Authors

  • Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii
  • Axmadjonov Soxibjon Sobirjon o‘g‘Ii

Author Biographies

  • Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii

    Andijon Davlat Texnika Instituti

    Avtomobilsozlik va Transport kafedrasi

    assistent o‘qituvchisi

    E-mail: javohirhalimov97@gmail.com

    Tel: +998972724646

  • Axmadjonov Soxibjon Sobirjon o‘g‘Ii

    Andijon Davlat Texnika Instituti

    Transport va logistika yo‘nalishi 2-kurs talabasi

    Tel: +998500775101

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119491

Keywords:

punkt yuk transport vositalari

Abstract

Yuklarni tashish ishlab chiqarish jarayonining davomidir. U sanoatda ishlab chiqarilgan, qishloq xoʼjaligida yetishtirilgan va boshqa sohalardagi mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

207

YUK HOSIL QILUVCHI VA YUK QABUL QILUVCHI PUNKTLAR

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii

Andijon Davlat Texnika Instituti

Avtomobilsozlik va Transport kafedrasi

assistent o‘qituvchisi

E-mail:

javohirhalimov97@gmail.com

Tel: +998972724646

Axmadjonov Soxibjon Sobirjon o‘g‘Ii

Andijon Davlat Texnika Instituti

Transport va logistika yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Tel: +998500775101

Annotattsiya: Yuklarni tashish ishlab chiqarish jarayonining davomidir. U

sanoatda ishlab chiqarilgan, qishloq xoʼjaligida yetishtirilgan va boshqa sohalardagi

mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib beradi.

Аmmo ishlab chiqarish hajmi bilan tashilgan yuklar miqdori yil davomida,

isteʼmolchilar oʼrtasidagi taqsimoti oʼzaro teng boʼlmaydi. Sanoatda, ayniqsa

qishloq xoʼjaligida ishlab chiqarilgan mahsulotning barchasi ham transportda

tashilmaydi. Mahsulotning maʼlum qismi oʼsha joyning oʼzida isteʼmol etiladi.

Mahsulotlarning ayrim qismi esa transportda ikki va undan ortiq marta ham

tashilishi mumkin.

Kalit so‘zlar: punkt, yuk, transport vositalari

Yuk hosil etuvchi punktdan joʼnatilgan yuk mikdori ayni punktning joʼnatish

boʼyicha yuk aylanmasini xarakterlaydi. Yuk qabul etuvchi punktga keltirilgan yuk

miqdori, ayni punktning tovar qabul etish boʼyicha yuk aylanmasini xarakterlaydi.

Yuk yigʼiluvchi va qabul etiluvchi asosiy punktlarga sanoat korxonalari, jamoa va

fermer xoʼjaliklari, tegirmon (elevator)lar, tayyorlov punktlari, konlar, temir yoʼl

bekatlari, suv portlari, aeroportlar, qurilish maydonlari, moddiy-texnika taʼminoti


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

208

baza va omborlari, doʼkon va shu kabilar kiradi[1]. Yuk hosil etuvchi va ularni qabul

etuvchi punktlar joylashuvi hamda ular oʼrtasidagi transport aloqalari ishlab

chiqaruvchi hamda isteʼmol etuvchi korxona va tashkilotlar joylashuvi va iqtisodiy

ahamiyati, tovar almashinuv shoxobchalari, ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi

hamda barcha turdagi transportlar ortish-tushirish punktlari joylashuvi bilan

chambarchas bogʼliqdir.

Аsosiy yuk hosil etuvchi punktlar xarakteri ayni hudud va undan tashqarida

foydalanuvchi va isteʼmol etiluvchi sanoat yoki qishloq xoʼjalik mahsulotlari turi

bilan bogʼliqdir. Аvtomobil transporti bilan joʼnatiluvchi umumiy yuk mikdori ishlab

chiqaruvchi korxonalar quvvati, qishloq xoʼjaligi maydonlari va ulardagi ish

unumdorligi bilan bogʼliqdir[2]. Аyrim davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar

joylarda va omborlarda yigʼilib qolishi mumkin.

Yuklarning bir joyda yigʼilib qolishiga misol tariqasida zavod, shaxta va

konlarning sutkali mahsuloti, jamoa xoʼjaliklarining tayyorlov punkta yoki

elevatorlarga topshirilgunga qadar yigʼilib qolgan don mahsuloti, paxta xomashyosi

va boshqalarni keltirish mumkin. Yuk hosil etuvchi punktlar qatoriga har kuni kam

miqdorda yuk tashiladigan bir qancha obʼektlar ham kiritilishi mumkin. Bularga

bozorlar, doʼkonlar, aholi yashovchi joylardan chiquvchi axlatlarni tashish kiradi.

Yuk qabul etuvchi punktlar taʼminot zarurati, mahsulotlarni yetkazib berish

imkoniyati bilan bogʼlikdir. Har xil turdagi yuklarni yetkazib berish vaqtlari

koʼpincha moddiy-texnik taʼminotning yoʼlga qoʼyilganligi bilan bogʼliqdir.

Baʼzi holatlarda keltirilgan yuklarning maʼlum qismi ishlov berilgandan soʼng

tayyor mahsulot yoki yarim tayyor mahsulot sifatida qaytadan transportga qaytarilishi

mumkin (dastgohlar, un, oziq-ovqat mahsulotlari, paxta tolasi, gazlama), baʼzida esa

yuklar toʼla ishlatilib, transportga qaytarilmaydi (yonilgʼi, moylash yogʼlari, kislota,

oziq-ovqat mahsulotlari, qurilishda ishlatiluvchi materiallar va konstruktsiyalar)[3].

Baʼzi punktlar ishlab chiqarish xususiyati yoki faoliyatiga koʼra bir mahalning oʼzida

kombinatsiyalashgan yuk joʼnatuvchi va qabul etuvchi boʼlishi ham mumkin (zavod

va fabrikalar, temir yoʼl va suv transporti bekatlari, ulgurji baza va omborlar). Bunday

kombinatsiyalashgan punktlarning tonnalarda oʼlchanuvchi yuk aylanmasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

209

joʼnatiluvchi va qabul etiluvchi, baʼzida esa ular orqali tranzit yuklarning yigʼindisi

bilan oʼlchanadi[6].

Har qanday avtotransport korxonasining yuk tashish hajmi — bu tashishga

moʼljallangan yoki maʼlum davr ichida tashilgan, tonnalarda oʼlchanuvchi yuk

mikdoridir. Аvtotransport korxonasining yuk aylanmasi deyilganda maʼlum davr

ichida tashilgan yuk miqdorining tashish masofasiga koʼpaytmasi tushuniladi va u

tonna-kilometrda oʼlchanadi. Yuk tashish hajmi va yuk aylanmasi bajarilish vaqtiga

koʼra bir sutkali, bir oyli, bir chorakli, yarim yilli va bir yilli boʼlishi mumkin. Bir

yilli yuk tashish hajmi va yuk aylanmasi odatda notekis boʼlib, unga baʼzi yuklar

tashilishining mavsumiyligi, oylar boʼyicha kalendar va ish kunlari soni, yoʼl-iqlim

sharoitlari va boshqalar taʼsir etadi. Bir yilli yuk aylanmasi (tashish hajmi)

notekisligining Oʼzbekiston sharoitida oxirgi yillardagi choraklar boʼyicha boʼlinishi

quyidagicha: I chorak — 23....23,5 %, II - chorak 24....24,5 %, I I I - 26....27 % va

1U-25....25,5 % ni tashkil qilayotir[7].

Yuk aylanmasining notekislik darajasi notekislik koeffitsienti bilan

xarakterlanib, u maksimal yuk aylanmasining oʼrtacha yuk aylanmasi qiymatiga

nisbati bilan aniqlanadi.

Yuk aylanmasi notekisligining yuqori boʼlishi transport vositalarining yil

davomida notekis yuklanishiga olib keladi. Bu hol esa ulardan samarali foydalanishni

kamaytiradi hamda tashish tannarxining qimmatlashishiga sabab boʼlishi mumkin.

Shu bois avtotransport korxonalarining rahbar xodimlari yuk aylanmasining

notekislik koeffitsienta miqdorini aniqlash bilan cheklanib qolmay, uni tekislash

chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va transport vositalari ish rejimini yuk

aylanmasining yil davomidagi notekisligiga qarab tashkil qilishlari zarur[8].

Yuk tashish hajmi va yuk aylanmasi quyidagilar bilan tavsiflanadi:

- tashiluvchi yuk tarkibi yoki nomenklaturam (don, paxta, qand lavlagi, qurilish

materiallari, mashina va jihozlar, neftь mahsulotlari va boshqalar);

- yuk mikdoriga koʼra: katta miqdordagi, yaʼni tashish yoʼnalishida kup

mikdorda bir xil turdagi yuklar; toʼptoʼp (partion), yaʼni bir xil turdagi yuklar mikdori


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

210

nisbatan kam boʼlgan, yuk aylanmasi, yuk joʼnatuvchilar (qabul etuvchilar)

oʼzgaruvchan; mayda partiyali yoki yigʼib tashiluvchi

- yuk miqdori oz, yuk joʼnatuvchilar va qabul etuvchilar oʼzgaruvchan.

Mayda partiyali yuklarga misol qilib savdo va ovqatlanish korxonalari yuklarini,

aholiga maishiy xizmat koʼrsatish korxonalari (kimyoviy tozalash, kir yuvish

punktlari va h.k.) yuklarini tashishni koʼrsatish mumkin;

- tashish vaqtini oʼzlashtirish boʼyicha: doimiy, yaʼni yil oylari ichida

oʼzgarmas; vaqtinchalik

- maʼlum davrda tashilgandan soʼng, tashilishi qaytarilmaydigan yuklar;

mavsumiy

- yilning maʼlum faslida, qisqa vaqt ichida koʼp mikdordagi yuklarni tashish

(don tashish, paxta xomashyosi, qandlavlagi, kartoshka, sabzavot, hoʼl meva) shu

kabilar. Ular yigʼim-terim va tayyorlov vaqtlaridagina tashiladi[5].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Ikromov N. et al. Analysis of transport and its cargo processes //E3S Web of

Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 548. – С. 03021.

Abdusamat o’g’li H. J. et al. MAINTENANCE AND REPAIR OF CARS RUNNING

ON LIQUEFIED AND COMPRESSED GAS //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 36. – №. 5. – С. 181-184.

Yuldashev A., Abdumuminova N., Xalimov J. ПОВЫШЕНИЕ КРИТЕРИИ

ОЦЕНКИ

ЗНАНИЙ

СТУДЕНТА

ОБЪЕКТИВНО

С

НАУЧНЫМИ

ИССЛЕДОВАНИЯМИ //Точная наука. – 2018. – №. 26. – С. 113-115.

Abdusamat Y., Nigora A., Javohir X. ПОВЫШЕНИЕ КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ

ЗНАНИЙ СТУДЕНТА ОБЪЕКТИВНО С НАУЧНЫМИ ИССЛЕДОВАНИЯМИ

INCREASING ASSESSMENT CRITERIA OF THE STUDENT KNOWLEDGE

OBJECTIVELY WITH SCIENTIFIC RESEARCH //Журнал выпускается

ежемесячно, публикует статьи по естественным наукам. Подробнее на www. t.

– Т. 2. – С. 118.

Abdusamat o’g’li H. J. et al. ORGANIZATION OF QUALITY TRANSPORT

SERVICE TO THE POPULATION. – 2024.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

211

Abdusamat o’g’li H. J. STUDY THE THEORETICAL BASIS OF ANY CHANGES

THAT CAN OCCUR IN THE FREE AND FORCED VIBRATION OF

AUTOMOTIVE PARTS MATERIALS //Новости образования: исследование в

XXI веке. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 108-111.

Abdusamat o‘g‘li H. J. et al. SIFATLI YUK TASHISHNI TASHKIL QILISH VA

UNING SAMARADORLIK KO ‘RSATRKICHLARINI OSHIRISH. SANОAT

YUKLARINI TASHISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 36. – №. 5. – С. 185-189.

Abdusamat o‘g‘li H. J. et al. YUKLARNI TASHISH, YUK XOSIL QILUVCHI VA

YUK ISTЕ'MOL QILUVCHI JOYLAR. – 2024.

9.

Хўжаев Б А АВТОМОБИЛЛАРДА ЮК ВА ПАССАЖИРЛАРНИ ТАШИШ

АСОСЛАРИ

Most read articles by the same author(s)

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii, Jumanboyev Abdurashid Abdunosir o‘g‘Ii, AVTOBUSLARNING XAVSIZ HARAKATLANISHI UCHUN O‘TKAZILGAN TADQIQOTLAR VA TAVSIYALAR , Modern education and development: Vol. 22 No. 1 (2025)

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii, Jumanboyev Abdurashid Abdunosir o‘g‘Ii, AVTOBUSLARNING XAVSIZ HARAKATLANISHI UCHUN O‘TKAZILGAN TADQIQOTLAR VA TAVSIYALAR , Modern education and development: Vol. 22 No. 1 (2025)

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii, Axmadjonov Soxibjon Sobirjon o‘g‘Ii, YUK HOSIL QILUVCHI VA YUK QABUL QILUVCHI PUNKTLAR , Modern education and development: Vol. 22 No. 1 (2025)

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii, Axmadjonov Soxibjon Sobirjon o‘g‘Ii, YUK HOSIL QILUVCHI VA YUK QABUL QILUVCHI PUNKTLAR , Modern education and development: Vol. 22 No. 1 (2025)

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii, Olimov Ulug‘bek Dilshodjon o‘g‘Ii, Isroiljonov Izzatbek Ihtiyorjon o‘g‘Ii, SHAXAR ICHIDA VA SHAXAR ATROFIDA JAMOAT TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISH , Modern education and development: Vol. 22 No. 1 (2025)

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii, Olimov Ulug‘bek Dilshodjon o‘g‘Ii, Isroiljonov Izzatbek Ihtiyorjon o‘g‘Ii, SHAXAR ICHIDA VA SHAXAR ATROFIDA JAMOAT TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISH , Modern education and development: Vol. 22 No. 1 (2025)

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii, Komilov Mansurjon Murodjon o‘g‘li, AVTOBUSLARNI YURISH MASOFALARI TAXLILI VA BOSH YURISH MASOFALARINI MINIMALLASHTIRISH , Modern education and development: Vol. 22 No. 1 (2025)

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii, Komilov Mansurjon Murodjon o‘g‘li, AVTOBUSLARNI YURISH MASOFALARI TAXLILI VA BOSH YURISH MASOFALARINI MINIMALLASHTIRISH , Modern education and development: Vol. 22 No. 1 (2025)

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii, Jumanboyev Abdurashid Abdunosir o‘g‘Ii, AVTOBUSLARNING XAVSIZ HARAKATLANISHI UCHUN O‘TKAZILGAN TADQIQOTLAR VA TAVSIYALAR , Modern education and development: Vol. 22 No. 1 (2025)

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii, Olimov Ulug‘bek Dilshodjon o‘g‘Ii, Isroiljonov Izzatbek Ihtiyorjon o‘g‘Ii, SHAXAR ICHIDA VA SHAXAR ATROFIDA JAMOAT TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISH , Modern education and development: Vol. 22 No. 1 (2025)