MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
330
O'ZBEKISTON XUDUDIDA EGRI BOShLI GIJJA
(ANCYLOSTOMA DUODENALE) NING UChRAShI VA TARQALIShI
Sharipova Farida Salimdjanovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Qulmatova Mavjuda Panji qizi
2-sonDavolash fakulteti 1-bosqich talabasi
Yo’ldoshaliyev Bekmurod Abdumalik o’g’li
2-sonDavolash fakulteti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya Maqolada parazitar kasalliklar uchrash darajasi, ularning
tibbiy - ijtimoiy ahamiyati, mamlakatlar uchun yetkazatgan iqtisodiy zarari,
katta yoshdagi aholi ayniqsa bolalar hayot sifatining yomonlashuvi ushbu
patologiyalarga jiddiy ahamiyat berish kerakligini ko'rsatadi. Shunday bo'lsa
hamki,
ushbu
kasalliklar
allergologik
va
immunologik
jihatlari,
immunopatogenetik xususiyatlari oxirigacha ochib berilmagan. Hozirgi kunda
odamlar, hayvonlar va o'simliklarning hisobiga yashovchi parazitlarning 15
mingdan ziѐd turi ma'lum va insonlarda ko'proq askaridalar, ostritsalar, qilbosh
gijjalar qiyshiq boshli gijja uchraydi.
Kalit so’zlar: Gelment, spikula ,parazit
Gelьmintlar odam organizmining nafas olish, ovqat hazm qilish,
muskullari, jigar, o't pufagi, taloq, kon, miya, ko'z va boshqa a'zolarida parazitlik
qiladi. Aholining sog'lig'ini belgilovchi omillardan biri ijtimoiy jihatlar bilan
bog'liq kasalliklar, jumladan protozoonoz va gelmintlar bo'lib, ularning barchasi
parazitar kasalliklarning 99% ni tashkil etadi . Ilmiy manbalarda e'tirof
etilishicha, odam va hayvonlarning a'zo va to'qimalari hisobiga yashovchi
gijjalar (gelmintlar), ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deyiladi.
Kasallik manbai bemor odam va gijjalar bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
331
. Parazitizm (grekcha parasitos - tekinxo'r, hamtovoq) har xil turga mansub
organizmlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlardan biridir. Bunda organizmlardan
biri (parazit) ikkinchisidan (xo'jayin) yashash muhiti va oziqa manbai sifatida
foydalanib, unga zarar yetkazadi. Parazitlar bir hujayrali (sarkomastigofora,
sporali, knidosporidiya, mikrosporidiya va infuzoriyalar) hamda ko'p
hujayrali
hayvonlardan (yassi chuvalchanglar, tikanboshlilar, to'garak chuvalchanglar va
bo'g'imoѐqlilar) tiplari tarkibida uchraydi
Egri boshli gijja (Ancylostoma duodenale). Egri boshli (qiyshiq) gijja
odamning o'n ikki barmoq ichagida parazitlik qiladi, uning chaqiradigan
kasalligini ankilostomidoz deyiladi. Ankilostomidoz shaxtyorlar, yer qaziydigan
ishchilar va qishloq, xo'jaligi xodimlari orasida ko'proq uchraydi, ba'zi joylarda
esa kasbga aloqador kasallik hisoblanadi.
M o r f o l o g i k t u z i l i sh i . Urg'ochisining uzunligi 10 — 18
mm, erkaginiki esa 8—11 mm bo'ladi. Tanasining rangi oqimtir-kul rang bo'lib,
bosh tomoni orqaga qarab egilgan, shu sababdan egri boshli yoki qiyshiq boshli
gijja deyiladi. Og'iz tomoni og'iz kapsulasi bilan o'ralgan bo'lib, uning ichida
kutikulali tishlari joylashgan. Ankilostomalar o'n ikki barmoq ichakda yashab,
uning shilliq qavatiga yopishib oladi va og'iz kapsulasidagi tishlari bilan ichak
devorini shikastlaydi. Hosil bo'lgan yaralardan qon oqadi, parazitlar shu qon
bilan oziqlanadi. Demak, ankilostoma qil boshli gijja singari, gematofagdir.
Ichak devoridagi yaralar yallig'lanadi, yiringlaydi. Urg'ochisida tanasining orqa
tomoni uchli bo'lib, erkagida esa uchi kengaygan va jinsiy xaltachaga aylangan
bo'ladi. Spikulalari — jinsiy kopulyativ apparat ikkita bo'ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
332
1-rasm Qiyshiq boshli gijja tuzilishi va rivojlanishi
R i v o j l a n i sh s i k l i. Ankilostomalar o'n ikki barmoq ichakda
kopulyatsiya qiladi. Urug'langan urg'ochisi har kuni 10000 dan ortiq tuxum
qo'yadi. Tuxumlari bemor axlati bilan tashqariga chiqadi. +ulay tashqi muhitda
(harorat 25—27S) 24 soat o'tgach tuxumlardan lichinkalar chiqadi. Rabditli
lichinkalar (lichinkalarning rivojlanishini I—chi) davri tuproqqa tushib, chirigan
organik moddalar bilan oziqlanadi va ikki marta tullaydi.
Ikkinchi marta tullaganda ustidagi pardasi ajraladi, lekin tushib
ketmaydi, hu sababdan lichinka go'yo jild ichida yotgandek bo'ladi. Bu davrdagi
lichinkalar filyariyasimon lichinkalar bo'lib, odam uchun invazion hisoblanadi.
Invaziya odatda, lichinkalarning odamni oyoq yoki qo'l terisi orqali kirishi bilan
yuz beradi. Xo'jayini terisiga kirib olgan lichinkalar qon tomirlar sistemasiga
o'tib, birinchi yurakka, so'ng o'pka kapillyarlariga boradi va alьveolalarga
Tip Yumaloq chuvalchanglar (Nemathelminthes) аsl Yumaloq chuvalchanglar
(Nematoda)
4
3
1
3
2
а
б
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
333
tushadi. Alьveollalarga tushgan lichinkalar asta-sekin nafas yo'llari orqali (
bronxlar, traxeya, hiqildoq) halqumga og'iz bo'shlig'iga tushadi va yutiladi, o'n
ikki barmoq ichakda lichinkalar ichak shilliq pardasiga yopishib rivojlanadi va
voyaga yetadi. Bunday yuqish yo'li faol invaziya deyiladi. Lekin ankilostomidoz
nofaol yo'l, ya'ni sust (passiv) yo'l bilan ham yuqishi mumkin. Masalan, odam
filyariyasimon lichinkalar bilan ifloslangan ovqatni yeganda yoki suv ichganda
lichinkalar ichakka tushadi va rivojlanib, voyaga yetadi. Sust invaziya lichinkalar
migratsiyani o'tashi shart emas. Voyaga ankilostomalar 2 yildan 5-8 yilgacha
yashashi mumkin. Egri boshli gijjaning patogen ta'siri juda katta bo'lib, tishchali
og'iz kapsulasi bilan ichak devorini shikastlaydi, yopishgan joyini tez-tez
o'zgartirgani uchun ozgina vaqt ichida ichak devorida yaxlit yaralar hosil bo'ladi
va ichakdan qon oqishiga sabab bo'ladi. Ankilostomidozga xos belgilardai biri
kamqonlikdir, ayrim holatlarda bemorning gemoglobini 15—20 foizga tushib
ketadi. Bolalar jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmaydi, ozib ketadi. Katta yoshli
odamlarda darmonsizlik, kamquvvatlilik, bosh og'rib, aylanishi, qorin og'rig'i va
shunga o'xshash belgilar kuzatiladi. P a r a z i t o l og i k t a sh x i s i:
bemorlarning axlati tekshirilib, ankilostoma tuxumlarini aniqlanishidan iborat.
Sh a x s i y o l d i n i o l i sh ch o r a l a r i : shaxsiy gigiyenaga
rioya qilish, sabzavot va ko'katlarni qaynoq suvda yuvish, hovuzdagi suvlarni
qaynatib ichish va hokazo. Ankilostomidoz tarqalgan joyda oyoqyalang yurish
va o'tda yotish man qilinadi.
J a m o a t o l d i n i o l i sh ch o r a l a r i: ankilostoma tarqalgan
joylarda axoli o'rtasida muntazam ravishda ommaviy degelьmintizatsiya
o'tkaziladi va odam axlatining tashqi muhitga tarqalishiga qarshi choralar
ko'riladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1Алѐхина Н.А., Соколова Я.О., Исмаилова З.М., Мартынова О.В., Кенембаева
А.С. Паразитарная чистота объектов окружающей среды Астраханской области
за 2014-2016 годы // Электронный журнал «Концепт». - 2017. - Том 39. - С.2711-
2715.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
334
2. Ахатова Г.Х., Назарова У.Х., Турсунова Х.Н. Совершенствование
эффективности применения профилактических мероприятий у детей по
снижению заболеваемости гельминтозами // Молодой ученый. - 2017. - №16. -
С.25-27.
3. Ершова И.Б., Мочалова А.А., Лохматова И.А., Монашова М.Г., Петренко
О.В. Неспецифические проявления гельминтозов у детей // Здоровье ребенка. -
2015. - №8 (68). - С.45-50.