoga ibodat qilib yashab kelayotganini, lekin
yaqinda bu Arman mamlakatiga Xusrav Parvez degan podshoh
bostirib kelib yurtni vayron qilganini, xalq xarob bo‘lganini aytadi.
Shuning uchun tog‘da birorta g‘or topib, shu yerda ibodat qilay deb
keldim, deydi. Shunda Farhod undan Arman yurtidagi xabarlarni
so‘raydi. Kampir esa Mehinbonu bilan Xusrav yarashib, Shirinni
Xusravga nikoh qilishmoqchi bo‘lganini, lekin Shirin bunga rozi
bo‘lmay, o‘zini o‘zi o‘ldirganini aytadi. Kampir bu voqeaning
tafsilotlarini ham so‘zlashga tushganda Farhod unga shunday deydi:

“...Dedi: “Bas qilki, bo‘ldi qissa ma'lum.

6

Akramjon DEHQONOV


background image

G‘araz gar jon edi, olding ana, hoy,
O‘luk tandin ne istarsen yana voy.
Ko‘ngul qonin ichardin to‘yg‘il emdi,
Meni o‘z mehnatimga qo‘yg‘il emdi...”

[Navoiy 1991, 402].

Bu muhlik xabar Farhodning yuragiga urilgan tig‘ bo‘ldi.

Farhod bunday shum xabarni eshitgach, o‘zining o‘limi yaqinligini
his qiladi. Chunki Alloh taolo o‘zining do‘stlariga ularning o‘limi
haqida ishoralar bilan xabar beradi. Farhod o‘z o‘limi yaqinlashganini
anglab, dunyodagi o‘ziga yaqin bo‘lgan barcha jonli-jonsiz narsalar
bilan vidolasha boshlaydi. Tog‘ni qazigan metini – cho‘kichiga qarab
aytadi: “Men sening boshingni toshga urib ko‘p ozor berdim. Bugun
mendan xalos topasan. Mendan yetgan ozorga rozi bo‘lgin!”

Atrofida yurgan hayvonlar – darranda (vahshiy hayvonlar),

parranda, charranda (o‘t yeydigan hayvonlar)larni ko‘rib, ularga
shunday vido aytadi: “Sizlar barchangiz mening ko‘nglimga do‘st
edingiz. Sizlarning xilqatingiz vafo bilan qorilgandir. Odamzodda
bor bo‘lgan munofiqlik va xiyonat sizlarda yo‘q. Menga g‘urbatda
do‘st, furqatda (ayriliq kunlarimda) ulfat edingiz. Menga diyorimdan
olisda, qavmu qarindoshimdan yiroqda ekanimni bildirmadingiz.
Mening fig‘onlarimdan ko‘p og‘irlik yetishsa ham malol olmadingiz.
Mendan yetgan ozorlarga rozi bo‘linglar!”

Shu tariqa ajali oldidan ota-onasini eslab, ular bilan g‘oyibona

vidolashadi. Ushbu o‘rinda Navoiy nihoyatda go‘zal bir badiiy
priyom –uslub, vosita tanlaydi. Farhod saboga – shamolga murojaat
qilib, undan ota-onasiga, yaqinlari – jigarlariga o‘zining vidolashuv
so‘zlarini yetkazishni o‘tinadi. Farhodning mana shu vidolashuvi
tasvirlangan bobni dostondagi dramatizm eng kuchli namoyon
bo‘lgan sahna deyish mumkin. Farhodning saboga qilgan bu xitobida
o‘z ona yurtiga bo‘lgan zo‘r sog‘inch va mehr, ota-onasi, yaqinlari
bilan vidolashuv, emikdosh akasi Bahromga o‘z qoni uchun qasos
olishni qilgan vasiyati ham, barcha-barchasi jam bo‘lgan.

Shu tariqa Farhod vidolashuv so‘zlarini aytgach, jon taslim

qiladi:

Qilib jononi otin tilga ta'lim,

Tutub jonon otin, jon etti taslim

[Navoiy 1991, 419].

Alisher Navoiy biror o‘rinda Farhod o‘z joniga qasd qilgani,

yoki shunga aloqador harakat qilgani haqida so‘zlamaydi ham,
ishora ham qilmaydi. Farhod o‘ziga aytilgan xabarni yuragi ko‘tara
olmasdan, tabiiy ajali tufayli vafot etadi.

7

Navoiy qahramonlarining o‘limi


background image

Shu o‘rinda o‘rinli bir savol tug‘iladi. Farhod shu kampir olib

kelgan xabarni tekshirib ko‘rishga, rost-yolg‘onligini aniqlashga aqli
yetmasmidi? Vaholanki u shahzoda edi, hamma narsaga aqli yetardi.
Aqli yetgani uchun ham dengizda kema halokatga uchragach, uni
savdogarlar kemasidagilar topib olgach, kimligini so‘rashganda,
rostini aytmagan, balki qisqa qilib “savdogarmiz” deb aytgan edi.
Keyinchalik ham Shopur necha marta qayta-qayta so‘ragan bo‘lsa
ham kim ekanligini aytmagan edi. Shunday ziyrak va farosatli
shahzoda nahotki bir kampirning gapini tekshirib ko‘rishga aqli
yetmasa?!

Bu o‘rinda adabiyotdagi shartlilik degan o‘lchov ishga tushadi.

Ya’ni badiiy asardagi barcha voqea-hodisalar hayotdagi holatlarga
mos tushishi shart emasligi haqidagi qoida.

Lekin Navoiyning o‘zi ham mana shu o‘rinda shunday savol

tug‘ilishi mumkinligini his etib unga o‘zi Farhodning tilidan javob
berib ketgan joyi bor:

Birovkim xilqatin qildi qazo rost,
Qilur bovar, necha so‘z bo‘lsa norost

[Navoiy 1991,411].

(Ya’ni, Yaratuvchi birovning xilqatini, tiynatini to‘g‘ri qilib

qo‘ysa, so‘z har qancha rost bo‘lmasa ham unga ishonadigan qilib
qo‘yadi).

Farhodning butun fojeasi uning to‘g‘riligida, ishonuvchan-

ligida, rostgo‘yligida. Uning aslida fazilati, ustunligi ham shundadir.

Shirin obrazi

.

Shirin qanday vaziyatda o‘lim topgan?

Farhodning o‘limi haqidagi xabar tarqalgach, bu xabardan

eng ko‘p hayratga tushgan odam... Xusrav bo‘ldi. Chunki uning
Buzurg Ummid bilan tuzgan rejasi bo‘yicha Farhod o‘lishi emas, balki
Shirindan qo‘lini siltab, o‘z yurtiga ketishi kerak edi. Shuning uchun
Farhodning o‘limi xabarini eshitgach, shunday deydi:

Dedi: “Bu ish kerakmas erdi mundoq,
Chu bo‘ldi, bo‘lmas endi sust bo‘lmoq

[Navoiy 1991, 424].

(Bu ish bunday bo‘lishi, ya’ni Farhod o‘lishi kerak emas edi.

Madomiki shunday bo‘libdi, endi sustlashmasdan harakat qilish
lozim).

Shuning uchun Xusrav yana Mehinbonuga elchilar jo‘natadi.

Ular Mehinbonu huzuriga borib, aql va vaziyat taqozo qilgan ishni
qilishni taklif etadilar. Bu ish Xusrav bilan sulh tuzib, Shirinni

8

Akramjon DEHQONOV


background image

unga nikohlab berish edi. Chunki Farhod halok bo‘lgan, shuning
uchun endi qarshilik ko‘rsatish ham mantiqsizlikday tuyular edi.
Mehinbonuning qo‘l ostidagilar ham undan sulh tuzishni talab qila
boshlaydilar. Chunki shaharda ozuqa tugagan, xalq och, ruhiyati
tushkun. Bu ahvolda jang qilish imkonsiz edi. Shuning uchun
Mehinbonu sulhga rozi bo‘ladi va bu qarorini yuz xijolatlik bilan
Shiringa aytadi. Shirin ham zohirda rozilik beradi. Sulh tuzilgach,
Mehinbonu Xusrav huzuriga borib itoat izhor qiladi. Xusrav undan
Shirinning salomatligi haqida so‘raydi. Mehinbonu Shirinning
sog‘ligi yaxshi emasligi, tabiblar yashash joyini o‘zgartirishni
buyurganini aytadi. Xusrav qayerning havosi yaxshi bo‘lsa, o‘sha
yerga Shirinni olib borib davolashni Mehinbonuning o‘z ixtiyoriga
beradi. Mehinbonu Armanistonning shimolidagi tog‘ning tepasiga
qurilgan qasrga olib bormoqchi ekanini aytadi. Bu tanlov Xusravga
yoqmaydi. Chunki bu qasrni Farhod qurgan va suvni ham u yerga o‘zi
olib chiqqan edi. Lekin Xusrav nochor rozi bo‘ladi.

Bu orada ko‘p kutilmagan voqealar yuz beradi. Xusravning

o‘g‘li Sheruya Shirinni ko‘rib, uni sevib qoladi va unga yetishish
uchun otasining a’yonlari bilan til biriktirib, fitna uyushtirib, otasini
o‘ldiradi. Lekin Navoiyning ta'biri bilan aytganda. Aslida o‘g‘il
otasining joniga qasd qilmadi, balki falak Farhodning qoni uchun
qasos olishni istadi:

O‘g‘il qilmadi oning qasdi joni
Ki, davron istadi Farhod qoni.
Agar Farhodqa zulm etti Xusrav,
Evaz bot ayladi charxi sabukrav

[Navoiy 1991, 437].

Otasining taxtini egallagan Sheruya darhol Mehinbonuga

odam jo‘natib, Shirinni so‘raydi. Mehinbonu Shirinning ixtiyori o‘zida
ekanini, binobarin, uning o‘zi bilan so‘zlashish lozimligini aytadi.
Sheruya endi Shiringa odam jo‘natib, o‘z muddaosini aytadi. Sheruya
o‘z maqsadini Shiringa nazokatni tahdidga omuxta qilib bayon etadi.

Shirin Sheruyaning maqsadini bilgach, uning qo‘liga tu-

shishdan ko‘ra o‘lim o‘zi uchun afzal ekanini anglaydi. Lekin uning
elchisiga zohirda lutf bilan, mayinlik bilan umidvor qiluvchi javobni
beradi va undan ikki narsani so‘raydi: Shopurni banddan ozod
qilishni va halok bo‘lgan Farhodning tanasini. Toki Shirinnig o‘zi uni
hurmat bilan dafn etsin. Sheruya uning ikkala so‘ragan narsasiga
ham rozi bo‘ladi. Shu o‘rinda Shirinning g‘oyat oqila, tadbirli va jasur
ayol ekani ko‘ringan. U bu tadbir bilan faqat vaqtdan yutmoqchi

9

Navoiy qahramonlarining o‘limi


background image

edi. Chunki Sheruyaga ters borib biror maqsadga erishib bo‘lmasdi.
Ehtimol, Alloh bu orada hech kim kutmagan bir ishni yuzaga chiqarar.

Shopur Shirinning talabi bo‘yicha Farhod halok bo‘lgan

tog‘ga borib uning jasadini Shirinning taxtiravoniga solib olib keladi.
Maxsus qasrga Farhodning jasadini olib kirishib, so‘ng Shiringa
xabar berishadi. Shirin Mehinbonuning oldiga kirib o‘zini bir
muddat Farhod bilan xoli qoldirishlarini, ya’ni Farhodning yoniga
o‘zidan boshqa hech kimni kiritmaslikni so‘raydi. So‘ng Bonu bilan
vidolashganday xayrlashadi. Keyin Farhodni olib kirilgan uyga kirib,
eshikni ichkaridan berkitadi. Uyquda yotgandek tinch va sokin
yotgan Farhodning oldiga boradi, uning ko‘kragiga boshini qo‘yib,
ichidan bir “oh” chiqadi-yu jon taslim qiladi.

Layli obrazi. Majnunning yor hajri o‘tida kuygan taniga ota-

onasining o‘limi ham qo‘shilganini eshitib, ya’ni Majnunning g‘amiga
yana g‘am qo‘shilganini eshitib, Layli betob bo‘lib yotib qoladi.
Tabiblar har qancha muolaja qilsalar ham foydasi bo‘lmaydi. Laylining
dardi tobora og‘irlashib, isitmasi ko‘tarilib boradi. O‘z ajalining
yaqinlashganini sezib, Layli onasini yoniga chaqirib unga shunday
vasiyat qiladi: “Onajon, mening o‘limim yaqinlashdi. Agar hozir
sizga “Men uchun ko‘p kuyinmang”, desam, o‘rinsiz gapaytgandek
bo‘laman. Lekin “To mumkin o‘zingga sabr yor et, taskinu shikeb
ixtiyor et” [Navoiy 1992, 281]. Mening o‘lganim xabari tarqagach,
mening ishqimda kuygan Majnun boshimga keladi. U kelib mening
yonimda jon taslim qilsa, unga mehr bilan munosabatda bo‘ling.
Uni ham o‘z farzandingizdek ko‘rib, ikkimizni bir kafanga kafanlab
birga dafn qilinglar”. Shu so‘zlarni aytib, Layli vasiyatini nihoyasiga
yetkazadi va jon taslim qiladi.

Layliga mana shu holat yuz bergan paytda Majnun bir qabr

ichida xastahol yotgan edi. Shu holatda uning qulog‘iga bir nido
keldi: “Ey dard-u balo sipohining podshohi! Ey dard mamlakatining
qahramoni! Ishq ahli senga qul bo‘lishni havas qiladi. Tur! Yotadigan
payt emas! Sening toza bog‘ingga xazon lashkari kirib keldi. Agar
bulbul bo‘lsang parvoz qil! Parvonaligingni oshkor qil! Yoring
ulug‘ safarga tushmoqda, hamrohiga intiq bo‘lib turibdi. Hamroh
bo‘lasanmi unga, yoki u yolg‘iz safarga chiqsinmi?”

Majnun bu nidoni eshitib, garchi o‘zi xasta yotgan bo‘lsa

ham qoplondek sakrab o‘rnidan turdi va Laylining qabilasi sari
yo‘l oldi. Bu yerda bir narsani aytib o‘tish lozimki, dostonning bir
necha o‘rinlarida Majnunning valoyatiga dalolat qiluvchi holatlar
tasviri mavjud. Shunday holatlardan biri tushida ikkita kabutarni
ko‘rishi va ularni ikkita lochin tutib olishi voqeasi hamda bu tushni

10

Akramjon DEHQONOV


background image

o‘z ota-onasining o‘limiga yo‘yishi. Yoki Laylining otasi Navfalning
qo‘shinidan mag‘lubiyatga uchrash ehtimoli borligi uchun Laylini
o‘ldirishga qasd qilgan kuni kechasi Majnunning tushiga Layli
kirib voqeani unga aytib bergani. Shundan so‘ng Majnun hayqirib
uyg‘onadi va Navfalning oldiga borib urushni to‘xtatishni undan
talab qiladi. Shu tariqa Laylining hayoti saqlab qolinadi.

Bu voqea Majnunning valoyatiga dalolat qiluvchi uchinchi

hodisadir. Majnun yuqoridagi nidoni eshitib, hech narsadan tap
tortmay Laylining qabilasi sari intiladi. Unga butun dashtdagi
vahshiylar ergashadi. Laylining uyiga yaqinlashgach, vahshiy
hayvonlar uzoqroqda qoladi va Majnun Layli yotgan uyga kirib
boradi.Uxlab yotgandek sokin holdagi Layliga ko‘zi tushadiyu darhol
jon taslim qiladi. Uyga kirgan odamlar ko‘radiki, Majnun yerda jonsiz
holda yotibdi.

Shundan so‘ng odamlar bu ikki oshiq-ma'shuqni qanday dafn

qilish masalasida maslahat qilishadi. Chunki bunday ish ilgari hech
bo‘lmagan edi. Oxiri shunday deb qaror qilishadi: “Bu ikki g‘amnok
har qanday fasoddan pok edi, pok holda vafot etishdi. Bu dunyodan
armon bilan borishdi. Jannatda ruhlari birga bo‘lsin. Tuproqlari
ham bir-biriga qo‘shilsin”, deb, yana Laylining vasiyati ham shunday
bo‘lganini eslashib ikkisini birga dafn etishdi.

Xulosa

Insoniyat tarixida bunday holat, ya’ni bandaning o‘z duosi

bilan joni olinishi holati bor, mavjud hodisa. Sahobalar hayotida,
ulardan keyingi avlodlardan yetishib chiqqan solih zotlar, ulamo va
zohidlar hayotida bunday voqealar bo‘lib o‘tganligiga tarix guvoh.
Masalan, Hazrati Alining ayoli Asmo binti Umays ulkan fitnalar
boshlanayotganini sezib, o‘zining jonini Hazrati Alidan oldin olishni
so‘rab duo qilgani ma'lum. Imom Buxoriyning ham Alloh taolodan
o‘z huzuriga ko‘tarishni so‘rab duo qilganligi rivoyat qilinadi.

Bunday duo qilish juda ulkan hodisa bo‘lgani sababli, unda

hech qanday dunyoviy g‘araz-maqsad bo‘lmagani uchun duoning
odoblariga qat'iy rioya qilish lozim bo‘ladi. Ayni holatni biz Alisher
Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida, Fariduddin Attor
haqidagi qismda ko‘ramiz. Navoiyning hikoya qilishicha, Fariduddin
Attorning avvalda atir do‘koni bo‘lib,u juda badavlat odam edi. Bir
kuni u o‘z do‘konida savdo qilib turgan vaqtda, do‘konga bir darvesh
kirib keladi va unga bir necha marta “Alloh uchun bir narsa ber!” deb
aytadi. Attor unga qaramaydi, parvo ham qilmaydi. Shunda darvesh
unga: “Ey Xoja, qanday o‘lasan?” deb so‘raydi. Attor unga: “Sen qanday

11

Navoiy qahramonlarining o‘limi


background image

o‘lsang, shunday” deya javob beradi. Darvesh unga: “Sen mendek o‘la
olmaysan” deydi. Attor: ”Sen qanday o‘lasan? deb so‘raydi. Shunda
darvesh yog‘ochdan bo‘lgan ovqat ichadigan idishini boshiga qo‘yib:
“Mana bundoq” deydi va “Vallohi” deb jonini topshiradi. Buni
ko‘rib, Fariduddin Attorning holi o‘zgaradi, do‘konini va ichidagi
narsalarning hammasini sadaqa qilib, tasavvuf yo‘liga kirib ketadi.

Navoiyning aytishicha, Attorning tavbasiga shu voqea sabab

bo‘lgan ekan [7, 459].

XV asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan Haydar Xoraz-

miyning “Gulshan ul-asror” nomli falsafiy-didaktik dostonida ham
shunga o‘xshash bir voqea hikoya qilinadi.

Mahmud G‘aznaviy qish kunlaridan birida o‘z mulozimlari

bilan ov qilish uchun sahroga chiqadi. Sahroda ov qilib yurib, o‘sha
yerda bir xaroba uyni ko‘radi. Shoh, bu yerda birortasi yasharmikan,
deb xaroba uyning ichiga kiradi. U yerda sochlari to‘zigan, ozg‘in
bir qariya bo‘yraning ustida o‘tirib zikr bilan mashg‘ul edi. Qariya
zikrning zavqiga mast bo‘lib, Mahmudning kirganini payqamaydi
ham. Mahmud kirib bir muddat odob bilan turadi. Pir unga qaramaydi,
e'tibor ham bermaydi. Mahmud unga yaqinlashib, salom beradi. Pir
avrodini tugatib unga qaraydi va shunday deydi: “Bu yerga nima
uchun kelding? Odatda bu yerga hech kim kelmas edi. Isming nima?”

Mahmud aytadi: “Meni Mahmud deyishadi. G‘aznada juda

mashhur odamman. Bu yer juda sovuq-ku. Bunday vayronada nima
qilasiz? Shahardan sizga bir yaxshi uy qilib beray. Sovuqda bu yerda
qiynalmang”.

Shunda Pirning ahvoli o‘zgaradi va unga achchiq bilan shunday

deydi: “Biz yo‘lovchilarmiz. Qanday kelgan bo‘lsak, shunday ketamiz.
Men ona qornida ekanimdayoq rizq Egasi bo‘lgan Zot vositasiz
parvarish qildi. Yonar o‘tni gulistonga aylantirgan Zot qish sovug‘ida
nima qilishni O‘zi biladi. G‘aniy – bemuhtoj Zot meni sendaylarga
muhtoj qilmadi.

Sen-chi, sen! O‘g‘riga o‘xshab zanjirband qilingansan! (ya’ni

hamma tomondan dunyoga bog‘langansan). Shu holatingda ajaling
kelib qolsa, bu band-zanjirlarni qanday uza olasan?!”

Uning bunday so‘zlari Mahmudga juda og‘ir botdi va

malollangan ohangda pirga dedi: “Ey toshbag‘ir kishi, menga qanday
holatda o‘lasan, deb ta’na qilyapsan. Sen o‘zing-chi, sen o‘zing qanday
o‘lasan?”

Shunda qariya Mahmudga qarab bir tabassum qildi va joni

chiqib ketdi:

12

Akramjon DEHQONOV


background image

Pir tabassum qilibon urdi jo‘sh,
To‘tisi uchtiyu qafas qoldi bo‘sh...

[Muborak maktublar 1987, 235].

Mahmudning bu voqeani ko‘rib ahvoli o‘zgardi va g‘amgin

holda G‘aznaga qaytdi.

Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, Shirin, Farhod, Farididdin

Attorning do‘konida jon bergan darvesh, Mahmud G‘aznaviy bilan
muloqot qilgan qariya, bularning barchasining o‘limi tabiiy holatda
yuz bergan. O‘zlari tomonidan biror bir sabab hosil qilinmagan. Lekin
ularning o‘limlari o‘zlaridan keyin ulkan yaxshiliklarga sabab bo‘lgan.
Farhod bilan Shirinning o‘limi yer yuzida Xusrav va Sheruyaning
zulmi barham topishiga, Arman yurtining bosqinchilardan ozod
bo‘lishiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa, do‘konga kirgan darveshning
o‘limi bir atirfurushning tavba qilib, tasavvuf yo‘liga kirishiga hamda
Fariduddin Attordek ulug‘ bir shoir va so‘fiyning yetishib chiqishiga
turtki bo‘ldi. Shuningdek, sahrodagi xarobada yashayotgan qariya
ham aslida Allohning valiylaridan ekani ma'lum bo‘ldi,uning o‘limi
ulug‘ hukmdor Mahmud G‘aznaviyga o‘limning haqligini eslatib,
podshohning ko‘nglini mahzun holatga soldi.

Adabiyotlar

Аҳмедов, Тошпўлат.1970.

Алишер Навоийнинг “Лайли ва Мажнун”

достони.

Тошкент: Фан.

Жабборов, Нурбой. 2021.

Маоний аҳлининг соҳибқирони.

Тошкент:

Адабиёт.

Комилов, Нажмиддин. 2009.

Тасаввуф.

Тошкент: Мовароуннаҳр-

Ўзбекистон.

Муборак мактублар.

1987. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Навоий, Алишер. 1991.

Мукаммал асарлар тўплами.

20 томлик. 8-том.

Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1992.

Мукаммал асарлар тўплами.

20 томлик. 9-том.

Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер 2001.

Мукаммал асарлар тўплами.

20 томлик.

17-том. Тошкент: Фан.

Қаюмов, Азиз. 1985.

Ишқ водийси чечаклари.

Тошкент: Адабиёт ва

санъат.

Саримсоқов, Баҳодир. 2022.

Бадиийлик асослари ва мезонлари.

Тошкент: Bookmany print.

Юсупова, Дилнавоз. 2011.

Алишер Навоий “Хамса”сида мазмун ва

ритмнинг бадиий уйғунлиги.

Тошкент: МУМТОЗ СЎЗ.

13

Navoiy qahramonlarining o‘limi


background image

Death of heroes of Navo'i

Akramjon Dehqonov

1

Abstract

The article analyzes the details of the deaths of the heroes of the ep-

ics "Farhod and Shirin" and "Layli and Majnun" in Alisher Navoi's "Kham-
sa". In the epics, heroesFarhod and Shirin, the cause of death of Layli and
Majnun are explained. It has also been proven that many students' miscon-
ceptions that "these heroes killed themselves" are wrong, and that the sui-
cide of these heroes is completely contrary to Navoi's moral and religious
views. The fact that the deaths of these heroes took place quite naturally,
by themselves, without revealing any cause, is shown by the examples tak-
en from the epics. It is said that even in the most desperate moments of
one's life, one should not commit suicide, but accept one's destiny and pray
to the Creator in accordance with the etiquette of prayer.

Key words:

Alisher Navoi, life, death, human, Farkhod, Majnun,

Layli, Shirin, belief, ideal.

References

Ahmedov, Toshpo‘lat.1970.

Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni.

Toshkent: Fan.

Jabborov, Nurboy. 2021.

Maoniy ahlining sohibqironi. T

oshkent: Adabiyot.

Komilov, Najmiddin. 2009.

Tasavvuf.

Toshkent: Movarounnahr-O‘zbekis-

ton.

Muborak maktublar.

1987. Toshkent: Adabiyot va san’at.

Navoiy Alisher. 1991.

Mukammal asarlar to‘plami.

20 tomlik. 8-tom.

Toshkent: Fan.

Navoiy, Alisher. 1992.

Mukammal asarlar to‘plami.

20 tomlik. 9-tom. Tosh-

kent: Fan.

Navoiy, Alisher 2001.

Mukammal asarlar to‘plami.

20 tomlik. 17-tom. Tosh-

kent: Fan.

Qayumov, Aziz. 1985.

Ishq vodiysi chechaklari.

Toshkent: Adabiyot va san’at.

Sarimsoqov, Bahodir. 2022.

Badiiylik asoslari va mezonlari.

Toshkent:

Bookmany print.

Yusupova, Dilnavoz. 2011.

Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning

badiiy uyg‘unligi.

Toshkent: MUMTOZ SO‘Z.

1

Akramjon Q. Dehqonov

– Candidate of Philological Sciences, Associate Professor,

Alisher Navo’i Tashkent State University of Uzbek language and Literature.

E-mail:

dehqonovakromjon@navoiy-uni.uz; dehqonov1967@mail.com

ORCID ID:

0000-0003-2428-7547

For citation:

Dehqonov, A.Q. 2022. “Death of heroes of Navoi”.

Uzbekistan:

Language and Culture

1 (2): 4-14.

14

Akramjon DEHQONOV

Библиографические ссылки

Аҳмедов, Тошпўлат.1970. Алишер Навоийнинг “Лайли ва Мажнун”достони. Тошкент: Фан.

Жабборов, Нурбой. 2021. Маоний аҳлининг соҳибқирони. Тошкент: Адабиёт.

Комилов, Нажмиддин. 2009. Тасаввуф. Тошкент: Мовароуннаҳр-Ўзбекистон.

Муборак мактублар. 1987. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Навоий, Алишер. 1991. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 8-том. Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1992. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 9-том. Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер 2001. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик.17-том. Тошкент: Фан.

Қаюмов, Азиз. 1985. Ишқ водийси чечаклари. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Саримсоқов, Баҳодир. 2022. Бадиийлик асослари ва мезонлари.Тошкент: Bookmany print.

Юсупова, Дилнавоз. 2011. Алишер Навоий “Хамса”сида мазмун ва ритмнинг бадиий уйғунлиги. Тошкент: МУМТОЗ СЎЗ.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов