Authors

  • Tosheva Muhayyo Hamid qizi
  • Ikromov Sh.I.

Author Biographies

  • Tosheva Muhayyo Hamid qizi

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

    Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi

    Tarix (mintaqa va mamlakatlar bo‘yicha) yo‘nalishi I kurs magistri

  • Ikromov Sh.I.

    Ilmiy rahbar: PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116211

Keywords:

tashqi siyosiy va madaniy ahvoli elchilik aloqalari karvon yo’llari xatlar.

Abstract

Ushbu maqolada Amir Temurning G’arbiy yevropa bilan olib borgan tashqi siyosati, elchilik aloqalari, boshqaruv tizimi, moliya va diplomatik munosabatlar, soliq, savdo (import va eksport) haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

197

AMIR TEMURNING G’ARBIY YEVROPA BILAN OLIB BORGAN

TASHQI SIYOSATI

Tosheva Muhayyo Hamid qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi

Tarix (mintaqa va mamlakatlar bo‘yicha) yo‘nalishi I kurs magistri

Ilmiy rahbar: PhD, Ikromov Sh.I.

Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temurning G’arbiy yevropa bilan olib

borgan tashqi siyosati, elchilik aloqalari, boshqaruv tizimi, moliya va diplomatik

munosabatlar, soliq, savdo (import va eksport) haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: tashqi siyosiy va madaniy ahvoli, elchilik aloqalari, karvon

yo’llari, xatlar.

Аmir Temur va Yevropa qirollari o'rtasidagi munosabatlar ko'p jihatlari bilan

kishini hukmdori zamondoshlarining e'tiborini o'ziga jalb etibgina kolmay, balki

Yevrosiyo mamlakatlarida hayratga soladi. Аslini olganda ularni ko'p narsa ajratib

turardi: eʼtiqodlari, tillari, bir-biriga dushman xalqlari, oralaridagi masofa va

ayniqsa, manfaatlarining turli-tumanligi

1

.

XVI, XVII, XVIII, XIX va XX asrlarda

Fransiya, Italiya, Ispaniya, Angliya Germaniyada Temurga bo'lgan qiziqish

hayratomuz darajada ortib ketdi

2

.

Tarixiy qisqa fursatda qudratli saltanatga aylangan Temur davlati va uning

yuz berayotgan barcha voqealarga ham ta'sir ko'rsatdi . Oʼzaro yordam masalasida

Temur Konstantinopol imperatorining noibi Ioann VII Paleolog bilan ham

yozishmalar olib boradi. Temurning 1402 yil 15 may kuni Ioann VII Paleolog

nomiga yo'llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol imperatori

Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga karshi kurashda Temurga xizmat qilishi,

hatto unga «odamlar va har qaysisi 20 tadan 40 harbiy kema bilan» yordam berish

1

Lyusyun Keren, Akmal Saidov. Amir Temur va Fransiya. -T. 1996.-B.6.

2

Jan Pol Ru.Tamerlan. -Parij, 1994. –B.23.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

198

majburiyatini oʼz zimmalariga oladilar. Buni Ispaniya elchisi Klavixo xam oʼz

kundalik daftarida qayd qilib oʼtadi

3

. Temur bu davrda VI Аngliya qiroli Genrix IV

bilan va Fransiya qiroli Karl VI hamda Kastiliya va Leon qirollari bilan aloqalar

oʼrnatib, ular bilan yozishmalar olib boradi. Bu davlatlar orasida ayniqsa Fransiya,

Vizantiya imperiyasi taqdiriga befarq qaray olmas edi. Shu boisdan Fransiya

fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa Galatiyadagi

mustamlakalarini himoyasida Karl VI oʼz navbatida Temurdan madad kutar va u

bilan diplomatik aloqalar o'rnatishga intilar edi. Temur va Karl VI yozishmalarida

qayd etilishicha, sohibqiron qirolni jiddiy qoʼllab-quvvatlaydi

4

. Shunday qilib,

Temurning Kichik Osiyo va G'arbiy Yevropa davlatlari bilan diplomatik aloqalar

o'rnatish uchun olib borgan dastlabki diplomatik yozishmalari uning g’arbga

Turkiya ustiga yurishi munosabati bilan boshlanib, ulardan asosan Boyazidga qarshi

birgalikda kurashish rejalari koʼzda tutiladi. Biroq Аnqara yaqinida turklarning ikki

yuz minglik qoʼshini ustidan qozonilgan buyuk gʼalabadan soʼng Temurning

G’arbiy Yevropa davlatlari bilan bo’lgan aloqalarining mazmuni tubdan oʼzgaradi.

Endilikda Temur ular bilan do’stona munosabatlarni mustahkamlash hamda elchilik

va o’zaro savdo-sotiq aloqalarini yoʼlga qoʼyish kabi masalalar bilan cheklanadi.

Vizantiya imperatoridan boj olib, uni bilvosita bo’ysundirish bilan kifoyalangan

Temur, 1402 yil yozida Fransiya va Аngliyaga maxsus elchilik yuboradi. Elchilikka

zamonasining mohir diplomati Аrxiyepiskon Ioann Galon Ifontibus boshchilik

qiladi. Ioann orqali Temur Karl VI va Genrix IV nomlariga maxsus maktublar

yoʼlladi. Elchilar Parijga 1403 yil mayda yetib boradilar. Bu yerda Ioann tantanali

vaziyatda Temurning Turkiya ustidan qozongan g’alabasi, sulton Boyazidni asirga

olingani, turklar asir olgan xristianlarni ozod qilingani to’gʼrisida xabar berar ekan,

ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini

taʼminlash va agar qirol hamda getsoglar rozi boʼlsalar, bu erkin savdoni tegishli

bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi

5

. Buning uchun

avvalambor muntazam oʼzaro elchilik aloqalarining barqarorligi lozim edi. Shu

3

Muhammadjonov.A. Temur va Temuriylar saltanati. –T. “O’zb”. 1995. –B. 57-58.

4

Mo’minov.I. Amir Temurning Osiyo tarixida tutgan o’rni va ro’li. -T. “Fan”. 1993.-B. 35.

5

Muhammadjonov. A. Temur va Temuriylar saltanati. -T. “Toshkent”.1994. –B.58.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

199

boisdan Temur 1402 yil 1 avgustda Fransiya kiroli Karl VIga yoʼllagan maktubida

bu haqda quyidagilarni alohida taʼkidlagan edi: «Bundan keyin sizning

odamlaringiz bizning yerlarimizga va bizning kishilarimiz sizning oʼlkangizga

oʼtgan ajdodlarimiz davridagidek, borib-kelib tursalar, sizning va bizning

nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda

keltirishsa, koʼp xursand boʼlar edik. Shuni ham aytish kerakki, endilikda bizning

yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi taʼminlanadi»

6

. Fransiya qiroli Karl VI

1403 yil 15 iyunida Temurga yoʼllagan javob maktubidan maʼlum boʼlishicha,

Temur takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan. Demak,

Temurnnng Аnqara jangidan keyin Fransiya saroyi bilan olib borgan yozishmalari

oʼzaro savdo shartnomasi tuzishga qaratilgan diplomatik yozishma boʼlib, bu

masalada Vatikan vakili arxiyepiskop Ioani Galon Ifontibus muhim rol oʼynagan.

Unga Fransiya qiroli Karl VIning javob xatini Temurga yetkazish masʼuliyati

yuklangan. Temur davlati bilan Аngliya oʼrtasida oʼzaro diplomatik aloqalar

oʼrnatilishida ham Vatikan vakilining vositachilik roli katta boʼldi. Xuddi shu

davrda u Temur davlatining g’arbiy viloyatlari hokimi Mironshox bilan Аngliya

kiroli Genrix IV oʼrtasida olib borilgan diplomatik yozishmalarda faol qatnashdi

7

.

Аmir Temurning 1402 yilda Farangiston qiroli Karl VI yoʼllagan maktubida

shunday satrlarni oʼqiymiz: “ Buyuk hukmdorlar va doʼstlar oʼrtasidagi ulug’ ishlar

haqida bir-birlarini ogoh etish odatiga buysunib, mazkur arxiepiskop Janni siz

janoblarining huzuriga joʼnatdik, toki ul kishi bizning mamlakatimiz va hozirgi

ahvolimiz, shuning birla, soʼnggi paytlarda bul oʼlkalarda sizning g’animlaringizga

nisbatan sodir boʼlgan voqealar toʼgʼrisinda sizni xabardor etsinlar, batafsil soʼzlab

bersinlar. Tag’in ul zot sizlar bilan bo'lgan do'stligimiz va ittifoqimiz, siz va sizning

odamlaringizga hurmat-e’tiborimiz hamda birodarligimiz ravnaqi yo'lida shu

kunlarda bajarilayotgan ko'pgina foydali tadbirlar haqinda ham hikoya qilg'aylar. Ul

zotni ham sizning, ham bizning odamim iztariqasinda tavsiya etmokdamiz, ul kishini

6

Bo’riyev.O. (Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma) T., O’zbekiston, 1996. 246-b.

7

Muqimov. Z. ( Amir Temur tuzuklari) –Samarqand. 2008. –B.22.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

200

diniy masalalardan tashqari boshqa barcha masalalarda ishonchli vakil deb

tinglagaysiz”

8

.

Yevropa salibchilari 1396 yili Bolgariyadagi Nikopol shahri yaqinida

mag’lubiyatga uchraganlaridan so’ng Vizantiya imperatori Maniul II Paleolog 1399

yili g’arbdan yordam so’rab murojaat qildi. U turklarga qarshi Rim papasi bilan

ittifoq tuzmoqchi edi. Shu kezlarda Amir Temur qudrati va uning ko’p yerlarni zabt

etgani haqida Trapezund saltanati orqali Yevropaga xabarlar yeta boshladi. G’arbda

davlat rahbarlari Amir Temur bilan muloqotga kirishdilar. 1394 va 1399 yilda

Vizantiya imperatorining Konstantinopoldagi muovini ikki marta Amir Temur

huzuriga Fransua ismli dominikan monaxini elchi qilib jo’natdi. Unga Sandro

hamroh bo’lgan. Sandro Genuya Podestati bilan yaqin aloqada bulgan, chunki uning

qo'lida Fransiya qirolining Amir Temur nomiga yozilgan maktubi mavjud edi.

Mazkur qirol Genuya homiysi bo’lgan. Fransua o'zining birinchi safari chog'ida agar

Amir Temur Boyazidga qarshi urush ochguday bo’lsa Sharqiy O'rta dengiz yoqasida

joylashgan Yevropa davlatlari yorlam beradilar-degan fikrni Amir Temurga

yetkazdi

.

1400-yil mobaynida Venetsiya senati Amir Temur huzuriga o’zining ikki

vakilini Andrea Jistiniani va Mateo Barbadigolarni jo’natdi. 1401 yil avgust oyida

asli peralik keyinchalik esa Genuyada o'troq bo’lib qolgan kishining hisob daftariga

yozilganiga qaraganda bu shaharga Amir Temur elchisi kelgan. Mazkur elchi

imperator saroyiga tashrif buyurgan, bu o'sha vaqtdayoq imperator bilan Amir

Temur o'rtasida aloqa o'rnatilgan deyish uchun asos bo’ladi. Ana shu ikki elchi Pera

genuyaliklarining usmonlilar bilan ittifoqdan va har qanday xolislikdan voz kechish

iltimosini izhor etishgan

9

. Ushbu iltimos mamnunlik bilan qabul qilindi va elchilarga

ikkita ot tuhfa qilingan. Nusxasi Venetsiya arxivlarida saqlanadigan bir maktubga

qaraganda, 1402 yil iyunida yoki iyul oyi boshlarida Amir Temur monax Fransuani

Konstantinopol imperatorining muovini huzuriga jo’natgan. Ushbu maktubda Amir

Temur monax Fransuani qabul qilganini, monax unga yoqqanini va u Trapezund

8

Ashraf Ahmad, Haydarbek Bobobekov. (Sharofiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma.) -T.”Fan”. 1972.-B. 281.

9

Ashraf Ahmad, Haydarbek Bobobekov.(Sharofiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma) –T. “Fan”.1972. –B. 287.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

201

imperatoridan o'zaro ittifoq uchun yigirmata yaxshi qurollangan galerlarni talab

qilganini yozadi, shundan keyin Amir Temur muovinga Boyazid xuzuriga monax

Fransua hamkorligida elchilar jo’natganini ma’lum qiladi

10

. Anqara jangidan so’ng

G’arbiy Yevropa davlatlaridan Fransiya va Angliya yozishmalar orqali Amir Temur

bilan diplomatik munosabat o’rnatdi. Fransuz qiroli Karl VI bilan Amir Temur

o’rtasidagi yozishmalarning bir qismi Fransiya hujjatxonasida saqlangan. Bu

yozishmalardan anglashilishicha, Amir Temur Fransiya qirolining takliflarini rad

etmagan va Karl VI ning Sharqqa nisbatan siyosatini ko’llagan. Amir Temurning

forscha yozilgan va 1402 yil 1 avgust sanasi qo’yilgan maktubi aslida Anqara

jangidan avval yozilgan bo’lib unga sana keyin qo’yilganligi aniqlandi. Maktublar

Amir Temur o'z davlati bilan Fransiya o’rtasida savdo aloqalarini o'rnatish istagini

bildirgan. Amir Temurninі bizgacha saqlanib qolgan ikkinchi lotincha tarjimadagi

maktubi ham 1402 yil 1 avgust bilan sanalangan. Ikkala maktubni ham

Sultoniyaning katolik arxiepiskopi Ioann II Fransiyaga olib borgan. Karl VI ning

Amir Temur nomiga 1403 yil 15 iyulda yo’llagan birgina maktubi saqlangan.

Maktub: «Karl xudoning marhamati bilan fransuzlarning qiroli, eng shavkatli va eng

oliy hazrat podshoh Temurbekka salom va tinchlik bo’lsin» so'zlari bilan

boshlanadi

11

. So’ngra maktubda Fransiya bilan Amir Temur davlati o'rtasida savdo

aloqalari o'rnatish masalasiga katta o'rin berilgan. Karl VI maktubidan

anglashilishicha uning fuqarolari Amir Temur mulkiga bemalol bora olganlar. Amir

Temur bilan Karl VI o’rtasidagi yozishmadan ma’lum bo’lishicha, ikkala podsho

ham savdo bitimi tuzishdan manfaatdor. Biroq 1405 yil fevralida Amir Temur vafoti

bu ishni poyoniga yetkazish imkonini bermadi. Amir Temur va Mironshoh Angliya

bilan diplomatik yozishmalar olib borishgan. Angliya qiroli Genrix IV (1399—

1413)ning lotincha yozilgan va Mironshox bilan Amir Temurga yo’llagan ikkita

maktubi saqlangan. Bir tarafdan, Amir Temur va Mironshox bilan ikkinchi tarafdan,

Angliya qiroli o'rtasida yana o’sha Sultoniya arxiyepiskopi eslatilgan Ioann

vositachi bo’lgan. Arxiyepiskop Ioanning diplomatik tashrifi 1399 yil bilan 1404 yil

10

Ubaydulla Uvatov.( Ibn Arabshoh. Amir Temur tarix).-T. “Toshkent”.1997. Ikki jildlik, 1-j, -B. 70.

11

Tog’ayev Ochil.( Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga- Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi

(1403-1406)). -T.”Fan”. 2010. –B. 19.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

202

orasidagi davrni o’z ichiga oladi. Genrix IV ning Amir Temurga maktubi

Sohibqironning hozirgacha saqlangan maktubiga javoban yozilgan. U shunday

boshlanadi: «Genrix xudoning marhamati bilan Angliya va Fransiya qiroli,

shuninglek Irlandiya hokimi buyuk va qudratli podshoh Temurbekka Tangrini

sevuvchi do’stga hammasining xaloskoriga salom va tinchlik bo’lsin». Yevropa

qirollari bilan bo’lgan yozishmalardan ma’lumki Amir Temurning qudratli

olamshumul davlatning hokimi sifatida obro’si G’arbda juda yuksak bo’lgan.

Yevropa monarxlari uni chuqur ehtirom bilan «Eng shavkatli va eng g’olib podsho

Temurbek» deydilar

12

.

Sohibqironning xalqaro yozishmalari asosan fors tilida olib borilgan. Chunki

bu til o'sha paytda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarining nafaqat o'zaro, balki

boshqa mintaqa davlatlari bilan olib borgan muloqotlarida rasmiy xalqaro aloqalar

vositasi sifatida tan olingan va diplomatik yozishmalar ko'pincha ana shu tilda olib

borilgan . Amir Temur bu an’anaga amal qildi, lekin o'z xatlarini “Amir Temur

so'zim ” yoki “ so'zim iz” degan turkiy kalima bilan boshlashni rasmiy udumga

aylantirdi. Buni Yevropa mamlakatlariga yo'llangan yozishmalarda ham ko'ramiz.

Hatto Amir Temur maktublarining lotincha tarjimalaridan birida “ so'zimiz ”

kalimasi Temurning rasmiy unvonlaridan biri bo'lsa kerak, degan andisha bilan

ag'darilmasdan “so'smo's” deb yozib qo'ya qolinganligi nazarga tashlanadi.

Amir Temur boshqa hukmdorlarga elchilar yuborar ekan, ularga yuklatilgan

missiyaning ahamiyatiga qarab o'z nomidan ish ko'ruvchi bunday odamlarning

e’tiborli, el-yurt ichida tanilgan, aql va zakovatli bo'lishiga katta e’tibor bergan.

Uning a’yonlari ham ana shunday kishilardan iborat bo'lgan. Buni italiyalik tojir

Mignanelli asarida keltirilgan quyidagi satrlar to’la isbotlaydi: "Temurning kishilari,

-deb yozadi, juda ham ko'rkam edilar, ular nasli-nasabiga ko’ra ham ulug'vor

ko'rinardi. Ular oliy xususiyatli, farosatli, mashxur, yoshiga qarab mansabdor

bo'lgan kishilar edi. Temurning shunday odamlari bor ediki, ular arab, yunon, hibru

(yahudiy) va boshqa qator tillarni bilardilar, osmon ilmi, geometriyadan mashhur

12

Xolbekov Muhammadjon. Amir Temurning Yevropa qurollari bilan yozishmalari.-S.“Meros”.1996.-

B.19.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

203

edilar". Sohibqiron elchilarni ham ana shunday kishilardan tanlaganligiga shubha

qolmaydi

13

.

Amir Temur vafotidan so’ng Temuriylar davlatida Yevropa davlatlariga

munosabat o’zgardi. Amir Temurning ko’p elchilari o’z vazifalarini ado etish

asnosida o'ldirilgan. Lekin Amir Temurning o'zi doimo elchi daxlsiz ekanligini

ta’kidlab kelgan. Agar elchi hatto dushman tarafidan kelgan bo’lsa ham. u doimo

ularga sarpo kiydirgan. Amir Temur karvon yo’llarining xavfsizligi uchun harakat

qilib doimo ham yaqin ham uzoq mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar

o’rnatishga intilardi. Ulkan hududlar va ko’plab mamlakatlarni bir davlatga

birlashtirib. ular orasida uzviy iqtisodiy aloqalar o'rnatishga harakat qilgan. Bu

sohada ulkan yutuqlarga erishgan va diplomatiyani rivojlantirishga o’zining katta

hissasini qo’shgan. Amir Temur davri diplomatiyasini o’rganish mobaynida biz

diplomatiyaning yetuk na’munalarini ko’rishimiz va o’z xulosalarimizni

chiqaramiz. O’zbek diplomatiyasi tarining eng gullagan davri ham aynan Amir

Temur davri bilan bog’liq va bu davrdab bizgacha ulkan diplomatik meros qolgan

va biz bundan oqilona foydalanishga harkat qilamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

Ashraf Ahmad, Haydarbek Bobobekov.(Sharofiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma)

-T. 1972. 383-bet.

2.

Tog’ayev Ochil. (Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga- Amir Temur

saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406)).-T. “Fan”. 2010. 261-bet.

3.

Bo’riyev Omonullo. (Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma).-T. “O’zbekiston”.

1996. 357-bet.

4.

Xolbekov Muhammadjon. Amir Temurning Yevropa qurollari bilan

yozishmalari.- S. “Meros”. 1996. 37-bet.

5.

Uvatov Ubaydullo. (Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi).-T. “Toshkent”.1997.

Ikki jildlik, 1-j, 190-bet.

13

Bo’riyev Omonullo. (Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma) -T. “O’zbekiston”.1996. –B. 247.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

204

6.

Muqimov Ziyodulla.(Amir Temur tuzuklari).-Samarqand. “Meros”. 2008. 66-

b.

7.

Muhammadjonov Abdulahad. Temur va Temuriylar saltanati. -T.

“Toshkent”.1994. 158- bet.

8.

Mo’minov Ibrohim. Amir Temurning Osiyo tarixida tutgan o’rni va ro’li.

-T. “Fan”. 1993. 57-bet.

9.

Lyusyun Keren, Akmal Saidov. Amir Temur va Fransiya. -T. “Tashkent”.

1996. 88-b.

10.

Lyusyun Keren. Amir Temir saltanati. -T. “ Toshkent”. 1999. 224-bet

11.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Abu Rayhon Beruniy

nomidagi Sharqshunoslik instituti. O’zbek diplomatiyasi tarixidan. -T. “Fan”. 2003.

376-bet

12.

Oljaeva Sh. Amir Temur va temuriylar davrida milliy davlatchilikning

rivojlanishi. -T. “ Fan”. 2005. 270-bet.