Authors

  • Yangiboyev Farhod Rashidovich

Author Biography

  • Yangiboyev Farhod Rashidovich

     O’zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi huquq fani o’qituvchisi  93-769-95-89

    Farhod.yangiboyev@list.ru

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.100507

Keywords:

Oila nikoh nikoh yoshi nikohdan ajratish FHDYO

Abstract

Oila qurishni asosi nikoh hisoblanadi. Oila jamiyatning asosiy hujayrasi va ijtimoiy tayanchidir. Shunday ekan jamiyatdagi nikohdan ajralishlar sonini kamaytirish maqasadga muvofiqdir.Mazkur maqolada yurtimizdagi ajrimlar soni statistik jihatidan tahlil qilingan va takliflar ilgari surilgan. Bu ishda statistik, kuzatish metodlaridan foydalanildi. Ushbu maqolada ilgari surilgan takliflarni qonun ijodkorligi jarayonida, FHDYO va sud organlari faoliyatida qo’llash mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №

-27

Часть–

2_

Июнь

2025

38

FHDYO ORGANLARIDA NIKOHDAN AJRATISH TARTIBI

Yangiboyev Farhod Rashidovich

O’zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi huquq fani

o’qituvchisi 93-769-95-89

Farhod.yangiboyev@list.ru

Annotatsiya:

Oila qurishni asosi nikoh hisoblanadi. Oila jamiyatning asosiy

hujayrasi va ijtimoiy tayanchidir. Shunday ekan jamiyatdagi nikohdan ajralishlar

sonini kamaytirish maqasadga muvofiqdir.Mazkur maqolada yurtimizdagi ajrimlar

soni statistik jihatidan tahlil qilingan va takliflar ilgari surilgan. Bu ishda statistik,

kuzatish metodlaridan foydalanildi. Ushbu maqolada ilgari surilgan takliflarni qonun

ijodkorligi jarayonida, FHDYO va sud organlari faoliyatida qo’llash mumkin.

Kalit so’zlar:

Oila, nikoh, nikoh yoshi, nikohdan ajratish, FHDYO

Bilamizki, oila jamiyatda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Oilada oilaviy

munosabatlar qanchalik to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, uning shunchalik mustahkam

bo’lishi, bu o’z navbatida, jamiyatning ham mustahkamlanishiga o’z ta’sirini

ko’rsatishi amaliyotida sinovdan o’tgan omillardandir. Shu sababli oilaviy

munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oilaviy-huquqiy normalarini

to’g’ri talqin etish va oila a’zolarining huquq va manfaatlarini ta’minlash alohida

e’tiborga molikdir. Ana shu holatlarni e’tiborga olgan davlatimiz nikoh, uni tuzish

tartibi va shartlari, nikohdan ajralish, nikohni haqiqiy emas deb topish bilan bog’liq

munosabatlarga befarq bo’lmay, ularni tartibga soluvchi huquqiy asoslari belgilab

qo’yilgan.

Oilani mustahkamligi avvalo oila salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza

qilishga bog’liq hisoblanadi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Harakatlar

strategiyasida ham mazkur jihat o’z ifodasini topdi. O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan

“2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №

-27

Часть–

2_

Июнь

2025

39

yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da oila salomatligini mustahkamlash,

onalik va bolalikni muhofaza qilish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida

belgilangan.Ushbu jihatdan ham anglashiladiki, onalik va bolalikni himoya qilish

muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilishga

va oialni saqlab qolishga qaratishga qaratilgan chora-tadbirlarga qaramasdan

ajrashish holatlari yuz bermoqda. Bilamizki, nikohdan ajratishning sud tartibi bilan

birga ma’muriy tartibi ham mavjud. Bu Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish

organlarida nikohdan ajratish hisoblanadi. Mazkur tartib er-xotinlik munosabatlarini

bekor qilishning nisbatan oddiy va soddalashtirilgan tartibi hisoblanadi. Bunda nikoh

fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida nikohdan ajratiladi va sud jarayoni

bo’lmaydi.

Oila kodeksining 42-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan bolalari

bo’lmagan erxotin nikohdan ajralishga o’zaro rozi bo’lsalar, ular nikohdan fuqarolik

holati dalolatnomalarini yozish organlarida ajratiladi.Shu o’rinda bolalari bor

yo’qligini aniqlanib olinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Turmush o'rtoqlar ajrashish

to'g'risidagi arizalarida ajrashish va voyaga etmagan bolalari yo'qligi haqida

o'zlarining roziliklarini tasdiqlashlari kerak, agar ajralish kunida turmush o'rtoqlardan

biri FHDYo bo'limida bo'lolmasa, u holda ajrashish uchun ham rozilik berishi kerak.

FHDYo organlari umumiy voyaga etmagan bolalarning yo'qligi yoki mavjudligini

tasdiqlash uchun tegishli organlarga murojaat qilish huquqiga ega (Fuqarolik holati

dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 387-sonli 108-bandi).Mazkur holat albatta

nikohdan ajratishning qonuniyligini ta’minlash nazarda tutgan. Er-xotin o’rtasida

mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish to’g’risida yoki

ularning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo’lish to’g’risida nizo chiqqan taqdirda,

er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat

etishga haqli. O‘zbekiston Respublikasida er-xotinlar nikohni bekor qilish to‘g‘risida

qaror qabul qilgandan so‘ng, aksariyat hollarda ular bir shaharda yoki turli shahar va

tumanlarda alohida yashaydilar. Va keyin savol tug'iladi, qaysi tuman yoki

shaharning FHDYo bo'limiga ajrashish uchun ariza berish kerak? Bunday holda,

2016 yilgi FHDYo qoidalarining 108-bandi 1-qismiga muvofiq, turmush o'rtoqlar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №

-27

Часть–

2_

Июнь

2025

40

turmush o'rtoqlardan birining yashash joyidagi FHDYo bo'limiga murojaat qilishlari

kerak. Nikohdan ajralish ariza beruvchining yashash joyidagi Fuqarolik holati

dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat

o’tgach qayd etiladi.

Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq, agar er-xotindan biri:

- sud tomonidan bedarak yo’qolgan deb topilgan bo’lsa;

- sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli

muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo’lsa,

- sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo’lmagan muddatga ozodlikdan

mahrum qilingan bo’lsa, o’rtacha voyaga yetmagan bolalari borligidan qat’i nazar,

er-xotindan birining arizasiga ko’ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish

organlarida nikohdan ajratiladi.

Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo’lish

haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er(xotin)ga ta’minot berish uchun

mablag’ to’lash haqida nizo mavjud bo’lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.

Bunda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- er(xotin)ning bedarak yo’qolgan deb topilganligi yoki muomalaga layoqatsizligi

to’g’risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori;

- er(xotin) uch yildan kam bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi

to’g’risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan ko’chirma, shuningdek

sudlangan er(xotin)ning o’rtadagi bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yo’qligi

to’g’risida tilxat. Nikohdan ajralishga er-xotinning o’zaro roziligi ularning har

ikkalasi tomonidan berilgan yoki har biri mustaqil bergan arizalarida ifodalanishi

mumkin.

Nikohdan ajralish to’g’risidagi arizani qabul qilgan fuqarolik holati

dalolatnomalarini yozish organlari ajralish to’g’risida ariza bergan kundan uch oy

o’tgandan keyin ajralishni rasmiylashtirib, ularga nikohdan ajralish to’g’risida

guvohnoma beradi. FHDYo organlari yarashtirish tartib-taomilidan o‘tgandan keyin

va oilani yanada saqlab qolishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida bayonnoma olgandan

so‘ng, agar er-xotinning ikkalasi yoki biri hozir bo‘lsa va ularning har biriga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №

-27

Часть–

2_

Июнь

2025

41

guvohnoma berilgan bo‘lsa, ariza berilgan kundan boshlab 3 oy o‘tgach, nikohni

bekor qiladi. Uch oylik muddatni belgilashda ham xuddi sudda er-xotinning yarashib

ketishi uchun berilgan muddatdan ko’zda tutilgan maqsad bo’ladi. Shu davr

mobaynida er-xotin o’z xatti-harakatlarini yana bir oylab ko’rib, uning to’g’ri-

noto’g’riligini aniqlab olish mumkin.

Bu uchta asos bo’yicha nikohdan ajratish soddalashtirilgan tartibda amalga

oshiriladi,chunki bunda ajralish uchun ikkinchi tomonning roziligi talab etilmaydi va

er-xotinda voyaga yetmagan bolalar bor-yo’qligi FHDYoga murojaat uchun to’siq

bo’lmaydi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 113-bandiga

binoan nikohdan ajratishni qayd etishda er va xotinning o’zaro kelishuviga ko’ra,

ularning biridan yoki ikkalasidan belgilangan tartibda davlat boji undiriladi. Agar

turmush o'rtoqlardan biri bo'lmasa, FHDYo davlat bojini to'liq undiradi. Nikohdan

ajralishni FHDYo organida qayd etganlik uchun davlat boji stavkalarining 5-bandi

“b” kichik bandiga muvofiq, er-xotinning oʻzaro roziligi bilan davlat bojining miqdori

bazaviy hisoblangan qiymatning 150 foiziga teng miqdorda undiriladi. Suddan farqli

o’laroq, FHDYo organlari nikohdan ajraluvchilarning moddiy va oilaviy ahvoliga

qarab davlat boji miqdorini kamaytira olmaydilar yoki uni to’lash majburiyatidan

ozod etolmaydilar. Nikohdan ajraluvchi shaxslarning o’zlari bu summani to’lashlari

lozim.

Ajralishni rasmiylashtirish va er-xotinga nikohdan ajralish to’g’risidagi

guvohnoma ariza bergan kundan boshlab uch oy o’tgandan keyin beriladi. Shu

vaqtdan boshlab nikoh tugallangan hisoblanadi va er-xotin yangi nikohga o’tish

huquqiga ega.Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib shuni aytish

mumkinki,er-xotinni sud tartibida ajratishda belgilangan miqdordagi davlat bojini

tomonlardan qaysi biri qanday holatda to’lash lozimligi to’g’risidagi aniq tartibni

qonunchilikka

joriy

etish

maqsadga

muvofiq

holat

hisoblanadi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 113-bandiga binoan

nikohdan ajratishni qayd etishda er va xotinning o’zaro kelishuviga ko’ra, ularning

biridan yoki ikkalasidan belgilangan tartibda davlat boji undirilishi belgilan o’tilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №

-27

Часть–

2_

Июнь

2025

42

Ushbu holatdan ham anglashiladiki, davlat bojini to’lash tartibini qaysi tomon

qanday tartibda to’lash lozimligini aniq tartibini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq

hisoblanadi. Shunda tomonlar o’rtasida to’lov masalasida muommo chiqmasligiga

sabab bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasida nikohdan FHDYO tartibida ajratishda Nikohdan

ajralish ariza beruvchining yashash joyidagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini

yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o’tgach qayd etilishi

belgilangan. Uch oylik muddatni belgilashda ham xuddi sudda er-xotinning yarashib

ketishi uchun berilgan muddatdan ko’zda tutilgan maqsad bo’ladi. Ushbu muhlatni

uch oydan olti oyga o’zgartirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki ushbu muddat

davomida er-xotin o’z harakatlarini to’g’ri yoki noto’g’riligini anglab yetishiga

yetishiga oz muddat hisoblanadi. Ushbu holatni inobatga olgan holda ushbu muddatni

uch oydan olti oyga o’zgartirishimiz o’rinli hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi

PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar

strategiyasi”

2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

3. Oila huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. O’zbekiston Respublikasida xizmat

ko’rsatgan yurist, prof. O.I.Oqyulovning umumiy tahriri

ostida - T.:nashriyoti, 2017.182 bet.

4. O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 01.09.1998.

5. Otaxo’jayev Fozil Maqsudovich, yuridik fanlari doktori, professor,

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yurist, Yo’ldosheva Shoira

Rahmatovna, yuridik fanlari nomzodi, Oila huquqi: Darslik; Mirzayusuf

Hakimovich

Rustambekovning umumiy tahriri ostida.-T.:2007.244 bet.