MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
67
MILLIY TEATRLAR XALQ PEDAGOGIKASINING TARBIYA
VOSITASI SIFATIDA
Umbatov To'lagan Abdusattorovich
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada teatr san'atining ahamiyati, uning
ma'naviy o'rni, yoshlar orasida teatr ro'lini kuchaytirishning muhimliligi,
shuningdek, maktab davridan boshlab yoshlarning teatr orqali estetik
tarbiyalashning afzallik tomonlari haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: teatr, estetik tarbiya, qo'g'irchoq teatri, ta'lim, qadriyat, san'at,
teatrlashtirish, teatr pedagogi
ABSTRACT: This article provides information about the importance of
theater art, its spiritual place, the importance of strengthening the role of theater
among young people, as well as the advantages of aesthetic education of young people
through theater from school age.
Key words: theater, aesthetic education, puppet theater, education, value, art,
theatricalization, theater pedagogy
АННОТАЦИЯ: В данной статье представлена информация о значении
театрального искусства, его духовном месте, важности усиления роли
театра среди молодежи, а также о преимуществах эстетического
воспитания молодежи посредством театра со школьного возраста.
Ключевые слова: театр, эстетическое воспитание, театр кукол,
воспитание, ценность, искусство, театрализация, театральная педагогика.
KIRISH
Bugungi rivojlanib borayotgan O'zbekistonda yoshlar ta'limi va tarbiyasi
bo'yicha qator islohotlar olib borilmoqda. Darhaqiqat, yoshlar mamlakat kelajagi. Shu
sababdan ularning ta'lim-tarbiyasi juda muhim hisoblanadi. Yoshlarga tarbiya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
68
berishda qadriyatlar bilan birgalikda, san'at va madaniyatning, xususan, teatr
san'atining ham o'rni bo'lak.
O‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik
ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur
singdirish, milliy mentalitetga yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashda
san’at, xususan, teatr san’atining ahamiyati katta. Xalqimizda “bola boshidan” degan
gap bor. Shunday ekan, o‘quvchilarga bilim berish bilan birgalikda ularni estetik
tarbiyalash, teatr san’ati orqali ularning ma’naviy olamini boyitib borish va mazkur
san’at turiga qiziqtirish ishlari ham maktabgacha ta’lim yoki boshlang‘ich ta’limda
amalga oshirilmog‘i lozim. Chunki san'at bilan hamnafas bo'lib, estetik tarbiya olgan
yoshlar har jihatdan ilg'or va keng fikrlaydigan bo'lib voyaga yetadi. Afsuski teatr
san'ati so'nggi bir necha yillar ichida o'zining oldingi ahamiyatini yo'qotgandek
nazarimda. Negaki, ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib borgani sari, hozirgi yoshlarning
teatrga xuddiki almisoqdan qolgandek qarashi, unga bee'tibor bo'lishi va teatrni
chetlab o'tishayotgani insonni xafa qiladi. Shu uchun ham hozirgi kunda olib
borilayotgan islohotlar qatoriga aynan teatr san'atini rivojlantirish va uni yoshlar
orasida yanada ommalashtirish masalasini ham qo'yish kerak fikrimcha. Chunki
aynan mana shunday bebaho san'at asarlari orqali yoshlar ma'naviy ozuqa oladi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O'zbek xalqining teatr va musiqa san’ati ma’naviy madaniyatda muhim
o‘rinni egallaydi. Turli xalq bayramlari va sayillarida, to‘y va ziyofatlarda doimo
ommaviy xalq o‘yinlari sahnalashtirilgan, askiyabozlik, qo‘g‘irchoq teatri, darboz,
sozanda-go‘yanda va masxarabozlik san’ati namoyish qilingan. O'zbek xalq teatri
masxaraboz-qiziqchilar va qo‘g‘irchoq teatrlariga bo‘lingan bo‘lib, ularda askiyaboz,
muallaqchi, darboz, nayrangboz (fokuschi), yog‘ochoyoq, masxaraboz, qiziqchi,
qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilar, sozandalar ishtirok etishgan. Ular boy zodagonlarning
xasisligi, nopokligi, ta’magirligi, munofiqligini ayovsiz fosh qilganlar. Milliy teatr
taraqqiyot bosqichini o‘rganar ekanmiz, xalqimiz ko‘ngli zavq-shavqqa to‘lgan,
san’atni qadrlaydigan, yuksak didli ekanligiga yana bir bor amin bo'lamiz. Zero,
«yuksak badiiyat va haqqoniylik, ezgu maqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
69
sug'orilgan asarlar yaratish - barcha san’at turlari kabi bu soha uchun ham asosiy
mezon bo‘lishi tabiiydir».
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini teatr san’ati orqali estetik tarbiyalashda,
eng avvalo, sinf o‘qituvchisining teatr san’ati haqidagi bilim va ko‘nikmaga ega
bo‘lmog‘i lozim. Ming afsuski aksariyat hollarda bu jarayonning teskarisiga duchor
bo‘lamiz. Bolalarni teatr san’ati orqali estetik tarbiyalashda xorij tajribasi tahlil
etilganda, bu boradagi ishlarning mazmuni va maqsadi anchayin yuqori samara
berishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, Yevropa mamlakatlari, xususan,
Germaniya maktablarida maxsus teatr pedagogi lavozimi mavjudligi ijobiy holatdir.
Teatrlashtirilgan tomoshalar (qo‘g‘irchoq teatrlar) dunyoning ko‘plab xalq va
elatlariga qadim zamonlardan mavjud. Ular jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb
etib kelgan. Qo‘g‘irchoq teatri har qaysi davlatda turli shaklda, hajmda, o‘ziga xos
tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Teatrshunos Sh.Minovarov fikriga ko‘ra,
“Teatr san’ati har xil yoshdagi, xarakterdagi bolalarning fe’liga ta’sir etadigan,
ularning qiziqishini o‘stiradigan tarbiya maktabidir. Buning uchun bolalar teatri har
xil spektaklni sahnalashtirishda ularning psixologiyasini bilishdan tashqari
pedagogika, ruhshunoslik, bolalar adabiyoti va adabiyotshunosligidan ma’lumotga
ega bo‘lishi lozim”. Darhaqiqat, teatr insonga xilma-xillik baxsh etadi, uni
yumshatadi, g‘azab bilan bexosdan ko‘targan toshni yerga ohista qo‘ydirib,
o‘ylashga, mushohada qilishga chorlaydi. Shuning uchun ham teatrni san’atning
barcha turlari ichidagi eng ta’sirchan san’at turi deyilsa, xato bo‘lmaydi. Buning
ustiga bir sahna asari har gal qo‘yilganida u aktyor iste’dodining tug‘yoni natijasida
yangi spektakl tarzida namoyon bo‘ladi.
Tarixdan bizga ma’lumki, Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi
Mahmudxoʻja Behbudiyning "Teatr-ibratxonadir" degan iborasi nechog‘li o‘rinli
ekanligini bugun ham his qilishimiz mumkin. Negaki teatr-tarbiya maskani, bu
muqaddas dargohda spektakllar tomosha qilib inson o‘ziga ma’naviy ozuqa oladi,
yaxshi bilan yomonning farqiga boradi, madaniy hordiq chiqaradi. Biz kelajak avlod
tarbiyasini Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertak tomoshalrini ko‘rsatish bilan,
o‘rta maktablarimizda yosh tamoshabinlarimizga mo‘ljallangan spektakllarni ham
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
70
namoyish qilish bilan olib borishimiz zarur. Chunki muhtaram Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek bugun tarbiyani Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan
boshlamog‘imiz kerak. Albatta ta’lim tashkilotlari va o‘rta umumiy o‘rta ta’lim
maktablarda teatr to‘garaklari tashkil qilib ularni rivojlantirishimiz, kichik sahna
asarlarini sahnalashtirib o‘quvchilarga ko‘rsatishimiz va bu to‘garaklarga yordam
berish, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri yo’nalishlar ko‘rsatish maqsadida
teatr aktyorlarini jalb qilish, ustoz shogird an’analarini davom ettirish zarur.
XULOSALAR
Xulosa qilib aytganda, bolalarni teatr san'atiga oshno tarzda tarbiyalash,
kelgusida ma ’ nan yetuk, milliy va asriy ularni an'analarga sodiq inson sifatida
yetishtiradi. Bugungi kunda yoshlarimiz, o‘quvchilar, oliy ta’lim muassasalari
talabalarining teatr san’atiga bo‘lgan e’tibori, qiziqishlarini oshirmog‘imiz lozim.
Ertamiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni teatr tomoshalari orqali ta’limiy-tarbiyaviy
tushunchalarini, tasavvur olamini boyitishimiz mumkin bo‘ladi. Imkon qadar teatr
san’atining ahamiyati haqida yoshlar, ularning ota-onalariga ma’lumot, tushunchalar
berib targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish lozim. Chunki, farzandlarimiz teatr,
sahna asarlarini jonli tomosho qilish orqali o‘zlariga ma’naviy ozuqa olishadi.
Teatrlarimizda sahnalashtirilayotgan sahna asarlarining asosiy maqsadi ham kelajak
yosh avlodni ma’naviy barkamol, yetuk insonlar qilib, ularni vatanga muhabbat
ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
ADABIYOTLAR:
1. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy
fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
2. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik
sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и
решение, 1(1), 64–67.
3. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
71
4. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of
Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.
5. Xайдаров C. (2025). Oилаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир ўтказиш.
Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.
6. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of
the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.
7. Xaydarov S.A. (2025). Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli metodlardan
foydalanish yo’llari. NEW RENAISSANCE international scientific journal. 2(1).
91-94.
8. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma
asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12.