MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
139
MATEMATIKA DARSLARIDA IQTIDORLI O’QUVCHILAR
BILAN ISHLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Shukurov Xursan Gadoyevich, Norova Intizor Haqberdiyevna
Matematika fani o‘qituvchilari, BuxMTI akademik litseyi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada matematika darslarida iqtidorli o’quvchilar
bilan ishlashning turli metodlari haqida fikr boradi.
Kalit so`zlar:
iqtidor, intellekt, aqliy rivojlanishi, o‘zligini anglashi, qobiliyat
intellektual salohiyat, ijodiy qobiliyat.
Bugungi ta’lim tizimining asosiy talablaridan biri o’quvchilarning fikr
doirasi, ongi, dunyoqarashini o’stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin fikrlovchiga
aylantirish. O’qituvchi darsda boshqaruvchi o’quvchilar esa, ishtirokchi bo’lishi va
jarayonlarga o’z erkin fikrini bildirshi lozim. Ana shu vazifani uddalashda
innovatsion faoliyat ustunligi ko’p qirrali samara keltiradi. O’quvchilarga yoshlikda
o’rgatilgan bilim shakllantirilgan ko’nikma malakalar ularni butun hayotiga o’z
ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. O’quvchilarning matematika faniga bo’lgan
qiziqishlari, aqliy salohiyatlari maktabda shakllanadi. Bu ham matematika fani
o’qituvchilarining vazifasi mas’uliyatli ekanligini ko’rsatadi. Pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o’tkazish metodlariga
ko’ra o’quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga
yaqinroq bo’ladi. O’quvchilarning o’quv materiallarini o’zlashtirishga bo’lgan
qiziqish, xohish va istaklarini qo’zg’atish asosida maqsadga erishish motivatsiya
bo’lib, bu o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ichki yaqinlashuvidir. Ta’lim tizimida
innovatsiya deyilganda ta’lim maqsadi va mazmuniga yangilik kiritish , yangicha
yondashish , pedagog va o’quvchi hamkorligidagi faoliyatini tashkil etish, pedagogik
texnologiyalarni takomillashtirish jarayoni, ta’limning uslub, shakl, va vositalarining
majmuasi tushuniladi. Har bir o‘quvchiga, uning shaxsiy xususiyatidan kelib
chiqib, uning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida ta’lim-tarbiya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
140
jarayoniga biror psixologik yoki pedagogik uslubni qo‘llash murakkab jarayondir.
Lekin bu davr talabidir.
Muayyan takomillashgan pedagogik yoki psixologik uslubni qo‘llash, uni
mantiqiy-nazariy jihatdan to‘liq anglab olish va amaliyotga qo‘llashgacha bo‘lgan
murakkab jarayonga qaraganda – jarayonning o‘zini loyihalashtirish eng qulay va
samarador uslubdir. Ya’ni har bir o‘quvchiga individual yondoshish kerak. Agar
o’quvchi barcha vazifalarni osonlik bilan bajarsa, unda mantiqiy tafakkur,
kuzatuvchanlik, mustahkam xotira, barcha narsalarga qiziquvchanlik, o‘z fikrini
tushuntira olish, matematik amallarni bajara olishi, dunyoqarashining kengligi -
bularning barchasi unda bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanganligi va
kattalar tomonidan yetarli darajada e’tibor berish kerakligini talab etadi. Iqtidorli
o’quvchi quyidagi xususiyatlarni ham o‘zida mujassam etadi: ijodiy, original fikrga
ega; yumor, hazilni tushunadi; biror narsani bilishga nisbatan cheksiz intilish va
qiziquvchanlik; boy tasavvurga ega (ijodiy, tasviriy, musiqiy faoliyatda namoyon
bo‘ladi); ko‘p hollarda o‘z tengdoshlaridan mustaqilligi bilan ajralib turadi, kattalar
bilan muloqotga intiladi. Agar uzoq vaqt iqtidorli bolaning intellektual yoki harakat
ehtiyojlari qondirilmasa, bu bolaning his - tuyg‘ulariga putur etkazishi va nevroz
holatlariga olib kelishi mumkin. Agar bola iqtidorli bo‘lsa, u holda: - uning qiziqishi,
ijodkorlikni, fikrlar originalligini qo‘llab quvvatlash kerak; - bolaning o‘z sevimli
mashg‘ulot yoki o‘yin turini tanlashiga va o‘z fikrini bayon etishiga imkon berish
lozim; - bola sizga emas siz unga moslashishingiz kerakligini unutmaslik kerak; -
tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlardagi muammolarni bartaraf etishda
yordam berish kerak; - o‘zi kabi har tomonlama rivojlangan do‘stlari bo‘lishiga
ahamiyat berish kerak; - bolani har doim ham g‘olib bo‘lishiga ortiqcha intilmaslik
lozim, aks holda boshqa bolalar, tengdoshlari uni yomon ko‘rib qolishlari mumkin; -
boladan har doim va hamma sohada birinchi bo‘lishini, maktabda esa a’lochi bo‘lishi
kerakligini talab qilish noto‘g‘ri ,chunki maktabda a’lo baholarga o‘qish har doim
ham iqtidorli bo‘lishga bog‘liq emasligi isbotlangan. Iqtidorli bolaning o‘quv
faoliyatdagi yutuqlari uning erta yoshdan o‘qishga bo‘lgan intilishida namoyon
bo‘ladi. Yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirishning maqsadi: -
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
141
yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va uni muhofaza qilishdan
iboratdir; - ilm-fan va davlat hokimiyati hamjihatligidagi say-harakati, shuningdek
ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, intellektual zahiralarni muhofaza qilish va
rivojlantirish: - intellektual ijodiy salohiyatni rivojlantirish ishlarini tartibga solish; -
yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi psixologikpedagogik
tashkiliy uslubiy asoslarini yaratish. Beliglangan maqsadlarni amalga oshirish uchun
quyidagi vazifani belgilab olamiz: - Iqtidorli o'quvchilarni izlash mexanizmi,
psixologik-pedagogik, tashkiliyuslubiy asoslarini yaratish borasidagi kamchiliklarni
aniqlash. - Intellektual ijodiy salohiyatni oshirishda tarbiya jarayonining
xususiyatlarini o'rganish. - Yoshlarning mustaqil faoliyat turlarini o'rganish -
Yoshlarning ma'naviy intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish manbalarini
yaratish; - Yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini oshirish usullarini ishlab
chiqish. - yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini nazariy va amaliy jihatdan
o'rganib chiqish.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, iqtidorli o’quvchillarni qobilyatini
rivojlantirishda turli metodlaridan foydalanish o’quvchilar qobiliyatini tizimli
ravishda rivojlanishiga olib keladi. O’quvchilarning intellektual-ijodiy salohiyatini
rivojlantirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun o‘quvchilar ijodiy faoliyatini amalga
oshiruvchi tadbirlarni belgilab ularni ikki guruhga ajratish ham foydali samara beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1.
Алихонов С. Математика ўқитиш методикаси.- Тошкент-2011.-303 б.
2.
. Bikbayeva N.U, R.I.Sidelnikova, G.A.Adambekova. Boshlang‘ich sinflarda
matematika o‘qitish metodikasi. Toshkent. ―"O‘qituvchi" 2003.
3.
A.Nurmetov, I.Qodirov Matematikadan sinfdan tashqari va fakultativ
mashg‘ulotlar. –T: O‘qituvchi, 2000.
4.
M.Ahadova O‘rta Osiyoning mashhur matematiklari. –T: O‘qituvchi, 200