MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
217
SHAXAR ICHIDA VA SHAXAR ATROFIDA JAMOAT
TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI TASHISH
Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii
Andijon Davlat Texnika Instituti
Avtomobilsozlik va Transport kafedrasi
assistent o‘qituvchisi
Tel: +998972724646
Olimov Ulug‘bek Dilshodjon o‘g‘Ii
Andijon Davlat Texnika Instituti
Transport va logistika yo‘nalishi 2-kurs talabasi
Tel: +998901513065
Isroiljonov Izzatbek Ihtiyorjon o‘g‘Ii
Andijon Davlat Texnika Instituti
Transport va logistika yo‘nalishi 2-kurs talabasi
Tel: +998933850083
Annotatsiya:Transport tarmog‘ini shahar hududlarida oqilona taqsimlash va
turli xildagi shahar transportlari orasida yo’lovchilar tashishni muvofiqlashtirishda
yo‘nalishlarni iloji boricha yo’lovchilar qatnovi uchun zarur bo‘lgan vaqtni tejash,
ya'ni uni minimal bo‘lishi, harakat muntazamligi va tekisligini hisobga olib, yo‘nalish
larning to‘g‘ri chiziqli bo‘lishiga erishish lozim. Bunday talablarning bajarilishi
uchun harakatni eng qisqa yo‘nalish buyicha (amalda mavjud yo‘l va ko‘chalarni
hisobga olib), aholi zich yashaydigan va markazni chetki tumanlar bilan
birlashtiruvchi hamda turli xil, tutashuvchi yo‘nalishlar tashkil etish tavsiya etiladi.
Kalit so‘zlar: yo‘nalish, transport, avtobus, yo’lovchi.
Avtobuslar harakatini tashkil etishda bir qator o‘zaro bog‘liq ekspluatasion-
texnik shartsharoitlar hisobga olinishi zarur. Bular qatoriga quyidagilar kiradi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
218
avtobuslar tarmog‘ining joylashuvi (konfiguratsiyasi); marshrutlar yo‘nalishi va
xarakteri; yo‘l va bekatlarning o‘tkaza olish xususiyatlari; harakat tezligi va
intervallari; avtobusning to‘lganlik darajasi va yo‘l davomida yo’lovchilarning
almashinuvi. Bu shartlarning barchasi shahar planirovkasi (ayniqsa, yo‘l
kommunikasiyalari joylashuvi) va uning xarakteri, aholi mavzelarining joylashuvi,
yo’lovchilar oqimning ayrim transport uzellarida joylashganligi va shu kabilarga
bog‘liqdir.Tashish muntazamligi marshrutdagi ma'lum sonli avtobuslar harakati
muntazamligini talab etadi. Bunga esa harakat intervalining aniq bajarilishi (U) va
unga mos chastota (R) ga rioya etish orqali erishiladi.
Harakat chastotasi deyilganda marshrutdagi biror joydan bir soatda bir
tomonga o‘tgan avtobuslar soni tushuniladi. Marshrutning biror bo‘lagida yoki
kunning ayrim soatlarida yo’lovchilar oqimining o‘zgarishiga mos ravishda
avtobuslarning harakat chastotasi o‘zgartiriladi. Harakat chastotasi marshrutdagi
yo’lovchilar zichligi (bir soat ichida tashiluvchi yo’lovchilar soni) ga, yo’lovchilar
almashuvi koeffisientiga va avtobus sig‘imiga bog‘liqdir. “Tashish cho‘qqisi”
paytigato‘g‘ri keluvchi harakat chastotasini hisoblashda “tashish cho‘qqisi” soatlariga
to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha yo’lovchilar zichligi, boshqa paytlar uchun esa “tashish
cho‘qqisi”dan boshqa payt (soatlar)dagi o‘rtacha yo’lovchilar zichligi hisobga
olinishi lozim. Shahar marshrutlaridagi harakat chastotasi odatda soatiga 12-15
avtobusdan, ayrim marshrutlarda esa 4-5 avtobusdan iborat bo‘ladi.
Yo’lovchilar zichligi quvvati katta bo‘lgan marshrutlarga ertalabki va kechki
“tashish cho‘qqisi” soatlarida kamida 15 ta avtobus chiqarilishi lozim.Harakat
intervali harakat chastotasiga bog‘liq bo‘lib, u ma'lum joy (bekatdan) navbatdagi
avtobus qancha vaqt oralig‘ida avtobus o‘tishini bildiradi (U=60/Ya) va minutda
o‘lchanadi. Harakat intervallari shahar marshrutlarida, odatda, 4-6 minutni va
kamdan-kam qollarda 12-15 minutni tashkil etadi.
Avtobuslar harakatini muntazam tashkil etish uchun ularning harakat
jadvallari va grafiklari bo‘lishi zarur. Harakat grafigi har bir marshrut uchun alohida
tuziladi. Bunday grafiklarni tuzishda marshrut, avtobus va haydovchilarning ish
rejimlari asos qilib olinadi. Harakat fafiklarini belgilashda sutka ichi soatlarida, hafta
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
219
kunlarida va yil fasllarida yo’lovchilar oqimining o‘zgarishini hisobga olish zarur.Bir
guruh marshrutlar uchun harakat grafigini tuzishda, marshrutlar har birining xarakteri
alohida hisobga olinadi. Bunda turli marshrutlardagi yo’lovchilar zichligi o‘zgarishi
hisobga olinib, bir marshrutdan boshqasiga ayrim mikdordagi avtobuslarni o‘tkazish
imkoniyatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunday o‘tkazishlarda, avtobuslar
kamaytirilayotgan marshrutdagi yo’lovchilar tashish ishi jiddiy susaymaydigan
bo‘lishi nazarda tutilishi lozim. Bundan tashqari, tejamkorlik nuqtai nazaridan,
o‘tkaziluvchi avtobuslar bo‘sh (nolinchi) qatnovining belgilangan me'yordan ortib
ketmasligiga ham e'tibor berilishi lozim.Harakat grafigi asosida harakat jadvali
tuziladi.
Tuzilgan jadvallar esa aholiga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish bilan birga
avtobusdan oqilona foydalanishniham hisobga olgan bo‘lishi zarur. Jadvalda oxirgi
punktlardan jo‘nash va ularga kelish hamda yo’lovchilar oqim ko‘p bo‘lgan
uzellardan o‘tish vaqtlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday jadvallarni tuzishda sutka
soatlari ichida ekspluatasion harakat tezliklarini turlicha belgilash maqsadga muvofiq,
chunki yo‘llarning yuklanganligi, avtobuslarni to‘lganligi va boshqa shart-sharoitlar
kun davomida o‘zgarib turadi.
Shahar atrofidagi yo’lovchilarni tashishni tashkil etish shaharni unga yondosh
qishloq tumanlari hamda mehnatkashlarning ommaviy dam olish joylari bilan har
kuni va muntazam ravishda bog‘lashdan iborat bo‘lib yo’lovchilar oqimi nisbiy
barqarorligi, peregonlarning shahardagidan kattaligi, texnik harakat tezligi hamda
avtobus to‘lish darajasining nisbatan kattaligi, sutka ichida 16-18 soat harakatlanishi,
yo‘l shart-sharoitlariga bog‘likdik bilan xarakterlidir.Shahar atrofidagi yo’lovchilar
oqim shahar hududiga yondosh aholi yashash punktlari xarakteri (ishchi va dala
posyolkalari, jamoa xo‘jaliklari, ularda yashovchilar mikdori), shaharda joylashgan
ishlab-chiqarish korxonalari, savdo tashkilotlari, bozor va boshqa madaniy va
ma'muriy tashkilotlargacha bo‘lgan masofa hamda mavsumiy o‘zgarishlar bilan
bog‘liqdir.
Shahar atrofi aholisi qishloq va ishchi posyolkalaridagi doimiy yashovchilar
hamda ularga dam olish uchun kelgan vaqtincha yashovchilarga bo‘linadi. Shunga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
220
ko‘ra, shahar atrofidagi yo’lovchilar oqimi doimiy yashovchilar uchun barqaror
xarakgerga ega bo‘lsa, vaqtincha yashovchi aholi uchun o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Keyingi yillarda shahar atrofi aholisi shaharda yashovchi, ammo qishloqda yerni
ijaraga olib, dala mehnatini bajaruvchilar hisobiga anchagina ko‘paygan. Qishloq
joylarda doimiy yashovchi aholigaxos yo’lovchilar oqimi sutka soatlari ichida
anchagina notekisdir; vaqtincha qishloqjoylarga keluvchilar esa bu notekislikni
yanada kuchaytiradi va bayram oldi kechki soatlarda, bayram va haftaning birinchi
kunlari ertalabki soatlardagi harakatda “tashish cho‘qqi” lari hosil bo‘lishiga
sababchi bo‘ladi
Ko‘rsatilgan xususiyatlarga ko‘ra yo’lovchilar oqimining o‘zgarib turishi
shahar atrofida ishlovchi avtobuslar sonini mavsumga, hafta kunlari va sutka
soatlariga qarab o‘zgartirishni talab etadi. Shuning uchun ham harakat grafiklari
tuzishda yuqorida keltirilgan xususiyatlar hisobga olinishi zarur.Shahar atrofi avtobus
marshrutlarining so‘nggi bekati shahar atrofidagi biror aholi punkti (posyolka)
markaziga yaqinroq joyda, ikkinchi so‘nggi bekati esa shahar yo’lovchi marshrutlari
tarmog‘ining kattaroq punkti atrofida yoki shahar jamoat transportining biror turi
bilan shaharga kiraverishda tutashgan bo‘lishi lozim. Shahar atrofi maxsus avtobus
marshrutlari shahardagi biror katta savdo markazi va dehqon bozoriga tutashgan
bo‘lishi lozim. Shahar atrofi avtobus marshrutlaridan shahar hududi ichidagi
qatnovlarda foydalanmaslik maqsadida, shahardan chiquvchi birinchi bekatdan
boshlab marshrutni tarif uchastkalariga bo‘linadi.Shahar atrofi marshrutlaridagi
peregonlar, yuqorida aytilganidek, qishloq aholi punktlari yoki posyolka
markazlariaro masofada belgilanadi. Shahar atrofi avtobus marshrutlaridagi
yo’lovchilar almashuvi nisbatan kichik (1,3-2,0, shahardagi tashishlarda esa 3-8
atrofida)ligini hisobga olib, magistral harakatdan uzoqdagi marshrut bekatlari ni
yo’lovchilar talabiga binoan belgilash maqsadga muvofikdir. Qishloq (posyolka)ning
doimiy aholisi uchun avtobus sig‘imidan foydalanish koeffisienti yil bo‘yi barqaror
xarakterga ega bo‘lsa ham, bu ko‘rsatgich sutka soatlari ichida anchagina o‘zgarib
turadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
221
Avtobus harakatining aloqa va ekspluatasion tezligi shahar atrofi
marshrutlarida shaharlardagiga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Yo‘l sharoitlari qulay
bo‘lgan joylarda avtobus qarakatining ekspluatasion tezligi uning texnik tezligiga
yaqinlashadi. Lekin shuni ham eslatmoq lozimki, shaqar atrofi marshrutlarining turli
uchastkalaridagi harakat tezliklari ham turlichadir. Shahar marshrutlaridagi tezliklar
yo‘l qarakat qoidasiga binoan cheklangan bo‘ladi, qishloq aholi yashash joylarida
aholiga nisbatan harakat xavfsizligi talabiga binoan, yo‘l yoqasida qurilish bo‘lmagan
joylarda esa faqat harakat xavfsizligi qoidasiga binoan cheklangan bo‘ladi. Harakat
tezliklari o‘rtasidagi bunday fark/utp, avtobus oqim tezligiga, harakat grafigi va
jadvaliga ta'sir etib, ayni marshrutdagi yo’lovchilar oqimini o‘zlashtirish uchun zarur
bo‘lgan avtobuslar sonida aks etadi.Shahar atrofida yo’lovchilar tashishni tashkil
etishda yo’lovchilarning bagajlarini tashishning ahamiyati ham kattadir.
Ayniqsa, bu dala hovlida dam olib keluvchi vaqtinchalik yo’lovchilarga (dam
oluvchilarga va yerni ijaraga oluvchilarga) tegishlidir.Shahar atrofi avtobus
marshrutlarining so‘nggi to‘xtov joylari yo’lovchilarga xizmat ko‘rsatish, harakatni
boshqarish va nazoratga olish, avtobuslarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda avtobus
brigadalarining dam olishi uchun maxsus xona va jihozlarga ega bo‘lishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ikromov N. et al. Analysis of transport and its cargo processes //E3S Web of
Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 548. – С. 03021.
Abdusamat o’g’li H. J. et al. MAINTENANCE AND REPAIR OF CARS RUNNING
ON LIQUEFIED AND COMPRESSED GAS //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 36. – №. 5. – С. 181-184.
Yuldashev A., Abdumuminova N., Xalimov J. ПОВЫШЕНИЕ КРИТЕРИИ
ОЦЕНКИ
ЗНАНИЙ
СТУДЕНТА
ОБЪЕКТИВНО
С
НАУЧНЫМИ
ИССЛЕДОВАНИЯМИ //Точная наука. – 2018. – №. 26. – С. 113-115.
Abdusamat Y., Nigora A., Javohir X. ПОВЫШЕНИЕ КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ
ЗНАНИЙ СТУДЕНТА ОБЪЕКТИВНО С НАУЧНЫМИ ИССЛЕДОВАНИЯМИ
INCREASING ASSESSMENT CRITERIA OF THE STUDENT KNOWLEDGE
OBJECTIVELY WITH SCIENTIFIC RESEARCH //Журнал выпускается
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
222
ежемесячно, публикует статьи по естественным наукам. Подробнее на www. t.
– Т. 2. – С. 118.
Abdusamat o’g’li H. J. et al. ORGANIZATION OF QUALITY TRANSPORT
SERVICE TO THE POPULATION. – 2024.
Abdusamat o’g’li H. J. STUDY THE THEORETICAL BASIS OF ANY CHANGES
THAT CAN OCCUR IN THE FREE AND FORCED VIBRATION OF
AUTOMOTIVE PARTS MATERIALS //Новости образования: исследование в
XXI веке. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 108-111.
Abdusamat o‘g‘li H. J. et al. SIFATLI YUK TASHISHNI TASHKIL QILISH VA
UNING SAMARADORLIK KO ‘RSATRKICHLARINI OSHIRISH. SANОAT
YUKLARINI TASHISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 36. – №. 5. – С. 185-189.
Abdusamat o‘g‘li H. J. et al. YUKLARNI TASHISH, YUK XOSIL QILUVCHI VA
YUK
ISTЕ'MOL
QILUVCHI
JOYLAR.
–
2024.
9.Хўжаев
Б
А
АВТОМОБИЛЛАРДА
ЮК
ВА
ПАССАЖИРЛАРНИ
ТАШИШ
АСОСЛАРИ