MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
184
INSHOOTLARNING CHO’KISHI BO’LADIGAN
JOYLARDA QURILISH
OLDI GEOTEXNIK TADQIQOTLARNING AHAMIYATI
Toshkent davlat transport universiteti
Dotsent Xalimova Shahnoza Rahimjon qizi
Talaba Mo’ydinov Barhayot Dilshodjon o’g’li
Homidov Raxmatillo Abdivahob o’g’li
Zamonaviy inshootlarning mustahkamligi va uzoq, xizmat qilishi birinchi
navbatda qurilish joyining geotexnik sharoitlariga bevosita bog’liqdir. Ayniqsa,
cho’kishga moyil joylarda noto’g’ri tanlangan poydevor turi yoki yetarlicha
o’rganilmagan grunt qatlamlari inshootda cho’kish, deformatsiya, hatto buzilish
xavfiga olib kelishi mumkin. Shu sababli qurilish oldidan chuqur geotexnik tadqiqotlar
olib borish, gruntlarning fizik-mexanik xossalarini aniqlash va loyihani shu asosda
tuzish juda muhim sanaladi.
Bugungi kunda global urbanizatsiya jarayonlari, aholining ko‘payishi va
sanoat
infratuzilmasining
kengayishi
natijasida
yangi
yer
maydonlari
o‘zlashtirilmoqda. Ko‘pincha bu hududlar geologik jihatdan barqaror bo‘lmagan, ya'ni
cho‘kishga moyil, siljish, suvning yig’ilishi va boshqa tabiiy xavf-xatarlar mavjud
bo‘lgan joylar bo‘lib chiqadi. Ayniqsa, pasttekislik, daryo bo‘ylari, suv havzalari
yaqinidagi hududlar ana shunday xatarli joylar sirasiga kiradi. Bunday joylarda har
qanday inshoot qurilishidan oldin mukammal va puxta
geotexnik tadqiqotlar
olib
borilishi zarur.
Geotexnik tadqiqotlar — bu yer qatlamlari, grunt turlari, yer osti suvlari,
zichlik, zichlanish, siljish, suv o‘tkazuvchanlik kabi ko‘plab geologik-texnik
parametrlarni aniqlashga qaratilgan kompleks muhandislik faoliyatidir. Aynan shu
tadqiqotlar asosida inshootning poydevori, strukturasi, qurilish materiali, xavfsizlik
choralarini aniqlash imkoniyati yuzaga keladi. Xususan,
cho‘kishga moyil
hududlarda
bunday tadqiqotlarning o‘rni beqiyos bo‘lib, ular ko‘plab iqtisodiy
yo‘qotishlarning oldini oladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
185
Gruntning cho‘kishga moyilligini ko‘rsatuvchi asosiy omillar quyidagilardan
iborat:
Grunt tarkibi
– shag‘al, qum, gil, torf kabi gruntlar cho‘kishga ko’proq moil
bo’ladi.
Namlik miqdori
– bazi gruntlardagi suv miqdori yuqori bo‘lsa, u
zichlashganda hajmini sezilarli kamaytiradi, bu esa poydevorning cho‘kishi yoki
siljishiga olib keladi.
Yer osti suvlari miqdori
– yuqori bo‘lsa, bu gruntning strukturasini
zaiflashtiradi.
Seysmik faol hududlar
– silkinishlar cho‘kish va yoriqlarning faollashuviga
olib keladi.
Inson omili
– noto‘g‘ri drenaj tizimi, og‘ir texnikalar harakati, yer ishlari
cho‘kish jarayonini tezlashtirishi mumkin.
Hududlarni bunday xususiyatlar asosida baholab chiqish, u yerda qanday
inshootlar qurilishi mumkinligini rejalashtirishda geotexnik tadqiqotlar hal qiluvchi rol
o‘ynaydi.
Geotexnik tadqiqotlarning asosiy maqsadi — yer osti qatlamlarini chuqur
o‘rganib, quriladigan inshoot uchun xavfsiz, iqtisodiy jihatdan samarali va barqaror
poydevor yechimlarini ishlab chiqishdir. U quyidagi muammolarni hal qilishga xizmat
qiladi:
1.
Gruntlarning yuk ko‘tara olish qobiliyatini aniqlash
– poydevorning
hajmi va turi shu ko‘rsatkichga bog‘liq.
2.
Zichlanish xususiyatlari
– gruntning vaqt o‘tishi bilan qanday
cho‘kishini ayta olish.
3.
Suv o‘tkazuvchanlik va filtratsiya tahlili
– drenaj tizimi va suvga
chidamli qatlamlar haqida ma’lumot.
4.
Siljish xavfi
– grunt qatlamlari o‘zaro sirpanishi mumkinmi, degan
savolga javob beradi.
Misol tariqasida, 2022-yilda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida qurilgan
ijtimoiy bino poydevori cho‘kish natijasida yoriqlarga uchradi. So‘rovnoma
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
186
natijalariga ko‘ra, qurilish oldidan to‘liq geotexnik tahlil o‘tkazilmagani aniqlandi. Bu
esa ushbu sohaning naqadar dolzarb va muhim ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
1-rasm. Binoning cho’kishi
Geotexnik tadqiqotlar ko‘p bosqichli va puxta ilmiy-metodik yondashuvni
talab etadi. Odatda bu bosqichlar quyidagicha:
1. Dastlabki tahlil (xarita ishlari)
Yerning umumiy geologik xaritasini o‘rganish.
Oldingi qurilishlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish.
Hududdagi yer osti suv tizimlari, seysmik faoliyat haqida ma’lumot to‘plash.
2. Maydon haqida tadqiqotlar
Burg‘ulash usuli orqali grunt qatlamlaridan namunalar olish.
Geofizik sinovlar o‘tkazish (masalan, seysmik to‘lqinlar tarqalishini o‘lchash).
Gruntlarning joyida zichligi, suv o‘tkazuvchanligi va namligi aniqlanadi.
3. Laboratoriya tahlillari
Grunt namunalari kimyoviy, mexanik, fizik jihatdan sinovdan o‘tkaziladi.
Siqilish, zichlanish, kesish kuchi va suv bilan to‘yinish ko‘rsatkichlari
aniqlanadi.
4. Hisobot va xulosa
Olingan ma’lumotlar asosida geotexnik hisobot tayyorlanadi.
Qurilish loyihasiga tavsiyalar: qanday poydevor turi kerak, qanday
chuqurlikda, qanday qurilish materiallari tavsiya etiladi.
Agar geotexnik tahlillar yerning cho‘kishga moyilligini aniqlasa,
muhandislar quyidagi maxsus choralarni ko‘rishadi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
187
Gruntni almashtirish
— talabga javob bera olmaydigan gruntni qazib olib,
uning o‘rniga zichroq gruntlarni to’kish.
Geosintetik materiallardan foydalanish
— gruntni barqarorlashtiruvchi
qatlamlar yaratish.
Sun’iy zichlashtirish
— mavjud gruntning zichligini zamonaviy texnikalar
yordamida oshirish.
Yog‘ingarchilik va yer osti suvlari ta’sirini kamaytirish uchun drenaj
tizimlari
o‘rnatish.
Bunday konstruktiv va texnik chora-tadbirlar faqat geotexnik ma’lumotlar
asosida aniqlanishi mumkin.
2-rasm. Farg’ona viloyatidagi yo’lning suv ta’sirida buzilishi
Ko‘plab holatlarda loyiha buyurtmachilari xarajatlarni tejash maqsadida
geotexnik tadqiqotlardan voz kechadilar. Ammo tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki,
geotexnik tahlilga sarflangan har bir mablag’ keyinchalik 100 barobarga teng bo’lgan
mablag’larni tejaydi. Quyidagi omillar bunga asos bo‘ladi:
Xatoliklarni oldindan aniqlash – qayta qurilish va ta’mirlash ehtiyojini
yo‘qotadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
188
To‘g‘ri poydevor tanlovi – materiallar va ishchi kuchini tejaydi.
Qurilish vaqtini qisqartirish – aniq reja bo‘lishi ish samaradorligini oshiradi.
Sug‘urta va qonuniy ishlar xavfni kamaytiradi.
Inshootlarning cho‘kishi bo’ladigan joylarda barpo etilishi murakkab va
yuqori xavfga ega bo‘lgan muhandislik vazifalaridan biridir. Bunday hududlarda
geotexnik tadqiqotlarning ahamiyati benihoya kattadir, chunki bu tadqiqotlar yer osti
sharoitlarini chuqur va mukammal tahlil qilish orqali har qanday muammoli
holatlarning oldini olish imkonini beradi. Gruntlarning zichligi, namligi, suv
o‘tkazuvchanligi, cho‘kish darajasi, seysmik xatarlar kabi ko‘rsatkichlar
aniqlanmasdan olib borilgan har qanday qurilish nafaqat iqtisodiy zarar, balki inson
salomatligi va hayoti uchun ham jiddiy tahdid soladi.
Shuning uchun har qanday inshoot qurilishidan avval, ayniqsa tabiiy
cho‘kish xavfi mavjud bo‘lgan joylarda, geotexnik tahlillarni amalga oshirish nafaqat
muhandislik me’yorlariga to‘la mos keladi. Bugungi qurilish amaliyotida xavfsizlik va
ishonchlilikni ta’minlash uchun geotexnik tadqiqotlar majburiy bosqich sifatida e’tirof
etilishi lozim.
Geotexnik tadqiqotlar – bu poydevor barqarorligining kafolati, zamonaviy
qurilishning asosiy tayanchi va kelajak avlodlar uchun xavfsiz muhit yaratishdagi eng
muhim bosqichlardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
R.D. Xamroqulov. S.SH.Sarimsoqov. Noyob va baland binolarning
zilzilabardoshligi.
2.
Uktamovich, S. B. (2016). About transfer of effort through cracks in ferro
concrete elements. European science review, (7-8), 220-221.
3.
Bakhodir, S., & Mirjalol, T. (2020). Development of diagram methods in
calculations of reinforced concrete structures. Problems of Architecture and
Construction, 2(4), 145-148.
4.
Сагатов, Б. У. (2020). Исследование усилий и деформаций сдвига в
наклонных трещинах железобетонных балок. European science, (6 (55)), 59-62.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
189
5.
Uktamovich, S. B., Yuldashevich, S. A., Rahmonqulovich, A. M., &
Uralbayevich, D. U. (2016). Review of strengthening reinforced concrete beams using
cfrp Laminate. European science review, (9-10), 213-215.