MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
216
“TARIXI TURKISTON” ASARINING QO’QON XONLIGI
TARIXIDA TUTGAN O’RNI
Tosheva Muhayyo Hamid qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi
Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi
Tarix (mintaqa va mamlakatlar bo‘yicha) yo‘nalishi I kurs magistri
Ilmiy rahbar: PhD, Ikromov Sh.I.
Annotatsiya:“Tarixi Turkiston” asari XIX asrning ikkinchi yarmida Qo‘qon
xonligi tarixiga oid muhim manbalardan biri bo‘lib, uning muallifi Ahmad Donish
yoki unga yaqin davr tarixchilari tomonidan yozilgan deb taxmin qilinadi. Asarda
Qo‘qon xonligi hukmdorlarining nasabnomasi, ichki siyosiy jarayonlar, harbiy
yurishlar, ichki va tashqi ziddiyatlar, shuningdek, xalq turmushi va ijtimoiy-siyosiy
tuzilish haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. “Tarixi Turkiston” Qo‘qon xonligi
tarixini o‘rganishda ishonchli manba sifatida xizmat qiladi, chunki unda xonlikning
qudrat davri va tanazzul bosqichlari haqida bevosita guvoh bo‘lgan muallifning
kuzatuvlari aks etgan. Asar Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishda boshqa tarixiy
manbalar bilan qiyosiy tahlil qilish, mintaqaning siyosiy hayotini yanada teran
tushunish va tarixiy jarayonlarni ilmiy tahlil etishda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar: Tarixi Turkiston, Qo‘qon xonligi, tarixiy manba, siyosiy tarix,
ichki siyosat, harbiy yurishlar, tarixiy jarayonlar, Markaziy Osiyo tarixi, XIX asr,
tarixshunoslik.
“...Ilmi tavorix (tarix ilmi) ning foyidamandlig‘ig‘a tamomi firqa muttafiq
urroydurlar. Aksar tavoyifi umam, balki, tamomi ahli olam bu ilmni amalga qo‘yub,
gumoshtagonlarindin rivoyat va hikoyatlar qilib, oning o‘zlarig‘a dalil qiladurlar.
Xususan, tavoyifi atrok (turklar) va o‘zbeklar utgan urug‘ va qabilalarni yodda
tutmoqqa g‘oyat jadduahd qiladurlar. Ammo bizning Turkiston sartiyalari tarixga
ko‘p ahamiyat bermay, ikki-uch otadin ilgari utgan salaflarin va alarni
zamonlaridagi hikoyat va vokeotlarini aslo bilmaydurlar. Binobarin, kaminai hech
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
217
madon (nodon) ajz va qusurimni iqror va e’tirof aylab; sahv va qusuri bulsa,
xonandalarini avf qalami ilan tas'hih va durust qilmaqlarini rijo va iltimos umidida
Farg‘ona va Ho‘qand xonlari va olarning ahvolotlarini ba’zi tavorixlardin va
kuhansol (qariya) odamlardin va ham xuddi kamina uzim eshitgan va ko‘rganlarimni
sodda va rasmiy chig‘atoy turk tilida musavvada (qoralama) aylab «Tarixi
Turkiston» nom ko‘yub nashrig‘a shuru’ qildim. Alloh taolo muvaffak aylab itmomi
(yakuni)ga yetkurmoqni muyassar qilg‘ay, tokim turkistonlik birodarlarimiz
Farg‘ona xonlari, olarning zamonlari va voqeotlari va Rusiya davlatig‘a tobe’
bo‘lg‘ondin ellik yillik muddatda bo‘lg‘on ahvol va atvorimiz (xulkimiz)ning
kanday tag‘ayyur [uzgargan] va tabdil va taraqqiysig‘a mulohaza aylab, na’m ul-
inqilob natijasig‘a ibrat ko‘zi bilan boqsalar ekan deb, va billohi tavfiq”
1
.
«Tarixiy meros» turkumida nishona sifatida kitobxon e’tiboriga havola
etilayotgan «Turkison tarixi» muallifi Mirzo Olim Maxdum hoji uzoq yillar
«Turkiston viloyati gazeti»da muharrirlik qilgan mahalliy ziyolilardan bo‘lib, uning
tarjimayi holi gtsh va batafsil ma’lum emas. Uning «Tarixi Turkiston» asarining
birinchi qismi 1908-1915 yillar davomida uzi boshchilik qilayotgan gazetada bosilib
chiqqan va 1915 yili Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishining
50 yillik sanasi munosabati bilan alohida kitob rolida Turkiston genaral-gubernatori
harbiy okrugi bosmaxonasida chop etilgan
2
. Biroq, asarda koʻpgina texnik xatolar,
harflarning xato terilishi koʻzga tashlanadi.
Asar Turkiston xonlari tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘lkaning keyingi
50 yil davomida yuz bergan o‘zgarishlari mahalliy muallif tomonidan tahlil qilinadi.
U 1915 yili «.. musulmoniya asri ilan ellik yil miyonasida farq va tafovutini andin
bayon aylab, tarixning birinchi jildini tamom qildim», deb asarining ikkinchi jildini
boshlaganini ma’lum qiladi. Mazkur asarning Qo‘qon tarixchilari asarlaridan farqi
shundaki, muallif unda Qo‘qon xonligi tarixidan so‘ng Buxoro amirligi va Xorazm
davlati tarixini qisqacha bayon qiladi. Muallif Rossiya imperiyasining Turkiston
1
Mirzo Olim Mahdum Hoji “Tarixi Turkiston” 2009 “Yangi asr avlodi” 165-bet.
2
Mazkur kitobning toʻrt nusxasi Oʻz FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (№№
247, 5751, 5752, 9551). Biroq ularning saqlanish holati bir xil emas.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
218
shahriga bostirib kirishi va uni o‘z tasarrufiga kiritishini quyidagi mazmunda tahlil
qiladi:
“Turkiston shahrig‘a Mirzo Davlat tojikni hokim qilib ketgandin keyin
Mirzo Davlat kibr va g‘urur ilan sarhadda qarab va poylab turgan ulug‘ Rossiya
davlatini ko‘zga ilmay va atrofidagi qozoqiyalarning g‘arib va bechoralik va
davlatxohliklarini andisha va mulohaza qilmay, besh kunlik hukumatga mag‘rur
bo‘lub, bir necha qaroqchilarni Turkistong‘a yig‘ib, elatiyalarni talon-toroj va
betinch qila bopshabdur. Mirzo Davlatning bul tariqa yomon fe’li va zulmidin
elatiya xalqi va biylari tang bo‘lub qochar va noilojlikdin oning itoatidin chiqib,
Rossiya hukumatig‘a tobe bo‘lmakni ixtiyor qilibdur. Biloxir, ul zolimning zulmi va
sharri kasofatidin majmui elatiya va uzbakiya va Turkiston atrofidagi qozoqiyalar
Rossiyalarg‘a borib aytibdurlarkim, alhol Turkiston shahri ichidagi boshqa hamma
tavobiotlari Rossiyaning tahti tasarrufig‘a kirgandur. Movaraunnahr xonlari,
chunonchi, Buxoro va Xo‘qand xonlari orasida adovat va xusumat paydo bo‘lub,
amiri Buxoro Farg‘ona mamlakatini tahti tasarrufig‘a olmoq muddaosidadur. Agar
Buxoro va Farg‘ona bir mamlakat bo‘lub qolsa, ul holda Buxoro mahkumi ikki
poytaxtni ihota qilib, to Tibet va Qandahor tog‘laridin tortib, lashkar jam’ qilgudek
bo‘lsa, ish og‘ir bo‘ladur. Alhol olarning oralarida nizo va beittifoqlik paydo bo‘lub
turgan holda ishni tezlik va osonlik ilan saranjom qiladurmiz, xususan Sirdaryoning
kema o‘tadurgon joylari Rossiya qo‘lig‘a kirgan vaqtda ikki mamlakat, ya’ni Buxoro
va Xo‘qand va Toshkand orasi band bo‘lub, Movaraunnahr mamlakati osonlik ilan
qo‘lga kiradur”. Mirzo Olim Toshkand shahrining bosib olinishini ham O‘rta
Osiyodagi ikki mamlakat orasidagi qarama-qarshilik va ichki nizolardan deb biladi:
“Rossiyalar Toshkandni muxosara qilib turgan vaqtda ikki hamsoya musulmoniya
mamlakatlarining podshohlari Rossiyalarning to‘p ovozi yetadurg‘on yaqin
masofada mamlakatlarig‘a istilo kilib kelib, urush qilib turg‘on holda, anga ahamiyat
bermay, bir-birlari ilan urush-talash qilishib, viloyatni barbod berdilar, ya’ni
Rossiyalar himoyatsiz qolgan Toshkand shahrini bir necha kun qamab, oxiri 1865
yil 15 iyunda subh vaqtida Kamolon darvozasidin kirib fath qildilar”.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
219
Mirzo Olim ziyoli kishi sifatida mustamlakachilik siyosati va uning
oqibatalarini tahlil qilmoqchi bo‘ladi. Bir tomondan «Tarixi Turkiston» asarining
muallifi Rossiya bosqiniga rus ma’muriyati pozitsiyasini yoqlab chiqsa ham, boshqa
tomondan u asarining turli joylarida zamonasidagi adolatsizlik, ma’murlarning fe’l-
atvorlarini tanqid qiladi. Dini va millatining rus ma’muriyati davrida tanazzulga
duch kelganini qayg‘u va alam bilan ta’kidlaydi, millatdoshlari orasida birlik va
ittifoq yo‘qligidan afsuslanadi, ma’naviy hayotning inqirozi, bilimsizlik va
jaxolatdan qayg‘uradi: “Turkiston xonlari vaqtida musulmoniyalar nihoyat darajada
ahvoli olamdin xabarsiz bo‘ldilar. Qadimgi haqqoniy ulamolardin oz asar qolib,
xolis zuhdu taqvo bo‘lmay, riyokor va xushomadgo‘y ko‘paymoqda edi. Zolim
hokimlarga rost va to‘g‘ri so‘zni aytadurg‘onlar qolmay, zolimlar uchun besh-o‘n
tillo badaliga ertadin kechgacha xushomad so‘zlar aytib, alar qanday so‘z aytsa,
ma’qul deydurg‘onlar bo‘lg‘an ... Umaro va vuzaro va vukalolarningak- sari yo Eron
asirlaridin va yoki yoshliqda bachcha bo‘lub, bek va xon ko‘targan befarosatlardin
tayin bo‘lur edi. Ilmu maorifda bo‘lsa, Turkistonda o‘tgan Ibn Sino, Forobiy,
Ulug‘bek, Ali Qushchi o‘rniga o‘lturg‘on olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu
nafs va riyokorlikga tabdil bo‘lub, jahl balosig‘a mubtalo bo‘lg‘an edilar”.
Mirzo Olim har kanday xalqnnng uyg‘onishi ham, inqirozi ham axloqan
ekanini yaxshi tushungan holda yozadi: «Xudovandi karim biror qavmini tag‘yir
utabdil qilmoqni xohlasa, avvalo ul qavmning axlok va atvorini tag‘yiru tabdil
qiladur. Bu so‘zlar garchand durusht va achchig‘ so‘zlar bo‘lsa ham, lekin insof
nazari ilan qaralsa, to‘g‘ri va rost so‘zlardur». “.Mirzo Olim Maxdum hoji ilm va
ma’rifat tarafdori sifatida barcha yurtdoshlarini turli ilm va kasb-hunar o‘rganishga,
rivojlangan davlatlar kabi taraqqiyot sari intilishga da’vat etadi, “xuddi ilm va ilmsiz
oxiratga yo‘l topib bo‘lmaydi. din, dunyo yoʻllarini taʼlim va komilliksiz topib
boʻlmaydi.” , degan xulosaga keladi.Bu bilan “Turkiston tarixi” muallifining biz
bilan hamfikr ekaniga aminmiz.
Ushbu «Tarixi Turkiston»ni yozgan vaqtimiz Rusiyalarning Toshkandni fath
qilg‘oniga 1915 yil 15 iyunda ellik yil tulgan bayram (yubiley)ga to‘g‘ri kelgan
sababdin musulmoniya asri ila ellik yil miyonasida farq va tafovutdin andak bayon
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
220
aylab, tarixning birinchi jildini tamom qildim. Xudovandi karim quvvat va iste’dod
ato qilsa, ikkinchi jildiga shuru’ qilamiz.
3
“Oltin beshik” – Qo‘xon xonligida hukmronlik qilgan ming sulolaning kelib
chiqishi haqidagi rivoyat. Unga ko‘ra, 1512-yilda Bobur Samarqanddan Farg‘ona
orqali Hindistonga qochadi va yo‘lda Boburning xotinlaridan biri o‘g‘il tug‘adi.
Qochqinlar chaqaloqni qarovsiz qoldirishga majbur bo‘lgan. Qimmatbaho
taqinchoqlar solingan beshikka solib, sodiq xizmatkorlardan biriga berishadi.
Chaqaloq taqdirini Boburga yetkazishi kerak edi. Bu vaqtda bu yerda qirq, qipchoq,
qirg‘iz va ming urug‘li o‘zbeklar yashagan. Bu urug‘ vakillari bolakayni topib, unga
“Oltin beshik” deb nom berishgan. Bolani ming urug'lik fermasiga joylashtirishdi.
Oltin beshik balog‘atga yetganda, xalq unga har bir urug‘dan (qirq, qipchoq, qirg‘iz
va ming) birdan qiz olishga ruxsat beradi. “Ming urugʻidan boʻlgan katta xotin unga
yolgʻiz oʻgʻil tugʻib beradi. Unga Tangriyor deb nom qoʻyadilar, boshqacha qilib
Xudoyor yoki Eloq Sulton deb atay boshlaydilar. Bobur asarlarida Oltin Beshik
haqida hech narsa demagan, uning zamondoshlari ham uni tilga olmaydilar. Shuning
uchun bu rivoyatni Qoʻqon xonlari oʻz shajaralarini Bobur bilan bogʻlash va oʻz
hokimiyatlarini barqaror etish maqsadida toʻqishgan deb hisoblash mumkin.
Rivoyatlarga koʻra, Oltin Beshik 1545-yil vafot etgan. Uning oʻgʻli Tangriyor
keyinchalik Fargʻonaning hukmdori boʻladi, lekin xon emas, balki biy deb ataladi.
Bu nom uning avlodlaridan to Olimxongacha berilgan.”
4
Bu boladan Qo‘qon xonlari sulolasi (1710 – 1876) boshlanadi. Ya’ni,
Qo‘qon xonligi hukmdorlari Oltin Beshik shaxsi orqali Bobur avlodlari o‘laroq
tarixda nom chiqaradilar. Qo‘qon xonligi tarixchilari Amiriy taxallusi bilan she’rlar
bitgan Qo‘qon xoni Umarxon (1810 – 1822) davridan boshlab mazkur afsonani o‘z
tarixiy asarlarida keltirib, Qo‘qon xonlarini Bobur orqali Temuriylardan kelib
chiqishini ta’kidlab o‘tganlar.
5
Xuddi shu an’anaga amal qilgan xolda Mulla Xoji ham “Tarixi Turkiston”
asarining boshida ushbu afsonani berib o’tgan. Asarda Shoxruhbiydan boshlab
3
Mirzo Olim Mahdum Hoji “Tarixi Turkiston” 2009 “Yangi asr avlodi” 165-bet.
4
Bobobekov H.N., Qoʻqon tarixi, T., 1976
5
Афтондил Эркинов “Жаҳон адабиёти”, 2014 йил, 4-сон
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
221
Qo’qon xonlini boshqargan hukumdorlar birma-bir keltirilgan. Xususan,
Shoxruhbiy haqida muallif shunday deydi:
“Shohruxxonni avval martaba Xo‘qandga xonlik masnadiga o‘lturganligini
tarixi hijriyda 1121/1709-10-nchi yili ekan. Bir shoir bul tarixni «Zi Shohrux jo‘»
(Shohruxdan qidir) iboratidin topibdur. Xulosai kalom, Shohruxxon 12 yil xonlik
qilib 13 -nchi yilda vafot qilibdur. Mashhur namangonlik Mashrabni piri Shayx
mullo Bozor Oxund Namangoniy ul xonga hamasr ekanlar. Shohruxxondin uch
o‘g‘ul tavallud topib, avvali Abdurahimbek, ikkinchi Abdulkarimbek, uchinchi
Shodibekdur. Shohruxxonni vafotiga musannifi «Tarixi Shohruxiy»10 forsiy
zaboni(tili)da shul tarifa mapux aytibdur:
Bayon qilg‘il ey Niyoziy, vafot yilini aniq,
Toki tarix oynasi zaigdin bo‘lsin tez zudo (toza).
Shul tariqa turk sultoni tarixin aylab bayon,
“Vaqti rihlat xon Shohrux bo‘ldi turklardin judo”
6
Shoxruhxon haqidagi ma’lumotlarning aksariyati Bozor Oxund tomonidan
yozib qoldirilganligini Mirzo Olim qayt etib o’tgan. Shoxruhxondan keyin taxtga
uning kata o’gli Abdurahimxon taxtga o’tiradi. Shohruhbiy vafot etgach, hijriy 1132
(milodiy 1721) yilning shavvol oyida (iyul) taxtga uning uch o‘g‘lidan biri
Abdurahimbiy o‘tirdi. Nizomiddin Muhammad Abdurahimbiy hijriy 1110 (milodiy
1690) yili tug‘ilgan. Otasi davrida Namangan viloyati hokimi bo‘lib, Muhammad
Bahodir ismli kishidan otalik qilgan. 1725-yilda Xo‘jandni Oq Bo‘tabiy qo‘lidan
olib, bir yildan so‘ng O‘ratepani bosib olib, Qo‘qon davlatiga qo‘shib oladi. Muallif
Abdurahimxonning faoliyati haqida ham birmuncha to’xtalgan:
“Shohruxxon vafotidin keyin oning katta o‘g‘li Abdurahimxon oning o‘rniga
xon bo‘lubdur. Mazkur Abdurahimxon hushyor, oqilu dono va sohibi tadbir ekan.
Oning asrida Buxoroning hukmronlik ishlari benihoya zaif va bequvvat va
besaronjom ilan, hukumatdorlik tadbir va maslahatlaridin bilkulli yiroq tushgan
ekan. Bul vaqtni g‘animat fahmlab, Abdurahimxon o‘zbakiya va sartiyalardin
qariyib yigirma, o‘ttiz ming askar tartib aylab, Xo‘jand tarafiga azimat aylabdur.
6
Mirzo Olim Mahdum Hoji “Tarixi Turkiston” 2009 “Yangi asr avlodi” 48-bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
222
Xo‘jand shaxriga yetib, sahar vaqtida Xo‘jand shahrini musaxxir qilib, Xo‘jand
hokimi Oqbo‘tabiyni dastgir aylab, ul shaharning a’yoni va ashrofi viloyatlariga
navozish va marhamatlar qilib, har qayulariga munosibi ahvol mansab berib,
Xo‘qand shahriga bozgasht qilibdur. Ikkinchi yil yangidin askar va qo‘shin tartib
etib O‘ratepa shahriga borib, muhosara aylab, oni ham fath qilib, Qulika nomli
O‘ratepa hokimini dastgir aylab, fath va nusrat ilan Xo‘qand shahriga qaytibdur. Va
bir necha yildan keyin (1145/1732 yili) yanadin ko‘p askar jam’ aylab Samarkand
tarafiga ravona bo‘lub, andak fursatda Samarkand shahriga yetib, shaharga yaqin
joyga ko‘nub, shaharni muhosara qilibdur.”
7
Shahrisabz hokimi Ibrohim Kenagas bilan qarindosh bo‘lib, uning qiziga
uylangan. Minglarning Kenagas urugʻi bilan birlashishi 19-asrning 60-yillarigacha
davom etgan. Ammo olti oy o‘tmay, Buxoro xoni Abulfayzxon Samarqandni o‘z
tasarrufiga qaytardi. Abdurahimxon bundan xabar topgach, Qo‘qondan Xo‘jandga
kelganida o‘ldirilib, o‘rniga Abdulkarimbiy ibn Shohruxbiy (1734-1750) xon bo‘ldi.
Bu haqida muallif asarida shunday deydi:
“Abdurahimxon vafotidin keyin Shohruxonning ikkinchi o‘g‘li
Abdulkarimxonni Farg‘ona taxtiga xonlik mansabiga o‘tkuzubdurlar. Muddati olti
yil xonlik masnadida hukmronlik qilgandin, so‘ngra, avvalgi o‘rda tor va tanglik
qilib, alhol Xo‘qandning Eski o‘rda nomlik joyiga o‘rdai rafi’ va shahri vasi’ bino
aylab, atrof javonibiga qal’ai balant barpo aylab, bir necha darvoza ko‘yubdurlar.
Chunonchi, alhol mashhur darvozai Qatag‘on va darvozai Marg‘inon va darvozayi
Toshkandiyon va darvozai Haydarbek nom qo‘yulgandur. Alhol mazkur darvozalar
bu nomlar ila ma’lum va mashhurdir.”
1741-1745 yillarda Farg'ona jung'orlar hujumiga uchradi. Abdulkarimbiy
qipchoq-qirg‘izlar bilan va O‘ratepa hokimi Fozilbi yuz yordamida jang qiladi. 1749
yilda Abdulkarimbiy qalmoqlar (jungorlar) bilan sulh tuzdi. Tinchlik shartlariga
ko‘ra, qalmoqlar o‘z vatanlariga qaytgunlaricha qozoq dashtlarida yashash huquqiga
ega bo‘ladilar. Qo‘qon xonligi davrida ularga o‘troq xalq bilan savdo qilishga ruxsat
berilgan. Qalmoqlar Qo‘qon hududiga bostirib kirmaslik majburiyatini oladilar.
7
Mirzo Olim Mahdum Hoji “Tarixi Turkiston” 2009 “Yangi asr avlodi” 50-bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
223
Ittifoq toʻla ishonchli boʻlishi uchun jung-qalmoqlar Xoʻgʻandga shahzoda,
Xoʻgʻanddan esa Bobobek ibn Abdulkarimbiy koʻchmanchilar oʻtroqligiga
yuboriladi:
“Abdulkarimxonning xonlik zamonida Qaynar tarafdin qalmoqlar kelib,
Xo‘qandni muhosara qilganda, qalmoqdin ojiz kelib, sulh tariqasida
Muhammadrahimxonning ulug‘ o‘g‘li Bobobek deganni oq uyluk va garovdek
qilinib, qalmoq ichiga yuborgan ekan. Abdulkarimxon vafotini qalmoqlar eshitib,
Bobobekni Xo‘qand tarafiga yuborib aytibdurkim: «Muhammad Rahimxonni ulug‘
o‘g‘li Bobobekdur, xonlik martabasi viloyati Bobobekka lozimdur». Bul xabarni
eshitib, noiloj Bobobekni Xo‘qandga xon ko‘taribdurlar.”
“Lekin bir yil o‘tmay Bobobek O‘ratepa yurishi vaqtida Beshariqda qatl
etiladi va Erdonabiy qayta Qo‘qon taxtiga o‘tiradi. Erdonabiy xonligi davrida
muzokaralar olib borib, Xitoyning Qo‘qon xonligiga va Qo’qon xonligining Sharqiy
Turkiston - Qoshg‘ar ishlariga daxl qilmasligi haqida shartnoma tuziladi va ancha
muddat tinchlik o‘rnatiladi. Erdonabiy davrida (1750-1762) Fargʻona toʻrt viloyatga
boʻlinar edi. Bular: Andijon viloyati, Namangan viloyati, Chust va Qo’qon mulki.
Qoʻqon dor us-saltanat, ya'ni davlatning poytaxti edi. Erdonabiy Isfara va Xoʻjandni
mulklariga qayta qoʻshib olib, 1754 yili Oʻratepaga yurish qiladi, lekin shu yurishda
mag'lub bo’ladi. Erdonabiy 1762 yili vafot qiladi. Urugʻlarning biy va oqsoqollari
oʻzaro maslahatlashib, Sulaymonxon ibn Shodibiy ibn Shohruxni taxtga kutarish
xususida qaror qabul qilishadi”
8
. Ammo oradan bir necha oy o‘tib taxtdan chetlatildi
va Abdulhamidxon ibn Abdurahimxon “Norbotir” – Norbo‘tabiy (1163-yilda,
muharram oyining uchinchi kuni, 1749-yil 13-dekabrda tug‘ilgan, 1213-yil, 1798-
yilda vafot etgan) xonlik taxtiga o‘tirdi:
“Hamma raoyo va baroyo oning hukmronligidin rozi va xursand ekanlar.
Siyosatidin avfi g‘olib bo‘lub, avsofi hamida va axloqi pisandidasi ilan barcha dustu
dushmanni uziga mute’ va munqod aylab, tinchlik va xotirjam’lik ilan o‘n ikki yil
hukmronlik qilib, oxir ba mazmuni «kuli shayun holik al-avjah» (bari narsalar
halokatga mahkum) dori dunyoyi bevafodin dori uqboga safar qilibdur. Xoni
8
Тарихи жаҳоннамойи,229а-233бвар.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
224
mutavaffoning vafoti tarixini musannifi «Tarixi Shohruxiy» Mullo Niyoz
Muhammad, shul tarifa topibdur:
Ey Niyoziy, sen bugun xon Erdonadan,
Bu xushfe’l shohdan gapir.
Bu botir xonning vafot yili tarixini,
Xirad (aql)ga dedim: «men uchun ayt!»
Agar mendan xonning vafotini so‘rasang,
«Az vafoti xon biguy»
«Vafoti xon biguy» xoni mutavaffoning vafotiga tarix tushubdur. (hijriy
1174 /1760-61 yili).
Vaqtiki Sulaymonxonni oʻrtadin koʻtarib, vuzaro va umaro va xosu om
ittifoqlik ilan Norboʻtaxon ibn Abdurahmonxon ibn Abdulkarimxon ibn
Shohruhxonkim, oʻn toʻrt yoshda ekan, Qoratepa mavzeidakim, alhol Muyi
Muborak deb ataladur, oʻshal mavzeda turgan joyidin Xoʻqand shahriga kelturub,
e'zoz ikrom ilan xonlik masnadiga oʻlturgʻuzubdurlar”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Mirzo Olim Mahdum Hoji “Tarixi Turkiston” 2009 “Yangi asr avlodi” 255
bet
2.
Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 - yil 2.
Muhammad
3.
Alimova “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” “TDSHI” qo’llanma T. 2009. 7 b.
4.
Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya
bosqiniga qadar. - T.: Sharq, 2000.
5.
Madraimov, G. Fuzailova. Manbashunoslik .O’zb. Faylasuflar milliy jam. T.
2008, b 263
6.
Sag’dullaev A., Mavlonov O’. O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.-
Toshkent: Akademiya, 2006.
7.
Tarixi Aliquli Amirilashkar. - Б. 137-184 б;
8.
Макшеев А. Исторический обзор Туркестана и наступательного
движения в него русских. - Спб, 1890. - С. 182-204.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
225
9.
Иваз Муҳаммад Аттор Xўқандий. Тарихи жаҳоннамойи. // Шарқ юлдузи.
8-с он. - Б. 56-6.
10.
Бейсембиев Т. К. Тарихи Шахрухи как историчекский источник. -
Алматы, 198 bet
11.
Мунтахаб ут-таворих № С 470. - Б. 651-653; 1985, - Б. 710-741;
12.
Жангономайи Худоёрхоний, 56 вар
13.
Турсунов Б. Қўқон хонлигида ҳарбий иш ва қушин: ҳолати, бошкаруви,
анъаналари (XIX асрнинг 70 йилларигача). Тарих фан ном. дисс. Тошкент: Ўз
ФА Тарих институти, 2006.
14.
Бартольд В. В. История Туркестана. Конспект лекций. Сочинения. Т. II.
1. - М., 1963.
15.
“Мухторов А. М. Очерк истории Ура-Тюбинского владения в XIX веке.
- Душанбе: Изд. АН Тадж.ССР, 1964.
16.
Кузнецов В. С. Цинская империя на рубежах Центральной Азии. -
Новосибирск, 1983
17.
Бейсембиев Т. К. Тарихи Шахрухи как историчекский источник. -
Алматы, 1989.