326
METODIKA FANINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH
BOSQICHLARIGA
I.Baxriddinova (NavDPI magistranti)
Annotation: F. Guen method and his views. M. Walter's method and his views. Views
of scientists who have contributed to the science of methodology.
Keywords: History of methodology, philosophers' opinion, foreign language
teaching.
Metodika fanining tarixi uzoq ya’ni antik davrlarga borib taqaladi. Qadimgi
Yunoniston faylasuflarining har biri hayotga bo‘lgan metodik qarashlarga ega bo‘lgan.
“Metodika” so‘zi aynan yunon tilidan olingan bo‘lib, “meta”- izlanish, maqsad ma’nolarini
bildirsa, “xodos” esa yo‘l degan ma’noni bildiradi. [1] Umuman olganda, metodika fani
haqiqatni anglash, unga yetishishning yo‘llarini o‘rganuvchi fandir. Professor Raxmonov
metodikaga va metodlarga ta’rif berarkan, “ularni maqsad sari yo‘naltirilgan sistema bo‘lib,
bir – birlari bilan shartli bog‘langan” [2] deb ta’rif beradi.
Buyuk faylasuf Arastu (384 – 322 mil. av.) ham o‘z zamonasining muammolarini hal
etishda turli metodlardan foydalangan va shunga oid “Organon” asarini yozgan. Uning
fikricha, inson har bir savolga javob topishi uchun unga deduktiv metodi juda ham qo‘l
keladi. Bu metodda barcha fikrlar, mulohazalar inobatga olinadi va faqatgina isbotlangan,
dalillarga ega bo‘lganlari tanlanadi hamda shu bilan muammo hal etiladi. U zamonlarda
faylasuflarni asosan bizni o‘rab turgan olamning asosini nima tashkil etishi qiziqtirgan.
Geraklit, Zenon va Platonlar ham bu masalaga oid fikrlar bildirishgan va o‘zlarining
metodlariga ega bo‘lishgan.
O‘rta asrlar ya’ni Uyg‘onish davrining vakili Fransis Bekon (1561 – 1626) ham
metodika faniga oid fikrlar bildirgan. Arastuning aytganlarini rad etgan holda Fransis
induktiv metoddan foydalanishni eng to‘g‘ri yo‘l deb bilgan va “Yangi Organon’’ asarini
shu haqida mulohazalar bergan. U paytda eng muhim sanalgan muammolardan biri – bu
Yaratganni anglash va tushunish edi. Bekonning fikricha, faqatgina asosiy va muhim
bo‘lgan fikr va mulohazalar biron – bir muammoni hal etishda ko‘rib chiqilishi kerak,
muhim bo‘lmaganlariga esa umuman ahamiyat berish shart emas.
Yuqorida biz metodika fanining umumiy tarixi bilan qisqagina tanishdik. Endi esa
aynan chet tillarini o‘qitish metodikasining vujudga kelish tarixini ko‘rib chiqamiz. XVIII
asrgacha ayrim olimlar chet tillarini o‘qitish metodikasini qiyosiy tilshunoslikning amaliy
tadbig‘i deb qarashsalar, boshqa bir guruh olimlar esa uni pedagogika fani deb
hisoblaganlar. Chet tillarini o‘qitish metodikasi fan sifatida XIX asrning oxiri va XX
asrning boshlarida shakllana boshlagan. Rus akademigi L. V. Sherba birinchilardan bo‘lib
uni fanga kiritgan.
M.Berlits metodi. Tilni amaliy maqsadda o‘rgatishni vazifa qilib qo‘yadi. Berlits
sistemasining asosiy metodik mulohazalarini darsliklari muqaddimasidan o‘qib olish
mumkin. Ya’ni u kirish qismdayoq qanaqa usulda dars davom etilishi haqida ma’lumot
berib o‘tadi.
F.Guen metodi. Guen o‘zi kelib chiqishi nemis bo‘lganligi sababli til o‘qitish
usullarini nemis tilida asoslab beradi. Uning fikricha nemis tilini o‘rgatishda quyidagi
metodik qonun-qoidalar muhim rol o‘ynaydi:
1.
Odam o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, til o‘rganishi.
2.
O‘rgatish birligi qilib so‘z emas, gap tanlanishi.
327
3.
Til o‘rganishda og‘zaki nutq birlamchiligi.
Bunday shaklda til o‘rganish jarayonida asosiy qaratiladigan jabha bu ehtiyoj yoki
muhtojlik deb qaraladi. Ya’ni insonning til bilishi uning keyingi hayotini belgilasa yoki
uning til bilish darajasi o‘z ishining muvaffaqiyatini taminlasagina chet tili kutilgan natijada
o‘rganiladi. Ikkinchidan o‘rganilayotgan til doirasda so‘zlar emas birikmalar va gaplar
birdaniga o‘rganilsa foydali ish kayfitsenti oshadi degan fikr ilgari surilmoqda. So‘ngi
nuqtai nazar bugungi kunnning til o‘rganish jarayonidagi eng asosiy kampetensiyasini
ko‘tarib chiqqan. Har bir tilning organilganlik darajasi uning nutqida va parolida
anglashiladi.
M.Valter metodi. O‘zining metodik tadqiqotida leksikaning ma’nosini ochishga
qaratilgan quyidagi usullarni sanab o‘tadi. 1. Narsa yoki uning tasviri (rasm)ni namoyish
etish, hatti-harakatni ko‘rsatish. 2. Sinonim, antonimlarni chet tilida ta’riflash. 3. Notanish
so‘zni tanish so‘zlar va jumla (kontekst)da taqdim etadi. Valterning bu metodi orqali
o‘rganuvchining lug‘at boyligi yanada ortishi kafolatlangan.
H.Suit o‘zinig metodik mulohazalarini quyidagicha izohlaydi:
1.
Chet tilini fonetikaga asoslangan holda o‘qitish.
2.
Adabiy til asos qilib olinishi.
3.
So‘z emas, gap til birligi hisoblanishi.
4.
Kontekstga bog‘lab grammatik qoidalar berilishi. [3]
Olimning bunday qarashlari qisman Guen qarashlariga ham mos kelmoqda. Ulardagi
birxilliklar, gap til birligi bo‘lib xizmat qilmoqda va talaffuz asosiy rol o‘ynamoqda.
ADABIYOTLAR:
1. www.wikipedia.uz. Medodika.
2.
Миролюбов
А
.
А
.
Раҳмонов
И
.
В
.
Сетлин
В
.
С
.
Ўрта
мактабларда
чет
тили
ўқитишнинг
умумий
методикаси
− Тошкент
:
Ўқитувчи
, 1974
3. Avlayeva O. U., Jo‘rayeva S. N., Mirzayeva S.P. Ta’lim metodlari. Toshkent:
Navro‘z, 2017
4. Jalolov, J., and G. Makhkamova. "Ashurov Sh." English Language Teaching
Methodology. Tashkent (2015).
