Роль фразеологизмов, связанных с зоонимами, в обучении французскому языку в школе

Аннотация

В данной статье рассматриваются психологические особенности подростков. Обучение через игры. Основная цель игр

CC BY f
284-286
88

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Синдоров R. (2022). Роль фразеологизмов, связанных с зоонимами, в обучении французскому языку в школе. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 284–286. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp284-286
Р Синдоров, Самаркандский государственный институт иностранных языков

 doktoranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются психологические особенности подростков. Обучение через игры. Основная цель игр


background image

284

MAKTABLARDA FRANSUZ TILINI O‘QITISHDA ZOONIMLAR

BILAN BOG‘LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O‘RNI

R.Sindorov (SamDCHTI doktoranti)

Annotation: This article discusses the psychological characteristics of adolescents.

Teaching through games. The main purpose of the games.

Аннотация: В данной статье рассматриваются психологические

особенности подростков. Обучение через игры. Основная цель игр.


Hammamizga malumki, chet tilini o‘qitishda turli bosqichga tegishli yoshlarda

og‘zaki nutq ko‘nikma va malakalarini tez va oson tarzda shakllantirishga yo‘naltirilgan
maxsus metodlar mavjud. Jumladan, maktab yoshidagi o‘quvchilarni qiziqtirish uchun
asosan ko‘rgazmmali metodlardan foydalaniladi. Masalan, o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning
asosan eslab qolishi ko‘rish orqali ko‘proq samara beradi. Bunga asosiy sabablardan biri
o‘smir yoshdagi bolalarning dunyoqarashida atrof- muhitning, ayniqsa flora va faunaning
o‘rni yuksakligidir.

Ming yillar ilgari qadimgi odamlar o‘zlarining hayotlarini yanada qulay va barqaror

qilish uchun uy sharoitiga birinchi qadamlarni qo‘yishgan. Odam uy hayvonlaridan nafaqat
moddiy mahsulotlar (go‘sht, sut, tuxum), balki estetik zavq ham olgan. Olimlarning fikriga
ko‘ra, yovvoyi hayvonlar uy hayvonlarining birinchi avlodi bo‘lgan va birinchi uy
hayvonlari tosh asridan oldin ham paydo bo‘lgan. Odam hayvonlarni qachon qo‘lga
kiritganligi haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q, xuddi ularning kelib chiqishi haqida
juda kam ma’lumot. Muqaddas kitoblarda uy hayvonlari dehqonchilik va chorvachilik
uchun keng tarqalgan vosita sifatida aytilgan.

Odatda maktab o‘quvchilari frazeologik birliklarga, bunday birliklarning nutqda

tayyor holda qo‘llanishiga unchalik ahamiyat berishmaydi, ayniqsa maktab yoshidagi
bolalar frazeologiyalarrning ma’nosini tushunib olishda qiynalishadi, shuning uchun ular
o‘z nutqlarida sodda so‘zlarni ishlatishni ma’qul ko‘rishadi.

Ramziy ma’nodagi so‘zlar odamni o‘rab turgan, narsalar va hodisalarni ramziy

ma’noda tushunishdan boshlanadi. Bu ayniqsa hayvonlarning ramziylashtirish ma’nosida
sodir bo‘ldi. Hayvonlarni kuzatishlari natijasida odamlar ularda insoniy xos xususiyatlarni
ko‘ra boshlaydilar. Asta – sekinlik bilan hayvonlar inson fazilatlarining ramziy timsoliga
aylanib bordi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘smir yoshlarning fikrlash darajasi kengayishida

zoonimlardan foydalanish juda kata samara beradi. Bunga asosiy sabablardan biri bu
yoshdagi bolalarning multfilmlar, ertaklarga qiziqishlari hali yuqori darajada bo‘ladi.

O‘g‘il bolalarga asosan kuch timsoli bo‘lgan hayvonlar yoqadi, qizlar esa chiroy

timsoli bo‘lgan hayvonlarni yaxshi ko‘rishadi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, yoshlarning hayvon va qushlarga munosabati kichik yosh

davrida, xususan maktabgacha ta’lim davrida shakllana boshlaydi. Shu boisdan bugungi
kunga kelib, yurtboshimizning tashabbusi bilan maktabgacha bo‘lgan ta’limga ham katta
etibor qaratilmoqda. [5] Jumladan, bog‘chalarda flora va faunaga bog‘liq turli xil sahna
ko‘rinishlarini bolajonlarimiz tomonidan amalga oshirilishi, bunday sahna ko‘rinishlari
doirasida o‘simliklar va hayvonlar haqidagi ertaklardan unumli foydalanish o‘z samarasini
bermoqda.

Bizga ma’lumki, nutqiy faoliyat jarayonida frazeologik birliklardan unumli foydalana

bilish insonga oddiy so‘zlarga nisbatan kuchliroq ta’sir etadi. Har bir millatda atrof-muhit,


background image

285

xususan hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lgan frazeologik birliklar yetarli miqdorda mavjud,
bunday frazeologik birliklarni dars jarayonida to‘g‘ri ishlata bilish esa chet tili
o‘qituvchisining mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.

Aynan fransuz tilida hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lgan frazeologik birliklariga e’tibor

qaratadigan bo‘lsak, ularda frazeologik birliklarning qo‘llanish va ishlatilish darajalari juda
rang- barang ekanligining guvoh bo‘lamiz. Masalan, xo‘roz so‘zi fransuz xalqining milliy-
madaniy ramzi hisoblanadi va bu so‘z asosida bir qator frazeologik birliklar yaratilgandir.

Fransuz tilida dastlabki muloqot shakllarini o‘zlashtirish uchun, bizning nazarimizda,

bolalarga fransuz tili grammatikasidan mukammal bilim berish shart emas. Grammatik
qoidalar bolalar uchun zerikarli bo‘lishi tabiiy. Psixologik tadqiqotlar asosida kichik
yoshdagi bolalarda o‘yinga moyillik kuchliligi, ularning o‘yinda yutib chiqishga bo‘lgan
shijoati yuksak bo‘lishi isbotlangan. Demak, bolalarga taqdim etiladigan til materiali eng
avvalo qiziqarli va bolalar uchun tushunarli hamda zavq bag‘ishlaydigan bo‘lishi maqsadga
muvofiq. Bizningcha, kichik yoshdagi bolalarga fransuz tilini o‘rgatishda atrof-muhitni
ifodalovchi turli surat va plakatlarni kuy-qo‘shiqlar bilan uyg‘unlashtirish zarurdir. Zero,
bolalarga ashulalar orqali nafaqat leksikani o‘rgatish, balki butun til materialini yaxshi
tushunib olish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Masalan, “ Quel animal est-ce?” ashulasi
orqali bolalarga fransuz tilida hayvon nomlarini va bu hayvonlarga xos xususiyatlarni
qanday so‘rash va unga javob berishni o‘rgatish mumkin:

Quel animal, quel animal, quel genre d'animal est-ce?
C’est mouton, c’est mouton, mouton, mouton, mouton.
Quel animal, quel animal, quel genre d'animal est-ce?
C’est chien, c’est chien, chien, chien, chien.
Quel animal, quel animal, quel genre d'animal est-ce?
C’est cheval, c’est cheval, cheval, cheval, cheval.
Quel animal, quel animal, quel genre d'animal est-ce?
C’est lion, c’est lion, lion, lion, lion.

Biz ushbu qo‘shiqni bolalar jo‘r bo‘lib 4-5 marta aytishni tavsiya etamiz. Bu orqali,

bolalar hayvonlar to‘g‘risida savol-javob qurilmalarini mustaqil ravishda o‘rganib oladilar.
Keyin mavzuni mustahkamlash uchun uchun ular sinfda xohlagan hayvon rasmini olib,
qo‘shiq uslubida savol berishlari mumkin, qolganlari esa qo‘shiqda bo‘lgani kabi javob
berishlari mumkin. Agar bu topshiriq guruhlarda raqobat shaklida o‘tkazilsa, bolalarning
mavzuga qiziqishi yanada ortib, ular materialni tezroq o‘zlashtiradilar.

O‘z navbatida, bolalar dars jarayonida bunday qo‘shiqlar o‘zlashtirishlari natijasida

o‘zlarida asta-sekin talaffuz va grammatikaga oid ko‘nikma va malakalarni ham shallantirib
boradilar.

Bolalar hayvon nomlarini bilib olishgangandan keyin ularga unchalik qiyin

bo‘lmagan frazeologik birliklarni ham o‘rganib borishni tavsiya etamiz. Masalan, kichik
yoshdagi bolalarga quyidagi frazeologik birliklarni izohi bilan tushuntirish maqsadga
muvofiqdir:

Chien de la maison – uy iti
Chien couchant – uyquchi it
Piquer un chien – uxlamoq, itdek qotmoq

Demak, bolalarda hayvonlarga bo‘lgan mehr 7-14 yosh oralig‘ida ancha kuchli bo‘ladi,

shu sababli ham ularda hayvon nomlari bilan bog‘liq so‘zlar tez va oson xotiralarida qoladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, dunyoning aksariyat tillaridagi hayvonlarning

nomlarini inson nutqining ta’sirchanligini oshirish maqsadida majoziy ma’noda qo‘llash
holatlari uchraydi. Bunday frazeologik birliklar Hind-Yevropa tillarida insonning o‘jarligi,


background image

286

ikki yuzlamachiligi, yomon odatlari va xulq-atvori hamda boshqa axloqiy va intellektual
kamchiliklari kulgi va qiyoslash bilan hajv qilinadi. Albatta, hayvonlarning tasvirlari kuch,
jasorat kabi tushunchalarni hamda bu tushunchalarga mos harakatlarni ifodalaganda ijobiy
ma’noni ifodalashi mumkin. Frazeologiyani bilish tili o‘zlashtirishning asosiy tamoyilidir.
Ma’lum bir tilning frazeologik boyligini o‘zlashtirish, tili o‘rganilayotgan mamlakat
madaniyati bilan tanishish yoshlarning nutq madaniyatini oshirishga, taffakkurini
rivojlantirishga, ularning lingvistik qobiliyatlarini mukammal darajaga olib chiqishga
yordam beradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Jalolov. J. Chet tili o‘qitish metodikasi "O‘qituvchi" Nashriyot – matbaa ijodiy uyi.

Toshkent – 2012

2.

Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С. Илғор педагогик технологиялар.

Т.: Ўқитувчи,

2004.

3.

Рўзиева Д., Усмонбоева М., Ҳолиқова З. Интерфаол методлар: моҳияти ва

қўлланилиши / Мет.қўлл.

Т.: Низомий номли ДТПУ, 2013.

115 б.

4. O‘.Hoshimov., I. Yoqubov. Ingliz tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2003.
5

.

HTTPS://LEX.UZ/DOCS/-4646908O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA TO‘G‘RISIDA

Qonunchilik

palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-
dekabrda ma’qullangan. 595.

6.

Сувонова Н. Н. и др.

LEKSIK V

А

FR

А

Z

ЕО

L

О

GIK

А

NT

О

NIMIY

А

HODIS

А

SINING

O’ZIGA

XOS

XUSUSIYATLARI

(fransuz

tili

materialida)

//МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА.

– 2021. –

Т. 4.

№.

5.

Библиографические ссылки

Jalolov. J. Chet tili o‘qitish metodikasi "0‘qituvchi" Nashriyot - matbaa ijodiy uyi. Toshkent - 2012

Иулдошев Ж.Т., Усмонов С. Илгор педагогии технологиялар. - Т.: Укитувчи, 2004.

Рузиева Д., Усмонбоева М., Х,оликова 3. Интерфаол методлар: мохияти ва кулланилиши / Мет.кулл. - Т.: Низомий номли ДТПУ, 2013. - 115 б.

O'.Hoshimov., I. Yoqubov. Ingliz tili o‘qitish metodikasi. Toshkent - 2003.

HTTPS://LEX.UZ/DOCS/-4646908O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUN1 MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA TO‘G‘R1S1DA Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan. 595.

Сувонова H. H. и др. LEKS1K VA FRAZEOLOGIK ANTONIMIYA HODISASINING O’ZIGA XOS XUSUS1YATLARI (fransuz tili materialida) //МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА. - 2021. - Т. 4. - №. 5.