Authors

  • Karimov Islom Umidullo o’g’li

Author Biography

  • Karimov Islom Umidullo o’g’li

    IIV Surxondaryo akademik litseyi  Huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116143

Abstract

Bugungi kunda tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar butun dunyoga o‘zining ijtimoiy xavfliligining yuqoriligi bilan insoniyat hayotiga, tinchligiga katta xavf solmoqdaki, buning oldini olish, unga qarshi kurash butun dunyo hamjamiyatining eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib turibdi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

230

TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYATLARNING

UMUMIY TAVSIFI VA TURLARI

Karimov Islom Umidullo o’g’li

IIV Surxondaryo akademik litseyi Huquqshunoslik fanlari o’qituvchisi

Kalit so’zlar: Bugungi kunda tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar butun

dunyoga o‘zining ijtimoiy xavfliligining yuqoriligi bilan insoniyat hayotiga,

tinchligiga katta xavf solmoqdaki, buning oldini olish, unga qarshi kurash butun

dunyo hamjamiyatining eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib turibdi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining teng huquqli

a’zosi sifatida tinchlikni saqlash, urushlarning oldini olish va umuminsoniy huquq va

erkinliklarni mustahkamlash borasidagi kurashga munosib hissasini qo‘shib

kelmoqda. Shuni hisobga olgan holda, qonun chiqaruvchi Jinoyat kodeksi Maxsus

qismining ikkinchi bo‘limiga xalqaro hamjamiyatning hayotiy manfaatlariga tajovuz

qiluvchi jinoyatlarni kiritgan.

Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar deganda, tinchlik va insoniyatning

xavfsizligini hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini muhofaza

qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi

Jinoyat kodeksida belgilangan ijtimoiy xavfli qilmishlar tushuniladi.

Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar deganda,

insoniyatning normal yashash turmush tarziga, uning tinchligiga, xavfsizligiga,

davlatlararo xalqaro munosabatlarning shakllanishiga va doimiy barqarorligiga

tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlar tushuniladi.

Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning turdosh obyekti

insoniyatning tinchligini, xavfsizligini, davlatlararo munosabatlarning barqarorligini

ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.

Mazkur turdagi jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat predmeti qilmishga

huquqiy baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, milliy, irqiy, etnik yoki

diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallar (JK 156-m.).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

231

Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning obyektiv tomoni

harakat (JK 150–155, 155

2

–156-m.) yoki harakatsizlikda (JK 155

1

-m.) ifodalanadi.

Mazkur jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal tarkibli jinoyatlar

hisoblanadi. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar subyektiv

tomondan aybning qasd shaklida sodir etiladi.

Ushbu turdagi jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat sodir etishning motivi va

maqsadi zaruriy belgi sifatida nazarda tutilgan. Masalan, jinoyat predmetlarini

tarqatish maqsadi (JK 156-m.).

Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning subyektlari 16

yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Ayrim jinoyatlarning

subyektlari maxsus belgilarga ega. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (JK

154

1

-m.) va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar deganda, davlatimiz

suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, konstitutsiyaviy

tuzumi, iqtisodiyoti hamda ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga tajovuz qiluvchi ijtimoiy

xavfli qilmishlar tushuniladi.

Mazkur turdagi jinoyatlarning turdosh obyekti O‘zbekiston Respublikasining

suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, konstitutsiyaviy

tuzumi va ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar

hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat

predmeti qilmishga huquqiy baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan,

davlat sirlarini tashkil qiluvchi ma’lumotlar (JK 157-m.), davlat siri yoki harbiy sirni

ifodalovchi hujjatlar, ashyo yoki moddalar (JK 163-m.).

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarning obyektiv tomoni faol

harakatlarda ifodalanadi. Mazkur jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal tarkibli

jinoyatlar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar subyektiv tomondan aybning

qasd shaklida sodir etiladi. Faqatgina davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni

yo‘qotish (JK 163-m.) aybning ehtiyotsizlik shaklida sodir etiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

232

Ushbu turdagi jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat sodir etishning motivi va

maqsadi zaruriy belgi sifatida nazarda tutilgan. Masalan, davlat siri hisoblangan

ma’lumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga etkazish

maqsadi (JK 160-m.), davlat organlari faoliyati yoki ijtimoiy-siyosiy vaziyatning

barqarorligiga yoki iqtisodiyotiga putur etkazish maqsadi (JK 161-m.).

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlarning subyektlari 16 yoshga

to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Ayrim jinoyatlarning subyektlari

maxsus belgilarga ega. Masalan, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (JK

160-m.) va boshqalar.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oʻz preambulasida xalqaro

huquqning umume’tirof etilgan normalari ustuvorligini tan olib, 17-moddasida

«Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyektidir.

Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch

bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish,

boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning

umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi», deb belgilangan.

Urushni targʻib qilish ijtimoiy xavfi, avvalo, shaxsning bir mamlakatni

ikkinchi mamlakatga nisbatan qoʻzgʻatish uchun turli shakldagi qarashlar, Qoyalar

yoki chaqiriqlar tarqatib dunyoni va davlatlarning tinchligini xavf ostiga qoʻyadigan

holatga keltirishidir. Urushni targʻib qilish xalqaro huquq me’yorlariga ziddir.

Mazkur jinoyatning bevosita obyekti tinchlik va davlat hamda xalqlarning

rivojlanishi va hayotiy faoliyatining sharti boʻlgan tinch hayot kechirishidir.

Obyektiv tomondan urushni targʻib qilish bir mamlakatning ikkinchisiga

agressiya amalga oshirishiga erishish maqsadida qanday shaklda boʻlmasin qarashlar,

gʻoyalar yoki chaqiriqlar tarqatishdir.

Agressiya urushini rejalashtirish, unga tayyorgarchilik koʻrish sezilarli

ijtimoiy xavf tugʻdiradi, zero bunday harakatlarni sodir etish natijasida davlatlar

orasida tinchlik buziladi va xalqaro munosabatlarda ziddiyat tugʻiladi, natijada bu

harakatlar koʻplab qurbonlarga, binolarning vayron boʻlishiga, shahar va

qishloqlarning yoʻq boʻlishiga olib keladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

233

Hozirgi zamonaviy qurol-yarogʻ turlarini hisobga olgan holda agressiv

urushning oqibatlarini oldindan aytish qiyin.

Agressiyaning bevosita obyekti tinchlik va tinch hayot kechirish asoslari

hamda JK 151-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning quyidagi: agressiv

urushni rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, shu harakatlarni

amalga oshirishga qaratilgan fitnada qatnashishda namoyon boʻladi.

1974 yil 14 dekabrda boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasi sessiya- sida

qabul qilingan qarorida agressiya atamasini «davlat tomonidan Qurolli Kuchlarni

boshqa davlatning suverenitetiga, hududiy daxl- sizligiga yoki siyosiy

mustaqilligiga qarshi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustaviga xilof tarzda qoʻllash»

1

deb ta’riflaydi.

Rezolyutsiyaning 3-moddasida sanab koʻrsatish roʻyxati, usuli bilan

ta’riflanadigan agressiya tushunchasi mavjud. Zikr etilgan harakatlar urush e’lon

qilingan-qilinmaganligidan qat’i nazar, agressiya harakati deb topiladi.

Hech qanday siyosiy, iqtisodiy, harbiy yoki boshqa tasnifdagi fikrlashlar

agressiyani oqlash uchun xizmat qila olmaydi (Rezolyutsiya- ning 5-moddasi).

Agressiv urushni rejalashtirish deganda, urush harakatlarining ishlanmalari va

urush olib borishning strategik va taktik loyihalarining parallel ravishda olib borilishi

va amalga oshirilishi tushuniladi. Shu bilan birga harbiy operatsiyalarni amalga

oshirish uchun zarur boʻlgan kuchlar va imkoniyatlarning hisobini olish, zarur harbiy

obyektlarni loyihalashtirish hamda zaxiraviy ta’minotning hisobini qilish, mobil

loyihalarni tuzish, urushga tayyorgarlikni amalga oshirish uchun ittifoqdosh

davlatlarni urushga jalb qilish boʻyicha harakatlar ishlanmasi va loyihasini ishlab

chiqish, agressiv urushni olib borish yoki alohida harbiy operatsiyalarni amalga

oshirish va h.k. tushuniladi.

Agressiv urushni boshlash deganda, boshqa davlat suverenitetini uning

hududiga agressor davlat Qurollangan Kuchlarining bostirib kirishyoʻli bilan

buzishga qaratilgan aniq harakatlar sodir etishini; harbiy okkupatsiya yoki

anneksiyani hamda qarshi tomonning bostirib kirishiga majbur etuvchi sharoitlarni

yaratish yoki harbiy kuchlarni qoʻllash va harbiy harakatlarni olib borishni boshlash,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

234

strategik qurollanishni qoʻllash uchun sabab va bahonalarni yaratishni tushunish

lozim.

Agressiv urushni olib borish deganda, boshlangan agressiyani davom

ettirishni tushunish lozim boʻlgan harbiy operatsiyalarni qoʻllash, agressor-davlat

tomonidan agressiyaning boshlangʻich akti hisoblangan boshqa davlatga nisbatan

qoʻllanilgan harakatlarini davomli amalga oshirish demakdir.

Xalqaro jinoiy huquq bu jinoyatlarni harbiy jinoyatlar guruhiga kiritadi.

Uning ijtimoiy xavfi, avvalo, shundan iboratki, urushning oʻzi odamlarning oʻlishi va

qirilib ketishiga, shahar va qishloqlarning vayron boʻlishiga, madaniy boyliklarning

yoʻq boʻlib ketishiga, taraqqiyot jarayonining orqaga surilishiga va shu kabi ogʻir

oqibatlarga olib keladi. Shubhasiz, urush qonunlarini buzish har bir urushning

oqibatlarini kuchaytiradi va ogʻirlashtiradi.

Asirlarni qiynash deganda, asirlikda tutib turganlar tomonidan har qanday

noqonuniy harakat yoki harakatsizlik, asirning sogʻligini xavf ostiga qoʻyuvchi,

uning oʻlimiga olib keluvchi holatlar; asirlarni jismonan azoblash, qanday turdagi

boʻlmasin, ilmiy yoki tibbiy tajribaga (faqat, agar tajriba asirni davolash yoki uning

manfaatiga xizmat qilishi bilan oqlanmasa) duchor qilish, repressiyani qoʻllash;

asirlarni ularning sogʻligiga salbiy ta’sir qiladigan va epidemiya tarqalishiga olib

keladigan antisanitar sharoitda saqlash va h.k. tushuniladi.

Tinch aholini urush paytida himoya qilish haqidagi Jeneva Konvensiyasining

49-moddasiga binoan biror-bir bosib olingan hududdan toʻliq yoki qisman

evakuatsiya qilish, agar buni tinch aholi- ning xavfsizligi yoki harbiy koʻrinishdagi

eng muhim sabablar talab qilsa va aholisi bosib olingan hududning eng xavfsiz joyiga

koʻchirilsa va shu taxlitda koʻchirilganlar harbiy harakatlar tugagandan soʻng oʻz

uylariga qaytadigan boʻlsalar, bu holat deportatsiya holatini oʻzida tashkil qilmaydi.

Xalqaro huquq taqiqlagan urush olib borishning usullarini qoʻllash deganda,

urush olib borish jarayonida 1907 yildagi urush qonun va udumlari haqidagi Gaaga

Konvensiyasi, Atrof-tabiiy muhitga dushmanlik bilan va boshqa har qanday vositada

ta’sir etishni taqiqlash toʻgʻrisidagi Konvensiya

1

, Koʻp zarar yetkazuvchi oddiy

qurollarni qoʻllashni cheklash va taqiqlash toʻgʻrisidagi Konvensiya

2

hamda boshqa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

235

xalqaro kelishuvlar tomonidan taqiqlangan urush olib borishning usul va vositalarini

tushunish kerak.

Genotsid – bu insoniyatga qarshi jinoyatdir (Ayni ma’noda, «qavmni, qabilani

oʻldirishdir»). Genotsid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolash toʻgʻrisidagi

Konvensiya

1

ning 1-moddasida, ahdlashuvchi tomonidan genotsid u tinch yoki urush

davrida sodir etilishidan qat’i nazar, xalqaro huquq me’yorlarini buzuvchi ekanligini

tasdiqlaydilar va ular uning oldini olish choralarini koʻrish va uni sodir etganlik uchun

jazolash majburiyatini oladilar, deb ta’kidlangan.

Ushbu Konvensiyaga muvofiq, genotsid biror-bir milliy, etnik, irqiy yoki

diniy guruhni toʻla yoki qisman yoʻq qilishga qaratilgan harakat sifatida belgilanadi.

Bu harakat shu guruh a’zolarini oʻldirish; uning a’zolariga jismonan yoki aqliy shikast

yetkazish, qaysidir guruhni ataylab toʻla yoki qisman yoʻq qilishga moʻljallangan

hayotiy shart- sharoitlar yaratish; shunday guruh muhitida bola tugʻilishining oldini

olishga moʻljallangan chora-tadbirlar; bolalarni insonlarning bir guruhidan

boshqasiga topshirish kabi harakatlar sodir etishda namoyon boʻladi.

Germaniya, Chili, Kampuchiya va boshqa davlatlarda sodir boʻlgan

vahshiyona fashistik harakatlar genotsid hisoblanadi. Genotsidning bevosita obyekti

sayyoramizdagi istiqomat qiluvchi kishilarning millati, etnik, irqiy xususiyatlari yoki

dinidan qat’i nazar, xavfsizligi va tinch-totuvligini ta’minlaydigan ijtimoiy

munosabatlar tizimidir.

Shuni ta’kidlash kerakki, genotsiddan jabrlanuvchilar butun milliy, etnik,

irqiy yoki diniy guruhlar hisoblanadi va genotsid ularni yoʻq qilishga qaratilgan

boʻladi.

Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar insoniyat taraqqiyoti, davlatlarning

suvereniteti, xalqaro hamkorlik va global xavfsizlik uchun eng katta tahdidlar

qatoriga kiradi. Ushbu jinoyatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, nafaqat alohida bir shaxs yoki

davlatga, balki butun xalqaro hamjamiyatga qarshi qaratilgan bo‘lib, ularning

oqibatlari keng ko‘lamli halokatlarga, insoniy fojialarga, siyosiy beqarorlikka va

ijtimoiy inqirozlarga olib kelishi mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

236

Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar deganda, avvalo, agressiya

urushlarini boshlash yoki olib borish, genotsid, xalqaro terrorizm, ommaviy qirg‘in

qurollarini ishlab chiqarish yoki tarqatish, harbiy jinoyatlar, bosqin, okkupatsiya va

boshqa shunga o‘xshash harakatlar tushuniladi. Bu jinoyatlar xalqaro huquq

normalarini, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, Jeneva konvensiyalari

va boshqa xalqaro shartnomalarni qo‘pol ravishda buzadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ushbu turdagi jinoyatlar alohida

bo‘limda tasniflangan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: tajovuzkor urushni

rejalashtirish, tayyorlash, boshlash yoki olib borish; xalqaro tashkilotlar va vakillarga

qarshi jinoyatlar; xalqaro gumanitar huquq normalarini buzish; odamzodga qarshi

jinoyatlar va boshqalar. Bunday jinoyatlar uchun og‘ir jazolar belgilangan bo‘lib, ular

jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashda muhim huquqiy vosita hisoblanadi.

Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar ko‘plab hollarda siyosiy, iqtisodiy,

mafkuraviy va mafiyaviy omillar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan holda sodir etiladi. Bu

esa ularni aniqlash, oldini olish va jazolash jarayonida nafaqat jinoyat huquqi, balki

xalqaro huquq, harbiy qonunchilik, siyosatshunoslik va xavfsizlik sohalaridagi

bilimlarni uyg‘unlashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.

Mazkur mavzuning o‘rganilishi talabalarga xalqaro tinchlikni saqlashga doir

qonunchilik normalarini chuqur anglash, ushbu jinoyatlarning huquqiy mohiyatini

tushunish, jinoyat tarkibi elementlarini tahlil qilish, real hayotiy misollar orqali

amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi. Shu bilan birga, ularning

xalqaro siyosiy jarayonlarga huquqiy baho bera olish, tinchlik va xavfsizlikni

ta’minlashda huquqshunos sifatida faol ishtirok etish salohiyatini mustahkamlaydi.

Xulosa qilib aytganda, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarning oldini

olish va ularni jazolash nafaqat davlatlarning ichki siyosati, balki xalqaro hamkorlik

va huquqiy birdamlik asosida amalga oshirilishi zarur. Bunday yondashuv hozirgi

davrda global xavfsizlik tahdidlariga qarshi samarali kurash olib borishning eng

muhim huquqiy kafolatlaridan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

237

2.

O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun darslik. – T.:

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023 – 184b

3.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – asosiy normativ hujjat.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi – jinoyat ishlari

yuritilishi tartibini belgilaydi.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – jinoyat huquqining asosiy

prinsiplari shu yerda belgilangan.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenum qarorlari

7.

M. Rustambayev. "Jinoyat huquqi (Maxsus qism)" – jinoyat turlarining tahlili.