Authors

  • Shukurov Xursan Gadoyevich
  • Norova Intizor Haqberdiyevna

Author Biographies

  • Shukurov Xursan Gadoyevich

    Matematika fani o‘qituvchilari, BuxMTI akademik litseyi

  • Norova Intizor Haqberdiyevna

    Matematika fani o‘qituvchilari, BuxMTI akademik litseyi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.92842

Keywords:

matematika murakkab hamkor metod Evristik ta’lim muammo…

Abstract

Maqolada  yurtiamizda  ta’lim  sоhasida  оlib  bоrilayotgan  islоhоtlar  o‘quvchilar  uchun zamоn  talabiga  javоb  bеradigan  dars  jarayoni,  uslubiy  ko‘rsatmalar,  uslubiy qo‘llanmalar yaratish, bunda o‘quvchilarning  aqliy rivojlanishida matematika darslarining o‘rni yoritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–5_ Январь –2025

142

MATEMATIKA DARSLARI ORQALI O’QUVCHILARNI AQLIY

RIVOJLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH

Shukurov Xursan Gadoyevich, Norova Intizor Haqberdiyevna

Matematika fani o‘qituvchilari, BuxMTI akademik litseyi

Annotatsiya:

Maqolada yurtiamizda ta’lim sоhasida оlib bоrilayotgan

islоhоtlar o‘quvchilar uchun zamоn talabiga javоb bеradigan dars jarayoni,

uslubiy ko‘rsatmalar, uslubiy qo‘llanmalar yaratish, bunda o‘quvchilarning aqliy

rivojlanishida matematika darslarining o‘rni yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

matematika, murakkab, hamkor, metod, Evristik ta’lim,

muammo…

Yurtimizda ta’lim sоhasida оlib bоrilayotgan islоhоtlar o‘quvchilar uchun

zamоn talabiga javоb bеradigan dars jarayoni, uslubiy ko‘rsatmalar, uslubiy

qo‘llanmalar yaratishni taqоzо qiladi, ayniqsa iqtidоrli o‘quvchilarni aniqlash,

ularni fanlarning muayyan sоhalari buyicha ilmiy tadqiqоt ishlariga jalb qilishga

katta e’tibоr qaratilmоqda. Jumladan, o‘quvchilar uchun biroz murakkablik

tug‘diradigan matematika, fizika kabi aniq fanlar bo‘yicha qator uslubiy qo‘llanmalar

ishlab chiqilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Barcha fanlar matematika bilan

aloqador, ya’ni matematik bilimlar hamma soha uchun zarurdir. Matematik

bilimlar bo‘lmasa, matematik ta’rifsiz muhandislik hisoboti va fizikaviy

nazariyani ishlab chiqish mumkin emas, biz ishlaydigan signal yoki videokuzatuv

tizimini ishlab chiqmaydi, dasturchi operatsion tizimga yondashuvni topa olmaydi.

Darslarning samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilim darajalarini boyitishda

darslarda turli interfaol metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

O‘quvchilarda bilimga ishtiyoq uyg‘otadi. O‘quvchilar darsga puxta hozirlik

ko‘rishga intiladilar. Bunday usullar darsning qiziqarliligini va ta’sirchanligini

oshiradi, o‘quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi.

O‘quvchilarning mustaqil bajarib, tushunib yetishlari uchun turli interaktiv metodlar

va mashqlardan foydalanishimiz mumkin. Barchamizga ma’lumki, qo‘shish-ayirish,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–5_ Январь –2025

143

ko‘paytirishbo‘lish kabi eng muhim amallarni har bir o‘quvchi mustaqil bajara

olishi qat’iy talab sifatida belgilanishi shart. Ammo ayrim o‘rinlarda (har doim

ham emas), muayyan mavzularni o‘tishda ularni zamonaviy elektron qurilmalar

bilan bog‘liq holda tushuntirish o‘quvchilar o‘zlariga yaxshi tanish va qiziq bo‘lgan

ma’lumotlarni zarur va foydali bo‘lganlari bilan bog‘langan holda eslab qolishlari

mumkin. Matematika - qiziqarli va noodatiy fan. Qiziqarli matematika esa kishi aqlini

charxlaydi va kundalik hayotda duch keladigan masalalarni osonroq yechishga,

mavzuni o‘zlashtirishga yordam beradi.

“Evristik ta’lim” metodi. Evristik degan so‘zning ma’nosi savol javobga

asosan “topaman” demakdir. Evristik metod bilan o‘qitish maktablarda asosan XIX

asr boshlaridan boshlab qo‘llanila boshladi. Amerikalik olim D. Poya evristik ta’lim

metodi to‘g‘risida shunday degan edi. Evristikani maqsadi yangiliklarga olib

boruvchi metod va qoidalarni izlash demakdir.

“Muammoli ta’lim” metodi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish

faoliyatini faollashtirish hamda ularning intellektual imkoniyatlaridan yuqori

darajada foydalanish quyidagi umumiy omillarga bog‘liq bo‘ladi: Yuqoridagi

bosqichlar asosida o‘quv materiali tushuntiriladiganda o‘quvchilar o‘zlari darrov

tushunib yetmaydigan fakt va tushunchalarga duch keladilar. Natijada

o‘rganilayotgan mavzu materiali bilan o‘quvchilar orasida muammoli vaziyat hosil

bo‘ladi.

“Hamma, hammaga o‘rgatadi” mashqi. Ushbu mashqdan foydalanish

matematika darslarida ham qo‘l keladi. Buni barcha fanlarga moslab o‘tkazish

mumkin. Matematikada mustahkamlash darslarida o‘qituvchi mavzularga doir

ma’lumotlarni qisqacha yozib keladi. Masalan, uzunlik birliklariga millimetr,

santimetr, detsimetr, kilometrlar kiradi. Hamma tomonlari teng to‘rtburchak kavadrat

deyiladi va hokazo. Bu ma’lumotlar o‘quvchilarga tarqatiladi. Ular o‘zlaridagi

ma’lumotlarni o‘qib, o‘rganadilar. Ma’lum vaqtdan keyin yonidagi o‘rtog‘i bilan bir-

birining ma’lumotini o‘rganadi. Belgilangan vaqt tugagach, 4 ta o‘quvchi bir

biriga ma’lumotlarini o‘rgatadilar. O‘qituvchi tomonidan vaqt belgilanib, vaqt

tugaganligi, endi yonidagi sherigiga o‘rgatishini eslatib, aytib boradi. Mashq


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–5_ Январь –2025

144

tugagach, o‘qituvchi quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilishi

mumkin: ushbu mashq sizga nimasi bilan yoqdi va nimalari foydali bo‘ldi? Bu

mashqda siz uchun nima osonroq bo‘ldi, o‘zingiz o‘qib o‘rganganingizmi yoki

boshqaga ma’lumot berganingizmi? Bu mashq orqali o‘quvchilar o‘tilgan

mavzularni yodga oladilar. O‘zlashtirmagan o‘quvchilar bo‘lsa, ular ham bilib

oladilar.

«Nimaga? va nima uchun?» metodi. Bu metodni barcha umumta‘lim

fanlarining barcha mavzularini o'rganish jarayonida qo'llash mumkin. Jumladan,

matematika fanida ham mavzularni o'rganishda qo'llasak bo'ladi, bunda o'qituvchi bir

xil hajmdagi karton qog'ozlarga bittadan qirqtagacha aniq savollar yozib chiqadi.

Savollar «nimaga va nima uchun?» tamoyiliga moslab yoziladi. Usulni qo'llashdan

oldin barcha varaqalar yig'ib olinib, aralashtiriladi va teskari qilib qo'yib chiqiladi.

O'quvchilar birin-ketin varaqa tortib, savolga javob beradilar. Agar savolga javob

bo'lmasa, o'quvchi uni qaytib joyiga qo'yadi. Savolga to'g'ri javob bergan o'quvchi

varaqani o'zida saqlab qoladi. Eng ko'p varaqa to'plagan o'quvchi g'olib hisoblanadi.

Xullas, o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi uchun avvalo ularning qiziqish va

qobiliyatlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini oqilona tashkil qilish hamda

ularning shaxsi shakllanishi uchun differensial yondashish kelajakda

mamlakatimizni jahon andozalari talablariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash

uchun xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Jumayev M.E va boshqalar. Matematika o‘qitish metodikasi-T.:2003-yil

2. R.Ishmuхamеdоv, L.Abduqоdirоv, A.Pardayеv. Ta’limda innоvatsiоn

tехnоlоgiyalar. — T., 2008-yil.