MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
22
MILLIY VA HARAKATLI O’YIN TURLARI, UNI TASHKIL QILISH
VA O’TKAZISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi
Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi
mahfuzaberdiyorova27@gmail.com
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi
Katta o'qituvchisi
Nurmaxmatov Lutfulla Abdurahmon o'g'li
E-mail:
lutfullanurmaxmatov@gamil.com
Annotatsiya:Ushbu maqolada o‘zbek xalqining boy madaniy merosi bo‘lgan
milliy o‘yinlar hamda zamonaviy jismoniy tarbiya tizimida keng qo‘llaniladigan
harakatli o‘yinlarning o‘rni, ularning pedagogik, tarbiyaviy va sog‘lomlashtiruvchi
funksiyalari yoritiladi. Bundan tashqari, o‘yinlarni tashkil qilish texnologiyasi,
ularning turlari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab ularni to‘g‘ri tanlash va
samarali o‘tkazish metodikasi tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: milliy o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, jismoniy tarbiya, tarbiya
metodikasi, sog‘lom turmush, madaniy meros, bolalar sporti, pedagogika.
Abstract: This article discusses the role of games, which are a rich cultural
heritage of the Uzbek people, and the wide range of their active, pedagogical,
educational and healthy physical functions in the modern physical education system.
It also analyzes the organization of games, additional devices, and methods of
effective conduct of games, appropriate to the age characteristics of students.
Keywords: national games, active games, physical education, educational
methodology, healthy lifestyle, cultural heritage, children's sports, pedagogy.
Аннотация: В статье рассматривается роль игр, являющихся
богатым культурным наследием узбекского народа, и широкий спектр их
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
23
вклада в современную систему физического воспитания, а также их
педагогические, образовательные и оздоровительные физические функции.
Кроме того, анализируются организация игр, дополнительное оборудование и
методика их эффективного проведения в зависимости от возрастных
особенностей учащихся.
Ключевые слова: народные игры, подвижные игры, физическое
воспитание, методика обучения, здоровый образ жизни, культурное наследие,
детский спорт, педагогика.
KIRISH
Milliy va harakatli o‘yinlar xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida
shakllangan, boy pedagogik va tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan madaniy
merosidir. O‘yinlar insoniyatning eng qadimgi faoliyat turlaridan biri hisoblanadi.
Har qanday o‘yin mazmuni bilan bolani jalb etadi, uni harakatga, tafakkurga, o‘z-
o‘zini boshqarishga o‘rgatadi. Xalq o‘yinlari o‘zida ijtimoiy hayot tajribasini, axloqiy
me’yorlarni, jismoniy faollikni mujassam etgan.
Zamonaviy jismoniy tarbiya tizimida harakatli o‘yinlardan foydalanish
nafaqat o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, balki ularning ijtimoiylashuvi,
estetik didini shakllantirish, jamoadorchilik, halollik va mehnatsevarlik , qolaversa
o'ziga bolgan ishonchini,fazilatlarni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
ASOSIY QISM
Milliy o‘yinlar o‘zbek xalqining qadimiy an’analariga, urf-odatlariga va
turmush tarziga chuqur singib ketgan. Ular asosan xalq to‘ylarida, sayllarda,
bayramlarda va kundalik hayotda dars jarayonlarida bolalar o‘rtasida o‘ynalgan.
O‘yinlar orqali nafaqat ko‘ngilochar, balki tarbiyaviy, jismoniy va ma’naviy
maqsadlarga erishilgan. O'zbek xalq harakatli o‘yinlarning paydo bo'lishida va
rivojlanishida shu kungacha saqlanib qolgan (yunon, Rim , arab-fors,mualliflarning
qo'lyozmalari, turkiy bitiklar)qadimiy me'morchilik obidalari va amalga oshirilgan
arxeologik qazilmalarning natijalari, shuningdek, xalq og'zaki ijodi namunalari
(epos, doston, rivoyat, afsona, topishmoq, o'yin, raqs, musiqa, va boshqa.)g'oyat
muhim ahamiyat kasb etadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
24
Milliy va harakatli o‘yinlar shaxs kamoloti va sog‘lig‘ini mustahkamlashda
beqiyos vosita hisoblanadi. Ular bolalarda tezkorlik, epchillik, fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, muloqot madaniyatini shakllantirish, qoidalarga bo‘ysunish va
jamoadagi harakatga moslashishni o‘rgatadi. Shuningdek, bu o‘yinlar orqali bolalar
xalq ijodiyoti, milliy madaniyat va urf-odatlar bilan tanishadi. Qadim qadimdan
rivojlanib kelyotgan zamonda hali- hanuz o‘chmas bo'lib kelyotgan milliy harakatli
o‘yinlar temuriylar davrida Zahriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" va XI
asrda yozilgan. Mahmud Koshg'ariyning "Devoni lug'ati turk" asarlari orqali vujudga
kelgan. Milliy va harakatli o'yinlarning turlari juda ham ko'p. Milliy harakatli o'yin
turlari quyidagilardan iborat. “Uloq-ko‘pkari”, “Kurash”, "Cho'pon" Arqon talashish
Nina, ip va tuguncha Chavandoz, Izvoshchilar , "Juftmi-toqmi" o'yini, "Chilla" o'yini,
"Durra"o'yini, "Chertib" o'yini, "Qidirib top"o'yini "Bekinmachoq"o'yini " Ko'rpa
yopindi" o'yini "Lanka"o'yini, " Oshiq" o'yini, "Arqon tortish"o'yini . “Qoch-qoch”.:
“Topqir-topqir”, “Kim ziyrak?”, “Kim ko‘p gapiradi?”Jambil o'yini, Do'ppi yashirin
o'yini, Mergan o'yini “Qiz-quvdi”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Ko‘z bog‘lash” kabi
o‘yinlardir. Bu o'yinlar topqirlik, chaqqonlik, epchillik ,aqliy faoliyat va qiziqtiruvchi
o'yinlardan iborat. Oldingi davrda yigitlar uchun "Mergan", "Ot choptirish" "Kurash"
o'yinlari muhim hisoblangan. Rustamxon, Alpomish, Go‘rog‘li dostonlarida ham bu
o'yinlar orqali yigitlarning kuchi baholangan.
"Kurash" an'anaviy milliy qadriyatlarimizdan biri bo'lib o‘ynalib kelinayotgan
o'yin. Har bir ishning tartibi bo'lganidek, bu sport turining ham o'z tartib qoidalari
mavjud. Bu o'yin Ikkita sportchining yakkama-yakka olishuvi hisoblanadi. Qaysi
birining ikki yelkasini yerga tekkizib yiqitsa halol bo'ladi. Xalqimiz orasida ikki
yelkasi yerga tegmasa "chala yiqilish" yoki" yonbosh"tushish deyishadi. . Ikki marta
bir yelka bilan tushsa halol yiqitgan bo'ladi. Bu o'yin ham qadimdan mavjud barcha
joylarda o‘ynaladi. Bu sport turi haqida To'g‘ay Murodning "Yulduzlar mangu
yonadi"asarini misol qilsak, maqsadga muvofiq. Bu asar Surxandaryo viloyatining
polvonlari ya'ni butun o'zbek xalqining g'ururi iftixori yelkasi yer ko'rmagan polvon
bo'lishi har ne bo'lsa ham ortga qaytmasligi haqida berilgan. Hozirda Surxandaryolik
Sherali Jo‘rayev bu sport turi bo'yicha davradan chiqmagan polvonlardan biridir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
25
"Uloq kopkari" bu o'yin O'rta Osiyo xalqining sevimli o'yinlardan biri. Bu
o'yinda asosiy e'tibor otga keyin chavandozga qaratiladi. Ot kopkariga kirishi uchun
o'rtacha 4 6 yosh bo'lishi kerak. Uni 50 kun yaxshilab boqilishi undan keyin
sovutilishi kerak. Bunday ishlar orqali otning uloq ayirishi yaxshi bo'ladi. Ta'limi zo'r
bo'lib tarbiyasi yo'q inson bir ish qilolmaganidek, ot zo'r bo'lib chavandoz
boshqarishni bilmasa, o'yinda hech qanday samara bo'lmaydi. Bu o'yin sayil
bayramlarida, to'ylarda, g'alaba bayramlarida o‘ynaladi. Qishloq joylarda ko'proq
Navro'z saylida va Gashtaklarda o'tkaziladi.
Milliy o‘yinlar bolalarni yoshligidan mehnatsevarlik, bardoshlilik,
jamoaviylik, do‘stlik va vatanparvarlikka o‘rgatadi. O‘yinlar orqali avloddan-avlodga
qadriyatlar, odob-axloq me’yorlari, xalqning ijtimoiy tajribasi oshadi.
Harakatli o‘yinlar — bu bolalar va o‘smirlarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy
rivojlanishiga xizmat qiluvchi faoliyat turi bo‘lib, ular belgilangan qoidalar asosida
jismoniy harakatlar yordamida o‘tkaziladi. Bunday o‘yinlar bolalarda chaqqonlik,
epchillik, tezkorlik, muvozanat va muhim pedagogik fazilatlarni shakllantirishda
asosiy vosita sifatida xizmat qiladi.
Harakatli o‘yinlar shuningdek, bolalarda sportga qiziqishni uyg‘otadi,
sog‘lom raqobat muhitini yaratadi va guruhda ishlash ko‘nikmalarini
mustahkamlaydi. O‘yinlar orqali bola o‘zini erkin his qiladi, shijoatli bo‘ladi, o'ziga
bo'lgan ishonchi ortadi,charchagan holatida esa o‘yin unga dam olish va yangidan
kuch to‘plash imkonini beradi. Harakatli o‘yinlarning turlari ham ko'pgina. Masalan,
1.Tezlik va chaqqonlikni rivojlantiruvchi o‘yinlar:
“Bayroqni olib kel”, “Kim tez?”, “Qoch – quv”. "Bayroq olib kel" o'yinini
yosh bolalar "Qizil bayroq" deb ham atashadi. Bunda ikkita jamoa va shu ikkala
jamoada ishtirokchilar soni teng bo'ladi ularga nom qo'yiladi. O'rtada qizil chiqiziq
qaysi jamoa birinchi borib bayroqni olib kelsa o'sha jamoa g'olib bo'ladi Bu o‘yinlar
asosan yugurish, burilish, chaplash kabi harakatlarni talab qiladi."Qoch-quv"oyinini
bir so'z bilan "Quvlashmachoq"desak ham bo'ladi. Bu o'yinda o'quvchilar bir birini
tutib olishadi.
2.Muvozanat va koordinatsiyani rivojlantiruvchi o‘yinlar:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
26
“To‘pni olib o‘t”, “Ko‘r-ko‘rona to‘siqdan o‘tish”. Bular orqali bolalar
jismoniy muvozanatni saqlashni o‘rganadi.
3.Jamoaviy harakatlarni talab qiluvchi o‘yinlar:
“Estafeta”, “Komanda to‘p o‘yini”. Ushbu o‘yinlar jamoada harakat qilish,
boshqalar bilan hamkorlikda harakat qilish malakasini hosil qiladi. Plin Jobs " Har bir
ishtirokchi bir jamoani tashkil qiladi, har jamoa bir ishtirokchidan tuziladi" deb
ta‘kidlaganidek, bu o'yinda o'ynaydigan har birbishtirokchining roli muhim
hisoblanadi. Agar bittasi ortda qolsa jamoasining mag'lubiyatga sababchi bo'lishi
mumkin.
4.Sog‘lomlashtiruvchi o‘yinlar:
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi va mushaklar, nafas
olish tizimi, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Inson ertalab uyqudan turganida o'zidan
charchoqni his qiladi. Shu charchoqni ertalabki badantarbiya ozgina jismoniy mashq
orqali tana a’zolarini uyg‘otib olsa kun davomida charchamaydi,uyqusirab
yurmaydi.Bolani yoshligidan shunday jismoniy harakatga o'rgatib borsa, kelajakda
farzandlariga ham o'rgatadi. Asosiy harakatli o'yinlar bolalarga nima uchun
kerakligini yuqorida so‘zlandi. Jismonan sog'lom bolasi, o'ziga bo'lgan ishonchi
ortadi va boshqalar. O'quvchilarda harakatli o‘yinlarning ta’lim-tarbiyadagi roli
qanday degan savolga quyidagicha javob:
Pedagogik ahamiyati: Bola harakat orqali bilim oladi, nutqini rivojlantiradi,
qoidalarga bo‘ysunadi.
Psixologik ta’siri: O‘yin bolani stressdan xalos etadi, o‘zini baholash va
ishonch tuyg‘usini kuchaytiradi.
Ijtimoiy o‘rni: Jamoada ishlashni, hurmat qilishni, navbat kutishni o‘rgatadi.
Sog‘lomlashtiruvchi roli: Harakatli o‘yinlar yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash,
nafas olishni yaxshilash, mushaklar rivojiga xizmat qiladi.
Harakatli o‘yinlar nafaqat jismoniy faollikni oshirishga yordam beradi, balki
bolalarning psixologik rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Pedagoglar uchun
o‘yinlarni tashkil qilishda eng muhim omil — o‘yinning maqsadi va vazifasini aniq
belgilash, o‘yin jarayonida bolalarga nafaqat jismoniy, balki ijtimoiy va ruhiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
27
rivojlanish imkoniyatlarini yaratishdir. O'yin qanchalik tushunarli bo'lsa dars jarayoni
shunchalik qiziq bo'ladi. Bunda asosiy rolni pedagog, o'qituvchi tashkil qiladi.
O‘yinlar bolaning ruhiy holatini yaxshilaydi, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi
va yangi qobiliyatlarni rivojlantiradi. O'quvchilarga har qanday o'yin qiziqarli
tuyuladi. G'alaba qilguncha bir birini og'zaki so'zlar bilan qo'llab turadi. Bunda
o'quvchilarni tezroq harakat qilishga undaydi. Bolalarning O‘yinga bo'lgan
psixologik ta’siri kuzatiladi.
Bolalar o‘yin jarayonida o‘zlarini erkin his qiladilar, shu bilan birga, ularning
o‘zaro munosabatlari o‘sadi va rivojlanadi. O‘yin orqali bola quyidagi psixologik
ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi:
Shaxsiy o‘zgarish: O‘yinlar bolada o‘zini namoyon qilish, o‘zining kuchli va
zaif tomonlarini anglash imkoniyatini yaratadi.
Empatiya rivojlanishi: O‘yinlar davomida bolalar bir-birlarini tushunib,
o‘zaro yordam berishadi, bu ularning empatiya tuyg‘usini rivojlantiradi. Samarali
muloqot: Jamoaviy o‘yinlar bolalarni bir-biriga nisbatan hurmat ko‘rsatishga, o‘z
fikrlarini aniq ifodalashga o‘rgatadi. Shu bilan birga mustaqil fikrlashga ham undaydi.
Har bir o'yinning hakami bo'lganidek maktablarda, sport zallarida, tabiat qo‘ynida
o'ylanadigan o'yinlarda ustozning roli katta ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchi bolalarni o‘yin jarayonida yo‘naltiruvchi, ular uchun to‘g‘ri
qoidalarga asoslangan vazifalar qo‘yuvchi va natijada o‘quvchilarning kognitiv va
jismoniy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beruvchi shaxs bo‘lishi kerak.
O‘yinlar orqali bilim va ko‘nikmalarni so'rab aqliy faoliyatni ham birgalikda olib
borsa o'quvchi har tomonlama yetuk bo'ladi. Jismoniy harakat orqali bolalarga yangi
ma’lumotlar, bilimlar beriladi. Masalan, to‘pni olib kelish o‘yini bolalarda tezkorlikni
va koordinatsiyani rivojlantiradi. Bu kabi o'yinlarda sog‘lom raqobatni targ‘ib qilish
ko'nikmalari ham mujassamlashadi.O‘yinlar bolalarda musobaqa ruhini
shakllantiradi. Musobaqalar orqali bolalar g‘alaba va mag‘lubiyatni qabul qilishni
o‘rganadilar. Bolalar ana shunday tezkorlikka jamoada o‘ynaladigan o‘yinlar orqali
o‘zaro munosabatlar, hamkorlik va guruhda ishlashni o‘rganadilar. Jamoaviy o‘yinlar
orqali bola o‘zining jamoadagi rolini anglaydi va jamoada o‘z vazifasini bajarish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
28
uchun mas’uliyatni his qiladi. O‘yinlar ijtimoiy mahoratlarni rivojlantiradi, bolalar
o‘zaro hurmat, sabr-toqat va ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar.
O‘yinlarni tashkil qilish texnologiyasi qancha yaxshi va oson tuzilgan bo'lsa
bolalarda ham shuncha o'yinda bo'lgan qiziqishi ham ortadi.
Harakatli va milliy o‘yinlarni samarali tashkil qilish uchun ularni har
tomonlama rejalashtirish va metodik jihatdan tayyorlash zarur. O‘yinlar nafaqat
bolalarning jismoniy faolligini oshiradi, balki ularning psixologik va ijtimoiy
rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Samarali o‘yinlarni o‘tkazish uchun
quyidagi bosqichlar va uslublar muhim ahamiyatga ega.
.1. O‘yinlarni rejalashtirish
O‘yinlarni o‘tkazishdan oldin, o‘qituvchi o‘yinning maqsadi, vazifalari,
ishtirokchilar soni, o‘yin sharoiti, zaruriy jihozlar va muddatini belgilab olishi kerak.
O‘yinning maqsadi quyidagi jihatlarga qaratilishi mumkin:
Jismoniy rivojlanish: O‘yin bolalarning mushak tizimini rivojlantirishga,
chaqqonlik, muvozanatni saqlashga yordam beradi.
Intellektual rivojlanish: Aqliy o‘yinlar bolalarda tafakkur, mantiqiy fikrlashni
rivojlantiradi.
Sotsial rivojlanish: Jamoaviy o‘yinlar bolalarda hamkorlik, o‘zaro hurmat va
jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bundan tashqari o'yinlarni tashkil
qilishda quydagi bosqichlarga tayanadi.
O‘yinlar uchun joy tayyorlash: Bu juda ham muhim chunki o‘yin
o‘tkaziladigan maydonni tayyorlashda bolalarning xavfsizligi, erkin harakat qilish
imkoniyatlari va o‘yin sharoitlarini yaratish kerak. Joyning kengligi, to‘siqlar va zarur
jihozlar tayyorlanishi lozim. Tor joyda bola yiqilib shikastlanishi mumkin.
Ishtirokchilarni guruhlarga ajratish: O‘yinlarda ishtirok etadigan bolalar
guruhlarga ajratiladi. Guruhlarni tanlashda teng imkoniyatlarni yaratish,o‘yinning
shakli va mazmuniga mos keladigan guruhlar tuzish kerak.
O‘yin qoidalarini tushuntirish: O‘yin boshlanishidan oldin barcha
ishtirokchilarga o‘yinning maqsadi, qoidalari, vaqt chegaralari va qo‘shimcha talablar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
29
tushuntirilishi zarur. O‘qituvchi bolalarni faqat o‘yinni bajarish bilan emas, balki
qoidalarga rioya qilishni ham o‘rgatishi kerak.
O‘yin jarayonida kuzatish va baholash: O‘yin davomida o‘qituvchi
ishtirokchilarning harakatlarini, guruhlar orasidagi muvozanatni va to‘g‘ri
bajarilishini kuzatib boradi. O‘yin muvaffaqiyatli o‘tkazilganidan so‘ng, o‘qituvchi
baholash va rag‘batlantirishni amalga oshiradi.
Bunday jarayonda o‘yinlarni o‘tkazishda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan
jihatlardan eng asosiysi xavfsizlik. O‘yinlarni o‘tkazishda bolalarning xavfsizligini
ta’minlash eng muhim omillardan biridir. O‘yin maydoni xavfsiz, yumshoq va
zararsiz bo‘lishi kerak. Yoshga mos bo'lishi lozim. O‘yinlar har bir yosh guruhiga
mos ravishda tanlanishi lozim. Yoshga qarab o‘yinlarning murakkabligi, davomiyligi
va harakat talablarini belgilash zarur. O'qituvchi bu jarayonlarni o'tkazish vaqtida
og‘zaki motivatsiya berib o'tsa o'quvchida o'yinga bo'lgan ishtiroki ortadi.O‘yin
jarayonida bolalarni faol qatnashishga undash, rag‘batlantirish va ijobiy psixologik
muhit yaratish muhimdir. Bu ularning o‘yinlarga qiziqishini va qatnashuvini oshiradi.
Xulosa va takliflar
Harakatli va milliy o‘yinlar bolalarning jismoniy, psixologik, ijtimoiy va
axloqiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. O‘yinlar nafaqat bolalarda sog‘lom
jismoniy faollikni rivojlantiradi, balki ular o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni
mustahkamlash,
jamoaviy
ruhni
kuchaytirish va shaxsiy ko‘nikmalarni
shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois, o‘yinlarni tashkil etishda pedagoglarning
yondashuvi va metodikasi katta ahamiyatga ega.
O‘yinlar texnologiyalardan va yangi pedagogik metodiklardan foydalanish
orqali yanada samarali tashkil etilishi mumkin. O‘yinlarga yangi g‘oyalar, qoidalar
va vositalarni qo‘llash bolalarning qiziqishini oshiradi va o‘yin jarayonini yanada
boyitadi.
O‘yinlar bilan sportni integratsiya qilish ham eng to'g'ri yo'l deb o'ylayman.
Milliy va harakatli o‘yinlarni sport faoliyati bilan integratsiya qilish, bolalarga
jismoniy tarbiya va sportni sevish, musobaqalashishni o‘rganish imkoniyatlarini
yaratadi. Shuningdek, bu bolalarda sog‘lom raqobatni rivojlantiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Mirzaeva, M. A. (2015). Jismoniy tarbiya va sportning asosiy nazariyasi. Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
2 Tursunov, I. S. (2018). Milliy o‘yinlar va ularning ta’limdagi ahamiyati. Tashkent:
O‘zbekiston pedagogika universiteti.
3.Shamsutdinova, G. A. (2016). Bolalar va o‘smirlar uchun jismoniy tarbiya va
o‘yinlar. Toshkent: Akademnashr.
4.Toshpulatov, D. S. (2019). Pedagogik yondashuvda o‘yinlarning roli. Toshkent:
Fan va texnologiya.
5.Bakaeva, N. R. (2017). O‘yinlarning bolalar psixologiyasidagi o‘rni va ularni
samarali tashkil qilish metodlari. Samarqand: Samarqand Davlat Universiteti nashri.
6.Ibragimov, R. B. (2020). Jismoniy tarbiya va sport ta’limining innovatsion
metodlari. Toshkent: O‘qituvchi.
7.Uzbekistan National Olympic Committee. (2021). Sport va jismoniy tarbiya
bo‘yicha yangi yondashuvlar. Toshkent: Milliy Olimpiyadalar qo‘mitasi.
8.Davronov, M. K. (2020). Harakatli o‘yinlar va ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni.
Toshkent: “Xalq ta’limi” nashriyoti.
9.Borisova, A. S. (2014). Pedagogik texnologiyalar va o‘yinlarni tashkil etish.
Moskva: Pedagogika.
10.Mansurov, S. R. (2021). O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma: Milliy o‘yinlar
va ularning pedagogik ahamiyati. Toshkent: TDTU nashriyoti.
11.T.S Usmanxodjayev, Sh. X.Isroilov, A.A Pulatov, Sh.A. Pulatov." MILLIY VA
HARAKATLI O'YINLAR" Toshkent Iqtisod moliya 2015.