Authors

  • Tosheva Muhayyo Hamid qizi
  • Ikromov Sh.I.

Author Biographies

  • Tosheva Muhayyo Hamid qizi

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

    Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi

    Tarix (mintaqa va mamlakatlar bo‘yicha) yo‘nalishi I kurs magistri

  • Ikromov Sh.I.

    Ilmiy rahbar: PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116210

Keywords:

Muntahab at-tavorix Muhammad Hakimxon To‘ra Qo‘qon xonligi tarixiy manba Markaziy Osiyo tarixi siyosiy tuzilish ijtimoiy hayot tashqi siyosat tarixiy voqealar qo‘lyozma ilmiy ahamiyat.

Abstract

Muntahab at-tavorix” — mashhur tarixchi va davlat arbobi Muhammad Hakimxon To‘ra tomonidan XIX asrning o‘rtalarida yaratilgan muhim tarixiy manbalardan biridir. Asarda Qo‘qon xonligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti, shuningdek, uning hukmdorlari faoliyati batafsil yoritilgan. Muallif asarni yozishda bevosita guvoh bo‘lgan voqea-hodisalar, shuningdek, avvalgi tarixiy manbalardan keng foydalangan. “Muntahab at-tavorix” Qo‘qon xonligi davrining ijtimoiy-siyosiy tuzilishi, ichki ziddiyatlari, tashqi siyosati hamda xonlik hududidagi qabilalararo munosabatlarni o‘rganishda beqiyos manba bo‘lib xizmat qiladi. Asarning ilmiy ahamiyati shundaki, u Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganish, qiyosiy tahlil qilish va o‘sha davr Markaziy Osiyo tarixidagi jarayonlarni chuqur anglash uchun asosiy yozma manba hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

205

“MUNTAHAB AT TAVORIX” ASARINING YARATILISHI VA

UNING QO’QON XONLIGI TARIXINI YORITISHDAGI ILMIY

AHAMIYATI

Tosheva Muhayyo Hamid qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi

Tarix (mintaqa va mamlakatlar bo‘yicha) yo‘nalishi I kurs magistri

Ilmiy rahbar: PhD, Ikromov Sh.I.

Annotatsiya:

“Muntahab at-tavorix”

— mashhur tarixchi va davlat arbobi

Muhammad Hakimxon To‘ra tomonidan XIX asrning o‘rtalarida yaratilgan muhim

tarixiy manbalardan biridir. Asarda Qo‘qon xonligining siyosiy, iqtisodiy va

madaniy hayoti, shuningdek, uning hukmdorlari faoliyati batafsil yoritilgan. Muallif

asarni yozishda bevosita guvoh bo‘lgan voqea-hodisalar, shuningdek, avvalgi

tarixiy manbalardan keng foydalangan. “Muntahab at-tavorix” Qo‘qon xonligi

davrining ijtimoiy-siyosiy tuzilishi, ichki ziddiyatlari, tashqi siyosati hamda xonlik

hududidagi qabilalararo munosabatlarni o‘rganishda beqiyos manba bo‘lib xizmat

qiladi. Asarning ilmiy ahamiyati shundaki, u Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganish,

qiyosiy tahlil qilish va o‘sha davr Markaziy Osiyo tarixidagi jarayonlarni chuqur

anglash uchun asosiy yozma manba hisoblanadi.

Kalit so’zlar: Muntahab at-tavorix, Muhammad Hakimxon To‘ra, Qo‘qon

xonligi, tarixiy manba, Markaziy Osiyo tarixi, siyosiy tuzilish, ijtimoiy hayot, tashqi

siyosat, tarixiy voqealar, qo‘lyozma, ilmiy ahamiyat.

Xoja Muhammad Hakimxontoʻra bin Sayid Maʼsumxon (1802 yilda

tugʻilgan, Qoʻqon) — tarixchi, olim, maʼrifatparvar ona tomondan Qoʻqon xoni

Norboʻtabiyning nabirasi, Olimxonning jiyani; Ota tomonida esa mashhur so‘fiy

shayxlaridan biri Ahmad Xojagi Kosoniy (Maxdumi A’zam) avlodi edi. 1822 yilda

H. Toʻraqoʻrgʻonga, keyin Namangan va Kosonga hokim etib tayinlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

206

Keyinchalik xonning g‘azabi tufayli xonlikdan chetlashtiriladi. 1824 yilda H.

Orenburgda rus imperatori Aleksandr I bilan uchrashadi. Rossiyadan keyin Turkiya,

Suriya, Falastin, Misr orqali Makka va Madinaga boradi. 7 yil Misr, Arabiston,

Eronda, 1830-1831 yillarda Buxoroda yashagan. Umrining soʻnggi yillarida

Shahrisabzda yashab, “Muntakhab attavarix” (“Solnomalar toʻplami”) nomli tarixiy

asar yozgan. Bu asar Buxoro amirligi va Qo‘xon xonligi tarixining muhim

manbalaridan biri hisoblanadi. Unda paygambarlar haqidagi rivoyatlar, qad. Eron,

Arab xalifaligi, Somoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Mo‘g‘ullar, Temuriylar,

Boburiylar tarixi haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.

Shuningdek, Buxoro va Qoʻqon xonliklarining tashkil topishidan boshlab

19-asrning 40-yillarigacha boʻlgan tarixi batafsil tasvirlangan. Unda Rossiya, arab

mamlakatlari va Eronga qilgan sayohatlari natijasida olgan taassurotlari va shu

jumladan, mazkur mamlakat xalqlarining turmushi, urf-odatlariga oid maʼlumotlar

ham oʻrin olgan. Asarning oʻzbek va fors tillaridagi variantlari mavjud

1

.

Hakimxon oʻzining ilgʻor siyosiy qarashlari tufayli Qoʻqon xoni tomonidan

mamlakatdan surgun qilingan. U umrining ko'p qismini sayohat va sargardonlikda

o'tkazadi. Bu urush yillarida Hakimxon bir necha bor kema halokatini,

qaroqchilarning bosqinini, qamoqxonani, suvsiz cho‘l azobini, o‘lim xavfini

boshidan kechirdi. Rossiya, Turkiya, Suriya, Falastin, Misr, Arabiston, Eron va

Afg‘onistonga sayohat qiladi. Hakimxon uzoq safardan qaytgach, avval Buxoroda,

keyin O‘ratepada yashadi. (O‘sha paytda O‘ratepa hokimi uning do‘sti Muhammad

Rahim devonbegi edi. Hakimxon O‘ratepa hokimi bo‘lgan degan fikr to‘g‘ri emas).

U uzoq vaqt Shahrisabzda yashaydi.

Hakimxonning otasi Ma’sumxon Qo‘qonxon Olimxonning singlisi

Aftobning eri bo‘lgani uchun Hakimxon Xonning jiyani edi. “Muntaxab ut-tavorix”

(“Saylanma tarix”) asarining muallifi qo‘qonlik buyuk tarixchi olim Hakimxon

To‘radir (taxminan 1802 yil – vafot etgan yili noma’lum). “Ota tomondan

Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandalaridan biri, buyuk dinshunos Maxdumi

A’zam Kosoniy (1461/62-1542/43) avlodi, onasi tomondan Qo‘qonning nabirasi.

1

Muhammad Hakimxon. Muntahab ut-tavorih . Dushanbe, 1983, 1985.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

207

Xon Norboʻtaxon (1770-1800) otasi Sayyid Maʼsumxon Umarxon davrida (1809-

1822) va Muhammad Alixon hukmronligining birinchi yillarida (1822-1842)

xonlikning shayxulislomi lavozimini egallagan Hakimxon To‘ra Muhammad

Alixon hukmronligining boshida Namangan, To‘raqo‘g‘on va Kosonsoy hokimi

bo‘lgan, ammo tez orada uning otasi ham, o‘zi ham xonning g‘azabiga duchor

bo‘lib, ular o‘z lavozimlaridan chetlashtirilib, Arabistonga haj marosimini o’tash

uchun jo’natilgan.

Otasi yo'lda, Mozori sharifda 1834-yili vafot etgan. Hakimxon to'ra esa ko'p

mashaqqatlar chekib, yetti yildan keyin Rossiya, Turkiya, Iroq, Suriya va Falastin

orqali Makkaga yetib bordi. O'shanda 1834-yili u Orenburgda podshoh Aleksandr I

bilan uchrashish sharafiga muyassar bo'lgan. Hakimxon to'ra Makka va Madina

ziyoratidan qaytgach, 1828- yili, Muhammad Alixondan cho'chib Qo'qonga bormadi

va qolgan umrini Kitobda kechirdi. O'zining yozishicha, Kitobda uning

qarindoshlari va ozmi-ko'pmi yer-suvi bo'lgan

2

.

Hakimxon buyuk tarixchi va olim bo‘lib, 1843-yil 29-mayda o‘zining

“Muntaxab ut-tavorix” asarini yozib tugatdi.“Muntaxab ut-tavorix”da qadimgi

davrlar tarixi, islomdan oldingi payg‘ambarlar, Eronning qadimgi podshohlari,

qadimgi podshohlar Xitoy va Yevropa, xalifa Roshidindan Movarounnamning

mangʻit va Ming sulolalaridan boʻlgan oliy hukmdorlari davrigacha.

Asarda Qo'qon xonligining xonlik asoschisi Shohruhxon(1709-1721)ning o

‘g‘li va toj-taxt vorisi Abdurahimxon (1721—1724) zamonidan to Norbo'taxon,

Olimxon va Umarxon davri tarixi yaxshi yoritilgan. Asarda muallifning Rossiya,

Turkiya, Iroq, Shorn (Suriya) va boshqa mamlakatlarga qilgan sayohati chog'ida

olgan taassurotlari va o‘sha mamlakat xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tarixi va

hayot tarzi haqida keltirilgan ma’lumotlari ham diqqatga sazovordir

3

.

Muntaxab ut-tavorixning qoʻlyozma nusxalari kam. Uning forscha

fotonusxasi A.A. Semenovning uy muzeyida saqlanmoqda. 1983 yilda

2

Mukhammad Khakim-khan. Muntakhab altawarikh. Selected history. Vol.II. Y. Kawahara, K.

Haneda (tls). Tokio, 2006.

3

Мухтаров А. Резьба по дереву в долине Зеравшан: (Альбом средневековых

орнаментов). — М.: Наука, 1966.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

208

Tojikistonning Dushanbe shahrida Ahror Muxtorov tomonidan ikki kitob holida

nashr etilgan. Asarning oʻzbekcha nusxasi ham mavjud va u hozirda Sharqshunoslik

instituti xazinasida saqlanadi (594-son) Kitobning ikkinchi jildi yapon olimlari

Yayoi Bu Kavaxara va Koichi Xaneda tomonidan 2006 yilda Tokioda nashr etilgan

tanqidiy matndir

4

.

Hakimxon to‘ra o‘zi yashab turgan xon zamoni to‘g‘risida, saroyga yaqin

tarixiy shaxslarning hayoti va o‘sha davrning diqqatga sazovor siyosiy voqealari

to‘g‘risida «Muntaxab at-tavorix» nomli ajoyib asar yozadi. Bu asar XIX asr o‘zbek

adabiyotining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Bu tarixiy asar muallifi Abdulla

Qodiriy o‘z romanida aks ettirmoqchi bo‘lgan davrga zamondosh bo‘libgina

qolmay, balki unda kechgan jami voqealarning faol qatnashchisi ham edi.

Buning ustiga u Abdulla Qodiriyning bo‘lg‘usi romani qahramonlari bilan

shaxsan tanish edi. Shu aytilganlarga ko‘ra, adib roman uchun material to‘plar ekan,

tarixiy manbalar orasida «Muntaxab at-tavorix»ni alohida ajratib, unga suyanib ish

ko‘rgan bo‘lishi tabiiy. Bu kitob yozuvchiga eng qimmatli hujjatli materiallar

manbai bo‘lib xizmat qilgan

5

.

«Muntaxab at-tavorix» (Saylangan tarixlar kitobi) asari muallifi

Muhammadhakimxon ibn Ma’sumxon to‘ra Qo‘qon tarixnavislik maktabining yirik

namoyandasi hisoblanib, muallif xaqidagi ma’lumotlar asosan shu yozma

yodgorlikning o‘zida keltirilgan, shuningdek, bu tarixiy manba va uning

yaratuvchisi borasida Abdulla Qodiriy, Aleksandr Aleksandrovich Semenov, Aziz

Qayumov, Aqror Muxtorov, Bo‘riboy Ahmedov, Enver Xurshut, Shodmon Vohidov

kabi olimlar qimmatli fikrlar bildirishgan. Akademik Aziz Qayumov esa ushbu

satrlar muallifi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlarda Muhammadxakimxon qalamiga

mansub «Muntaxab at-tavorix»ning ko‘p jihatlari bilan Bobur podshoxning mashxur

memuar asari «Boburnoma»ga o‘xshashligi haqidagi nuqtayi nazarni o‘rtaga

tashlagan edilar. Eslatib o‘tish joizki, ushbu qo‘lingizdagi o‘zbekchaga tarjima qam

4

A. Madraimov, G. Fuzailova “Manbashunoslik” -Т.: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati

nashriyoti, 2008. — 241- b.

5

Enver Xurshut, tarix fanlari kandidati.“Sharq yulduzi” jurnali, 1987 yil, 4-son


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

209

ana shu qarashlarga ko‘ra aynan Aziz Qayumovning maslaqati va qo‘llovi bilan

amalga oshdi.

O‘zbekistonda manbashunos olim Enver Xurshut tamonidan «Muntaxab at-

tavorix» maxsus o‘rganilgan. E.Xurshut o‘z tadqiqotlarida asarning nusxalari, uning

manbalari, tarixiy va adabiy manba sifatidagi ahamiyati, memuar janrvdagi nodir

asar ekani va Hakimxonning sayoxatlarini keng tahlil qilgan

6

.

«Muntaxab at-tavorix» asarini Muhammadhakimxon fors- tojik tilida Kitob

va Shahrisabz shahrida 1259/1843 yilning yozlarida yozib tugatgan. Mazkur asar

Qo‘hon tarixnavislik maktabining g‘ayrirasmiy tarixiy asarlari sirasiga kiradi.

“Uning ilova qismi esa 1844 yilning oxiri yoki 1845 yilda yozilgani borasida ham

ishonch bilan fikr bildirishimiz mumkin. Muallif nusxasidan shu 1843 yili yana

o‘nta nusxa ko‘chirilgani ham ma’lum.

Muhammadhakimxon asari xonlik hududlarida keng tarqalishidan o‘zi ham

manfaatdor bo‘lgani uchun undan nusxalar ko‘chirishga ancha sa’y-harakat qilgan

7

.

Yukorida ta’kidlanganidek, «Muntaxab at-tavorix»ning o‘zbek tilidagi

qisqartirilgan tarjimasi ham mavjud

8

. Biroh, mazkur nusxani E.Xurshut

P.P.Ivanovga o‘xshab asarning o‘zbek tilidagi talhini deb habul hilishni tavsiya

kiladi.

Izlanishlar natijasidan ma’lum bo‘ldiki, o‘zbek tilidagi «Muntaxab at-

tavorix»ning nusxasi asl fors-tojik tilidagi matnidan ancha yiroqlashib ketgan. Unda

6

Xurshut E. «Muntaxab ut-tavorix» - vajniy istochnik po istorii Sredney Azii i sopredelnix stran

// Obshestvennie nauki v Uzbekistane. 1984. - № 7; Shu muallif. «Muntaxab at-tavarix» kak
istochnik po istorii Sredney Azii i sopredelnix stran XUSH-X1X vv // Obshestvennie nauki v
Uzbekistane (ONU). 1984. - № 7. - S. 36-42; Shu muallif. Hakimxonning qayoti va sayoqatlari. -
Toshkent: Fan, 1987. -48 b; Shu muallif. «Muntaxab ut-tavorix» i yego spiski // ONU, 1987. -№
5. - S. 41-47; Shu muallif. «Muntaxab at-tavorix» i yego istochniki // ONU, 1987. №11 -12. - S.
39-44; Shu muallif. Izucheniye sredneaziatskix istochnikov XU1-X1X vekov: znacheniye,
sostoyaniye, problemi // Obshestvennie nauki v Uzbekistane. 1989. - № 2. - S. 49-53. va b.

7

O‘z FA SHI dagi nusxalar tavsifi: SVR (Istoriya). - S. 195-198. Qolgan nusxalari tavsifi:

Xurshut E. «Muntaxab ut-tavorix» i yego spiski // ONU, 1987. №5. - S. 41-47

8

Uning nusxasi O‘z FA SHI da saqlanadi № 594. SVR (Istoriya). - S. 197-198. Qisqartirilgan

nashri: Hakimxon. Xotiralar. Toshkent: Fan, 1964; Muxammad Xakimxan. Muntaxab at- tavorix
(per. s persidskogo E.Xurshuta) // Materiali po istorii Sredney i sentralnoy Azii X-X1X vv. -
Tashkent: Fan. 1988. - S. 276-295; Izvlecheniya iz «Muntaxab at-tavorix» (uzbekskaya
redaksiya M. Kutlugova)//Tam je. - S. 295-310.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

210

ko‘plab xatolar, voqea va sanalarning chalkashligi, tarjimon(lar) tomonidan muallif

uslubini soddalashtirish yoki matnga o‘zgartishlar kiritish hollari ko‘zga tashlanadi

9

.

Muntaxab at-tavorix“ yozilgan yiliyoq nusxa koʻchirish boshlangan. “Yaʼni

oʻsha yili Shahrisabzda Muhammadamin kotib tomomonidan 10 nusxa koʻchirilgan.

Hozirda asarning Oʻzbekiston, Tojikiston, Rossiya qoʻlyozma arxivlarida nusxalari

mavjud. Ayniqsa ulardan S 470-sonli (Rossiya), 63-sonli (Tojikiston), 592-sonli

(Oʻzbekiston) nusxalari juda yaxshi saqlangan

10

.

Markazlashgan davlatning vujudga kelishi, Rossiya bilan savdo-sotiqning

jadallashishi va shu kabi bir qator omillar 18—19-asrlarda Qoʻqon xonligida

maʼnaviy-madaniy hayotning oʻsishiga olib keldi. Bu davrda Qoʻxon xonligida bir

qancha tarixiy ishlar tugallandi. Mulla Yunus Dodxning “Xadoiq al-anvar” (“Nur

nurlari”), Mirzo Qalandar Isfarag‘oniyning “Shahnomayi Umarxoniy”

(“Umarxonning Shohnomasi”), Ziyovutdin Xo‘ja Andijoniy To‘ra Xo‘janing “Mir”

at al-futuh” (” g'alabalar») asarlarini kiritish mumkin.Kogonda yaratilgan asarlar

orasida 19-asrning birinchi yarmi oxirida yaratilgan «Muntaxab at-tavorix» asari

alohida ahamiyatga ega.

Bu haqda bizga rus va sovet olimlarining asar to‘g‘risidagi mulohazalari

yaqqol dalolat berib turadi. Jumladan, Ye. Kal, A. A. Semyonov, V. V. Bartold kabi

olimlar mazkur asarni O‘rta Osiyo xalqlari tarixini yorituvchi juda muhim manba

deb bilganlar”

11

.

Hakimxonning bu asari umumtarixiy asarlardan bo‘lib, dunyoning vujudga

kelgan vaqtidan boshlab, XIX asrning yarmigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

«Muntaxab at-tavorix»ning birinchi qismi XVIII asrning o‘rtalaridan XIX asrning

o‘rtasiga qadar bo‘lgan davrdagi Buxoro amirligi tarixiga taalluqlidir. Bu qismda

avtor Buxoro amirlarining yagona markazlashgan davlat qurish uchun olib borgan

kurashlari, ularning Xiva va Qo‘qon xonlari hamda mustaqil O‘ratepa va Shahrisabz

o‘lkalari bilan bo‘lgan aloqalari haqida hikoya qiladi.

9

Yana harang: X u r sh u t E. «Muntaxab ut-tavorix» i yego spiski. -S . 42-43.

10

Vohidov, Shodmon „Мунтахаб ат-таворих

11

Mukhammad Khakim-khan. Muntakhab altawarikh. Selected history. Vol.II. Y. Kawahara, K.

Haneda (tls). Tokio, 2006.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

211

Asarning ikkinchi qismi esa Qo‘qon xonligi tashkil topganidan boshlab

(XVIII asr) XIX asrning yarmiga qadar bo‘lgan tarixni o‘z ichiga oladi. Bu yerda

ham xuddi oldingi qismdagi singari Hakimxon Qo‘qon xonligining tashkil topish

tarixi, uning qo‘shni davlatlar bilan aloqalari, shu jumladan Xitoy bilan

munosabatlarini batafsil hikoya qiladi. Asarning uchinchi qismi, oldingilaridan

farqli o‘laroq, muallif sayohatlarini tashkil etadi

12

Bundan ko‘rinib turibdiki, Hakimxonning “Muntaxab at-tavorix” asari O‘rta

Osiyo va unga qo‘shni mamlakatlar xalqlari tarixiga oid muhim manbalardan biridir.

Bu asar boshqa tarixiy asarlardan mehnatkashlar ahvoli, ommaviy harakatlar haqida

ko‘plab materiallar mavjudligi bilan ajralib turadi. Asarning yana bir diqqatga

sazovor jihati shundaki, muallif saroy tarixchilaridan bo‘lmagan. Aksincha, u

demokratik e’tiqodi uchun Qo‘qon xonligidan haydalib, butun umrini surgunda

o‘tkazdi. Hakimxon o‘z davrining mashhur shoirlari Hoziq, Nodira, Sultonxon

Adolar bilan shaxsan tanish bo‘lgan. U o‘z asarida yuqorida nomi tilga olingan

o‘zbek shoirlarining hayoti va ijodi haqida qimmatli materiallar berib, ularning

ayrim she’rlaridan namunalar keltiradi.

Yana shuni aytish kerakki, Hakimxon afg‘on xalqining ingliz

mustamlakachilariga qarshi kurashiga boshchilik qilgan Afg‘oniston gubernatori

Do‘st Muhammadxon bilan shaxsan tanish bo‘lgan.

13

Hakimxon o‘z asarida yuqorida qayd etilgan muhim mulohazalarni yozish

jarayonida o‘z hayotini ham tasvirlaydi. 19-asrning birinchi choragida oʻzbeklardan

birinchilardan boʻlib rus tilini oʻrgangan. Hakimxonning “Muntaxab at-tavorix”

asari o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namunalaridan biridir. Yuqorida

keltirilgan faktlar Hakimxonning buyuk tarixchi, geograf, adib, ma’rifatparvar

bo‘lganligini ko‘rsatadi.

“Muntaxab

at-tavorix”

(“Tanlangan

tarixlar

kitobi”)

muallifi

Muhammadhakimxon ibn Ma’sumxon Qo‘qon tarixshunoslik maktabining yirik

namoyandasi sanaladi. Uning ijodkori haqida Abdulla Qodiriy, Aleksandr

12

Enver Xurshut, tarix fanlari kandidati.“Sharq yulduzi” jurnali, 1987 yil, 4-son

13

Vohidov, Shodmon „Muntaxab at-tavorix tarjimasi“.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

212

Aleksandrovich Semyonov, Aziz Qayumov, Ahror Muxtorov, Bo‘riboy Ahmedov,

Enver Xurshut, Shodmon Vohidov kabi olimlar o‘zlarining qimmatli fikrlarini

bildirdilar

14

.

Akademik Aziz Qayumov ushbu satrlar muallifi bilan suhbatlarda

Muhammadhakimxon qalamiga mansub “Muntaxab at-tavorix” Bobur shohning

mashhur “Boburnoma” memuariga ko‘p jihatdan o‘xshash, degan fikrni bildirdi.

Aytish joizki, o‘zbek tiliga tarjima qilish sizning qo‘lingizda shu qarashlar bo‘yicha

Aziz Qayumov maslahati va ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilgan. Asarning

Muhammadamin qotib Shahrisabzda ko‘chirilgan nusxasining faksimilasi 1984 yili

Dushanbeda ikki jild holida nashr etilgan.

2006 yilda Tokioda Muhammad Hakimxon asarining ikkinchi jildi arab

alifbosida nashr etildi.

15

.

Asarning tuzilishi:

“I bob. Payg’ambarlar.

II bob. Qadimiy Eron sulolalari.

III bob. Chin va Farang shohlari.

IV bob. Chahoryorlar, umaviylar va abbosiylar xalifalari haqida.

V bob. 1) Safforiylar, 2) Somoniylar sulolasi. 3) Ol Bo’ya hukmronligi.

4) G’aznaviylar. 5) Saljuqiylar. 6) Xorazmshohlar saltanati. 7) Chingiz va

chingiziylar xonadoni. 8) Temuriylar. 9) Shayboniylar. 10) Ashtarxoniylar.

11) Mang’itiya saltanati. 12) Mingiya toifasi”

16

.

“Muntakhab at-tavorix” nusxalarining Peterburg nusxasi (S 470) ham

ilovaga ega. “Ushbu ilova Muhammad Hakimxon qalamiga mansub boʻlib, unda

Sheralixon (1842-1845) va Xudoyorxonning taxtga oʻtirgan davri (689-707-betlar)

tasvirlangan. Muntaxab at-tavorixning koʻplab manbalari bor edi. Qo‘qon

tarixchilarining asarlari fors-islom tarixshunosligi asosida shakllangan bo‘lib,

14

Muhammadhakimxon To’ra. «Muntaxab at-tavorih». Toshkent., «Yangi asr» nashriyoti.2010.

716 bet

15

Enver Xurshut “Abdulla Qodiriy va tarixchi Hakimxon To’ra”, “Sharq yulduzi” jurnali,

1987 yil, 4-son

16

Shodmon Vohidov “Hakimxon To’ra va uning “Muntahab at-tavorix” asari, “Sharq yulduzi”

jurnali, 1987 yil, 4-son


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

213

“Muntaxab at-tavorix” asari jahon tarixiga bag‘ishlanganligi uchun jahon va

mahalliy (mahalliy) tarixga bag‘ishlangan asarlar mavjud koinot va insonning

yaratilishidan to 19-asrning oʻrtalarigacha boʻlgan davrni tasvirlab bergan, shuning

uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning birinchi qismi boshqa koʻplab tarixiy va

adabiy manbalarga asoslanadi, shu sababli ularda oʻziga xoslik yoʻq asar uch

mavzuga bo‘lingan, ya’ni buxorolik rohiblar tarixi, Qo‘qonda hukmronlik qilgan

ming sulola, muallifning xorijga qilgan sayohatlari hikoyasi qalamga tegishli

qimmatli manbadir”

17

.

“To‘g‘ri, muallif aniq ko‘rsatganidek, Muhammadhakimxon o‘z asarining

mang‘it qismini yozishda Muhammadvafo Karminog‘iy va Olimbek ibn

Niyozqulibekning “Tuhfat ul-xoniy”, Muhammadsharif ibn Muhammadnakiyning

“Toj at-tavorix” va boshqalardan foydalangan. mualliflarning asarlaridan

foydalangan. Asarni o‘rgangan olim E. Xurshut o‘z vaqtida bunga oydinlik kiritgan

edi. Bundan tashqari, Muhammadhakimxon o‘sha davr voqealarining bevosita

ishtirokchilaridan ko‘plab ma’lumotlarni eshitgan va muallif bu faktlarni “Muntaxab

at-tavorix”da alohida qayd etgan. Minglar va mangʻitlar hukmronligi tarixi, yaʼni

Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligi haqidagi maʼlumotlar biz uchun birlamchi

manba sifatida nihoyatda muhim va qimmatlidir”

18

.

Shuning uchun ham bu manba Qo‘qon tarixshunoslik maktabida (Buxoro

tarixnavisligida ham) o‘zining o‘ziga xosligi va rasmiy tarixchi tomonidan

yozilmaganligi bilan ajralib turadi. Sayohat tafsilotlari va asar muallifining

xotiralari, shubhasiz, bundan ham qimmatli manba bo‘lib, ularning adib Muhammad

Hakimxon tilidan jonli va ta’sirchan bayon etilishi ham asarga badiiylik bergan,

ya’ni, muallifning taqdiri mahorat bilan badiiy tasvirlangan, deyish mumkin. So‘z

bilan ifodalanishi “Muntahab at-tavorix”ni qahramon-yozuvchining ichki

kechinmalariga boy sarguzasht-roman darajasiga ko‘tardi. Kitobda inglizlarni

mag‘lub etib, Buxoroga amir Nasrulloh huzuriga kelgan afg‘on hukmdori Do‘st

17

Enver Xurshut “Abdulla Qodiriy va tarixchi Hakimxon To’ra”,

“Sharq yulduzi” jurnali, 1987

yil, 4-son

18

Muntahab at-tavorix: (Xuqand va Buxoro tarixi, sayohat va xotiralar) / Muhammadhakimxon

tutra; fors-tojik tilida tarj., muqaddima, izoxlar va ko'rsatkichlar muallifi Sh.Vohidov. - T.: Yangi
asr avlodi, 2010. 716-6. -Tit. v. orqasida muallif: Muhammadhakim


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

214

Muhammadxon va uning o‘g‘illari Akbarxon, Sultonxon va qisqa muddat taxtda

o‘tirgan ukasi Muhammad Alixon haqida ham eslatib o‘tiladi, lekin shu paytgacha

Shahrisabzda muhojirlikda yashagan Sulton Mahmudxon va boshqa ba’zi nufuzli

ruhoniylar, amaldorlar, shoirlar taqdiri ularning hikoyalari va muallifning shaxsiy

kuzatishlari doirasida tilga olinadi.

19

.

«Muntaxab at-tavorix»da muallif uchun manba vazifasini bajargan

maktublar

“(Do’stmuhammadxonning

Hindiston

general-gubernatori

V.Maknotenning kotibi Lotga maktubi; Sulton Mahmudxonning amir Nasrullohga

xati; amir Nasrullohning Qo’qon xoni Muhammadalixonga xati va boshqalar)ning

hujjat sifatida havola etilishi esa asarning tarixiy qiymatini yana ham oshirishga

xizmat qilgan. Hatto ular afg’on, hind tarixchilarining ma’lumotlarini to’ldirishga

ham yaroqlidir”

20

.

Bundan tashqari asarda muallif sharq shoir va adiblaridan “Ibn Sino,

Firdavsiy, Umar Xayom, Sa’diy, Pahlavon Maxmud, Nizomiy, Alisher Navoiy,

Bedil, Xusrav Dehlaviy, Inoyatulloh Kanbu, Ahmad ibn Yusuf, qo’qonlik shoirlar

Fazliy, Akmal Sher Ho’qandiy, Nusrat, Behjat, Amiriy (amir Umarxon), Xorazm

xoni Muxammadrahimxon I she’rlaridan namunalar keltiradi. Asarning badiiy

bezaklari sifatida fors-tojik, o’zbek, arab xalqlarining maqol va masallaridan unumli

foydalanilgan. E.Xurshutning aniqlashicha, muallif, hatto bitta xitoy xalqi maqolini

ham keltirgan”

21

.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Mirzo Olim Mahdum Hoji “Tarixi Turkiston” 2009 “Yangi asr avlodi” 255

bet

2.

Ahmedov.B. O’zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 - yil 2.

Muhammad

3.

Alimova “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” “TDSHI” qo’llanma T. 2009. 7 b.

19

Shodmon Vohidov “Hakimxon To’ra va uning “Muntahab at-tavorix” asari, “Sharq yulduzi”

jurnali, 1987 yil, 4-son

20

Mukhammad Khakim-khan. Muntakhab altawarikh. Selected history. Vol.II. Y. Kawahara, K.

Haneda (tls). Tokio, 2006.

21

Enver Xurshut “Abdulla Qodiriy va tarixchi Hakimxon To’ra”,

“Sharq yulduzi” jurnali, 1987

yil, 4-son


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

215

4.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya

bosqiniga qadar. - T.: Sharq, 2000.

5.

Madraimov, G. Fuzailova. Manbashunoslik .O’zb. Faylasuflar milliy jam. T.

2008, b 263

6.

Sag’dullaev A., Mavlonov O’. O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.-

Toshkent: Akademiya, 2006.

7.

Tojir Xo‘jandiyning «G‘aroyibi sipoh» Xojand, 1991

8.

Mirzo Olim Maxdum hojining «Tarixi Turkiston» Qarshi. 1992

9.

Abdulla Qodiriy “O’tgan kunlar” Toshkent. 1999

10.

Mirzo Olim Mushrifning «Ansob us-salotin va tavorix al-xavoqin» («Qo‘qon

xonligi tarixi» nomi bilan nashr etilgan. Toshkent, 1995; rus tilida Solijon

Yo‘ldoshevning ilmiy nashri. Toshkent, 2007)

11.

Muhammad Yunus Tolibnng «Tarixi Aliquli amirlashkar» («Sharq; yulduzi»,

1996, 1-2-son va «Tuhfayi Tolib» (Toshkent-Tokio, 2002)

12.

Muhammad Aziz Marg‘iloniyning «Tarixi Aziziy» (Toshkent, 1999)