MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
278
SADRIDDIN AYNIYNING “DOXUNDA” ASARIGA AYRIM
CHIZGILAR
Qurbonova Manzura Shuxratulla qizi
Buxoro viloyati Jondor tumani 10-maktab o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻrta Osiyoning oʻtmishi, madaniyati, oʻzbek
va tojik xalqlari adabiyotining tarixi, bu qardosh xalqlarning klassik shoirlari,
tazkiranavislari, adiblari va maʼrifatparvar olimlari toʻgʻrisida tadqiqot ishi olib
borgan adabiyotshunos olim, Buxoro tarixining mohir bilimdoni Sadriddin Ayniyning
“Doxunda” asari haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: Sadriddin Ayniy, yozuvchi, olim, G‘ijduvon, “Doxunda”,
“Qullar”, “Sudxo‘rning o‘limi”, Miyon Buzruk, “Obxona”, kanaxona, jadidlar
Sadriddin Ayniy — yozuvchi, olim, o‘zbek hamda tojik adabiyotining XX asr
jamoat arbobi. 1878-yil Buxoro viloyatining G’ijduvon tumani, Soktari qishlog‘ida
tug‘ilgan. Avval eski maktabda (1884-1887), keyin madrasalar: Mir Arab (1890-
1891), Olimxon (1892-1893), Badalbek (1894-1896), Hoji Zohid (1896-1899),
Ko‘kaldosh (1899-1900)da tahsil olgan.
XX asr boshida shakllanib borayotgan “Yosh buxoroliklar” harakatida
qatnashadi. Yangi usul maktablarini tashkil qilib, ushbu maktablar uchun “Yoshlar
tarbiyasi” darsligini tuzadi.(1909) Adib sifatida “Doxunda” va “Qullar” romani,
“Bo'lganim yo‘q” va “Kengash” feletonlari, “Sudxo‘rning o‘limi” qissalari bilan
shuhrat qozonadi. Miyon Buzruk Sadriddin Ayniyning “Doxunda” romanini
tojikchadan o‘zbek tiliga o‘girib, 1932-yilda Toshkentda nashr ettiradi.
30-yillarga kelib, amir saltanatidan qo’rqmagan odam sho‘ro siyosatidan
dahshatga tushadi. Chunki 20-yillarning oxiridayoq qatag‘on bulutlari ko‘k yuzini
qoplayotgan edi. Sinchkov voqelikning ichki jarayonlarini teran tushunadigan
ijodkorning bulardan bexabar qolishi mumkin emas edi. Shu bois o‘tmish mavzuida
yozilgan bo‘lsa-da, “Doxunda” (1930), “Qullar” (1934) romanlarida Oktabr
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
279
to’ntarishi arafasi va undan keyingi davr voqealari atroflicha yoritiladi. O‘sha davr
adabiyotshunosligi tili bilan aytganda, “yot unsurlar”, “bosmachilar” harakatlariga
munosabat bildiriladi. Albatta, bu harakatga qo’shilganlar orasida mol-mulkidan judo
bo‘lgan, yerlari musodara qilingan alamzadalari ko’pchilikni tashkil qilardi.
Bularning aksariyati savodsiz, uzoqni ko’rolmaydilar kishilar bo‘lib, milliy ozodlik,
Vatan mustaqilligi va din ravnaqi uchun kurashga kirishganlar juda ozchilikni tashkil
qilgan. Olomonchilik kayfiyatiga asoslangan bu oqim shuning uchun milliy harakat
tusiga aylanmagan. Qolaversa, jamiyatdagi mavjud tabaqalarni birlashtiradigan
yagona bir g’oya, maqsad, manfaatlar birligi yo‘q edi.
1
Adibning “Doxunda” asariga to’xtalsak, “Doxunda” so’zining asl ma‘nosi
asarda quyidagicha izohlanadi: “Buxoroda bu umumiy bir odat, buxoroliklar
Ko‘histondan (tog‘lik viloyatlar) kelgan har bir kambag‘alni “doxunda” deydilar”-
deya asar qahramoni Abdullaxo‘ja tilidan ta’riflanadi. Asar voqealari tog‘lar
oralig’ida joylashgan Darai Nihon nomli yerning ta’rifi bilan boshlanadi. Kichik bir
tog‘li o‘lkaning go‘zal tabiati, insonlari xususida so‘z boradi. Shundan so’ng, ikki
sevishgan qalblar tasviriga ulanib, ularning bir-biridan go‘zal va baxtli kunlari tasviri
keltiriladi. Asarda berilgan ikki sevishgan qalblarning to’satdan ajralib ketishlari
xuddi “Yulduzli tunlar” romanidagi voqealar singari birida Tohir va Robiyaning bir-
biridan ayro bo‘lib ketishlari bo‘lsa, ikkinchisida esa Yodgor va Gulnorning taqdirlari
bo’linib ketish tasvirini ko’rishimiz mumkin.
Asar voqealari shundan so‘ng Yodgor va uning oilasini tanishtirishga
qaratilib, otasi Bozor, onasi Mehrmoh, otasining inisi Safar va uning ayoli To‘timoh
bo‘lib, oila tinchlik-xotirjamlikda, xush-xursandchilikda yashab kelishayotgan
kunlarning birida Bozorning inisi Safar noma’lum kasallikdan xastalanib yotib
qoladi.( Oilaning parokanda bo‘lib ketishi shu yerdan boshlangan edi.) Safarning
bemor bo‘lib, yotib qolganligidan xabar topgan eshon va Hojiyoqubboy turli hiyla-
yu, nayranglar ishlatib, Bozorning jondan suygan ikki ho‘kizidan birini qo’lga kiritib
uylariga xursand bo‘lib qaytishganda Safarning janozasiga xabar keladi. Qishloq
kattalari Bozor bilan maslahatlashib, ukasi Safarning bu dunyoga kelib, na o’zidan
1
zarnews.uz
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
280
bir tuyoq, na yaxshi nom qoldirib ketayotganligini, yil ag’darib ko‘rib, atigi 32 yil
umr ko‘rganligini uning janozasini esa ko‘ngildadigidek o‘tkazish kerakligini
aytishadi.(Bu paytda Hojiyoqubboy xuddi o‘zini Bozorga eng yaqin kishidek tutib,
unga yordamini darig‘ tutmasdan o’zini o‘qqa-cho‘qqa urib yurgandi.) Safarning
janozasini hech kimdan kam qilmasdan, pul kerak o‘rinda pul, mol kerak o’rinda mol,
jon kerak bo’lganda jonini ham ayamasdan berishini ta’kidlashadi. Bu paytda Bozor
inisining to’satdan vafot etishidan gandiraklagan, es-hushidan ayrilgan edi. Shu
sababli o’zidan “saxiy boy” ko'rinishini yasab olgan Hojiyoqubboy janozaga
ketadigan barcha xarajatlarni o‘z bo‘yniga oladi. Janoza xarajatlari hisoblab
chiqilganda jami hisobda 100 tanga naqd pul va 5 qop bug’doy hisobida qarzdor
bo‘lgan edi. ( Chunki bu voqea yuz bergan vaqtlarda har qanday savdo-sotiq mollarni
ayirboshlash yo‘li bilan bo‘lardi, sanoat mollari qo‘y-echki badaliga, dehqonlarga
bug’doy badaliga sotilardi. Hojiyoqubboyning kafanlik va yirtish uchun bergan
mollari bug’doy bilan baholanadi, natijada Bozor hojidan 5 qop bug’doy qarzdor
bo‘lib qoladi.) Shundan so‘ng, Bozor oqsoqol bilan maslahatlashib o‘zining qo‘lida
bor bo‘lgan bug’doyni boyga arzonroqqa berishi yo‘li bilan qarzidan qutilishi va
qolgan 5 qop bug’doyni esa yanagi yil hosildan 10 qop qilib qaytarishi kerak bo‘lib
qolgandi. Bu orada qarzining vaqtini uzaytirib bergan Hojiyoqubboyning xizmatlarini
ham qilishi, xuddiki boyga o’z qo‘li bilan yog‘li patir yedirayotganga ham o‘xshardi.
“Keyingi yili Bozorning dehqonchilik ishlari burungiday avj olmadi, chunki
ho‘kizi — toq, o‘zi — yolg‘iz. Buning ustiga, “goh-goh” boyning ishiga ham
borishga majbur edi. Mehrmoh ham burungiday bo‘z to‘qib ro’zg’orga kerak bo‘lgan
kiyim-kechak va ko‘rpa-yostiqlarni uy matoi bilan ta’min qilolmasdi. Chunki
Safarning xotini To‘timoh erining qirqidan keyin o‘z qarindoshlarinikiga ketgan va
Mehrmoh ro‘zg‘or ishida yolg‘izqo‘l bo‘lib qolgan edi. Shuning uchun u qozon-
tovoq, sigir-buzoqqa qarash, kir yuvish va yirtiq-yamoq tikishdan bo‘sholmas va bo‘z
to‘qishga qo‘li tegmasdi.
Bozorning bug’doyi pishdi, o‘rilib, yanchilib, sovurilib bo‘ldi. Lekin xirmon
boshiga hammadan burun Hojiyoqubboyning odami 10 ta qop, ot-ulov bilan yetib
keldi. Boyga 10 qop bug’doy to‘lanib, o‘roqchining, sovuruvchining, sartaroshning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
281
haqi, haqqullo, mirobxona, dorg‘oyona va boshqa balo-yu battarlar chiqarilgandan
keyin, Bozorga xirmonning faqat chorisi qoldi. Go‘za, zig'ir va kunjut yer solig‘iga
ketdi, sigir buzog‘i bilan birga sotilib, Safarning yiloshisiga sarf qilindi. Shunday
qilib, Bozor bu yil qish boshidayoq boyning “yordam”iga muhtoj bo‘lib qoldi.”
2
Mana shu yerga diqqat bilan qaralsa, o’ziga to‘q bo‘lgan bir oila boshqalarning
ko’rsatayotgan “beminnat yordam”i sababli tubdan yemirilib, parokandalikka yuz
tutib borayotganligini payqash qiyin emas. Bundan keyingi hodisalar inson aql-u
tasavvurga sig’dira olmaydigan darajada o‘zgarib ketadi. Bozor majburlikdan,
oilasini boqish tashvishi borligidan, boydan yana qarz olib, qarzdor bo‘lib qoladi.
Olgan qarziga deb hisoblab, Bozorning foydalanib turgan bir parcha yerini ham tortib
oladi. Bu orada o‘g‘lining sunnat to’yini qilishga undab, Bozorda sariq chaqa ham
puli bo‘lmasa-da, boyning qistovi bilan sunnat to‘yi o'tkaziladi. Uy egalari bu to’ydan
hech qanaqasiga manfaat ko’rishmaydi. Tayyorlangan barcha yeguliklar,
ichimliklargacha chaqirilgan “mehmonlar” yeb, ichib, yalab-yulqab ketishadi. Bozor
bo‘lsa og‘zini yalab, 2 barobar qarzga botib, o‘zining xaroba uyi, xotini va bolasidan
o‘zga boyligi qolmay qish o‘rtasida ochlik, kambag‘allikdan aziyat chekib boyga qul
bo‘lib qolishganini ham sezmay qoladi.
“Dunyoda nima koʻp – zulm koʻp, balo koʻp, jazo koʻp! Ammo begunoh
insonni majburlab, oʻzi tugʻilgan joyidan, oʻzining elidan, oʻzining nonidan, oʻzining
suvidan, oʻzining daraxtlaridan, oʻzining daryolaridan, oʻzining mozoridan, oʻzining
mehrobidan, oʻzining osmonidan ayirish, judo qilish dunyodagi eng katta gunoh,
dahshat va shafqatsizlarcha qilingan vahshiylikdir!”
3
Bahorning seryog‘in kelishi Bozorning ichkari hovlisida joylashgan
mehmonxonasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Yomg‘irning shiddat bilan
yog’ishi oqibatida uydan chakki o‘ta-o‘ta bir burchagi bosib qoladi. Bu holatdan
so‘ng birgina umidi bo‘lib turgan uyi ham qo‘ldan ketganligidan, endi hech
qanaqasiga o‘z tug‘ilib o‘sgan yerida haqqi qolmaganligini anglagan Bozor xotini va
bolasini olib, bu do‘zax hayotdan qochib ketmoqchi bo‘ladi va buning uddasidan ham
2
Sadriddin Ayniy "Doxunda" 49-bet
3
Javlon Jovliyev "Buxoro,Buxoro,Buxoro" @Mutolaaxona
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
282
chiqadi. Uyidan chiqib to‘rt qadam uzoqlashgan hamono uyi qulab bitadi. Shundan
so‘ng jadal yurib boshi oqqan tomonga qarab ketaveradi. Yo‘lda ochlik, charchoq va
boshpanasizlik yo’lovchilarni holdan toydiradi. Qaroqchilarga asir tushadi, endi
amallab qutuldim deganda ayoli ochlik, tashnalikdan darmonsizlanib vafot etadi.
Yetib borgan yerida qishloqdagi bir necha odamlarning yordami bilan bir o‘ra
qazilib, mayyit ko‘miladi. So‘ngra bir boyga cho’ponlikka xizmatga kiradi va juda
sharoitlari yaxshi bo‘lmasa ham molxonada yashay boshlaydi. Boyga chin dildan,
sodiq xizmat qiladi, lekin uning bu darajada halol, insofli xizmat qilib yurganini
ko‘rolmagan boy hiyla-yu nayranglar qo’llab, Bozorni o’zidan qarzdor qilib qo‘yadi.
Bozor endi yaxshi hayot kechiraman, uy-joy qilaman, o‘g‘limni o’qitib, yaxshi bir qiz
topib uylantiraman, balki keyinroq o’zim ham uylanarman deb xayollar surib yurgan
vaqtida oldingi hayotida Hojiyoqubboyning qilgan yomonliklaridan-da o‘tib tushgan
Azimshohning makrlari Bozorning jonini olib ham uning o‘g‘li ustidan davom
ettiriladi. Ulg’aygan, oq-u qorani tanigan yigit, otamning bunaqa qarzi yo‘q, men bu
qarzni hech qachon to’lamayman deya bosh tortadi. Ota va o‘g‘il ularning boydan
hech qanaqasiga qarzdor emasliklarini bilsalar-da, Bozor boyning oldidan o’tish va
bundan keyingi hayotida qiyinchilik azob-uqubat ko’rmaslik uchun o‘limi oldidan
“qarzlarimni to‘la” deb vasiyat qilganligi sababli Yodgor majbur bu qarzlarni
to’lashni o‘z bo‘yniga oladi. Otasi vafotidan so’ng bir muddat qarzlarni to‘lab
boyning xizmatlarini qilib yuradi. Lekin doim qulay fursatni topib qochib ketish
fikrida bo‘ladi. Nihoyat qulay fursat kelganda Yodgor uzoq bir hududga qochib
ketadi. U yerdagi odamlar Yodgorni iliq kutib olishadi. Sarijo‘y aholisi mehnatkash,
mehmondo’st bo’lganligi sababli bir oila bilan yashay boshlaydi. Tog‘lik qizni, ya‘ni
Gulnor ismli qizni yaxshi ko‘rib qoladi. Qiz ham hech bir yigitni yoqtirmay Yodgorga
nisbatan iliq tuyg’ularni his qiladi. Bir muddat ikki sevishgangan qalblar birga
yurishadi. Gulnorning otasini turli aldovlar yo‘li bilan rozi qilib amirga xotinlikka
berishmoqchi bo‘ladi. Bundan keyingi voqealar jadal sur‘atda rivojlanib ketadi.
Azimshoh Yodgorni topib olib yana qullikka mahkum etadi. Qizni esa o‘g‘irlab
ketishadi. Yodgor bu voqeadan so‘ng yana qulay fursatni topib qochib ketish fikrida
yuradi. Shunday kunlarning birida Azimshoh qo‘ylarini sotish uchun Buxoroga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
283
keladi. Yodgor boyning qo‘ylarini haydab olib keladi va ularni sotganlaridan so‘ng
Yodgor bir yigitning taklifi bilan amirga sarbozlikka kiradi. Yodgorning sarboz
bo‘lganini eshitgan boy uni hech qachon so‘rab-surushtirmaydi, chunki sarbozlikdan
bosh tortib qolsa uning o‘rniga boshqa odam topib qo‘yish xarajatlari boyning
bo‘yniga tushardi. Shuning uchun tanigan-bilganlarga uni tanimasligini tayinlaydi.
Yodgorning sarboz bo‘lishdan asl maqsadi Azimshohning hukmronligidan
qochish va Gulnorni topib uning vasliga erishish edi. U yerdagi hayoti ham boshida
bir muncha yaxshi bo‘lib keyinchalik esa izidan chiqib ketadi. Yana qarzdorlik,
kaltaklanish, amir zindonida bir necha bor yotish, obxona, kanaxona, qassobxona
singari dahshatlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib yolg‘iz uning o‘zigina u yerdan tirik
chiqadi. Mazkur joylarda vahshiylarcha osilgan, so‘yilgan va turli qiynoqlarga
solinib o’ldirilgan begunoh insonlarning qoni to’kiladi. Bu voqealar Yodgorning ko‘z
o‘ngida sodir bo‘ladi. Amirning hukumati millionlab begunoh aholining, jadid
ma‘rifatparvarlarining sababsiz qoni to’kilishiga sababchi bo‘ladi. Nihoyat barchasi
tugab, amir qochib ketganidan so‘ng Yodgor ham ozodlikka chiqadi. Asar qahramoni
Abdullaxo‘ja Yodgor bilan obxonada ko‘proq suhbatda bo‘ladi. U Yodgorga tashqi
olamda sodir bo‘lgan voqealarni birma-bir aytib, kelajak haqida ogohlantiradi.
So‘ngra unga quyidagilarni aytadi: “Har holda mening kunlarim sanoqli qolgan, lekin
sen hushyor va ehtiyot bo‘l! Ishqilib, o‘zingni saodatli ozodlik kunlariga yetkaz,
revolyutsiyani mustahkam qiladigan kishilarga qo’shilib ishla! Kommunistlar
partiyasiga kir! O‘sha vaqtda partiya rahbarligida tarbiya topib, ozodlik yo‘lida va
xalqning baxt-saodati uchun katta ishlar qila olasan. Men o‘laman! Yashasin
revolyutsiya!”
4
- deb Abdullaxo‘ja o‘z so‘zini tugatadi. Yodgor Abdullaxo‘janing bu
kabi so’zlaridan katta motivatsiya olib, u yerlardan qutilib chiqqach, til o’rganishga
kirishib ketadi. Avvalo alifbodan boshlab, keyin esa duch kelgan gazeta, jurnal,
kitoblardan o‘qib til o‘rganishga harakat qiladi va oradan 6 oy o’tgach qilgan
harakatlari meva berishni boshlaydi. U bu paytda ikkita tildan birmuncha xabardor
bo‘ladi. Uning bu kabi tirishqoqligi, o‘z ustida ishlashi, harakatlari hozirgi kunda
kitobxonlar orasida ozmuncha tanilib ulgurgan yozuvchi Javlon Jovliyevning
4
Sadriddin Ayniy “Doxunda” 238-bet
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
284
“Buxoro, Buxoro, Buxoro” nomli hikoyasi qahramoniga ham o‘xshaydi. Doxundani
tegirmonga tushib uning achchiq va zaharli tishlaridan eson-omon qutilib chiqqan va
shu qiyinchiliklardan yetarlicha xulosa chiqargan mard inson sifatida ko‘rishimiz
mumkin. Asar so‘nggigacha Yodgor eli, yurti, jannatmakon go‘shalarining omon
qolishi, yov hamda bosqinchilar qo‘liga o‘tib ketmasligi uchun oshkora, pinhona
tinimsiz harakat qiladi. Bilimlarini yanada mustahkamlash uchun oliygohlarda
o‘qiydi. Gulnorni topadi, uni ham o’qitadi va ikkalasi yangilangan, oldingidan
anchagina o‘zgargan Darai Nihonga borishadi, yoshlik yillarini eslashar, ularga tanish
bo‘lgan odamlar bilan ko‘rishishadi, bog‘dorchilik hamda dehqonchilikda o‘rgangan
bilimlarini mustahkamlashadi va yangi bilimlar ham o’rganib qaytishadi.
Yodgorning juda aqlli, dono, sergak va tashabbuskorligi umrining so’nggi
lahzasida ham xalqning xizmati uchun bel bog‘lab o‘limdan ham qo’rqmay
qahramonliklar qilishi Shuhratning 1963-1964-yillarda yozilgan “Oltin zanglamas”
romanidagi Sodiq obrazi Yodgorning yoki bo‘lmasa Sodiqning qanday bo‘lsa
shundayligicha ko’chirib olib qo‘yilgan nusxasi desa xato bo‘lmaydi.
Yodgorning yoshlik yillaridanoq hayoti davomida ko‘rgan-kechirganlari
boylarning uning ustidan, ota-onasi ustidan qilgan hukmronliklari, unga hattoki yerda
ivirsib yotgan axlatdan ham o‘tib tushgan muomalani ko‘rgan, yosh umrini
boylarning quli bo‘lib, so‘ngra amir zindonlarida, obxona, kanaxona va shunga
o‘xshash juda yomon joylarda umrining yosh va serg‘ayrat yillarini o‘tkazib
yuborgan, hamda o‘zi uchun kerakli xulosalar chiqarib, hayotning qo’ygan
sinovlaridan toblana-toblana o‘zi millati uchun kerakli shaxsga aylanganligini asarni
o’qish mobaynida ko‘rishimiz mumkin.
Sadriddin Ayniy mazkur asari orqali o‘sha davr muhitini bir oila misolida
ochib berishga harakat qilgan. Boylarning kambag’allar ustidan qilgan hukmronligi,
amirning shafqatsiz tuzumi yaqqol ko‘rsatib berilgan. Asarni o‘qish mobaynida inson
his-tuyg‘ularini uyg’otib, etini junbushga keltiradi. Bexosdan oqqan ko‘z
yoshlaringni ham sezmay qolasan kishi! Asar bir qarashda oddiy voqealar tizimiga
asoslangan bo‘lsa-da, uning asl mohiyati ko‘p yillik tarixni o‘zida mujassam etgan.
Tinch-totuvlikda yashayotgan oila boshqalarning ochko‘zligi va mol-dunyoga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
285
o’chligi tufayli parchalanib ketishiga sababchi bo‘ladi. Asarning bosh qahramoni
hisobgan Yodgor(Doxunda) juda yosh paytidan bolalik gashtini ham surishga
ulgurmay jismoniy va ma’naviy qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Avvaliga
onasidan, keyinchalik esa otasidan ham ajralib yetim bo‘lib qoladi. Shundan so‘ng
esa boylarga qul bo‘lish, qullikdan qutilib yaxshi hayot kechiraman, sevgilimni topib
baxtli yashayman degan o‘y-u xayollar bilan sarbozlikka kiradi, lekin u yerdagi bir
muddat yaxshi bo‘lib turgan holat ham uzoqqa bormaydi. Zindonlar, obxona-yu,
kanaxonalar Yodgorning eng so‘lim yigitning davrini yulib ketadi. Shu kabi
dahshatlarni, qiyinchiliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Yodgor, u yerdan qutilib
chiqqan kunidan toki umrining so‘nggigacha el-u yurtining tinch-xotirjam yashashi,
mashaqqat ko‘rmasligi , u kabi azob-uqubat ko‘rmasdan tinch-totuv umrguzaronlik
o‘tkazishi uchun tinimsiz harakat qiladi. Bu yo‘lda hech tap tortmay jonini ayamasdan
xalqi uchun xizmat qiladi. Sadriddin Ayniy mazkur voqealarni kitobxon uchun
tushunarli tarzda, sodda va ravon ifodalay olgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Sadriddin Ayniy. Asarlar. Ikkinchi tom. “Doxunda” Toshkent 1964
2.
Д-КУРОНОВ,
З.МАМАЖОНОВ,
М.ШЕРАЛИЕВА
АДАБИЁТШУНОСЛИК ЛУГАТИ Тошкент “Akademnashr” 2013
3.
A.Ulug‘ov “Adabiyotshunoslik nazariyasi” G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2018
4.
Dilmurot Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent: Fan, 2007
5.
Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” Roman Toshkent 2024
6.
Shuhrat “Oltin zanglamas” Roman Toshkent 2024
7.
Javlon Jovliyev “BUXORO, BUXORO, BUXORO…” Hikoya Toshkent 2024
@Mutolaaxona
8.
Sayliyeva Z. EY SABO, SHARH AYLA AVVAL DILSITONIMDIN XABAR
//Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и
исследований в области управления. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 200-205.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
286
9.
Sayliyeva Z. R., Murodova M. R. Q. LITERACY OF PRAISE IN THE
VERSES OF ALISHER NAVOI //Central Asian Research Journal for
Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 372-380.
10.
Rakhmiddinovna S. Z., Mahliyo B. FALAK NILUFARLARIDIN
CHASHMAYI MEHR GAR O'LDI PAYDO //E Conference Zone. – 2022. – С. 93-
96.
11.
Rakhmiddinovna S. Z. The Study of the Problems of Sufizm and Art in Navoi
Studies //Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture. – 2023. – Т. 4.
– №. 5. – С. 258-262.
12.
Rahmiddinovna S. Z. et al. OMINA SHENLIKO ‘G ‘LINING" VIJDON
AZOBI"
ASARIGA
TAQRIZ
//ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 33. – №. 2. – С. 90-93.
13.
Rakhmiddinovna S. Z. EY, SAFHAYI RUXSORING AZAL XATIDIN
INSHO //SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY. – С. 112.
14.
Raxmiddinovna S. Z., Bahromjonovna H. Z. USMON AZIM–ROST
TUYGʻULAR KUYCHISI //TADQIQOTLAR. UZ. – 2023. – Т. 26. – №. 1. – С. 3-
6.
15.
Rakhmiddinovna S. Z., Qizi M. M. R. Prophet of the peace and blessings of
allah be upon him (o prophet of the prophet hood…) //ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 12. – №. 5. – С. 31-36.
16.
Rakhmiddinovna S. Z., Manzura K. MUHAMMAD RAHIMKHAN FERUZ
AND HIS DESCENDANTS //Proceedings of International Conference on Modern
Science and Scientific Studies. – 2022. – Т. 1. – №. 2. – С. 142-146.
17.
Rakhmiddinovna S. Z. About the Artistic Skills of Alisher Navoi //Best Journal
of Innovation in Science, Research and Development. – 2024. – Т. 3. – №. 3. – С.
838-846.