Authors

  • ABSATOVA MUNISA ABDUSALOM QIZI
  • M.Xo’jageldiyeva

Author Biographies

  • ABSATOVA MUNISA ABDUSALOM QIZI

    Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti Musiqiy ta’lim yo’nalishi 23-01 guruh talabasi

  • M.Xo’jageldiyeva

    Musiqa mahorati va madaniyati kafedrasi katta o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116546

Keywords:

O‘zbekiston musiqasi mustaqillik maqom milliy meros bastakorlik ijrochilik ansambl orkestr madaniy taraqqiyot.

Abstract

Maqolada atoqli o’zbek san’atkorlari shuningdek musiqiy jamoalarning o’zbek musiqa san’atidagi roli tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

111

ATOQLI O’ZBEK SAN’ATKORLARI VA MUSIQIY JAMOALARI

ABSATOVA MUNISA ABDUSALOM QIZI

Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti

Musiqiy ta’lim yo’nalishi 23-01 guruh talabasi

Ilmiy rahbar: M.Xo’jageldiyeva

Musiqa mahorati va madaniyati kafedrasi katta o’qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada atoqli o’zbek san’atkorlari shuningdek musiqiy

jamoalarning o’zbek musiqa san’atidagi roli tahlil qilinadi

.

Kalit so’zlar:

O‘zbekiston musiqasi, mustaqillik, maqom, milliy meros,

bastakorlik, ijrochilik, ansambl, orkestr, madaniy taraqqiyot.

Abstract: The article will analyze the role of renowned Uzbek artists as well

as musical ensembles in the development of Uzbek music art

.

Key words:

Uzbek music, independence, maqom, national heritage,

composition, performance, ensemble, orchestra, cultural development.

KIRISH

O‘zbekiston o‘z davlat Mustaqilligiga erishgan kundan boshlab uning musiqa

san’ati rivojida katta o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Bunda, eng avvalo, buyuk

ajdodlarimizdan bebaho ma’naviy meros qolgan mumtoz musiqa (maqom, ashula,

katta ashula, suvora va b.) asarlarini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish ishlari juda

muhim o‘rin tutmoqda. Albatta, bu kabi ijodiy ishlarni amalga oshirishda atoqli

san’atkor-ijrochilarning xizmatlari beqiyosdir. Jumladan, otaxon san’atkorlardan —

O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Alimatov maqomlarda mujassam ma’naviy

go‘zalliklarni tanbur-u satoda, g‘ijjak-u dutorda badiiy “jonlantirib”, xalqimiz

olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston xalq artistlari G‘anijon Toshmatov,

G‘ulomjon Hojiqulov, Abduhoshim Ismoilov, O‘lmas Rasulov kabi mahoratli

sozandalar ham o‘zlarining betakror g‘ijjak nolalari, o‘ziga xos ijro sayqallari bilan

mumtoz musiqa hamda zamondosh bastakorlarning asarlarini “bezak”lashga

musharraf bo‘ldilar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

112

Shuningdek, O‘zbekiston xalq hofizlari Orifxon Hotamov, Fattohxon

Mamadaliev, Ochilxon Otaxonov, Muhammadjon Karimov, Quvondiq Iskandarov,

Hasan Rajabiy, Mahmud Tojiboyev, O‘zbekiston xalq artistlari Otajon Xudoyshukur,

Munojot Yo‘lchiyeva va Maryam Sattorovalari maqom ashula yo‘llarini, ohanglarini

yevropa hamda bastakorlar asarlariga go‘zal tarzda ijro etib, yuksaltirishdi.

Ayni paytda yurtimizda musiqa va xalq musiqa ijodiyoti

namoyandalarining, mumtoz maktab ustozi maqomchi olimlarimizning ilmiy, amaliy

ishlari, Xorazm viloyat televideniyesi huzuridagi Hojixon Boltayev nomidagi

“Maqom” ansambli, O‘ztelekompaniyasi huzuridagi “Dutorchilar” ansambli singari

ijodiy jamoalarning ham alohida o‘rni bor.

Shu bilan birga hozirgi davr O‘zbekiston musiqa san’atida asosan

kompozitorlik ijodiyoti asarlarini yangi turda ijro etishga mo‘ljallangan jamoalar

faoliyati ham ko‘zga tashlanadi. Bu borada ayniqsa “Sug‘diyona” xalq cholg‘ulari

kamer orkestri, O‘ztelekompaniyasi kamer orkestri, O‘zbekiston milliy simfonik

orkestri, Doni Zokirov nomidagi xalq cholg‘ulari orkestri va To‘xtasin Jalilov

nomidagi xalq cholg‘ulari orkestrining konsert chiqishlari e’tiborni bo‘Imoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O‘zbekiston musiqa san’ati asrlar davomida shakllangan chuqur an’analarga

ega. Mustaqillik yillarida bu an’analar ilmiy asosda tiklanib, professional ijrochilik

maktablari rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Turg‘un Alimatov, G‘anijon

Toshmatov, G‘ulomjon Hojiqulov, O‘lmas Rasulov kabi atoqli san’atkorlar maqom

san’atini tanbur, dutor, g‘ijjak kabi cholg‘ular orqali jonlantirdilar.

Milliy hofizlik maktabining yetuk namoyandalari – Otajon Xudoyshukur,

Munojot Yo‘lchiyeva, Orifxon Hotamov kabi ijodkorlar maqom, katta ashula va

folklor musiqasini o‘ziga xos ijro uslubida keng ommaga yetkazdilar. Ularning

faoliyati

yosh

avlod

uchun

ibrat

maktabi

vazifasini

bajarmoqda.

Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘plab yangi ijodiy ansambl va

orkestrlar tashkil etildi. “Maqom”, “Dutorchilar”, “Sug‘diyona” xalq cholg‘ulari

ansambli, O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, kamer orkestrlar faoliyati musiqiy

ijodiyotda muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu jamoalar nafaqat mahalliy, balki xalqaro


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

113

miqyosda

ham

yurtimiz

musiqa

san’atini

namoyon

etmoqda.

Kompozitorlik maktabining rivojlanishi ham mustaqillik davrining muhim

natijalaridan biridir. Yosh bastakorlarning asarlari zamonaviy texnika va an’anaviy

ohanglarni uyg‘unlashtirgan holda, milliy musiqaning yangi yo‘nalishlarini

shakllantirmoqda.

Oʻzbekistonning mustaqilligi tufayli Badiiy havaskorlikda ham

yangi davr boshlandi. Tarixga, maʼnaviy merosga, xalq ijodiyotiga eʼtiborning

kuchayishi oʻz navbatida Badiiy havaskorlik rivojiga ham turtki berdi. Ayniqsa,

milliy bayram, navroʻzning tiklanishi va mamlakat miqyosida oʻtkazilishi natijasida

navroʻz bilan bogʻliq oʻyinlar, tomoshalar, marosimlar tiklandi. Bunda malakali

sanʼatkorlar bilan bir qatorda Badiiy havaskorlik jamoalari, xalq ijodkorlarining

xizmatlari katta boʻldi. Bu davrda estrada havaskorligi taraqqiy topdi. Xalq

oʻyinlarini tiklash va yanada rivojlantirishga qaratilgan bayramlarni oʻtkazish

anʼanaviy tus oldi. Folklor va etnografiya, raqs sanʼati, dorbozlik, qoʻgʻirchoq teatri,

askiya, qiziqchilik va masharabozlik yoʻnalishlaridagi jamoalarning faoliyati izchil

va samarali boʻldi. Bolalarning "Tomosha" nomli oʻziga xos musiqali teatri

maydonga keldi. Ayniqsa, 80-yillarda inqirozga uchray boshlagan Badiiy havaskorlik

teatri qaddini rostlashga kirishdi. 1999-yildan oʻtkazila boshlagan "Nihol" teatr

sanʼati havaskorligi respublika koʻriktanlovi natijalari shundan dalolatdir.

Har yili keng nishonlanadigan Mustaqillik, Navroʻz bayramlarining katta

tomoshalari dasturida Badiiy havaskorlik vakillarining ishtiroki mazkur sanʼat

yoʻnalishini yanada rivojlanishida katta turtki boʻlmoqda. Oʻzbekiston

Respublikasida bir qancha musiqa jamoalari, ashula va raqs ansambllari, drama va

havaskorlik toʻgaraklari mavjud. Bu jamoalarga (eng yirik klublarda), asosan,

professional aktyor, rejissyor, musiqachi, baletmeyster va boshqa rahbarlik qiladi.

Ularning repertuarlari oʻzbek va jahon xalqlari dramaturglarining asarlari, qoʻshiq va

raqslaridan iborat. Musiqa, xor, raqs Badiiy havaskorlik ida erishilgan katta yutuqlar

turli koʻrik va tanlovlar, festivallarda namoyish etib boriladi. Oʻzbekistonda turli

millat vakillarining Badiiy havaskorlik guruhdari (mas, koreys, qozoq, rus va

boshqalar) mavjud. Oʻzbekistondagi professional sanʼat jamoalari (teatrlar, ashula,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

114

raqs ansambllari va boshqalar) oʻz safini koʻp hollarda havaskorlar hisobiga toʻldirib

boradi.

XULOSA

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston musiqa san’ati taraqqiyotining sifat

jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani shubhasiz. Milliy merosning asliyatini

saqlagan holda, zamonaviy musiqiy izlanishlar, ijodkorlar, ansambl va orkestrlarning

faoliyati tufayli xalqimizning madaniy hayoti yuksalmokda. Musiqa nafaqat estetik

tarbiya vositasi, balki jamiyatning ma’naviy yuksalishiga xizmat qilayotgan kuchli

omilga aylandi.Atoqli o’zbek san’atkorlarining musiqiy merosi keng, boy, va

murakkabdir. Aynan xozirgi kungacha sahnalarda ijro etib kelinmoqda.

ADABIYOTLAR

1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: Ma’naviyat, 2008.

2. “O‘zbekiston musiqa merosi” – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi nashri, 2015.

3. Sharipov M. “Maqom san’ati va uning rivojlanish bosqichlari”. – T.: O‘zbekiston

nashriyoti, 2020.4. Alimov, B. (2004). O‘zbekiston xalq musiqa asboblari. Toshkent:

O‘zbekiston

fanlar

akademiyasi

nashriyoti.

5. Askarov, R. (2009). Markaziy Osiyo musiqa madaniyati. Toshkent: Sharq

nashriyoti.

6. Karimov, A. (2011). O‘zbek musiqa san’ati: Tarix va rivojlanish. Toshkent:

O‘qituvchi nashriyoti.