Authors

  • TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

Author Biography

  • TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

    IIV Surxondaryo akademik litseyi huquqshunoslik fani bosh o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85587

Keywords:

fikr erkinligi soʻz erkinligi eʼtiqod erkinligi vijdon erkinligi

Abstract

Ushbu tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fikr, so'z va e'tiqod erkinligining konstitutsiyaviy asoslarini tahlil qiladi.  Tadqiqotda konstitutsiyaviy qoidalarni amaliy qo'llanilishi, mavjud cheklovlar va ularning asosliligi, shuningdek, ushbu erkinliklarni ta'minlashdagi davlatning roli va vazifalari o'rganiladi.  Huquqiy tahlil usuli yordamida olib borilgan tadqiqot natijalari O'zbekistonning xalqaro huquq normalari va demokratik davlatlar tajribasiga muvofiqligi yuzasidan xulosalar beradi.  Tadqiqot natijalari huquqshunoslar, siyosatchilar va inson huquqlari himoyachilari uchun qiziqish uyg'otishi mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

368

FIKR, SO’Z VA E’TIQOD ERKINLIGINING KONSTITUTSIYAVIY

ASOSLARI

TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

IIV Surxondaryo akademik litseyi huquqshunoslik fani bosh o’qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fikr,

so'z va e'tiqod erkinligining konstitutsiyaviy asoslarini tahlil qiladi. Tadqiqotda

konstitutsiyaviy qoidalarni amaliy qo'llanilishi, mavjud cheklovlar va ularning

asosliligi, shuningdek, ushbu erkinliklarni ta'minlashdagi davlatning roli va vazifalari

o'rganiladi. Huquqiy tahlil usuli yordamida olib borilgan tadqiqot natijalari

O'zbekistonning xalqaro huquq normalari va demokratik davlatlar tajribasiga

muvofiqligi yuzasidan xulosalar beradi. Tadqiqot natijalari huquqshunoslar,

siyosatchilar va inson huquqlari himoyachilari uchun qiziqish uyg'otishi mumkin.

Kalit so’zlar: fikr erkinligi,

soʻz erkinligi,

eʼtiqod erkinligi,

vijdon erkinligi

Konstitutsiyamizning 33-moddasida qayd etilganidek: “Har kim fikrlash, so‘z

va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish

huquqiga ega. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat

qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy

axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat

xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun

bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur

bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.”.

Insonning o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqi o‘z ichiga nimalarni qamrab

oladi?

Insonning o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab

oladi:

1),har qanday axborotni izlash;

2),har qanday axborotni olish;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

369

3),har qanday axborotni tarqatish;

4),har qanday axborotni yozma yoki nashr shaklida yoxud badiiy shaklda

ifodalash erkinligini amalga oshirish imkonini beradi (istisno holatlar ham mavjud).

Insonning so‘z va fikrlash erkinligiga nisbatan qonun hujjatlarida muayyan

istisnoli holatlar belgilangan va birinchi navbatda bu holatlar xalq farovonligini va

tinchligini ta’minlash, davlatning konstitutsiyaviy tuzumiga zid bo‘lmaslik, doimo

taraqqiyotga xizmat qilish bilan belgilanadi. Ushbu erkinlikni suiiste’mol qilib sharm-

hayosiz asarlar yaratish, fikrlash, so‘z va matbuot erkinligidan konstitutsiyaviy

tuzumga qarshi maqsadda, boshqalarni badnom qilishni ko‘zlab, axborotlar izlash,

olish va tarqatish huquqidan boshqalarni shaxsiy hayot sirlari yoki davlat, xizmat

yoinki tijorat sirlarini oshkor etish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga

taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. Konstitutsiyamizning

barcha moddalarida ham, garchi ularning matnida axborot va so‘z erkinligi, matbuot

erkinligi, fikr erkinligi, e’tiqod erkinligi kabi tushunchalar ishlatilmagan bo‘lsa-da,

inson va fuqarolarning ana shu huquq hamda erkinliklari ta’minlanishi, himoya

etilishiga xizmat qiladi.

Insonning fikrlash erkinligi qanday amalga oshiriladi?

!,”Insonning fikrlash erkinligi deganda, so‘z orqali amalga oshiriladigan,

fikrini ochiq so‘zlash va boshqa shaxslarning e’tiboriga yetkazish huquqi tushuniladi.”

Ko‘p holatlarda so‘z erkinligi har bir insonning o‘z fikrini ommaviy axborot

vositalarida chiqish, o‘z fikr va e’tirozlarini ochiq so‘zlash erkinligi bilan bog‘liq

bo‘ladi.

!,Bu

erkinlik

quyidagi

normativ

huquqiy

hujjatlar

bilan

kafolatlangan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;“Axborot olish kafolatlari va

erkinligi to‘g‘risida”gi Qonun;“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari

to‘g‘risida”gi Qonun;“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun.

Bir so‘z bilan aytganda, fikrlash, so‘zlash erkinligi, axborotlarni izlash, olish

va tarqatish huquqi fuqarolarga davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok

etish imkonini beradi. Shu o‘rinda mustaqillik yillarida mamlakatimizda fuqarolarning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

370

so‘zlash erkinligi, axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqlarini ta’minlash

borasida chuqur demokratik islohotlar amalga oshirilib kelinayotganligini qayd etib

o‘tish joiz.

Ushbu qonunlarda so‘z erkinligi muayyan huquqlar bilan bir qatorda ma’lum

burch va majburiyatlar mavjudligini ham taqozo etadi. Xususan, ular quyidagilarda

namoyon bo‘ladi:

boshqa shaxslar huquqi va obro‘sini hurmat qilish;

davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi sog‘lig‘i va qadriyatlarini himoya qilish.

Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligining huquqiy asoslari nimalarda o‘z

ifodasini topadi?

Insonning so‘z va fikrlash erkinligi huquqiga doir konstitutsiyaviy normalar

joriy qonunlarda rivojlantirilgan.

Xususan, insonning gazeta, jurnal, televideniye va radio dasturlari va ommaviy

axborot vositalari orqali ma’lumotlarni tarqatish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan

munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tartibga solinadi.

Milliy qonunchiligimizda barcha o‘tkazilayotgan islohot va jarayonlarda

ommaviy axborot vositalari erkinligining suiiste’mol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan

bog‘liq holatlar nazarda tutilgan. Ana shu muammo bilan bog‘liq qoidalar xalqaro

hujjatlarda ham ko‘zda tutilgan va bu borada tegishli kafolatlar mustahkamlab

qo‘yilgan Bunga Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasi,

“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro Paktning 19-moddasi, “Inson

huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‘g‘risida Yevropa konvensiyasi”ning

10-moddasi va boshqa xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar misol bo‘la oladi.

Xalqaro va xorijiy amaliyotda siyosiy debatlar, shu jumladan o‘tkazilayotgan

barcha islohot va jarayonlarda oshkora bildiriladigan axborot va g‘oyalarning himoya

darajasi nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. Bu tushunarli va adolatli mezondir, zotan

kishilar har bir odamga taalluqli bo‘lgan narsalar va voqealardan imkon qadar to‘liq

xabardor bo‘lmog‘i lozim.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–1_ Май –2025

371

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19- moddasiga muvofiq, “Har

bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir

to‘siqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va

g‘oyalarini har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash,

olish va tarqatish erkinligini

o‘z ichiga oladi”.

“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro Paktning 19- moddasida

axborot olish, tarqatish erkinligi va kafolatlari to‘g‘risida shunday deyilgan: “Har bir

inson o‘z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan

mustaqil holda yozma ravishda yoki matbuot vositasida yoki ifodalashning badiiy yoki

o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqacha usullarda turli axborot g‘oyalarini qidirish, olish va

tarqatish erkinligini qamrab oladi, deyilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida belgilangan

insonning fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga tegishli konstitutsiyaviy

me’yorlar inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy andozalarga to‘la mos keladi.