Nemis tilida sifat va sifatdoshning o‘ziga xos uyg‘unligi

CC BY f
34-36
143
41
Поделиться
Джаббаров, А. (2022). Nemis tilida sifat va sifatdoshning o‘ziga xos uyg‘unligi . Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 34–36. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp34-36
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada nemis tilida sifat va sifatdoshning o‘ziga xos uyg‘unigi, sifatlarning o´ziga xos xususiyatlari va sifatdosh I va II ning sifat so´z turkumiga o´xshash tomonlari haqida bahs yuritiladi.


background image

34

NEMIS TILIDA SIFAT VA SIFATDOSHNING O‘ZIGA XOS

UYG‘UNLIGI

A.A.Jabbarov (SamDCHTI)

Annotatsiya: Ushbu maqolada nemis tilida sifat va sifatdoshning o‘ziga xos

uyg‘unigi, sifatlarning o´ziga xos xususiyatlari va sifatdosh I va II ning sifat so´z turkumiga
o´xshash tomonlari haqida bahs yuritiladi.


Nemis tilida fe’lning otlik formalaridan biri sifatdoshdir. Sifatdosh otlik forma

sifatida sifatga yaqin turadi.Sifatlar gap tarkibida turli funksiyalarda qo´llanadi va
sifatdoshlar ham gap tarkibida aynan sifat ega bo´lgan vazifalarda kela olishlari mumkin.

Nemis tilida sifatdoshning ikki turi bo‘lib, bular sifatdosh I (das Partizip I) va

sifatdosh II (das Partizip II) deb yuritiladi. Sifatdosh II fe’l sistemasi bilan uzviy bog‘langan
bo‘lib, u fe’lning uch asosiy formalaridan biri hisoblanadi. U fe’lning asosiy formasi sifatida
murakkab zamon formalari (Perfekt, Plusquamperfekt, Passivning hamma zamon formalari
va Infinitiv II) ning yasalishida qo‘llanadi.

Nemis tilida sifatdosh I fe’l negiziga

-(e)nd

suffiksini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi.

Agar fe’l negizi

-el, -er

bilan bitgan bo‘lsa,

-nd

suffiksi, qolgan hollarda esa -

end

suffiksi

qo‘shiladi: sag

end

, mach

end

.

Sifatdosh I qaysi so‘z turkumi oldida kelishiga qarab turli sintaktik vazifani bajaradi.

Sifatdosh otlar oldida kelganda aniqlovchi vazifasini bajaradi: die liebende Mutter, das sich
näherende Schiff.

Sifatdosh I fe’l oldida qo‘llansa, u hol vazifasini bajaradi:...schweigend hörte sie ihm

zu (W. Bredel).

Sifatdosh I zu yuklamasi bilan bog‘lanib kelganda, faqat attributiv funksiyada

ishlatilib, Passivni ifoda etadi. Zu yuklamasi yordamida sifatdosh Aktivdan Passivga
ko‘chib, zaruriyat ma’nosini ham anglatadi. Masalan: ein zu lesendes Buch „o‘qilishi zarur
bo‘lgan kitob" degan ma’noni ifoda etadi.

Zu yuklamali sifatdosh va zu yuklamali Infinitiv ma’no jihatidan bir-biriga mos

keladi, Masalan: diese schwer zu lösende Aufgabe, (zu + Partizip). Diese Aufgabe ist
schwer zu lösen, (zu + Infinitiv) kabi.

Sifatdosh I sifatlar kabi daraja ma’nosini ham anglatadi. Masalan: die schreiendsten

(grellsten) Farben. Sifatdosh I da ot va sifatlardagi kabi un- prefiksi yordami bilan inkor
ma’nosi ifoda etiladi, masalan:... unwissend, wohin sie sich werden sollte (Kleist).
Unfühlend ist die Natur (J. Goethe).

Sifatdosh ham sifatga o‘xshash va unga xos xususiyatlarga ega bo‘lishiga ko‘ra, u ot

kesim sostavidagi sifat o‘rnida predikativ vazifasida qo‘llana oladi: Der Film ist spannend,
Aniqlovchi sifatida qo‘llana oladigan hamma sifatdosh I otga ko‘chgan holda qo‘llana oladi:
die Pflügenden, Gebenden, Laufenden, Schwimmenden Ankommenden, Betreffenden.

Sifatdosh I ning qo‘llanilishida mavjud bo‘lgan holatlar o‘zbek tilida quyidagicha

ifoda etiladi:

Nemis tilida sifatdosh I ning ot oldida aniqlovchi vazifasini bajarib kelishi o‘zbek

tilida hozirgi zamon sifatdoshi yordamida ifoda etiladi, qiyoslang: der lesende Student –
o‘qiyotgan talaba; der schreibende Student – yozayotgan talaba;

Sifatdosh I ning fe’llar oldida kelib, hol vazifasini bajarishi o‘zbek tilida -(i)b

affiksi yordamida yasaladigan ravishdosh bilan ifoda etiladi, qiyoslang: Stehend (turib)
rauchte er eine Zigarette; Lachend (kulib) trat er ins Zimmer ein;


background image

35

Sifatdosh I zu yuklamasi bilan qo‘llanganda Passiv ma’nosnni ifodalab, o‘zbek

tilida egalik qo‘shimchasini olgan harakat nomi orqali ifoda etiladi, qiyoslang: eine schwer
lösende Aufgabe – Hal qilinishi og‘ir (qiyin) bo‘lgan masala; der zu lesende Artikel –
o‘qilishi zarur bo‘lgan maqola;

Sifatdosh I ning ba’zan sifatlar kabi, darajani ifoda etishi o‘zbek tilida sifat

darajalari yordamida ifoda etiladi, qiyoslang: Sie ist das reizendste Mädchen. – U juda
chiroyli (kelishgan) qiz. Er hat jetzt noch hochfliegendere Pläne als früher – Uni endi
ilgarigiga qaraganda balandparvozroq rejalari bor.

Nemis tilidagi otlashgan sifatdosh I o‘zbek tilida -uvchi affiksi yordamida

yasaluvchi otlashgan sifatdoshlar bilan ifoda etiladi, qiyoslant: die Laufenden –
chopuvchilar, die Schwimmenden – suzuvchilar, die Ankommenden – keluvchilar.

Ma’lumki, nemis tilida fe’llar o‘zlarining negiz unlilarini o‘zgartishi (ablaut) yoki

o‘zgartmasligiga ko‘ra kuchli va kuchsiz fe’llarga bo‘linadi. Sifatdosh II ning qanday
tuzilishi ham uning qaysi fe’ldan (kuchli yoki kuchsiz) yasalishiga bog‘liq.

Sifatdosh II o‘timli fe’llardan yasalgan bo‘lsa, odatda u aniqlovchi vazifasini

bajaradi. Ammo sifatdosh II ish-harakatning tugagan ma’nosini ifoda eta oladigan o‘timsiz
fe’llardan yasalganda, aniqlovchi vazifasini bajara oladi. Masalan, nemis tilida: “die
geschlafenen Kinder” yoki “die gegangenen Menschen”, deb bo‘lmaydi, aksincha, “die
eingeschlafenen Kinder” (uxlagan bolalar) va “die fortgegangenen Menschen (ketgan
odamlar)” deyish to‘g‘ri bo‘ladi, chunki einschlafen va fortgehen fe’llari o‘z ma’nolariga
ko‘ra ish-harakatning to‘la tugallanganligini ifoda eta oladi, lekin schlafen va gehen fe’llari
bunday ma’noga ega emas.

O‘timli fe’llardan yasalgan sifatdosh II odatda tugallangan ish-harakatni ifoda etsa

ham, u ba’zan bu ma’noni anglatmasligi mumkin. Er gehört zu den am meisten gelesenen
Schriftstellern – U asarlari hammadan ko‘p o‘qilayotgan yozuvchilardan biri hisoblanadi.

Das Land ist befreit (sein + sifatdosh II).
Das Land ist frei (sein + sifat).
Birinchi va ikkinchi gapdagi kesimning ma’no jihatdan farqi shundaki, sostavida

sifatdosh II bo‘lgan birinchi gapning ot kesimi holatni anglatadi, ya’ni ilgari bo‘lib o‘tgan
ish-harakatning natijasini ko‘rsatadi (qiyoslang: Das Land ist befreit – Mamlakat ozod
qilindi), ikkinchi gapning sostavidagi predikativ vazifasida kelgan sifat ot kesimining ma’no
jihatdan ish-harakatiga hech qanday munosabati yo‘qligini ko‘rsatadi (qiyoslang: Das Land
ist frei – Mamlakat ozod).

Sifatdosh II ning yoyiq aniqlovchi sostavida qo‘llanishi nemis tili uchun juda

xarakterlidir, Masalan: die vor einer Woche gekauften Bücher – (bir hafta ilgari sotib
olingan kitoblar).

Skifatdosh II ning ot oldida kelib, sifatdosh I kabi aniqlovchi vazifasini bajarib

kelishi o‘zbek tilida ham aniqlovchi vazifasini bajarib keladigan o‘tgan zamon sifatdoshi
bilan ifoda etiladi, qiyoslang:

Sein Gesicht hatte einen düsteren und verschlossenen Ausdruck angenommen. –

Uning chehrasi g‘amgin va sir tutgan qiyofani anglatadi. Der Konsul hob mit einem
zerstreuten Lächeln sein Glas. – Konsul parishon bo‘lgan holda iljayish bilan o‘z stakanini
ko‘tardi.

Sifatdosh II sein fe’li bilan bog‘lanib, holat ma’nosini anglatuvchi maxsus

konstruksiya yasaydi. Bu konstruksiya o‘zbek tilida ravish yoki sifatdosh yordamida ifoda
etiladi: Die Tür ist geöffnet. – Eshik ochiq.

Sifatdosh II yoyiq aniqlovchi sostavida ham qo‘llanib, bu ma’no o‘zbek tilida

sifatdosh yordamida ifoda etiladi: der von mir übersetzte Text – Men tarjima qilgan matn;
der von ihm geschriebene Brief – U yozgan xat.


background image

36

O‘zbek tilida ham sifatdosh, nemis tilidagidek, ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi kabi

vazifalarda keladi. O‘zbek tilida sifatdosh ega, to‘ldiruvchi va hol vazifalarida kelganda,
nemis tiliga yot bo‘lgan egalik va kelishik qo‘shimchalarini qabul qiladi, masalan: Ega
bo‘lib: Aytganim rost. Ketgani to‘g‘ri.To‘ldiruvchi bo‘lib: Uni Moskvadan kelganini
eshitdim. Hol bo‘lib: Mening bormaganimdan u xafa.

Lekin sifatdosh aniqlovchi va kesim vazifalarida kelganda, nemis tilidagidek, egalik

va kelishik qo‘shimchalarisiz qo‘llanishi ham mumkin, masalan: Aniqlovchi bo‘lib: kulgan
qiz, ochilgan gul, oqqan suv.

Lekin sifatdosh I va II ning ba’zi holatlari o‘zbek tiln sifatdoshidan farq qiladi: nemis

tilida sifatdosh ikki zamon aspektida qo‘llansa, o‘zbek tilida uch zamon aspektida
ishlatiladi.Nemis tilida ravish holi ma’nosida kelgan sifatdosh o‘zbek tilida sintaktik
jihatdan mos kelsada, morfologik jihatdan farq qiladi – nemis tilidagi sifatdosh o‘zbek tiliga
ravishdosh formasi orqali ifoda etiladi.

Sifatlar gap tarkibida turli funksiyalarda qo´llanadi va sifatdoshlar ham gap tarkibida

aynan sifat ega bo´lgan vazifalarda kela olishlari mumkin. Bu haqdagi olimlarning fikr –
mulohazalari berilgan misollar va misollar tahlili yordamida boyitib borilgan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Begmatov M.B. Features of the organization of an integrated introductory phonetic

course of german as a second foreign language in a non-linguistic higher educational
institutions // Theoretical & Applied Science. – 2020. –

№. 7.

С

. 265-268.

2.

Dreher Schmitt.

Lehr-

und Űbungsbuch

der deutschen Grammatik.Deutschland,

2009.

3.

Duden-Grammatik. 5. völlig neu bearb. u.erw. Auflage. Hrsg. u. bearb. v.G.

4.

Bußmann H.

Lexikon der Sprachwissenschaft. – Stuttgart, 1990.

5.

Eichler W., Bünting K.-D.

Deutsche Grammatik. Form, Leistung und Gebrauch.

Библиографические ссылки

Begmatov M.B. Features of the organization of an integrated introductory phonetic course of german as a second foreign language in a non-linguistic higher educational institutions // Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 7. - C. 265-268.

Dreher Schmitt.Lehr- und Ubungsbuch der deutschen Grammatik.Deutschland, 2009.

Duden-Grammatik. 5. vollig neu bearb. u.erw. Auflage. Hrsg. u. bearb. v.G.

Bufimann H. Lexikon der Sprachwissenschaft. - Stuttgart, 1990.

Eichler W., Bunting K.-D. Deutsche Grammatik. Form, Leistung und Gcbrauch.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов