Analitik shakllar yordamida davomiylik ma’nosining ifodalanishi

CC BY f
146-147
83
120
Поделиться
Сафарова, М. (2022). Analitik shakllar yordamida davomiylik ma’nosining ifodalanishi . Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 146–147. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp146-147
М Сафарова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

 magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bu tezis jarayonning uzluksizligini ifodalash vositalariga tegishli.


background image

146

ANALITIK SHAKLLAR YORDAMIDA DAVOMIYLIK

MA’NOSINING IFODALANISHI

M. Safarova (SamDCHTI magistranti)

Annotation. This thesis deals with the means of expressing the continuity of the

process.

Keywords. Aspectuality, semantics, lexical and analytical forms, auxiliary verb,

mode of action,beginning, continuity, completion.


Ma’lumki, muloqot jarayonida biz fikrimizni yozma va og‘zaki bayon qilishda li xil

semantik kategoriyalardan foydalanamiz. Nutq jarayonida so‘zlovchi tildagi mavjud
semantik kategoriyaning funktsional ifodasidan foydalanishi mumkin. Shu sababli ham,
semantik kategoriyalarning funktsional vazifalarini o‘rganish dolzarb sanaladi. Muloqot
jarayonida faollashadigan semantik kategoriyalardan biri aspektuallikdir. Turkiy tillarda

aspektuallik kategoriyasi feʼllarning leksik

-semantik xususiyat

lari, koʻmakchi feʼlli

birikmalar, matnda gaplarning mazmunan bogʻliqligi, matn qismlarining mazmunan

uzviyligi, oʻzaro bogʻlanganligini taʼminlovchi vosita sifatida muhim oʻrin tutadi.

Turkiy tillarda aspektuallik muammolarini o‘rganish uzoq tarixga ega bo‘lsa-da, ko‘p

sonli tadqiqot ishlarida, asosan, tus kategoriyasining turkiy tillarda mavjudligi yoki mavjud
emasligi, harakat tarzining analitik shakllar yordamida ifodalanishi kabi muammolar
doirasidan chiqa olinmaganligi sababli ham aspektuallik kategoriyasining asosiy leksik-
semantik va grammatik mohiyati ikkinchi darajali bo‘lib kelmoqda.

A.S.Gabdraxmanova ham o‘z ilmiy ishida turkiyshunos olimlar izlanishlarida odatiy

tarzda yetakchi va ko‘makchi fe’l munosabatlariga o‘z diqqatlarini qaratganliklarini, ammo
boshqa vositalar ham harakat oqimini ifodalashi mumkinligiga e’tibor bermaganliklarini
e’tirof etadi [Gabdraxmanova, 2009:11]. Aspektuallik temporallik sohasi bilan o‘zaro
bog‘liqdir, ya’ni aspektuallik harakat jarayonining xarakterini uning vaqt chegarasiga
nisbatan aniqlasa, temporallik nutq paytida yoki nutq vaqti bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
momentga yo‘naltirilgan vaqtinchalik munosabatlarni qamrab oladi [Bondarko, 1983].

Turkiy tillarda aspektuallik sohasi muommolariga oid tadqiqotlarni o‘zbek va chet el

olimlarining ishlarida kuzatishimiz mumkin. Hozirgi kungacha bu sohaga doir juda ko‘p
ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ba’zi olimlar turkiy tillarda aspektuallikning markaziy
maydonini tus kategoriyasi tashkil qiladi degan fikrni bildirsa, ba’zi olimlar esa bu fikrni
inkor qilgan holda shunday fikr bildiradilar ya’ni, D.Nasilov harakat tarzini semantik
aspektual tushuncha sifatida talqin qiladi. Olimning fikricha, turkiy tillarda harakat tarzi
analitik shakllar orqali ifodalanadi [Nasilov, 1989: 22-26].

Shuningdek, nutqimizda faol qo‘llaniluvchi harakat tarzi shakllari flektiv tillarda

mavjud bo‘lmagan o‘ziga xos nutq ifodasi hisoblanadi. Aspektuallikning muhim
tarmoqlaridan biri hisoblangan harakat tarzi fazaviy ma’no bilan chambarchas bog‘liq va u
odatda uch fazaga ajratiladi: 1) harakatning boshlanishi; 2) harakatning davomiyligi; 3)
harakatning tugallanishi.

O‘zbek tilida harakatning boshlanishi, harakatning davomiyligi, harakatning

tugallanishi kabi ma’nolar leksik va analitik vositalar orqali ifodalanadi.

Shu o‘rinda analitik shakl tushunchasiga to‘xtalamiz. Ikki va undan ortiq so‘zlarning

qo‘shilishidan hosil bo‘lgan shakl analitik forma deb ataladi. Bitta grammatik kategoriyani
ifodalovchi analitik forma kamida ikki komponentdan iborat bo‘lib, ulardan birinchisi
ko‘makchi so‘z vazifasini o‘tasa, ikkinchisi o‘zining leksik ma’nosini to‘la saqlab qoladi.


background image

147

Analitik formalarning ko‘makchi qismi o‘zining leksik ma’nosini yo‘qotib, faqat turli
grammatik ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi [Bo‘ronov, 1973: 118-120].

Quyida analitik shakllar ishtirokidagi badiiy adabiyotlardan olingan misollardan

foydalangan holda harakatning davomiyligini ifodalovchi vositalarga misollar keltirib, tahlil
qilamiz.

1)

Men esa hamma narsani unutib, bu betakror go‘zallikka tikilgancha, manzaradan

hayratlanib, unga to‘ymay qarab turardim

[Aytmatov, 80].

Mazkur misolda ko‘rib turganimizdek, fa’zaviy ma’no harakat tarzi bilan o‘zaro

bog‘liq bo‘lib, ushbu hodisa harakatning davomiyligini ifodalayapti ya’ni gapdagi

qarab

turardim

tur

ko‘makchi fe’li va

– ar

davomli zamon qo‘shimchasi orqali harakat davom

etayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

2)

Men sizga aytsam, otajon, urushdan ilgari bizdan xomlik o‘tgan ekan: uy qilibmiz,

ro‘zg‘or qilibmiz; o‘rtog‘im katta- katta topib kelganiga, men yaxshi-yaxshi tikkanimga,
pishirganimga xursand bo‘lib yuraveribmiz

[Qahhor, 74].

Keltirilgan misolda harakatning davomiyligi

bo‘lib yuraveribmiz

(i) b-yur

fe’li

orqali ifodalanganligiga guvoh bo‘lamiz.

Demak, yuqorida keltirilgan misollarda harakat tarzi ma’nolari analitik vositalar

orqali ifodalangan. A.Hojiyev ta’kidlaganidek, o‘zbek tilida harakatning davom etish
ma’nosi, asosan,

tur, yur,

bor

ko‘makchi fe’llari orqali ifodalanadi [Hojiyev, 1966: 90-91].

Keltirilgan fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, o‘zbek tilida harakatning davomiylik

ma’nosi analitik shakllar, yetakchi va ko‘makchi fe’llar, davomiylik ma’nosini ifodalovchi
zamon qo‘shimchalari orqali ifodalanishi mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Bo‘ronov J. Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy grammatikasi. – Toshkent, 1973 – 284 b.
2. Hojiyev A.,,O‘zbek tilida ko‘makchi fe’llar’’. Fan nashriyoti. Toshkent, 1966. -

223 b.

3. Mirsanov G‘.Q. Aspektuallik va temporallik mazmuni ifodasining kognitiv-

pragmatik asoslari. Filologiya fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. 2019, -75 b.

4. Nasilov D.M. Turkiy aspektologiya muommolari. 1989, – 208 b.
5.https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/tilshunoslik/turkiy-tillarning-tovushtizimi

Библиографические ссылки

Bo'ronov J. Ingliz va o‘zbek tillan qiyosiy grammatikasi. - Toshkent, 1973 - 284 b.

Hojiycv A.„O‘zbek tilida ko‘makchi fe’llar”. Fan nashriyoti. Toshkent, 1966. -223 b.

Mirsanov G‘.Q. Aspcktuallik va tcmporallik mazmuni ifodasining kognitiv-pragmatik asoslari. Filologiya fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. 2019, -75 b.

Nasilov D.M. Turkiy aspektologiya muommolari. 1989, - 208 b.

https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/tilshunoslik/turkiy-tillarning-tovushtizimi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов