On the Origin and Development of the Stream of Consciousness in Literature (on the Example of W. Faulkner's Noise and Anger)

Abstract

This article analyzes the emergence and development of the flow of consciousness in fiction and other peculiarities on the example of the famous English writer W. Faulkner's novel,, The Sound and the Fury

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mukimova, D. (2022). On the Origin and Development of the Stream of Consciousness in Literature (on the Example of W. Faulkner’s Noise and Anger). Modern Linguistic Research: Foreign Experience, Promising Research and Innovative Methods of Teaching Languages, (1), 191–192. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp191-192
D Mukimova, Samarkand State Institute of Foreign Languages

 magistranti)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the emergence and development of the flow of consciousness in fiction and other peculiarities on the example of the famous English writer W. Faulkner's novel,, The Sound and the Fury


background image

191

ADABIYOTDA ONG OQINI YO‘NALISHINING VUJUDGA

KELISHI VA RIVOJLANISHI HAQIDA

(U.Folknerning,,Shovqin va g‘azab’’ romani misolida)

D.Muqimova (SamDChTI magistranti)

Аннотация: В статье анализируются возникновение и развитие потока

сознания в художественной литературе и другие особенности на примере романа

известного английского писателя У. Фолкнера «Шум и гнев».

Ключевые слова: поток сознания, художественные течения, модернизм,

современная литература, роман.

Annotation: This article analyzes the emergence and development of the flow of

consciousness in fiction and other peculiarities on the example of the famous English writer
W. Faulkner's novel,, The Sound and the Fury’
’.

Key words: stream of consciousness, art trends, modernism, modern literature,

novel.


Bizga ma’lumki, jahon adabiyotida ong oqimi yo‘nalishi XX asrning birinchi

choragida vujudga kelgan. Aslini olganda esa

«Ong oqimi»

adabiy yo‘nalish sifatida paydo

bo‘lgan modern adabiyotining ildizi dunyoda yaratilgan ilk rivoyat, asotir-miflarga borib
taqaladi. Odam alayhissalomning o‘g‘illari Hobil va Qobilning fojiasi, ularning istig‘fori,
tavba-tazarrusi, iztiroblari hali-hanuz ong oqimining teran tomirlarida oqib kelmoqda.

Bir jihatdan ong oqimiga xos murakkab jarayonni qog‘ozga tushirish osondek

tuyulsa-da, aslida murakkab ijodiy ish hisoblanadi. Bu yo‘nalishda yozilgan asarlar shakli
va uslubi ko‘p hollarda assotsiativ syujetni talab etadi va u asosiy syujet turiga aylanadi.
Assotsiativ syujet, o‘z navbatida, o‘ziga xos tasvir printsiplarini talab etadi.

XX asrga kelib g‘arb adabiyotiga mazmun va mohiyatiga kora bir biridan farq

qiluvchi turli xil oqinlar va yonalishlar kirib keldi va keng rivoj topdi. Bunga misol

qilib

naturalizm, modernizm, realizm

kabi turli oqimlar va yonalishlarni sanab o‘tishimiz

mumkin. XX asr ingliz adabiyotining yorqin vakili U.Folkner ijod qilgan

ong oqimi

yo‘nalishi ham shunday adabiy yo‘nalishlardan biri sanaladi. Adibning ayni jahon
moliyaviy va iqtisodiy inqirozi avj olgan 1929- yilda yozilgan,,

The Sound and the Fury

’’-

,

,Shovqin va g‘zab’’

romani ham ong oqimi uslubida yozilgan asarlarga yaqqol misol bo‘la

oladi.

Asar to‘rt qisimdan iborat bo‘lib unda XX asrning 1- qismi Xususan 1-jahon

urushidan keying Amerika janiyatining ijtimoiy hayoti yaqqol namoyon etib beriladi.

Shuni alohida takidlash lozimki “SHovqin va g‘azab” romani aynan “shovqin”, ya’ni

yozuvchining “g‘azabi” bilan she’riyat musiqasi to‘qnashuvining yorqin namunasidek
namoyon bo‘ladi, ushbu jarayonni aks ettirishga harakat qiladi, ulkan badiiy makonga
aylantirmoqchi bo‘ladi. Ushbu to‘rt fasldan iborat romanda ijodiy shijoat manbasi sifatida
ayol obrazi, ayollik ibtidosi bosh omildek talqin qilinadi. Gap qahramonlardan biri – Keddi
Kompson haqida ketmoqda. Muallif uning portretini chizarkan, shunday ta’riflaydi:
“…orqasi kir bo‘lib ketgan ishtonchali qizaloq olmurut daraxtiga chiqib olib, derazadan
dafnga tayyorgarlik qanday ketayotganini kuzatarkan, pastda turgan akalariga nimalar
bo‘layotganini aytib turardi” [tarjima – M.X.].

Folkner matnining har bir qismi – o‘tmish qiyofasiga yana bir yangi rangli chiziq

tortilgandek tasavvur hosil qiladi. Bu chiziq umumiy manzara bilan uyg‘unlashib ketib,
o‘tmishda hamma narsa o‘z joyida bo‘lganligini ko‘rsatib turadi. Bir vaqtning o‘zida bu


background image

192

shiddat bilan harakatlanuvchi, o‘tmishni bugungi kunga olib chiquvchi va shu tobda uni
o‘zgartirib yuboruvchi vaqtdir. Romanda haraqat va qarshi harakat mavjudligi Keddi
Kompsonni lirik his-tuyg‘ular, ajib va g‘alati ayollik ibtido ifodalovchisiga aylantiradi.
Ushbu ayollik ibtido zamirida or-nomusini yo‘qotgan, nomiga dog‘ tushirgan ayol haqidagi
naturalistik hamda ruhan azoblangan, ehtiros va shahvoniy istaklarini tiya olmagan ayol
haqida simvolistik romanlar to‘qnashadi va bir-biriga qorishib ketadi. Bundan tashqari,
ayollik ibtidosida jinslar muammosi, onalik va bolalik xususidagi qizg‘in bahs-munozara,
ishq, gunohga botish, zinogarlik, oila, butun dunyo halokatga uchrashi mavzuidagi ramzli
hikoya yotibdi.

Nima bo‘lganda ham, U.Folknerning “SHovqin va g‘azab” romani – bir butun yaxlit

holdagi badiiy asardir. Ushbu asar o‘zining ichki keskinligi, ifodaviyligi va mazmundorligi
jihatidan simvolizm ruhida yozilgan she’riy asarlarga yaqin hisoblanadi,chunki bunday
nasriy asarlar adib tomonidan, eng avvalo, she’riyat chegaralarini kengaytirish maqsadida
yozilgan, undagi universal va hamma narsaga singib ketuvchi, bir maromda kechuvchi
badiiy hodisada hayotning asl ma’nosi axtariladi.

Ushbu holatdan ham ko‘rishimiz mumkinki

Ong oqimi

yo‘nalishida yozilgan badiiy

asarlarda voqea-

hodisalar emas, insonning oʻzi, uning oʻy

-fikrlari, alamlari, iztiroblari,

ruhiy olami tasvirlash yetakchilik qilyapti, insonning ruhiy olami,

oʻy

-fikrlari, alamlari,

iztiroblari, ochib berilyapti. Shuning uchun ham bunday asarlarda ichki kechinmalar,

tuygʻular,

hislar in ’ikosi orqali inson qiyofasining

toʻ

la namoyon

boʻlishi

badiiylikning

muhim mezoni bo‘lib xizmat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1

.

H.Umurov. Adabiyot nazariyasi, Samarqand. 2001.

2. E.Xudoyberdiyev. Aadabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. 2007.
3. W.Faulkner. The Sound and the Fury. 1979.
4. www.ziyonet.uz
5. www.ziyouz.uz

References

H.Umurov. Adabiyot nazanyasi, Samarqand. 2001.

E.Xudoyberdiyev. Aadabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. 2007.

W.Faulkner. The Sound and the Fury. 1979.

www.ziyonet.uz

www.ziyouz.uz