The poetic function of the content in the inter- pretation of the female psyche

Abstract

Literary scholars have conducted several researches on the importance of form and content in literature. There are different views on this. In world literary studies, they approach this issue separately and put forward opinions that one does not require the other at all, or that one can yexist independently without the other. These ideas have not been proven, and a group of scientists put forward the opinion that there can be no content without form, and no form without content. At the same time, Uzbek scholars of literature also deeply approach this issue and yexpress their opinions. Based on this, the article focuses on the study of form and content in the poems of Halima Khudoyberdiyeva, one of the great representatives of Uzbek literature, and the issue of determining the lyrical yexperiences of the creator.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
doi

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kurbanbayeva, N. (2024). The poetic function of the content in the inter- pretation of the female psyche. Uzbekistan Language and Culture, 1(1), 68–80. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2024-pp68-80
Nasiba Kurbanbayeva, Alisher Navoi Tashkent State University of Uzbek Language and Literature
Doctoral student
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Literary scholars have conducted several researches on the importance of form and content in literature. There are different views on this. In world literary studies, they approach this issue separately and put forward opinions that one does not require the other at all, or that one can yexist independently without the other. These ideas have not been proven, and a group of scientists put forward the opinion that there can be no content without form, and no form without content. At the same time, Uzbek scholars of literature also deeply approach this issue and yexpress their opinions. Based on this, the article focuses on the study of form and content in the poems of Halima Khudoyberdiyeva, one of the great representatives of Uzbek literature, and the issue of determining the lyrical yexperiences of the creator.


background image

68

Uzbekistan: Language and Culture 2024/1(2)

ISSN 2181-922X 68

80

Ayol ruhiyati talqinida mazmunning poetik

vazifasi

Nasiba Qurbonboyeva

1

Abstrakt

Adabiyotda shakl va mazmun masalasining muhimligi xususida

adabiyotshunos olimlar bir nechta tadqiqot ishlarini olib borganlar. Bu

borada turli xil qarashlar mavjud. Jahon adabiyotshunosligida bu masala-

ga alohida yondashib, biri ikkinchisini mutlaqo taqozo etmaydi yoki biri

ikkinchisisiz mustaqil mavjud bo‘la oladi, degan fikrlar ilgari surilgan. Bu

fikrlar o‘z isbotini topmagan hamda bir guruh olimlar shaklsiz mazmun,

mazmunsiz shakl mavjud bo‘la olmaydi, degan qarashlarni ilgari suradilar.

Shu bilan birga, o‘zbek adabiyotshunos olimlari ham bu masalaga chuqur

yondashib, o‘z fikr-mulohazalarini bayon etadilar. Shulardan kelib chiqqan

holda, maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Halima

Xudoyberdiyeva she’rlarida shakl va mazmun masalasini o‘rganish hamda

ijodkor lirik kechinmalarini aniqlash masalasiga e’tibor qaratiladi.

Kalit so‘zlar:

Halima Xudoyberdiyeva, shakl, mazmun, ruhiyat,

kechinma, obraz, to‘rtlik, she’r, ramz, lirik qahramon.

Kirish

Adabiyotshunoslik ilmida mazmun va shakl borasida turli

qarashlar mavjud. Ilm ahlining bir qismi mazmun shakldan ustun

deya fikr bildirsalar, boshqa qismi shaklni bosh mezon sifatida

baholaganlar. Har ikki yo‘nalish tarafdorlarining tadqiqotlari badiiy

asarda shakl va mazmunni bir-biridan ayri tarzda o‘rganish sama-

rasizligini isbotlab berdi. Zero, “asar shakli haqida fikr yuritayotgan

tadqiqotchi uning mazmunni uyushtirish va ifodalash, ta’sirdorligiyu

badiiy jozibasini oshirishdagi ahamiyatini; mazmun haqida fikr yu

-

ritganda uning shaklga qay darajada muvofiqligini nazardan qochir

-

masligi zarur bo‘ladi” [Quronov 2018, 91].

Adabiyotshunos Izzat Sultonov asarning mazmuni haqi-

da to‘xtalar ekan, uning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagi

jihatlarni sanab o‘tadi: mazmunning salmoqdorligi, haqqoniyli-

1

Qurbonboyeva Nasiba Aybek qizi

– Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti.

E-mail:

nasiba.kurbanbayeva@inbox.ru

ORCID ID:

0009-0009-4322-5983.

Iqtibos uchun:

Qurbonboyeva, N. 2024. “Ayol ruhiyati talqinida mazmunning

poetik vazifasi”. O‘zbekiston: til va madaniyat 1(2): 68-80.


background image

Ayol ruhiyati talqinida mazmunning poetik vazifasi

69

gi, universalligi, originalligi hamda ta’sirchanligi. Adabiyotshunos

Dilmurod Quronov esa mazmun va shakl unsurlarini tasnif qilar

ekan, jahon adabiyotshunoslarining tadqiqotlarini chuqur qiyosiy

o‘rganib, chiqargan xulosalari asosida quyidagicha tasnif yarata-

di: problema, tema, tendensiya, g‘oya – mazmun unsurlari; til,

obrazlar sistemasi, syujet, konflikt, kompozitsiya, ritm – shakl

unsurlari [Quronov 2018, 91].

Asosiy qism

Shakl va mazmunning o‘zaro mukammal munosabati-

ni ta’minlovchi unsurlardan biri sifatida sinchkovlik bilan tan-

langan shakl hamda unga g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri tanlangan

mazmun birligini e’tirof etishimiz mumkin. Shu o‘rinda Halima

Xudoyberdiyevaning bir to‘rtligini fikrimizning yanada oydinla-

shishi uchun keltirib o‘tsak:

Haqiqat qirda, tog‘da ham suyumli,

Ochiqda ham, qamoqda ham suyumli.

Ichi – ko‘zlarida muqim o‘t yonar

Sirti yirtiq, yamoqda ham suyumli [Xudoyberdiyeva 2020,

534].

Mazkur to‘rtlikning nasriy bayoni quyidagicha:

Haqiqat qir-

da ham, tog‘da ham, ochiqda ham, qamoqda ham suyumli. Ichida,

ko‘zlarida o‘t yonsa-yu, sirti yirtiq, yamoq bo‘lsa ham suyumli.

Biz

o‘qiganimiz har ikki variantning mohiyati ayni bir xil, faqat ifodala-

nish shakli farqli. Biz she’r o‘qiganimizda, odatda, misra ritmiga, in-

tonatsiya, urg‘uga e’tibor qilgan holda, ichki kechinmalar, tuyg‘ular

olamini yorqin ifoda etuvchi musiqiy matn o‘laroq o‘qiymiz. Nasr esa

qofiya va vazndan holi oddiy nutq. Yuqoridagi misralarning she’riy

shakli nasriga ko‘ra ta’sirchan hamda jozibadordir. Yoki roman va

hikoya janrlarini qiyoslaylik, biz romanning umumiy mazmuni-

ni ixchamlashtirib, bir hikoya ko‘rinishiga keltira olmaganimizdek,

hikoyadagi voqealarni ham bir roman shaklida ko‘ra olmaymiz,

sababi har bir janrning o‘ziga xos xususiyatlari hamda adabiy

me’yorlari mavjud.

Halima Xudoyberdiyeva she’rlarida lirik qahramon ba’zida

go‘dak, ba’zan bola, bir qarasangiz matonatli ayol, yana bir o‘rinda

esa jasoratli ona. Halima Xudoyberdiyeva – hassos shoira, Vatan

madhini kuylab, xalq dardini o‘ziniki qila olgan haqiqiy ijodkor.

“She’r faqat xitob, nido, chaqiriq emas, u ayni choqda nola va faryod

hamdir. Bir so‘z bilan aytganda, she’riyat sokinlikni, loqaydlikni rad

etuvchi, hech qanday qoliplarga sig‘maydigan, erkinlik va adolat


background image

70

Nasiba QURBONBOEVA

g‘oyalarini tarannum etuvchi isyon bo‘lmog‘i darkor” [Xudoyberdi-

yeva 1993,13]. Halima Xudoyberdiyevaning lirik qahramoni ham

isyonkor hamda bir vaqtning o‘zida sokin.

Yuragimga ona arslon qo‘ygan in,

Parvardigor, ruhim o‘zing ko‘targin.

Dargohingda topshirguncha men jonni,

O‘ldirmagil ko‘ksimdagi arslonni.

O‘rmalabmi kelayotir sokin xob,

Olloh, uni qaytarmoqning yo‘lin top.

O‘rmalabmi kelayotgan tulki, qush,

Balki menga rahmi kelar “boyaqish” [Xudoyberdiyeva 2020,

302].

“Asarda tasvirlangan hodisalar va ifodalangan g‘oyalar un-

ing mazmunini tashkil etadi. Mana shu ikki tomon, ya’ni aks et-

tirilgan hodisalar va yozuvchi g‘oyalari uzviy birikib ketgandagina,

kitobxonning qalbini va ongni boyitadigan g‘oyaviy mazmun vujud-

ga keladi” [Xudoyberdiyeva 1995,32]. She’rning poetik g‘oyasi biz-

ga insoniylikdan, vatanparvarlikdan saboq beradi. Eng muqaddas

insoniylik xususiyatlarini ulug‘lash bilan bir qatorda eng chirkin,

eng tuban kimsalarni tasvirlar ekan, shoira arslon, tulki, qush

obrazlariga murojaat qiladi. Lirik qahramon pisib kelayotgan tulki,

o‘rmalab kelayotgan olchoqlarning qaddini ko‘tarib iniga yo‘l izlab,

unga qasd qilishidan Allohdan panoh tilaydi. Shu o‘rinda millatni

qayg‘uradigan, vatanini jonidan ustun ko‘radigan shoira she’rining

oxirgi misralarida asosiy leytmotiv yuksak maqomga yеtkaziladi

hamda teran mohiyat kasb etadi:

Ona arslon o‘lmay turib, o‘rmalab,

Bu o‘rmonga kiradigan kas yo‘qdir.

Yuragimga ona arslon qo‘ygan in… [Xudoyberdiyeva 2020,

303].

“Halima she’rlarida endi inson hayoti va insonning o‘zi bu-

tun murakkabligi, jamiki ziddiyatlari bilan namoyon bo‘ladi. U inson

sha’nini bulg‘aydigan, uning baxtiga chang soladigan narsalarni kes-

kin qoralaydi” [Xudoyberdiyeva 1993,16]. Uning bu o‘tkinchi dunyo-

dan hafsalasi pir bo‘lgan. Axir, guldan baldoqlar taqqan jononlarning

jonini bir siqim tuproq qilgan dunyo unga rahm qilarmidi!?


background image

Ayol ruhiyati talqinida mazmunning poetik vazifasi

71

Boshimga urayinmi o‘tar dunyo shonini,

O‘, kuygan o‘tlarimda qaytadan kuyayinmi?

Guldan baldoqlar taqqan jononlarning jonini

Bir siqim tuproq qilgan dunyoni suyayinmi?

Mening karvonim horg‘in, kunbotarga og‘moqda,

Elas-elas kelmoqda qo‘ng‘iroqlar jarangi.

Garchand boshim ustida oy nurlari yog‘moqda,

Holim shu qadar zabun, holim shu qadar tangki…

[Xudoyberdiyeva 2020, 313].

Lirik qahramon karvonining horg‘inligi, uning kunbotarga

qarab ketayotgani va elas-elas qo‘ng‘iroqlar jarangining eshitilishi…

Qo‘ng‘iroq timsol sifatida adabiyotda millatni uyg‘otuvchi da’vat,

karvon esa xalqqa ishora. Keyingi satrlarda shoira

oy nurlari yog‘mo-

qda

deya go‘zal badiiy obraz yaratadi. Bu orqali ko‘ngil va tabiat

holatining uyg‘unligi aks etadi.

Yo‘q, ezg‘in ko‘nglimdayin yorishib borar osmon,

Yorug‘ osmon ostida, bolajonlar, ungaysiz!

Faqat… Bobur yig‘lagan… “Bu jahonga sig‘masmen”,

Shundan u yo‘q jahonga sig‘ish goho o‘ng‘aysiz.

Boshimga urayinmi o‘tar dunyo shonini… [Xudoyberdiyeva

2020, 313].

Ushbu banddagi

Yo‘q, ezg‘in ko‘nglimdayin yorishib borar

osmon

misrasi orqali lirik qahramonning ruhiy holati ochib beril-

gan. Shoira talmeh san’atidan ham o‘rinli foydalangan va bu o‘z

navbatida tasvirning bo‘yoqdorligini oshirish, badiiy jozibadorligini

kuchaytirish hamda she’rning poetik mohiyatini, leytmotivini

ochib berishga xizmat qilgan. Lirik qahramon siyrati insoniylikning

yuksak xususiyatlari bilan shu qadar to‘yintirilganki, u uchun Bobur

yig‘lagan, Bobur sig‘magan bu jahonga sig‘ish o‘ng‘aysiz. Kutilma-

ganda berilgan bu iqror o‘quvchini birdaniga xushyor torttiradi,

yuragiga tezda еtib boradi.

Halima Xudoyberdiyeva she’rlarida har bir so‘zni, iborani

munosib o‘rinda qo‘llaydi. “Halima daryo bo‘lib yozdi dedik. Chin-

dan uning she’riyatidan qaysi davrda qay kayfiyatda yozgan bo‘lma

-

sin, daryoning ovozi eshitilib turadi. Ikki daryo mamlakatimizning

mahrami. O‘zbekistonga hayot quvvalarini bag‘ishlaydi. Halimada

yurtning qizi bo‘lish, yurtning qizi bo‘lib yozish havasi erta uyg‘ondi”

[Xudoyberdiyeva 2012,6]. Shoiraning 70-yillarda yozilgan “Dorila-


background image

72

Nasiba QURBONBOEVA

mon kunar keldi…”, “O‘zimizning bog‘lar”, “Suyanch tog‘larim”, “Men

shu tuproq kuychisiman” she’rlari fikrimizning yorqin isbotidir.

Halima Xudoyberdiyeva qaysi mavzuga qo‘l urmasin, uning asarlari-

da haqiqiy o‘zbek ayolining nafosati, nazokati, ibosi, hayosi, orzu-is-

taklari va shu bilan birga, jasorat va shijoatni o‘zida namoyon etuvchi

To‘marisning munosib izdoshi ekanligi yaqqol aks etadi. Shu o‘rinda

shoiraning “Bu elni jimlar uyg‘otadir” she’ri yuqoridagi fikrlarimiz

uchun asos bo‘la oladi. Mazkur she’rda lirik qahramonning Vatanini

benihoya sevishi, vatandoshlarining loqaydligidan aziyat chekishi,

ijtimoiy dardning shaxsiy dardga aylanishi ta’sirchan ifodalangan:

Bu avlodlar g‘aribdan-g‘arib,

Ko‘kragingga toshlar botadir.

Olov topolmaysan axtarib,

Ko‘zlaringga yoshlar botadir.

Ko‘nglingda chang, gard ko‘tarsangmi,

Qiynab gumon, dard ko‘tarsangmi,

Pardalarni shart ko‘tarsangmi,

Yalang‘ochlar, foshlar botadir.

Turib, qulab yotgan bek bekmi,

Ichib, “gullab” yotgan bek bekmi,

Borin pullab yotgan bek bekmi,

Fikrsiz, bo‘sh boshlar botadir [Xudoyberdiyeva 2020, 250].
Adabiyotshunos olim va yozuvchi Ulug‘bek Hamdamga ko‘ra,

XX asrda o‘zbek she’riyati badiiylik darajasi nuqtayi nazaridan ik-

kiga ajralib qoldi. Birinchisi, davr muammolari san’atkorona aks

ettirilgan, ko‘pning dardi shoir dardiga, ijtimoiy dard – shaxs dard-

iga aylangan, shaxsiylashgan she’riyat bo‘lsa, ikkinchisi esa davrga

xos muammolar jamiyatda qanday o‘rin tutishi, qanchalik dolzarb

ekanidan kelib chiqib, jamoatchilik e’tiborini tortish maqsadida yo-

zilgan, shu tufayli nazmbozlik va maddohlik mahsuli sifatida dunyoga

kelgan she’riyatdan iborat [Hamdam 2006, 42]. Halima Xudoyberdi-

yeva asarlari birinchi tasnifga xos bo‘lib, ijtimoiy dardni, xalq dardini

o‘ziniki qilgan va shu asosda lirik qahramon fikr tadrijini ayni shun

-

day yo‘nalishda aks ettiradi. Shoira lirik qahramon kechinmalarini

ifodalar ekan, bugungi kun avlodlarining g‘aribdan-g‘arib, ko‘zlarida,

yuragida olovi, shijoati yo‘qligidan ko‘kragiga toshlar botadi. Odat-

da, yosh avlod shijoatli, yuragidagi olovning aksi ko‘zlarida porlab

turgan, tog‘ni talqon qilishga qodir jasorati suratida yaqqol namo-

yon bo‘lishi kerak emasmi!? Nega bu elning avlodlari g‘aribdan-


background image

Ayol ruhiyati talqinida mazmunning poetik vazifasi

73

g‘arib? Ular qanday odamlar? Ko‘nglini chang, g‘ubor bosgan, gu-

mon va dard girdobida qiynalganlarki, pardalarni shart ko‘tarsangiz

qarabsizki, yalang‘ochlar, foshlar. Shoira bu bilan nima demoqchi?

Jamiyat va millatning zavoli bo‘lmish, Vatanning ertasi bo‘lgan av-

lodlarning kelajagini yo‘qlikka va mavhumlikka mahkum etuvchi il-

lat sifatida loqaydlikni ko‘rsatadi. Xalqimizda bir gap bor, beparvo,

loqayd odam dushmandan ham xavfliroq. Qulab yotgan, ichib, “gul

-

lab” yotgan, borini pullab yotgan “bek”lar, fikrsiz, bo‘sh boshlar ham

ayni shu loqaydlikning natijasidir.

Oh, bu elga kimlar qazdi choh,

Qaydandir bu sanoqsiz gumroh,

Bugun bir porloq quyosh yo‘q, oh,

Moziyda… quyoshlar botadir.

Qay hofizga xudo –siym-u zar,

Qay shoiri xudobexabar,

Qay otinining botini g‘ar,

Bu elni kimlar uyg‘otadir?

Millatni ichdan yеmiruvchi, jamiyat ravnaqiga raxna soluv

-

chi illat bo‘lmish loqaydlik haqida so‘z borar ekan, shoira uning oqi-

batlarini adoqsiz qayg‘u bilan ayovsiz tasvirlab beradi. Millatning

buguni shu holga kelganidan g‘amga botadi. Yurtida son-sanoqsiz

gumrohlar to‘lib ketganidan, bir porloq quyoshga ehtiyoj sezadi,

umid bog‘laydi. Lekin qarasaki, quyoshlar ham moziyda botgan. Shu

o‘rinda

Moziyda… quyoshlar botadir

misrasi beixtiyor Abdulla Qo-

diriyni yodga soladi. Millat avlodlaridan xafsalasi pir bo‘lgan ijod-

kor endilikda hofiz-u shoir, otinlarga yuzlanadi. Jamiyatda hofiz-u

shoirlar diniy va dunyoviy bilimga ega, oqni qoradan ajratishga qo-

dir bo‘lgan kishilar hisoblanadi. Ular millatning ma’naviy xazinasini

ko‘z qorachig‘idek asrab, uni yanada boyishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Lirik qahramonning millatning ma’naviy tirgaklari bo‘lmish ijod ah-

liga murojaat qilishi ham ayni shundan. Zero, Cho‘lpon aytganidek,

“Millatni uyg‘otish – uyg‘onganlarning vazifasi”. Ammo bu elning

uyg‘oq kishilari ham g‘aflatda ekanligi jamiyatning zavolga yuz tut

-

ganligidan dalolat beradi. Endilikda ijodkor asosiy ijtimoiy savolni

o‘rtaga tashlaydi:

Bu elni kimlar uyg‘otadir?

She’rning kulminatsion

nuqtasi aks etgan ushbu savolga ijodkor javob topishga urinadi.

Bobolari yurt so‘rab to‘rda,

Bolalari o‘lgaymu yеrda?

Inshoolloh, bugunmi-erta,


background image

74

Nasiba QURBONBOEVA

Bu elni jimlar uyg‘otadir [Xudoyberdiyeva 2020, 250].
Shoira lirik qahramon ruhiyatidagi g‘alayonni, tizginsiz

kechinmalarni o‘quvchiga shu qadar teran mushohadakorlik va

bosiqlik bilan ifodalaydiki, dilni o‘rtovchi, davr kishilariga nisbatan

nafrat tuyg‘usini uyg‘otuvchi, Vatanni jonidan aziz suyguvchi har

bir kitob- xonning qalbini larzaga soluvchi

Bu elni kimlar uyg‘ota-

dir?

savoliga o‘zbek ayoliga xos nazokat va nafosat ila, bosiqlik bilan

javob beradi. Jimlik bu akssiz, sadosiz sukunat. Ijodkor jimlar ortiga

isyonni, bir kuni yurakdan qalqib chiqadigan ovozni yashiradi. Bu

isyon, bu ovoz kun kelib she’rlarda, hikoya va romanlarda jarang-

laydi. “Meditativ mushohadakorlik asosida paydo bo‘lgan dunyo

falsafasida zulm isyonni, zulmat yorug‘likni, o‘lim hayotni tug‘adi

degan olamshumul xulosa mavjud” [Ernazarova 2020, 185]. Halima

Xudoyberdiyevaning “Bu elni jimlar uyg‘otadir” she’rida xuddi shu

falsafa o‘z aksini topgan.

Halima Xudoyberdiyeva ijodida turk, Turkiston, Turon mav-

zularida bitilgan she’rlari talaygina. O‘zbek adabiyotining zabardast

vakillaridan biri Ibrohim G‘afurov Halima Xudoyberdiyeva ijodi

haqida shunday degan edi, uning she’rlarida katta harf bilan yozila-

digan MUHABBAT bir yoniq siymo, ONA yoniq bir siymo, OTA yoniq

bir siymo – bu siymolarini topgach, u o‘z tug‘ilgan yurtini, o‘zi man-

sub xalqni, uning fojia va sharaflarga to‘la bitmas-tuganmas tarixini

tobora chuqurroq tushundi, bular uning yuragida jozibador she’riy

siymoga aylandi. Halima Xudoyberdiyeva o‘zining shu siymolarini

yorqin kashf etish orqali INSON siymosiga yaqinlashdi. Shu siymo

timsolida u Inson qadr-qimmatini o‘zi uchun ochdi. Inson g‘oyasi

uning ko‘ksi va ongida teran o‘rnashdi [Xudoyberdiyeva 2012, 5].

Dardin chetga chiqaradi qaysi sher,

Ona arslon ozganini bildirmas.

Nodon – “Taqdirni o‘zim yaratdim”, – der

Qodir Xudo yozganini bildirmas.

Sirtdan boqsang ko‘ngil ovlanaverar,

Shahd oldinga tashlar dovlanaverar,

Tovus ziynatlanar tovlanaverar,

Patlarining to‘zganini bildirmas [Xudoyberdiyeva 2020, 398].
Halima Xudoyberdiyeva she’rlarida sher, arslon, yo‘lbars

obrazlarini juda ko‘p marotaba uchratishimiz mumkin. Bu jonzot-

lar hayvonot olamining eng kuchlilaridan. Shu boisdan ular o‘zidagi

chorasizlikni atrofga bildirmaydi. Keyingi qatordagi diniy mazmun-


background image

75

Ayol ruhiyati talqinida mazmunning poetik vazifasi

dagi misra e’tiqodiy qarashlar asosida taqdirning Alloh tomoni-

dan bitilganini ifodalaydi. Xuddi ona arslon kabi inson ham ichki

kechinmalarini, qalb tug‘yonlarini, ko‘ksini kemirayotgan g‘am-an-

duhlarini zohirida aks ettirmaydi. Zero botiniy kechinmalar shax-

siydir. Milliy muhitda shakllangan, hayotning og‘ir zarbalariga

uchragan, urush hamda mustamlakalik zulmini boshidan kechirgan

ijodkor “men”i keyingi bandda ijtimoiylashadi. Shu o‘rinda aytish

joizki, Sharq xalqlariga xos andisha misralar qatiga shu qadar sing-

diriladiki, davrning eng fojiali jarayonlarini ham bildirmaydi.

Yesir nonni qanday yеtkazadi-yu,

Go‘dagiga qanday tutqazadi-yu,

Yesir tunni qanday o‘tkazadi-yu,

Yetim qanday o‘sganini bildirmas.

Sharq bolasi, mayli yovqur yo daydi,

“Botir bo‘lsang avval meni yеng”, – deydi.

Avval oshiq bo‘lgan menman, men!, – deydi,

Avval qiz ko‘z suzganini bildirmas [Xudoyberdiyeva 2020,

398].

Ijodkor millat haqida qayg‘uradi, yеsirning ham, yеtimning

ham musibatini zo‘r iztirob bilan anglaydi. Birinchi misrada ifoda-

langan mazmun, yеsir ya’ni qulning qanday non topishi va go‘dagiga

qanday tutqazishi, keyingi misradagi yеsir esa bevaning yolg‘izlik

iztiroblari, yеtimning qanday o‘sgani tasviridagi ifoda zalvori kishini

larzaga soladi. Bu yirik musibatni, butun jamiyatning alam va iztirob-

lari, g‘am-anduhlarini “bildirmas”lik esa ulkan jasoratdir. Millat,

yurt qayg‘usini o‘zida mujassamlashtirgan lirik qahramon sharqo-

na ma’naviyatni o‘zida gavdalantirgan. Ijodkor yashagan davr, ijti-

moiy muhit Sharq bolasining tarbiyasiga, o‘zligiga raxna sololmagan.

Mayli u yovqur yoki daydidir, lekin aslo nomard emas. U ma’shuqasi-

ning avval ko‘z suzganini bildirmaydi, aksincha, avval oshiq bo‘lgan

menman deya ta’kidlaydi va dushmanni kurashga chorlaydi. Ijodkor

o‘zbek o‘g‘lonining siyratini kichik syujetli voqelik asosida ko‘rsatib

bergan. She’rdagi so‘zlarning to‘g‘ri tanlanganligi uning ta’sirchaligi

hamda yurakka yеtib borish darajasini oshirgan.

Sharq bolasi,

Yassaviyning bolasi.

Dunyolarni titratsa ham nolasi,

Undan faqat kamsuqumlik olasiz,

Otasidan o‘zganini bildirmas [Xudoyberdiyeva 2020, 398].


background image

76

Nasiba QURBONBOEVA

Sharqda oilaviy munosabatlar masalasiga qadimdan jiddiy

ahamiyat berib kelingan. Yirik mutafakkirlar Abu Nasr Forobiy, Abu

Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojiblar bu xususida

o‘zlarining durdona fikrlarini asarlarida aks ettirganlar va ular ho

-

zirgi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. She’rdagi bola

millatimizning boy va qadimiy an’analari, yuksak umuminsoniy

qadriyatlari ruhida tarbiyalangan Sharq bolasi, Yassaviyning bolasi.

Shu boisdan, garchi uning nolasi dunyolarni titratsa ham bildirmay-

di. Uning tiynatida kamsuqumlik, kamtarlik, bilimlilik, insonparvar-

lik kabi fazilatlar namoyonki, u otasidan o‘zganiga iymanadi, shu

boisdan bildirmaydi.

Har bir narsa o‘zaro juft yaratilgan va bunda teran hikmatlar

bor. Kecha va kunduz, yaxshilik va yomonlik, gunoh va savob, latofat

va qabohat va hokazo. Ma’ni va surat ham xuddi shunday juftlikni

hosil qiladi va mohiyatan bir-biriga zid bo‘lsa ham, biri ikkinchisi-

siz mavjud bo‘la olmaydi. Zohiran suratni inkor etishdek tuyulgan

fikrlar asosiy e’tiborni ma’niga qaratish zarurligiga urg‘u bermoq

uchundir [Jabborov 2022, 77]. Yuqoridagi fikrlarga tayangan hol

-

da badiiy asar tahlilida shakl va mazmun masalasining nechog‘lik

muhim ekanligi Halima Xudoyberdiyeva asarlari orqali aniqlanadi.

Odam Ato zuryodlari yo‘lga chiqar,

Momo Havo zuryodlari yo‘lga chiqar,

Bor-yo‘g‘imiz suv yuziga, ko‘lga chiqar,

Kelajakning yo‘llarini supuramiz [Xudoyberdiyeva 2020,

364].

“Kelajak yo‘llarini supuramiz” she’rida ayol ruhiyatining

ramziy ifodasi, kelajak avlodning shakllanishi va ta’minlanishiga

qo‘shgan hissasi sifatida talqin qilinishi mumkin bo‘lgan chuqur

metafora taqdim etilgan. She’rning “Odam zuryodlari” va “Momo

Havo avlodlari” haqida so‘z yuritilgan birinchi misralari insoniyat-

ning paydo bo‘lishi haqidagi diniy rivoyatlarni yodimizga tushira-

di. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, asar bir kishiga yoki bir

millat vakillarigagina emas, balki butun insoniyatga daxldorligini

anglashimiz mumkin.

Kelajak yo‘llarini supurish metafora bo‘lib, unda yo‘llarni su-

purish ertangi kunni yanada yorqinroq qilishga intilish va bunga

to‘siq bo‘ladigan har qanday kuchni bartaraf etish nazarda tutiladi.

Shu nuqtayi nazardan, asarda onalik muhabbatini kelajak avlodning

o‘sishi va kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yo‘l

ko‘rsatuvchi va ruhlantiruvchi kuch sifatida talqin qilish mumkin.


background image

Ayol ruhiyati talqinida mazmunning poetik vazifasi

77

Supuramiz yo‘lda qor, qum qolmasin deb,

Har qadamda chalguvchi shum qolmasin deb,

Oyoqlardan toydirar chim qolmasin deb,

Kelajakning yo‘llarini supuramiz [Xudoyberdiyeva 2020,

364].

Band harakat bayoni bilan boshlanadi: “Supuramiz”. Ushbu

ishonchli bayon she’rning qolgan qismi uchun ohangni kuchaytirib,

potentsial qiyinchiliklarni hal qilishda faol yondashuvni ko‘rsatadi.

“Biz” so‘zi bu ishda birlik va umumiy mas’uliyat hissini bildiradi.

“Yo‘lda qor yoki qum bo‘lmasligi uchun” supurish tasviri taraqqiyot-

ga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan har qanday vosita yoki noaniq-

liklarni olib tashlash istagini anglatadi. Qor va qum shoiraning oldin-

ga aniq yo‘l yaratishga bo‘lgan qat’iyatini aks ettiruvchi qiyinchiliklar

va chalg‘ituvchi narsalarni ifodalaydi.

Keyingi satrlarda supurish harakati maqsadni kuchaytiradi.

Ijodkor diqqatni jamlash (“Har qadamda chalg‘imaslik uchun”) va

yo‘llarni keraksiz vositalardan tozalash (“Oyoqlardan chim (ajriq)

qolmasligi uchun”) muhimligini ta’kidlaydi. “Kelajak yo‘llarini su-

puramiz” so‘nggi misrasi she’r mazmunining cho‘qqisi bo‘lib xizmat

qiladi.

Biz yutsakda bolalarga tegmasin chang,

Bizga tegsin, tegar bo‘lsa har qanday sang,

Egilsak-da, to‘kilsak-da holimiz tang,

Kelajakning yo‘llarini supuramiz [Xudoyberdiyeva 2020,

364].

Fidoyilik, jasorat va matonat kabi insoniy fazilatlar ufurib

turgan misralarda ijodkor bir ona, u farzandlari uchun hamma narsa-

ga tayyor. “Biz yutsak-da, bolalarga tegmasin chang” birinchi misra-

da ijodkor kelajak avlod oldidagi mas’uliyatini teran anglaydi. Shoira

bolalarning ertangi kunini har xil salbiy ta’sirlardan himoya qilishni

istaydi. Oqibati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, barcha qiyinchiliklar-

ni qabul qilishga tayyor. Egilishlari, bukilishlari mumkin, ammo ular

xavf-xatarlarga qaramay, davom etishga shay. Misralar sari yuksa-

lib boruvchi mazmun ijodkor matonatini va qat’iyatini ifodalaydi.

Yakuniy satr she’rning markaziy mavzusini yana bir bor tasdiqlaydi.

Qiyinchiliklar va to‘siqlarga qaramay, ertangi kun uchun yo‘l ochish

bo‘yicha o‘z missiyasida qat’iy qoladi. Bu chiziq ayol ruhiyatining

qiyinchiliklarga chidamliligi va qat’iyatini yaqqol aks ettiradi.

Boshlarimiz omon, qattiq toshga do‘nib,

Bor kirdikor nihon emas, foshga do‘nib,


background image

78

Nasiba QURBONBOEVA

Farroshga do‘nib, barchamiz farroshga do‘nib,

Kelajakning yo‘llarini supuramiz [Xudoyberdiyeva 2020,

364].

She’rning so‘nggi bandida butun she’r davomida ifodalan-

gan qat’iyatlilik, birdamlik, jasorat va matonat mavzulariga yanada

ko‘proq urg‘u berilgan. Bu satrda barqarorlik va qat’iylik tuyg‘usini

tasvirlash uchun metaforik tildan foydalanadi. Boshlari omon, qattiq

toshga do‘ngan ijodkorning tuyg‘ulariga bir razm solaylik. Xalqimiz-

da yoshi ulug‘lar “Boshing toshdan bo‘lsin”, – deya duo qilishadi. Bu

chidam-bardoshli bo‘l, zavol ko‘rma ma’nolarini ifodalaydi. Shoira-

ning boshi esa qattiq toshga do‘nib bo‘lgan, demak u ko‘rgan qiyin-

chiliklar ham oz emas. Shu o‘rinda ijodkor boshimiz qattiq toshga

do‘ngan ya’ni toshdek mustahkam deya ta’kidlab, cheksiz kuch por-

tretini chizadi.

Hech qanday yolg‘on o‘z haqiqatining pinjida qolmaydi, chun-

ki ular sir pardasini chetga surib, “Bor kirdikor sir emas, u fosh

bo‘ldi”, deb dadil e’lon qiladi. Barcha kirdikorlar fosh bo‘ladi, yashirin

hech bir sir qolmaydi. Shu bilan birga, gardanida yolg‘on bo‘lmagani

holda, ular o‘z kurashlariga ochiq va halollik bilan qarshi chiqishga

tayyor holatda ertangi kunga qadam tashlaydilar.

Farroshga do‘nib, barchamiz farroshga do‘nib, satri jamoaviy

birdamlik va hamjihatlik, mas’uliyat mavzusiga urg‘u beradi. Ijod-

kor barchani atrofdagi dunyoni tozalash va yaxshilash uchun bir-

dam bo‘lishga chorlaydi. Bu tenglikka asoslangan yondashuv muam-

molarni hal qilish va kelajakni shakllantirishda birlik va hamkorlik

muhimligini ta’kidlaydi.

Kelajakning yo‘llarini supuramiz

– har bandning oxirgi misra-

si. Misraning har bir band oxirida takrorlanishi asarning maqsadini

tasdiqlash hamda mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.

Umuman olganda, she’rning so‘nggi bandida qiyinchiliklar-

ni yеngib o‘tish va porloq kelajak qurishda qat’iyatlilik, oshkoralik,

jamoaviy harakat va faol tayyorgarlik muhimligi ta’kidlanadi. U bu-

tun she’rga singib ketgan birlik va qat’iyat ruhini o‘zida mujassam

etgan. She’rda buyuk kelajakni yaratish va to‘siqlarni yеngib o‘tishda

faol yondashuv kuchli aks ettirilgan. She’rning har bir bandi ushbu

nuqtaning turli jihatlariga urg‘u beradi: chalg‘itadigan narsalar va

yuklarni olib tashlashdan bolalarni himoya qilish va qiyinchiliklarni

qamrab olishgacha. She’rda yorqin kelajak sari yo‘l ochishda hamji-

hatlik, matonat, jamoa mas’uliyati muhimligi ta’kidlangan. Umuman

olganda, u o‘quvchilarni o‘z taqdirini o‘z zimmasiga olishga va ertan-

gi kunni yaratish yo‘lida faol harakat qilishga undaydigan chorlov


background image

Ayol ruhiyati talqinida mazmunning poetik vazifasi

79

bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa

Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida ayollik nafosati,

nazokati bo‘y ko‘rsatadi. Shu nutqayi nazardan ijodkorning aksar

asarlarini mutolaa qilganimizda bir onaning farzandiga bo‘lgan

mehr-muhabbati, g‘amxo‘rligi, fidokorligi namoyon bo‘ladi. U na

-

faqat o‘z farzandlariga ona, balki butun millat farzandlari uchun

qayg‘uradi, ularning kelajagiga befarq bo‘lolmaydi va shu bilan bir-

ga ularni ham Vatan oldidagi burchini teran anglashga, ajdodlarga

munosib avlod bo‘lishga da’vat etadi.

Adabiyotlar

Қуронов, Д. 2018. Адабиёт назарияси асослари. Тошкент, Навоий

университети. – Б. 91.

Худойбердиева, Ҳ. 2020. Танланган асарлар. Тошкент, Шарқ. – Б. 534.

Шарафиддинов О. Юракдаги аланга. Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги

Адабиёт ва санъат нашриёти, 1993. – 13-б.

Худойбердиев, Э. 1995. Адабиётшуносликка кириш. Тошкент,

Ўқитувчи.–Б. 32.

Худойбердиева, Ҳ. 2012. Буюк қушлар (Сўзбоши муаллифи: Ғафуров

И. Дарёнинг овози). Тошкент, Ўзбекистон. – Б. 6.

Ҳамдам, Улуғбек. 2006. Бадиий тафаккур тадрижи. Тошкент, Янги аср

авлоди. –Б. 42.

Эрназарова, Г.Ҳ. 2020. Ҳозирги ўзбек шеъриятининг медитатив

табиати: Филол. Фанлари доктори (ДСc)… дисс. Тошкент,

– Б. 185.

Жабборов, Н. 2022. Англаким, сўз ўзга, маъни ўзгадур… Шарқ юлдузи.

№12. – Б. 77-85.

Нурбой, А. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир?.


background image

80

Nasiba QURBONBOEVA

The poetic function of the content in the inter-

pretation of the female psyche

Nasiba Kurbanbayeva

1

Abstract

Literary scholars have conducted several researches on the impor-

tance of form and content in literature. There are different views on this. In

world literary studies, they approach this issue separately and put forward

opinions that one does not require the other at all, or that one can yexist

independently without the other. These ideas have not been proven, and

a group of scientists put forward the opinion that there can be no content

without form, and no form without content. At the same time, Uzbek schol-

ars of literature also deeply approach this issue and yexpress their opin-

ions. Based on this, the article focuses on the study of form and content in

the poems of Halima Khudoyberdiyeva, one of the great representatives of

Uzbek literature, and the issue of determining the lyrical yexperiences of

the creator.

Key words:

Halima Khudoyberdiyeva, form, content, spirit, experi-

ence, image, quatrain, poem, symbol, lyrical hero.

References

Quronov, D. 2018. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent, Navoiy univer-

siteti. – B. 91.

Xudoyberdiyeva, H. 2020. Tanlangan asarlar. Toshkent, Sharq. – B. 534.

Sharafiddinov O. Yurakdagi alanga. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993. – 13-b.

Xudoyberdiyev, E. 1995. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, O‘qituvchi.

–B. 32.

Xudoyberdiyeva, H. 2012. Buyuk qushlar (So‘zboshi muallifi: G‘afurov I.

Daryoning ovozi). Toshkent, O‘zbekiston. – B. 6.

Hamdam, Ulug‘bek. 2006. Badiiy tafakkur tadriji. Toshkent, Yangi asr

avlodi. –B. 42.

Ernazarova, G.H. 2020. Hozirgi o‘zbek she’riyatining meditativ tabiati: Filol.

Fanlari doktori (DSc)… diss. Toshkent, – B. 185.

Jabborov, N. 2022. Anglakim, so‘z o‘zga, ma’ni o‘zgadur… Sharq yulduzi.

№12. – B. 77-85.

Нурбой, А. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир?.

1

Kurbanbayeva Nasiba Aybek qizi

– Doctoral student of Alisher Navoi Tashkent

State University of Uzbek Language and Literature.

E-mail:

nasiba.kurbanbayeva@inbox.ru

ORCID ID:

0009-0009-4322-5983.

For citation:

Kurbanbayeva, N. 2024. “The poetic function of the content in the

interpretation of the female psyche”.

U

zbekistan: Language and Culture.

1(2):

68-80.

References

Қуронов, Д. 2018. Адабиёт назарияси асослари. Тошкент, Навоий университети. - Б. 91.

Худойбердиева, Ҳ. 2020. Танланган асарлар. Тошкент, Шарқ. - Б. 534.

Шарафиддинов 0. Юракдаги аланга. Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1993. - 13-6.

Худойбердиев, Э. 1995. Адабиётшуносликка кириш. Тошкент, Ўқитувчи.-Б. 32.

Худойбердиева, Ҳ. 2012. Буюк қушлар (Сўзбоши муаллифи: Ғафуров И. Дарёнинг овози). Тошкент, Узбекистон. - Б. 6.

Ҳамдам, Улуғбек. 2006. Бадиий тафаккур тадрижи. Тошкент, Янги аср авлоди. -Б. 42.

Эрназарова, Г.Ҳ. 2020. Ҳозирги ўзбек шеъриятининг медитатив табиати: Филол. Фанлари доктори (ДСс)... дисс. Тошкент, - Б. 185.

Жабборов, Н. 2022. Англаким, сўз ўзга, маъни ўзгадур... Шарқ юлдузи. №12.-Б. 77-85.

Нурбой, А. (2005). Маърифат нимадир? Жаҳолат надир?.