Authors

  • Tosheva Muhayyo Hamid qizi
  • Ikromov Sh.I.

Author Biographies

  • Tosheva Muhayyo Hamid qizi

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

    Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi

    Tarix (mintaqa va mamlakatlar bo‘yicha) yo‘nalishi I kurs magistri

  • Ikromov Sh.I.

    Ilmiy rahbar: PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116208

Keywords:

Sharqiy Turkiston Amerika tadqiqotlari geosiyosat milliy ozodlik harakati Sovuq urush Xitoy siyosati AQSh tashqi siyosati xalqaro munosabatlar etnik masala inson huquqlari.

Abstract

Mazkur mavzu XX asr davomida Amerika ilmiy doiralari va siyosiy tahlilchilari tomonidan Sharqiy Turkiston (hozirgi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni) masalasining o‘rganilishiga bag‘ishlangan. Tadqiqotlarda asosan Sharqiy Turkistonning geosiyosiy ahamiyati, etnik tarkibi, milliy ozodlik harakatlari, mintaqadagi Xitoy va Sovet Ittifoqi ta’siri hamda AQSh tashqi siyosati nuqtayi nazaridan bu hududga bo‘lgan munosabat tahlil qilinadi. Amerika tadqiqotchilari Sharqiy Turkiston masalasini Sovuq urush kontekstida strategik nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, hududdagi milliy harakatlar va ularning xalqaro rezonansini o‘rganishga alohida e’tibor qaratganlar. Ushbu mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar mintaqaviy siyosat, xalqaro aloqalar va inson huquqlari masalalarini o‘rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

226

XX ASR AMERIKA TADQIQOTLARIDA SHAQIY TURKISTON

MASALASI

Tosheva Muhayyo Hamid qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi

Tarix (mintaqa va mamlakatlar bo‘yicha) yo‘nalishi I kurs magistri

Ilmiy rahbar: PhD, Ikromov Sh.I.

Annotatsiya: Mazkur mavzu XX asr davomida Amerika ilmiy doiralari va

siyosiy tahlilchilari tomonidan Sharqiy Turkiston (hozirgi Shinjon-Uyg‘ur avtonom

rayoni) masalasining o‘rganilishiga bag‘ishlangan. Tadqiqotlarda asosan Sharqiy

Turkistonning geosiyosiy ahamiyati, etnik tarkibi, milliy ozodlik harakatlari,

mintaqadagi Xitoy va Sovet Ittifoqi ta’siri hamda AQSh tashqi siyosati nuqtayi

nazaridan bu hududga bo‘lgan munosabat tahlil qilinadi. Amerika tadqiqotchilari

Sharqiy Turkiston masalasini Sovuq urush kontekstida strategik nuqtai nazardan

ko‘rib chiqib, hududdagi milliy harakatlar va ularning xalqaro rezonansini

o‘rganishga alohida e’tibor qaratganlar. Ushbu mavzu bo‘yicha olib borilgan

tadqiqotlar mintaqaviy siyosat, xalqaro aloqalar va inson huquqlari masalalarini

o‘rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi.

Kalit so‘zlar: Sharqiy Turkiston, Amerika tadqiqotlari, geosiyosat, milliy

ozodlik harakati, Sovuq urush, Xitoy siyosati, AQSh tashqi siyosati, xalqaro

munosabatlar, etnik masala, inson huquqlari.

Ochiq eshiklar siyosati AQShning XIX asr oxiri va XX asr boshlarida tashkil

etilgan diplomatik siyosati boʻlib, Qing Xitoyi bilan teng savdo va investitsiyalar

tizimiga va Qing Xitoyning hududiy yaxlitligini kafolatlashga qaratilgan edi. Siyosat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

227

AQSh Davlat kotibi Jon Xey tomonidan 1899-yil 6-sentabrdagi “Ochiq eshik

eslatmasi” nomi ostida yaratilgan va Yevropaning yirik davlatlariga tarqatilgan

1

.

Bu siyosat orqali Xitoyning xali dunyo ko‘rmagan hududlarini ochishga

ruxsat olindi va dunyo hamjamiyatidan olimlar oqib kela boshladi

2

.

Amerikalik moʻgʻulshunos va sinolog Ouen Lattimor va shved Gunnar

Jarring

1920-yillarda

Xitoy Turkistoniga tashrif buyurgan “klassik”

tadqiqotlarchilarning soʻnggi vakillaridan edi. Amerikada tug‘ilgan Ouen Lattimor

bolaligini Syantszinda o‘tkazgan, u yerda ota-onasi Devid va Margaret Lattimor

ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1913-1914 yillarda Lozannadagi Kollej

Klassik Kantonal xususiy maktabida tahsil oldi. 1919-yilda u Xitoyga qaytib keldi.

U rafiqasi bilan birga Ichki Mo‘g‘ulistonga, Gobi cho‘liga, Kashmirga, Hindistonga

sayohat qildi va u yerdan Italiyaga ketadi. 1941-yilda Lattimor Prezident Ruzvelt

tomonidan Chang Kay-Shiga maslahatchi sifatida yuborildi. AQSh vitse-prezidenti

Genri Uolles Xitoy va Mo‘g‘ulistonga safarida hamrohlik qildi.

1963-yilda u Jon Xopkins universitetidan Lids universitetiga Xitoy

tadqiqotlari (hozirgi Sharqiy Osiyo tadqiqotlari) kafedrasini tashkil etish yuboriladi.

Xitoyshunoslikni yo‘lga qo‘yishdan tashqari, u mo‘g‘ulshunoslikni targ‘ib qildi,

Lids va Mo‘g‘uliston o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatdi va 1968-yilda

mo‘g‘ulshunoslik dasturini yo‘lga qo‘ydi. Lattimor butun umri davomida

Mo‘g‘uliston tarixi va madaniyatini o‘rganish uchun tadqiqot markazlarini tashkil

etishga bag‘ishlangan. 1979-yilda u Mo‘g‘uliston davlati xorijliklarga beradigan eng

oliy mukofot - “Qutb yulduzi” ordeni bilan taqdirlangan birinchi g‘arblik bo‘ldi.

Ulan-Batordagi Davlat muzeyi 1986-yilda yangi topilgan dinozavrga uning nomini

berdi.

3

Tarixchi Piter Perdyu Lattimor haqida shunday deb yozgan edi: “Zamonaviy

tarixchilar, antropologlar va arxeologlar Lattimorning ko‘plab dalillarini qayta

1

Commercial Rights in China ('Open Door' Policy): Declarations by France, Germany, the United

Kingdom, Italy, Japan, and Russia accepting United States proposal for 'open door' policy in China,
September 6, 1899–March 20, 1900

2

Secretary of State John Hay and the Open Door in China, 1899–1900. – Milestones: 1899–1913. Office

of the Historian, U.S. Department of State.

3

Robert P.N. Owen Lattimore and the “Loss” of China. – California: University of California Press, 1992. –

584. p.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

228

ko‘rib chiqdilar, lekin ular hali ham uning tushunchalariga tayanadilar. Lattimor

tomonidan aytilgan barcha mavzular bugungi kunda ham jahon tarixchilariga ilhom

berishda davom etmoqda.

4

1927-yilda ichki Mo‘g‘ulistonga Ouen Lattimor uni afsonaviy sarguzashchi

va Osiyo olimlari orasida yetakchi sifatida ko‘rsatadigan sayohatga chiqdi.

Lattimorning mashhur “Qiyshiq yo‘l” bo‘ylab o‘tkazgan mashaqqatli ekspeditsiyasi

haqidagi kitobi “

The Desert Road to Turkestan” (

Turkistonga sahro yo‘li)

5

1928-

yilda nashr qilingan. Owen Lattimorning “Pivot of Asia: Sinkiang and the Inner Asia

Frontiers of China and Russia” kitobi 1950-yilda Bostonda nashr etilgan.

Lattimorning nashrlaridan quyidagi yettitasini eng muhimi sifatida ajratib ko‘rsatish

mumkin: “Turkistonga cho‘l yo‘li” (T

he Desert Road to Turkestan)

(1928), “, “

The

Inner Asian Frontiers of China

”( Xitoyning ichki Osiyo chegaralari) (1940), “

High

Tartary

” (Yuqori tatarlar) (1930) “Mo‘g‘ul sayohatlari” (1941), “Osiyodagi vaziyat”

(1949), Osiyoning yo‘nalishi: Sinkiang va Xitoy va Rossiyaning ichki Osiyo

chegaralari (1950) va Chegara tarixi bo‘yicha tadqiqotlar: to‘plangan hujjatlar,

1928-1958 (1962)

6

.

Rafael Pumpelli amerikalik geolog va tadqiqotchi. U XIX asr oxirlarida,

xususan, 1903-1904-yillarda Sharqiy Turkistonga ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan.

Ekspeditsiya Karnegi fan instituti tomonidan homiylik qilingan va mintaqaning

geologik va arxeologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Pumpelli va uning

jamoasi Sharqiy Turkistonda geografiya, geologiya va qadimiy sivilizatsiyalar

bo‘yicha keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, asosiy e’tiborni Tarim havzasi va

uning atrofidagi tog‘ hududlarga qaratdi. Ularning ishi mintaqaning geologik tarixi

va madaniy merosini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi

7

. Rafael Pumpelli

boshchiligidagi bu ekspeditsiya Tarim havzasining janubiy qismida joylashgan

4

Perdue, Peter (2018). Owen Lattimore: World Historian. Oxford Handbooks Online.

5

Owen Lattimor The Desert Road to Turkestan. – London: Methuen, 1928. – P. 34.

6

Латтимор О. // Большая советская энциклопедия: в 30 т. / под ред. А.М. Прохоров. – М.: Советская

энциклопедия, 1969. – C. 65.

7

Wilson J.G.

,

Fiske, J.

, eds. (1900).

Pumpelly, Mary Hollenback Welles

.

Appletons' Cyclopædia of

American Biography

. – New York,

P. 67.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

229

qadimiy Niya shahrini topdi. Niya Xan sulolasi davrida (miloddan avvalgi 206 - 220)

gullab-yashnagan muhim Ipak yo‘li shaharlaridan biri edi.

Pumpelli jamoasi yaxshi saqlangan artefaktlarni, jumladan, kulolchilik,

qo‘lyozmalar va yog‘och buyumlarni topib, Niya aholisining kundalik hayoti va

madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdi. Ekspeditsiya Sharqiy

Turkistonning turli joylarida, xususan, Kucha hududidagi buddist g‘or rasmlarini

ham o‘rgangan. Bundan tashqari, Pumpelli jamoasi Tarim havzasidagi qadimiy

sug‘orish tizimlarini o‘rganib chiqqan. Olim Sharqiy Turkistonga sayohati

davomida o‘rgangan bilimlarini “Explorations in Turkestan: With an Account of the

Basin of Eastern Persia and Sistan. Expedition… “ nomli kitobida bayon etdi va

1095-yilda ushbu kitob Washingtonda nashr etildi

8

.

Ellsvort Xantington XX asr boshlarida Yel universitetining geografiya

professori boʻlgan, atrof-muhit determinizmi, iqtisodiy oʻsish va iqtisodiy

geografiya boʻyicha tadqiqotlari bilan tanilgan. U Turkiyaning Furot kollejida dars

bergan va Pumpelli (1903) va Barrett (1905–1906)larning Markaziy Osiyoga

ekspeditsiyalariga hamrohlik qilgan. “Explorations in Turkestan”

9

( Turkistondagi

kashfiyotlar) (1905) va “The Pulse of Asia” (Osiyo zarbasi)

10

(1907) asarlarida

o‘zining Osiyoga sayohati davomida olgan tajribalarini yozgan.

Chet ellik tadqiqotchilar XXRdagi siyosiy hayotning liberallashuvi tufayli

faqat 1980-yillarda viloyatga tashrif buyurishga muvaffaq bo‘lishdi. Uzoq vaqt

davomida Shinjon butun dunyo uchun no‘malum bo‘lib qoldi.

1990-yillardan boshlab antropologiyaga Dru Gladniy, Jastin Rudelson, Shon

Roberts, Joan F. Smit, Timoti Groz (shaxsiyat), Ildiko Beller-Xann (tarixiy

antropologiya), Rahile Dovut, Uilyam Klark, Rune Steenberg, Aysima Mirsultan

muhim hissa qo‘shgan. Natan Light, Stenli Tups, Jey Dautcher, Darren Bayler

8

Explorations in Turkestan: With an Account of the Basin of Eastern Persia and Sistan. Expedition

... Explorations in Turkestan: With an Account of the Basin of Eastern Persia and Sistan. Expedition of
1903] Carnegie Institution Publication No. 26 (Washington, D.C.: Carnegie Institution, 1905): Explorations
in Turkestan : Prehistoric Civilizations of Anau. Expedition of 1904, Carnegie Institution Publication No.
73, 2 vols. (Washington, D.C.: Carnegie Institution, 1908)

9

Xantington E. Explorations in Turkestan: With an Account of the Basin of Eastern Persia and Sistan,

Expedition of 1903, under the Direction of Raphael Pumpelly. 1905. – P. 90.

10

Xantington E. “The Pulse of Asia: A Journey in Central Asia Illustrating the Geographic Basis of

History”. 1907. – P. 32.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

230

(madaniy antropologiya), Gardner Bovingdon (siyosiy antropologiya), Arien

Dvayer (lingvistik antropologiya), Reychel Xarris, Elise Anderson va Mukaddas

Mijit (etnomuzikologiya) kabi olimlar o‘z izlanishlarini olib borganlar.

Dru Kertis Gladney (1956-yil 3-noyabr - 2022-yil 17-mart) amerikalik

antropolog, Pomona kolleji Tinch okeani havzasi instituti prezidenti va u yerda

antropologiya professori boʻlgan. Gladni Osiyo qit’asini qamrab olgan mavzularda

to‘rtta kitob va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va kitob bo‘limlari muallifi. Gladney

oʻz tadqiqotlarini Osiyodagi etnik va madaniy millatchilikka qaratib, Ipak yoʻli va

musulmon xitoyi (yoki Xui) xalqlari, siyosati va madaniyatiga ixtisoslashtirgan.

Xitoy va Turkiyada ikki karra Fullbrayt tadqiqotchisi bo‘lib, G‘arbiy Xitoy,

Markaziy Osiyo va Turkiyada uzoq muddatli dala tadqiqotlari olib bordi. Gladnining

2004-yilda Chikago universiteti nashriyoti tomonidan “Xitoyni dislokatsiya qilish:

musulmonlar, ozchiliklar va boshqa sub’ektlar” kitobi nashr etilgan. Uning 1991-

yilda Garvard Sharqiy Osiyo monografiyalaridagi nashr etilgan kitobi “Musulmon

xitoylari: Xalq Respublikasidagi etnik millatchilik” deb nomlangan. U (1998)

“Xitoyda etnik oʻziga xoslik: Musulmon ozchilik millatining shakllanish” kitobining

muallifi va Yaponiya, Xitoy, Koreya, Malayziya, Fiji, Turkiya va AQShda “Making

Majorities: Constituting the Nation” jurnalining muharriri bo‘lgan. Uning 1990-

yilda “Central Asia survey” jurnalining 9-sonida nashr etilgan “The ethnogenesis of

the Uighur” maqolasida uyg‘urlar etnogeneziga juda yaxshi to‘xtalgan.

11

Doktor Jastin Jon Rudelson Garvard universitetida oʻqigan, Xitoy va

Markaziy Osiyo boʻyicha PhD antropolog boʻlib, Shinjon mintaqasidagi aksariyat

uygʻur turkiy musulmonlari orasida Xitoyning Ipak yoʻli boʻylab statsionar

tadqiqotlarni birinchi boʻlib olib borgan. Doktor Rudelson “Oasis Identities: Uyghur

Nationalism Along China’s Silk Road” (1997) va boshqa akademik nashrlar

muallifi.

12

Ildiko Beller-Xann Eötvös Lóránd universitetida (Budapesht, Vengriya)

turkshunoslik, ingliz tili va arxeologiya bo‘yicha magistrlik darajasini olgan.

11

Gladney Dru .C. “The Ethnogenesis of the Uighur,” Central Asian Survey 9, no. 1. 1990. – P. 28.

12

Rudelson J. Oases Identities: Uyghur Nationalism along China’s Silk Road. – New York: Columbia

University Press, 1977. – P. 26.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

231

U 1989-yilda Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti Sharqshunoslik

fakultetida turkiy tarixiy tilshunoslik bo‘yicha tahsil olib, fan nomzodi ilmiy

darajasini olgan, soʻngra Kent universitetida (Kenterberi) tadqiqotchi boʻlib, u yerda

Turkiya va Shinjon (Shimoliy-Gʻarbiy Xitoy) boʻyicha yirik tadqiqot loyihalarida

ishlagan. 2005-yilda Berlindagi Humboldt universitetida 19-asr oxiri va 20-asr

boshlarida “Shinjondagi uygʻurlarning tarixiy antropologiyasi” boʻyicha

dissertatsiya yoqlagan. Uning ilmiy yo‘nalishlari Markaziy Osiyo, Shinjon va

Turkiyaning tarixiy va zamonaviy antropologiyasini o‘z ichiga oladi. Uning asosiy

ishlaridan biri

“Community Matters in Xinjiang 1880-1949: Towards a historical

anthropology of the Uyghur”

( Shinjonda 1880-1949 yillardagi jamiyat masalalari:

Uyg‘urlarning tarixiy antropologiyasi masalalari)

xitoy tadqiqotlariga asoslangan va

2008-yilda Bostonda nashr etilgan.

13

Arien Dwyer 2001-yildan beri Kanzas universitetining antropologiya

kafedrasida lingvistik antropologiya professori. U, shuningdek, Vashington

universitetining tilshunoslik professori. 2010-yilda u KU gumanitar fanlar boʻyicha

raqamli tadqiqotlar institutiga asos solgan. va 2018-yilgacha unga rahbarlik qilgan.

Dvayer Ichki va Oʻrta Osiyo tillari va madaniyatlari, ayniqsa turkiy, sinit va moʻgʻul

oilalaridagi tillar boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. U 1996-yilda Vashington

universitetida Oltoy va xitoy tilshunosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini qo‘lga

kiritgan va Iogannes Gutenberg-Maynts universitetida Humboldt ilmiy xodimi va

Volkswagen-DOBES granti sohibi bo‘lgan. U uyg‘ur tili uchun pedagogik va

lingvistik materiallarni ham nashr etgan

14

. Uning tadqiqotlari Xitoyning Ichki

Osiyosining Sprachbund, tillar yaqinlashuvi mintaqasi sifatidagi mintaqaviy

ahamiyatini muhokama qilishda e’tiborga loyiqdir. Uning tadqiqotlari, shuningdek,

til hujjatlari, Open Access va til mafkurasi masalalariga qaraydi. 2014-yilda uning

ishi unga Jon Saymon Guggenxaym memorial jamg‘armasi a’zosi bo‘lishiga olib

keldi. Uning tadqiqotlari Xitoyning ichki Osiyosi tillar uyg‘unligi mintaqasi

13

Community Matters in Xinjiang 1880-1949: Towards a historical anthropology of the Uyghur

. Leiden,

Boston. – Brill, 2008. – 476 p.

14

Teklimakandin Salam / Greetings from the Teklimakan: A handbook of Modern Uyghur. 10 December

2009. ISBN 9781936153039. Retrieved 2022-04-12.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

232

sifatidagi mintaqaviy ahamiyatini muhokama qilishda e’tiborga loyiqdir

15

. Uning

tadqiqotlari til aloqasi va til mafkurasiga qaratilgan. U Ichki va Markaziy Osiyodagi

shaxslar va jamoalar bilan 20 yil davomida mahalliy tadqiqot olib borgan (turk-

moʻgʻul-sinit-tibet tillari aloqasi boʻyicha). Arien Dwyer “The Xinjiang Conflict:

Uyghur Identity, Language Policy, and Political Discourse” asari Washingtonda

2005-yilda nashr etilgan. Ushbu kitobda muallif asosan uyg‘ur tiliga e’tiborini

qaratadi va zamonaviy Xitoy Xalq Respublikasi davrida uyg‘ur tilining istiqbollari

yo‘qolib borayotganligidan xavotir oladi

16

.

Piter C. Perdu amerikalik yozuvchi, professor va tarixchi. U Yel

universitetida Xitoy tarixi fani professori. Perdue Garvard universitetining tarix va

Sharqiy Osiyo tillari bo‘yicha PhD darajasiga ega. Uning ilmiy qiziqishlari

zamonaviy Xitoy va Yaponiyaning ijtimoiy va iqtisodiy tarixi, chegaralar tarixi va

jahon tarixiga qaratilgan. U ikkita mashhur kitobning muallifi: “Exhausting the

Earth: State and Peasant in Hunan 1500-1850 A.D.” (Sharqiy Osiyo tadqiqotlari

kengashi, Garvard universiteti, 1987) va 2006-yilda Jozef Levenson

17

mukofotiga

sazovor bo‘lgan “China Marches West: The Qing Conquest of Central Eurasia”

(Garvard universiteti nashriyoti 2005) kitobilarini yozgan. Piter C. Perduning

“China Marches West: The Qing Conquest of Central Eurasia” kitobi haqida

Levenson qo‘mitasi shunday degan edi: “Ushbu ish Qing Xitoyi va Markaziy Osiyo

xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni qanday tushunishimizni tubdan o‘zgartirib

yubordi. Uning kitobida XVII asrning birinchi o‘n yilliklarida manjurlar paydo

bo‘lishidan XVIII asrning ikkinchi yarmida Torg‘utlarning qaytishigacha bo‘lgan

davrga e’tibor qaratilgan bo‘lib, u manjurlar davlatining tugatilishini “dasht tugadi

va buyuk Jahon tarixidagi bo‘lim yopildi” deb ta’riflagan edi”

18

15

Sprachbund, shuningdek, lingvistik hudud, lingvistik yaqinlik maydoni yoki diffuziya maydoni sifatida

ham tanilgan, geografik yaqinlik va til aloqasi natijasida yuzaga keladigan hududiy xususiyatlarni
birlashtiradigan tillar guruhidir. Tillar genetik jihatdan bog'liq bo'lmagan yoki faqat uzoqdan bog'liq bo'lishi
mumkin, ammo sprachbund xususiyatlari qarindoshlikning noto'g'ri ko'rinishini berishi mumkin.

16

Dwyer A. The Xinjiang Conflict: Uyghur Identity, Language Policy, and Political Discourse. –

Washington, 2005. – P . 4.

17

Jozef Levenson kitob mukofoti har yili Osiyo tadqiqotlari assotsiatsiyasi tomonidan Jozef R. Levenson

xotirasiga bagʻishlangan ikkita ingliz tilidagi kitobga beriladi, ulardan biri asosiy eʼtibor 1900-yilgacha
boʻlgan Xitoyga, ikkinchisi esa 1900-yildan keyingi Xitoyga oid ishlarga qaratilgan.

18

Levenson Book Prize Winners Association for Asian Studies (Accessed March 15, 2015).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

233

Ushbu kitobda muallif Xitoyning sharqqa kengashini o‘rganadi va shunday

deydi:

“Taxminan 1600-yildan 1800-yilgacha Xitoyning Qing imperiyasi misli

ko‘rilmagan darajada kengaydi. Aqlli diplomatiya, iqtisodiy investitsiyalar va

Markaziy Osiyo markaziga bir qator ulkan harbiy yurishlar orqali manjur

hukmdorlari Jung‘or mo‘g‘ullarini mag‘lub etib, butun zamonaviy Shinjon va

Mo‘g‘ulistonni o‘z nazoratiga olib, Tibetda hukmron ta’sirga ega bo‘ldilar. Biz

bilgan Xitoy ana shu ulkan urushlarning mahsulidir”.

Piter C. Perdue Xitoyning shimoli-g‘arbiy chegaraga kengayishi haqidagi

kam o‘rganilgan tarixni hikoya qiladi. Oldingi Xitoy sulolalaridan farqli o‘laroq,

Qing sulolasi Yevroosiyo qit’asining sharqiy yarmida doimiy hukmronlikka erisha

oldi. Perdue Xitoyning Markaziy Yevroosiyoda qanday hukmronlikni qo‘lga

kiritganligi va bu hukmronlikni qanday oqlashi, Xitoy xalqinining qanday qilib

yaxlitligini saqlab turishi va Islom olami, Mo‘g‘uliston bilan munosabatlari qanday

rivojlanganligini yoritadi

19

.

Jeyms A. Millvard - amerikalik tarixchi, hozirda Jorjtaun universitetining

Uolsh nomidagi xorijiy xizmat maktabida jamiyatlararo tarix professori lavozimida

ishlaydi. Millvard Xitoy va Markaziy Osiyo, jumladan, Shinjon mintaqasi tarixini

o‘rganadi. Millvardning ixtisosligi orasida Qing imperiyasi, ipak yo‘li, tarixiy va

zamonaviy Shinjon musiqasi mavjud. U Shinjondagi uyg‘urlar va boshqa mahalliy

Shinjon xalqlari, XXR etnik siyosati va XXR-AQSh munosabatlari bilan bog‘liq

dolzarb masalalarni o‘z asarlarida keltirib o‘tadi. Uning nashrlari orasida “Eurasian

Crossroads: a history of Xinjiang (2021; 2007)”, “The Silk Road: A Very Short

Introduction (2013)”, “New Qing Imperial History: The Making of Inner Asian

Empire at Qing Chengde (2004)” va “Beyond the Pass: Economy, Ethnicity and

Empire in Qing Central Asia (1998)” kabi Uyg‘urlar masalasiga oid asarlar

muallifi

20

.

19

China Marches West. The Qing Conquest of Central Eurasia (Harvard University Press, 2005)

20

Millward J.A. Eurasian crossroads: a history of Xinjiang (Revised ed.). – New York, 2021. – P. 89.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

234

Amerikalik olima Shareen Blair Brysac - badiiy bo‘lmagan kitoblar muallifi

va yozuvchi. 1999-yilda u turmush o‘rtog‘i Karl E. Meyer bilan 1999-yilda nashrdan

chiqqan “Turnir of Shadows: the Great Game and the Race for Empire in Central

Asia”

21

kitobining hammuallifi bo‘lgan. U The New York Times tomonidan yilning

eng yaxshi kitobi sifatida tanlandi va “muhim global muammolar bo‘yicha

jamoatchilik muhokamasini chuqurlashtirishga qaratilgan ingliz tilidagi dunyodagi

eng yaxshi badiiy bo‘lmagan kitob” uchun Lionel Gelber mukofotining finalchisi

bo‘ldi. Ushbu kitobda Sharqiy Turkistonga “Katta o‘yin” poygasi paytida tashrif

buyurgan ingliz, rus, shved, fransuz, nemis, yapon va boshqa sayohatchi olimlar

hayoti va sayohat yo‘li, erishgan yutuqlari haqida batafsil hikoya qilinadi.

Bundan tashqari kitobda ushbu sayyohlarning Sharqiy turkistonning milliy

va madaniy boyliklarini talaganlikda ayblaydi va ularni “yovuz”lar deb ataydi.

Bundan tashqari olimaning 2014-yilda nashr etilgan “The China Collectors:

America’s Century-Long Hunt for Asian Art Treasures” (Xitoy kolleksiyachilari:

Amerikaning Osiyo san’ati xazinalari uchun asrlik ov)

22

kitobi Washington Post

gazetasining “Yil kitoblaridan biri” deb topildi. Ushbu kitobda ham olima Xitoyga,

xususan, sharqit Turkistonga tashrif buyurgan olimlarning ilmiy ishlariga urg‘u

berish bilan bir qatorga, ularning o‘zlari bilan mamlakatdan olib chiqib ketgan

xazinalari haqida ham keng yoritib o‘tadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Perdue Peter (2018). Owen Lattimore: World Historian. Oxford Handbooks

Online.

2.

Owen Lattimor The Desert Road to Turkestan. – London: Methuen, 1928. –

P. 34.

3.

Латтимор О. // Большая советская энциклопедия: в 30 т. / под ред. А.М.

Прохоров. – М.: Советская энциклопедия, 1969. – C. 65.

21

Meyer K. E. with Brysac.B.Sh. Tournament of Shadows: The Race for Empire in Central Asia. –

Washington, 1999. – P. 68.

22

Meyer Karl E. and Brysac.B.Sh. The China Collectors: America's Century Long Hunt for Asian Art

Treasures. – New York, 2014. – P. 10.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

235

4.

Wilson

J.G.

,

Fiske,

J.

,

eds.

(1900).

Pumpelly,

Mary

Hollenback

Welles

.

Appletons' Cyclopædia of American Biography

. – New York,

P. 67.

5.

Explorations in Turkestan: With an Account of the Basin of Eastern Persia

and Sistan. Expedition ... Explorations in Turkestan: With an Account of the Basin

of Eastern Persia and Sistan. Expedition of 1903] Carnegie Institution Publication

No. 26 (Washington, D.C.: Carnegie Institution, 1905): Explorations in Turkestan :

Prehistoric Civilizations of Anau. Expedition of 1904, Carnegie Institution

Publication No. 73, 2 vols. (Washington, D.C.: Carnegie Institution, 1908)

6.

Xantington E. Explorations in Turkestan: With an Account of the Basin of

Eastern Persia and Sistan, Expedition of 1903, under the Direction of Raphael

Pumpelly. 1905. – P. 90.

7.

Xantington E. “The Pulse of Asia: A Journey in Central Asia Illustrating the

Geographic Basis of History”. 1907. – P. 32.

8.

Gladney Dru .C. “The Ethnogenesis of the Uighur,” Central Asian Survey 9,

no. 1. 1990. – P. 28.

9.

Rudelson J. Oases Identities: Uyghur Nationalism along China’s Silk Road.

– New York: Columbia University Press, 1977. – P. 26.

10.

Community Matters in Xinjiang 1880-1949: Towards a historical

anthropology of the Uyghur

. Leiden, Boston. – Brill, 2008. – 476 p.