MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
281
INKLYUZIV TA'LIMNING XALQARO HUQUQIY ASOSLARI
Umbatov To'lagan Abdusattorovich
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA. Maqolada inklyuziv ta'limning xalqaro huquqiy asoslari
hamda dunyo hamjamiyatidagi inklyuziv maktablar shakllantirish va rivojlantirish
yo'lidagi harakatlar, shu harakatlar doirasida imzolangan va yaratilgan qonun
hujjatlari, ularning maxsus tarbiyaga muhtoj bolalar uchun ahamiyati va hozirgi
kunda tutgan o'rni haqida ma'lumot beriladi.
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta'lim, deklaratsiya, konvensiya, ratifikatsiya, huquq,
konferensiya, maxsus tarbiyaga muhtoj bola, inklyuziv sinf.
ABSTRACT. The article provides information on the international legal basis
of inclusive education and efforts to create and develop inclusive schools in the world
community, signed the legal documents and created within the framework of these
efforts, their importance for children with special education needs, and their current
role.
Key words: inclusive education, declaration, convention, ratification, law,
conference, child with special needs, inclusive class.
АННОТАЦИЯ. В статье представлена информация о международно-
правовой основе инклюзивного образования и усилиях по созданию и развитию
инклюзивных школ в мировом сообществе, о правовых документах,
подписанных и созданных в рамках этих усилий, их значении для детей с
особыми образовательными потребностями, их современной роли.
Ключевые слова: инклюзивное образование, декларация, конвенция,
ратификация, закон, конференция, ребенок с особыми потребностями,
инклюзивный класс.
KIRISH
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
282
Inklyuziv ta'lim alohida yordamga muhtoj bolalarni boshqa tengdoshlari bilan
teng huquqli bo'lib bilim olishlarini ta'minlaydi. Zero Birlashgan millatlar tashkiloti
tomonidan qabul qilingan " Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi" da barcha
insonlar, xoh sog'lom, xoh maxsus yordamga muhtojlar bo'lsin barcha-barchasi ta'lim
olishga haqli ekani, teng huquqli ekanliklari bayon qilingan. Lekin keyinchalik
maxsus tarbiyaga muhtoj bolalar huquqlarini yanada mustahkamlash maqsadida yana
bir deklaratsiya qabul qilindi va u " Maxsus tarbiyaga muxtoj shaxslar huquqlari
to'g'risida" deb nomlandi. Bu Deklaratsiyada maxsus tarbiyaga muxtoj shaxslar
tug'ilgandan boshlab barcha bilan teng huquqli ekanligiga urg'u beriladi.
Shuningdek keyinchalik BMT tomonidan "Bola huquqlari to'g'risidagi
Konvensiya imzolanib, 191 davlat tomonidan ratifikatsiya qilindi. Bunda davlatlar o'z
zimmasiga bu huquqlarni butun dunyoda amalda qo'llashni ham vazifa qilib oldi.
Aynan mana shu Konvensiya ham maxsus tarbiyaga muxtoj bolalar uchun ham
tegishli bo'lib, ularni barcha bilan teng huquqli ekanligini ta'kidlaydi.
MATЕRIAL VA USULLAR
Inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari jahon miqyosida:
- Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil)
- “Bolalar huquqlari to‘g’risida”gi konvensiya (1989-yil)
- “Nogironlar huquqlari to‘g’risida”gi dekloratsiya (1975-yil)
- “Ta’lim hamma uchun”umumjahon dekloratsiyasi (1990-yil)
- Salamanka Bayonoti (1994-yil)
- Dakar deklaratsiyasi(2000-yil)
" Bolalar huquqlari to'grisida"gi Konvensiya maxsus tarbiyaga muhtoj bolalar
huquqlarini ham kafolatlaydi. «Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya»ning 23-
bandida maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim-tarbiyasi xususida qisqa va aniq qilib
quyidagicha ta’kidlangan: «Maxsus tarbiyaga muhtoj bolaning maxsus ehtiyojlarini
aniqlab, uning ijtimoiy hayotga qo‘shilishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga
yetaklovchi vosita hisoblangan ta’lim olishga xar tomonlama yordam berilishi
lozim». Bu qoidadan shu narsa ayon bo‘ladiki, maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyat
hayotida to‘liq ishtirok etishi, madaniyatga hamoxang bo‘lib o‘sishi, uning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
283
boyliklaridan, go‘zalligidan bahra olib, jamiyatning rivojiga hissa qo‘shishishlarining
ahamiyati juda kattadir.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Inklyuziv ta'lim muassasalari hozirgi kundagi holga kelishi uchun juda
zalvorli qadamlarni bosib o'tdi. Aynan mana shunday maktablar birinchi bo'lib 1980-
1990-yillarda Rossiyada paydo bo'ldi. 1991-yilda Moskvada terapevtik pedagogika
markazi va ota-ona jamoat tashkiloti tashabbusi bilan "Ark" inklyuziv ta’limining
birinchi maktabi ochildi. 1992 yilning kuzida "maxsus tarbiyaga muhtojligi bo‘lgan
shaxslarni integratsiyalashtirish" loyihasi yaratildi, buning natijasida mamlakatning
o‘n bir hududida maxsus tarbiyaga muhtojligi bo‘lgan bolalarni integratsiyalashgan
holda o‘qitish bo‘yicha tajriba maydonchalari tashkil etildi. 1970-1980-yillarga kelib
dunyoda kamsitilishga yo'l qo'ymaslik g'oyasi aynan maxsus tarbiyaga muxtoj
bolalarga qaratilyotgan e'tiborni kuchayishiga sabab bo'ldi. AQSH da 1875 yildan
1914 yilgacha majburiy maktab ta’limi joriy qilingan edi. Shunga muvofiq ravishda
aqli zaif hisoblangan va tarbiyasi og‘ir , kar, jismoniy maxsus tarbiyaga muhtojlar
uchun maxsus sinflar tashkil qilingan edi. 1990-yillarda AQSHda barcha maxsus
tarbiyaga muhtoj bolalar uchun talim haqidagi qonun ishlab chiqildi. Avstriyada
1945-yildan boshlab maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarni differensial o‘qitish tizimi
tashkil etilgan bo‘lib, bu talim tizimida barcha turdagi nuqsonli bolalar o‘qitila
boshlandi.1983-yilda avstriya talim vazirligi inkyuzif talim tizimining modelini
tuzish yuzasidan tajriba loyihasi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu talim modeli 4 ta
turga ajratildi: inklyuziv sinflar, hamkorlik qiluvchi sinflar, kichik komplektli
maxsus sinflar, yordamchi o'qituvchilar. 1990-yilda Tailandda o‘ta muhim
Umumjahon Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu konferensiyada «Ta’lim hamma uchun»
Umumjahon Deklarasiyasi qabul qilindi. «Ta’lim hamma uchun» Umumjahon
Deklaratsiyasini dunyoning 155 ta davlat hukumatlari va 150 dan ortiq nodavlat
tashkilotlari qabul qildilar. «Ta’lim hamma uchun» Umumjahon Deklaratsiyasi
maqsadlarini amalga oshirish va maxsus yordamga muhtoj bolalarning to‘laqonli,
mukammal ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida 1994-yilning 7-10 iyun kunlarida
Ispaniya davlati va UNESCO yordamida Salamanka shahri (Ispaniya)da ikkinchi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
284
yirik Umumjahon Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur Konferensiya «Salamanka
Deklaratsiyasi va alohida yordamga muhtoj bolalar ta’limining kelgusida ijrosini
ta’minlash ramkasi» deb atalib, shu yili «Salamanka bayonoti va ish faoliyati Rejasi»
nomi bilan uning ish mazmuni nashr etildi. «Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat
Rejasi»ning ishlab chiqilishi jahon miqyosida «Ta’lim hamma uchun» mazmunidagi
ta’lim siyosati ilgari surilib, maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitida
o'qitishning yo‘llari belgilab berildi. Ammo bu ta’lim tizimining mazmun-mohiyatini
yanada aniqroq va mustahkamroq yondashuv jihatdan asoslash, qatiy belgilab berish
lozim edi. Shuning uchun ham 2000-yilning 26-28 aprel kunlari Dakarda ta’lim
to‘grisida xalqaro Forum qatnashchilari tomonidan «Dakar harakat dasturi»ni qabul
qilganliklari tahlil etildi. Yuqoridagi ushbu qonunlarda nuqsonli bolalarning o‘quv
imkoniyatlari asosiy o‘rinda turadi.
XULOSALAR
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar,
xalqaro Forum, Konferensiyalar asosida maxsus ehtiyojli bolalar jamiyatning
tulaqonli va teng huquqli a’zosi ekanligi e’tirof etilib, ular ta’limida alohida yangicha
yondashuv maydonga keldi. Ushbu ta’lim shakllari inklyuziv va integrasion ta’lim
deb ataldi. «Maxsus tarbiyaga muhtoj shaxslar xuquqlari to‘g‘risidagi
Deklaratsiya»ning mazmunidan shu narsani anglash mumkinki, maxsus tarbiyaga
muhtoj fuqarolar uchun jamiyat hayotida to‘liq ishtirok etish kafolatlanadi.
ADABIYOTLAR:
1. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy
fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
2. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik
sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и
решение, 1(1), 64–67.
3. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
285
4. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of
Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.
5. Xайдаров C. (2025). Oилаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир ўтказиш.
Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.
6. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of
the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.
7. Xaydarov S.A. (2025). Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli metodlardan
foydalanish yo’llari. NEW RENAISSANCE international scientific journal. 2(1).
91-94.
8. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma
asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12.