Authors

  • Yangiboyev Farhod Rashidovich

Author Biography

  • Yangiboyev Farhod Rashidovich

    O’zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi huquq fani o’qituvchisi  93-769-95-89

    Farhod.yangiboyev@list.ru

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116867

Keywords:

Huquqiy ong huquqiy madaniyat ijtimoiy ong huquq kodifikatsiya normativ huquqiy hujjat.

Abstract

Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun izchil huquqiy tarbiya ishlarini olib borish lozim. Bu yo’nalishda qo’yidagilar o’ta muhim ahamiyat kasb etadi: yuksak malakali sud-adliya kadrlarini tayyorlab borish; barcha o’quv yurtlarida, maktablarda huquq haqidagi bilimlarni o’rgatish-o’rganish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televidenie, vaqtli matbuotda huquqiy bilimlarni keng targ’ib va tashviq qilish; aholining, mustaqil ravishda, huquqiy bilimlarni o’rganish maqsadida qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, ichki ishlar organlarining ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta’minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o’rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni tarqatish; huquqiy xulqni rag’batlantirish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №

-27

Часть–

2_

Июнь

2025

34

HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY

TARBIYANING O’RNI.

Yangiboyev Farhod Rashidovich

O’zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi huquq fani

o’qituvchisi 93-769-95-89

Farhod.yangiboyev@list.ru

Yangi

O‘zbekistonning asosiy

ustuni – bilim, ta’lim va

tarbiya bo‘ladi!

1

.

O’zbekiston

Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev

Annotatsiya : Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun izchil

huquqiy tarbiya ishlarini olib borish lozim. Bu yo’nalishda qo’yidagilar o’ta muhim

ahamiyat kasb etadi: yuksak malakali sud-adliya kadrlarini tayyorlab borish; barcha

o’quv yurtlarida, maktablarda huquq haqidagi bilimlarni o’rgatish-o’rganish,

mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televidenie, vaqtli matbuotda huquqiy

bilimlarni keng targ’ib va tashviq qilish; aholining, mustaqil ravishda, huquqiy

bilimlarni o’rganish maqsadida qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud,

prokuratura, ichki ishlar organlarining ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya

va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta’minlash; boshqa

davlatlarning huquqiy tajribasini o’rganish va ulardan foydalanish; badiiy

1

Sh.Mirziyoyev Saylovoldi dasturidan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №

-27

Часть–

2_

Июнь

2025

35

adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni tarqatish; huquqiy xulqni rag’batlantirish.

Kalit so’zlar: Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, ijtimoiy ong, huquq,

kodifikatsiya, normativ huquqiy hujjat.

Huquqiy madaniyat tarixan asta-sekin shakllangan ijtimoiy voqea bo’lib,

hozirgi davrda ilg’or huquqiy davlatlarning va ularning fuqarolarining zaruriy xislati

va taraqqiyot omiliga aylandi. Ilg’or mamlakatlar bu borada sezilarli yutuqlarga

erishdilar va ularning har bir fuqarosi har bir masalada qonunlarga suyanib ish olib

boradi, o’z haq va huquqlari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan bo’zilgan taqdirda,

ularning darajasi va mavqeyidan qat’i nazar, sud orqali adolatli yechimga erishadi.

Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy hayotni

demokratlashtirish uchun shart sharoitlar yaratish va huquqiy davlat asoslarini

shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ushbu “Jamiyatda huquqiy

madaniyatni yuksaltirish” Milliy dastur qabul qilingan.

Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish bo’yicha davlat siyosatini

muvaffaqiyatli amalga oshirish, bir tomondan, jamiyatning har bir a’zosi huquqiy

bilimlarning muayyan darajasini o’zlashtirib olishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoit

yaratishni, ikkinchi tomondan - turli ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos xususiyatlarini

hisobga olgan holda huquqiy maorifni tabaqalashtirishni nazarda tutadi. Bu masala

uzoq yillar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat

organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati

institutlarining ishtiroki etarlicha ta’minlanmagan. Ochig’ini aytganda, targ’ibot

tadbirlarida ko’pincha samarasiz seminar, davra suhbatlari va shu kabi uchrashuvlarni

tashkil etish bilan cheklanib qolinmoqda, targ’ibot jarayonida innovatsion usullardan

etarlicha foydalanilmayotgani ayon bo’lmoqda. Bu esa jamiyatimiz taraqqiyotiga

o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Ya’ni qonunlarning ijrosi bir xilda

ta’minlanmayapti, islohotlar bo’yicha qabul qilingan hujjatlar ham o’zining etarli

samarasini bermayapti. Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi

omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va

odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №

-27

Часть–

2_

Июнь

2025

36

nisbatan murosasizlik hissini uyg’otish ishiga kompleks tarzda yondashilmayapti.

Shulardan kelib chiqib, farmonda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni

yuksaltirishning asosiy vazifalari belgilab be

2

rildi. Huquqiy ong huquq to’-risidagi

kishilarning qarashlarini o’rgatar eqan, u o’zining to’zilishiga egadir, ya’ni huquiy

mafkura va huquqiy psixologiyadan iborat. Huquqiy mafkura deganda, jamiyatdagi

turli sinflarning, tabaqa millat va elatlarning huquq to’g’risidagi qarashlari

tushuniladi. Jamiyatda qabo’l qilinadigan davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya va

boshqa qonunlar, huquqiy normalar jamiyatdagi millatlar va elatlar manfaati nuqtai

nazaridan qabul qilinadi. Huquqiy psixologiya deb jamiyatdagi har bir kishining

huquq to’-risidagi qarashlari, bilimlari tushuniladi. Jamiyatda huquqiy ongni

rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda huquqiy mafkura asosiy hal

qiluvchi rol o’ynaydi. Biz jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish va

rivojlantirish, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va bilimlar targ’ibotini tubdan

yaxshilash, qabul qilingan normativhuquqiy hujjatlarni ijrochilarga etkazish, aholini

qabul qilinayotgan qonunlarning maqsadi, mazmun-mohiyatidan keng xabardor etib

borishga yo’naltirilgan maqsadli chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlaymiz. Zero, faqat

erkin, o’z huquq va majburiyatlarini biladigan, qonun va amaldagi tartib-qoidalarni

hurmat qiladigan fuqaro o’z huquqlaridan to’laligicha foydalana oladi.

Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan

xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog’liqdir. Shaxsning

siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga

intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Yuksak

huquqiy madaniyat-demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim etuklikning

ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko’rsatuvchi,

fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko’maklashuvchi,

jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir.

Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali

faoliyat ko’rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

2

SH. Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son

Farmoni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №

-27

Часть–

2_

Июнь

2025

37

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida aholining huquqiy ongi va

huquqiy madaniyatini yuksaltirish qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq

tizimini yanada isloh qilishning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Ayon

bo’lmoqdaki, odamlarimizning huquqiy madaniyati davlat va jamiyat taraqqiyotining

bugungi talablariga to’la javob beradi, deb bo’lmaydi Masalan, hozir amaldagi

O’zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali

— www.regulation.gov.uz nomi balki mutaxassislar uchun, ziyolilar uchun

tushunarlidir, ammo oddiy fuqarolar uchun esda qolarli, deyish qiyin. O’zbekiston

aholisining asosiy qismi o’zbek tilida so’zlashishini inobatga olgan holda bu kabi

ommaviy interaktiv portallar o’zbekcha nomlansa, ular barchaga tushunarli bo’ladi,

degan fikrdamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.SH. Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi

PF-5618-son

Farmoni

2. Saidkulov N. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari. –Guliston,

Universitet. 2020.

3. Topildiyev V.R. Ta’lim – tarbiya jarayonlarini tashkil etishning qonunchilik

normalari–T., 2016. -144 bet.

4. Oliy ta’lim. Me’yoriy - huquqiy va uslubiy xujjatlar to’plami. “Istiqlol” -T.: 2013.

5.http://www. lex.uz

6.http://www.minjust.uz

7. http://www. norma.uz