MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
137
TOKSOPLAZMOZ KASALLIGINING KELIB CHIQISHI VA
TARQALISHISHI
Sharipova Farida Salimdjanovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Azizov Elbek Abdinazar o’g’li
2-sonDavolash fakulteti 1-bosqich talabasi
elbekazizov@gmail.com
Annotatsiya
Parazitar
kasalliklar
odam
organizmida
kasallanish
strukturasida muhim o'rin tutishda davom etmoqda. Ular deyarli barcha issiq va
tropik iqlimga ega mamlakatlar uchun dolzarb bo'lib qolmoqda. So‘nggi yillarda, shu
jumladan o’rta osiyo mamlakatlarida ham parazitozlar soni o'sishi kuzatilmoqda.
Parazitar kasalliklarning o‘ziga xosligi shundaki, ko‘pgina kasalliklar uchun aniq
klinik ko‘rinish va o‘ziga xos simptomatika xos emas.Odatda, surunkali intoksikatsiya
belgilari, allergik namoyonlar va zararlangan organ disfunktsiyasi belgilari
kuzatiladi.
Kalit so’zlar:
parazit, koksidiya, toksoplazma, allergiya, sporasista,
inkubatsiya.
Mavzuning dolzarbligi
Bugungi kunda aholi o’rtasida yuqumli
kasalliklar bilan bir qatorda parazitar kasalliklar ham uchraydi. Parazit bir hujayralilar
keltirib chiqaruvchi kasalliklar ko’plab uchraydi.
Maqsad va vazifa
Toxoplasma gondii ayrim issiq qonli hayvonlar
(gomoyoterm) kalamushlar, sichqonlar, yirtqich va barcha uy hayvonlari
(sutemizuvchilar, qushlar) va odamning deyarli barcha a'zolari va sistemalarida
parazitlik qiladi.
Toksoplazmalar keltirib chiqaradigan kasallik toksoplazmoz deb
ataladi. Bu kasallik O'rta Osiyo mamalakatlari va Qozog’istonda hayvon va
odamlar orasida uchrab turadi. Keyinchalik toksoplazmalar odam va hayvonlarda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
138
parazitlik qilishi va toksoplazmoz kasalligiga sabab bo'lishi aniqlandi. Lekin faqat
1970 yillarga kelib ularni elektron mikroskopda tekshirib va rivojlanish sikliga
(koktsidiyalarga xos) asoslanib, toksoplazmani sporalilar sinfi, koktsidiyalar
turkumiga kiritildi. Toksoplazmalar odam va hayvonlarning turli a'zolaridagi
hujayralarida topilgan, masalan, bosh miyada, tana mushaklarida, ko'zda,
bachadonda, homila pardasida va hakozo. qozogistonlik olim, akademik I. G.
Galuzo va uning shogirdlari uy va yovvoyi hayvonlarning deyarli hamma turida
toksoplazmoz kasalligining tarqalishi mumkinligini isbotlaydilar. Toksoplazmalar
barcha issiq qonli hayvonlar organizmida yashay oladi, degan taxmin ham bor.
Morfologik tuzilishi. Toksoplazmaning tuzilishi yarim oysimon bo'lib,
shakli limon va apelsin tilimiga o'xshaydi. Tanasining bir uchi to'mtoq, ikkinchi
uchi uchli bo'lib, uzunligi 4—8 mkm, eni 2—4 mkm gacha bo'ladi. Sitoplazma
markazida 1—2 mkm kattalikdagi yadro joylashadi. Romanovskiy usulida
bo'yalganda yadro qizil-binafsha, sitoplazma esa zangori kulrangga bo'yaladi.
1-rasm Toxoplasma gondii
Elektron mikroskop ostida ko'rilganda tanasining uchli tomonida
spiralsimon o'ralgan miofibrillalar bo'lib, ular konoid deb ataladi. Konoid
yordamida toksoplazma xo'jayinning to'qima hujayralariga kirib oladi. Bezgak
plazmodiyalari kabi toksoplazma hujayra ichida parazitlik qiladi va osmotik
usulda oziqlanadi. Yaqin vaqtgacha toksoplazmalarning faqat jinssiz yo'l bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
139
ko'payishi ma'lum edi. Zararlangan hayvonlarning to'qimalarida toksoplazmalar
bir necha marta bo'linib, yolg'on va haqiqiy sistalar hosil qiladi. Daniya, Angliya
va AQSh olimlari mushuklarga toksoplazma bilan zararlangan sichqonlarni
yedirtirib, ularning ichagida koktsidiyalarga xos bo'lgan taraqqiyot siklini
kuzatadilar. Demak, toksoplazmaning asosiy xo'jayinlari mushuk va
mushuksimonlar oilasiga kiruvchi hayvonlardir. Oraliq xo'jayinlar esa turli
qushlar, sutemizuvchilar hamda odam hisoblanadi. Ko'pchilik koktsidiyalardan
farq qilib, toksoplazma uchun deyarli hamma issiq qonli hayvonlar oraliq xo'jayin
bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, jinssiz yo'l bilan hosil bo'lgan yangi parazitlar
asosiy xo'jayinga o'tmasdan yana boshqa oraliq xo'jayinlarda ham kasal chaqirishi
mumkin. Shunday qilib, toksoplazmaning taraqqiyot sikli xo'jayinlarni almashishi
bilan boradi
Toksoplazmalar asosiy xo'jayinning ichak epiteliy ho'jayralarida
shizontlarni hosil kiladi, shizontlar shizogoniya usulida ko'payadi. Shizogoniya
natijasida merozoitlar hosil bo'ladi. Merozoitlar yarim oy shaklida bo'lib, hujayra
devorini yoradi va ichak kavagiga tushadi. Ma'lum vaqtdan so'ng merozoitlar
boshqa epiteliy hujayralariga kirib, shizontlarga aylanadi va shizogoniya
takrorlanadi. Shizigoniya jarayoni bir necha bor takrorlanganidan so'ng ichaknnng
epiteliy hujayrasiga kirgan ba'zi merozoitlar erkaklik jinsiy hujayrasi
mikrogameta (spermatozoid), boshqalari esa makrogametani(tuxum hujayrasi)
hosil qiladi. Yetilgan makro va mikrogametalar epiteliy hujayralarini yorib
chiqadi va asosiy xo'jayin ichagida qo'shiladi, natijada otalangan zigota hosil
bo'ladi. Zigota esa qalin parda bilan o'ralib ootsistani hosil qiladi. Ootsistalar
hayvon axlati bilan tashqariga chiqadi. Tashki muhitda, tuproqda, ootsistaning
ichida sporogoniya jarayoni kechadi va natijada ikkita spora hosil bo'ladi.Har bir
sporada to'rttadan sporozont yetiladi. Sporozoitlar yetilgan ootsistalarni
sporotsistalar deyiladi. Sporotsistalar oraliq xo'jayinga, shuningdek asosiy
xo'jayinga ham yuqishi mumkin.
Odamga oraliq xo'jayinga sporotsistalar oziq-ovqat maxsulotlari bilan
tushadi. Odamning ichagida sporotsistadan chiqqan sporozoitlar ichakniig epiteliy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
140
hujayralariga kiradi va bir necha barobar ko'payganidan so'ng yangi parazitlar
— merozoitlarni hosil qiladi. Ba'zi bir sporozoitlar ichak devorlaridan o'tib
retikulo-endotelial tizim hujayralariga, ko'pincha makrofaglarga kirib, parazitlik
qiladi, o'sadi, rivojlanadi, jinssiz yo'l bilan ko'payadi. Hosil bo'lgan merozoitlar
har xil ichki organ hujayralariga kirib yashaydi. Toksoplazmaning ichki organ
hujayralarida kuzatiladigan jinssiz ko'payishi alohida usul—endogoniya deyiladi.
Endogoniya shizogoniya jarayoni bilan yaqin bog'langan bo'lib, ikki davrni
boshidan kechiradi, avvalo shizogoniya kuzatiladi, so'ng hosil bo'lgan har bir
merozoit yana ikkiga bo'linadi. Zararlangan hayvon organida (a'zosida)
toksoplazmalar tez ko'payadi. Hujayralarning sitoplazmasida to'plangan parazitlar
«yolg'on» sistalar deb ataladi. Hujayra devori toksoplazmalar uchun sista qobig'i
bo'lib xizmat qiladi. Hujayradan chiqqan merozoitlar to'p-to'p joylashib, qalin
parda bilan o'ralishi mumkin. Bunday parazitlar to'plamiga haqiqiy (asl) sistalar
deyiladi.
Asosiy xo'jayinlar (ko'pincha mushuklar) sistalar bilan zararlangan
oraliq xo'jayin a'zolarini yeb o'ziga toksoplazmalarni yuqtiradi. Asosiy xo'jayinlar
kasallikni sporotsistalar orqali yuqtirishi ham mumkin, lekin bunday yuqish yo'li
kamdan-kam uchraydi.
Toksoplazmoz kasalligining keng tarqalganligiga sabab, ko'pchilik oraliq
xo'jayinlar asosiy xo'jayin (mushuksimon yirtqich hayvonlar) uchun ozuqa
bo'ladi. Shu tufayli toksoplazma turining tabiatda saqlanib turishiga sharoit
yaratiladi. Odamga toksoplazmalar quyidagi yo'llar orqali o'tishi mumkin:
1. Og’iz orqali. Sporotsistalar bilan ifloslangan sabzavot, mevalar,
qo'llar orqali yoki toksoplazma sistalari bilan zararlangan go'sht. sut
mahsulotlari orqali o'tadi.
2 kontakt yo’l bilan zararlangan hayvonlar terisini shilganda,
kasalxonalarda yoki toksoplazmozni aniqlaydigan laboratoriyalarda sistalar
odamning shikastlangan terisi va shilliq pardalari orqali yuqishi mumkin.
3. Transplasentar yo'l bilan — onadan yo'ldosh orqali bolaga o'tadi.
Bu yo'l odatda homilador bemor ayollarda kuzatiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
141
4. Havo tomchi orqali —o'pka toksoplazmozi kuzatiladi.
Kasallik alomatlari parazit qaysi a'zoga joylashganligiga bog'liq bo'lib,
odatda asab, jinsiy, limfa sistemalari, ko'rish aьzolari shikastlanadi.
Toksoplazmoz surunkali kasallik bo'lib, o'ziga xos belgilari aytarli kuzatilmaydi.
Hattoki odamlar orasida 30 % gacha toksoplazmalarni tashib yuruvchilar bo'lib,
ularda mutlaqo kasallik alomatlari bo'lmasligi mumkin. Toksoplazmani aniqlash
uchun quyidagi usullarni qo'llanadi:
Xulosa
Kasallikni oldini olishning asosiy sharti shaxsiy gigiyenaga rioya
qilishdan iborat. Uy hayvonlarini vaqti-vaqti bilan toksoplazmozga tekshirtirib
turish lozim. Toksoplazmalar bilan zararlangan uy hayvonlarini davolash zarur,
ularning go'sht, sut mahsulotlarini iste'mol qilmaslik kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Xoliqov P.X., Qurbonov A.Q., Daminov A.O., Tarinova M.V. Tibbiy biologiya va
genetika. Darslik. Toshkent. 2019 y.
2.Yаrigin M.N., Biologiya.Uchebnik. Moskva 2016 g.
3 Pexov A.P. Biologiya. Meditsinskaya biologiya, genetika, parazitologiya.
Uchebnik. Moskva. 2014 g.
4.Xamidov J.X. va boshq. Tibbiyot biologiyasi va irsiyatdan qo‘llanma. 1991
yAlimxodjaeva
P.R.,
Juravleva
R.A.
Rukovodstvo
po
meditsinskoy
parazitologii.Uchebnik. Tashkent. 2004 g.
5. NurovaZ.A. Sharipova F.S. Narzullayeva G.Q. Tibbiy biologiya umumiy genetika
o’quv qo’llanma 2023 y