MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
309
QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLOVCHI
ASOSIY TALABLAR
TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH
IIV Surxondaryo akademik litseyi huquqshunoslik fani bosh o’qituvchisi
Huquqiy demokratiyaga asoslangan jamiyatda qonun ustuvorligi prinsipini
ta’minlovchi asosiy shartlar quyidagilardan iborat.
Birinchidan,
hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining real joriy etilganligi. Bu
prinsipga ko‘ra qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo‘g‘inlari
o‘zlarining Konstitutsiyada va qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat
yuritadilar.
Konstitutsiya va qonunlarga nafaqat fuqarolar, uni qo‘llovchi davlat idoralari
va mansabdor shaxslar ham, shuningdek, qonunlarni yaratuvchi hokimiyat organi
ham itoat etishga majbur. Hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi davlat
tuzilmalarining samarali ishlashi, suiste’mollarning bartaraf etilishi, inson huquq va
erkinlik-lari amalda ta’minlanishi, umuman, demokratiya va qonun ustuvor-ligining
muhim garovidir.
Ikkinchidan,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining
birinchi bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning
huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya va
qonunlariga rioya etilishining kafilidir. Prezident o‘z farmonlari va huquqiy qarorlari
bilan Konstitutsiyaviy tamoyillarning qonunlarda mustahkamlangan qoidalarining
hayotga to‘la joriy etilishi uchun yo‘l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni
yaratadi. Prezidentning o‘zi qonunlarga qat’iy amal qilishi bilan davlat idoralari va
mutasaddi shaxslar uchun ibrat, namuna ko‘rsatib, ularni ham Konstitutsiya va
qonunlarga og‘ishmay rioya etishga safarbar etadi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti 2002 yilning 4 yanvarida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini
o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida” farmoyish qabul qilinganligi jamiyatda aholining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
310
huquqiy bilimdonligi va madaniyatini oshirish bilan birga Konstitutsiyaning mavqei
va nufuzini ko‘tarishga qaratilgan siyosiy-huquqiy tadbirdir.
Uchinchidan,
joriy qonunlar va barcha normativ huquqiy aktlar
Konstitutsiyaga tamomila mos va unga muvofiq yaratilishi lozim. Bu esa mamlakatda
qonuniylik va huquqiy tartibot, taraqqiyot va barqarorlik hukm surishiga olib keladi.
Asosiy qonunimizning 16-moddasi ikkinchi bandida “Birorta ham qonun yoki
boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya norma-lari va qoidalariga zid kelishi
mumkin emas” deb qat’iy qilib belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi ana shu muhim Konstitutsiyaviy-huquqiy prinsipiga rioya
etishni ta’minlashga intilib kelmoqda.
Konstitutsiyaning ustuvorligini ta’minlash uchun alohida muhofaza
mexanizmi bo‘lishini taqozo etadi. Bunday mexanizmning asosiy va markaziy
bo‘g‘inini – Konstitutsiyaviy sud tashkil etadi. Konstitutsiyaviy sud o‘z vazifalarini
bajarishda mustaqildir va o‘z faoliyatida faqat Konstitutsiya normalari hamda
qoidalariga amal qiladi. Uning zimmasiga qonun chiqaruvchi, hukumat va davlat
hoki-miyati mahalliy organlarining qarorlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga
doir ishlarni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. Kons-titutsiyaga sodiqlik,
mustaqillik, oshkoralik va sudyalar huquqlari-ning tengligi Konstitutsiyaviy sud
faoliyatining asosiy prinsip-laridir.
To‘rtinchidan,
qonun ustuvorligini ta’minlovchi va mustah-kamlovchi
vositalardan biri kodekslashtirishdir. Kodekslar huquq tarmog‘ining bosh qonuni
sifatida Konstitutsiya prinsiplarini rivojlantirish yo‘lida yaratiladi va ular
konstitutsiya, konstitu-siyaviy qonunlardan keyingi maqeni egallaydi. Kodekslar
o‘zining mantiqiy mukammalligi, pishiqligi, ichki barqarorligi huquqiy qoidalarga
amal qilganligi tufayli kodeks normalari hayotda o‘zi-ning amalini oson topadi.
Beshinchidan,
qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy omillarini
quyidagicha e’tirof etish mumkin:
qonun chiqaruvchi jarayonni muttasil demokratlashtirib bo-rish –
insonparvar, adolatli xalqchil qonunlar yaratilishining garovidir;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
311
qonunning sifatini mukammallashtirish, uning ichki mexa-nizmi puxta,
yuridik texnika nuqtai nazaridan benuqson bo‘lishiga erishish;
qonunchilikni isloh qilish va takomillashtirishda “qonunda
ta’qiqlanmagan hamma narsaga ruxsat beriladi” (fuqarolar uchun). “Faqat qonunda
mustahkamlangan narsalargagina ruxsat beriladi” (mansabdor shaxslar va davlat
idoralari uchun) degan prinsipga qat’iy amal qilinishiga erishish;
qonunchilik faoliyatining yaqin yillar va istiqbolga mo‘ljal-langan
strategiyasini hamda qonun ustuvorligini ta’minlash konsepsiyasini yaratish;
qonunlar amal qilishining ijtimoiy mexanizmiga e’tibor qaratish. Bu
sohadagi ijtimoiy omillar (ta’sir etuvchi kuchlar, vositalar) ni sinchiklab o‘rganish;
aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish.
Oltinchidan,
qonun osti, idoraviy normativ hujjatlarga havolalar, ya’ni
ilovalar (shior va deklaratsiyalar tarzidagi normalar) ko‘p bo‘lishining oldini olish
zarur. Bunday ilovalar haddan ziyod ko‘p bo‘lishi keyinchalik amaliyotda qonun
chetda qolib, uning o‘rnini idoraviy hujjat egallab olishi bilan qonun ustuvorligiga
ziyon yetishi xavfini keltirib chiqaradi.
Yettinchidan,
qonunlarning barqaror va ustuvor bo‘lishiga erishish. Ularga
tez-tez qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, piro-vard natijada qonunning ahamiyati
va nufuzi tushib ketishiga olib keladi.
Sakkizinchidan,
jinoiy jazolarni liberallashtirish qonun ustuvorligini
ta’minlashning muhim sharti bo‘lib hisoblanadiki, biz mavzuni bayon qilish
jarayonida bunga alohida to‘xtalamiz.
To‘qqizinchidan,
Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashda
prokuror nazoratining roli katta. Prokurorlik nazorati faoliyatida qo‘llaniladigan
taqdimnoma, amrnoma, ogohnoma, qaror va arizalarning sifati va ta’sirchanligining
yanada yuqori bo‘lishida 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan yangi tahrirdagi
“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan qonuniylik, odillik, mustaqillik
va oshkoralik prinsiplari huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan maqsad, xalqimiz
ham, prokuratura xodimlari ham ushbu tamoyillarni aniq tasavvur etishlari kerak.
Holbuki, fuqarolar har bir prokuratura xodimidan ushbu tamoyil-larni ro‘yobga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–2_Июнь –2025
312
chiqarishni talab qilish huquqiga ega. Prokurorlik nazorati olib borayotgan
prokurorlar esa o‘z faoliyatida shu prin-siplarga og‘ishmay rioya etishi shart.
Shunday qilib O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik
jamiyatini shakllantirish maqsadida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini
ta’minlash uchun kompleks tashkiliy huquqiy kafolatlar yaratildi. Albatta,
konstitutsiyaviy
huquqiy
kafolatlar
va
yuridik
mexanizmlarni
muttasil
takomillashtirib, ularning samaradorligini oshirib borish lozim. Shu o‘rinda
Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta’minlashning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-
axloqiy, ruhiy kafolatlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim.