MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
142
CHAPAQAYLIK FAZILATMI YOKI NUQSON ?
Shamsiddinov Safar To’rayevich
2-son Davolash fakulteti 1- bosqich talabasi
Ilmiy rahbar:
Sharipova Farida Salimdjanovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya.
Aholi o’rtasida chapaqaylik bilan tug’ilganlar xam uchrab
turadi.
Olimlar chapaqaylikni genetika bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin degan fikrda.
Unga ko‘ra bir tuxum hujayradan paydo bo‘lgan egizaklarda genlar bir xil bo‘ladi,
biroq bunday juftliklarning 17 foizida ishchi qo‘llar har xil bo‘ladi. Ba’zan homilada
chapaqaylik tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladi. Masalan, bir tadqiqotga ko‘ra,
agar ona homiladorlik vaqtida tez-tez stress holatiga tushgan bo‘lsa, chaqaloqning
chapaqay bo‘lib tug‘ilishi imkoniyati oshadi. Maqolada chapaqaylik haqida turli xil
faktlar keltirilgan.
Kalit so’zlar
: chapaqaylik , irsiyat, bosh miya, mahurat, nutq, istedod.
Mavzuning dolzarbligi
Chapaqaylik — irsiyatga bogʻliq holat bunda baʼzi
maqsadga muvofiq harakatlarni bajarishda koʻproq chap qoʻl ishlatiladi. Odam bosh
miyasining rivojlanish jarayonida funksiyalar chap va oʻng yarim sharlar oʻrtasida
taqsimlanadi. Chap yarim shar zimmasiga nutq, oʻqish, yozish, hisoblash, analitik
faoliyatning (logik, matematik) murakkab shakllari, oʻng yarim shar zimmasiga esa
aniq obrazli faoliyat (tashqi olamdagi narsalarning koʻrinishi, tovushi, rangi va
boshqa boʻyicha aniqlash) tushadi. Oyoq-qoʻllar harakatini bajarishda ikkala yarim
shar qatnashadi; chap yarimshar ixtiyorida oʻng qoʻl va oyoq, oʻng yarim shar
ixtiyorida chap qoʻl va oyoq boʻladi. Koʻpchilik kishilarda chap yarim shar ustunlik
qilganidan oʻng qoʻl koʻproq ish bajaradi; oʻng qoʻl yordamida ishlash, ovqat yeyish
va boshqa odatdagi holat. Chapaqaylarda bosh miyaning oʻng yarim shari funksiyasi
chap yarim sharnikidan ustun turadi. Rivojlanishning har ikkalasi: oʻnaqaylik ham,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
143
chapaqaylik ham normal hisoblanadi. Biroq turmushda va ishlab chiqarishda hamma
asboblar va mehnat qurollari oʻnaqaylarga moʻljallanganligi tufayli chapaqay
bolalarni oʻnaqaylikka oʻrgatish maqsadga muvofiq. Oʻnaqaylik va chapaqaylikni
aniqlash
nevropatologiyada
muhim
ahamiyatga
xususiyati shundaki, ularning chap qo‘li dominant bo‘lib, ularga turli musobaqalarda
ustunlik beradi. Buning sababi shundaki, o‘naqaylar o‘ng qo‘lini faol ishlatadigan va
zarba boshqa tomondan kelishini kutmaydigan raqiblar bilan muomala qilishga
odatlangan.
Chapaqay
– asosan chap qoʻli bilan ishlovchi insonlarga aytiladi.
„Chapaqay“ soʻzi antonimi – „
“. Insonlar orasida chapaqaylar tahminan
15%ni
tashkil
etadi,
yaʼni,
har
yettinchi
inson
chapaqaydir.
Chapaqay inson oʻng qoʻliga nisbatan chap qoʻlini koʻp ishlatadi. Chapaqay chap
qoʻlini ayniqsa, shaxsiy ehtiyoj, taom tayyorlash va shunga oʻxshash ishlarda koʻproq
foydalanadi. Yozadigan qoʻl esa oʻnaqay yoki chapaqaylikni aniq indikatori
hisoblanmaydi. Masalan, koʻpchilik chapaqaylar oʻng qoʻlida yozadilar, lekin qolgan
barcha ishlarni chap qoʻllarida qiladilar. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, chapaqaylar
jinsi ayollardan koʻra, koʻproq erkaklar boʻladi. Chapaqaylar bir tuxumlik egizaklar
orasida koʻp uchraydi va baʼzi asabiy zoʻriqqan insonlar guruhida, yaʼni, epilepsiya,
Daun sindromi, autizm, aqliy rivojlanishi toʻxtab qolgan va disleksiyalarda uchraydi.
Statistikaga koʻra, birtuxumlik egizaklar 76%lik chapaqay boʻlish imkoniyati bor.
va qisman ekologik oʻxshashligi koʻrsatiladi.
Chapaqaylar
Janubiy
Osiyo,
Sharqiy
Yevropa,
Janubiy-sharqiy
aholilarida boshqa etnik guruhlarga nisbatan orasida koʻproq
uchraydi. Chap qoʻllar Janubiy yarimsharda koʻproq: Bu sotsial sabablarga koʻra
boʻlishi ham mumkin, chunki Koʻhna olam chetlarida chapaqaylar jamiyatdan
chetlashtirilib, siqib chiqarganlar. Statistikaga koʻra, hozirda sayyoramizda 500
milliondan ortiq chapaqaylar yashamoqda.
chaqaloqlar orasida 10%ni tashkil etadi: ular baqiroqroq, sabrsizroq, lekin bolalar
yoshida esa kirishimliroq, soʻzga chechanroq boʻlishadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
144
Ba'zi bolalar dastlab chapaqay bo’ladilar, ammo ularning rivojlanishi
jarayonida ma'lum o'zgarishlar ro'y berdi. Riojlanish pallasidagi barcha bolalar ota-
onalariga taqlid qilishadi va shunga mos ravishda ularning barcha xatti-harakatlarini
takrorlashadi. Ko'pchilik chapaqaylar “ko’zgu yozuvini” yozishdek noyob
qobiliyatiga ega. Bunday qobiliyat paydo bo'lishining sabablari va shartlari hali ham
noma'lum. Aslida, chapaqaylar haqida juda ko'p asossiz va isbotlanmagan afsonalar
mavjud. Ular orasida eng mashhurlari ularning qisqa umr ko'rishi, ijodkorlik
qobiliyati kuchliligi va allergiya moyilligi tog’risidagilari. Biroq,yangi tadqiqotlar
ushbu fikrlarni to'liq rad etgan. Chapaqaylar kompyuter klaviaturasida o’naqaylarga
qaraganda tezroq yozishadi. Buning sababi, eng ko'p ishlatiladigan harflar asosan
klaviaturaning chap tomonida joylashgan. Chapaqay odamlarda nafaqat chap qo'l va
oyoq, balki butun tanasida ham chap tomon ustunlik qiladi. Chapaqaylar avtomatik
ravishda teleskopga chap ko’zi bilan qaraydi. Telefonni ham chap qulog’iga tutishadi.
Chapaqaylarga nisbatan "noxaqlik" hali ham ko'p mamlakatlarda mavjud. Shunday
qilib, Gana Respublikasida chapaqay inson taxtga davo qilishi taqiqlanadi. Ba'zi
mamlakatlarda odamni faqat o'ng qo'lidan foydalanishga o'rgatish uchun juda
shafqatsiz usullar joriy etilgan. Chapaqaylar orasida mashxurlar ham talaygina:
Barak Obama, Gay Yuliy Sezar, Leonardo do Vinchi, Pablo Pikasso, Albert Enshteyn,
Isak Nyuton, Bill Geyts, Charli Chaplin, Merlin Monro, Lyudvigvan Bethoven, Mark
Tven shular jumlasidandir.
Amerikaliklarning tadqiqotiga ko'ra, chapaqaylarda
baxtsiz hodisalarga uchrash xavfi yuqori bo'lar emish. Chapaqaylarning taxminan 17
foizida avtohalokatda jarohat olish ehtimoli bor. O'ng qo'l egalari uchun faqat 8%
xavf ostida. Biroq,olimlar bu xususiyatni hali ham tushuntirib bera olishmayapti.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
145
Chapaqay erkaklar o’naqaylariga nisbatan kuchliroq hotiraga ega
bo’lishadi.
Dunyo miqyosida chapaqay insonlar taxminan 12-13%ni tashkil etadi.
Bundan tashqari nasliy chapaqay insonlar ham bor. Bu xuddi kasallik singari nasldan-
naslga o‘tadi. Olimlar chapaqaylikni genetika bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin degan
fikrda. Unga ko‘ra bir tuxum hujayradan paydo bo‘lgan egizaklarda genlar bir xil
bo‘ladi, biroq bunday juftliklarning 17 foizida ishchi qo‘llar har xil bo‘ladi. Ba’zan
homilada chapaqaylik tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladi. Masalan, bir
tadqiqotga ko‘ra, agar ona homiladorlik vaqtida tez-tez stress holatiga tushgan bo‘lsa,
chaqaloqning chapaqay bo‘lib tug‘ilishi imkoniyati oshadi. Olimlarning
ta’kidlashicha, chapaqay insonlar uch turga bo‘linar ekan.
MAJBURIYCHAPAQAYLAR
Odatda qo‘li singan yoki shikastlangan bolalarga ota-onalari yoki maktabdagi
o‘qituvchilari tomonidan chap qo‘lda yozish o‘rgatiladi. Ammo qanchalik urinmang,
uning husnixati chiroyli bo‘lmaydi, chunki ular tabiatan o‘ng qo‘lda yozishga
o‘rganganlar. Bunday bolalarda miyaning faol qismi chapligicha qolaveradi. Bu
degani uning o‘ng tomon miyasi uchun javobgar qism chap tomon hisoblanadi.
Chunki o‘ng qo‘l bilan yozadigan insonlarda ham xuddi shunday. Majburiy
chapaqaylar yer sharining atigi 3% odamlarini o‘z ichiga oladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
146
TAQLIDIYCHAPAQAYLAR
Bunday insonlar bolalik chog‘idan oila a’zolari yoki maktabdagi o‘rtoqlariga qarab
chapaqay bo‘lganlar. Chapaqay bo‘lishlariga albatta kimdir sababchi bo‘ladi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak bunday chapaqay bolalarning yozuvi xunuk va tartibsiz
bo‘ladi. Chunki ularda ham aslida miyaning chap yarim shari faollik qiladi. Bunday
isonlar oramizda faqatgina 0,5% ni tashkil etadi.
O‘ZXOXISHIGAKO‘RACHAPAQAYINSONLAR
Ba’zi insonlarda qo‘lga nisbatan faol yarim shar uncha yaxshi rivojlanmaydi. Shuning
uchun bunday odamlar qaysi qo‘lda yozishni o‘zlari hal qilishadi. Yoki odatda ular
ikki qo‘lida ham bir xil yoza olish qobiliyatiga egalar. Ular taxminan 7-8%ni tashkil
etishadi.
hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Xoliqov P.X., Qurbonov A.Q., Daminov A.O., Tarinova M.V. Tibbiy biologiya va
genetika. Darslik. Toshkent. 2019 y.
2.Yаrigin M.N., Biologiya.Uchebnik. Moskva 2016 g.
3 Pexov A.P. Biologiya. Meditsinskaya biologiya, genetika, parazitologiya.
Uchebnik. Moskva. 2014 g.
4.Xamidov J.X. va boshq. Tibbiyot biologiyasi va irsiyatdan qo‘llanma. 1991
yAlimxodjaeva
P.R.,
Juravleva
R.A.
Rukovodstvo
po
meditsinskoy
parazitologii.Uchebnik. Tashkent. 2004 g.
5. NurovaZ.A. Sharipova F.S. Narzullayeva G.Q. Tibbiy biologiya umumiy genetika
o’quv qo’llanma 2023 y