MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
212
AVTOBUSLARNING XAVSIZ HARAKATLANISHI UCHUN
O‘TKAZILGAN TADQIQOTLAR VA TAVSIYALAR
Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii
Andijon Davlat Texnika Instituti
Avtomobilsozlik va Transport kafedrasi
assistent o‘qituvchisi
Tel: +998972724646
Jumanboyev Abdurashid Abdunosir o‘g‘Ii
Andijon Davlat Texnika Instituti
Transport va logistika yo‘nalishi 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA: Bugungi kunda shaxar jamoat transportlari harakat
jadvallarini ishlab chiqishda dispetcherlar oldida avtobuslarning harakat
muntazamligini doimiy ta’minlash vazifasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Yo‘lovchilarga ishonchli xizmat ko‘rsatishda jamoat transportlari infratuzilmasini
tubdan rivolantirish, xizmat sifatini oshirish hozirgi kundagi eng dolzalb
muammolardan biri sanaladi. Mazkur masalaning ilmiy yondashuvi, avtobuslarning
harakat jadvalini ishlab chiqish va muntazamlik ko‘rsatkichlari tahlillarini olib
borishni taqozo etadi.
Kalit so‘zlar: Yo‘lovchi, muntazamlik, jamoat transporti, harakat jadvali,
obhavo ko‘rsatkichlari, dispetcherlik ishi.
ABSTRACTP: Today, in the development of public transport schedules, the
task of ensuring the regularity of bus traffic before the dispatchers is of particular
importance. One of the most pressing issues today is the radical development of public
transport infrastructure, improving the quality of service in providing reliable
services to passengers. The scientific approach to this issue requires the development
of a schedule of buses and the analysis of regularity indicators.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
213
Keywords: Passenger, regularity, public transport, timetable, weather
indicators, dispatching work.
АННОТАЦИЯ Сегодня задача обеспечения регулярности автобусного
движения имеет особое значение для диспетчеров при разработке расписаний
городского общественного транспорта. Одним из наиболее актуальных
вопросов на сегодняшний день является коренное развитие инфраструктуры
общественного транспорта и повышение качества обслуживания при
надежном обслуживании пассажиров. Научный подход к этому вопросу
требует разработки расписания движения автобусов и анализа
регулярности.
Ключевые слова: Пассажир, регулярность, общественный транспорт,
график движения, погодные показатели, диспетчеризация.
Harakatning muntazamligi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport
faoliyatining yeng muhim sifat ko‘rsatkichidir. Agar marshrutdagi avtobuslar
jadvalga muvofiq reysga chiqsa va reys davomida belgilangan harakat grafigi
bo‘yicha xizmat ko‘rsatsa, yo‘nalish bo‘yicha ishonchli harakatlanishi ta’minlansa,
barcha to‘xtash nuqtalarida ular orasidagi harakat intervallari teng ravishda
taqsimlansa, transport belgilangan joyga aniq va jadvalda belgilangan vaqtda yetib
borsa yo‘nalishdagi avtobus harakati muntazam hisoblanadi. [1] Yo‘nalishli
avtobuslarning harakat muntazamligi bo‘yicha dunyo olimlari tomonidan birqancha
tadqiqotlar o‘tkazilgan.
Xususan, Technological University Dublin - Blanchardstown Campus
tadqiqotchilari Markus Hofmann va Margaret O’Mahonylar ob-havo noqulay
sharoitlarida avtobuslarning ish ko‘rsatkichlarini o‘rganishgan. Tadqiqotda
avtobuslarning harakat jadvalini tuzishda dispetcherlar ob-havo sharoitlarini inobatga
olishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mahalliy ob-havo sharoitlarini
avtobuslar yurish vaqtlariga bog‘liqligi modellarini ishlab chiqish bo‘yicha Institute
of Future Cities, The Chinese University of Hong Kong, Shatin, New Territories,
Hong Kong tadqiqotchisi Sui Tao, va Jonathan Corcoran, Francisco Rowe, Mark
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
214
Hickmanlar tadqiqot olib borganlar. Tadqioqotda mintaqaning funksional
imkoniyatlari bilan ob-havoning avtobuslarni soatlik harakatiga ta’sirini
modellashtirilgan.
Past haroratli ob-havo sharoitida avtobuslar harakati muntazamligiga ta’sir
etuvchi omillarni va ularning qonuniyatlari bo‘yicha Tyumen davlat neft-gaz
universiteti tadqiqotchisi Yarkov Sergey Aleksandrovich tadqiqot olib borgan. Rus
olimi S.P.Artemov jamoat transportini xarakat muntazamligini buzilishi bo‘yicha
tadqiqot olib borgan. Tadqiqotda asosan rejadagi qatnovlarni bajarilmaslikga asosiy
ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tajribada aniqlagan va xarakat muntazamligini baxolash
ko‘rsatkichlari taklif etilgan. Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, dunyoda jamoat
transportlari harakat rejimini ishlab chiqishda muntazamlik ko‘rsatkichlari va ob-
havo sharoitlarni inobatga olish bo‘yicha juda ko‘p tadqiqotlar olib borilgan, ammo
shaharda yo‘lovchilar oqimini bashorat qilishda ob-havo ko‘rsatkichlarini ta’siri va
doimiy muntazamlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinmagan, Harakatning muntazamligi -
avtobusning reysga o‘z vaqtida jo‘nab ketishi, qatnov oraliqlariga butun yo‘nalish
bo‘ylab qat’iy rioya qilinishi va belgilangan manzilga o‘z vaqtida yetib borishi yuqori
sifatli yeng muhim ko‘rsatkichdir. avtobus transportining ishi.[4]
Yo‘nalishdagi avtobuslarning harakati muntazam emasligi oraliq bekatlarda
turish vaqtlariga ta’sir qiladi, Muntazamlik ta’minlanmaganda, marshrutdagi avtobus
bir tekis taqsimlanmagan harakatida, jadval bo‘yicha ishga chiqgan avtobus haddan
tashqari yuklangan, ikkinchisi yesa kam yuklanish (to‘lish) bilan yergashadi. Natijada
yo‘nalishdagi avtobuslarda yo‘lovchilarning taqsimlanishi keskin yomonlashadi va
yo‘lovchilar almashinuvining notekisligi ortadi[2].
Harakatning muntazamligini buzishning asosiy sabablari ikki guruhga
bo‘linadi.
1. Ob-havo sharoitining keskin yomonlashishi, muzlama, yog‘ingarchilik,
xisobga olinmagan tirbandlik, marshrutdagi avtobus haydovchilarining belgilangan
harakat rejimini buzishi va boshqa omillar tasirida transport vositalarining haqiqiy
harakat rejimining belgilangan jadvalga mos kelmasligi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
215
2. Yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslarning yetarli yemasligi,
avtobuslarning marshrutga o‘z vaqtida yoki to‘liq chiqarilmasligi, avtobuslarning
texnik sabablarga ko‘ra rejalashtirilmagan to‘xtab qolishi, buzulishi va hokazo. [5,6]
Harakatning muntazamligining o‘zagarishi harakat jadvali bo‘yicha haqiqiy
intervallarining rejalashtirilganidan og‘ishi bilan baholanadi. Marshutda ishlovchi
avtobuslarning harakatning muntazamligini nazorat qilish dispetcherlik xizmatlari
tomonidan amalga oshiriladi. Harakatlanuvchi tarkibning marshrut tarmog‘idagi
nazorat punktlari orqali o‘tish vaqtlarini belgilash - haydovchilar, marshrut va
umuman korxona bo‘ylab harakatlanishning haqiqiy muntazamligini aniqlash
imkonini beradi. Shahar jamoat transporti xizmat sifatini baholashda quyidagi asosiy
ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi;
- ishonchlilik;
- xavfsizlik;
- mavjudlik;
- muntazamlik;
- qulaylik;
- ekologiya;
- axborotchanlik
- ob-havo ko‘rsatkichlari
Yo‘lovchilarni manzillariga o‘z vaqtida yetib borishlarida yuqorida sanab
o‘tilgan ko‘rsatkichlarning barchasini o‘z ta’siri mavjud, bulardan eng asosiysi bu
jamoat transportida muntazamlikni ta’minlash hisoblanadi[3-8].
Rejadagi qatnovlarni bajarilmasligiga asosan:
- Yo‘nalishga belgilangan miqdorda avtobuslarni ishga chiqmasligi;
- Yo‘nalishdagi avtobuslarda texnik nosozliklarni yuzaga kelishi;
- Belgilangan harakat jadvaliga rioya etmasdan harakatlanish;
- Ko‘cha-yo‘l tarmoqlarining transport vositalari bilan yuklanganlik darajasi
ortib ketish natijasida avtobuslarning yo‘llarda ushlanib qolishi;
- Ko‘cha-yo‘l va yer osti kommunikatsiya tarmoqlarida ta’mirlash ishlarini
olib borilishi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–1_ Март –2025
216
- Avtobuslarning boshqa transport turlari bilan YTX sodir bo‘lishi va boshqa
sabablar misol bo‘la oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ikromov N. et al. Analysis of transport and its cargo processes //E3S Web of
Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 548. – С. 03021.
Abdusamat o’g’li H. J. et al. MAINTENANCE AND REPAIR OF CARS RUNNING
ON LIQUEFIED AND COMPRESSED GAS //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 36. – №. 5. – С. 181-184.
Yuldashev A., Abdumuminova N., Xalimov J. ПОВЫШЕНИЕ КРИТЕРИИ
ОЦЕНКИ
ЗНАНИЙ
СТУДЕНТА
ОБЪЕКТИВНО
С
НАУЧНЫМИ
ИССЛЕДОВАНИЯМИ //Точная наука. – 2018. – №. 26. – С. 113-115.
Abdusamat Y., Nigora A., Javohir X. ПОВЫШЕНИЕ КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ
ЗНАНИЙ СТУДЕНТА ОБЪЕКТИВНО С НАУЧНЫМИ ИССЛЕДОВАНИЯМИ
INCREASING ASSESSMENT CRITERIA OF THE STUDENT KNOWLEDGE
OBJECTIVELY WITH SCIENTIFIC RESEARCH //Журнал выпускается
ежемесячно, публикует статьи по естественным наукам. Подробнее на www. t.
– Т. 2. – С. 118.
Abdusamat o’g’li H. J. et al. ORGANIZATION OF QUALITY TRANSPORT
SERVICE TO THE POPULATION. – 2024.
Abdusamat o’g’li H. J. STUDY THE THEORETICAL BASIS OF ANY CHANGES
THAT CAN OCCUR IN THE FREE AND FORCED VIBRATION OF
AUTOMOTIVE PARTS MATERIALS //Новости образования: исследование в
XXI веке. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 108-111.
Abdusamat o‘g‘li H. J. et al. SIFATLI YUK TASHISHNI TASHKIL QILISH VA
UNING SAMARADORLIK KO ‘RSATRKICHLARINI OSHIRISH. SANОAT
YUKLARINI TASHISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 36. – №. 5. – С. 185-189.Abdusamat o‘g‘li H. J. et al.
YUKLARNI TASHISH, YUK XOSIL QILUVCHI VA YUK ISTЕ'MOL
QILUVCHI JOYLAR. – 2024.
9.Хўжаев Б А АВТОМОБИЛЛАРДА ЮК ВА
ПАССАЖИРЛАРНИ ТАШИШ АСОСЛАРИ