MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
235
O’ZBEKISTONDA DUTOR IJROCHILIGI
ABSATOVA MUNISA ABDUSALOM QIZI
Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti
Musiqiy ta’lim yo’nalishi 23-01 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: M.Xo’jageldiyeva
Musiqa mahorati va madaniyati kafedrasi katta o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada dutorning ijrochilikdagi ahamiyati va milliy musiqa
san’atidagi roli tahlil qilinadi
.
Kalit so’zlar: dutor, dutor oilasi, torli cholg‘u, ijrochilik san’ati, maqom, milliy
musiqa, o‘zbek musiqasi, an’anaviy cholg‘u, ansambl, yakkanavoz ijro.
Abstract:
The article analyzes the types of the dutar, its significance in
performance, and its role in national musical art.
Key words: dutar, dutar family, stringed instrument, performance art, maqom,
national music, Uzbek music, traditional instrument, ensemble, solo performance.
KIRISH
Dutor ikki torli cholg‘u degan ma'noni bildirib, bu cholg'u sozi haqidagi ilk
ma'lumotlar R.L.Sadokovning kitobida, Zaynulobiddin Husayniyning (XV asr)
musiqaga oid risolasida va boshqa adabiyotlarda uchraydi. Bekjon Raxmon o‘g ‘li va
Muhammad Yusuf Devonzodalarning «Xorazm musiqiy tarixchasi» deb nomlangan
risolasidagi ma'lumotlariga ko‘ra, Xorazmni mo‘g ‘ullar bosib olmasdan awal (XI asr)
dutorni deyarli barcha xonadonlarda ko'rish mumkin bo'lgan. Hatto Ko'hna Urganchda
dutorni ta'mirlash va xarrak yasash bilan o‘z oilalarini tirikchiligini tebratgan ustalar
mahallasi bo'lganligi haqida so‘z borishi, dutor sozini qadimdanoq naqadar
ommalashganligini bildiradi. Markaziy Osiyoda o'zbeklar, tojiklar, uyg'urlar,
qoraqalpoqlar va turkmanlar orasida dutor keng ommalashgan cholg'u bo‘lib, har bir
xalqda o'ziga xos o'zgarishlari bilan yasaladi. Birining dastasi kaltaroq, boshqasi
uzunroq , birining kosasi katta - dastasi kalta, birining kosasi ham kichgina - dastasi
ham kalta va hokazo. Faqat o'zbek millatiga xos dutorlarga nazar tashlaydigan bo'lsak,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
236
bunda ham mahalliy uslubiga qarab ushbu cholg'uning turli xillari mavjudligini
ko'ramiz. Masalan, Xorazm dutorlarining kosasi ham dastasi ham kichgina va ixcham.
Bu dutorlar Xorazm baxshilarining jo'rnavoz cholg'usi sifatida ham qo‘llanilgan.
Surxondaryo baxshilarining do'mbiralari esa undanda kichik va parda boylamalari ham
bog'lanmagan.
Toshkent dutorlari ayollar uchun kichikroq, erkaklar uchun kattaroq qilib
yasaladi. Lekin hamma dutorlar ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Zamonlar o'tishi
bilan cholg'u asboblar ham o'zgarib mukammallashib boradi yoki shu cholg'uni
to'ldirish uchun yana shunga o'xshash sozlar yaratiladi. Dutorni misol qilib oladigan
bo'lsak, milliy dutorni yanada takomillashtirish uchun «has» (cho‘p) pardalar qo'yilib
pardalar soni ko'paytirilib xromatiklashtirilgan. Tovush kuchini oshirish va texnik
imkoniyatlarni rivojlanitirish maqsadida esa xromatik pardali dutor oilalari yaratilgan.
Xullas, dutor cholg'usi zamonlar sinovidan o‘tib, bizning davrimizgacha o'zining ijro
xususiyatlarini yanada yorqinroq namoyish qila oladigan nafosatli soz sifatida
rivojlanib kelmoqda. Dutorning shakllanish jarayoni zabardast sozandalarning ijro
uslubari, mehnatsevar ustalarning maktablari va amaliy imkoniyatlari bilan bog'liq
bo'lib kelgan. Mustaqilligimiz buyuk ajdodlarimizni boy tarixiy qadriyatlarini yanada
rivojlanishiga e'tiborni kuchaytirib, Vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash
talablari bilan biz ustozlar oldiga muhim vazifalarni qo'ymoqda. Ma'naviy uyg'onish
samarasi insonlarni o'zligini anglashi, milliy g'ururi, oriyati, ajdodlarimiz o'tmishidan
faxrlanish, madaniyat va ma'naviyatga xizmat qiluvchi eng yaxshi namunalarni
rivojlantirishda hissa qo'shish, xullas kelajak har kimning o‘z qo'lida mehnatida va
ongli faoliyatida ekanligini his qilishda namoyon bo'lmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Prezidentimizning 2008-yil 7-yanvardagi «Musiqiy ta'limni rivojlantirish,
bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyatini takomillashtirish to‘g ‘risida»gi F-2908-
sonli farmoyishi va shu asosda Vazirlar Mahkamasining 910-sonli qaroriga ko‘ra,
ma'naviyatning bir irmog'i bo'lgan musiqa - katta ta'sirchan kuchga ega tarbiya vositasi
bo'lib, ruhiyatga hayotbahsh kuch bera oladigan jon ozig'idir. U insonning zavqlanishi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
237
huzurlanishi, rohatlanishi, maroqli dam olishi, taskin topishi fikrlashi va falsafiy
mushohada qilishi uchun katta yordam beradi.
Har bir insonda go‘zallik tuyg'usini taraqqiy ettirmay turib, ma'naviy barkamol
inson haqida gapirish noo'rindir. U tarixan shakllangan va muayyan davrda amalda
bo'lgan badiiy ijod namunalarida mujassamlashgan go'zallikni his qila olmas ekan,
hech qachon «m a’naviy barkamol» inson darajasiga ko'tarila olmaydi. Musiqa insonni
go'zallikga yetaklovchi, badiiy estetik va tarbiyaviy ahamiyatga ega san'at turlaridan
biridir. Uni his qiladigan, tinglay oladigan va idrok eta oladigan shaxsni tarbiyalash va
voyaga yetkazish birdan-bir orzulardan bo'lib kelgan.
Farobiy «Musiqa haqida katta kitob» asarida musiqani uch qismga
taqsimlagan:
- Insonga huzur-halovat baxsh etuvchi;
- Ehtiroslarni qo'zg'ab jo'shqin qiluvchi;
- O‘yga toldiruvchi, fikrlashga, tafakkur qilishga undovchi musiqa turlariga
ajratadi.
U musiqani rivojlanish bosqichlari, uni inson ruhiga ta'siri, ma'naviy ozuqa
sifatida ezgu ishlarga ruhlantirishi, xursandchilik va qayg'u kunlarda insonga hamdam
bo'la olishi va nihoyat katta ishlarni amalga oshirish uchun kurashga chorlay olishini
e'tirof etgan. Musiqa insonning mukammal bo'lm agan hulqini mukammallashtirishini,
ya'ni muvozanatda saqlab tura olishini bu esa inson ruhiyatining salomatligini
muhofaza qilishini, ruh salomat bo'lsa, tana bardam va muvozanatda turishi musiqa
ham, ilm darajasida o'rganilishi foydali ekanligi haqida batafsil bayon etgan. Al-
Forobiy musiqa insonning nozik sezgilari, tug'ma iste'dod va salohiyatlarning mevasi
ekanligini ta'kidlash bilan birga insonni ma'naviyati, ma'rifati, ongi va tushunchalarini
to'ldiruvchi ruhiy ne'mat ekanligini ham uqtiradi. Ibn Sino ham musiqa haqida o‘z
fikrlarini bildirib, insonni go‘dakligidan to umrining oxirigacha zarur va foydali
bo'lgan musiqani badiiy estetik va tarbiyaviy qadriyat hisoblaganligi hech kimga sir
emas.
Milliy musiqa madaniyatimiz o'zining azaliv manbaalaridan kuch olib,
mustaqilligimiz davrida milliy ruhiyatni, ma'naviy kamolotni, shakllantirishga xizmat
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
238
qilmoqda. Zamonaviy janrlar bilan boyigan holda xalqimizni sog'lom ilmli jamiyat
qurishga ruhlantirmoqda. Musiqa madaniyati awalo milliy o‘zlikni his qilishni eng
ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. U go'zallik, ulug'vorlik, ko‘tarinkilik,
tushkunlik, g'amginlik va boshqa xususiyatlar bilan insonni ma'naviyatiga ta'sir
ko‘rsatadi.
Uning hayotga bo'lgan estetik munosabatlarini kuchaytiradi va noziklashtiradi,
ayniqsa yoshlarning iste'dodini ro'yobga chiqarish, axloqan poklanish, hayotga
moslashish, biror kasb-hunar egasi sifatida ijtimoiy faollikni amalga oshirishiga
yordam beradi. Hozirgi davrda musiqa maktablari, litseylar, kollejlar va O‘zbekiston
davlat konservatoriyasida dutor sinflari tashkil etilgan va ilg'or o'qituvchilar dutor
chalish sirlarini yoshlarga o'rgatmoqdalar. Ta'lim muassasalarida dutor o'rgatish ikki
xil yo‘nalishda olib borilmoqda: Birinchisi an'anaviy «Ustozdan shogirdga» uslubi
bo'lsa, ikkinchisi nota yozuvi vositasida uni o'qib chalish uslublari qo'llanilmoqda. 0
‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab A.I.Petrosyans va Usta Usmon Zufarovlar
tomonidan dutorlarga q o'shim cha pardalar o ‘rnatilib tovush ko'lam i kengaytirilgan
va xromatiklashtirilgan hamda Markaziy Osiyodagi barcha dutorlar andozalari asosida
«dutorlar oilasi» yaratilgan. Masalan, dutor tenor - o'zbek milliy dutorning
xromatiklashgan turi bo'lsa, dutor alt - ayollar dutoridan andoza olingan, dutor sekunda
- Xorazm dutori; dutor prima - Surxondaryo-Qashqadaryo baxshilar do'mbiralari va
tojiklarning do'mbiraq cholg'ulari asosida yaratilgan. Dutor bas esa ko'proq rus
domrasidan andoza olingan. Dutorlarni nota o‘qish yo'li bilan o'rgatilishi yo'lga
qo‘yilganligi, shu asbob ijrochilari uchun yana ham keng sharoitlarni yaratib berdi.
Buning natijasida dutorda o‘zbek kompozitorlari hamda Yevropa va boshqa chet el
mualliflarining turli hajmdagi asarlarini ijro etish darajasiga ko'tarildi.
O’zbekistonda o'zbek xalq cholg'ulari uchun ko'rik-tanlovlar va festivallar juda
ko'plab o'tkazilmoqda. Ushbu sinovlarda dutor ijrochilari ko'pchilikni tashkil qiladi.
Shuningdek, hozirda nafaqat O'zbekistondagi tanlovlar, xalqaro tanlov va festivallarda
ham o'quvchilarimiz boshqa xalq tinglovchilarni lol qoldirib g'oliblikni qo'lga kiritib
kelmoqdalar.
XULOSA
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
239
Dutor – o‘zbek milliy musiqasi va madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib, uning
shakllanishi, rivojlanishi va ijrochilik san’atidagi o‘rni uzoq tarixga ega. Bu cholg‘u
asbobi nafisligi, mayin va jozibali ovozi bilan ajralib turadi hamda xalqimizning ruhiy
olami va an’anaviy san’atini aks ettiradi. Dutor nafaqat yakkanavoz cholg‘u sifatida,
balki ansambl va orkestr tarkibida ham o‘ziga xos ovoz beruvchi asosiy cholg‘ulardan
biri hisoblanadi. Ushbu maqolada dutor oilasining turli shakllari va ularning
ijrochilikdagi o‘rni ko‘rib chiqildi. Dutorning an’anaviy, uch torli, katta va mini turlari
ijrochilik imkoniyatlarini kengaytirib, musiqa san’atining turli yo‘nalishlarida
qo‘llanilmoqda. Xalq qo‘shiqlari, maqom san’ati, zamonaviy estrada va akademik
musiqa dutor ijrochiligida muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda dutor san’ati O‘zbekiston musiqa ta’limi tizimida muhim fan
sifatida o‘qitilib, yangi avlod ijrochilarini yetishtirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Konservatoriyalar, san’at akademiyalari va musiqiy ansambllarda dutor ijrochiligi
chuqur o‘rganilib, an’anaviy hamda zamonaviy yondashuvlar uyg‘unligida
rivojlanmoqda.Dutor faqat milliy musiqamizning bir qismi bo‘lib qolmay, balki
xalqimizning ma’naviy va estetik qarashlarini ifoda etuvchi muhim san’at turi sifatida
yashab kelmoqda. Uning yosh avlod orasida ommalashishi va rivojlanishi milliy
musiqiy merosimizni saqlash va yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu sababli, dutor san’atini o‘rganish va rivojlantirish milliy madaniyatimizga
bo‘lgan hurmat va sadoqatning yana bir yorqin namunasidir.
ADABIYOTLAR
1. Alimov, B. (2004). O‘zbekiston xalq musiqa asboblari. Toshkent: O‘zbekiston fanlar
akademiyasi nashriyoti.
2. Askarov, R. (2009). Markaziy Osiyo musiqa madaniyati. Toshkent: Sharq
nashriyoti.
3. Karimov, A. (2011). O‘zbek musiqa san’ati: Tarix va rivojlanish. Toshkent:
O‘qituvchi nashriyoti.
4. Mirzayev, M. (2016). Dutor va uning tarixi. Toshkent: Ijtimoiy fikr nashriyoti.
5. Xudoyberdiyev, N. (2017). Maqom san’ati va dutor. Samarqand: Samarqand
universiteti nashriyoti.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
240
6. Usmanov, F. (2015). Markaziy Osiyo musiqa asboblari va ijrochilik. Buxoro:
Buxoro
davlat
universiteti
nashriyoti.