MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
199
XALQ AYTIMLARIDAN NAMUNA
Qurbonova Manzura Shuxratulla qizi
Buxoro davlat universiteti
4-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada bizdan keyingi keladigan yosh avlod uchun
o‘lmas xazina bo‘lib qoladigan xalq og‘zaki ijodining nodir namunalari keltirilgan.
Kalit so’zlar: folklor, sheva so‘zlar, qofiya, radif, marosim...
Bugungi kunda badiiy adabiyotda xalqning ijtimoiy hayoti, turmush tarzini
tasvirlashda,
xususan,
uning
yanada
taraqqiy
topishida,
xalqchillikning
ta’minlanishida xalq og‘zaki ijodining o‘rni beqiyosdir. Shu ma’noda badiiy asarlarda
xalq og‘zaki ijodidan foydalanish adabiyotshunoslik oldidagi muhim vazifalardan biri
bo'lib kelmoqda. Chunki har bir davr adabiyoti folklorda o‘z aksini topadi, badiiy
sayqallanadi. Mumtoz adabiyotimizdan tortib, to bugungi kungacha yaratilayotgan
asarlarda xalq og‘zaki badiiy ijodining ta’siri sezilib turadi. Badiiy adabiyotning eng
qadimiy shakli xalq og‘zaki poetik ijodi (folklor) hisoblanadi.
Folklor inglizcha “folk” (xalq ) va “lore” (donolik) so‘zlaridan olingan bo‘lib,
“xalq bilimi”, “xalq donoligi”, “xalq donishmandligi” degan ma’nolarni anglatadi.
Ko‘pincha folklor so‘zi qo‘llanganda xalq og‘zaki ijodini nazarda tutamiz, lekin
folklor xalq amaliy san’ati, me’morchilik, musiqa, raqs, teatr, o’yin va boshqa
san‘atlarni ifodalaydigan atamadir.
Bugungi kunda folklor namunalarini yig‘ish mushkul va shu barobarda
kelajak avlod uchun foydali bo‘lgan jarayonlardan biribir. Xalq orasida yoshi ulug‘
bobo-buvilar tomonidan aytib kelingan she‘rlar, qo‘shiqlar, laparlar, asotir-u
afsonlarni o‘rganib, qanday bo‘lsa shundayligicha bizdan keyin keladigan yosh
avlodga yetkazishimiz biz til va adabiyot ixlosmandlarining muhim va ustuvor
vazifalarimizdan biri desak yanglishmagan bo‘lamiz. Quyida biz bir necha folklor
namunalaridan yig‘ishga harakat qildik. Mazkur ijod namunalari Buxoro viloyati
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
200
Jondor tumanida istiqomat istiqomat qiluvchi Jabborova Gulsara buvidan yozib
olingan.
Bir chilim tamoki deb
Kirdim qalandar bog‘iga,
Bir qizil gulni uzib
Qoldim qiyomat dog‘iga,
Uzsang ham tagidan uz
Ustinda yaproq qolmasin
Sevsang ham yaxshini sev
Ko‘nglingda armon qolmasin.
* * * *
Katta yo‘ldan kelishingdan aynalay,
Valasafet minishingdan aynalay,
Sherozi shapkangni shohinda qo‘yib,
Manga qarab kulishingdan aynalay.
* * * *
Kastunimni kim bichipti tor etib,
Shopir bola gaplashmaydi qor etib,
Gaplashmasa gaplashmasin qor etib,
Man ketaman qadamima zor etib.
* * * *
Tomga piyoz ekdim, man o‘saman deydi,
Yorga bino qo’ydim, man ketaman deydi,
Ketma yorim, ketma navot beraman,
Tilimni uchida tilxat beraman.
Yuzingni yalpidim qizil gul minan
Uzatib qo‘yverdim katta yo‘l minan
Ipak ro’mol minan bog‘la ko‘zingni
Man kegancha ko‘rma dunyo yuzini.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
201
Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan she‘rlarimiz tarkibi sheva so‘zlar bilan, aynan
Buxoro shevasidagi so‘zlar bilan boyitilgan. Birinchi she‘rga e’tiborimizni
qaratadigan bo‘lsak, birinchi qatorida ya‘ni “Bir chilim tamoki deb” bunda tamoki
so‘zi sheva so‘z bo‘lib, adabiy tilda tamaki (Yirik bargli o’tsimon o’simlik va shu
o’simlikdan quritib tayyorlanadigan chekimlik) shaklida qo’llaniladi. Undan keyingi
so‘zimiz esa “ustinda” so‘zi, mazkur so‘z eski o‘zbek tilida xuddi shu shaklda
qo‘llanilgan. Bugungi kundagi muqobil varianti esa “ustida” tarzida qo‘llanib
kelinmoqda.
Ikkinchi she‘rimizning go‘zal va jarangdor bo‘lishligini ta‘minlab bergan
qofiya (kelishingdan, minishingdan, kulishingdan) va radif (aynalay) she‘rning
asosini ta‘minlab bergan. Tarkibidagi sheva so‘zlari ham talaygina. Barchasi musiqiy
tarzda ipga tizilgan marjondek turibdi. She’rdan o‘rin olgan “aynalay-aylanay”,
“valasafet-velosiped” sheva so‘zlardir.
Keyingi she‘rimiz tarkibi ham sheva so‘zlar bilan boyitilgan. “Kastun” so‘zi
Buxoro shevasida faol qo‘llanilib, adabiy tilda esa uch xil ma‘noda qo‘llaniladi. 1.
Pidjak va shim yoki jaket va yubkadan iborat ustki kiyim. 2. Yoqasi qaytarilgan,
ko’krak oldi ochiq, tugmali kalta ustki kiyim; pidjak yoki jaket. Mundoq qarasam,
katta yo’l o’rtasidan bilagiga kostyum tashlagan davangiday bir yigit kelyapti. S.
Siyoev, Yorug’lik. 3. Maskarad yoki teatr kiyimi.
“Bichipti” so’zining tarkibidagi qo‘shimcha qismida ham o‘zgazish sodir
bo‘lgan, ya‘ni -ibdi zamon qo‘shimchasining -ipti shaklida qo‘langanligini ko‘ramiz.
Keyingi so‘z esa “shopir” so‘zi bo‘lib, adabiy tilda “shofyor” fransuzcha shauffeur –
dastlab: o‘tyoqar, go‘lax; keyin: haydovchi chauffer – o‘t yoqmoq, isitmoq
Avtomobil haydovchi shaxs. Mirg‘iyos: Kabinasi bo‘sh bo‘lsa ham, shofyorning
yoniga o‘tirmadim. R. Azizxo'jaev, Yashil chayla.
Mazkur she‘r tarkibida ko‘chma ma‘noda qo‘llangan so‘z ham mavjud.
Kastunimni kim bichipti tor etib,
Shopir bola gaplashmaydi qor etib,
Gaplashmasa gaplashmasin qor etib,
Man ketaman qadamima zor etib.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
202
Ikkinchi va uchinchi qatorida “qor etib” so‘zi o‘z ma‘nosida emas, balki
ko‘chma ma‘noda qo‘llanilgan. Ma‘nosi “xafa bo‘lmoq, ozorlanmoq, ranjimoq”
ma‘nolariga to‘g‘ri keladi. Oxirgi qatordagi “qadamima” so‘zida jo‘nalish
kelishigining eskirgan shakli -a tarzida qo‘llanilgan.
Oxirgi she‘rimizda e'tiborimizni o‘ziga tortadigan jihatlaridan biri sheva
so‘zlari bo‘lsa, ikkinchisida esa she‘rning mazmuniy qurilishidir. She‘r tarkibi
quyidagi sheva so‘zlaridan iborat:
NOVVOT I - [f. – kristall shaklli qand, shakar] Shakar qiyomidan maxsus
tayyorlanadigan yaltiroq kristall qattiq oq yoki sarg‘ish shirinlik. Novvot choy.
Matluba xonaga kirganda, Asqar Aminovich oldida bir likopchada novvot, do‘ng
peshonasida marjon-marjon ter, famil choy ichib o‘tirardi. O. Yoqubov, Izlayman.
NOVVOT II - maxs. To‘qimachilik dastgohida: tayyor mato o‘raladigan yog‘och
valik. Bu she‘rda “novvot” so'zining birinchi ma‘nosi nazarda tutilgan, ya‘ni shirinlik
ma‘nosida.
YELPIMOQ - 1. Yelpig‘ich yoki boshqa biror narsa vositasi bilan o‘ziga yoki
o‘zgaga yel, shabada tegizmoq. ..xitoyi yelpig‘ich bilan o‘zini yelpidi. A. Qahhor,
Asarlar. Zaynab shu holda uzoq fursat erini yelpidi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.
Yormat.. qattiq “uh” tortdi va choponining yoqasi bilan ko‘kragini yelpidi. Oybek,
Tanlangan asarlar. Poyezd dim bo‘lganidan, yo‘lovchilar gazeta bilan o‘zlarini
yelpirdilar. S. Ahmad, Xotin. 2. Hilpiratmoq, tebratmoq. Tog‘dan esgan shabada..
ayollarning chakka sochlari va boshlaridagi ro‘mollarini betinim yelpiydi. P. Tursun,
O‘qituvchi. 3. Shamol vositasida donni chiqindi va changdan tozalamoq, sovurmoq.
Moshni yelpimoq.
MINAN - s.t. Bilan. Men minan juda qadrdon-da, taqsir! A. Qodiriy,
Mehrobdan chayon. Qarollar ovqat qilib bo‘lishi minan, bek qozon tagida qolgan
bo‘tqaga uch-to‘rt chelak suv quydirardi. H. G‘ulom, Mash‘al. Bova, Ermat polvon
minan meni olishtiring, u qalin oshnamni yiqitdi. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi.
“Qo‘yvermoq” so‘zi o'zgarishga uchrashidan oldin “qo‘yib yubormoq”
shaklida bo‘lgan. “Kegancha"—"kelgancha”
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
203
Yuqorida ko‘rib o‘tgan she‘rlarimiz hazil-mutoyiba, kulgiga moyil. Quyida
esa a‘za marosimlarida maxsus aytiladigan to‘rtlikni ko‘rishimiz mumkin.
Onajonim, onam.
Shamol bo‘lib kelsayiz, ko‘ksim ocharman onajonim
Yomg‘ir bo‘lib yog‘sayiz, boshim ocharman onajonim
Qo‘ylar so‘ysamam kelmassiz onajonim
To’ylar qilsam ham kelmassiz onajonim
Mazkur she’r insonni bir qadar junbushga keltiradi. Buvi og‘zidan
eshitganingizda esa xuddi o‘sha vaziyatga, a’za marosimiga tushib qolgandek
tasavvur qilasiz. Bir insonning bu dunyodan u dunyoga rixlat qilishi va o‘zining yaqin
insonidan judo bo‘lganligidan qattiq musibat chekib shu va shunga o‘xshash
she‘rlarni aytishgan.
Ayvondagi tulporing egasiz-ey, yor-yor,
Kishnab-kishnab tulporing, yurak tilkar, yor-yor,
Belingdagi kamaring qayda qoldi yor-yor,
Yeng shimarib chiqarding uloqlarga, yor-yor,
Bunday motam aytimlari yosh ketgan marhumning ruhi chirqillab, norozi
bo’lmasin, armonsiz ketsin degan niyatda ijro etiladi.
Motam marosimlarida yig‘ilarning kuylanishi respublikamizning turli
o’rinlarida turlicha ko‘rinishlarda ekanligi ko’zga tashlanadi. Marosim chog’ida
marhum xotirasiga qanchalik ko‘p ovoz qilish uning izzatini deb tushuniladi.
Xullas, motam marosimi ommaviy-maishiy marosimlarning bir qismi bo‘lib,
uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o‘tgan. Unda ijro etiluvchi folklor aytimlari xalq
badiiy iste’dodini namoyon etadi.
1
O‘zbek xalq badiiy ijodi asrlar davomida yaratilib, og‘izdan og‘izga, avloddan
avlodga, ustozdan shogirdga o‘tib kelgan jamoa ijodi mahsulidir. Chunki folklor
asarlari bir kishi tomonidan emas, balki butun bir jamoaning ijodiy tarbiyasi asosida
vujudga keladi va jamoa tomonidan ijro etiladi. Ba’zi folklor asarlar esa iste’dodli
1
O.Narjigitov, F.Tovboyeva “Barkamol avlodni tarbiyalashda o’zbek xalq og’zaki ijodining o’rni” (uslubiy
qo’llanmna) Toshkent-2014
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
204
kishilar tomonidan yaratilib, o’z qabilasi va urug’lari odatlari, e’tiqodi, orzu-istaklari,
tabiat bilan bo‘lgan munosabatlari hikoya qilingan. Qabila va urug‘ a‘zolariga ma’qul
tushgan bu asarlar og‘izdan og‘izga o‘tib, jamoa ijodiga aylangan. Asarlar shu tariqa
jamoa orasida takomillashib, xalq mulkiga aylanadi. Xalq kuychisi jamoa tomonidan
yaratilgan asarlarni aynan so‘zma-so‘z ijro etmay unga ijodiy yondashadi. Shuning
uchun ham u ijro etayotgan asarlarni hamisha “xalqniki” deb tan olinadi. Yakka
ijodkorlar qanchalik iste’dodli bo’lmasin jamoa ijodining an’analariga bo’ysungan,
xalq hayoti, xalq didi va talabiga moslashishga harakat qilgan. Biz yuqorida ko‘rib
o‘tgan folklor namunalari ham anchagina qadimiy tarixga ega. Bu kabi xalq og‘zaki
ijod namunalarini yig‘ib kelajak avlodga yetkazish bizning ustuvor vaziflarimizdan
biri desak yanglishmagan bo‘lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi 5
JILDLI
TAHRIR
HAY’ATI:
A.MADVALIYEV,
N.MAHKAMOV,
N.MAHMUDOV (rahbar), D.XUDOYBERGANOVA, O.ODILOV Abduvahob
Madvaliyev tahriri ostida “O‘zbekiston nashriyoti” Toshkent – 2021
2. O.Narjigitov, F.Tovboyeva “Barkamol avlodni tarbiyalashda o’zbek xalq og’zaki
ijodining o’rni” (uslubiy qo’llanmna) Toshkent-2014
3. Jabbor Eshonqul “Folklor: Obraz va talqin” Qarshi “Nasaf” nashriyoti 1999
4. Shahnoza Nazarova “Xayol va haqiqat folklor va teologiya kesimida” Toshkent
“Mumtoz so’z” 2013
5. Madayev.O. ”O’zbek xalq og’zaki ijodi ”.-T.:Mumtoz so’z,2010
6. Madayev.O,Sobitova.T: ”Xalq og’zaki poetik ijodi ”.-T.:Sharq,2010
7. www.ziyonet.uz
8. diss.natlib.uz