MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
104
DEYTRON-UGLEROD TO’QNASHUVLARIDA IKKILAMCHI
ADRONLAR KO’PLAMCHILGINING TO’QNASHUV
MARKAZIYLIGIDAN BOG’LIQLIGi
Q.X.Yakhshiboyev
E.M.Ziyadullayev
G.M.Mirsaidova
L.N.O’talov
D.X.Yakhshiboyeva
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti akademik litseyi
G’allaorol tumani 19- maktab, Ishtixon tumani 72-maktab
https://doi.org/10.5281/zenodo.14785467
Annotatsiya
Ushbu ishda (Dubna sh.,RF) Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti
(BYaTI) yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasining 2-metrli propoanli
pufakchali kamerasida surtaga olingan, impulsi 4,2 AGeV/c bo῾lgan
deytronlarning uglerod yadrosi bilan to’qnashuvlarida hosil bo῾lgan π
-
, π
+
-
mezonlar hamda protonlar ko῾plamchiligining to῾qnashuv markaziyligidan
bog῾liqligi bo῾yicha yangi tajriba ma’lumotlari keltirilgan. Markaziylik darajasi
chegarasi sifatida, impulsi 0,3 GeV/c dan kichik bo῾lgan protonlar hisobga
olinmagan holda, voqealardagi musbat va manfiy zaryadlangan zarralar
ko῾plamchiliklari farqiga teng bo῾lgan
Q
parameter olingan.
Kalit so῾zlar:
ko῾plamchilik, noelastik, markaziy, dindmikd, ikkilamchi,
taqsimot, deytron, uglerod,proton.
Abstract
New experimental data obtained at two-meter propan bubble chamber of
LHE of JINR (Dubna, RF) on multiplicities of and π
-
and π
+
mesons and protons
in the interactions of deuterons with carbon nucleus at momentum 4.2 AGeV/c
in a dependence of collision centrality are presented. Parameter
Q
which is
difference between multiplicities of positive and negative charged particles
without multiplicity of slow protons with momentum less than 0.3 GeV/c in an
event, is taken as criteria of collision centrality.
Key words: multiplicity, inelastic, central, dynamics, secondary, distribution,
deuteron, carbon, proton.
Аннотация
В данной работе представлены новые экспериментальные данные,
полученные на двухметровой пропановой пузырьковой камере ЛВЭ ОИЯИ,
о множественностях π
-
и π
+
-мезонов и протонов во взаимодействиях
дейтронов с импульсами 4,2 АГэВ/с с ядром углерода в зависимости от
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
105
степени центральности соударения. В качестве критерия сте-пени
центральности соударения принят параметр
Q
, равный разности
множественностей положительно и отрицательно заряженных частиц без
учета множественности медленных протонов с импульсом меньше 0,3
ГэВ/с.
Ключевые слова:
множественность, неупругий, центральный,
динамика, вторичный, распределение, дейтрон, углерод, протон.
Yuqor energiyali yadro-yadro o῾zaro ta’sirlashuvlarini tadqiq qilish yadro
moddasining kollektiv xususiyatlarini, ko῾pnuklonli ta’sirlashuvlarni o῾rganish,
kvark-glyuonlar erkinlik darajalarining paydo bo῾lish holatlarini kuzatish va
boshqalar haqida axborot olishning eng yaxshi usulidir. Ikkilamchi zarralarning
ko’plamchiligi, impulsi, burchak taqsimotlari, tezkorligi kabi xarakteristikalarini
chuqur tahlil qilmasdan turib, yadroviy reaksiyalarning biror-bir xususiyatini
baholash juda qiyin.
Tajriba uslubi.
To῾la sondagi d(C
3
H
8
)-o῾zaro ta’sirlashuvlardan dC-
noelastik to῾qnashuv-larni ajratib olish uchun [1-2] isha keltirilgan
kriteriyalardan foydalanildi. Tahlil qilinayotgan dC-o῾zaro ta’sirlashuvlar yuz
bergan voqealardagi ikkilamchi zarrachalar orasidan zaryadlangan pionlar
hamda impulsi 0,3 GeV/c dan yuqori bo῾lgan ishtirokchi protonlar, impulsi
0,15≤p ≤0,3 ГэВ/с bo῾lgan bug῾lanish pro-tonlari ajratib olindi. Impulsi 0.15
GeV/c dan kichik bo῾lgan protonlarga tuzatma-lar kiritildi, chunki bu protonlar
erkin chopish yoli kichik bo’lganligi uchun kame-rada ko῾rinmaydi.
Bundan
tashqari yana ikki guruh protonlar: nishon yadrodan chiquvchi protonlar (0,3≤ p
≤0,75 ГэВ/с) hamda tushuvchi deytrondan chiquvchi protonlar (p ≤0,75 ГэВ/с).
Aytish lozimki, so῾nggi ikki guruh protonlarining tar-kibida snaryad yadro va
nishon yadrodan chiquvchi, kam miqdorda bo’lgan, pro-tonlar ham mavjud.
Markaziylik darajasining darajasi sifatida “sof” zaryad
Q
olindi va u
quyidagicha aniqlanadi:
Q=n
+
- n
-
-
n
ps
- n
ts
,
Bu yerda
n
+
va
n
-
- voqealardagi musbat va manfiy zarralar soni,
n
ps
va
n
pt
– mos holda, snaryaddan va nishon yadrodan chiquvchi stripping protonlar.
n
ps
sifatida impulsi Р>3 GeV/с va chiqish burchagi θ<3
°
bo῾lgan spectator
zarralar qabul qilingan.
Tajriba natijalari.
dC-to῾qnashuvlarda hosil bo῾lgan protonlar hamda
zaryadlan-gan pionlarning ko῾plamchilik taqsimotlari olindi va o’rtacha
kattaliklar 1-jadvalda keltirilgan. Olingan natijalardan ko῾rinib turibdiki, barcha
to῾q-nashuvlarga nisbatan, periferik to῾qnashuvlar (Q≤2) qariyb 60% ni, chuqur
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
106
markaziy to῾qnashuvlar (Q≥4) esa ≈20% ni tashkil etadi. Q≤2 voqealar ichida
ko῾p nuklonli to’qnashuvlar aralashmasi mavjud. Impulsi p˃1,4 GeV/с bo῾lgan
protonlar eng katta energiyali protonlar bo῾lib, ular, asosan, to῾qnashuvda
ishtirok etgan snaryad yadro protonlaridan iborat. Saqlanuvchi va nishon
protonlar spektrlari oralig῾idagi mpulsning p˃1,4 GeV/c chegarasi Δ-izobarlarni
hisobga olgan FRITIOF modeli yordamida tanlangan. Model bo῾yicha
saqlanuvchi protonlarning hamda uglerod yadrosining fragment yadrolari
spektrlari aniqlangan [3-4]. Barcha deytron-uglerod voqealar soni ishtirokchi
protonlarning o῾rtacha soni <n
р
(ish)>=1,11±0,01 bilan xarakterlanadi.Buning
sababi periferik bo῾lmagan to῾q-nashuvlar sonining kamligidir. Zaryadlangan
pionlarning o῾rtacha ko’plamchiligi esa deyarli bir xil (1-jadval) va bu hol nishon
yadro
12
C ning simmetrik ekanligiga xosdir.
1-jadval.
4,2 AGeV/c impulsli dC-o῾zaro ta’sirlashuvlarda hosil bo῾lgan zarralar
o῾rtacha ko’plamchiligining to’qnashuv markaziyligidan bog’liqligi
Q
1
2
3
4
5
6
7
Barcha
voqealar
N
voq
1797
2030
1394
811
407
193
60
7070
<n
±
>
1.43±0.01
2,32±0.08
3.53±0.06
5.01±.03
6.02±.02
7.2±.02
8.43±.01
3.36±.02
<n
π-
>
0.49±.02
0.50±.02
0.85±0.01
0.91±.01
1.11±.01
1.21±.01
1.39±.01
0.63±.01
<n
π+
>
0.55±.02
0.58±.02
1.61±.02
1.88±.01
2.09±.01
2.15±.01
2.26±.01
0.64±.01
<n
р
(ish)>
0.32±.02
0.83±.01
1.39±.01
2.01±.01
2.56±.01
2.99±.01
3.90±.01
1.12±.01
<n
р
(ish)>
0,3<p≤0,75
0.26±.01
0.54±.01
0.88±.01
1.34±.01
1.68±.01
1.93±.01
2.84±.01
0.74±.01
<n
р
(ish)>
p>1,4
0.54±.02
0.48±.02
0.53±.02
0.58±.02
0.52±.02
0.67±.02
0.49±.02
0.55±.02
<n
р
)>
bug’lan.
0.21±.02
0.41±.02
0.66±.02
0.99±.01
1.17±.01
1.52±.01
1.26±.01
0.55±.02
<n
р
исп)>
p˂0,15
3.72±.03
2.26±.02
1.05±.02
0.23±.02
0.16±.02
0.09±.01
0.06±.02
0.01±.004
Ishtirokchi protonlarning o῾rtacha ko῾plamchiligi impulsi 1,4 GeV/c
bo῾lgan protonlar ko’plamchiligidan qariyb 20 % ga ko῾p (1-jadval). Bu esa dC-
o῾zaro ta’sirlashuvlarda Δ-izobarlarning pC-to’qnashuvlardagiga nisbatan
kamroq hosil bo῾lishini ko῾rsatadi.
O῾rtacha ko῾plamchilikning “sof” zaryaddan bog῾liqligidan (1-jadval), ya’ni
periferik to’qnashuvlardan markaziy to’qnashuvlarga o῾ta brogan sari
qaralayotgan barcha zarralar ko῾plamchiligi ortib boradi. Barcha dC-
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
107
to῾qnashuvlar uchun manfiy va musbat pionlar o῾rtacha ko’plamchiligi deyarli
bir xil: <n
π-
>=0,63±0,01; <n
π+
>=0.64±0,01.
Q
ning har xil qiymatlarida olingan <n
π-
> , <n
π+
> va <n
рish
)> kattaliklar
uchun α=<n
π-
>/<n
рish
> va β=<n
π+
>/<n
рish
> nisbatlar va ularning
Q
dan bog῾liqligi
aniqlandi (2-jadval).
2-jadval
. 4,2 AGeV/c impulsli dC-to’qnashuvlarda α va β kattaliklarning
Q
dan bog῾liqligi.
Q
1
2
3
4
5
6
7
Barcha
voqealar
α
0,930
1,041
1,603
1,568
2,115
1,805
2,836 1,145
β
1,402
1,208
3,037
3,241
4,019
3,208
4,612 1,163
Xulosa
4,2 AGeV/c impulsli deytronlarning uglerod yadrosi bilan o῾zaro ta’sirlashuv-
larida hosil bo῾lgan protonlar hamda π
-
va π
+
-mezonlarning o῾rtacha ko῾plam-
chiliklari to῾qnashuv markaziyligi parametriga (
Q
) bog῾liq holda o῾rganildi va
olingan tajriba natijalari keltirildi. dC-o῾zaro ta’sirlashuvlardagi periferik
to῾qnashuvlarda (Q=1 yoki 2) nishon yadroning uyg῾onishi yuz beradi va
impuls-lari 0,3 GeV/c ga qadar bo῾lgan sekin protonlar hosil bo῾ladi. To῾qnashuv
marka-ziyligining oshib borishi bilan zaryadlangan zarralarning to῾liq
ko῾plamchiligi nishon yadroda tug῾uluvchi π
-
-mezonlar va ishtirokchi protonlar
hisobiga oshadi. Jaryon davomida impulsi p˂0,15 GeV/c bo῾lgan “bug῾lanish”
protonlarining soni keskin kamayishi aniqlandi. Tajriba natijalari bitta
ishtirokchi (p˃0,75 ГэВ/с) protonga to῾g῾ri keluvchi manfiy pionlar soni
to῾qnashuv markaziyligiga bog῾liq ravishda o῾zgarishini ko῾rsatadi.
Adabiyotlar:
1.
Галоян А.С. и др. препринт ОИЯИ,Р1-2002-54, Дубна-2002.
2.
M.U.Sutanov, U.U.To’xtayev, Sh.X.Xushmurodov, S.Yuldashev, A.A.O’sarov.
4,2GeV/c impulslipC-, dC-, αC- va CC- yadroviy reaksiyalarda hosil bo’lgan
ikkilamchi zarralar xususiyatlari. SamDU ilmiy axborotnomasi. 2015, №5(93),
52-56 betlar.
3.
M.U.Sultanov, S.K.Yuldashev, Q.X.Yakhshiboyev. Yuqori energiyali adron-
yadro va yadro-yadro to’qnashuvlar uchun FRITIOF modeli. SamDU ilmiy
axborotnomasi. №3/1(139), 2023 yil, 3-son 1-seriya. 68-74 betlar.
4.
R.N.Bekmirzaev, M.U.Sultanov, and S.K.Yuldashev. Quark-Gluon String
model and its application to Inelastic dC Interactions at a Momentum of 4.2
GeV/c pe Nucleon. Physics of Atomic nuclei, 2022, vol.85, № 6, pp.1011-1016.
