Frazeologik sinonimlarning matn hosil qilish xususiyatlari

CC BY f
124-125
116
321
Поделиться
Щербеков, Б. (2022). Frazeologik sinonimlarning matn hosil qilish xususiyatlari. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 124–125. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp124-125
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Yuqoridagi boblardan ko‘rinadiki, frazeologik birikmalarning nafaqat boshqa bir tildagi ekvivalentlarini balki aynan shu tildagi muqobil variantlarni topish sodda jarayon emas. Shundan kelib chiqib endi biz nemis tilidagi frazeologizmlarning sinonimlari va o‘zbek tilidagi ekvivalentlarini topish hamda ularni qiyoslash to‘g‘risida fikr yuritmoqchimiz.


background image

124

FRAZEOLOGIK SINONIMLARNING MATN HOSIL QILISH

XUSUSIYATLARI

B.Sherbekov (SamDCHTI)

Yuqoridagi boblardan ko‘rinadiki, frazeologik birikmalarning nafaqat boshqa bir

tildagi ekvivalentlarini balki aynan shu tildagi muqobil variantlarni topish sodda jarayon
emas. Shundan kelib chiqib endi biz nemis tilidagi frazeologizmlarning sinonimlari va
o‘zbek tilidagi ekvivalentlarini topish hamda ularni qiyoslash to‘g‘risida fikr
yuritmoqchimiz.

Ularni tahlil qilish uchun dastlab frazeologik sinonim tushunchalarning ta’rifi

xususiyatlari, frazeologik sinonimlarning oz’bek tiliga tarjima qilinishi va muqobil tanlash,
ularning morfologik hamda semantik jihatdan farqi, o‘xshashligi va boshqa xususiyatlari
ko‘rib chiqiladi.

Tilda har bir narsa o‘z nomiga ega, jumladan har bir narsa-buyum, har bir harakat,

xususiyat, borinki narsa-buyum orasidagi munosabatham. Ularning nomlari esa biror so‘z
yoki so‘z birikmasi ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Shuning bilan birga har bir tilda
ushbu so‘zlarning to‘liq yoki qisman mazmuniy mos keluvchi ekvivalentlari mavjud. Bunda
boshqa chet tilidan o‘zlashgan so‘zlar va ularning ma’nolari alohida ahamiyatga molikdir.
Biz ba’zan so‘zlarni boshqa tildan o‘z tilimizga o‘zlashtirayotganda ularning yangi
ma’nolari bilan birga o‘zlashtirib olamiz. Oldindan biror xalq yoki hududda mavjud bo‘lgan
tushuncha va narsalar nomlari esa har doim ham boshqa tildan o‘zlashtirib olinavermaydi,
ularning nomlarini shu til doirasidagi so‘zlardan kelib chiqib aniqlanadi, masalan,
shevalarda mavjud bo‘lgan so‘zlarning adabiylashishi orqali. Mavjud tushunchaning
boshqacha nomi so‘z ma’nosining o‘zgarishi natijasidan ham kelib chiqishi mumkin.
Masalan, nemis tilidagi hammamiz foydalanadigan „Kopf“ so‘zini olaylik. Aslida bu so‘z
o‘rnida „Bosh“ tushunchasini ifodalash uchun „Haupt“ so‘zi qo‘llanilgan, hozirda
ko‘pchilik foydalanadigan „Kopf“ so‘zi esa ilgari „ichimlik uchun idish“ degan ma’noni
anglatgan. Tilning shu paytgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichi jarayonida turli sabablarga
ko‘ra „Kopf“ so‘zi o‘z ma’nosini o‘zgartirib bordi va hozirgi zamonaviy nemis tilida bu
so‘z „Haupt“ so‘zi kabi „bosh“ ma’nosini anglatadi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish mumkinki,
„Kopf“ so‘zi stilistik jihatdan neytral va yuqori so‘zlashuv uslubiga xosdir. „Haupt“
so‘zidan farqli o‘laroq u xalq orasida keng qo‘llaniladi.

Yuqoridagi misolda ko‘rilganidek, biror bir yoki aynan shu tushunchani ifodalash

uchun tildagi ikki yoki undan ortiq so‘zlar ma’no jihatidan to‘liq mos kelishi hamda m’ano
turi, uslubiy bo‘yoqdorligi va qo‘llanilishi jihatidan qisman farqlanishi mumkin. Bundan
so‘zlar sinonimlar deb ataladi. Sinonimlar har doim gapning bir xil qismiga tegishli bo‘ladi
(hubsch-schon, Haupt-Kopf), sinonim so‘zi aslida grek tilidan olingan bo‘lib, „bir xil
nomli“ degan ma’noni bildiradi. Tilshunos olim Raxmonov qoida bo‘yicha biror so‘z bir
qancha ma’noga ega ekanligi va odatda o‘zining bir ma’nosi bilan boshqasiga sinonim bo‘la
nolishi mumkinligi, bunday holda, so‘zning bir xil ma’nodagi varianti yoki ma’nodosh
so‘zlar sinonim hisoblanishi to‘g‘risida aytib o‘tadi.

Shunday qilib sinonimlik til birliklari orasidagi ma’noviy kichik bir sistema

hisoblanadi. Shu sistemani tiladagi boshqa qatlamlar qatori frazeologik iboralar qatlamida
ham uchratish mumkin. Nemis tilida bir-biriga sinonim bo‘lib keladigan frazeologik
birliklar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Biz bu ikki iborani sinonim deya olishimiz uchun ular
ayni bir ma’noni anglatishi shart. Bularsiz ma’nodoshlik to‘g‘risida so‘z yuritib bo‘lmaydi.
Lekin iboralarda uchraydigan bir ma’nolikni teng ma’nolik deb tushunib bo‘lmaydi. Chunki
har bir ibora boshqa iborada takror qo‘llanilmaydigan o‘ziga xos bir ma’no nozikligiga ega
hisoblanadi.


background image

125

Tildagi so‘zlar, so‘z birikmalari va shuningdek iboralar ham asosiy va ikkilamchi

ma’nolari bilan boshqa so‘zlarga sinonim bo‘lib kela oladi. Tilshunoslar shu xususiyatga
ko‘ra ularni bir qancha turlarga ajratganlar. Ikki so‘zning asosiy ma’nosidagi sinonimiya,
asosiy ma’nodagi bir so‘zning ikkilamchi ma’nodagi boshqa so‘zga sinonimligi, ikkilamchi
ma’nodagi ikki so‘zning sinonimligi. Quyida ushbu turlarga misollar va ularning ta’riflariga
to‘xtalamiz.

a)

Ikki so‘zning asosiy ma’nosidagi sinonimiya: das Meer-die See; die Frau-das

Weib. Bu so‘zlarning ikkalasi ham bir ma’noni „daryo“ va „ayol“ ma’nolarini anglatadi
gapda bir birini sinonim sifatida to‘ldirish mumkin.

b)

Asosiy ma’nodagi bir so‘zning ikkilamchi ma’nodagi boshqa so‘zga sinonimligi:

fahren-gehen.

c)

Ikkilamchi ma’nodagi ikki so‘zning sinonimligi: sich aufklaren va sich aufhellen

so‘zari ob-havoga nisbatan yorishmoq ma’nosini bildiradi. Sinonimning bu uch ko‘rinishiga
yana ikki asosiy qismlar mansub:

d)

O‘z ma’nosidagi bir so‘zning frazeologik ibora bilan sinonimligi: „faulenzen“ fe’li

„auf der Barenhaut liegen“ iborasiga sinonim bo‘lib, „bekor yurmoq“, „tanballik qilmoq“,
„dangasalik qilmoq“ ma’nolarini bildiradi.

e)

Ikki va undan ortiq frazeologik iboralarning sinonimiyasi: den Mund voll nehmen,

eine grosse Klappe haben, grosse Bogen spucken, auf die Rauke hauen frazeologik iboralari
bitta ma’noni, ya’ni „maqtanmoqni“ bildiradi.

Ushbu ilmiy ishning asosiy maqsadi nemis va o‘zbek tillaridagi frazeologik

birliklarni qiyoslab o‘rganish ekan, biz endi frazeologizmlar sinonimiyasini chuqurroq tahlil
qilib chiqamiz. Umuman olganda frazeologik ma’nodoshlik va ko‘pma’nolik
muammolarning o‘rganilishi o‘tgan asrning 50- yillar o‘rtalarida boshlangan bo‘lib
tilshunoslikning boshqa sohalari kabi frazeologiya fanining ham rivojlanish natijasidir.

So‘z va so‘z birikmasida uchraydigan bir-biriga yaqin ma’no kasb eta olish xususiyati

singari, frazeologizmlarda ham bir-biriga to‘laligicha mos keladigan yoki umumiy ahamiyati
ma’lum semantik ko‘rinishlarni aks ettiruvchi, turli tizimga xos xususiyatli bir qancha muhim
birikmalarni kuzatish mumkin. Frazeologik sinonimiya frazeologiyaning muhim bir bo‘limi
bo‘lib, nemis va o‘zbek tilshunosligida uning roli beqiyosdir.

„Frazemalarning ayni bir ma’noni anglatishi asosida guruhlanishi frazeologik

sinonimiya deyiladi“,-deydi tilshunos olimlardan Tursunov, Muxtorov va Rahmatullevlar.
Aniqroq qilib aytganda frazeologik sinonimiya- frazeologik birliklarning o‘zaro ma’nodosh
(sinonim) bo‘lib kelishidir. Frazeologik sinonimiya tushunchasi haqida ko‘pchilik olimlar
o‘z fikrlarini bildirib uning lug‘aviy sinonimiyaning bir turi hisoblanishini ta’kidlab
o‘tadilar, jumladan, Zibutsayte E.I. o‘z ilmiy ishida frazeologik sinonimiyani „Frazeologik
sinonimlar- bu aniq bir muloqot aktida bir tushunchali mazmun bilan qo‘llana oladigan
tildagi bir xil yoki ma’no jihatdan yaqin har xil frazeologik birliklardi“ deb ta’riflaydi
(Chernisheva 1970,81).


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Vinogradov V.S. Leksikologiya i Leksikografiya. – M., 1977.

2.

Vinogradov V.S. Perevod. Obshie i leksicheskie voprosi. – M., Universitet, 2006.

3.

Gak V.G. Lvin Yu.I. Kurs perevoda. – M., 1970.

4.

Imyaminova Sh.S. Olmon tili leksikologiyasi (ma’ruzalar matni, olmon tilida). –T.

Universitet, 2000.

5.

Musaev K. Leksiko- frazeologicheskie voprosi xudojestvennogo perevoda. – T. 1980.

6.

Rayxshteyn A.D. Nemitskie ustoychivie frazi.- L. 1971.

7.

Ашуров, Шахобиддин,

and

Фарида Шукурова. "Инглиз ва ўзбек тилларидаги

фразеологик бирликлар этимологиясига оид айрим мулоҳазалар

."

международный

журнал искусство СЛОВА 3.2 (2020).

Библиографические ссылки

Vinogradov V.S. Lcksikologiya i Lcksikografiya. - M., 1977.

Vinogradov V.S. Perevod. Obshie i leksicheskie voprosi. - M., Universitet, 2006.

Gak V.G. Lvin Yu.I. Kurs perevoda. - M„ 1970.

Imyaminova Sh.S. Olmon tili Icksikologiyasi (ma’ruzalar matni, olmon tilida). -T. Universitet, 2000.

Musaev K. Leksiko- frazeologicheskie voprosi xudojestvennogo perevoda. -T. 1980.

Rayxshteyn A.D. Nemitskie ustoychivie frazi.- L. 1971.

Ашуров, Шахобиддин, and Фарида Шукурова. "Инглиз ва узбек тилларидаги фразеологии бирликлар этимологиясига оид айрим мулохазалар." международный журнал искусство СЛОВА 3.2 (2020).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов