MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
363
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUN MANBALARI
IIV Surxondaryo akademik litseyi
Huquqshunoslik fani o’qituvchi
Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi
Annotatsiya:Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy
tizimning asosiy elementlaridan biri boʻlgan qonun manbalari tahlil qilinadi. Qonun
manbai tushunchasi, uning huquqiy tartibga solishdagi oʻrni va ahamiyati yoritiladi.
Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarning turlari, ularning ierarxiyasi, xalqaro
huquqning milliy huquq tizimidagi oʻrni hamda Konstitutsiyaning ustuvorligi
xususida ilmiy yondashuv asosida izohlar beriladi. Maqola Oʻzbekistonda amaldagi
huquqiy manbalarni chuqur oʻrganishga, ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini
ochib berishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:Qonun manbai, normativ-huquqiy hujjat, Konstitutsiya,
Oʻzbekiston Respublikasi, xalqaro huquq, ierarxiya, qonunchilik tizimi, huquqiy asos,
qonun ijodkorligi.
Huquqiy davlat barpo etishda qonun manbalarining aniqligi, tartibga
solinganligi va tizimlashtirilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishgach, oʻzining mustaqil huquqiy tizimini
shakllantirdi. Ushbu tizimda qonun manbalari – huquq normalarini belgilovchi asosiy
vosita sifatida oʻz oʻrniga ega.
Qonun manbai tushunchasi
Qonun manbai – bu huquq normalarini oʻzida mujassam etgan, yuritilish
uchun majburiy kuchga ega boʻlgan hujjat yoki vosita. Huquqiy manbalar insonlar
orasidagi munosabatlarni tartibga solishda, ularning huquq va majburiyatlarini
belgilashda muhim rol oʻynaydi.
Qonun
(huquqda) – inson, jamiyat va davlat
manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni
mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
364
organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Qonun davlat huquq
tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ
aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Qonun uchun uni qabul
qilishning alohida tartibi, bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish
jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining
muhokama qilinishi, Qonunning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat.
Qonunlar oʻzida mujassamlashgan normalarning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy
toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosida qabul qilinadigan (organik) va oddiy
Qonunlarga boʻlinadi. Oddiy Qonunlar, oʻz navbatida, kodifikatsiya qilingan va joriy
Qonunlarga boʻlinadi. Federativ davlatlarda Qonunlar, shuningdek, federal va
federatsiya subʼyektlari Qonunlariga ajratiladi. Qonunlarning alohida toifasini
favqulodda Qonunlar tashkil etadi.
Normativlik Qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy
hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ boʻlishi mumkin, lekin ular Qonunchilik
qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni muhofaza
etuvchi boʻlishi mumkin. Qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha
uchun
norma,
meʼyor,
mezon
darajasiga
koʻtarilishidadir.
Qonunda
mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-
takror amal qiladi. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining
qatʼiyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Aynan shu
irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni Qonun vositasi bilan umumiy
yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
2) Konstitutsiyaviy qonun;
3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar);
Qoraqalpogʻiston Respublikasining
Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
365
etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini,
jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va fuqarolarning
huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining,
butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Qonunlarning
barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati
yoʻlida chiqariladi.
Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun
oʻtgach; Qonunda yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan
vaqtdan boshlab. Qonun oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor
qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi
Qonun qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi.
Qonun zamonda amal qiladi. Buning maʼnosi shuki, ayrim Qonunlar orqaga
qaytish kuchiga ega. Yaʼni, Qonun eʼlon qilinmasdan oldin boʻlgan ishlarga shu
Qonun tatbiq etiladi. Jumladan, Oʻzbekistonda jinoyat va maʼmuriy javobgarlikni
yengillashtiruvchi Qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Qonun makonda ham amal
qiladi. Buning maʼnosi Qonunlar mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini
bidsiradi. Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu
hududlar ustidagi havo boʻshligʻi va davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi.
Odatda, Qonunlar ushbu hududdagi barcha subʼyektlar, yaʼni fuqarolar, yuridik
shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
Qonunning oliy yuridik kuchga egaligi quyidagilarda namoyon boʻladi:
Qonunni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim oʻzgartira olmaydi,
bekor qila olmaydi yoki yangisini oʻrnata olmaydi; boshqa barcha normativ-huquqiy
aktlar Qonunga qatʼiy muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi; bironbir
qonunosti normativ-huquqiy akt, yaʼni, qonunga asoslangan hujjat Qonunga zid
boʻlsa, u Qonunga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; Qonunni qabul
qilgan organdan boshqa hech kim uni qoʻshimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan
toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
366
Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy
tuzumning, huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanish
yoʻnalishlari va dasturiy vazifalari oʻz aksini topadi.
Huquq manbalari
— huquqiy nor-malarning ifoda etilish shakllari.
Huquqning birlamchi manbai xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va
qoidalari
hisoblanadi.
(1948-yil 10-dekabr) va boshqa kiradi.
Normativ-huquqiy
hujjatlar
huquqning
asosiy
manbalari
qatoriga
kiradi
da nor-mativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi
turlarini koʻrsatish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
Oʻzbekiston
Respublikasining
kon-stitutsiyaviy
qonunlari;
Oʻzbekiston
Respublikasining qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunchilik
palatasi va Senatining qarorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va
qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar,
davlat qoʻmitalari va
idoralarning huquqiy hujjatlari; mahalliy davlat hokimiyati
organlarining qarorlari.
Huquqning eng qadimiy manbalaridan biri huquqiy odatdir. Huquqiy odat
uzoq davr mobaynida amalda boʻlishi natijasida shakllangan, jamiyatda ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan va davlat tomonidan
umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasi.
Huquqiy pretsedent ham huquq manbai hisoblanadi. Huquqiy pretsedent sud
yoki maʼmuriy organning yozma yoxud ogʻzaki qarori boʻlib, bu qaror kelgusida
barcha shunga oʻxshash ishlarni koʻrib chiqish uchun asos boʻladi.
Normativ shartnomalar ham huquq manbai hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq
mustaqil huquq subʼyektlari oʻrtadida tuziladigan hamda ularning huquq va
majburiyatlarini oʻrnatadigan, oʻzgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlarga
normativ shartno-malar deyiladi. Normativ shartnomalar ayniqsa xalqaro huquqda
katta ahamiyatga ega. Normativ shartnomalar qatoriga kiruvchi xalqaro shartnomalar
subʼyektlariga koʻra — ikki tomonlama va koʻp tomonlama, xususiyatiga koʻra —
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
367
norma oʻrnatuvchi va taʼsis etuvchi shartnomalarga boʻlinadi. Huquqning tarixiy
rivojlanish
davrida
huquqiy
aqida
va
gʻoyalar
huquqning
manbai
hisoblangan
. Qurʼon, sunna, ijmo va qiyos Musulmon huquqlarning asosiy manbaini
tashkil etadi.
3. Normativ-huquqiy hujjatlar ierarxiyasi
Oʻzbekistonda huquqiy hujjatlar qat'iy ierarxik tartibga solingan:
Konstitutsiya
Konstitutsiyaviy qonunlar
Oliy Majlis qonunlari
Prezident farmonlari,qarorlari
Vazirlar Mahkamasi qarorlari
Idoraviy normativ hujjatlar
Mahalliy huquqiy hujjatlar
Bu ierarxiya asosida, past darajadagi hujjatlar yuqori darajadagi hujjatlarga
zid boʻlmasligi kerak.
4. Xalqaro huquq manbalarining oʻrni
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasiga koʻra, agar
xalqaro shartnoma milliy qonunga zid boʻlsa, xalqaro shartnoma qoʻllaniladi. Bu
norma xalqaro huquq prinsiplariga sodiqlikning ifodasidir.
5. Amaliy muammolar va takliflar
Bugungi kunda qonun manbalarining koʻpligi, ularning ba’zan zid kelishi,
huquqni qoʻllashda muammolarga olib kelmoqda. Shu sababli:
Normativ-huquqiy hujjatlar yagona elektron bazasining takomillashtirilishi;
Qonun ijodkorligida xalqaro tajriba va ilgʻor yondashuvlardan foydalanish;
Qonun hujjatlarining soddaligi va tushunarli boʻlishi ta'minlanishi zarur.
Xulosa
Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy tizimi, ayniqsa qonun manbalari
sohasi, izchil rivojlanmoqda. Huquqiy ong va madaniyatning yuksalishi, qonun
hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi fuqarolik jamiyati barpo etishda muhim rol
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
368
oʻynaydi. Qonun manbalari tartibga solingan va tizimli boʻlsa, jamiyatda qonun
ustuvorligi mustahkamlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2023-yilgi tahriri.
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonun, 2000-yil.
Quronov Q., “Huquqshunoslik asoslari”, Toshkent, 2022.
Jalilov S., “Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy tizim asoslari”, Toshkent, 2021.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rasmiy veb-sayti – www.parliament.gov.uz
Adliya vazirligi normativ hujjatlar portali – www.lex.uz