MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
232
VIRTUALIZATSIYA TEXNOLOGIYASI VA UNING QO’LLANISH
SOHALARI
Umarov Bekzod Azizovich
Farg‘ona davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi
katta o‘qituvchisi p.f.b.d (PhD)
ubaumarov@mail.ru
Satinova Gulshanoy To’lanboy qizi
Farg‘ona davlat universiteti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada virtualizatsiya texnologiyasining zamonaviy
axborot texnologiyalari infratuzilmasidagi o‘rni, rivojlanish tarixi va asosiy
tamoyillari keng yoritilgan. Virtualizatsiya orqali fizik resurslardan samarali
foydalanish,
xarajatlarni
kamaytirish,
tizimning
ishonchliligini
oshirish
imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada server, tarmoq, saqlash tizimlari va
container virtualizatsiyasi kabi yo‘nalishlar bilan birga, bulutli texnologiyalar va
containerizatsiyaning ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, virtualizatsiyani
boshqarish vositalari, hypervisor turlari, virtual mashinalar va containerlar,
resurslarni optimallashtirish va monitoring qilish tizimlari haqida batafsil ma’lumot
berilgan. Virtualizatsiyaning dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazishdagi roli ham
ochib berilgan. Ushbu maqola virtualizatsiya texnologiyalarini chuqur tushunishga,
ularni amaliyotda samarali joriy etishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: virtualizatsiya, hypervisor, server virtualizatsiyasi,
containerizatsiya, bulutli hisoblash, virtual mashina, IT infratuzilma, resurslarni
boshqarish, tarmoq virtualizatsiyasi, saqlash tizimlari, VMware, Docker, OpenStack.
Annotation: This article extensively covers the role of virtualization
technology in modern information technology infrastructure, its history of
development and basic principles. The possibilities of effective use of physical
resources, cost reduction, and system reliability through virtualization are analyzed.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
233
The article examines areas such as server, network, storage systems, and container
virtualization, as well as the importance of cloud technologies and containerization.
It also provides detailed information about virtualization management tools, types of
hypervisors, virtual machines and containers, and resource optimization and
monitoring systems. The role of virtualization in software testing is also revealed.
This article serves to provide a deep understanding of virtualization technologies and
their effective implementation in practice.
Keywords: virtualization, hypervisor, server virtualization, containerization,
cloud computing, virtual machine, IT infrastructure, resource management, network
virtualization, storage systems, VMware, Docker, OpenStack.
Аннотация: В статье подробно рассматриваются роль, история
развития и основные принципы технологии виртуализации в современной
инфраструктуре информационных технологий. Были проанализированы
возможности эффективного использования физических ресурсов, снижения
затрат и повышения надежности системы за счет виртуализации. В статье
рассматриваются такие области, как серверная, сетевая, системы хранения
данных и виртуализация контейнеров, а также важность облачных
технологий и контейнеризации. В нем также содержится подробная
информация об инструментах управления виртуализацией, типах
гипервизоров, виртуальных машинах и контейнерах, а также системах
оптимизации и мониторинга ресурсов. Также раскрыта роль виртуализации в
тестировании программного обеспечения. Эта статья поможет вам глубже
понять технологии виртуализации и эффективно внедрить их на практике.
Ключевые слова: виртуализация, гипервизор, виртуализация серверов,
контейнеризация, облачные вычисления, виртуальная машина, ИТ-
инфраструктура, управление ресурсами, виртуализация сети, системы
хранения данных, VMware, Docker, OpenStack.
Kirish.
Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari iqtisodiyotning deyarli
barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda. Axborot texnologiyalari (IT)
infratuzilmasini samarali boshqarish, xarajatlarni kamaytirish va resurslardan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
234
maksimal foydalanish zaruriyati yangi texnologiyalarni rivojlantirishni talab
qilmoqda. Bunday texnologiyalardan biri virtualizatsiyadir. Virtualizatsiya
texnologiyasi IT sohasida inqilobiy yangilik bo‘lib, fizik resurslarni virtual muhitga
o‘tkazish orqali IT infratuzilmani optimallashtirish imkonini beradi.
Virtualizatsiya texnologiyasi yordamida bitta fizik serverda bir nechta virtual
serverlarni yaratish, tarmoq resurslarini segmentlash va xotirani samarali boshqarish
imkoniyatlari yuzaga keladi. Bu nafaqat xarajatlarni kamaytiradi, balki tizimning
ishonchliligi va xavfsizligini oshirishga ham xizmat qiladi. Shu sababli,
virtualizatsiya texnologiyasi bugungi kunda katta dolzarblikga ega.
Bugungi kundagi IT infratuzilmalarning asosiy qismi, jumladan, ma'lumotlar
markazlari va bulutli hisoblash xizmatlari, virtualizatsiyaga asoslangan. Ushbu
texnologiya serverlarning yuklamalarini teng taqsimlash, avariyadan keyin tizimni
tezda tiklash va masofadan boshqarish kabi ko‘plab afzalliklarni taklif etadi.
Ushbu ishning maqsadi virtualizatsiya texnologiyasining mohiyatini ochib
berish, uning afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganish hamda qo‘llanilish sohalarini
yoritishdan
iboratdir.
Mavzu
doirasida
server
virtualizatsiyasi,
tarmoq
virtualizatsiyasi va bulutli texnologiyalar kabi asosiy yo‘nalishlar tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, virtualizatsiyaning ilmiy-tadqiqot va ta'lim sohasidagi roli ham
ko‘rib chiqiladi.
Mazkur
maqola
virtualizatsiya
texnologiyalarining
zamonaviy
IT
infratuzilmasidagi ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi. Ushbu
texnologiyani kengroq joriy etish orqali tashkilotlar o‘zlarining operatsion
samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirishga erishishlari mumkin.
Virtualizatsiya texnologiyasi zamonaviy axborot texnologiyalarining ajralmas
qismiga aylangan. Uning rivojlanish tarixi va tamoyillari insoniyatning hisoblash
texnologiyalaridan yanada samarali foydalanish istagiga asoslangan. Bu texnologiya
dastlab hisoblash quvvatidan samarali foydalanish uchun yaratilgan bo‘lsa-da, vaqt
o‘tishi bilan tarmoq, ma’lumotlar saqlash tizimlari va boshqa infratuzilmalarda ham
keng qo‘llanila boshlandi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
235
Virtualizatsiyaning ildizlari 1960-yillarga borib taqaladi. IBM kompaniyasi
hisoblash tizimlari samaradorligini oshirish maqsadida birinchi virtual mashina
konsepsiyasini ishlab chiqdi. Dastlabki virtualizatsiya texnologiyalari IBM
System/360 seriyasida qo‘llanilib, bir nechta operatsion tizimlarni bitta fizik
apparatda ishlashini ta’minladi. Bu esa o‘sha davrdagi ulkan va qimmat hisoblash
tizimlarining resurslarini bir nechta foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlashga imkon
berdi.
Resurslarni abstraktsiyalash bu virtualizatsiya texnologiyasining asosiy
g‘oyasi fizik apparat resurslarini abstraktsiyalash, ya’ni ulardan virtual muhitda
foydalanishni ta’minlashdir. Bu jarayon orqali bir nechta virtual mashinalar bitta fizik
apparatda ishlashi mumkin.
Izolyatsiya har bir virtual mashina bir-biridan izolyatsiyalangan holda
ishlaydi. Bu tamoyil tizim xavfsizligini oshiradi va virtual mashinalarning bir-biriga
ta’sirini kamaytiradi.
Hypervisor orqali boshqaruv (yoki Virtual Machine Monitor) virtual
mashinalar bilan fizik apparat o‘rtasida vositachi sifatida ishlaydi. U resurslarni
taqsimlash, ulardan samarali foydalanishni boshqaradi va virtual mashinalarning
o‘zaro muloqotini ta’minlaydi.
Server virtualizatsiyasi
bu texnologiya IT infratuzilmasida bir nechta
serverlarni birlashtirish va ulardan samarali foydalanish uchun yaratilgan. Bu orqali
bir nechta virtual serverlar bitta fizik serverda joylashtiriladi.
Tarmoq virtualizatsiyasi
tarmoq resurslarini virtual segmentlarga bo‘lish va
boshqarish imkonini beradi. Bu texnologiya orqali tarmoq infratuzilmasini yanada
moslashuvchan va samarali qilish mumkin.
Saqlash tizimlari virtualizatsiyasi
ma’lumotlarni markazlashtirilgan holda
saqlash va boshqarish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya orqali saqlash resurslari
optimal taqsimlanadi va ulardan foydalanish qulaylashadi.
Bulutli hisoblash texnologiyasi
virtualizatsiya texnologiyasi bulutli
hisoblash
xizmatlarining
asosini
tashkil
qiladi.
Bu
texnologiya
orqali
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
236
foydalanuvchilar masofaviy resurslardan foydalanib, infratuzilmani samarali
boshqarish imkoniga ega bo‘ladilar.
Containerizatsiya bu virtualizatsiya texnologiyasining yana bir rivojlanish
yo‘nalishi containerizatsiya bo‘lib, u dasturlarni izolyatsiyalangan konteynerlarda
ishlatishga imkon beradi. Bu dasturiy ta’minotni tezkor o‘rnatish va ko‘chirishni
soddalashtiradi. Virtualizatsiya texnologiyasining samarali ishlashini ta’minlash
uchun bir nechta asosiy vositalar mavjud. Ularning har biri tizimning turli jihatlarini
boshqaradi, resurslarni taqsimlash va optimallashtirishni amalga oshiradi.
Virtualizatsiyaning asosiy vositalari quyidagilardan iborat:
Hypervisor — Virtualizatsiyaning markaziy komponenti bo‘lib, tizim
resurslarini virtual mashinalar o‘rtasida taqsimlash va boshqarish uchun javobgardir.
Hypervisor ikki asosiy turga bo‘linadi: bare-metal va hosted. Bare-metal hypervisor
tizimi jismoniy apparatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatiladi va operatsion tizimga bog‘liq
bo‘lmaydi. Bu turdagi hypervisorlar maksimal samaradorlikni ta’minlaydi va ko‘p
hollarda katta tizimlar va ma’lumotlar markazlarida ishlatiladi. Hosted hypervisor esa
operatsion tizimda o‘rnatiladi va odatda shaxsiy kompyuterlar va kichik miqyosdagi
tizimlar uchun mo‘ljallangan. Misollar sifatida VMware Workstation va Oracle
VirtualBoxni keltirish mumkin.
Virtual mashinalar (VM) — Virtual mashina jismoniy apparat resurslarini
to‘liq taqlid qiladigan dastur bo‘lib, uning o‘z operatsion tizimi, dasturlari va fayllari
bo‘ladi. Har bir virtual mashina o‘zining xotirasi, prosessori va saqlash joyiga ega
bo‘lib, ularni boshqarish uchun hypervisor ishlatiladi. Virtual mashinalar jismoniy
apparat resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi, chunki ular bir vaqtning
o‘zida bir nechta tizimlarni birlashtirish imkonini beradi. Masalan, birgina jismoniy
serverda bir nechta virtual mashinalar ishlashi mumkin, bu esa resurslarni samarali
taqsimlash imkonini yaratadi.
Containerlar — Virtual mashinalardan farqli ravishda, containerlar tizimni
to‘liq izolyatsiya qilmaydi, balki faqat dastur va uning bog‘liqliklarini taqdim etadi.
Ular tizim resurslaridan samaraliroq tarzda foydalanish imkonini beradi, chunki
containerlar tizim resurslarini birlashtirib ishlaydi. Docker va Kubernetes kabi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
237
platformalar containerlarni boshqarish va orkestratsiya qilishda qo‘llaniladi.
Containerlar resurslarni minimallashtirib, tizimni tezda ishga tushirish imkonini
beradi.
Virtualizatsiya boshqaruv platformalari – Virtualizatsiya tizimini samarali
boshqarish va monitoring qilish uchun maxsus platformalar mavjud. vCenter
(VMware) va OpenStack (ochiq manba asosida) kabi tizimlar virtualizatsiya infra
tuzilmasini markazlashtirilgan tarzda boshqarishga imkon beradi. Bu platformalar
virtual mashinalarni yaratish, ularni o‘zgartirish, monitoring qilish, ko‘chirish va
resurslarni taqsimlash imkoniyatlarini beradi. Markazlashtirilgan boshqaruv tizimlari
virtualizatsiya muhitining yuqori darajadagi samaradorligini ta’minlaydi va infra
tuzilmaning har bir qismini monitoring qilish imkonini yaratadi.
Resurslarni taqsimlash va optimallashtirish vositalari – Virtualizatsiya
tizimlari resurslarni taqsimlash samarali bo‘lishi uchun, turli optimallashtirish
vositalardan foydalaniladi. Masalan, vSphere (VMware) yoki Proxmox kabi
platformalar avtomatik resurs taqsimoti va optimallashtirishni ta’minlaydi. Bu
vositalar yordamida virtual mashinalar o‘rtasidagi resurslar taqsimoti tahlil qilinadi,
yukni teng taqsimlash va ishlash samaradorligini oshirish maqsadida avtomatik
ravishda sozlamalar amalga oshiriladi.
Storage (saqlash) va tarmoq vositalari – Virtualizatsiya jarayonida saqlash va
tarmoq infra tuzilmasi ham muhim o‘rin tutadi. Virtualizatsiya tizimlarida virtual
mashinalarning saqlash joyi ko‘pincha tarmoq orqali ajratilgan saqlash qurilmasiga
bog‘lanadi. Bu jarayon SAN (Storage Area Network) yoki NAS (Network Attached
Storage) kabi tarmoq saqlash texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Virtualizatsiya tizimi uchun tarmoq infrastrukturasini yuqori tezlikdagi va ishonchli
bo‘lishi kerak, chunki virtual mashinalar o‘rtasida ma’lumot uzatish,
sinxronlashtirish, tashqi tizimlar bilan integratsiya qilish uchun tez va barqaror
tarmoq aloqasi talab etiladi.
Dasturiy ta’minot va tizimni sinovdan o‘tkazish vositalari – Virtualizatsiya
texnologiyasi dasturiy ta’minotlarni sinovdan o‘tkazish va sinov muhitini o‘tkazishda
ham qo‘llaniladi. Virtualizatsiya muhiti, ishga chiquvchi va testchilar real tizim
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
238
resurslaridan foydalanmasdan turib, turli dasturlarni o‘rnatish va sinovdan
o‘tkazishlari mumkin. Bu esa dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va test qilish
jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va xavfsizroq qiliadi. Masalan,
virtualizatsiya tizimlari yordamida, ishlab chiquvchilar yangi dasturlarni virtual
muhitda test qilib, dasturda yuzaga keladigan xatolarni aniqlashadi. Shu tarzda,
virtualizatsiya texnologiyasi jarayonida ishlatiladigan vositalar tizimni samarali
boshqarish, optimallashtirish va resurslarni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi. Har
bir vosita o‘z o‘rnida tizimni yuqori samaradorlikda ishlashini ta’monlaydi va
virtualizatsiya muhitini boshqarishda katta yordam beradi. Bu texnologiyalar
yordamida IT infratuzilmasini samarali va xavfsiz boshqarish imkoniyatlari
yaratiladi.
Natija.
O'zining rivojlanishi aniqlanishicha, virtualizatsiya texnologiyasi
zamonaviy axborot texnologiyalari infratuzilmasi va ajralmas komponenti
hisoblanadi. Ush texnologiya vositalari resurslarni virtual muhitga o'zgartirish orqali
qayta ishlashdan maksimal darajada quvvat olish, yordam beradi.
Tahlil qilingan virtualizatsiya turlari - server, tarmoq, tizim tizimlari
virtualizatsiyasi hamda containerizatsiya - har o'zining aniq bulutiga ega bo'lib,
ma'lumotlar markazlari va boshqalarni hisobga olgan holda infratuzilmalarni ishlab
chiqarishni muhim rol o'ynaydi. qayta, hypervisorlar, virtual mashinalar va
konteynerlar kabi ishlab chiqarish orqali IT resurslarini markazlashtirilgan boshqaruv
asosida samarali taqsimlash, ta'minlash va operatsion yuklamalarni balanslash uchun
mavjud.
Bundan tashqari, virtualizatsiya vositalarini ta'minotlarni testdan o'tkazish,
tajriba muhitlarini va ta'lim jarayonlarini soddalashtirishda ham keng'llanilmoqda.
Shu bilan birga, zamonaviy virtualizatsiya platformalari (vSphere, Proxmox,
OpenStack va boshqalar) avtomatlashtirilgan monitoring va optimallashtirish
vositalari joriy etilib, bu IT IT sifati va ishonchliligini ishlab chiqarish.
Umuman olganda, virtualizatsiya texnologiyalarini chuqur o'rganish va
amaliyotda samarali qo'llash zamonaviy IT tizimlarining texnik vositalarini ishlab
chiqarish, iqtisodiy
va iqtisodiy samarali boshqarish
imkonini beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
239
Ushtexnologiyalarni kompleks tarzda joriy etish orqali tashkilotbardosh va xavfsiz
axborot tizimlariga ega bo'lishlari mumkin.
Xulosa.
Virtualizatsiya texnologiyasi zamonaviy axborot texnologiyalari
infratuzilmasining ajralmas va strategik muhim qismiga aylangan. U IT tizimlarida
resurslardan samarali foydalanish, xarajatlarni kamaytirish, tizim xavfsizligi va
ishonchliligini oshirish imkonini beradi. Virtualizatsiya yordamida serverlar,
tarmoqlar, saqlash tizimlari va dasturiy muhitlar soddalashtirilgan va boshqariladigan
virtual muhitlarda samarali ishlaydi. Server virtualizatsiyasi, tarmoq va saqlash
tizimlari virtualizatsiyasi hamda containerizatsiya texnologiyalari orqali tashkilotlar
o‘z IT infratuzilmasini yanada moslashuvchan, tejamkor va barqaror holga keltirish
imkoniga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, bulutli hisoblash xizmatlarining rivojlanishi
ham aynan virtualizatsiya asosida shakllanmoqda. Hypervisor, virtual mashinalar,
containerlar, boshqaruv platformalari va monitoring vositalari virtualizatsiya
jarayonida muhim rol o‘ynaydi va ushbu texnologiyaning keng qamrovli
qo‘llanilishini ta'minlaydi. Shu sababli, virtualizatsiya texnologiyalarini chuqur
o‘rganish va ularni amaliyotga samarali joriy etish hozirgi kunda IT sohasida
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning muhim omillaridan biridir. Mazkur texnologiya
nafaqat korxona va tashkilotlar uchun, balki ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida ham
katta ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Таненбау Э. С., Бос Х. «Современные операционные системы». — 4-е изд.
— СПб.: Питер, 2015.
2.
Вергилев А. В. «Виртуализация и облачные вычисления». — М.: ДМК
Пресс, 2017.
3.
Silberschatz, A., Galvin, P. B., & Gagne, G. (2020).
Operating System
Concepts
(10th ed.). Wiley.
4.
VMware
Inc.
(2023).
VMware
vSphere
Documentation
.
5.
Oracle
Corporation.
(2023).
VirtualBox
User
Manual
.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
240
6.
Docker Inc. (2023).
Docker Documentation
7.
OpenStack
Foundation.
(2022).
OpenStack
Operations
Guide
.
8.
Мохов Н. В., Головко М. В. «Технологии виртуализации и облачных
вычислений». — М.: Инфра-М, 2019.
9.
Куликов С. С. «Управление ИТ-инфраструктурой в условиях цифровой
трансформации». — М.: Форум, 2021.
10.
Mell, P., & Grance, T. (2011).
The NIST Definition of Cloud Computing
. NIST
Special Publication 800-145.
11.
Umarov
B.
RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR
VOSITASIDA
PEDAGOGLARNING
PROFESSIONAL
KOMPETENTLIGINI
RIVOJLANTIRISH MAZMUNI //Евразийский журнал математической теории и
компьютерных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 87-93.
12.
Azizovich U. B. PRINCIPLES OF FORMING TEACHER COMPETENCE
THROUGH INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Finland International Scientific
Journal of Education //Social Science & Humanities. – 2023. – Т. 11. – №. 5. – С.
823-828.
13.
Azizovich U. B. PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL PRINCIPLES OF
THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE //Confrencea. – 2023. –
Т. 6. – №. 6. – С. 204-212.
14.
Azizovich U. B., Zarifjon o’g’li X. N. BULUT TEXNOLOGIYALARINING
AFZALLIKLARI
VA
KAMCHILIKLARI
//TA’LIM,
TARBIYA
VA
INNOVATSIYALAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 46-54.
15.
Azizovich U. B., Rustamjon o‘g‘li R. Z. MA’LUMOTLARNI SHIRFLASH
TENALOGIYALARI VA XAVFSIZLIK STANDARTLARI //TA’LIM, TARBIYA
VA INNOVATSIYALAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 105-108.
16.
Azizovich U. B. et al. OLAP TIZIMLARINING ASOSIY PRINSIPLARI
//TA’LIM, TARBIYA VA INNOVATSIYALAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
– С. 81-86.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–2_Июнь –2025
241
17.
Azizovich
U.
B.
THE
DEVELOPMENT
OF
PROFESSIONAL
COMPETENCY OF TEACHERS IN EDUCATIONAL TECHNOLOGY BASED
ON DIGITAL TECHNOLOGIES //Eurasian Journal of Mathematical Theory and
Computer Sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 7. – С. 11-14.
18.
Azizovich U. B. et al. MASHINALI O ‘QITISHDA REGRESSIYA ENG
KICHIK KVADRATLAR USULINI QO ‘LLASH //INNOVATION IN THE
MODERN EDUCATION SYSTEM. – 2024. – Т. 5. – №. 46. – С. 266-270.