MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
145
TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH QO’LLANILADIGAN
TA’LIM METODLARI
Shukurov Xursan Gadoyevich, Norova Intizor Haqberdiyevna
Matematika fani o‘qituvchilari, BuxMTI akademik litseyi
Annotatsiya:
Maqolada ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida ta'lim
tizimida zamonaviy ta'lim metodlaridan foydalanish, o‘quv jarayonida yakka
tartibda, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni, ilg‘or ta'lim metodlarini
amaliyotga joriy qilish hamda pedagogik jarayonga yangicha yondashuvlarga
bag'ishlangan.
Kalit so‘zlar:
Bilim, ko‘nikma, ko‘rgazmali ta'lim metodi, og‘zaki ta'lim
metodi, amaliy metod, metodika, metod.
Bugungi kunda ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan ta'lim metodlari xilma-xil
hamda ko‘p sonli bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga, ta'lim-tarbiyaviy
imkoniyatlarga ega, muayyan maqsadlarga, sharoitlarga mos ekanligi va boshqa
sifatlari bilan birbiridan farqlanadi. Bu metodlarninig har biri muayyan ta'lim-
tarbiyaviy maqsadlar uchun mos bo‘lib, uning o‘rniga boshqa metodni qo‘llash
maqsadga muvofiq emas. Shu sababli ta'lim metodlarining qaysi biridan qaysi maqsad
uchun foydalanish ko‘zda tutilgan samarani berishini bilish muhim ahamiyatga ega.
Bu masala avvalo ta'lim metodlarini ma'lum belgilariga ko‘ra turlarga ajratib olish va
ularning asosiy mazmunini aniqlashni talab qiladi. Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim
metodlarini turlarga ajratish dolzarb masala hisoblanadi.Buni hal qilish uchun
zamonaviy ta'lim metodlarining turlarga ajratish uchun zarur bo'lgan asosiy
belgilarini aniqlab olish zarur. Bu belgilar: bajaradigan vazifasiga, ko'zda tutiladigan
natijaga, ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlarga, pedagogik va psixologik yo‘nalishlariga,
ta'lim oluvchilarning yoshiga muvofiqligiga, ayrim fanlarni (ijtimoiy, tillar, tabiiy,
aniq, amaliy va boshqa fanlarni) o‘qitishga, nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘rgatishga, o'zlashtirishni nazorat qilishga tegishli va boshqa belgilar
hisoblanadi. Ta'lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko‘zda tutilgan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
146
maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishda
qo‘llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o‘z ichiga oladi. Muayyan
ta'lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo‘li, usuli yoki
ko‘rinishidan iborat bo‘lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat
qiluvchi o'ziga xos ta'lim metodini hosil qiladi. Savod o‘rgatish yo‘llari: oilada
o‘rgatish, maktabda o‘rgatish, maktabgacha ta'lim muassasasida o‘rgatish, o‘qituvchi
yordamida o‘rgatish, kitoblar, kompyuter, ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘rgatish
yo‘llari kiradi.Shunga o‘xshash sanoqni, arifmetik amallarni o‘rgatishda ham
yuqoridagiga o‘xshash yo‘llardan foydalanish mumkin. Shu yo‘llardan foydalanib
harakatni amalga oshirishda har turli metodlar qo‘llaniladi. Biror metodni
qo‘llashdagi harakatni amalga oshirish ko‘rinishi deb shu harakatni batafsil
tasvirlovchi ko‘rinishga aytiladi. Harakatning kuzatiladigan o‘zgarishlari, vaziyatlari,
tezligi va uning ortishi yoki sekinlashuvi, to‘xtashlari, bir nechta harakatlarning bir
vaqtdaligi yoki ularning vaqt oraliqlari, harakatlar natijasi, amaliy mashg‘ulotlarida
esa, ishlov berilayotgan shakllar, fazoviy holatlar, ranglar, sirtlarning tekisligi yoki
adir-budurligi o‘zgarishlari va boshqa kuzatish mumkin bo'lgan turli harakat
ko‘rinishlarini tushunish mumkin. Inson faoliyatining barcha sohalarida tegishli
metodlaridan foydalaniladi. Bu metodlarning eng umumiy belgisini hisobga olgan
holda ularni borliqni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish operatsiyalarining yoki
yo‘llarining yig‘indisi deyish mumkin. Ushbu qo‘llanmada metod tushunchasini
ta'lim tarbiya jarayoni bilan bog‘liq jihatlardan ko‘rib chiqiladi.
Metod o‘zi nima? Metod-(grekcha "Metodos" so'zidan olingan bo‘lib, yo‘l,
ahloq usuli ma‘nolarini anglatadi) . Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq
qilish usuli. Faoliyat, harakatning yo‘li, usuli yoki qiyofasi, shakli ko‘rinishi
hisoblanadi. Ta'lim metodi- o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muntazam qo‘llaydigan,
o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va
ko‘nikmalarini egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish
usuli. Belgilangan ta'lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta'lim beruvchi va ta'lim
oluvchilar o‘zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullar kiradi. Ta'lim
metodlari ta'lim beruvchi ongida ma'lum bir yo‘nalishidagi faoliyatning umumlashma
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
147
loyihasi tarzida shakllangan bo‘ladi. Og‘zaki ta'lim metodi- hikoya,suhbat,
bahs,munozara kabi ichki kichik uslublarni o‘z ichiga oladi va ta'lim oluvchiga
eshitish orqali ta'lim egallash qobiliyatini o‘stiradi. Ko‘rgazmali ta'lim metodi-
namoyish qilish, foto va video lavhalar shaklida namoyish qilish kabi uslublardan
tashkil topgan bo‘ladi, bunda o‘quvchi mavzuga oid material va ma'lumotni ko‘rib
tasavvur qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Amaliy metod- mashq bajarish,laboratoriya
va amalda qo‘llash kabi uslublardan tashkil topgan bo‘ladi va o‘quvchi nazariyani
amaliyotda sinab ko‘rib o‘z bilimini oshiradi. Uch bosqichli intervyu metodi- bunda
o‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadi. "Pedagog" guruhi mavzu bo‘yicha savol va
topshiriqlar beradi."Talaba" guruhi savol va topshiriqlarga javob beradi."Ekspert"
guruhi ularni baholaydi. Ekspert 3 bo‘limga bo‘lib baholaydi.
1. Nimalar to‘g‘ri qilindi.
2. Nimalar noto‘g‘ri qilindi.
3. Qanday qilish kerak edi.
Bu metod o‘quvchilarga so‘rab-surishtirish, pedagogik muloqot olib borish,
bilim va malakalarni tekshirish va baholashni o‘rgatadi. Dars uchun ajratilgan
vaqtdan unumli foydalanib ko‘proq vaqtni o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashlariga
zamin yaratadi. Nafaqat o‘quvchilarning dunyo qarashini kengaytiradi, balki olingan
bilimni mutaxassis nazorati ostida amalda qo‘llash hamda amaliyot jarayonlarida
o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga guruh bo‘lib birgalikda yechim topish imkonini
yaratadi. Ta'lim sifatini ko‘taradi va o‘quvchilarning birgalikda hamjihat bo‘lib
ishlash ko‘nikmasini shakllantiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O.U.Avlayev, S.N.Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva, "Ta'lim metodlari " o‘quv-
uslubiy qo‘llanma, "Navro‘z" nashriyoti, Toshkent-2017.
2.
Jumayev M.E va boshqalar. Matematika o‘qitish metodikasi-T.:2003-yil
3.
R.Ishmuхamеdоv, L.Abduqоdirоv, A.Pardayеv. Ta’limda innоvatsiоn
tехnоlоgiyalar. — T., 2008-yil.