MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
69
SHARQ ALLOMALARNING ASARLARIDA MUDARISSLAR MEHNATI
TO'G'RISIDA ILG'OR PEDAGOGIK FIKLAR
Muhammadiva Zarnigor Qahramon qizi
Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti 4-bosqich
Mahfuzaberdiyorova27@gmail.com
Tel raqam: 95-851-17-68
Annotatsiya: Ushbu maqolada sharq allomalarning asarlari, ta’lim-tarbiya
haqidagi fikrlari bayon etilgan. Shu bilan birga ularning o'qituvchi va o‘quvchilar
uchun g‘oyatda zarur bo'lgan ģoyalarga to'xtalib ótilgan. Bundan tashqari Forobiy
asarlarida inson kamoloti ta'lim tarbiyasi haqida kelajak rivoji uchun muhimligi
keltirib o'tilgan.
Kalit so’zlar: ta'lim-tarbiya,mudariss,fikr,fan, asar,Sharq allomlari,
Farobiy, Ibn Sino, Beruniy
Abstract: This article describes the works of Eastern scholars and their
thoughts on education. At the same time, it touches upon ideas that are extremely
necessary for teachers and students. In addition, the works of Farabi emphasize the
importance of education for the future development of human perfection
Keywords: education, teacher, thought, science, work, Eastern scholars, Al-
Farabi, Ibn Sina, Al-Biruni.
Аннотация: В статье описываются труды восточных ученых и их
взгляды на образование. В то же время они затронули идеи, которые крайне
необходимы учителям и ученикам. Кроме того, в своих работах Фараби
подчеркивает важность образования для развития человека и будущего
развития.
Ключевые слова: образование, учитель, мысль, наука, труд, восточные
учёные, Аль-Фараби, Ибн Сина, Аль-Бируни..
KIRISH
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
70
Sharq mutafakkirlari tarix davomida ilm-fan, falsafa, tibbiyot, matematika,
astronomiya va ayniqsa ta’lim-tarbiya sohasida katta iz qoldirgan. Ularning asarlarida
ilm o‘rgatish, tarbiya berish va ayniqsa, mudariss — ya’ni o‘qituvchining jamiyatdagi
o‘rni haqida chuqur fikrlar ilgari surilgan. Bu fikrlar nafaqat o‘z davri uchun, balki
bugungi zamonaviy pedagogika uchun ham dolzarbligini yo‘qotmagan.
“Mudariss” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “ta’lim beruvchi”, “dars
o‘rgatuvchi” degan ma’noni anglatadi. Islom sivilizatsiyasi rivojlangan davrlarda
mudarisslar madrasa va ilmiy markazlarda yosh avlodga fan asoslarini o‘rgatgan,
shuningdek, axloqiy-ma’naviy tarbiyani ham berishgan. Eramizdan avvalgi II
asrlarga kеlib O’rta Osiyo, qadimgi Hindiston pеdagogikasida saxiylik, sofdillik,
inson qalbi tushunchalari ilgari surilgan.
610 yillarga kеlib yaratilgan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni
Karim»da inson mohiyati to’la ochib bеrilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib
qo’yilgan edi. «Qur'oni Karim»dagi ta'lim - tarbiyaga oid ulug’ xazina Al-Buxoriy
hazratlarining Hadislarida bеriladi. Jumladan, (38-hadis) ”Farzandlaringizni izzat-
ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz”: (626-hadis) ”Har bir go’dak
Islom tabiatida tug’iladi, so’ng ota-onasi uni yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo
majusiy qiladi”: (136-hadis) ”Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq
meros berolmaydi”. Kaykovusning "Qobusnoma" asarida ham farzand tarbiyasiga
e'tibor qaratilgan. Bu asarda ota-onaga bo'lgan hurmat , "Hunar afzunliģi. Baland qadr
va oliytab bo'lmoqda zikrida" "Suxandonlik bila baland martabali bo'lmoq zikrida"
"Farzand parvarish qilmoq zikrida"do‘st tanlashda adashmaslik, ustoz shogird
o'rtasida aloqalar o'quvchi o'qiganda o'rnak oladigan hikoyalar keltirilgan.
ASOSIY QISM
Mudarisslar mehnati har doim hurmat va ehtiromga loyiq deb qaralgan. Ular
ilm tarqatish, yosh avlodni tarbiyalash, axloqiy va ma’naviy yetuk shaxsni
shakllantirishda asosiy vositachi sifatida ko‘rilgan. Aynan shu jihatlar, ya’ni
o‘qituvchi mehnatining qadri, ularning bilim berishdagi uslubi va jamiyatdagi o‘rni,
Sharq allomalari tomonidan asarlarida chuqur ifodalangan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
71
Sharq allomalarini misol qiladigan bo'lsak, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Ali
Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-G‘azzoliy kabi buyuk
mutafakkirlar kiradi. Ular Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va boshqa hududlarda
yashab, o‘z davrining ilg‘or ilmiy maktablariga asos solganlar.
Al-Forobiy (873–950) – Sharq mamlakatlarida ulug'lab "Al Muallim as soniy"
ya'ni Aristoteldan keyin “Ikkinchi muallim” deb e’tirof etilgan faylasuf deb ataganlar.
Buyuk olimga bunday baho berish bejiz emas, albatta, u fanning hamma sohalarini
o'rganishga alohida e'tibor berdi. Tarixshunos olimlarning taxminicha, Forobiy dunyo
tillaridan 70 tasini bilgan. U har bir inson ahliga murojaat qilib, ayniqsa, ota-ona va
ustoz-murabbiylarga qarata shunday degan edi: "Qanday qilib ta'lim berish yoki
ta'lim olish, qanday qilib o'z fikrini ifodalash, bayon qilish,fanlar ichidagi eng birinchi
fan -til haqidagi fandir ikkinchi fan grammatika,uchinchi fan mantiq, to'rtinchi fan
poetikaligini tasdiqlayman". deb aytgan. ’lim-fan tarbiya va axloqiy yetuklik haqida
ko‘plab asarlar yozgan.Forobiyning har bir asaridagi asosiy g'oya inson komoloti
uning yuksak axloqiyligidir. Uning fikricha, aqliy bilimni peshlash, axloqiy barkamol
barkamollikni tarbiyalaydi:inson yuksak kamolotga erishuv yo'lida harakat
qilganidek, aqliy bilimga ham harakat qilsa, hech shubhasiz, o‘zi intilyotgan sónggi
darajadagi baxt-soadatga etishadi. Baxt-soadat insonga osonlikcha berilmaydi. Baxt
va mazmunli hayot uchun, dastlab, yoshligidan boshlab ilm-himatni òrganmoģi
lozim. Buning uchun sog‘-salomat va odob-axloqli bo‘lishi, so'zining ustidan
chiqishi,yomon ishlardan o‘zini saqlashi, har qanday xiyonat, makr-hiyladan uzoq
yurishini ta’kidlaydi. Uning “Fozil odamlar shahri” asarida jamiyatning yuksalishi
ustozlar va ilm ahlining yetukligiga bog‘liq deb ko‘rsatiladi.Bu albatta, bejiz emas.
Negaki ustozlar va ta'lim beruvchilar qancha yaxshi bilsa shuncha jamiyat
rivojlanishiga hissa qo'shadilar.Abu Nasr al-Farobiy o‘zining falsafiy va pedagogik
qarashlarida ustoz-shogird munosabatiga alohida e’tibor bergan. Unga ko‘ra, haqiqiy
ustoz – bu nafaqat bilim beruvchi, balki ruhiy tarbiya, axloqiy poklik va hayotiy
tajriba manbai hisoblanadi. Uning fikricha, shogirdni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda ustoz
namunali shaxs bo‘lishi kerak.Albatta,shogird ustozdan ibrat olgan holda yaxshi
o‘qishi lozim. Zeroki,"Ustozdan o‘tmagan shogird, shogird emas" deydilar. Har bir
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
72
ishda ustoz ko'rishi kerak. "Ustoz ko'rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar"deydi
dono xalqimiz. Forobiyning bu asarida yana ideal jamiyat namunasi sifatida ilm-fan
rivojlangan, aholisi tarbiyalangan va rahbarlari dono bo‘lgan jamiyatni ko‘rsatadi. Bu
yerda ustozlarning roli alohida ta’kidlanadi — ular jamiyatning ma’naviy-axloqiy
tayanchi sifatida qaraladi.Uningcha, ta’lim berish jarayoni faqat bilim o‘rgatish emas,
balki kishining ichki dunyosini boyitish, unga ezgulik, sabr, halollik kabi
qadriyatlarni singdirishdir. Bu esa zamonaviy pedagogikaga ham to‘la mos keladi..
Ibn Sino (980–1037) – buyuk tabib va faylasuf. U o‘z asarlarida bilim olish
va uni boshqalarga o‘rgatish tamoyillarini chuqur yoritgan. Ustozning bilimdonligi,
ma’naviy tozaligi va sabr-toqati haqida ko‘plab fikrlar bildirgan.Ibn Sino o‘z
asarlarida o‘qituvchining shaxsiy fazilatlari va ta’lim jarayonidagi yondashuvlarini
keng yoritgan. Unga ko‘ra, bilim beruvchi inson – bu avvalo o‘z bilimini doimiy
ravishda oshiruvchi, har bir shogirdga individual yondashuvchi va bilimni tushunarli
qilib yetkazuvchi bo‘lishi lozim.Olim ta'lim va tarbiya masalalariga jiddiy va ijodiy
yondashgan. Olimning bolani tarbiyalash va o'qitish haqidagi ko'p fikrlari o‘zining
chuqurligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Ibn Sino
o'zining o'rta asr "yetti ozod san'ati tizimidan farq qiladigan tarbiya tizimiga odob,
falakiyotshunoslik, tibbiyot, mantiq,falsafa,tabiatshunoslik fanlarini kiritgan. Ibn
Sino bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berib "Tadbir
ul manozil" asarining maxsus bo‘liimni ana shu masalaga bag'ishlagan. Kitobning"
"Bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash"bo'limida bolani maktabga jalb qilish haqida
to'xtalgan. Uning ta'kidlashicha, maktabga barcha kishilarning bolalari jalb etilishi va
hamma bolalar birga o'qitilishi hamda tarbiyalanishi lozim. U bolani uy sharoitida
yakka O'qitishga qarshi bo‘lgan bolani maktabda jamoa bilan o'qitishning tarafdori
bo'lgan. Bu haqiqatdan holi emas. O'quvchi jamoa bilan o'qilsa dars jarayonida
zerikmaydi. Raqobat bo'lgan joyda albatta o'sish bo'lgani kabi tengdoshlari bilan
birgalikda o‘qisa yaxshi ta'lim oladi. Bundan tashqari bir biri bilan o'zaro muloqot
almashish jarayonida fikrlar doirasining kengayishi uzining mustaqil fikrlarini bayon
qilishda tortinmasligi va nutqi yaxshi rivojlanishiga ham asos bo'ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
73
Ibn Sino “Donishnoma” va “Kitob ash-Shifo” asarlarida o‘quv jarayonining
bosqichlarini belgilab bergan. U o‘quvchining yoshiga qarab materiallarni tanlash,
amaliy mashqlar orqali bilimni mustahkamlash, so‘roq-javob, misollar bilan o‘rgatish
metodlarini tavsiya etgan. Bu jihatlar bugungi kunning zamonaviy pedagogik
metodlariga hamohangdir. Ibn Sino bolani bir yo'nalishda olib bormaslikni har darsda
yangicha usuldan foydalanish haqida ham fikr yuritgan. Bir xillikdan o'quvchi darsda
tez zerikishi va dars jarayoning samaradorligini pasaytirishga sabab bo'ladi deb
ta'kidlagan.
Shuningdek, Ibn Sino o‘qituvchining axloqiy pokligi, so‘z va amal birligi,
mehribonligi va mas’uliyatliligi haqida ham ko‘plab fikrlar bildirgan. Uning
pedagogik qarashlari bugungi o‘qituvchilar uchun ham ibrat manbai bo‘la oladi.
Beruniy (973–1048) – ensiklopedik bilimga ega alloma bo‘lib, ilmning qadri,
uni o‘rganish va boshqalarga o‘rgatish jarayonida ustozning o‘rniga alohida urg‘u
bergan. Abu Rayhon Beruniy ilm-fanni insoniyat taraqqiyotining asosiy kuchi deb
bilgan. U shogirdga bilim berishda sinchkovlik, mantiqiy izchillik, hayotiy misollar
orqali tushuntirish usullarini qo‘llagan.Beruniy ilmsiz kishilarning ko'ngli xurofotga
moyil bo'lishini yolg'on xuddi suv yuzidagi ko'rikdek yo'q bo'lib ketishini ta'kidlab,
ana shu fikrlarning to'g'riligini qator asarlarida turli voqea va hodisalarni bayon qilish
orqali isbotlangan.Beruniyning ilmiy merosida ko‘plab tabiatshunoslik, astronomiya
va tarixiy asarlar bilan birga pedagogik yondashuvlar ham mujassamIlm-
ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha
yomonliklardan uzoqdir. ”Ilmning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash
uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir"deb
aytadilar.
Al-G‘azzoliy esa ta’limning axloqiy jihatiga urg‘u bergan. Unga ko‘ra,
o‘qituvchi shogirdga nafaqat ilm, balki yaxshi fazilatlar – halollik, sabr, mehr-
muhabbat, diyonat va adolatni ham o‘rgatishi kerak..
Sharqda mudariss faqat bilim beruvchi emas, balki o‘z shogirdlari uchun
ma’naviy ustoz, hayotiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lgan. Uning ilmi bilan bir qatorda,
axloqi, muomalasi, halolligi, adolatparvarligi ham muhim mezon sifatida qaralgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
74
Allomalar fikricha, yaxshi mudariss – bu o‘zining ilmiy bilimini turli
pedagogik metodlar orqali shogirdga yetkazishni biladigan, mehribon, sabrli va
shijoatli inson bo‘lishi zarur.
Bu fikrlar orqali Sharq allomalari shunchaki bilim o‘rgatuvchi emas, balki
tarbiya beruvchi, hayot yo‘lini ko‘rsatuvchi ustoz obrazini yaratganlar.
Bugungi kunda ta’lim tizimining zamonaviylashuvi va innovatsion
yondashuvlar fonida ham Sharq allomalarining ilg‘or pedagogik qarashlari o‘z
dolzarbligini yo‘qotmayapti. Masalan:
Individual yondashuv (Ibn Sino); Tarbiyaviy maqsadlar asosida ta’lim berish
(Al-G‘azzoliy); Axloqiy poklik va namunaviy ustoz shaxsi (Al-Farobiy); Amaliy-
uslubiy o‘rgatish (Beruniy).
Zamonaviy o‘qituvchi uchun bu fikrlar nafaqat tarixiy yodgorlik, balki real
faoliyatda yo‘l ko‘rsatkich bo‘la oladi.
Xulosa
Sharq allomalari asarlarida ilgari surilgan pedagogik qarashlar, ayniqsa
mudarisslar mehnatiga bergan baholari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan. Ular ustozlikning eng yuksak mezonlarini belgilab bergan: halollik,
mehr, bilim, sabr, namunaviylik va adolat.
Ushbu qadriyatlar asosida zamonaviy o‘qituvchilar faoliyat olib borishsa,
ta’lim-tarbiya sifati ham yuksaladi. Institut, maktab yoki oliy ta’lim muassasalarida
Sharq allomalari qarashlarini pedagogik metodlar bilan uyg‘unlashtirish dolzarb
bo‘lib qolmoqda.
Pedagogik ta’lim muassasalarida Sharq allomalari pedagogik qarashlari
asosida maxsus kurslar joriy etish; Maktab va institutlarda o‘qituvchilar uchun
ma’naviy-ma’rifiy seminarlar o‘tkazish; Ilg‘or o‘qituvchilarni mukofotlashda
“mudarisslik” an’analarini targ‘ib qilish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
O. Husanboydan, J Hasanboyeva H. Homidov "Pedagogika tarixi"Toshkent-2004 35-
bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
75
1.
Abu Rayhon Beruniy. O’ylar, hikmatlar, naqllar,she’rlar. Toshkent. Yosh
gvardiya. 1973.44-bet
2.
Al-Forobiy "Fozil odamlar shahri"haqidagi asari Toshkent "Fan" 1993
3.
Mahkamova G. Pedagogik tafakkur tarixi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”,
2016
4.
Ibn Sino. Donishnoma. – Toshkent: “Sharq”, 2000.
5.
Beruniy A.R. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. – Toshkent: “Fan”,
1975
7. Ibragimov X., Yoldoshev U. va boshqalar. Pеdаgоgik psixologiya. -T.: O`zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2007. - 410 b.
8. Оchilоv Mаllа. Muаllim qаlb mе`mоri. – T.: O`qituvchi, 2000.
9. Kаrimоvа V. “Mustаqil fikrlаsh” mеtоdik qо‘llаnmа. -T.: - 2000 y.
Elеktrоn tа’lim rеsurslаri:
13.
www.tdpu.uz
14 .
15. www. Ziyonet. uz
16. www.edu. uz
17. tdpu - INTRANET. ped.
18. www.google.co.uz