MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
238
JAMOAT XAVFSIZLIGI VA JAMOAT TARTIBIGA QARSHI
JINOYATLARNING UMUMIY TAVSIFI VA TURLARI
Karimov Islom Umidullo o’g’li
IIV Surxondaryo akademik litseyi Huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi
Kalit so’zlar: Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar – bu
jamiyat hayotining xavfsiz sharoitlari, aholi sog‘lig‘i, transport harakati va undan
xavfsiz
foydalanish
xavfsizligi
va
axborotlashtirish
sohasidagi
ijtimoiy
munosabatlarga zarar yetkazadigan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida
nazarda tutilgan qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida ifodalangan ijtimoiy xavfli,
huquqqa xilof qilmishlardir. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar uchun javobgarlikni
belgilash jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash kabi muhim ijtimoiy
qimmatliklarni har tomonlama jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, muhofaza qilish
zarurligiga asoslangan.
Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar – shaxs, jamoat va davlatning hayotiy
muhim manfaatlari xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz
qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning
turdosh obyekti shaxs, jamoat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari xavfsizligini
ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat predmeti qilmishga
huquqiy baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, diniy mazmundagi
materiallar (JK 2443 -m.), pirotexnika buyumlari (JK 2501 -m.), kuchli ta’sir qiluvchi
yoki zaharli moddalar (JK 251-m.) va boshqalar. Jamoat xavfsizligiga qarshi
jinoyatlarning obyektiv tomoni harakat (JK 242, 244–248, 2501–252, 2551 -m.) yoki
harakatsizlikda (JK 2571 , 2591 -m.) ifodalanadi. Ayrim turdagi jinoyatlar ham
harakat, ham harakatsizlikda (JK 243, 2481–250, 253– 255, 2552–257, 258, 259-m.)
sodir etilishi mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra
formal (JK 242–2481 , 2501–252, 2551–255 2 , 2571 , 2591 -m.) yoki moddiy (JK
249, 250, 253–255, 256, 257, 258, 259-m.) tarkibli jinoyatlar sifatida ko‘rsatilgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
239
Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning subyektiv tomoni aybning qasd (JK 242–
2481 , 2501–252, 2551 , 2552 , 2571 , 2591 -m.) va ham qasd, ham ehtiyotsizlik (JK
249, 250, 253–255, 256, 257, 258, 259-m.) shaklida ifodalanadi.
Ushbu turdagi jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat sodir etishning motivi va
maqsadi zaruriy belgi sifatida nazarda tutilgan. Masalan, tarqatish yoxud namoyish
etish maqsadi (JK 2441 -m.), biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodir
etishdan o‘zini tiyib turishni talab qilish maqsadi (JK 245-m.). Jamoat xavfsizligiga
qarshi jinoyatlarning subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs
bo‘lishi mumkin.
Ayrim jinoyatlar uchun (JK 247, 252-m.) 14 yoshdan javobgarlik belgilangan.
Ba’zi jinoyatlarning subyektlari maxsus belgilarga ega. Masalan, texnika xavfsizligi,
sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalarga rioya etilishi uchun
mas’ul bo‘lgan shaxs (JK 257-m.). Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning turlari:
Jinoiy uyushma tashkil etish (JK 242-m.)
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (JK 243-m.) Ommaviy
tartibsizliklar (JK 244-m.)
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni
tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish (JK 2441 -m.)
Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan
tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish (JK 244 2 -m.) Diniy
mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki
tarqatish (JK 2443 -m.)
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish,
o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish (JK 2444 -m.) Karantinli va inson
uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri
kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish (JK 2445 -m.)
Yolg‘on axborot tarqatish (JK 2446 -m.) Shaxsni garov sifatida tutqunlikka
olish (JK 245-m.)
Kontrabanda (JK 246-m.)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
240
O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi
moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof
ravishda egallash (JK 247-m.) O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol
asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish
qurilmalarining qonunga xilof muomalasi (JK 248-m.) 139 Uchuvchisiz uchadigan
apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish (JK 2481 -m.) Qurolni va
uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish (JK 249-m.)
Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish
qoidalarini buzish (JK 250-m.)
Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi (JK 2501 -m.) Kuchli
ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash (JK 251-m.)
Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga
kiritish (JK 2511 -m.)
Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash (JK 252-m.)
Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish (JK 253-m.) Radioaktiv
materiallardan qonunga xilof ravishda foydalanish (JK 254-m.) Yadro qurilmalaridan
foydalanish qoidalarini buzish (JK 255-m.)
Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab
chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof
ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish (JK 2551 -m.)
Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini
yaroqsiz holatga keltirish (JK 2552 -m.) Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda
xavfsizlik qoidalarini buzish (JK 256-m.)
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish (JK 257-m.) Sanitariyaga oid
qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish (JK 2571 -m.)
Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish (JK
258- m.) Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish (JK 259-m.) O‘ta muhim va
toifalangan obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni
bajarmaslik (JK 2591 -m.).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
241
Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligiga qarshi
jinoyatlarning turdosh obyekti transport harakati xavfsizligi va undan foydalanish
xavfsizligini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 140 Ko‘rib
chiqilayotgan jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat predmeti qilmishga huquqiy baho
berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, temir yo‘lning harakatlanadigan
tarkibi, havo, dengiz yoki daryo kemasi (JK 264-m.), transport vositasi (JK 267-m.)
va boshqalar.
Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligiga qarshi
jinoyatlarning obyektiv tomoni harakat (JK 2601 , 263–264, 267-m.) yoki ham
harakat, ham harakatsizlikda (JK 260, 261, 262, 265, 266, 268, 269-m.) sodir etilishi
mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal (JK 264,
265, 267-m.) yoki moddiy (JK 260–2631 , 266, 268, 269-m.) tarkibli jinoyatlar
sifatida ko‘rsatilgan.
Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligiga qarshi
jinoyatlarning subyektiv tomoni aybning qasd (JK 264, 265, 267-m.) va ehtiyotsizlik
(JK 260, 261, 266, 268-m.) shaklida ifodalanadi.
Ayrim jinoyatlar aybning ham qasd, ham ehtiyotsizlik (JK 2601 , 262–2631 ,
269-m.) shaklida sodir etilishi mumkin. Mazkur jinoyatlarning subyekti 16 yoshga
to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan noqonuniy muomala
qilishdan iborat jinoyatlar – giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop
moddalar bilan muomala qilish tartibini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga
tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Mazkur jinoyatlarning turdosh obyekti giyohvandlik vositalari, ularning
analoglari va psixotrop moddalar bilan muomala qilish tartibini ta’minlovchi ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarda jinoyat predmeti qilmishga huquqiy baho
berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis
o‘simligi yoxud tarkibida giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan
ekinlar (JK 270-m.), giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
242
moddalar (JK 271–276-m.) va boshqalar. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop
moddalar bilan noqonuniy muomala qilishdan iborat jinoyatlarning obyektiv tomoni
harakat (JK 270–274, 276-m.) orqali sodir etiladi.
Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar – jamiyatda yurish-turish qoidalari va
jamoat osoyishtaligini ta’minlash hamda munosib xulq-atvorda bo‘lishga asoslangan
jamoat tartibini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli
qilmishlardir.
Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning turdosh obyekti jamiyatda yurish-turish
qoidalari va jamoat osoyishtaligini ta’minlash hamda munosib xulq-atvorda bo‘lishga
asoslangan jamoat tartibini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar obyektiv tomondan faol harakatlar orqali
sodir etiladi. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal tarkibli
jinoyatlar sifatida ko‘rsatilgan. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning subyektiv
tomoni aybning qasd shaklida ifodalanadi. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning
subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.
Ayrim jinoyatlar uchun (JK 277-m. 2–3-q.) 14 yoshdan javobgarlik belgilangan.
Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning turlari: Bezorilik (JK 277-m.) Qimor va
tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish (JK 274-
m.).
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar – axborot tizimlari,
ma’lumotlar bazalari va banklaridan huquqiy va xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi
ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir.
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning turdosh obyekti axborot
tizimlari, ma’lumotlar bazalari va banklaridan huquqiy va xavfsiz foydalanishni
ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat predmeti qilmishga
huquqiy baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, maxsus dasturiy yoki
apparat vositalari (JK 2783 -m.), kompyuter uskunasi (JK 2785 -m.) va boshqalar.
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning obyektiv tomoni harakat (JK
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
243
2782–2787 -m.) yoki ham harakat, ham harakatsizlikda (JK 2781 -m.) sodir etilishi
mumkin.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal (JK 2783 ,
2786 , 2787 -m.) yoki moddiy (JK 2781 , 2782 , 2784 , 2785 -m.) tarkibli jinoyatlar
sifatida ko‘rsatilgan. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning subyektiv
tomoni aybning qasd (JK 2782–2787 -m.) va ham qasd, ham ehtiyotsizlik (JK 2781 -
m.) shaklida ifodalanadi. Ushbu turdagi jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat sodir
etishning motivi va maqsadi zaruriy belgi sifatida nazarda tutilgan. Masalan,
kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yo‘q qilib
yuborish, to‘sib qo‘yish, modifikatsiyalashtirish, undan nusxa ko‘chirish yoki uni
qo‘lga kiritish maqsadi (JK 2786 -m.) va boshqalar. Axborot texnologiyalari
sohasidagi jinoyatlarning subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy
shaxs bo‘lishi mumkin.
Jinoiy uyushmani tuzish deyilganda, ikki yoki undan ortiq uyushgan
guruhlarning yagona rahbarlik ostida birlashishi, uyushmaning jinoiy faoliyati rejasi
tuzilishi, vazifalarning uyushgan guruhlar yoki ularning tarkibiy bo‘linmalari
o‘rtasida taqsimlanishi, muayyan jinoyat tayyorlanib amalga oshirilishini va h.k.larni
tushunish zarur.
Jinoiy uyushmaning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga
qaratilgan faoliyat jinoiy uyushma a’zolarini moddiy ta’minlashda, jinoiy uyushmani
har qanday yo‘l bilan qo‘llab-quvvatlashda, masalan, transport vositalarini, qalbaki
hujjatlarni berish, texnika vositalari bilan ta’minlash, jinoiy faoliyat natijasida qo‘lga
kiritilgan pullarni oshkoralashtirish va h.k.larda ifodalanishi mumkin.
Jinoiy uyushma yoki uning bo‘linmalariga rahbarlik qilish jinoiy faoliyat
rejalarini ishlab chiqish, uyushma a’zolari orasida vazifalarning taqsimlanishi, jinoiy
tajovuz obyektlarining tanlanishi, uyushmaning boshqa a’zolariga ko‘rsatma va
topshiriqlar berishda ifodalanadi.
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar har qanday demokratik
jamiyatda fuqarolarning tinch hayotini, ijtimoiy barqarorlikni, qonuniylik va huquq-
tartibotni ta’minlashga qaratilgan huquqiy normalarning buzilishi bilan bog‘liq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
244
bo‘lib, ularning sodir etilishi bevosita jamiyatdagi umumiy xavfsizlik darajasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu jinoyatlar odatda ommaviy tartibsizliklar, ommaviy
yig‘ilishlar qoidalarini buzish, qurol yoki portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash,
transport xavfsizligiga tahdid solish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy
aylanmasi, diniy-ekstremistik materiallarni tarqatish kabi shakllarda namoyon
bo‘ladi.
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar o‘z xususiyatiga ko‘ra
ommaviylik, xavf tug‘diruvchi vositalardan foydalanish, odamlar hayoti yoki
sog‘lig‘iga tahdid solish, keng jamoatchilik e’tiborini tortuvchi xatti-harakatlar bilan
ajralib turadi. Bu turdagi jinoyatlar ko‘pincha oldini olish choralari yetarli
bo‘lmaganda yoki profilaktik nazorat sust bo‘lgan hollarda sodir etiladi.
Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, siyosiy vaziyat, ommaviy axborot
vositalarining ta’siri, diniy va mafkuraviy yo‘nalishdagi tashviqotlar ham ushbu
jinoyatlarning ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida bu turdagi jinoyatlar alohida
boblarda tartibga solingan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: ommaviy tartibsizliklarni
uyushtirish, qurol-yarog‘ yoki portlovchi moddalarni noqonuniy muomalada saqlash,
noqonuniy diniy materiallarni tayyorlash yoki tarqatish, giyohvandlik vositalarini
tayyorlash va tarqatish qoidalarini buzish, transport vositalarini g‘ayriqonuniy
boshqarish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish va boshqalar.
Mazkur mavzuning o‘rganilishi talabalarga jamoat xavfsizligi va ijtimoiy
tartibni ta’minlovchi huquqiy mexanizmlarni chuqur anglashga, jamoaviy
xavfsizlikka tahdid soluvchi xatti-harakatlarni huquqiy jihatdan baholashga va jinoyat
tarkibini aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mavzuning dolzarbligi zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga
huquqiy yondashuvlarni o‘rganish, profilaktika choralarini ishlab chiqish va
huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish imkonini
beradi.
Xulosa qilib aytganda, jamoat xavfsizligi va tartibiga qarshi jinoyatlarning
oldini olish, ularni aniqlash va huquqiy javobgarlik belgilash bo‘yicha samarali
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–3_Июнь –2025
245
tizimning mavjudligi davlat suvereniteti, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklari, ijtimoiy barqarorlik hamda tinchlikni ta’minlashda asosiy omillardan biri
hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida huquqshunos kadrlarning puxta bilimga, huquqiy
tahlil ko‘nikmasiga va amaliy fikrlash salohiyatiga ega bo‘lishini taqozo etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun darslik. – T.:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023 – 184b
3.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – asosiy normativ hujjat.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi – jinoyat ishlari
yuritilishi tartibini belgilaydi.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – jinoyat huquqining asosiy
prinsiplari shu yerda belgilangan.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenum qarorlari
7.
M. Rustambayev. "Jinoyat huquqi (Maxsus qism)" – jinoyat turlarining tahlili.