Axboriy muhitda zamonaviy media ta’lim masalalari

Поделиться
Ахмедова, З. (2023). Axboriy muhitda zamonaviy media ta’lim masalalari . СМИ. Язык и культура. Перевод., 1(1), 272–275. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/media-language-culture/article/view/28919
Зарина Ахмедова
Студент факультета международной журналистики группы 2201
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Axboriy muhitda zamonaviy media ta ’lim masalalarini hal etish takomillashtirilgan texnika va chuqur bilim. Axborotni ishonchli, aniqliligi, holisligiga ko proq e’tibor berish kerak. Media ta ’lim bilan muloqat madaniyatida media-matnini to‘liq qabul qilish, interpratsiya etish, tahlil qilish chuqurroq o‘rganish kerak va tezkor yetkazish lozim.

Похожие статьи


background image

272

AXBORIY MUHITDA ZAMONAVIY MEDIA TA’LIM MASALALARI

Zarina AXMEDOVA

Xalqaro jurnalistka fakulteti 2201-guruh talabasi

Annotatsiya

. Axboriy muhitda zamonaviy media ta ’lim masalalarini hal etish

takomillashtirilgan texnika va chuqur bilim. Axborotni ishonchli, aniqliligi,
holisligiga ko proq e ’tibor berish kerak. Media ta ’lim bilan muloqat madaniyatida
media-matnini to‘liq qabul qilish, interpratsiya etish, tahlil qilish chuqurroq o
‘rganish kerak va tezkor yetkazish lozim.

Kalitso‘zlar:

axborot, media, zamonaviy, jurnalistka, qonunlar, OAV, g‘oya.

Axborot bu insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini, davlat

hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti

shaxsni tarbiyalash, ta’lim berish va shakllantirishning asosini hosil qiladi. Axborot

insonga ijtimoiy va texnik me’yorlarning mazmunini yetkazish, uni ushbu

me’yorlarga amal qilmaslikning bo‘lg‘usi salbiy oqibatlari haqida ogohlantirishning

yagona vositasi hisoblanadi.

Zamonaviy axborot biz uchun kerakmi? Media ta’lim masalalariga qanday

yondashish to’g’ri bo’ladi? Bu ikki savolning javoblarini bilmasdan turib mavzuni

yoritish mushkul.

Zamonaviy axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga

bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari

hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy

ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir.Axborot asri bo’lgani uchun inson

tezkor va ishonchli manbalarga ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Bitta axborotning

ishonchsiz yoki ishonchli ekanligini tekshirmasdan tarqalayotganligi ko’p

uchramoqda. Oqibatda esa salbiy yoki o’ta salbiy jarayonlarni boshdan kechirishga

sabab bo’lishda davom etmoqda. Axborotni har kim, har xil joyda, o’zi hohlaganidek

olishi va uzatishi qonunlarda ham belgilangan. So’nggi yillarda qabul qilingan

qarorlar natijasi buning isboti.

Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish,

balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir.

1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Axborotlashtirish to’g’risida’’gi qonun


background image

273

2003-yil 11-dekabrda Oliy Majlisning sessiyasida qayta ko’rib chiqilgan va u 23

moddadan iborat. Bu qonunlarga ko’ra zamonaviy axborot tizimlarining texnika

vositalarini sertifikatlshtirish, tarmoqlararo bog’lanishini amalga oshirish, muhofaza

qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik nazarga olingan.

Jinoyat kodeksining 191-moddasiga ko’ra shaxsning qonunga xilof ravishda axborot

to’plashi, uni oshkor qilishi yoki undan foydalanishi javobgarlikka sabab bo’ladi.

Keyingi savolga javobni qidirar ekanmiz umumiy so’zlarga ko’zimiz tushadi.

Media ta’lim masalalari qanchalik chuqur o’rganilmasin, baribir yechimlarning

hammasi ham yechilmaydi. Media-ta’lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy

axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi. Media-ta’lim bu media

mahsulotlari bilan muloqat madaniyatida media-matnini to’liq qabul qilish,

intepritatsiya etish, tahlil qilish hamda baholashdan iboratdir. Media-savodxonlik

insonga ekranli san’atni televideniya, radio, video, kinomatografiya, pressa, matbuot,

internet va boshqalarni taqdim etadi.

Manbalardan kelayotgan axborot oqimidan to’g’ri foydalanib, o’zining

rivojlanishi uchun kerakli bo’lgan axborotlarni o’rganish barcha uchun, ham

vaqtdan, ham moliyaviy tomondan ustun bo’lishini ta’minlaydi.

Televideniya, radio, internet yo’nalishlarida faoliyat olib borayotgan

jurnalistlar talaygina. Lekin hammasi ham o’z ishini to’g’ri boshqarishni tushinib

yetmaslik oqibatida korrupsiya, noholislik, ishonchsiz axborot tarqatish holatlari

ham nazardan chetda qolmagan. Bu muammolarning aksariyati moliyaviy ahvoldan

kelib chiqanligini, oylik maoshlari qoniqtirmayotganligini ro’kach qiladi. Yaqin

yillarda bu masalalarga yechim topiladi deb o’ylayman.

Media-ta’lim masalalarini hal etish uchun professorlar, o’qituvchilar, o’z ishini

puxta bajaradiganlarning maslahatlari va kelajak avlodning say-harakatlari tufayli

ko’p yutuqlarga erishish mumkin.

Oliy ta’lim dargohlarida media sohasiga aloqador bo’lgan darslarni o’z ishining

ustalari, ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilar ta’lim bersa, talaba va

o’quvchilarning vaqti ham besamar ketmaydi. Ularga vazifalarni ko’proq berish, o’z

ustida ishlashi uchun to’g’ri yo’lga yo’naltirish zarur.

Zamonaviy usullar dars jarayonlarini chuqurroq va zerikmasdan e’tiborni jalb

qilgan holda o’zlashtirishga sabab bo’ladi.


background image

274

Zamonaviy mediada barcha texnologiyalardan foydalanish mumkin. Jahonda

sodir bo’layotgan dolzarb mavzular, hodisalar, voqealarni eng birinchi Ommaviy

Axborot Vositalari orqali kuzatamiz. Bu borada auditoriyaga tezkorlik, xolislik,

aniqlilik kabi tamoyillar birlamchi ahamiyatga ega. Hozirgi kunda axborot olish va

axborot tarqatish maydoni sifatida internet hayotimizning ajralmas qismiga aylanib

ulgurdi. Global tarmoq, axborot va ommaviy axborot vositalari tushunchasini ham

tubdan o’zgartirib yubordi.

Zamonaviy axborot muhitida media ta’lim masalarini juda qizg'in va bahs-

munozaralarga sabab bo’ladi. Uning ichida ishlash ham o’zgacha ruh va g’oyalar

taqdim etadi. O’zbekiston qabul qilingan qonunlarda ko’proq yoshlarga imkoniyatlar

yaratish maqsadi ilgari surilgan. Prezidentning shaxsan o’zlari ham yoshlar bilan

ochiqdan-ochiq muloqatlar olib boryapdi. Kimning qaysi sohada taklif va

tashabbuslari bo’lsa zarur shart-sharoitlar yaratib berilyapdi.

Ayniqsa, so’nggi yillarda OAV uchun so’z erkinligi borasida, hukumatimiz

tomonidan qator imkoniyatlar taqdim etildi va qonunlarda mustahkamlab qo’yildi.

O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining senzura

qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.

Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan

kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o’zgartirilishini yoxud ularning

nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga bermasligini) talab qilish huquqiga ega

emas. (4-modda O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O’RQ-476-

sonli Qonuni tahriri)

Xulosa qilib aytganda, foydalanuvchi axborot manbaiga muhtoj bo‘ladi. Chunki

u axborotni uyg‘unlashtirishga qancha ko‘p vaqt va kuch sarflasa, samaradorlik ham

shuncha kam bo‘ladi. Foydalanuvchining faoliyat samaradorligini oshirish uchun

axborotni integrallash jarayonini turli yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Оммавий ахборот воситалари

тили." Журналистлар учун ўқув қўлланма (2019).

2.

Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Медиамаконда матн." Тошкент:

Турон-Икбол (2019).

3.

Teshaboeva, D. M. "Ommavij ahborot vositalari tilining nutk madanijati


background image

275

aspektida tadkiki (ЎzR OAV misolida): Filol. fan. dok.. dis. avtoref." (2012).

4.

Тешабаева, Дилфуза, and Гульбахор Абдухалилова. "ТУРИЗМ

СОҲАСИГА ОИД СЎЗ ВА ИБОРАЛАРНИ ПРЕФИКСЛАР ЁРДАМИДА

ЯСАЛИШИ." Ижтимоий-гуманитар

фанларнинг

долзарб

муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual

Problems of Humanities and Social Sciences. 3.9 (2023).

5.

To‘lqin Qozoqboyev. Jurnalistka asoslari. - T., 2007.

6.

Qo’chqorov V. Mahmodov O. Ma’naviyat asoslari.- T., 2018.

Библиографические ссылки

Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Оммавий ахборот воситалари тили." Журналистлар учун ўқув қўлланма (2019).

Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Медиамаконда матн." Тошкент: Турон-Икбол (2019).

Teshaboeva, D. M. "Ommavij ahborot vositalari tilining nutk madanijati aspektida tadkiki (ЎzR OAV misolida): Filol. fan. dok.. dis. avtoref." (2012).

Тешабаева, Дилфуза, and Гульбахор Абдухалилова. "ТУРИЗМ СОҲАСИГА ОИД СЎЗ ВА ИБОРАЛАРНИ ПРЕФИКСЛАР ЁРДАМИДА ЯСАЛИШИ." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 3.9 (2023).

To‘lqin Qozoqboyev. Jurnalistka asoslari. - T., 2007.

Qo’chqorov V. Mahmodov O. Ma’naviyat asoslari.- T., 2018.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов