MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
345
DUTOR OILASI VA UNING IJROCHILIKDA
TUTGAN O’RNI
ABSATOVA MUNISA ABDUSALOM QIZI
Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va san’at fakulteti
Musiqiy ta’lim yo’nalishi 23-01 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: M.Xo’jageldiyeva
Musiqa mahorati va madaniyati kafedrasi katta o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada dutorning turlari, ijrochilikdagi ahamiyati va milliy
musiqa san’atidagi roli tahlil qilinadi
.
Kalit so’zlar: dutor, dutor oilasi, torli cholg‘u, ijrochilik san’ati, maqom,
milliy musiqa, o‘zbek musiqasi, an’anaviy cholg‘u, ansambl, yakkanavoz ijro.
Abstract:
The article analyzes the types of the dutar, its significance in
performance, and its role in national musical art.
Key words: dutar, dutar family, stringed instrument, performance art,
maqom, national music, Uzbek music, traditional instrument, ensemble, solo
performance.
KIRISH
Dutor – Markaziy Osiyoning qadimiy torli cholg‘u asboblaridan biri bo‘lib,
O‘zbekiston musiqa madaniyatida muhim o‘rin tutadi. U o‘zining nafis ovozi, keng
ijro imkoniyatlari va milliy musiqamizdagi o‘rniga ko‘ra xalq orasida juda mashhur.
Ushbu maqolada dutor oilasining turlari, uning ijrochilikdagi ahamiyati va milliy
musiqa san’atidagi o‘rni tahlil qilinadi.Dutor milliy musiqa san’atining ajralmas
qismi bo‘lib, u xalqning ruhiy olami, tarixi va madaniyatini ifodalaydi. Dutor
ijrochiligi O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda musiqiy meros sifatida yuqori
baholanadi. Mashhur dutorchilar o‘z ijodi orqali dutor san’atini rivojlantirib, uni
yangi avlodga yetkazmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
346
Bugungi kunda dutor O‘zbekiston konservatoriyalari, musiqa maktablari va
san’at akademiyalarida o‘rganilayotgan asosiy cholg‘u asboblaridan biri bo‘lib, milliy
musiqamizni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Dutor tenor
asosida dutor prima, dutor sekunda, dutor alt, dutor bas
va dutor kontrabasdan tashkil topgan dutor oilasi yaratildi.
Dutorlarning sozlanishi:
Dutor prima – birinchi oktava birinchi tori lya; ikkinchi tori re,mi
Dutor sekunda – (yozilishi) birinchi tori birinchi oktava re; ikkinchi tori kichik
oktava sol, lya.
Dutor alt- (eshitilishi) kichik oktava birinchi tori lya; ikkinchi tori re, mi.
An’anaviy milliy dutor- birinchi tori kichik oktava re; ikkinchi tori katta
oktava sol, lya, ba’zan ikkala tori ham rega sozlanadi.
Ipak torlari o‘rniga ichak tor tortiladi. Pardalar dastasini oyib xromatik holda
doimiy o‘rnatilgan. Torlari kvarta va unisonga sozlanadi. Birinchi oktavadagi “mi va
lya” ga sozlanib, notalar skripka kalitida yoziladi. Notalar eshitishiga nisbatan oktava
yuqorida yoziladi. Hajmi kichik oktavadagi mi-lyadan birinchi oktavadagi sol va
ikkinchi oktavadagi do ga qadar.
Applikatura jihatidan rubob prima, g‘ijjak asboblariga o‘xshab ijro etiladi.
Masalan pissikato, bidratma, stakatto, va hokazo. Dutor primaning umumiy ovoz
hajmi birinchi oktavadagi mi tovushidan uchinchi oktavadagi lya tovushiga qadar
bo‘lib, orkestrda solo va jo‘rnavoz bilan ijro etiladi. Dutor sekunda - yangi ishlangan
dutorlar oilasiga mansub cholg‘u, ovoz jihatidan o‘rtacha registrda, uning ham torlari
ikki ipak tordan iborat bo‘lib, kavarta oralig‘ida sozlanadi. Tashqi ko‘rinishi dutor
primadan bir oz kattaroq qilib ishlangan, ya’ni dutorlarning kosasi bir xil, lekin
dastasining uzunligi har xil ishlangan. Lya va re ga sozlanib, umumiy ovoz hajmi
kichik oktavadagi lya tovushidan ikkinchi oktava re tovushigacha sozlanadi.
Dutor alt – “Dutor” atamasi forscha bo‘lib, “du” - ikki va “tor” ma’nolarini bildiradi.
Ijrochining o‘ng qo‘li barmoqlari dutor torlarini cherish orqali musiqiy
tovushni xosil qiladi. Chap qo‘l barmoqlari bilan esa tovush pardalari boshqariladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
347
Boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi, o‘zbeklarda ham turli hududlarning mahalliy
sheva guruhlarida dutorning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi atamalar turlicha
ifodalaniladi. Uning ayrim qismlarining nomlari maxsus tub ma’noga ega. Masalan
“Quloq”, “Xarrak”, “Kosaxona” va h.k. atamalarda ana shunday ma’no mavjud.
Dutor kvarta - kvintaga, oktava va unisonga ham sozlanadi. Dutorlar to‘qqiz
tuzilishga ega:
1.Dastasi
2.Kosasi
3.Asosiy harrak
4.Shayton harrak
5.Quloqlari
6.Pardalari
7.Tiqn ya’ni simni ko‘rsatuvchi
8.Ovoz joyi
9.Simlari ya’ni lya va mi
Dutor an’anaviy cholg‘ular orasida turli va rang barang zarblarga boy, nafis
va nazokatli, falsafiy ovozga boyligi bilan ham ajralib turadi. Shuningdek dutorda
quyidagi shtrixlar kop qo‘llaniladi:
Yakka zarb - oddiy zarblardan biridir. Sozanda dutorni dastlabki o‘rganish
davrida o‘ng qo‘lda quyidagi belgilar asosida П- (pastga) va V- (yuqoriga) zarblar
asosida ochiq torda harakatlantiriladi. П - (pastga) harakat belgisini bildiradi, bunda
bosh
barmoqdan
tashqari
barcha
barmoqlar
pastga
harakatlanadi.
V - (yuqoriga) harakat belgisi, bosh barmoq pastdan yuqoriga harakatlanadi, bunda
bosh barmoqqa qolgan to‘rtta barmoq yig‘ilgan holatda qo‘yilib, birga harakatlanadi.
Yuqoriga zarb - pastdan yuqoriga bosh barmoq bilan uriladi. Zarb kuchli
chiqishi uchun bosh barmoq tagidan ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar itarib chiqaradi.
Bu
zarb
B
(bosh
barmoq)
belgisi
bilan
belgilanadi.
Terma zarb - (Tanovar zarbi) dutor ijrochiligida keng qo‘llaniladigan zarblardan
hisoblanadi. Asosan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar ishtirokida amalga oshiriladi.
Zarb yuqoridan pastga urila boshlaganda avval ko‘rsatgich barmoq keyin esa bosh
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
348
barmoq torni urib pastga harakat amalga oshiriladi. Bu zarb notada “k” belgisi bilan
ko‘rsatilgan.
“Tremolo – italyan tilidan – tremolo – titrab turuvchi, titrab turish ma’nosini
bildiladi”. Ushbu zarbni maromiga yetkazib ijro etish uchun ijrochidan ancha mehnat
va qunt talab qilinadi. Tremolo – bilak yordamida ko‘rsatkich barmoqni pastga va
tepaga torlarni tez va uzluksiz chertishdan hosil bo‘ladi. Ushbu zarbni yozuvda
ifodalash uchun, notalarning yuqori qismiga “tremolo” yoki “trem.” so‘zlari yoziladi.
Asar ijrosdida tremoloning sifati zarbning bir tekis ijro etilishiga bog‘liqdir. Teskari
zarb – dutor ijrochiligida eng ko‘p ijro etiladigan zarblardan biri. Ushbu zarbning
o‘nlab xilma – xil ko‘rinishlarini ijro qilish mumkin. Bu ijrochiga bog‘liq.
Ushbu zarb o‘ng qo‘l bilagi bilan pastga, bosh barmoq bilan yuqoriga,
ko‘rsatkich barmoq bilan ham yuqoriga, bilak bilan pastga, bosh barmoq bilan
yuqoriga, ko‘rsatkich barmoq bilan ham yuqoriga, bilak bilan pastga, bosh barmoq
bilan yuqoriga ijro etish orqali hosil bo‘ladi. Bunda o‘ng qo‘lning yo‘nalishi
“ПVVПVVПV” ko‘rinishida belgilanadi. Barmoqlar esa notaning pastki qismiga
quyidagicha yozib qo‘yiladi: “p.b.k.p.b.k.p.k”. Dutorda o‘ng qo‘l texnikasini
o‘stirishda terma zarb, teskari zarb, rezlarni o‘rni beqiyosdir, sababi ularning har biri
o‘zgacha ijro qilinadi. Ushbu zarblarda bevosita ko‘rsatkich va bosh bormoqlar
qatnashadi,
bilak
esa
yordam
beradi.
Bunda
bilakning
bir
maromda yumshoq, erkin harakatlanishi ta’minlansa, turli xildagi asosiy zarblarni
amalga oshirish imkoniyatlari kengayadi.
Dutor ijrochiligidagi o‘rni. Dutor ijrochiligi nafislik va lirizm bilan ajralib
turadi.
Bu cholg‘u asbobidan quyidagi yo‘nalishlarda keng foydalaniladi:
Yakkanavoz ijrochilik – dutor solo cholg‘u sifatida xalq qo‘shiqlari va mumtoz
asarlarni ijro etishda ishlatiladi.
Ansambl va orkestr ijrochiligi – dutor boshqa milliy cholg‘ular bilan
uyg‘unlashib, ansambl va orkestr tarkibida ham muhim rol o‘ynaydi.
Maqom va xalq qo‘shiqlarida – maqom san’atining ajralmas qismi bo‘lib,
mumtoz musiqa namunalarini ijro etishda ishlatiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
349
Zamonaviy musiqa – bugungi kunda dutor nafaqat an’anaviy musiqada, balki
zamonaviy estrada va eksperimental janrlarda ham qo‘llanilmoqda.
XULOSA
Dutor – o‘zbek milliy musiqasi va madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib,
uning shakllanishi, rivojlanishi va ijrochilik san’atidagi o‘rni uzoq tarixga ega. Bu
cholg‘u asbobi nafisligi, mayin va jozibali ovozi bilan ajralib turadi hamda
xalqimizning ruhiy olami va an’anaviy san’atini aks ettiradi. Dutor nafaqat
yakkanavoz cholg‘u sifatida, balki ansambl va orkestr tarkibida ham o‘ziga xos ovoz
beruvchi asosiy cholg‘ulardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada dutor oilasining turli
shakllari va ularning ijrochilikdagi o‘rni ko‘rib chiqildi. Dutorning an’anaviy, uch
torli, katta va mini turlari ijrochilik imkoniyatlarini kengaytirib, musiqa san’atining
turli yo‘nalishlarida qo‘llanilmoqda. Xalq qo‘shiqlari, maqom san’ati, zamonaviy
estrada va akademik musiqa dutor ijrochiligida muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda
dutor san’ati O‘zbekiston musiqa ta’limi tizimida muhim fan sifatida o‘qitilib, yangi
avlod ijrochilarini yetishtirishda muhim rol o‘ynamoqda. Konservatoriyalar, san’at
akademiyalari va musiqiy ansambllarda dutor ijrochiligi chuqur o‘rganilib, an’anaviy
hamda zamonaviy yondashuvlar uyg‘unligida rivojlanmoqda.Dutor faqat milliy
musiqamizning bir qismi bo‘lib qolmay, balki xalqimizning ma’naviy va estetik
qarashlarini ifoda etuvchi muhim san’at turi sifatida yashab kelmoqda. Uning yosh
avlod orasida ommalashishi va rivojlanishi milliy musiqiy merosimizni saqlash va
yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, dutor
san’atini o‘rganish va rivojlantirish milliy madaniyatimizga bo‘lgan hurmat va
sadoqatning yana bir yorqin namunasidir.
ADABIYOTLAR
1. Alimov, B. (2004). O‘zbekiston xalq musiqa asboblari. Toshkent: O‘zbekiston
fanlar akademiyasi nashriyoti.
2. Askarov, R. (2009). Markaziy Osiyo musiqa madaniyati. Toshkent: Sharq
nashriyoti.
3. Karimov, A. (2011). O‘zbek musiqa san’ati: Tarix va rivojlanish. Toshkent:
O‘qituvchi nashriyoti.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
350
4. Mirzayev, M. (2016). Dutor va uning tarixi. Toshkent: Ijtimoiy fikr nashriyoti.
5. Xudoyberdiyev, N. (2017). Maqom san’ati va dutor. Samarqand: Samarqand
universiteti nashriyoti.
6. Usmanov, F. (2015). Markaziy Osiyo musiqa asboblari va ijrochilik. Buxoro:
Buxoro
davlat
universiteti
nashriyoti.