Authors

  • Qanoatova Nazokat Sotvoldi qizi
  • Odilova Dilnavoz Elmurod qizi

Author Biographies

  • Qanoatova Nazokat Sotvoldi qizi

    “University of economics and pedagogy”NOTM  Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

  • Odilova Dilnavoz Elmurod qizi

    Andijon Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs 06-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117287

Keywords:

Do’mbirobod Po’lat chavandoz Bahor qaytmaydi sovet Dunyoning ishlari Milliy Bahs xotira O’zbek.

Abstract

Quyida berilgan ushbu ilmiy maqolada O’tkir Hoshimovning xotirasiga bag’ishlangan – Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qarorlari, adibning hayoti va ijodi, asarlari va qissalari haqida ilmiy yondashishga harakat qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

95

O’TKIR HOSHIMOVNING HAYOTI VA IJOD

“University of economics and pedagogy”NOTM Maktabgacha va

boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

Qanoatova Nazokat Sotvoldi qizi

Andijon Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim

yo’nalishi 1-kurs 06-guruh talabasi

Odilova Dilnavoz Elmurod qizi

Annotatsiya:

Quyida berilgan ushbu ilmiy maqolada O’tkir Hoshimovning

xotirasiga bag’ishlangan – Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning

qarorlari, adibning hayoti va ijodi, asarlari va qissalari haqida ilmiy yondashishga

harakat qilingan.

Kalit so’zlar:

Do’mbirobod, Po’lat chavandoz, Bahor qaytmaydi, sovet,

Dunyoning ishlari, Milliy, Bahs, xotira, O’zbek.

Аннотация:

В данной научной статье предпринята попытка

научного анализа решений Президента Шавката Миромоновича Мирзиёева,

посвящённых памяти Уткира Хошимова, а также жизни и творчества

писателя, его произведений и повестей.

Ключевые слова:

Домбиробод, Стальной всадник, Весна не вернётся,

Совет, Дела мира, Национальный, Дискуссия, Память.

Annotation:

This scientific article attempts an academic analysis of the

decisions of President Shavkat Miromonovich Mirziyoyev dedicated to the memory of

O’tkir Hoshimov, as well as an exploration of the writer’s life, creative work, stories,

and novels.

Keywords:

Dombirobod, The Steel Horseman, Spring Will Not Return,

Soviet, Affairs of the World, National, Debate, Memory.

O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligini

keng nishonlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.

Va unga ko‘ra quyidagilar belgilandi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

96

2021-yil avgust oyining birinchi o’n kunligida O’zbek Milliy akademik drama

teatrida O’tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy

xotira kechasini o’tkazish; adibning o’zbek tilidagi “Tanlangan asarlar”ini,

qoraqalpoq, rus va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilingan asarlarini, shuningdek,

“O’tkir Hoshimov zamondoshlari xotirasida” kitobini nashrga tayyorlash va chop

etish;

O’tkir Hoshimovning asarlari asosida spektakllar sahnalashtirish yova yangi

filmlar yaratish va boshqalar.

Bu tadbirlar O’tkir Hoshimovning siymosini abadiylashtirishga qaratilgan

ulkan siljish desak mubolag’a bo’lmaydi.

Oʻtkir Hoshimov – taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941-yili

Toshkentda Do’mbirobod mahallasida tugʻilgan edi.

Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida o’qidi. Turli tahririyat va

nashriyotlarda

ishladi. Shuningdek, u Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar qoʻmita raisi

vazifasini bajardi.

Yozuvchining bolaligi urush va urushdan keyingi mashaqqatli davrga toʻgʻri

keldi. „Oʻsha davrda non tanqis boʻlgani bilan kutubxonalarda kitob koʻp edi“¸ deya

eslagan edi yozuvchi oʻz xotiralarida.

Kitob oʻqish barobarida Oʻtkir Hoshimov pochtada xat tarqatuvchi boʻlib

ishladi. Aynan mana shu ish Oʻtkir Hoshimovni oddiy odamlarning kitobdagi

hayotdan butunlay boshqa turmushiga oshno qildi. Boʻlajak yozuvchi 1964-yilda

Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimini sirtdan

tugatdi. U „Qizil Oʻzbekiston“, „Toshkent haqiqati“, „Toshkent oqshomi“

gazetalarida adabiy xodim boʻlib ishladi.

Yozuvchining ilk asari 1962-yilda „Poʻlat chavandoz“ nomida ocherklar

toʻplami tarzida nashrdan chiqdi. Ammo yozuvchiga muvaffaqiyat keltirgan asar

1970-yilda nashr qilingan „Bahor qaytmaydi“ qissasi boʻldi. Oʻsha paytda nashr

qilinayotgan mafkura targʻibotidan iborat asarlar fonida yozuvchi Oʻtkir

Hoshimovning oddiy insoniy munosabatlar haqidagi bu asari qorongʻu osmonda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

97

chaqnagan mushak kabi eslanadi. Bu asar asosida suratga olingan videofilm oʻz

vaqtida eng koʻp tomosha qilingan asar sifatida tarixga kirdi. Oʻtkir Hoshimovning

bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. „Xazon boʻlgan bahor“, „Inson sadoqati“,

„Vijdon dorisi“, „Toʻylar muborak“,

„Qatagʻon“ kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. „Daftar

hoshiyasidagi bitiklar“ kitobi ijtimoiy -maʼnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan.

„Choʻl havosi“ nomli birinchi qissasi va boshqalar.

8 Декабрь 2020 8-қисм Тошкент

Talabchan adib „Dunyoning ishlari“ qissasida shunday deydi – bu qissa katta-

kichik novelleardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam –

onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o’z ko’zim bilan ko’rganman.

Faqat ba’zilarining ismi o’zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati

bilan onamga bog’langan deb aytib o’tgan edi. Oʻtgan asrning sovet mafkurasi

hukmron boʻlgan 70-yillarida Oʻtkir Hoshimov Oʻzbekiston televideniesida „Bahs“

deb nomlangan eshittirishlarni olib bordi. Bu eshittirishlar yozuvchining „Qalbingga

quloq sol“ ¸”Dunyoning ishlari” „Nur borki, soya bor“ kabi asarlarida koʻtarilgan

oʻtkir ijtimoiy muammolar haqidagi bahslarning davomi boʻldi.

Keyinchalik yozuvchi „Ikki eshik orasi“, „Tushda kechgan umrlar“

romanlarida zamondosh-asrdosh odamlar taqdirini¸ 20-asrning eng keskin fojiaviy

hodisalari Ikkinchi jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati

oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etishga urindi. Hali Oʻzbekistonda Sovet

mafkurasi hukmron boʻlgan 1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan

„Sharq yulduzi“jurnalida Qurʼoni karimning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop qilishga

jurʼat qildi.

Oʻsha paytdagi Oʻzbekiston rahbariyati zehniyatida ashaddiy ateizm mavjudligi

hisobga olinsa¸ bu haqiqatda jasorat namunasi deya eslanadigan qadam.

Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy

kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼoni karim tarjimasini

chop qilinishini toʻxtatishga urinishdi. Bu toʻsiqlarga qaramasdan¸ Oʻtkir Hoshimov

bu tarjimani toʻligʻicha jurnalning bir necha sonlarida bosib chiqara oldi. Marhum


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

98

yozuvchi 2001-yili „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan edi.

Bugungi kunda adibning barcha asarlari va qissalari turli tillarga jarjima qilingan.

Umrining soʻnggi yillarini Oʻtkir Hoshimov oʻzbek hukumatining targʻibot- tashviqot

kampaniyalaridan xoliroqda oʻtkazdi. Oʻzbek prozasida zamonaviy mavzularni

imkon qadar mafkuradan xoli tarzda yorita olgan taniqli yozuvchi Oʻtkir Hoshimov

2013-yil, 24-may kuni, 71 yoshida olamdan oʻtdi.O‘tkir Hoshimov nafaqat yozuvchi,

balki ijtimoiy fikr yetakchisi, jurnalist va senator sifatida ham Vatan ravnaqi uchun

xizmat qilgan. U o‘z asarlarida jamiyatdagi muammolarni ko‘tarib chiqish,

insoniylik, halollik, vijdon va mehr-oqibat kabi ezgu g‘oyalarni targ‘ib qilish orqali

keng jamoatchilik e’tiborini qozongan.

Shu bois, O‘tkir Hoshimov ijodi nafaqat adabiy ahamiyatga ega, balki

ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ham bebaho boylik hisoblanadi. Uning asarlari bugungi

kunda ham o‘quvchilarga saboq berishda, yosh avlodni tarbiyalashda muhim vosita

bo‘lib xizmat qilmoqda. Yozuvchi xotirasi va ijodi xalq qalbida abadiy yashaydi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki adibning hayot yo’li juda bir

murakkab davrga to’g’ri keldi shunday bo’lsada u o’zining ichki kechinmalarini

qog’ozga tushara oldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Rasulov A. Ardoqli adib. – T.: „Sharq“, 2001.

2. Karimov H. Oʻtkir Hoshimov. – T.: „Yozuvchi“, 2002.

3. Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. –T.: „Oʻqituvchi“, 1999.