MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
299
AZIZ NESIN HIKOYALARIDAGI G‘OYA
Qurbonova Manzura Shuxratulla qizi
Buxoro viloyati Jondor tumani 10-maktab o'qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada turk yozuvchisi ko’plab hajviy hikoya, poema va
romanlar muallifi, siyosiy va ijtimoiy hajv ustasi Aziz Nesinning yumoristik
xarakterdagi hikoyalari va ulardagi asosiy g'oyalar bir nechta hikoyalar orqali
ochib berishga harakat qilingan.
Kalit so’zlar: Aziz Nesin, yozuvchi, shoir, romannavis, yumor, hazil-
mutoyiba, Miad Hakimov, “Noyob mikrob”, “Pulimga yarasha yer bering”,
“Farzand”, “Nazokat-u nafosat”
Aziz Nesin turk adabiyotida turli janrlarda o’zini sinab ko’rgan va barida
muvaffaqiyat cho’qqisiga chiqa olgan ijodkor sifatida tanilgan. Xususan, u yozuvchi,
shoir, romannavis hamda hikoyanavislikda ko’plab natijalarga erisha olgan. Bundan
tashqari adib ijodida yumor janridagi asarlari (hikoyalari) salmoqli o’rinni egallaydi.
Aziz Nesin ayniqsa, hazil-mutoyiba va tanqid sohasidagi asarlari bilan ajralib turadi.
Adabiy faoliyatini hikoya janridan boshlagan. Biroq u hazil-mutoyibaga boy va
ijtimoiy tanqid mavzusidagi asarlari bilan shuhrat qozonadi. Umuman olganda, u
hikoyalarida turk jamiyatining turli qatlamlarida, ijtimoiy muammolariga kinoyaviy
uslubda murojaat etgan. Jumladan, uning biz uchun tanish bo’lib ulgurgan yumoristik
xarakterdagi hikoyalari Miad Hakimov tarjimalari asosida bizgacha yetib kelgan.
Adibning turli sohalarga murojaat tarzida yozilgan hikoyalari ham talaygina.
Xususan, shifokorlar faoliyatiga doir(“Noyob mikrob”, “Dardi bedavo”, “Bizda vrach
bo’la olasanmi?”), hayvonlar hayotiga(“Hayvonlar haqidagi hikoyalar” to’plami),
adabiyotga(“Adabiyot
muxlisi”
“Nazokat-u
nafosat”,
“Adabiyotsevar”,
“Qo’ysangizchi ustoz”, “Qanday qilib romanimni chop ettirdim”), ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarga(“Xudoga shukr”, “Muhim topshiriq”, “Taksining eshigi”, “Ustasi
faranglar”, “Dahshatli tush” …) qaratilgan hikoyalari jamiyatning turli xudbin va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
300
manmanlik cho’qqisiga chiqib olgan va o’z manfaatlari yo’lida kimlarningdir
azoblanishiga sababchi bo’lib qolgan insonlar tanqid qilinadi, hajv ostiga olinadi.
Adib hayvonlar qiyofasida insonlarning xato va kamchiliklarini yoki bo’lmasa ibratli
tomonlarni namoyon qilib bera olgan.
Yozuvchining “Noyob mikrob” nomli hikoyasini tahlil qilsak, hikoya bosh
qahramoni o’zining professorlik kasbiy faoliyati davomida bunday noyob mikrobga
ikkinchi marta duch keladi. U buni aniqlaganidan juda xursand bo’lib ketib, turli
joylardan turlicha insonlarni chaqirib, bu mikrob haqida tushunchalar bera boshlaydi,
konferensiyalar o’tkazadi, hattoki bunday noyob mikrobni topganligi haqidagi kitob
yozish rejasini tuzib chiqadi. Barchaga bu mikrobni 48 soat ichida davolanmasa,
bemorning ko’zlaridagi og‘riq to’xtab so’qir bo’lib qolishligi to’g‘risidagi va’zlarni
aytadi-yu, lekin uning oldini olish va davo choralarini amalga oshirish to’g‘risida
bosh qotirmaydi. Natijada bir inson ko’zlaridan ajralib bu yorug‘ olamni qayta ko’rish
baxtidan bir umrga mosuvo bo’lib qoladi. Mazkur hikoya orqali yozuvchi o’sha
davrda ham bo’lgan va hozirda ham davom etayotgan tibbiyotdagi muammolarni
kulgu orqali aks ettirib, kitobxonga inson salomatligidan ko’ra nafs va pul yetakchi
o’rinlarda bo’lganligini hamda tibbiy savodxonlikning yetishmasligini ko’rsatib
bergan.
Aziz Nesin satira va yumor janrlarida birdek ijod qilgan. Hikoyalarining
ayrimlari yarim asr o’tib bevosita turk tilidan qayta tarjima ham qilindi. Bu Aziz
Nesin hajviga yangidan qiziqish uygʻonganidan dalolat beradi. Masalan yozuvchining
hajviy hikoyalaridan oʻzbek xalqi orasida eng mashhur “Bay Düdük” “Hushtak
afandim” hikoyasi 60-yillarda taniqli tarjimon Miad Hakimov tomonidan o’girilgan
bo’lsa, 2014-yilda ushbu asarga qayta qo’l urildi. O’sha yillar hikoya “Hushtak
afandim” deb o’zbek tiliga o’girilgan va uni o’zbek kitobxonalari juda yaxshi kutib
olishgan.
Yozuvchi “Musht ketdi”, “Bezovta bo’lmang”, “Sigaret qutusidagi arz-dodlar”,
“Nazokat-u nafosat” kabi hikoyalarida muhim muammolarni ko’tarib chiqadi. Bu
hikoyalarning mavzusi xilma-xildir. “Nazokat-u nafosat” hikoyasi qahramoni Xolid
shaharning boy, o’ziga to’q, martabali kishilarining manzilini yon daftarchasiga yozib
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
301
yuradi. Bir marta u begonalar qo’liga tushib qolganda, yon daftarchasidagi “nazokat-
u nafosat” degan yozuvni o’qib qolishadi. Yana daftarchada sinfdoshi Rizo tirtiqning
manzili ham bo’ladi. Rizo esa bosh direktor, begonalar esa Rizoning qo’lidagi
xizmatkorlar bo‘ladi. Xolidni haqorat qilib, kaltaklab, so’roqqa tutayotgan begonalar
darrov o’zgarib, “Beyafandim” deb unga yumshoq muomala qila boshlaydilar.
Shundan buyon u daftarchasiga martabali kishilaming manzilini yozib yuradi.
“Pulimga yarasha yer bering” hikoyasi qahramoni gazetalardan birida
“Imoratsiz quruq 1624 kvadrat metrlik yer to’rt million liraga sotiladi” degan xabarni
o’qib qoladi. Shundan so’ng u oladigan oylik ish haqiga yer sotib olishi mumkinligini
hisoblab chiqsa, roppa-rosa 666 yil ishlashi kerak ekan. Hisoblayverib, uyqusi
qochadi. Kecha-yu kunduz shu yerni olishni o’ylaydi. Nihoyat, oxiri o’ylayverib
jinnixonaga tushadi. Kambag’alning boyligi – tanining sog’ligi deganlaridek, boriga,
bariga shukr qilib yashashga nima yetsin?!
Aziz Nesin asarlarini o’qisangiz ham o’ylanib qolasiz, ham kulasiz. Yozuvchi
“Biz u yerga bormaymiz” hikoyasida “Hali demokratiya, partiya” degan
tushunchalarni yaxshi anglab yetmagan omi odamlar obrazi yaratiladi.
Yozuvchining “Farzand” nomli hikoyasida ham yuqorida ko‘rib chiqqan
hikoyalarimiz singari dolzarb muammo ko’tarib chiqilgan. Bir-biri bilan kelisha
olmagan ota-onalarning 5 yoshli farzandi ikki o’rtada bo’lgan murosasiz tortishuvlar
natijasida bevaqt dunyodan ko’z yumadi. Yozuvchi ta‘biri bilan aytganda “Metin
uchun bo’lgan tortishuv nihoyat tugadi. Metin janjal-suronda na boshidan va na
oyog’idan ajradi, u tarvuzning ikki pallasiday bo’linib, yarmi otada, yarmi onada
qoldi. Ikki o’rtadagi tortishuv uning olamdan ko’z yumishi bilan poyoniga yetdi.”
Hikoyani o’qigan kitobxonda bolaga nisbatan achinish, ota-onaga nisbatan esa
nafratlanish hissi paydo bo’ladi. “Davlatning boshi — farzand” lekin bunga na ona
va na ota amal qildi. Ularning ikkalasi ham farzand nomli ulug‘ ne'matning qadriga
yetishmadi. Bu yerda bolaning hayoti emas, balki kim farzand tarbiyalash uchun
qanchalik loyiq ekanligi masalasi ko’tariladi. Aslini olganda bunday takabbur,
manman insonlar uchun farzand bir buyumdek xolos.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
302
Adibning adabiyot bilan hamnafaslikda yaratilgan bir qator hikoyalari ham
mavjud. Jumladan, "Adabiyot muxlisi", "Adabiyotsevar", "Qanday qilib romanimni
chop ettirdim"
Aziz Nesinning "Dardi bedavo", "Noyob mikrob" va "Bizda vrach boʻla
olasanmi?" hikoyalari bevosita tibbiyot bilan aloqadorlikda yaratilgandir. Yozuvchi
mazkur hikoyalarida shifokorlar faoliyatidagi bilimsizlik, befarqlik oqibatida
bemorlarning bu dunyodan bevaqt ko‘z yumishi yoki bo‘lmasa bir umr nogiron bo‘lib
qolishini achchiq kulgu orqali ko’rsatib bergan.
Xulosa
Yozuvchi barcha uchun tushunarli, sodda va jamiyatdagi muammolar ustidan
yengil kulish orqali yozishga harakat qilgan. Yuqorida ko‘rib chiqqan
hikoyalarimizda ham buning yaqqol dalilini ko‘rishimiz mumkin. U oddiy so‘zlar
orqali ajoyib san'at asarlarini yarata olgan. Uning ijodidan paydo bo‘lgan asarlar
kishini ta‘sirlantiradi, o‘yga toldiradi, g‘amgin qiladi, kuldiradi, ibrat oldirtiradi.
Shunday hajviy asarlar bo'ladiki, garchi hajm jihatidan kichik bo'lsa-da, undan katta
bir romandan olgan taassurotni olasiz, qahramonlarni uzoq vaqt eslab yurasiz. Aziz
Nesin tasviridagi qahramon ham hech qachon esdan chiqmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1.
FAYZULLA
BOYNAZAROV
JAHON
ADABIYOTI
«MUSIQA»
NASHRIYOTI TOSHKENT 2006
2. AZIZ NESIN ASARLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLAR VA ULARNING
TARJIMASI Pardayev Ulug‘berdi Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan
Hilol.edu
tillarni
o‘qitish
markazi
Turk
tili
o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7231901
3. YAXSHIDAN BOG‘ QOLUR (Miad Hakimovni Aziz Nesin hikoyalarini turk
tildan
o‘zbek
tiliga
qilgan
tarjimalari
misolida)
https://doi.org/10.5281/zenodo.7455051 Shoxrullo QURBONMURATOV, TDSHU
2-kurs magistranti. Toshkent, O‘zbekiston. Tel: +99890 326 69 26; E-mail:
shoxrulloqurbonmurodov@gmail.com
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
303
4. AZIZ NESIN HIKOYALARI POETIKASI Moʻsinjonova Oyjahon Gʻayratjon qizi
FarDU o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Maxmidjonov Shoxruxbek FarDU
o‘qtuvchisi
5. Aziz Nesin Hajviy hikoyalar roman G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti Toshkent 1978 www.ziyouz.com kutubxonasi
6. AZIZ NESIN HIKOYALARIDA JAMIYAT ILLATLARI TASVIRI Aldenova
N.Gʻ., II Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti, Pediatriya yo‘nalishi 210 guruh
Ilmiy rahbari: katta oʻqituvchi Mexmonova N.U. ToshPTI, Oʻzbek tili va adabiyoti
kafedrasi
7. www.google.com.tr.
8. www.ziyouz.
9. www.aim.uz
10. www.turkedebiyati.