Authors

  • Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi

Author Biography

  • Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi

    IIV Surxondaryo akademik litseyi

    Huquqshunoslik fani o’qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116167

Keywords:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya fuqarolar burchlari huquqiy majburiyatlar davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar jamiyatdagi tartib va barqarorlik javobgarlik mexanizmlari huquqiy kafolatlar.

Abstract

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarini tahlil qiladi. Maqolada fuqarolarning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlari, ularning huquqiy asoslari va amaldagi qonunlar bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, fuqarolarning burchlarini bajarishning ahamiyati va bu burchlarning jamiyatdagi o‘rni yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

61

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING

KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI

IIV Surxondaryo akademik litseyi

Huquqshunoslik fani o’qituvchi

Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi

Annotatsiya:Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga

asoslanib, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarini tahlil qiladi. Maqolada

fuqarolarning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlari, ularning huquqiy asoslari

va amaldagi qonunlar bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,

fuqarolarning burchlarini bajarishning ahamiyati va bu burchlarning jamiyatdagi

o‘rni yoritiladi.

Kalit

so‘zlar:

O‘zbekiston

Respublikasi,Konstitutsiya,fuqarolar

burchlari,huquqiy majburiyatlar, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar,

jamiyatdagi tartib va barqarorlik, javobgarlik mexanizmlari,huquqiy kafolatlar.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, mamlakatimizning asosiy

huquqiy hujjati bo‘lib, fuqarolar va davlat o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni

belgilaydi. Konstitutsiyaning XI bobida fuqarolarning burchlari alohida ta’kidlangan

bo‘lib, bu burchlar fuqarolarning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks

ettiradi.

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari

Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

59-modda

1.

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish

Konstitutsiyaning 60-moddasiga ko‘ra, fuqarolar Konstitutsiya va

qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va

qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

62

2.

Tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash

Konstitutsiyaning 61-moddasiga ko’ra,Fuqarolar O‘zbekiston xalqining

tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.

Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan

muhofaza qilinadi.

3. Atrof-muhitni asrash

Konstitutsiyaning 62-moddasiga ko’ra

,

Fuqarolar atrof tabiiy muhitga

ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar

4. Soliqlarni to‘lash

Konstitutsiyaning

62-moddasiga

ko’ra

,

Fuqarolar

qonun

bilan

belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.

Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy

huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

5. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish

Konstitutsiyaning 62-moddasiga ko’ra

,

O‘zbekiston Respublikasini

himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.

Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga

majburdirlar

.

Fuqarolarning burchlarini bajarishning huquqiy kafolatlari

Konstitutsiyaning 54-moddasiga asosan, Insonning huquq va erkinliklarini

ta’minlash davlatning oliy maqsadidir.

Davlat

inson

hamda

fuqaroning

Konstitutsiya

va

qonunlarda

mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.

Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar

bilan himoya qilishga haqli.

Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat

organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga

xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi

kafolatlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

63

Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda

belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib

chiqilishi huquqi kafolatlanadi.

Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro

shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki

vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya

qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.

Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga

xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni

davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.

Javobgarlik mexanizmlari

Jinoyat kodeksining 194-moddasiga muvofiq, Atrof tabiiy muhitning

ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib

ko‘rsatish

Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik

oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy,

kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sog‘lig‘i, tirik tabiat

uchun xavfli bo‘lgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi

salomatligining holatiga doir ma’lumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim

etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning

qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha

miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch

yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish

ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —

muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash

yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–3_Июнь –2025

64

Fuqarolar konstitutsiyaviy burchlarini bajarmagan taqdirda, ma’muriy yoki

jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin .

Xulosa

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari jamiyatdagi tartib va barqarorlikni

ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ularning bajarilishi davlat va fuqarolar

o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Toshkent 30.04.2023.

2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 22.09.1994.

3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning qanday burchlari bor? - Advice.uz

4. Quronov Q., “Huquqshunoslik asoslari”, Toshkent, 2022.

5. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchlari - TALABA.SU

6. Jalilov S. “Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy tizim asoslari”, Toshkent, 2021.