Authors

  • Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi

Author Biography

  • Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi

    IIV Surxondaryo akademik litseyi

    Huquqshunoslik fani o’qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116166

Keywords:

Jinoyat qonunchiligi jazo tushunchasi jazo maqsadlari jazo turlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi jinoyatchilikni oldini olish jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash jamiyatni himoya qilish.

Abstract

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligida jazo tushunchasi, uning maqsadlari va turlari to‘g‘risida umumiy ma'lumot beradi. Maqolada jazo tushunchasi, jazo qo’llash tartibi ,  maqsad va vazifalari keltirib o’tilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

65

JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAZO TUSHUNCHASI,

MAQSADLARI VA TURLARI

IIV Surxondaryo akademik litseyi

Huquqshunoslik fani o’qituvchi

Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi

Annotatsiya:Ushbu

maqola

O‘zbekiston

Respublikasining

jinoyat

qonunchiligida jazo tushunchasi, uning maqsadlari va turlari to‘g‘risida umumiy

ma'lumot beradi. Maqolada jazo tushunchasi, jazo qo’llash tartibi , maqsad va

vazifalari keltirib o’tilgan.

Kalit so‘zlar:Jinoyat qonunchiligi, jazo tushunchasi, jazo maqsadlari, jazo

turlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, jinoyatchilikni oldini olish,

jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash , jamiyatni himoya qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining

42-moddasi

ga ko‘ra,

jazo

bu jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan davlat tomonidan sud

hukmi asosida qo‘llaniladigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan

huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov

chorasidir. Jazo faqat sud tomonidan tayinlanadi va u faqat jinoyat sodir etishda

aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.

Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom

ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat

sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

Jinoyat kodeksining 43-moddasida Jazo tizimi belgilab qo’yilgan;

Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy

jazolar qo‘llanilishi mumkin:

a) jarima;

b) muayyan huquqdan mahrum qilish;

b

1

) majburiy jamoat ishlari;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

66

v) axloq tuzatish ishlari;

g) xizmat bo‘yicha cheklash;

d

1

) ozodlikni cheklash;

e) intizomiy qismga jo‘natish;

j) ozodlikdan mahrum qilish;

z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.

Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan

mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin.

Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar

faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki

qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.

Jarima

-aybdordan davlat daromadiga belgilangan miqdorda pul undirishdir.

Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz

baravarigacha miqdorda belgilanadi.

Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro

etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda

undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro

etish uchun belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni

bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima

to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud

jarimaning to‘lanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari,

xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish

tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki

yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga

tenglashtirilib, to‘rt yuz sakson soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga, axloq tuzatish

ishlarining, xizmat bo‘yicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan

mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n olti baravari

miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga

tayinlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

67

Muayyan huquqdan mahrum qilish Jinoyat Kodeksining 45-moddasiga

muvofiq

Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida

aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni

egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana

shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida ko‘rsatiladi.

Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati

bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida

tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qo‘shimcha jazo tariqasida

tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi.

Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida

tayinlanmagan bo‘lsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks Maxsus

qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qo‘shimcha

jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.

Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish,

intizomiy qismga jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa,

asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan

muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida

tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy

kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo

tayinlanmaydi, bundan odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan

hollar mustasno.

45

1

-modda. Majburiy jamoat ishlari

Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat

ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan

yoki o‘qiyotgan bo‘lsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda

o‘taladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

68

Mahkumlar majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar

(obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining turi mazkur jazoning ijrosini nazorat

qiluvchi organlar tomonidan belgilanadi.

Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha

bo‘lgan muddatga tayinlanadi va olti oy davomida kuniga to‘rt soatdan ko‘p

bo‘lmagan vaqtda, mahkumga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa,

bir yilgacha bo‘lgan muhlatda kuniga to‘rt soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda o‘taladi.

Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n olti yoshga

to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor

ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, harbiy

xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasida doimiy

yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat

ishlarining o‘talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatini ozodlikni

cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda

hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan

almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga

qo‘shib hisoblanmaydi.

46-modda. Axloq tuzatish ishlari

Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha

miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb

qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki

mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda

o‘taladi.

Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi.

Axloq

tuzatish

ishlari

pensiya

yoshiga

yetganlarga,

mehnatga

qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga

va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining

jami o‘ttiz kundan ko‘prog‘ini o‘tashdan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlasa yoki


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

69

O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketsa, sud axloq tuzatish ishlarining

o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan

mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlangan

vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.

47-modda. Xizmat bo‘yicha cheklash

Xizmat bo‘yicha cheklash — harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan

harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va

imtiyozlardan mahrum qilib, pul ta’minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan

miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir.

Xizmat bo‘yicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus

qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga

qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki og‘ir oqibatlarni keltirib

chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va

mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga

ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o‘rniga shu muddatga

xizmat bo‘yicha cheklash jazosini qo‘llashi mumkin.

Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash muddati davomida

mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonini oshirish mumkin emas, jazoni

o‘tagan vaqt esa, uning ko‘p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon

hamda pensiya olish uchun asos bo‘ladigan xizmat muddatiga qo‘shilmaydi.

48

1

-modda. Ozodlikni cheklash

Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan uy-joyini u yoki bu

sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki o‘qish vaqtidan,

shuningdek ish yoki o‘qish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur

bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashdan iborat.

Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud

tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida o‘taladi. Ozodlikni cheklash, uni

mahkumning yashash joyida o‘tash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati va

sud chiqargan qarorni ijro etishdan bo‘yin tovlashning oldini olish hisobga olingan

holda sud tomonidan belgilanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

70

Qo‘llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan

holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha taqiqlarni (cheklashlarni)

yuklashi mumkin:

muayyan joylarga bormaslik;

ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik;

muayyan faoliyat bilan shug‘ullanmaslik;

muayyan buyumlarga ega bo‘lmaslik yoki ularni o‘zida saqlamaslik;

transport vositasini boshqarmaslik;

mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va

(yoki) o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga

chiqmaslik;

muayyan shaxslar bilan aloqa o‘rnatmaslik;

aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik;

alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik.

Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga o‘zi yetkazgan

moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplash, ishga yoki o‘qishga joylashish

majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga ko‘maklashuvchi boshqa

majburiyatlarni yuklashi mumkin.

Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida

o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazilgan

moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud mahkumga nisbatan ilgari

tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin.

Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin

tovlagan, shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni

bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini

boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqti

o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.

Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga

nisbatan tayinlanmaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

71

49-modda. Intizomiy qismga jo‘natish

Intizomiy qismga jo‘natish — muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisini

sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq bo‘lgan

maxsus harbiy qismga joylashtirish orqali, muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum

etishdir.

Intizomiy

qismga

jo‘natish

jazosi

ushbu

Kodeks Maxsus

qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda uch oydan bir yilgacha muddatga

qo‘llaniladi. Sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch

yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga shu

muddatga intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin.

50-modda. Ozodlikdan mahrum qilish

Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish

koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir.

Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi,

ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma

besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni

og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi)

va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.

Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga

to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan

tayinlanishi mumkin emas.

Ozodlikdan mahrum qilish ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan

bir necha jazolarni qo‘shish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh

yilgacha belgilanishi mumkin.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish

yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu

Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum

etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

72

a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan

jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun

ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-

koloniyalarda;

b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi

marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy

tartibli koloniyalarda;

v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish

tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib yoki o‘tayotgan chog‘ida, qasddan yangi sodir etgan

jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;

g) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda

o‘tash tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek

afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish

bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydilar.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:

a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir

etganlarga hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan

jazoni manzil-koloniyalarda;

b) og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;

v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi

sodir etgan o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli

retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash

tayinlanadi.

Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan

qismiga, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga:

a) o‘ta xavfli retsidivistlarga;

b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan

mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida

jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

73

ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga

to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonunchilikka muvofiq

yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan

tayinlanmaydi.

Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum

saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning

o‘talmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazadi.

51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni

maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan

muddatsiz ajratib qo‘yishdan iboratdir.

Umrbod

ozodlikdan

mahrum

qilish

jazosi

faqat

javobgarlikni

og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi)

va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga

to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan

tayinlanishi mumkin emas.

52-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish

Harbiy yoki maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat

uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi

mumkin.

Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud O‘zbekiston Respublikasining davlat

mukofotiga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganida

sudning hukm asosida kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur unvon yoki

mukofotdan mahrum qilinishi mumkin.

Jazoning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

1. Jinoyatchilikni oldini olish: Jazo orqali jamiyatdagi jinoyatchilikni

kamaytirish va uning oldini olish.

2. Jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash: Mahkumlarni jamiyatga foydali

fuqarolar sifatida qayta tarbiyalash.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

74

3. Jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan adolatni ta'minlash: Jinoyatning

jazoga sazovorligini belgilash orqali adolatni ta'minlash.

4. Jamiyatni himoya qilish: Jinoyatchilikdan jamiyatni himoya qilish va uning

xavfsizligini ta'minlash.

Xulosa

Jinoyat qonunchiligi jamiyatdagi tartibni saqlash, fuqarolarning huquq va

erkinliklarini himoya qilish, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda muhim

rol o‘ynaydi. Jazo tushunchasi, uning maqsadlari va turlari jamiyatda adolatni

ta'minlash va jinoyatchilikni oldini olishda asosiy vosita hisoblanadi.